|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.07.1998
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEHNATGA HAQ TOʻLAShNING YaGONA TARIF SETKASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-iyundagi 247-sonli “Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va stipendiyalar miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 1997-yil 6-maydagi PF-1755-son Farmonni bajarish yuzasidan hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitlarida ish haqining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish va ishlarning pirovard natijalari uchun masʼuliyatni oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1997-yil 1-iyuldan boshlab boshlangʻich (nulinchi) razryadning oyiga 750 soʻm miqdoridagi tarif stavkasi mehnatga haq toʻlash boʻyicha Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 23-iyuldagi 262-son qarori 1997-yil 1-iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 8-may,
233-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-maydagi 233-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mehnatga haq toʻlashning
yagona tarif setkasi
| | |
|
Mehnatga haq toʻlash razryadlari |
Tarif koeffitsiyetlari |
|
0 |
1.000 |
|
1 |
1.740 |
|
2 |
1.915 |
|
3 |
2.107 |
|
4 |
2.316 |
|
5 |
2.539 |
|
6 |
2.769 |
|
7 |
3.012 |
|
8 |
3.260 |
|
9 |
3.512 |
|
10 |
3.768 |
|
11 |
4.029 |
|
12 |
4.297 |
|
13 |
4.569 |
|
14 |
4.845 |
|
15 |
5.125 |
|
16 |
5.409 |
|
17 |
5.697 |
|
18 |
5.989 |
|
19 |
6.285 |
|
20 |
6.585 |
|
21 |
6.889 |
|
22 |
7.198 |
| | |