Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, oʻquv jarayonlarini amaliyot bilan bogʻlagan holda tashkil etish, ishsiz aholi, jumladan yoshlar va xotin-qizlarda zamonaviy kasb va tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, kasb-hunarga oʻqitish muassasalarining faoliyati samaradorligini oshirish, mazkur jarayonda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining masʼuliyatini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4804-son qaroriga muvofiq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida 16 ta “Ishga marhamat” monomarkazlari, 30 ta kasb-hunarga oʻqitish markazlari va 136 ta mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlari tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar tashkil etilsin:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida qoʻshimcha ravishda 28 ta kasb-hunarga oʻqitish markazlari 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
zaruratga koʻra fuqarolar yigʻinlarida tikuvchilik, oshpazlik-qandolatchilik, erkaklar va ayollar sartaroshligi, kompyuter savodxonligi, buxgalteriya va tadbirkorlik asoslari hamda boshqa murakkab boʻlmagan yoʻnalishlar boʻyicha mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlari (keyingi oʻrinlarda — maskanlar);
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 07/25/12/0056-son)
vazirlik va idoralar tasarrufida boʻlgan 18 ta professional taʼlim muassasalarida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qisqa muddatli kasb-hunarga, xorijiy tillarga va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish kurslari (keyingi oʻrinlarda — qisqa muddatli kurslar) 3-ilovaga muvofiq.
Belgilansinki, roʻyxati mazkur qarorning 1-ilovasida belgilangan taʼlim muassasalarining bino va inshootlari mavjud mol-mulki va jihozlari bilan birga operativ boshqaruv huquqi asosida kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil etish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga bepul beriladi.
3. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar maskanlar faoliyatini toʻliq tashkil etsin;
tasarrufida professional taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-avgustdan boshlab qisqa muddatli kurslarni yoʻlga qoʻysin;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar kasb-hunarga oʻqitish markazlari, maskanlar va qisqa muddatli kurslarning taʼlim jarayoniga Germaniya, Koreya, Rossiya, Turkiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning malakali mutaxassislarini jalb qilsin hamda moliyaviy va tashkiliy masalalarni hal etsin.
4. Tuman (shahar) hokimlari kasb-hunarga oʻqitish markazlari, maskanlar va qisqa muddatli kurslar ochilgan taʼlim muassasalarining faoliyati talab darajasida tashkil etilishi, toʻliq yoʻlga qoʻyilishi, samarali taʼlim xizmatlari koʻrsatishi uchun masʼul va shaxsan javobgar etib belgilansin.
Tuman (shahar) hokimliklari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda:
bir oy muddatda mazkur qarorning 1-ilovasida belgilangan taʼlim muassasalarining bino va inshootlarini, mol-mulki va jihozlarini xatlovdan oʻtkazsin hamda belgilangan tartibda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga topshirilishini taʼminlasin;
bir oy muddatda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha hududiy dasturlarni tasdiqlasin va ijrosini taʼminlasin;
ikki oy muddatda mehnat bozori xususiyati, ish beruvchilar talabi hamda tuman (shahar) ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda kasb-hunarga oʻqitish markazlari, maskanlar va qisqa muddatli kurslarda oʻqitiladigan kasblar roʻyxatini belgilasin hamda 2021-yil uchun aholini kasb-hunarga, xorijiy tillarga va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish buyurtmasini shakllantirsin;
ikki oy muddatda kasb-hunarga oʻqitish markazlarining malakali oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga boʻlgan ehtiyojini kasblar kesimida shakllantirsin hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etsin;
uch oy muddatda kasb-hunarga oʻqitish markazlari, maskanlar va qisqa muddatli kurslarga zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka, sohada koʻp yillik ish tajribasiga va yuqori professional tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassislarni jalb qilsin;
2021-yil 1-avgustga qadar kasb-hunarga oʻqitish markazlarini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan zamonaviy oʻquv asbob-uskunalari va jihozlar bilan taʼminlasin;
2022-yil 1-yanvarga qadar maskanlarni fuqarolar yigʻinlari hududida joylashgan mahalla guzarlari va davlat tashkilotlarining unumli foydalanilmayotgan boshqa boʻsh turgan joylari va binolarida joylashtirsin;
ikki oy muddatda oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish uchun kasb-hunarga oʻqitish markazlari, maskanlar va qisqa muddatli kurslar ochilgan taʼlim muassasalarni hududdagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ularning ehtiyojidan kelib chiqqan holda biriktirish choralarini koʻrsin;
“mahallabay” ishlash tizimi orqali aniqlangan hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, band boʻlmagan fuqarolarni oʻquv kurslariga jalb qilsin;
kasb-hunarga oʻqitish markazlari, maskanlar va qisqa muddatli kurslar bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash choralarini koʻrsin, ularga tadbirkorlik, hunarmandchilik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlash uchun (davlat mulkini ijaraga berish, kreditlar va subsidiyalar ajratish) har tomonlama koʻmaklashsin.
5. Belgilansinki:
maskanlarni oʻquv asbob-uskunalari va jihozlar bilan taʼminlash xarajatlari teng ulushlarda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hamda “Yoshlar daftari”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
maskanlarni saqlash hamda oʻqish jarayonlarini tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
qisqa muddatli kurslarni tashkil etish va jihozlash xarajatlari tasarrufida mazkur taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralarning mablagʻlari hisobidan, band boʻlmagan aholini ushbu kurslarda oʻqitish xarajatlari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
mazkur qarorga muvofiq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga berilayotgan taʼlim muassasalarining oʻquvchilari oʻqishi tugaguniga qadar oʻzlari taʼlim olayotgan muassasada amaldagi oʻquv dasturlari asosida taʼlim oladi;
“Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari hamda maskanlarning oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari maqomi boʻyicha professional taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga tenglashtiriladi hamda ularga ushbu xodimlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va ijtimoiy himoya kafolatlari tatbiq etiladi;
“Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari hamda maskanlarning tashkiliy tuzilmasi, shtatlar jadvali, rahbar, oʻqituvchi va boshqa xodimlarning mehnatiga haq toʻlash tizimi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mustaqil belgilanadi.
6. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov) bilan birgalikda uch oy muddatda kasb-hunarga oʻqitish markazlari, maskanlar va qisqa muddatli kurslarda band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitishda zamonaviy oʻquv dasturlarini joriy qilish hamda moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash uchun xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining texnik hamda moliyaviy koʻmagini jalb qilsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) kasb-hunar markazlari hamda maskanlarni saqlash, taʼmirlash, asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash hamda oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining ish haqlarini toʻlash uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga zarur mablagʻlarni ajratib borsin.
Tuman (shahar) hokimlari kasb-hunarga oʻqitish markazlari, maskanlar va qisqa muddatli kurslarni tashkil etish va lozim darajada faoliyat yuritishi uchun ajratilayotgan mablagʻlarning manzilli va samarali sarflanishini taʼminlasin.
7. Kasb-hunarga oʻqitish markazlarining daromad manbalarini koʻpaytirish hamda ularni bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga quyidagi huquqlar berilsin:
a) kasb-hunarga oʻqitish markazlarida aholiga pullik xizmatlarni koʻrsatish, shu jumladan talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish, oʻquvchilar tomonidan oʻquv jarayonida tayyorlangan mahsulotlarni sotish hamda malakani baholash xizmatlarini koʻrsatish;
b) kasb-hunarga oʻqitish markazlarining taʼlim jarayonidan boʻsh boʻlgan oʻquv xonalari, ishlab chiqarish ustaxonalari (asbob-uskunalari bilan birga), boshqa bino va inshootlarini:
nodavlat taʼlim tashkilotlariga ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga, xorijiy tillarga va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish kurslarini tashkil etish uchun 5 yilgacha boʻlgan muddatga tekin foydalanishga berish;
kasb-hunarga oʻqitish markazlarida taʼlim berayotgan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga, oʻqitilayotgan kasblarga mos faoliyatni amalga oshirib kelayotgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga va tadbirkorlik subyektlariga mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun 5 yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga berish;
v) kasb-hunarga oʻqitish markazlariga tegishli yer uchastkalarining boʻsh turgan qismini tadbirkorlik subyektlariga yengil konstruksiyali oʻquv xona va ishlab chiqarish sexini tashkil etish uchun 10 yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga berish;
g) kasb-hunarga oʻqitish markazlarining taʼlim jarayonidan boʻsh boʻlgan sport maydonchalarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlik subyektlariga berish.
8. Belgilansinki:
a) kasb-hunarga oʻqitish markazlarining oʻquv xonalari, ishlab chiqarish ustaxonalari, boshqa bino, inshootlari va yer uchastkalarining boʻsh turgan qismi ijaraga oluvchi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi oʻrtasida tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomaga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan eng kam stavkalarda ijaraga beriladi;
b) kasb-hunarga oʻqitish markazlarining oʻquv xonalari, ishlab chiqarish ustaxonalari, boshqa bino, inshootlari va yer uchastkalarining boʻsh turgan qismini mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish yoki yengil konstruksiyali oʻquv xona va ishlab chiqarish sexini tashkil etish uchun ijaraga olgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va tadbirkorlik subyektlari zimmasiga:
kasb-hunarga oʻqitish markazlari oʻquvchilarining amaliyotini oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning va tadbirkorlik subyektining mahsulot ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish joylarida tashkil etish;
xodimlar umumiy sonining kamida 30 foizi kasb-hunarga oʻqitish markazlari bitiruvchilari tashkil etishi boʻyicha ijtimoiy majburiyatlar yuklatiladi;
v) kasb-hunarga oʻqitish markazlarining oʻquv xonalari, ishlab chiqarish ustaxonalari, boshqa bino, inshootlari va yer uchastkalarining boʻsh turgan qismini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar mazkur markazlarning rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
9. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) hamda Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) bilan birgalikda ikki oy muddatda kasb-hunar markazlariga tegishli oʻquv xonalari, ishlab chiqarish ustaxonalari, boshqa bino, inshootlari va yer uchastkalarining boʻsh turgan qismini ijaraga va tekin foydalanishga berish tartibini hamda talabgorlarga qoʻyiladigan minimal talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Tuman (shahar) hokimlari ikki oy muddatda ijaraga berilishi mumkin boʻlgan kasb-hunarga oʻqitish markazlarining oʻquv xonalari, ishlab chiqarish ustaxonalari, boshqa bino, inshootlari va yer uchastkalarining boʻsh turgan qismini har bir kasb-hunarga oʻqitish markazi kesimida aniqlasin hamda ularni salohiyatli tadbirkorlik subyektlari va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga taklif qilsin.
10. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) uch oy muddatda hududiy “Ishga marhamat” monomarkazlarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Oʻquv-maslahat ofislari”ni tashkil etsin.
Quyidagilar “Oʻquv-maslahat ofislari”ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish sifatini oshirish maqsadida qishloq xoʻjaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, qurilish, texnikaga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash, bolalar, keksalar va kasallarni parvarish qilish hamda boshqa yoʻnalishlar boʻyicha malakali xorijiy oʻqituvchilarni, shu jumladan xorijda yashaydigan vatandoshlarni jalb etish;
jalb etilgan xorijiy oʻqituvchilarni malakali mutaxassis yetishmayotgan kasb-hunarga oʻqitish markazlariga yoʻnaltirish;
jalb etilgan xorijiy oʻqituvchilar ishtirokida “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, maskanlar hamda qisqa muddatli kurslar oʻqituvchilari uchun mahorat darslarini oʻtkazish.
11. Belgilab qoʻyilsinki:
xorijiy mutaxassislarni “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlariga ishga taklif qilish bilan bogʻliq xarajatlar (yoʻl haqi, taʼlim muassasalariga yuborilgungacha boʻlgan yashash xarajatlari) Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan, ular taʼlim muassasalarida ish boshlaganidan keyin tegishli taʼlim muassasasi tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi;
ish beruvchilar “Oʻquv-maslahat ofislari”ga jalb etilgan xorijiy oʻqituvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalarni berish (uzaytirish) uchun belgilangan yigʻim toʻlovlaridan ozod etiladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarining malakali mutaxassislari bilan muzokaralar olib borsin hamda ularni “Oʻquv-maslahat ofislari”ga jalb qilish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining (N. Xusanov) umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinf oʻquvchilarini asosiy taʼlim jarayonlaridan boʻsh boʻlgan vaqtlarida kasb-hunarga oʻqitish tartibini joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)
Belgilansinki, mazkur tartib doirasida:
tuman (shahar) hokimliklari Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini ularga yaqin hududda joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, maskanlar va qisqa muddatli kurslar ochilgan taʼlim muassasalariga biriktiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinf oʻquvchilarining kasbiy moyilligini zamonaviy tashxislash metodlarini qoʻllagan holda baholaydi hamda ularni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha ishlarni amalga oshiradi;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) hokimliklari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinf oʻquvchilarini asosiy taʼlim jarayonlaridan boʻsh boʻlgan vaqtlarida kasb-hunarga oʻqitish ishlarini tashkil qiladi.
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda ikki oy muddatda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarga tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)
13. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “TUMO” kreativ texnologiyalar markazining Toshkent shahridagi filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 14-mavze manzilida joylashgan bino va inshootlari mavjud mol-mulki va jihozlari bilan birga Filialni tashkil etish uchun operativ boshqaruv huquqi asosida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga bepul berilsin.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) bilan birgalikda:
2022-yil 1-martga qadar Filialda “TUMO” kreativ texnologiyalar markazining franshizasi, dasturiy taʼminoti, oʻquv dasturlari va litsenziyasi asosida yoshlarni veb-ishlanmalar, grafika dizayni, 3D-modellashtirish, raqamli dasturlash, robototexnika, raqamli media, videooʻyinlar yaratish yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitishni yoʻlga qoʻysin;
Filial bitiruvchilarini Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “IT-park” va boshqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tashkilotlarda faoliyat olib borishiga jalb qilsin.
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining aholining ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish uchun baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilgʻor sohalarda kooperativlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Tuman (shahar) sektor rahbarlari:
ikki oy muddatda kooperativlarga birlashish istagini bildirgan ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda kooperativ faoliyati yoʻnalishi boʻyicha tajribaga ega yetakchi tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirsin hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etsin;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) hamda Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar har bir tuman (shahar) sektorida kamida bittadan kooperativlar tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, kooperativlarga aʼzo boʻlgan ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar uchun kooperativ ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha subsidiya ajratiladi.
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi PQ-366-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2022-y., 07/22/366/0790-son)
Moliya vazirligi sektorlarda kooperativni tashkil etishda subsidiyalar toʻlash uchun Davlat budjetidan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga qoʻshimcha 200 mlrd soʻm mablagʻ ajratsin.
15. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining markaziy apparati tuzilmasida vazirlikning umumiy shtat birliklari soni doirasida:
vazirning kasb-hunarga oʻqitish va kasbiy malakani rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy qilinsin;
boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 12 nafardan iborat boʻlgan Kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish va kasbiy malakani rivojlantirish departamenti tuzilsin.
16. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
2021-yil 1-iyuldan boshlab Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga oʻzining budjetdan tashqari va maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining boʻsh qoldiqlarini tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan tushgan mablagʻlarning 80 foizidan oshmagan qismini vazirlikning Mehnat organlari xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasiga yoʻnaltirish huquqi beriladi;
2021-yil 1-avgustdan boshlab “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari va maskanlar tomonidan ularning oʻquv faoliyati uchun zarur boʻlgan, bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha qiymatdagi ehtiyot qismlar, xom ashyo, oʻquv qurollari va boshqa materiallarni xarid qilish toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
17. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
ikki oy muddatda oliy taʼlim muassasalarining koʻp tarmoqli oʻquv markazlari va amaliyot poligonlari, boʻsh turgan binolari va inshootlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflarni;
2021-yil 1-oktabrga qadar professional taʼlim tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish, zamonaviy asbob-uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash boʻyicha kompleks dasturni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
19. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etish uchun shaxsan masʼul va javobgar etib bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, tuman (shahar) hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-iyun,
PQ-5140-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-son qaroriga
1-ILOVA
Bino va inshootlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil etish uchun berilayotgan taʼlim muassasalarining
roʻyxati

T/r

Hududlar

Muassasa nomi

Quvvati, oʻquvchi/oʻrin

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Taxiatosh tumani

Taxiatosh energetika kolleji

600

Andijon viloyati

2.

Asaka tumani

Asaka avtomobilsozlik kolleji

765

3.

Boʻston tumani

Boʻston xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji

1 200

Buxoro viloyati

4.

Jondor tumani

Jondor qurilish va milliy hunarmandchilik kolleji

615

5.

Romitan tumani

Romitan agrobiznes kasb-hunar kolleji

540

Jizzax viloyati

6.

Doʻstlik tumani

Doʻstlik suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

720

7.

Zafarobod tumani

Zafarobod qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji

600

Qashqadaryo viloyati

8.

Qamashi tumani

Qamashi tumani xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji

600

9.

Kasbi tumani

Kasbi axborot texnologiya kolleji

645

Namangan viloyati

10.

Namangan tumani

Namangan tumani “Olaxamak” iqtisodiyot kolleji

720

11.

Yangiqoʻrgʻon tumani

Yangiqoʻrgʻon axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji

615

Samarqand viloyati

12.

Bulungʻur tumani

Bulungʻur sanoat kasb-hunar kolleji

540

13.

Jomboy tumani

Jomboy tadbirkorlik kasb-hunar kolleji

585

14.

Ishtixon tumani

Ishtixon transport va servis kasb-hunar kolleji

615

Surxondaryo viloyati

15.

Qiziriq tumani

Qiziriq qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi kasb-hunar kolleji

765

16.

Sariosiyo tumani

Sariosiyo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji

510

17.

Shoʻrchi tumani

Shoʻrchi qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji

630

Sirdaryo viloyati

18.

Sayxunobod tumani

Sayxunobod agrosanoat kasb-hunar kolleji

540

19.

Xovos tumani

Mehnatobod qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji

360

Toshkent viloyati

20.

Qibray tumani

Qibray energetika kolleji

900

21.

Bekobod shahri

Bekobod kommunal xoʻjaligi kolleji

450

Fargʻona viloyati

22.

Buvayda tumani

Buvayda tumani qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji

1 180

23.

Quva tumani

Quva suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

615

24.

Oʻzbekiston tumani

Oʻzbekiston iqtisodiyot va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji

450

Xorazm viloyati

25.

Qoʻshkoʻpir tumani

Qoʻshkoʻpir uy-joy kommunal xoʻjaligi kolleji

675

26.

Tuproqqalʼa tumani

Pitnak avtomobilsozlik kolleji

585

27.

Xiva shahri

Xiva yengil sanoat kolleji

330

Toshkent shahri

28.

Olmazor tumani

Toshkent qurilish kolleji

1 500

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 07/25/12/0056-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-son qaroriga
3-ILOVA
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan qisqa muddatli kasb-hunarga, xorijiy tillarga va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish kurslari tashkil etiladigan professional taʼlim muassasalari
roʻyxati

T/r

Hududlar

Muassasa nomi

Quvvati, oʻquvchi/oʻrin

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Beruniy tumani

Beruniy suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

900

2.

Chimboy tumani

Chimboy qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji

720

Andijon viloyati

3.

Xoʻjaobod tumani

Xoʻjaobod qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji

720

Buxoro viloyati

4.

Shofirkon tumani

Shofirkon iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji

450

5.

Buxoro tumani

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

622

Qashqadaryo viloyati

6.

Mirishkor tumani

Mirishkor 2-son kasb-hunar maktabi

100

Namangan viloyati

7.

Mingbuloq tumani

Mingbuloq suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

720

8.

Norin tumani

Norin sanoat va servis kasb-hunar kolleji

705

Navoiy viloyati

9.

Navbahor tumani

Navbahor suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

870

Samarqand viloyati

10.

Nurobod tumani

Nurobod “Tim” qishloq xoʻjaligi va servis kasb-hunar kolleji

435

11.

Paxtachi tumani

Paxtachi avtomobil yoʻllar kasb-hunar kolleji

825

12.

Kattaqoʻrgʻon tumani

Kattaqoʻrgʻon tumani qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji

720

Sirdaryo viloyati

13.

Sirdaryo tumani

Sindarobod qurilish kasb-hunar kolleji

360

Toshkent viloyati

14.

Ohangaron tumani

Ohangaron agrosanoat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji

615

Xorazm viloyati

15.

Shovot tumani

Shovot qurilish kasb-hunar kolleji

585

16.

Hazorasp tumani

Hazorasp sanoat kasb-hunar kolleji

720

Fargʻona viloyati

17.

Quvasoy shahri

Quvasoy sanoat kolleji

800

18.

Toshloq tumani

Toshloq tumani “Zarkent” agrosanoat kasb-hunar kolleji

1000

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 1-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-5812-son Farmonida:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
b) 4-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimiga oʻtkaziladigan kasb-hunar kollejlari
ROʻYXATI

T/r

Tuman (shahar) nomi

Kasb-hunar kolleji nomi

Oʻquvchi oʻrni

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Nukus tumani

Nukus Kerder sanoat transport kasb-hunar kolleji

810

2.

Taxiatosh tumani

Taxiatosh energetika kolleji

600

3.

Ellikqalʼa tumani

Ellikqalʼa qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji

540

Andijon viloyati

4.

Asaka tumani

Asaka avtomobilsozlik kolleji

765

5.

Boʻston tumani

Boʻston xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji

1 200

6.

Qoʻrgʻontepa tumani

Qoʻrgʻontepa sanoat va transport kasb-hunar kolleji

615

7.

Ulugʻnor tumani

Ulugʻnor qurilish kasb-hunar kolleji

585

8.

Shahrixon tumani

Shahrixon yengil sanoat va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji

900

Buxoro viloyati

9.

Buxoro shahri

Buxoro politexnika kasb-hunar kolleji

780

10.

Jondor tumani

Jondor qurilish va milliy hunarmandchilik kolleji

615

11.

Romitan tumani

Romitan agrobiznes kasb-hunar kolleji

540

Jizzax viloyati

12.

Doʻstlik tumani

Doʻstlik suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

720

13.

Jizzax shahri

Jizzax iqtisodiyot va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji

750

14.

Zarbdor tumani

Zarbdor xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji

540

15.

Zafarobod tumani

Zafarobod qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji

600

Qashqadaryo viloyati

16.

Dehqonobod tumani

Dehqonobod transport va agrobiznes kasb-hunar kolleji

600

17.

Qamashi tumani

Qamashi tumani xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji

600

18.

Qarshi shahri

Qarshi sanoat kasb-hunar kolleji

650

19.

Kasbi tumani

Kasbi axborot texnologiya kolleji

645

Navoiy viloyati

20.

Navoiy shahri

Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji

750

21.

Nurota tumani

Nurota xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji

360

Namangan viloyati

22.

Namangan tumani

Namangan tumani “Olaxamak” iqtisodiyot kolleji

720

23.

Toʻraqoʻrgʻon tumani

Toʻraqoʻrgʻon xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji

750

24.

Uchqoʻrgʻon tumani

Uchqoʻrgʻon axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji

615

25.

Yangiqoʻrgʻon tumani

Yangiqoʻrgʻon axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji

615

Samarqand viloyati

26.

Bulungʻur tumani

Bulungʻur sanoat kasb-hunar kolleji

540

27.

Ishtixon tumani

Ishtixon transport va servis kasb-hunar kolleji

615

28.

Jomboy tumani

Jomboy tadbirkorlik kasb-hunar kolleji

585

29.

Kattaqoʻrgʻon shahri

Kattaqoʻrgʻon qurilish va sanoat kasb-hunar kolleji

825

30.

Samarqand shahri

Bogʻishamol sanoat kasb-hunar kolleji

540

Sirdaryo viloyati

31.

Guliston shahri

Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji

450

32.

Oqoltin tumani

Oqoltin xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji

360

33.

Sayxunobod tumani

Sayxunobod agrosanoat kasb-hunar kolleji

540

34.

Xovos tumani

Mehnatobod qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji

700

Surxondaryo viloyati

35.

Qiziriq tumani

Qiziriq qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi kasb-hunar kolleji

765

36.

Oltinsoy tumani

Oltinsoy axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji

615

37.

Sariosiyo tumani

Sariosiyo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji

510

38.

Sherobod tumani

Sherobod maishiy xizmat kasb-hunar kolleji

720

39.

Shoʻrchi tumani

Shoʻrchi qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji

630

Toshkent viloyati

40.

Bekobod tumani

Bekobod “Dalvarzin” maishiy xizmat kasb-hunar kolleji

1 080

41.

Qibray tumani

Qibray energetika kolleji

900

42.

Oqqoʻrgʻon tumani

Oqqoʻrgʻon qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi kasb-hunar kolleji

750

43.

Bekobod shahri

Bekobod kommunal xoʻjaligi kolleji

450

44.

Piskent tumani

Piskent xizmat koʻrsatish va texnologiya kasb-hunar kolleji

630

Fargʻona viloyati

45.

Buvayda tumani

Buvayda tumani qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji

1 180

46.

Quva tumani

Quva suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

615

47.

Oʻzbekiston tumani

Oʻzbekiston iqtisodiyot va xizmat koʻrsatish kolleji

450

48.

Fargʻona tumani

Fargʻona kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji

585

49.

Fargʻona shahri

Fargʻona sanoat kasb-hunar kolleji

1 430

Xorazm viloyati

50.

Qoʻshkoʻpir tumani

Qoʻshkoʻpir uy-joy kommunal xoʻjaligi kolleji

675

51.

Tuproqqalʼa tumani

Pitnak avtomobilsozlik kolleji

585

52.

Urganch shahri

Urganch maishiy xizmat kasb-hunar kolleji

720

53.

Xiva shahri

Xiva yengil sanoat kolleji

330

54.

Xonqa tumani

Xonqa sanoat va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji

720

55.

Yangibozor tumani

Yangibozor sanoat kasb-hunar kolleji

900

Toshkent shahri

56.

Uchtepa tumani

Toshkent qurilish-kommunal kasb-hunar kolleji

780

57.

Yunusobod tumani

Yunusobod mashinasozlik kasb-hunar kolleji

1 080

58.

Yashnobod tumani

Yashnobod politexnika kasb-hunar kolleji

1 050

59.

Olmazor tumani

Toshkent qurilish kolleji

1 500

;

v) 5-ilovadan 7, 16, 30, 67 va 69-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
g) 6-ilovadan 19, 24, 43, 47, 51, 55, 66, 68, 72, 74, 77, 89 va 90-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3839-son qarorida:
a) 2-band quyidagi mazmundagi oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash uchun tijorat banklarida ochiladigan kredit liniyalari boʻyicha mehnat migrantlariga mikroqarzlar berish;
fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirgan davrda ularning hayoti va sogʻligʻini hamda boshqa tavakkalchiliklarini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta puli summasining oʻrnini qoplash uchun sugʻurta kompaniyalariga bir yoʻla beriladigan subsidiyalar berish;
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasining Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadigan boshqa tadbirlarni amalga oshirish”;
b) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “50 ming AQSH dollari” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4231-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4804-son qarorining 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Quyidagilarga:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5812-son Farmoniga muvofiq kasbga oʻqitish markazlarini tashkil etish uchun Vazirlik tizimiga berilgan kasb-hunar kollejlaridagi xorijiy grant va kreditlar hisobiga sotib olingan jihoz va uskunalardan ushbu kasbga oʻqitish markazlarida ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish maqsadlarida foydalanish;
b) ishsiz va band boʻlmagan aholini, shuningdek tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan xorijiy mamlakatlarda ishlash uchun ketayotgan va “labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatga olingan fuqarolarni tadbirkorlik koʻnikmalari, xorijiy tillar va kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ketishdan oldin davlat yoki nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalariga, ishlab chiqarishning oʻzida oʻqitish uchun tashkilot hamda “usta-shogird” maktablariga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har bir taʼlim oluvchi uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda grantlar ajratish;
v) hududiy mehnat organlari tomonidan roʻyxatga olingan ishsiz va band boʻlmagan aholini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitish, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni davlat yoki nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalarida, bevosita ishlab chiqarishning oʻzida oʻqitish uchun tashkilot hamda “usta-shogird” maktablari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish asosida amalga oshirish;
g) ishsiz va band boʻlmagan aholini mehnat organlari yoʻllanmasi asosida:
Vazirlik tasarrufida boʻlmagan davlat yoki nodavlat oʻquv muassasalarida yoxud ishlab chiqarishning oʻzida tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitish va kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni, biroq har bir tahsil oluvchi uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
“usta-shogird” anʼanasi asosida milliy hunarmandchilikka oʻrgatish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni, biroq har bir tahsil oluvchi uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
kasbiy malakasini baholash va tasdiqlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni, biroq har bir band boʻlmagan shaxs uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berishni nazarda tutuvchi takliflarga rozilik berilsin”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan transport orqali chet elga joʻnab ketish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3584-son qarori 7-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2018-yilning 1-aprelidan boshlab Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron maʼlumotlar bazasida roʻyxatdan oʻtgan, vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun xorijga joʻnab ketayotgan fuqarolar uchun platskart va umumiy vagonlarga boʻlgan temir yoʻl biletlarining narxlariga 20 foiz miqdorda chegirmalar berilishini taʼminlasin”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi “Mehnat organlari tuzilmasini takomillashtirish va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatini muhofaza qilish tizimini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3913-son qarorida:
a) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlari soni — 94 nafar, ishlab chiqarish xodimlari soni — 12 nafar, kichik mutaxassislar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari soni — 26 nafar”;
b) 4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari
namunaviy tuzilmasi
Boshqaruv xodimlari soni — 17-18 nafar.
Ishlab chiqarish xodimlari soni — 6 — 9 nafar.
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 244 nafar.
Ishlab chiqarish xodimlarining umumiy soni — 86 nafar.
* Davlat mehnat inspeksiyasi boshligʻining huquqiy masalalar boʻyicha oʻrinbosariga yuriskonsult funksiyasi yuklanadi.
** Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
*** Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son; 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son; 30.08.2022-y., 07/22/366/0790-son; 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son; 21.01.2025-y., 07/25/12/0056-son)