Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlarini oʻzgartirish va baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”, “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini amalga kiritish tartibi haqidagi qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga kiritilayotgan ilova qilingan oʻzgartirishlar tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilova qilinayotgan roʻyxatga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 8-aprel,
177-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-apreldagi 177-son qarori bilan
TASDIQLANSIN
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRIShLAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 9-son 30-modda) qarorining 1, 3 va 4-bandlaridagi tegishlicha “davlat” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 11-son, 126-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-sentabrdagi 202-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 382-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi” 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 1994-yil 29-sentabrdagi 491-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 9-son, 46-modda) qarorining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi tegishlicha “davlat” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-apreldagi 177-son qarori bilan
TASDIQLANSIN
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR mehnatkashlar deputatlari shahar, posyolka, qishloq, ovul Sovetlarining ijroiya komitetlari tomonidan notarial ishlarni bajarish tartibi toʻgʻrisidagi instruksiyani tasdiqlash haqida” 1976-yil 16-yanvardagi 35-son (OʻzSSR QT, 1976-y., 1-son, 2-modda) qarori.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Qarzni nizosiz tartibda notarial organlarning ijro xatiga binoan undirib olishga asos boʻladigan hujjatlarning roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1976-yil 22-apreldagi 236-son (OʻzSSR QT, 1976-y., 4-son, 16-modda) qarori.
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1976-yil 22-apreldagi 236-son qarori bilan tasdiqlangan qarzni nizosiz tartibda notarial organlarning ijro xatiga binoan undirib olishga asos boʻladigan hujjatlarning roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida 1984-yil 23-apreldagi 200-son (OʻzSSR QT, 1984-y., 4-son, 16-modda) qarori.
4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR mehnatkashlar deputatlari shahar, posyolka, qishloq, ovul Sovetlarining ijroiya komitetlari tomonidan notarial ishlarni bajarish tartibi toʻgʻrisidagi instruksiyani tasdiqlash haqida” 1976-yil 16-yanvardagi 35-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1986-yil 6-iyundagi 285-son (OʻzSSR QT, 1986-y., 6-son, 22-modda) qarori.