Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3234-son va 2020-yil 6-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4630-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va harbiy xizmatga chaqirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-fevral,
PQ-5010-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-apreldagi PF-49-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2023-y., 06/23/49/0210-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-apreldagi PF-49-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2023-y., 06/23/49/0210-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun:
tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — MIBB) huzurida hududiy tibbiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — hududiy tibbiy komissiyalar);
MIBB huzurida hamda tenglashtirilgan xizmat oʻtash koʻzda tutilgan vazirliklar va idoralarda — tibbiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — tibbiy komissiyalar);
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yigʻish punktlarida (keyingi oʻrinlarda — yigʻish punkti) harbiy-tibbiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — yigʻish punktlaridagi HTK);
Mudofaa vazirligi, DXX, IIVda harbiy-tibbiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — HTK) tashkil etiladi;
HTK va tibbiy komissiyalarni tuzish tartibi, huquq va majburiyatlari, ularning xulosalarini rasmiylashtirish, koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan oʻrnatilgan tartibda belgilanadi.
Yigʻish punktlaridagi HTKlar va hududiy tibbiy komissiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4630-son qarori, mazkur Nizom hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi”;
2) 7-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Quyidagi shaxslar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi”;
“a” va “b” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“a) chaqiruv uchastkalarida qayd etilayotgan fuqarolar;
b) muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar“;
quyidagi mazmundagi “b1” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“b1) muqobil xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar”;
“v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“v) safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olinayotgan fuqarolar”;
“k” kichik bandidagi “MIB” qisqartmasi “mudofaa ishlari boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — MIB)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3) 9-bandda:
birinchi xatboshidagi “Milliy gvardiya va FVVning shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchilarini va ularning” soʻzlari “Milliy gvardiya va FVVning harbiy xizmatchilarini hamda kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “shartnoma” soʻzi “kontrakt” soʻzi bilan almashtirilsin;
4) 12-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tibbiy-ekspertizaning yakuniy aniqlangan holati deganda fuqaro sogʻligʻining shunday holati tushuniladiki, bunda tibbiy tekshiruv va davolash natijalari hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yigʻish punktlaridagi HTK yoki HTKga fuqaroning harbiy xizmatga (tenglashtirilgan xizmatga) yaroqlilik toifasi boʻyicha xulosa chiqarishga asos beradi hamda keyingi davolanishlar harbiy xizmatga (tenglashtirilgan xizmatga) yaroqlilik toifasini oʻzgarishiga olib kelmaydi.”;
5) 14-bandda:
birinchi xatboshidagi “tibbiy komissiya va HTK” soʻzlari “hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yigʻish punktlaridagi HTK va HTKlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “HTK va tibbiy komissiyalar” soʻzlari “hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yigʻish punktlaridagi HTK va HTKlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “HTK va tibbiy komissiyalarning” soʻzlari “hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yigʻish punktlaridagi HTK va HTKlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6) 15-bandning birinchi xatboshisidagi “HTK yoki tibbiy komissiyaning” soʻzlari “hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yigʻish punktlaridagi HTK va HTKning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7) 16-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “g”, “j” — “s” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarga nisbatan hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yigʻish punktlaridagi HTK va HTK tomonidan chiqarilgan xulosa, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, tibbiy koʻrik oʻtkazilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi. Hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yigʻish punktlaridagi HTK va HTK tomonidan qabul qilingan takroriy yoki navbatdagi xulosalar avvalgi xulosani bekor qiladi (vaqtincha harbiy xizmatga (tenglashtirilgan xizmatga) yaroqsizlik va kasallanish, shikastlanish, yaradorlik, jarohatlanish sababiy bogʻliqlik toʻgʻrisidagi xulosalar bundan mustasno). Hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yigʻish punktlaridagi HTK va HTKning xulosalari belgilangan muddatda ijro etilmagan hollarda va tibbiy koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxsning murojaatida yoki davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari yoxud harbiy-tibbiy muassasalar shifokorlarining xulosasida koʻrsatilgan muddatdan qatʼi nazar, ushbu shaxsning sogʻligʻi holatida yaqqol oʻzgarishlar qayd etilganda qayta tibbiy koʻrik oʻtkaziladi”;
ikkinchi xatboshidan “tibbiy komissiya va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8) 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Mazkur Nizomning 7-bandi “a”, “i” — “m”, “o”, “p” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi tibbiy komissiyalar tarkibi (jarroh, terapevt (katta shifokor vazifasi jarroh yoki terapevt zimmasiga yuklanadi), dermatovenerolog, stomatolog, oftalmolog, otorinolaringolog, psixiatr va nevropatolog) tumanlar (shaharlar) hokimlarining Sogʻliqni saqlash vazirligi hududiy birlashmalari (organlari) rahbarlarining taqdimnomasiga koʻra qabul qilgan qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “b”-“v” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi hududiy tibbiy komissiyalar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4630-son qarori bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “v”, “i” — “m”, “o”, “p” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishdagi munozarali masalalar tarkibiga oliy malaka toifasiga ega shifokor-mutaxassislar jalb qilinadigan Sogʻliqni saqlash vazirligining Oʻsmirlar va chaqiruv yoshidagi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markazi huzuridagi respublika muqobil tibbiy komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — RMTK), mahalliy hududlarda esa tarkibiga oliy va birinchi malaka toifasiga ega shifokor-mutaxassislar jalb qilinadigan Sogʻliqni saqlash vazirligi hududiy koʻp tarmoqli bolalar tibbiy markazlarining Oʻsmir va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish boʻlinmalari tomonidan belgilangan tartibda hal etiladi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “d”, “e”, “s”, “t” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishdagi munozarali masalalar MHTK tomonidan belgilangan tartibda hal etiladi;
Hududiy tibbiy komissiyalar tomonidan qabul qilingan xulosalarning asoslanganligini nazorat qiluvchi va mazkur Nizomning 7-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi yigʻish punktlaridagi HTK tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4630-son qarori bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Hududiy tibbiy komissiyalar, MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar va yigʻish punktlaridagi HTKlar ishini tashkil qilish uchun davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalaridan shifokor-mutaxassislar bilan birga oʻrta boʻgʻin tibbiyot xodimlari ham jalb qilinadi”;
9) 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”;
10) 21-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. MIBB hududiy tibbiy komissiya va MIBB huzuridagi tibbiy komissiyaning (qayd etish komissiyasi) katta shifokorlari bilan birgalikda mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tayyorlashda ularning sogʻligʻi hamda jismoniy rivojlanishi holatini aniqlash uchun har tomonlama oʻrganishlarini tashkil etadi va oʻtkazadi”;
“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“a) ruhiy-asab, teri-tanosil kasalliklari va narkologik dispanserlar, ftiziatriya va pulmonologiya (silga qarshi dispanserlar) hamda OITSga qarshi kurashish markazlari, shuningdek sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalaridan — hisobda turuvchi shaxslar roʻyxatlarini”;
11) 24-bandda:
birinchi xatboshidagi ““a”, “b” kichik bandida” soʻzlari ““a” — “b1” kichik bandlarida“ soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi ““b” kichik bandida” soʻzlari ““b”-“b1” kichik bandlarida“ soʻzlari bilan almashtirilsin;
12) 25-bandda:
birinchi xatboshidagi “MIBB, MIBning chaqiruv (yigʻin) punktlarida” soʻzlari “MIBB chaqiruv punkti va MIB yigʻish punktida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari” soʻzlari “dori vositalari va tibbiy buyumlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13) 26-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizomning 7-bandi “a”, “b”-“b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolar soni hududiy tibbiy komissiyalar va MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonida bir ish kuni mobaynida 50 nafardan oshmasligi lozim”;
ikkinchi xatboshidagi “yigʻin” soʻzi “yigʻish” soʻzi bilan almashtirilsin;
14) 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“27. Mazkur Nizomning 7-bandi “b”, “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hududiy tibbiy komissiyalar tomonidan tashkil etiladi”;
15) 29-bandda:
“chaqiruv komissiyasi” soʻzlari “hududiy tibbiy komissiya va MIBB huzuridagi tibbiy komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“sogʻliqni saqlash tizimi tasarrufidagi” soʻzlari “sogʻliqni saqlash tizimining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “a”, “b” kichik bandlarida” soʻzlari “a” — “b1” kichik bandlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tibbiy tekshiruv natijalari koʻrib chiqish uchun hududiy tibbiy komissiya yoki MIBB huzuridagi tibbiy komissiyaga taqdim qilinadi, ular chaqiriluvchining sogʻligʻi, jismoniy rivojlanishi holati va boshqa barcha maʼlumotlarni inobatga olgan holda uning harbiy xizmatga yaroqliligi masalasini hal qiladi”;
16) 30-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari asosida, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish kunida shifokor-mutaxassislar xulosalariga koʻra hududiy tibbiy komissiyalar yoki MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar va yigʻish punktlaridagi HTKlar quyidagi toifa va cheklanish darajasi (sogʻliq va jismoniy rivojlanish holatining koʻrsatkichi) boʻyicha harbiy xizmatga yaroqlilik toʻgʻrisida xulosa qabul qiladi:”;
17) 33-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mazkur Nizomning 7-bandi “k” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi”;
18) 34-bandning birinchi xatboshisidagi ““a”, “b” kichik bandlarida” soʻzlari ““a” — “b1” kichik bandlarida“ soʻzlari bilan almashtirilsin;
19) 35-banddagi ““b” kichik bandida” soʻzlari ““b”-“b1” kichik bandlarida“ soʻzlari bilan almashtirilsin;
20) 36-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“MIBB huzuridagi qayd etish komissiyasi yoki MIBB huzuridagi hududiy komissiya yoxud MIBB huzuridagi Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasi ishi tugaguniga qadar fuqaroni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishni (davolashni) yakunlashning imkoni boʻlsa, unga nisbatan harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizligi haqidagi xulosa qabul qilinmaydi. Bunday holatda shifokor-mutaxassis fuqaroning tibbiy tekshiruvga (davolanishga) muhtojligi haqida hamda takroriy tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun kelish muddatini koʻrsatgan holda xulosa beradi.”;
21) 39-bandda:
birinchi xatboshidagi “yigʻin punktida nazorat tibbiy koʻrigidan” soʻzlari “yigʻish punktida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish yigʻish punktlaridagi HTKlar tomonidan amalga oshiriladi”;
uchinchi xatboshidagi “Toshkent shahri chaqiruv komissiyalari tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining” soʻzlari “Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi (keyingi oʻrinlarda — Rahbariyat kengashi) MIBB huzuridagi Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qoʻshinlarni muddatli harbiy xizmatchilar bilan butlash naryadi bajarilganidan soʻng Sogʻliqni saqlash vazirligi hududiy koʻptarmoqli tibbiyot markazlarining Oʻsmirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordam koʻrsatish boʻlinmalari mutaxassislari keyingi chaqiruv tadbirlari boshlanguniga qadar hududiy tibbiy komissiyalar va MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar shifokorlariga metodik, amaliy yordam koʻrsatadi, joylarda oʻtkazilayotgan davolash-sogʻlomlashtirish ishlarini nazorat qiladi”;
22) 40-bandda:
birinchi xatboshidagi “hududiy organlarining rahbarlari” soʻzlari “hududiy birlashmalarining (organlarining) rahbarlari hamda yigʻish punktlaridagi HTKlar raislari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar yil davomidagi faoliyatlari” soʻzlari “Yigʻish punktlaridagi HTKlar faoliyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23) 41-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“41. MIB yigʻish punktidan qaytarilgan har bir fuqaro boʻyicha xizmat tekshiruvini oʻtkazish uchun yigʻish punktlaridagi HTKlar raislari tomonidan MIBB nomiga rasmiy xizmat xati joʻnatilib, unda fuqaroning qaytarilishi sabablari koʻrsatiladi”;
24) 42-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“42. Yigʻish punktlaridagi HTKlarning harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi boʻyicha xulosalaridan norozi boʻlib murojaat qilgan fuqarolar Rahbariyat kengashlari qarori asosida Mudofaa vazirligi HTKga yoki MHTKga nazorat tibbiy koʻrigidan oʻtish uchun yuboriladi. Harbiy-tibbiy muassasalarda nazorat tibbiy tekshiruv va tibbiy koʻrikdan oʻtkazish faqat Mudofaa vazirligi MHTK raisining ruxsati bilan amalga oshiriladi”;
uchinchi xatboshidagi “chaqiruv komissiyasi” soʻzlari “yigʻish punktlaridagi HTK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25) 44-bandda:
birinchi xatboshidagi “tuman (shahar) MIBB huzuridagi” soʻzlari “hududiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
“Majburiy diagnostik tekshiruvlar davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalarida bepul amalga oshiriladi”;
26) 45-banddagi “MIBB huzuridagi” soʻzlari “hududiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
27) 47 va 48-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
28) 49-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshlari quyidagi taxrirda bayon qilinsin:
“Mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar harbiy yigʻin joylariga yetib kelgach, birinchi sutka davomida harbiy qism tibbiy xizmati tomonidan Mudofaa vazirligiga qarashli gospitallar (poliklinikalar) shifikor-mutaxassislari bilan hamkorlikda ularning laborator-instrumental tekshiruv xulosalari oʻrganib chiqiladi va tana koʻrigi oʻtkaziladi.
Laborator-instrumental tekshiruvlar xulosalarini oʻrganish va tana koʻrigi vaqtida mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarda statsionar sharoitda davolanishni talab etadigan va harbiy yigʻin oʻtashga monelik qiladigan oʻtkir kasalliklar, jarohatlar aniqlansa, ular sogʻlomlashtirish uchun chaqiruv joyidagi MIBga qaytariladi hamda harbiy yigʻinlarga keyingi oylarda yuborilishi lozim. Ushbu fuqarolarda E va F yaroqlilik toifalari boʻyicha xulosa berishni nazarda tutuvchi kasalliklar yoki shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asoratlari aniqlansa, ular yigʻinga jalb qilingan joydagi Mudofaa vazirligi HTKga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yuboriladi”;
29) 50-bandning birinchi xatboshisidagi “yigʻinga jalb qilgan MIBga qaytarib yuboriladi” soʻzlari “yigʻinga jalb qilingan joydagi Mudofaa vazirligi HTKga yuboriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
30) 53-bandda:
toʻrtinchi xatboshi “muassasalarida” soʻzidan keyin “(DXX harbiy-tibbiy muassasalarida)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
beshinchi xatboshidan “(MIB)” qisqartmasi chiqarib tashlansin;
31) 54-bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yosh fuqarolar orasidan (DXX HTMga kirayotgan nomzodlardan tashqari) ikki bosqichda: birlamchi — MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar, yakuniy — HTKlar tomonidan barcha majburiy diagnostik tekshiruvlardan oʻtkazilgan holda;
harbiy xizmatchilar tarkibidan (DXX HTMga kirayotgan nomzodlardan tashqari) tegishli vazirlik va idoralar tasarrufidagi HTK tomonidan”;
32) 55-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“55. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga oʻqishga tanlab olinayotgan oliy tibbiy taʼlim muassasalari talabalari Mudofaa vazirligiga tegishli harbiy-tibbiy muassasalarida barcha majburiy diagnostik tekshiruvlardan oʻtkazilgandan soʻng HTK tomonidan belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi”;
33) 56-bandning birinchi xatboshisidagi “qabul komissiyasi” soʻzlari “HTK” kisqartmasi bilan almashtirilsin;
34) 58-bandda:
birinchi xatboshidagi “shartnoma” soʻzi “kontrakt” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yakuniy — Mudofaa vazirligi markaziy poliklinikasi HTK tomonidan”;
beshinchi xatboshidagi “shartnoma” soʻzi “kontrakt” soʻzi bilan almashtirilsin;
35) 59-band quydagi tahrirda bayon qilinsin:
“59. Oddiy askar va serjantlar tarkibidagi kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarni HTM, ofitserlarni tayyorlash va qayta tayyorlash kursiga oʻqishga yoki chet davlatlar HTMga oʻqishga (malaka oshirishga) yuborish vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tegishli vazirlik va idoralar HTKda amalga oshiriladi.”;
36) 61-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“61. Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga tanlab olinayotgan oliy taʼlim muassasalari talabalari Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy muassasalarida barcha majburiy diagnostik tekshiruvlardan oʻtkazilgandan soʻng HTK tomonidan belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi”;
37) 65-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “shartnoma” soʻzi “kontrakt” soʻzi bilan almashtirilsin;
38) 68-bandning uchinchi xatboshisidagi “shartnoma” soʻzi “kontrakt” soʻzi bilan almashtirilsin;
39) 70-bandning birinchi xatboshisidagi “Sogʻliqni saqlash vazirligining markaziy apparati tomonidan uning hududiy organlari shifokor-mutaxassislari yoki MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar shifokor-mutaxassislari” soʻzlari “HTKlar tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligining markaziy apparati yoki uning hududiy boshqarmalari (organlari) shifokor-mutaxassislari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
40) 72-bandning birinchi xatboshisidagi “shartnoma” soʻzi “kontrakt” soʻzi bilan almashtirilsin;
41) 73-banddagi “shartnoma” soʻzi “kontrakt” soʻzi bilan almashtirilsin;
42) 74-bandning birinchi xatboshidagi “yosh chegarasiga yetmagan” soʻzlaridan keyin “kontrakt boʻyicha” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
43) 78-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“78. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi yoki uning oila aʼzolari davolanishni davom ettirish uchun bir davolash-profilaktika (harbiy-tibbiy) muassasasidan boshqasiga oʻtkazilishga muhtoj boʻlsa, shuningdek, harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq boʻlgan, harbiy xizmatdan boʻshatilgan ofitserlar statsionar davolanishga yoki sanatoriy-kurort muassasalarida davolanishga (bir yilda bir marta) muhtoj boʻlib, ularning davolanish manziliga borish va qaytishda temir yoʻl, havo, suv va avtomobil (taksidan tashqari) transportidan foydalanish zarurati tugʻilsa, HTK ularni koʻchirishga va transportdan foydalanishga muhtojligi toʻgʻrisida xulosa chiqaradi. Koʻrsatib oʻtilgan ofitserlar harbiy xizmatining umumiy davomiyligi yigirma besh yil va undan ortiq boʻlgan taqdirda, HTK ularning oila aʼzolariga ham koʻchirishga va transportdan foydalanishga muhtojligi toʻgʻrisida xulosa chiqaradi”;
44) 79-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“79. Harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq boʻlgan, harbiy xizmatdan boʻshatilgan ofitserlar, shuningdek, harbiy xizmatda boʻlishning umumiy davomiyligi yigirma besh yil va undan ortiq boʻlgan ofitserlarning oila aʼzolari davolanish uchun davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalariga (shu jumladan, idoraviy, harbiy-tibbiy yoki sanatoriy-kurort muassasalariga) borayotganda, bundan tashqari, kasalligi sababli taʼtilga, harbiy xizmatdan boʻshatilgandan soʻng tanlangan yashash joyiga borayotganda harbiy xizmatchilar kuzatib boruvchiga muhtoj boʻlsa, HTK kuzatib boruvchilarga muhtojlik toʻgʻrisida, ularning sonini koʻrsatgan holda, xulosa chiqaradi”;
45) 80-banddagi “shartnoma” soʻzi “kontrakt” soʻzi bilan almashtirilsin;
46) 102-bandda:
birinchi xatboshi “Milliy gvardiya” soʻzlaridan keyin “IIV, FVV” qisqartmalari bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshidagi “shartnoma” soʻzi “kontrakt” soʻzi bilan almashtirilsin;
47) 103-banddagi “MIB” qisqartmasi “MIBB” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
48) 104-bandda:
birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “shartnoma” soʻzi “kontrakt” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ruhiy-asab, teri-tanosil kasalliklari va narkologik dispanserlar, ftiziatriya va pulmonologiya (silga qarshi despanserlar) hamda OITSga qarshi kurashish markazlari, shuningdek sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalaridan maʼlumotnomalar”;
quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Majburiy diagnostik tekshiruvlar MIBBning (DXX hududiy boshqarmalari HTKning) yoʻllanmasiga asosan Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy muassasalarida (DXX harbiy-tibbiy muassasalarida) oʻtkaziladi“;
49) 105-banddagi “shartnoma” soʻzi “kontrakt” soʻzi bilan almashtirilsin;
50) 106-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “shartnoma” soʻzi “kontrakt” soʻzi bilan almashtirilsin;
51) 107-bandning ikkinchi xatboshisidagi “shartnoma” soʻzi “kontrakt” soʻzi bilan almashtirilsin;
52) 110-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan kasallik va shikastlanish (yaradorlik, jarohat) tufayli salomatligiga koʻra tibbiy komissiyalar yoki HTK tomonidan avval F toifasi yoki ruhiy va xulq atvor buzilishlari (ruhiyatga faol taʼsir etuvchi vositalarni isteʼmol qilish natijasida kelib chiqqan ruhiy va hulq-atvorning buzilishlaridan tashqari), epilepsiya va epileptik tutqanoqlar, kaft yoki barmoqlarning nuqsonlari yoki shakl buzilishlari yoki yoʻqligi, yassi oyoqlilik yoki oyoq panjasining boshqa shakl oʻzgarishlari yoki barmoqlarning nuqsonlari, bosh suyagining jarohati va jarrohlik amaliyotidan keyingi nuqsonlari aniqlanib E yaroqlilik toifasi tayinlangan shaxslar takroriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmaydi”;
53) 115-bandda:
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “shartnoma” soʻzi “kontrakt” soʻzi bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “shartnoma” soʻzi “kontrakt” soʻzi bilan almashtirilsin;
54) 116-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisidagi “shartnoma” soʻzi “kontrakt” soʻzi bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4375-son qarorida:
1) 1-ilova 2-bandning “Tashkil etilayotgan HALning nomi” va “Joylashgan manzili” ustunlaridagi “Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi” va “Toshkent viloyati, Qibray tumani, Geofizika shaharchasi” soʻzlari tegishlicha “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi” va “Toshkent shahar Yunusobod tumani Yangi shahar koʻchasi 3-uy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2) 3-ilovada:
24 va 25-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“24. Nomzodlar tibbiy koʻrikdan (dastlabki va yakuniy) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda oʻtkaziladi.
25. Dastlabki tibbiy koʻrik natijalariga asosan nomzodning “Temurbeklar maktabi”ga oʻqishga kirishga yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
Oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar harbiy-kasbiy tanlovga qoʻyilmaydi”;
30-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“31. Yakuniy tibbiy koʻrik natijalariga asosan nomzodning “Temurbeklar maktabi”ga oʻqishga kirishga yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
Oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar saralashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi”;
3) 5-ilova 2-bandning “Temurbeklar maktabi” HALning nomi” va “HALga biriktirilgan oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasaning nomi” ustunlaridagi “Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi” va “Davlat xavfsizlik xizmati instituti” soʻzlari tegishlicha “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi” va “Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4) 6-ilova 1-bandning “Joylashgan joyi” va “Taʼlim muassasasining yangi nomi” ustunlaridagi “Toshkent viloyati, Qibray tumani, Geofizika shaharchasi” hamda “Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi” soʻzlari tegishlicha “Toshkent shahar Yunusobod tumani Yangi shahar koʻchasi 3-uy” va “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son; 13.04.2023-y., 06/23/49/0210-son)