1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi doirasida 2021-yilda:
1) oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish yoʻnalishida:
a) shakllangan dehqonchilik koʻnikmalari, tuproq-iqlim sharoiti, suv taʼminotidan kelib chiqib, respublikaning barcha tumanlarining hududlari muayyan turdagi mahsulotlar yetishtirishga bosqichma-bosqich ixtisoslashtiriladi. Bunda:
qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishda asosiy eʼtibor uning hosildorligi, eksportbopligi, yaxlit maydonlarda yetishtirilishiga qaratiladi;
kooperatsiya va klaster tizimi asosida mahsulot yetishtirish, uni qayta ishlash, saqlash va ichki hamda tashqi bozorlarga sotish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirish uchun kamida bitta tuman hududini organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirsin;
v) Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mavjud ekin maydonlaridan samarali foydalanish, 2021-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish boʻyicha hukumat qarorini qabul qilsin. Bunda, joriy yilda paxta maydonlarini 33,6 ming gektarga va gʻalla maydonlarini 40 ming gektarga qisqartirish hamda 320 ming gektar yerlarni foydalanishga kiritish hisobiga oziq-ovqat va ozuqa ekinlari maydonlari 193,6 ming gektarga kengaytiriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
g) Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi 2021-yil 1-apreldan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda hudud ixtisosligidan kelib chiqib, tuman hokimliklari zaxirasidagi yaxlit holda 300 gektargacha yer maydonlarida plantatsiya usulida intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etish va yetti yil muddatda toʻlash sharti bilan aholiga sotish tizimini yoʻlga qoʻysin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari yangi bogʻ va tokzorlar barpo etishga qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari, zaxirada turgan hosildorligi past boʻlgan paxta va gʻalladan qisqargan maydonlar, yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz deb topilgan bogʻlar joylashgan yer maydonlari ajratilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara]
d) kooperatsiya shartlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yoshlarga foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari ijaraga beriladi, shuningdek, fermer xoʻjaliklari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarining ekin maydonlari ikkilamchi ijaraga beriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
Bunda, Qishloq xoʻjaligi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda:
yoshlar uchun ekin maydonlari, avvalo, aholi yashaydigan qishloq hududlariga yaqin yerlardan tanlanishiga, konturlar yaxlitligi saqlanishiga hamda yoshlarni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga oʻrgatish uchun tajribali agronomlar jalb qilinishiga;
yerlarni ekishga tayyorlash va ekinlarga ishlov berish uchun zarur boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnika va mexanizmlari, suv hamda ish qurollari bilan taʼminlashga;
yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda sotishga koʻmaklashsin;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
2) qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish yoʻnalishida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra bir tumanda uchtagacha paxta-toʻqimachilik klasterlariga fermer xoʻjaliklari bilan shartnoma asosida faoliyat yuritishiga va fermer xoʻjaliklariga ushbu klasterlar bilan paxta xom ashyosini yetkazib berish boʻyicha ixtiyoriy ravishda fyuchers shartnomalarini tuzish huquqi beriladi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoati” uyushmasi, Paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda agroklasterlarni tashkil etish, ularga yer maydonlari ajratish, ular faoliyatining asosiy kafolatlarini va qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi tartib va taomillarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
3) yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish yoʻnalishida:
a) yerning bozor qiymatini baholash hamda keyinchalik undan garov taʼminoti sifatida foydalanish amaliyoti tizimli yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi birinchi navbatda, bogʻ, tok va issiqxona joylashadigan maydonlarning bozor qiymatini aniqlash va garov taʼminoti sifatida foydalanish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yilda qayta foydalanishga kiritiladigan va oʻzlashtiriladigan yer maydonlarining prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
v) Suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda mavjud suv infratuzilmasini yaxshilashni nazarda tutuvchi 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlarni belgilasin. Bunda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
1 758 km kanal, 443 km lotok, 329 ta gidrotexnika inshootlari, 1 899 km kollektor-drenaj, 728 km yopiq gorizontal va vertikal drenaj, 1 896 ta meliorativ kuzatuv quduqlari va boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish;
5 026 km magistral kanal, 45 595 km melioratsiya tarmoqlarini taʼmirlash va tiklash, 518 ta nasos agregatlari hamda 807 ta elektrodvigatellarni yangilash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
suv resurslaridan foydalanishni onlayn rejimda nazorat qilish, gidrologik postlarni raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlash, sugʻorishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish nazarda tutiladi;
4) qishloq xoʻjaligi tarmogʻini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish yoʻnalishida:
(1-band “4” kichik bandining “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari]
b) 2021-yil 31-dekabrga qadar mahalliy urugʻchilik xoʻjaliklaridan sertifikatlangan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari va koʻchatlarini sotib olgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga sotib olingan urugʻ va koʻchatlar qiymatining 20 foizigacha Davlat budjetidan qoplab beriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
v) limon yetishtiriladigan issiqxonalar barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan isitish tizimini xarid qilish xarajatlarining bir qismini davlat budjetidan qoplash tartibi joriy etiladi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda sertifikatlangan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari va koʻchatlari qiymatining, shuningdek limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari]
g) Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning talablari asosida viruslardan xoli, yuqori hosilli sertifikatlangan urugʻ va koʻchatlarni yetishtirish va yetkazib berish tizimini samarali yoʻlga qoʻysin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
d) 2021-yil 1-martdan boshlab “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni rivojlantirish uchun aholiga ajratiladigan kreditlar muddati 3 yildan 7 yilgacha, imtiyozli davr esa 1 yildan 3 yilgacha uzaytiriladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi mazkur kichik bandga asosan ajratiladigan kreditlarni moliyaviy resurslar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
5) ilm-fan, taʼlim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish yoʻnalishida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining tarkibidagi ilmiy muassasalarning yer maydonlarida tadbirkorlik subyektlarini shartnoma asosida jalb qilgan holda sabzavot, poliz va kartoshka, dukkakli, moyli ekinlar, mevali va tok koʻchatlari yetishtirishni tashkil etsin;
hududlarda shakllangan dehqonchilik koʻnikmalari va ilgʻor tajribalardan kelib chiqib, mahalliy sertifikatlangan yuqori hosilli va sifatli urugʻchilik hamda koʻchatchilikni keng joriy etish maqsadida ilmiy-tadqiqot institutlari 2-ilovaga muvofiq tumanlarga biriktirilsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
6) qishloq xoʻjaligi tarmogʻi statistikasining shaffof mexanizmini yaratish yoʻnalishida Qishloq xoʻjaligi vazirligi quyidagilarni nazarda tutuvchi 2021-yilda sohada axborot texnologiyalarini rivojlantirish choralarini koʻrsin:
yerdan foydalanuvchilar reyestri boʻyicha 3 mln gektardan ortiq sugʻoriladigan yerlarning monitoringini yoʻlga qoʻyish;
5 turdagi asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlarining (paxta, gʻalla, sholi, kartoshka, moyli ekin) ekilishini kosmik surʼatlar yordamida tahlil qilish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
“ArcGIS” dasturi yordamida qishloq xoʻjaligi yerlarining asosiy va takroriy ekin turlari, hosildorlik darajasidan kelib chiqib, interfaol xaritada kuzatish imkoniyatiga ega yagona axborot bazasini shakllantirish hamda uning milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlash;
yer maydonlari va tuproq tarkibi toʻgʻrisidagi axborotlar, ekinlarni joylashtirish, maqbul agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha va boshqa ilmiy-innovatsion yutuqlar va ilgʻor tajribalarni muntazam taqdim etish;
ustuvor qishloq xoʻjaligi mahsulotlari haqida bozor maʼlumotlarini keng ommaga ochiq taqdim etish;
yagona integratsion platformani axborot xizmatlari bilan boyitish, jumladan kadastr, ob-havo maʼlumotlari, arizalarni elektron rasmiylashtirish tizimi, kreditlash va subsidiyalash, agroxizmatlar, agroskouting xizmati, fitosanitariya xizmatlari, monitoring xizmatlari va boshqa qishloq xoʻjaligi jarayonlarini kuzatish tizimini joriy etish;
milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilish, yer va suv resurslari boʻyicha uzluksiz maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
2. Meva-sabzavotchilik klasterlari, fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa mahsulot yetishtiruvchilarni qiynayotgan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish, mamlakatning eksport salohiyatini hamda investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida tajriba-sinov tariqasida 2021-yilning yakuniga qadar faoliyat yuritadigan meva-sabzavotchilik tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va yanada rivojlantirish Respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb yuritiladi) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Kengashning asosiy vazifalari etib:
bir oyda kamida bir marta joylardagi meva-sabzavotchilik tarmogʻiga oid muammoli masalalarni koʻrib chiqish hamda ularni bartaraf etish;
meva-sabzavotchilik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan qarorlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joylarga tashrifi va yigʻilishlaridagi topshiriqlari ijrosini taʼminlash;
oʻrganishlar asosida aniqlangan tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish belgilansin.
Belgilansinki, Kengashning ishchi organi funksiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuklatiladi.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari etib quyidagilar belgilansin:
qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishda ekin turining hududlar tuproq-iqlim sharoitiga mosligi, hosildorligi, eksportbopligi, yaxlit maydonlarda yetishtirilishini taʼminlash;
har bir tumanda sertifikatlangan urugʻ va koʻchatlarni yetishtirish hamda yetkazib berish tizimini yoʻlga qoʻyish;
xususiy sektorni keng jalb qilgan holda Organic, Global G.A.P. va boshqa xalqaro tan olingan standartlar talablariga muvofiq sinov laboratoriyalarini tashkil etishga koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
hududlarning organik mahsulot ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish imkoniyatini oshirish, ilgʻor agrotexnologiyalar, innovatsiyalarni joriy etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
tuproqni himoya qilish tizimi, pestitsid va oʻgʻitlarni meʼyorda ishlatishni va kimyoviy vositalarning ular sifatini ilmiy asoslangan holda qoʻllanilishini nazorat qilish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
hududlarda suv xoʻjaligi infratuzilmasini yaxshilash va suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish;
xususiy sektorni keng jalb qilgan holda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xalqaro talablar asosida, sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha toʻliq sinovdan oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlgan laboratoriyalar, bojxona terminallari va boshqa xizmatlarni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.
4. Quyidagilar:
har bir tumanni qishloq xoʻjaligi ekinlari muayyan turini yetishtirishga ixtisoslashtirishga — qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Sh.J. Teshayev;
qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilishini hamda yerlarni foydalanishga kiritishni monitoring va nazorat qilishga — qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari M.I. Roʻzmetov;
mahsulot yetishtiruvchilarni urugʻ va koʻchat bilan taʼminlashda ilmiy asoslangan tavsiyalarni joriy etishga — qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari A.M. Toʻrayev;
qishloq xoʻjaligini barqaror suv resurslari bilan taʼminlash, suv xoʻjaligi infratuzilmasini yaxshilash va suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etishga — suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va qishloq xoʻjaligini moliyalashtirish tizimiga qoʻshimcha mexanizmlar va moliyaviy vositalarni joriy etishga — qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari Sh.Sh. Mirzayev;
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat bozori monitoringini yuritish tizimiga axborot texnologiyalarini joriy qilishni kengaytirishga — qishloq xoʻjaligi vazirining axborot texnologiyalari boʻyicha oʻrinbosari Q.A. Yuldashev shaxsan masʼul etib belgilansin.
5. Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev ikki hafta muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021-yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yilda qayta foydalanishga kiritiladigan va oʻzlashtiriladigan yer maydonlari boʻyicha viloyatlar va tashabbuskorlar kesimida manzilli roʻyxatni tasdiqlasin.
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
a) 2021-yil 1-avgustga qadar:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda BMTning barqaror taraqqiyot maqsadlarida belgilangan Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha mezonlar va boshqa ilgʻor tajribalar asosida xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda Oʻzbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligi va isteʼmoli boʻyicha dasturini;
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmati, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligiga iqlim oʻzgarishi taʼsirining oldini olish va unga moslashish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
b) ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
7. Mazkur qarorning ijrosini tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-fevral,
PQ-5009-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PQ-5009-son qaroriga 1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yilda qayta foydalanishga kiritiladigan va oʻzlashtiriladigan yer maydonlarining
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
gektar
T/r
Hududlar
2021-yilda foydalanishga kiritiladigan yer maydoni
Shundan:
foydalanishdan chiqqan sugʻoriladigan yerlarni qayta foydalanishga kiritish
choʻl-adir hududlaridagi lalmi va yaylov yerlarni oʻzlashtirish
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
17 000
17 000
2.
Andijon
11 002
685
10 317
3.
Buxoro
40 000
10 000
30 000
4.
Jizzax
28 000
11 555
16 445
5.
Qashqadaryo
45 000
11 000
34 000
6.
Navoiy
20 000
4 018
15 982
7.
Namangan
33 000
4 076
28 924
8.
Samarqand
30 000
3 950
26 050
9.
Surxondaryo
15 000
15 000
10.
Sirdaryo
23 000
17 709
5 291
11.
Toshkent
15 000
9 460
5 540
12.
Fargʻona
23 000
15 558
7 442
13.
Xorazm
20 000
20 000
JAMI:
320 002
140 010
179 992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PQ-5009-son qaroriga 2-ILOVA
Ixtisoslashuvdan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot institutlariga biriktirilgan hududlar
ROʻYXATI
T/r
Ilmiy-tadqiqot institutlari
Biriktirilgan hudud
Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
1.
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti
Quyichirchiq
Institutda yaratilgan “Tarona” sholi navini maydonda shartnoma asosida birlamchi urugʻchiligini tashkil etish.
Yangibozor, Gurlan, Qonlikoʻl
Institutda yaratilgan shimoliy mintaqalarga mos sholi yangi va istiqbolli navlarini shartnoma asosida sertifikatlangan urugʻchiligini tashkil etish.
Sirdaryo, Jalaquduq, Paxtaobod
Institutda yaratilgan sholining yangi va istiqbolli navlarini Sirdaryo viloyatining tuproq iqlim sharoitlarida ekologik sinovini oʻtkazish, tanlash va shartnoma asosida sertifikatlangan urugʻchiligini tashkil etish.
2.
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti
Boʻstonliq, Bulungʻur, Yangiqoʻrgʻon
Institutda yaratilgan kartoshkaning “Piskom”, “Sarnav” navlarining shartnoma asosida onalik urugʻzorlarini tashkil etish.
Andijon, Oltiariq
Institutda yaratilgan bodringning “Diyora F1”, “Sardor F1”, “Navbahor F1”, pomidorning “Barlos F1” gibridlarining shartnoma asosida urugʻchiligini tashkil etish.
Muzrabod
Institutda yaratilgan ukropning “Orom”, karamning “Termiz 2500”, gulkaramning “Istiqlol” navlarining shartnoma asosida urugʻchiligini tashkil etish.
Mirzaobod
Institutda yaratilgan qovunning “Oqurugʻ”, “Zargilobi”, “Saxovat”, tarvuzning “Shirin” navlarining shartnoma asosida urugʻchiligini tashkil etish.
3.
Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti
Institut hamda ilmiy-tajriba stansiyalarida jami 5 643,2 ming dona mevali va tok koʻchatlari tayyorlash, jumladan, urugʻmevali koʻchatlar 2 332,8 ming dona, danak mevali koʻchatlar 633,2 ming dona, yongʻoq mevali koʻchatlar 153,8 ming dona va tok koʻchatlaridan 2 523,4 ming dona.
Baxmal, Yakkabogʻ
Hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos boʻlgan istiqbolli navlardan 80 gektar maydonda olma, 50 gektar maydonda olxoʻri jami 130 gektar maydonda bogʻ barpo qilish.
Olot
Hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos boʻlgan istiqbolli navlardan 100 gektar maydonda oʻrik bogʻi barpo qilish hamda noanʼanaviy meva-uzum xom ashyolaridan “Livadiya-Buxara” MCHJ bilan hamkorlikda sukat, pastila va boshqa qayta ishlangan mahsulotlarni tayyorlash va sotish tizimini yoʻlga qoʻyish.
Qamashi, Qumqoʻrgʻon
Limonning yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli, eksportbop navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish.
4.
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti
Furqat, Oqdaryo, Olot, Qamashi, Sariosiyo
“Golshtin” naslli qoramolning jinsga ajratilgan urugʻ hamda embrionlari transplantatsiyasini oʻtkazish.
5.
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti
Marhamat
Institutda yaratilgan tut daraxtini “Jarariq 7” va “Marhamat 2017” navlarining yangi serhosil koʻchatlarini koʻpaytirish va uni amaliyotga joriy etish.
6.
Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
Respublika hududlarida
Istiqbolli 14 ta oʻrta tolali, 4 ta ingichka tolali gʻoʻza navlari urugʻlarini koʻpaytirish, jumladan oʻrta tolali 14 ta elita-urugʻchilik xoʻjaliklarida navlardan mos ravishda 30 gektardan 420 gektargacha urugʻchilik koʻchatzorini tashkil etish va 4 600 tn elita urugʻlik chigit tayyorlash.
Surxondaryo viloyati
Jarqoʻrgʻon va Termiz tumanlarida 4 ta elita-urugʻchilik xoʻjaliklarida ingichka tolali navlardan mos ravishda 30 gektardan 120 gektar urugʻchilik koʻchatzorini tashkil etish va 1 000 tn elita urugʻlik chigit tayyorlash.
Moliyaviy manbasi: 1,5 mlrd soʻm davlat grantlari, institutning budjetdan tashqari mablagʻlari va paxta-toʻqimachilik klasterlari mablagʻlari hisobidan.
Surxondaryo va Toshkent viloyatlari
Surxondaryo va Toshkent viloyatlari paxta-toʻqimachilik klasterlari maydonida gʻoʻza parvarishida olib boriladigan agrotexnik tadbirlarni ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida amalga oshirish.
Moliyaviy manbasi: 1,5 mlrd soʻm davlat grantlari, institutning budjetdan tashqari mablagʻlari va paxta-toʻqimachilik klasterlari mablagʻlari hisobidan.
7.
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti
Moʻynoq
Qoraqalpogʻistonning qurgʻoqchil tumanlarida chorvachilik sohasi va ozuqa bazasini baholash metodologiyasi va indikatorlar tizimini ishlab chiqish.
Qurgʻoqchil tumanlarda chorvachilik sohasi va ozuqa bazasini baholash boʻyicha anketa soʻrovnomasini tayyorlash, soʻrovnomalarni oʻtkazish, maʼlumotlarni tahlil qilish va maʼlumotlar bazasini shakllantirish.
Orolboʻyi havzasidagi mavsumiy ozuqa balansi, ishlab chiqaruvchilar sohasi va bozorlar faoliyatini baholash.
8.
Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti
Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
Chimboy
Sholi yetishtiriladigan yer maydonlarida ekinlar hosildorligini oshirish, qisqa rotatsiyali almashlab ekish tizimiga oʻtish, ekinlar parvarishida resurs tejovchi agrotexnologiyalarni qoʻllashga qaratilgan ishlarni olib borish.
10.
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti
Respublika hududlarida
Institutda jami 1 087 tonna super elita urugʻlik tayyorlash, jumladan kuzgi bugʻdoyni 28 ta navi 1 000 tn, soyani 10 ta navi 60 tn, kuzgi noʻxatni 2 ta navi 6,0 tn, koʻk noʻxatni 1 ta navi 3 tn, tritikaleni 7 ta navi 18,0 tn.
Andijon
Soyaning mahalliy va xorijiy navlarini asosiy ekin sifatida yetishtirish hamda respublikaning tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvchanligini oʻrganish.
Paxtakor
Soyaning “Toʻmaris”, “Ustoz”, “Oltintoj”, “Gavhar” mahalliy navlarining elita urugʻchiligini tashkil etish.
11.
Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti
Shahrisabz, Zomin, Baxmal
850 gektar maydonga vinobop uzum navlari koʻchatlarini yetkazish.
Jarqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Shoʻrchi, Angor, Termiz
Yevropa davlatlaridan olib kelingan 6 xil mevali ekinlarning (olma, nok, gilos, olxoʻri, shaftoli, behi) 9 turdagi navidan 850 ming dona koʻchatlar yetkazib berish.
Yuqorichirchiq
Yumshoq bugʻdoyning sariq zang kasalliklariga chidamli hosildor “Gʻozgʻon” va “Vassa” navlari hamda moshning tezpishar, tik oʻsuvchi mexanizm yordamida oʻrishga moslashgan, eksport talablariga javob beradigan “Barqaror” navining sertifikatlangan urugʻlarini shartnoma asosida yetkazib berish va ishlab chiqarishga joriy etish.
Qoʻrgʻontepa
Bugʻdoyning hosildor, don sifati yuqori boʻlgan, zang kasalliklariga chidamli “Hisorak” va “Grom” navlari va moshning eksport talablariga javob beradigan “Barqaror” navining sertifikatlangan urugʻlarini shartnoma asosida yetkazib berish va ishlab chiqarishga joriy etish.
12.
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti
Beruniy, Quyichirchiq, Oltiariq, Rishton
Beruniy tumanidagi “Beruniy claster” MCHJning 200 gektar, Quyichirchiq tumanidagi “TST Klaster” MCHJning 300 gektar, Oltiariq tumanidagi “Namza expo art” MCHJning 200 gektar hamda Rishton tumanidagi “Rus-Uzbek tex” MCHJning 300 gektar maydonida shartnoma asosida agrotexnik mavsumlar davomida yangi texnika vositalaridan samarali foydalanishga koʻmaklashish.
13.
Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
Baxmal, Gʻallaorol, Qamashi
Lalmikor maydonlar uchun boshoqli, dukkakli don, moyli va yem-xashak ekinlari urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish, jumladan boshoqli don ekinlarining 16 ta navi — 1,2 mlrd soʻm, dukkakli don ekinlarining 7 ta navi — 60 mln soʻm, moyli ekinlarning 5 ta navi — 150 mln soʻm, yem-xashak ekinlarining 4 ta navi — 50 mln soʻmlik mahsulot 36 ta urugʻchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga yetkazib berish.
14.
Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti
Paxtachi
Paxta, gʻalla, bogʻ, tok va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini zararli organizmlar (zararkunanda, kasallik hamda begona oʻtlar)dan himoya qilish uchun uygʻunlashgan kurash usullarini qoʻllash va joriy etish.
15.
Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti
Forish
3 ming gektar maydonda kovul yetishtirishni yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PQ-5009-son qaroriga 3-ILOVA
Meva-sabzavotchilik tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va yanada rivojlantirish Respublika kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Respublika kengashi raisi
2.
J.A. Xodjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Respublika kengashi raisining oʻrinbosari
3.
D.S. Kasimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil
5.
Sh.J. Raximov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari
6.
A.A. Kamalov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari
7.
Sh.R. Xamrayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri
8.
I.I. Norkulov
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari
9.
L.Sh. Kudratov
—
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari
10.
M.M. Ikramov
—
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari
11.
A.Ya. Xaydarov
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari
12.
D.N. Sattarov
—
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori
13.
M.M. Mirzayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
14.
D.I. Xolmurodov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
15.
M.O. Saliyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
16.
F.K. Umarov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori
17.
A.D. Vaxabov
—
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
18.
F.J. Poʻlatov
—
“Oʻzdonmahsulot” AK boshqaruvi raisi
19.
A.A. Xaitov
—
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
20.
F.D. Qirgʻizboyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi — Respublika kengashi kotibi
Izoh: Respublika kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5009/0164-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)