|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.11.2012
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IDORALARGA QARAShLI KADRLAR MALAKASINI OShIRISh VA ULARNI QAYTA TAYYoRLASh INSTITUTLARI VA FAKULTETLARINING FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-noyabrdagi 327-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qarori)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan
“Taʼlim toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda vazirliklar va idoralar xodimlarining malakasini oshirish institutlari faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirliklar (Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligidan tashqari) va idoralar, konsernlar, uyushmalar 1993-yil 1-yanvarga qadar tarmoq malaka oshirish institutlari va fakultetlarini 1-ilovaga muvofiq tugatsinlar.
2. Tugatilayotgan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutlari va fakultetlarining asosiy fondlari va moddiy negizidan samarali foydalanish boʻyicha komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Komissiya 20 kun muddat ichida mazkur masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻziga qarashli oliy oʻquv yurtlarida kadrlarni qayta tayyorlash tizimini tartibga solsin va zarur hollarda shartnoma asosida yangi mutaxassislar malakasini oshirish fakultetlari ochsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, vazirliklar va idoralar, konsernlar va uyushmalar, yirik korxonalar va xoʻjaliklarning rahbarlar boʻgʻinini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faqat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Boshqaruv instituti negizida, oʻrta boʻgʻinga mansub va korxonalar rahbarlari malakasi — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Malaka oshirish institutida amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi rahbariyati bir oy muddat ichida Idoraviy yoshlar institutining ishlashi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalani koʻrib chiqsin.
6. Moliya vazirligi va Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi budjetga va statistika hisobotiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ijtimoiy masalalar, fan va taʼlim majmui zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-dekabr,
567-son
1993-yilning 1-yanvarigacha tugatilishi kerak boʻlgan malaka oshirish institutlari va fakultetlarining
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligining rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish Bosh instituti.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qoʻmitasining qurilish majmui rahbar xodimlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoqlararo instituti.
3. “Oʻzsuvqurilish” davlat konsernining rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish instituti.
4. “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasining rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish instituti.
5. Aloqa tarmoqlari rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirish instituti.
6. “Oʻzbekistontur” Respublika ekskursiyalar konserni huzuridagi turizm malaka oshirish instituti.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasining hisob-kitob, iqtisodiyot va boshqaruv sohasi rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish instituti.
8. “Oʻzsanoatqurilishbank” huzuridagi Oliy tijorat maktabi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligini madaniyat xodimlari malakasini oshirish instituti.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi dehqonchilik biznesi instituti.
11. Oʻrmon xoʻjaligi rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirish Toshkent fakulteti.
12. “Ekolog” ilmiy-ishlab chiqarish markazining texnika ijodkorligi instituti.
13. Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Qoʻmitasi va Mehnat vazirligining Yoshlar instituti (Mehnat vazirligi ishtirok etadigan qismi boʻyicha).
Tugatilgan malaka oshirish institutlari va fakultetlarining asosiy fondlaridan va moddiy negizidan samarali foydalanish boʻyicha komissiya
TARKIBI
M.Q. Qoraboyev — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi
Sh.Y. Abdullayev — Moliya vazirining oʻrinbosari
Oʻ.A. Abdulxairov — Davlat mulki qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
U.A. Usmonov — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari
K.F. Bakirxonov — Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy masalalar, fan va taʼlim boʻlimi mudirining oʻrinbosari
B.P. Qayumov — Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari