Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasini tashkil qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-son qarori ijrosini taʼminlash, davlat buyurtma qoʻriqxonasi hududida alohida ekologik qimmatga ega boʻlgan tabiiy obyektlar va majmualarni, hayvonlarning noyob turlarini saqlab qolish hamda ularni qayta tiklash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlarida yuridik shaxs tashkil qilgan holda, umumiy maydoni 280 507 gektar boʻlgan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklidagi “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasini (keyingi oʻrinlarda — buyurtma qoʻriqxonasi) tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-band Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-avgustdagi 442-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/442/0727-son)
2. Quyidagilar:
“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasiga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalarining maydoni 1-ilovaga muvofiq;
“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonalari maydoni 2-ilovaga muvofiq;
“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
a) buyurtma qoʻriqxonasi uchastkalarining qoʻriqlanma zonalaridagi yerlar ushbu hududlarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi;
b) buyurtma qoʻriqxonasi Davlat ekologiya qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) buyurtma qoʻriqxonasining faoliyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti mablagʻlari, Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) “Sudochye koʻllar tizimi” uchastkasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda baliq ovlashga, koʻldagi gidrologik holatni yaxshilash maqsadida koʻl tubini tozalash tadbirlariga hamda kvota asosida qamish oʻsimligidan foydalanishga ruxsat etiladi;
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
d) buyurtma qoʻriqxonasining:
“Sudochye koʻllar tizimi” uchastkasida — qirgʻoq landshaftlari, kanallar, kollektorlar va ulardagi suv oqimi, suv, suv atrofida yashovchi qushlar, noyob, yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan baliqlar, yirtqich qushlar va sut emizuvchi hayvonlar;
“Akpetki” uchastkasida — suvda va suv atrofida yashovchi qushlar, noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan yirtqich qushlar, sut emizuvchi hayvonlar muhofazaga olinadigan asosiy obyektlar hisoblanadi.
4. Davlat ekologiya qoʻmitasi ikki oy muddatda:
buyurtma qoʻriqxonasi va uning qoʻriqlanma zonasi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
buyurtma qoʻriqxonasining shtatlar jadvali tasdiqlanishini va malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
2021-yil yakuniga qadar Sudochye koʻlini xalqaro ahamiyatga (Ramsar konvensiyasi) ega boʻlgan suvli-botqoq joylar roʻyxatiga kiritish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi uch oy muddatda:
“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi toʻgʻrisidagi nizomga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda buyurtma qoʻriqxonasining ijro etuvchi apparati uchun Moʻynoq tumanida operativ boshqaruv huquqi asosida bepul bino ajratilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda buyurtma qoʻriqxonasining yer uchastkalari hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
kadastr hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
7. Davlat ekologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi A.I. Maqsudov va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi K.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-fevral,
58-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 58-son qaroriga
1-ILOVA
“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasiga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalarining
MAYDONI
Oldingi tahrirga qarang.

Hudud nomi

Oldingi yerdan foydalanganlar

Beriladigan yer uchastkalari maydoni (ga)

Berilayotgan yerlarning toifalari

I. “Sudochye koʻllar tizimi” uchastkasi

Moʻynoq tumani

Zaxira yerlar

84 702

Qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlar

Jami:

84 702

II. “Akpetki” uchastkasi

Taxtakoʻpir tumani

Zaxira yerlar

195 805

Qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlar

Jami:

195 805

Umumiy yer maydoni:

280 507

(1-ilova Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-avgustdagi 442-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/442/0727-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 58-son qaroriga
2-ILOVA
“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonalari
MAYDONI
Oldingi tahrirga qarang.

Hudud nomi

Beriladigan yer uchastkalari maydoni (ga)

I. “Sudochye koʻllar tizimi” uchastkasi

Moʻynoq tumani

45 178

Qoʻngʻirot tumani

7 760

Jami:

52 938

II. “Akpetki” uchastkasi

Moʻynoq tumani

335 484

Taxtakoʻpir tumani

53 801

Jami:

389 285

Umumiy yer maydoni

442 223

(2-ilova Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-avgustdagi 442-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/442/0727-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 58-son qaroriga
3-ILOVA
“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI

Maslahatlashuv komissiyasi

Direktor



Direktor oʻrinbosari

Bosh buxgalter

1



“Sudochye koʻllar tizimi” uchastkasi katta qoʻriqlash xodimi (katta inspektor)

1

“Akpetki” uchastkasi katta qoʻriqlash xodimi (katta inspektor)

1

Yuriskonsult

1


“Sudochye koʻllar tizimi” uchastkasi qoʻriqlash xodimlari (inspektorlar)

5

“Akpetki” uchastkasi qoʻriqlash xodimlari (inspektor)

9

Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 20 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 58-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi “v” kichik bandidagi “boshqarmalari” soʻzidan keyin “shuningdek, tizimdagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 1-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimiga quyidagilar kiradi:
Davlat ekologiya qoʻmitasining markaziy apparati;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari hamda ularning tuman (shahar) inspeksiyalari;
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi;
Davlat ekologik ekspertizasi markazi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat ekologik ekspertizasi markazlari;
Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazlari va ularning filiallari;
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi;
Ekologik axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va multimedia markazi;
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti;
“Eko-energiya” ilmiy tatbiq etish markazi”;
Hisor davlat qoʻriqxonasi;
Zomin davlat qoʻriqxonasi;
Surxon davlat qoʻriqxonasi;
Nurota davlat qoʻriqxonasi;
Qizilqum davlat qoʻriqxonasi;
Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi;
“Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasi;
“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻi;
Xorazm milliy tabiat bogʻi;
“Sayxun” davlat buyurtma qoʻriqxonasi;
“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi;
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati;
“Jayron” Buxoro ixtisoslashtirilgan pitomnigi;
Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi;
Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Toza hudud” DUK, ularning tuman (shahar)lardagi filiallari”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 09/21/58/0095-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/442/0727-son)