Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.04.2021
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING
QARORI
“NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasining 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 2001-yil 4-yanvardagi 3 (2563)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 14-dekabr,
161-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 9-modda)