Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Qurilish tarmogʻini yanada takomillashtirish, arxitektura hamda qurilish organlari va muassasalarini izchil rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirish, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini taʼminlash, sohaga raqamli texnologiyalarni ilgʻor joriy etish maqsadida:
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish va ushbu jarayonda jamoatchilikning samarali ishtirokini taʼminlash;
shaharsozlik faoliyatining sifati va xavfsizligini oshirish;
shaharsozlik faoliyati sohasidagi maʼmuriy tartib-taomillarning samaradorligi, ratsionalligi va shaffofligini taʼminlash, shuningdek, qurilish tarmogʻi tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish;
shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirish strategiyasini 2021 — 2025-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 3-ilovaga muvofiq belgilansin:
2025-yil oxiriga borib “Biznes yuritish” xalqaro indeksida (Doing Business Index) “qurilishga ruxsatnomalar olish” (Dealing with Construction Permits) yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyasini joriy 61,7 balldan 78,2 ballgacha yaxshilash;
Oʻzbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda 2025-yilga borib milliy shaharsozlik normalari va qoidalarini kamida 50 foiz darajasida xalqaro normativ va standartlar bilan uygʻunlashtirishga erishish;
2025-yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalarining 25 foizini bosh rejalar bilan qamrab olishga erishish;
2025-yilga borib “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida qoʻshimcha toʻrtta elektron platforma yaratilishini, shuningdek, ularning idoralararo axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash;
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning “hajm” uslubini joriy etish ulushini 2025-yilga borib respublikadagi qurilish obyektlari umumiy sonining 50 foizigacha yetkazish;
2025-yilga borib arxitektura va qurilish sohasidagi oliy taʼlim muassasalaridan birining xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi Osiyo mamlakatlarining eng yaxshi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga (TOP-1000) kirishi.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab qurilish ustidan jamoat nazoratini taʼminlash maqsadida:
a) aholi punktlarining bosh rejalari jamoat muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda tasdiqlanadi. Bunda aholi punktlari bosh rejalarining jamoat muhokamasi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
I bosqich — fuqarolarni jamoat muhokamasini oʻtkazish muddatlari, joyi va tartibi bilan tanishtirish;
II bosqich — aholi punkti bosh rejasining loyihasi boʻyicha jamoat muhokamalarini (yashovchilar, yerdan foydalanuvchilar va koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlarining muhokamalari, ijtimoiy soʻrovlari, fikrlarini toʻplash va boshqa usullar) oʻtkazish;
III bosqich — jamoat muhokamasining qayd etilgan natijalari asosida jamoat fikrini tahlil qilish;
IV bosqich — jamoat muhokamasi natijalari haqida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan internet tarmogʻi orqali aholini xabardor qilish;
b) aholi punktlari bosh rejalarining yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan jamoat ekspertizasini amalga oshirish imkoniyati joriy etiladi;
v) aholi punktining taklif etilgan bosh rejasidan norozi boʻlgan jamoat nazorati subyektlarining tashabbusiga koʻra aholi punktining muqobil bosh rejasini ishlab chiqish yoki unga oʻzgartirish (tuzatish) kiritish mexanizmi joriy etiladi;
g) aholi punktlari bosh rejalarining jamoat muhokamasini tashkil etish mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklanadi.
5. Belgilansinki, 2021-yil 1-martdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
a) ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarni (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) qurish hamda rekonstruksiya qilish obyektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan oʻtkazilgan hamda obyektning qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari tomonidan davlat qurilish nazorati oʻrnatilgan holda amalga oshiriladi;
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
b) quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslarga, asosiy faoliyat turi sifatida qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar bundan mustasno, mustaqil ravishda (xoʻjalik usulida), qurilish tashkiloti bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzmasdan ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarni (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) qurish hamda rekonstruksiya qilish;
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
aholi punktlari hududlarining funksional zonalarida joylashgan, bunday turdagi qurilish uchun moʻljallanmagan yer uchastkalarida koʻp qavatli koʻp kvartirali uylarni qurish;
loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazmasdan mavjud bino va inshootlarning, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylarning qavatlari sonini koʻpaytirish (ustki qavat qurish);
oʻzgartirilgan loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazmasdan qurilayotgan bino va inshootlarning qavatlari sonini (loyiha hujjatlarini oʻzgartirish yoʻli bilan) koʻpaytirish taqiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) loyiha hujjatlari boʻyicha ijobiy ekspert xulosasi ekspert tashkiloti tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi “Ekspert xulosalarining yagona reyestri”ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi, davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan loyiha hujjatlari va qurilishga taalluqli boʻlmagan telekommunikatsiya infratuzilmasiga oid loyiha hujjatlari boʻyicha ekspert xulosalari bundan mustasno.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-171-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga texnik tartibga solish sohasidagi milliy normativ hujjatlar, davlat standartlarini ishlab chiqish va qayta ishlash, shuningdek, shaharsozlik faoliyati sohasidagi xorijiy normativ hujjatlarni moslashtirish boʻyicha ishlar (tovarlar, xizmatlar)ning davlat xaridlarini, keyinchalik ular toʻgʻrisidagi axborotni shartnoma tuzilgan sanadan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay davlat xaridlari maxsus axborot portalida joylashtirgan holda, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshirishga ruxsat berilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B.I. Zakirov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
ikki oy muddatda yakka tartibdagi uy-joy qurilishi sohasidagi seysmik va yongʻin xavfsizligini taʼminlashga alohida eʼtiborni qaratgan holda, ushbu sohada huquqiy tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
2020-yil 1-dekabrgacha Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtincha nizom loyihasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini;
2021-yil 1-iyungacha birlamchi ruxsat berish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ularni ekspertizadan oʻtkazishdan tortib obyektlarni foydalanishga topshirishgacha boʻlgan barcha qurilish jarayonlarini nazarda tutuvchi Yagona maʼmuriy qurilish reglamenti ishlab chiqilishini;
2021-yil 1-iyungacha ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida loyiha-qidiruv va qurilish faoliyatiga sugʻurtalash tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
2021-yil 1-avgustgacha Qurilish vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens tizimining joriy etilishini, 2022-yil 1-yanvargacha esa ISO 37001 xalqaro standartiga (Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi) muvofiqlik sertifikati olinishini;
2021-yil 1-sentabrgacha fuqarolarga qurilayotgan obyektlar toʻgʻrisida mustaqil ravishda axborot olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash, qurilish obyektlarida aniqlangan qoidabuzarliklarni qayd etish (foto va videomateriallar koʻrinishida) va ularni qurilish sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organlarga yuborish imkonini beruvchi “Ogoh fuqaro” elektron tizimining yaratilishini;
2022-yil 1-martgacha Xalqaro ijtimoiy taʼminot assotsiatsiyasining (ISSA) konsepsiyasini joriy etishga asoslangan “Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga barham berish” dasturining ishlab chiqilishini;
2022-yil 1-iyulgacha shahar muhiti elementlarining maqsadi, anʼanaviy arxitektura va madaniyati, shuningdek, joyning tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda hududiy “dizayn-kod”ning ishlab chiqilishi va joriy etilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
2022-yildan boshlab, har yili 1-dekabrgacha joriy yil vazifalarining ijro etilishini chuqur tahlil qilgan holda kelgusi yilda ushbu Strategiya doirasida amalga oshirish koʻzda tutilgan chora-tadbirlar boʻyicha reja-grafiklarning ishlab chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
(7-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
8. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) hamda Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-iyungacha muddatda Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi toʻgʻrisidagi 167-son Konvensiyasiga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqsin va oʻrganish natijalariga koʻra Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritsin.
9. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) har yili Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Strategiyani amalga oshirishga doir “Yoʻl xaritasi”da koʻrsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda yoʻnalishlar boʻyicha zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi va Uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi hamda ularning tuman boʻlimlari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi boʻysunuviga berilsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Qurilish vazirligi (B.I. Zakirov) ikki oy muddatda Toshkent shahri Qurilish bosh boshqarmasi va Toshkent shahri tumanlari qurilish boʻlimlarining vazifalari, funksiyalari va tashkiliy tuzilmalarini qayta koʻrib chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga:
Strategiya oʻz vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament nazoratini oʻrnatish;
vazirlik va idoralar, shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining Strategiyani amalga oshirish doirasida qilingan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini har chorakda Senat va Qonunchilik palatasi majlislarida eshitib borish tavsiya etilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
13. Qurilish vazirligi (B.I. Zakirov) boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Bosh vazir oʻrinbosarlari (A.J. Ramatov, J.A. Qoʻchqorov, S.U. Umurzakov):
mutasaddi vazirlik va idoralarning ushbu Farmonda nazarda tutilgan koʻrsatkichlarga toʻliq va oʻz vaqtida erishilishini taʼminlash boʻyicha birinchi navbatdagi vazifalarini belgilasin hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirsin;
zarur mablagʻlarning oʻz vaqtida ajratilishi, manzilli sarflanishi va toʻliq oʻzlashtirilishini taʼminlasin;
har oyda masʼul shaxslarning qilingan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitib borsin;
zimmasiga yuklangan vazifalarning toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlamagan mansabdor shaxslarga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha boʻlgan taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritib borsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.I. Zakirov:
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
ikki hafta muddatda qurilish tarmogʻini rivojlantirishning belgilab qoʻyilgan ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha idoralararo ishchi guruhlarini tuzsin;
ushbu Farmonda nazarda tutilgan koʻrsatkichlarga erishish jarayonida vujudga keladigan joriy muammolarni joyida tezkor hal etish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Mazkur Farmonning ijrosini har chorakda muhokama qilish, ijro uchun masʼul organlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi toʻgʻrisida axborot taqdim etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 27-noyabr,
PF-6119-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan
STRATEGIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
Inson yashash faoliyatining xavfsiz va qulay muhitini shakllantirish mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosi hisoblanadi.
Qurilish tarmogʻi iqtisodiyotning barcha sohalari moddiy-texnik bazasini yaratishda hamda aholining shinam uy, ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasi xizmatlari, shuningdek, madaniy xordiqqa boʻlgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol oʻynaydi.
Qurilish sohasidagi davlat siyosati mamlakat, mintaqalar va tarmoqlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni taʼminlash maqsadida innovatsiyalar, investitsiyalar, mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanish orqali tarmoq salohiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan.
Shu bilan birga qurilish tarmogʻining rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi quyidagi tizimli muammolar mavjud:
shaharsozlik faoliyatini texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar sezilarli darajada eskirib qoldi hamda arxitektura-qurilish ishlarini olib borishning zamonaviy uslublarini, energiya tejamkor texnologiyalar va materiallarni keng qoʻllash imkoniyatlarini inobatga olmaydi;
koʻpchilik aholi punktlarida bosh rejalar mavjud emasligi yoki bino va inshootlarni qurishda ularga rioya qilinmasligi hududlarda kompleks ravishda qurilish olib borish, ishlab chiqarish va infrastruktura obyektlarini joylashtirish, tadbirkorlik, ishchanlik va investitsiya faolligini rivojlantirishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
loyiha-qidiruv ishlarining mavjud bozori tendensiyalari koʻp hollarda loyiha ishining ilgʻor rivojlanishi, yuqori texnologiyali, zamonaviy va oʻziga xos arxitektura loyihalarini yaratish uchun shart-sharoit tugʻdirmaydi;
shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillarining mukammal emasligi va oqibatda xodimlarni qurilish-montaj ishlariga noqonuniy asosda (kerakli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan) jalb qilish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan binolarning koʻpayishi, qurilish tashkilotlari xodimlarining zarur bilim va malakaga ega emasligi qurilish tarmogʻining investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda, qurilgan bino va inshootlardan keyinchalik foydalanishda xavfsizlik talablarining buzilishiga olib kelmoqda;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi investitsiya jarayonlari ishtirokchilari va shaharsozlik faoliyati subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatishning maksimal shaffofligi va tezkorligini taʼminlash imkonini bermaydi;
amaliy qurilish fanining rivojlanmaganligi, oliy taʼlim muassasalarining ilmiy va moddiy-texnik salohiyati zaifligi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish imkonini bermaydi.
Yuqorida koʻrsatilgan muammolar qurilish tarmogʻining jadal innovatsion rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda. Shu munosabat bilan qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur Qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Strategiya xorijiy mamlakatlar qurilish sohasidagi strukturaviy oʻzgarishlarining eng yaxshi tajribalari va shaharsozlik faoliyati rivojlanishining jahon tendensiyalarini oʻrganish asosida 2021 — 2025-yillarda qurilish tarmogʻini rivojlantirish maqsadlari va ustuvorliklari, isloh qilish yoʻnalishlarini belgilaydi.
2-bob. Strategiyaning maqsad hamda vazifalari
Qurilish tarmogʻida boshqaruvning zamonaviy uslublarini shakllantirish, loyihalarni amalga oshirishda investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va innovatsion yechimlarni joriy etishga yoʻnaltirilgan oʻzgarishlarni amalga oshirish Strategiya maqsadi hisoblanadi.
Strategiya quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni nazarda tutadi:
hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish va ushbu jarayonda jamoatchilikning samarali ishtirokini taʼminlash;
shaharsozlik faoliyatining sifati va xavfsizligini oshirish;
shaharsozlik faoliyati sohasidagi maʼmuriy tartib-taomillarning samaradorligi, ratsionalligi va shaffofligini taʼminlash, shuningdek, qurilish tarmogʻi tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish;
shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish.
3-bob. Strategiyaning asosiy yoʻnalishlari
§ 1. Hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish va ushbu jarayonda jamoatchilikning samarali ishtirokini taʼminlash
Hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish hududdan foydalanish va uni rivojlantirishning iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlarini uygʻunlashtirish asosida ularni barqaror rivojlantirish orqali, quyidagi tamoyillarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
a) insonning ham aholi zich boʻlgan, ham aholi zich boʻlmagan hududlarda munosib yashashi uchun sharoitlarni yaratish va saqlash;
b) mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik rivojlanishi uchun teng shart-sharoitlarni yaratish, rivojlanishning uzoq muddatli salohiyatini saqlash va lozim darajada taʼminlash;
v) aholi punktlarining koʻp markazli tuzilishini rivojlantirish, urbanistik vositalar yordamida shahar va qishloq oʻrtasidagi aloqalarni yaxshilash;
g) yangi aholi zich boʻlmagan hududlarni oʻzlashtirishdan koʻra mavjud aholi punktlari hududlarini yangilash va ulardan intensiv foydalanishga ustunlik berish, yerdan ehtiyotkorona foydalanish, shuningdek, kelajakda makondan foydalanishning turli imkoniyatlarini saqlab qolish;
d) aholi zich boʻlmagan hududlar tizimini himoya qilish hamda shakllangan tabiiy va madaniy xilma-xillikni saqlash;
e) zaif rivojlangan infratuzilmaga ega aholi punktini shaharlar va boshqa rivojlanish markazlari bilan hamkorlik asosida mustaqil (oʻzini oʻzi taʼminlay oladigan) funksional birlikka aylantirish;
j) xizmatlar va transport/muhandislik infratuzilmasining aholi zich boʻlgan va aholi zich boʻlmagan hududlar tizimiga samarali muvofiqligi, butun mamlakat hududida kommunikatsiyalardan foydalanish va axborot olish imkoniyati, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish va unga koʻmaklashish;
z) aholi punktlarida yaxlit transport tizimining shakllanishiga koʻmaklashish va jamoat transportiga ustunlik berish;
i) transport/muhandislik infratuzilmasining atrof-muhitga salbiy taʼsirini maksimal darajada qisqartirish, boshqa kutiladigan salbiy taʼsirlarni yengish;
k) tarixiy va madaniy aloqalar, madaniy va tabiiy landshaftlar, ularning oʻziga xos belgilari, tarixiy va tabiiy yodgorliklarni himoya qilish va saqlash;
l) qoʻriqlanadigan hududlar va rekreatsiya hududlarini saqlash va rivojlantirish; tuproq, suv, flora, fauna va iqlimni saqlash, himoya qilish va tiklash;
m) tegishli rejalashtirish yechimlari, muhandislik va tashkiliy-xoʻjalik chora-tadbirlari orqali aholi zich boʻlgan va aholi zich boʻlmagan hududlarni tabiiy, texnogen va ijtimoiy tahdidlar hamda favqulodda vaziyatlardan himoya qilish;
n) qayta tiklanadigan energiyani rivojlantirish uchun istiqbolli joylarni saqlab qolish, atmosfera havosidan issiqxona gazlarini singdirishga yordam beruvchi makon-hududiy yechimlarni yaratish;
o) tabiiy va madaniy landshaftlarni, ayniqsa qishloq xoʻjaligi hududlari va koʻp funksiyali ixcham aholi punktlarini rivojlantirishga koʻmaklashish yoʻli bilan saqlash va barqaror rivojlantirish;
p) makon va shaharsozlik boʻyicha rejalashtirish jarayonida seysmik holatni hisobga olish.
Insonning yashash faoliyati uchun munosib muhitni, atrof-muhit, tabiiy resurslar va madaniy merosni muhofaza qilishni taʼminlash hamda ommaviy va shaxsiy manfaatlar muvozanatiga erishish uchun hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish masalasida jamoatchilikning rolini oshirish ham maqsadga muvofiqdir.
Bayon etilganlar munosabati bilan Strategiya doirasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
1) ijtimoiy-iqtisodiy va investitsiyaviy rivojlantirishning uzoq muddatli prognozlari bilan bogʻliqlikda yangi aholi punktlarini joylashtirish va mavjud aholi punktlarini rivojlantirish boʻyicha faoliyatni birlashtirish maqsadida mamlakatning butun hududida joylashtirishning bosh sxemasini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarida tumanlarni rejalashtirish sxemalarini ishlab chiqish;
2) shahar muhiti elementlarining maqsadi, anʼanaviy arxitektura va madaniyat, shuningdek, joyning tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda hududiy “Dizayn-kod”ni ishlab chiqish va joriy etish;
3) shahar muhitini matematik (3D) modellashtirish boʻyicha standartlar majmuini joriy etgan holda “Aqlli shahar” texnologiyalari elementlaridan foydalanish;
4) 2025-yilga borib aholi punktlarining hududlarni rivojlantirish sxemalari (bosh rejalar, bosh rejalar sxemalari, hududni arxitektura-rejalashtirish yuzasidan tashkillashtirish) bilan toʻliq qamrab olinishiga erishish;
5) aholi punktlarining bosh rejalariga kompleks shaharsozlik jihatidan rivojlantirishni strategik rejalashtirish, shuningdek, yerdan foydalanish va aholi punktlari hududlarida qurilish olib borishni tartibga solishni taʼminlovchi ommaviy hujjat maqomini berish;
6) aholi punktlarining bosh rejalarining jamoat muhokamasi natijalarini inobatga olgan holda ularni tasdiqlash tartibini amaliyotga joriy etish;
7) shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va qoʻllashning yagona standartlarini yaratish;
8) shaharni rejalashtirish sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, shu jumladan arxitektura va shaharsozlik loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun ishonchli obroʻ va tajribaga ega boʻlgan yetakchi xorijiy mutaxassislar va tashkilotlarni jalb qilish.
§ 2. Shaharsozlik faoliyati sifatini va xavfsizligini oshirish
Bino va inshootlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanishning zamonaviy standartlari mavjud boʻlganda hamda shaharsozlik faoliyati subyektlari ularga rioya qilganda bino va inshootlarning lozim darajadagi sifatini va xavfsizligini taʼminlash mumkin boʻladi. Shuningdek, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda mehnatni muhofaza qilish, qurilish obyektlarida baxtsiz hodisalarning oldini olish tizimlarini takomillashtirish zarur.
Ushbu yoʻnalishda Strategiyani amalga oshirishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:
a) bino va inshootlarni loyihalashtirish va qurish qismida texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish eng yaxshi xorijiy tajribani inobatga olishi lozim;
b) bino va inshootlar inson salomatligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, xavfsizlik va obodonlashtirish talablariga muvofiq boʻlishi kerak;
v) bino va inshootlar shunday loyihalashtirilishi va qurilishi kerakki, toki ularning maksimal darajada uzoq yashashi taʼminlansin;
g) binolar, inshootlar va jamoat maskanlarini loyihalashtirish va qurish qismida texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar quyidagilar boʻyicha talablarni nazarda tutishi lozim:
bino va inshootlarning arxitektura parametrlari va estetik tavsiflari;
bino va inshootlarning konstruktiv mustahkamligi, barqarorligi va ishonchliligi;
bino va inshootlardan foydalanish davrida yongʻin xavfsizligi, salomatlik va atrof-muhitni muhofaza qilish, xavfsizlik;
binolar, inshootlar va jamoat maskanlaridan imkoniyatlari cheklangan shaxslarning foydalanishi mumkinligini taʼminlash;
binolarning energiya tejamkorligi va ularning shovqindan himoya qilishi;
bino va inshootlarda qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish.
Bayon etilganlar munosabati bilan Strategiya doirasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
1) hududlarning geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda texnik tartibga solish sohasidagi milliy hujjatlarni xorijiy normativ hujjatlar bilan uygʻunlashtirish;
2) bino va inshootlarning xavfsizligi va energiya tejamkorligini oshirish, obyektning hayotiy davri mobaynida innovatsion texnologiyalarni qoʻllashga yoʻnaltirilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
3) bino va inshootlar konstruksiyalari va asoslarining, shu jumladan murakkab tabiiy va tabiiy-texnogen sharoitlardagi yongʻin va mexanik xavfsizligi boʻyicha talablarni oʻz ichiga oluvchi bino va inshootlarning xavfsizligi boʻyicha umumiy texnik reglamentni ishlab chiqish;
4) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida maʼlumotlar bazalariga axborotni jamlagan holda, tayanch konstruksiyalarning “oʻzini tutishi”ni kuzatib borishga, oʻz vaqtida baxtsiz hodisalarning oldini olishga va xavfsizlikni oshirishga yoʻnaltirilgan bino va inshootlarning konstruktiv elementlarini “buzmaydigan nazorat qilish” tizimlarini joriy etish;
5) jahon tajribasini oʻrganish asosida loyiha-qidiruv va qurilish faoliyatiga xavf-xatarlarni sugʻurta qilish tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish;
6) davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshiruvchi, loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazuvchi, shuningdek, qurilish sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organlar va tashkilotlarning xodimlarini davriy attestatsiyadan oʻtkazish tizimini joriy etish;
7) yetakchi xorijiy arxitektorlar, muhandis-konstruktorlar va quruvchilarni jalb qilgan holda arxitektura va qurilish sohasida treninglar, seminarlar, mahorat darslari, oʻquv kurslarini tashkil etishda nodavlat notijorat tashkilotlari, xususan Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi, Oʻzbekiston Muhandislar-konsultantlar uyushmasi rolini oshirish;
8) injiniring xizmatlarini koʻrsatishda (shu jumladan mualliflik va texnik nazorat) “autsorsing” tamoyillarini joriy etish;
9) loyiha va pudrat ishiga “ustoz-shogird” tamoyillarini tatbiq qilish;
10) shaharsozlik faoliyatining barcha ishtirokchilari (buyurtmachi, loyihachi, pudratchi, foydalanuvchi tashkilot) tomonidan qurilish obyekti hayotiy davrining barcha bosqichlarida axborot modellashtirishning zamonaviy texnologiyalari qoʻllanilishini ragʻbatlantirish;
11) Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi toʻgʻrisidagi 167-son Konvensiyasiga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi choralarini koʻrish;
12) qurilish maydonchalarida potensial tahdidlarni aniqlash, kasbiy xavf-xatarlarni baholash, nazorat qilish va boshqarishni nazarda tutuvchi mehnat xavfsizligi standartlari va ISO : 45001 xalqaro standarti tizimiga muvofiq Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini qurilish tarmogʻi obyektlarida joriy etishni taʼminlash;
13) Xalqaro ijtimoiy taʼminot assotsiatsiyasining (ISSA) konsepsiyasini joriy etishga asoslangan “Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga barham berish” dasturini ishlab chiqish;
14) mehnat xavfsizligi va gigiyenasi masalalari boʻyicha kasbiy koʻnikmalarni kelgusida rivojlantirish maqsadida qurilish pudrat tashkilotlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislari malakasini oshirish va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassisning malaka sertifikatini olish tizimini joriy etish;
15) xodimlarning ish joylarida xavfsizlik va gigiyena talablariga rioya qilish masalalarida ishtirok etishi orqali kadrlarga investitsiya qilish, motivatsiya tizimini joriy etish.
§ 3. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maʼmuriy tartib-taomillarning samaradorligi, ratsionalligi va shaffofligini taʼminlash, shuningdek, qurilish tarmogʻi tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maʼmuriy tartib-taomillarning samaradorligi, ratsionalligi va shaffofligi ishchanlik va investitsiya muhiti yaxshilanishining garovi hisoblanadi. Ruxsat berish tartib-taomillarining izchil takomillashtirilishi ruxsatnomalar tizimini erkinlashtirish va isloh qilish uchun mustahkam poydevor, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish yoʻli bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.
Strategiya doirasida maʼmuriy tartib-taomillarning samaradorligi, ratsionalligi va shaffofligini quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali taʼminlash nazarda tutiladi:
1) “Biznes yuritish” xalqaro indeksida “Qurilishga ruxsatnomalar olish” yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyasini yaxshilash;
2) shaharsozlik faoliyati subyektlari uchun litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish;
3) tadbirkorlik faoliyati obyektlarini qurish uchun yer uchastkalarini ajratish boʻyicha ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish;
4) elektron tender platformasi hamda loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini joriy etish orqali loyiha va pudrat ishlarining davlat xaridlari tartib-taomillarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish;
5) nodavlat tashkilotlari tomonidan loyihalashtirish va qurilish sohasidagi mutaxassislarni kasbiy sertifikatlashtirish, shuningdek, ushbu nodavlat tashkilotlarining Qurilish vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilinishi tizimini joriy etish;
6) zarur hollarda xalqaro moliya institutlari, xalqaro konsalting kompaniyalari va xorijiy ekspertlar bilan hamkorlik qilish orqali qurilishda narx shakllanishi tartibini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va tegishli yechimlarni ishlab chiqish;
7) loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning “hajm” uslubini bosqichma-bosqich joriy etish va uning asosida shaharsozlik faoliyati subyektlari (buyurtmachi, loyihachi va pudratchi) tomonidan qurilish-montaj ishlarining amalga oshirilishi:
I bosqich — “resurs” va “hajm” uslublarini solishtirish va uning natijalariga koʻra “hajm” uslubini joriy etish boʻyicha takliflarni tayyorlash;
II bosqich — markazlashtirilmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida “hajm” uslubini tajriba-sinov tarzida qoʻllash;
III bosqich — shaharsozlik faoliyati subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda “hajm” uslubini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
8) qurilish materiallarining batafsil texnik tavsiflarini koʻrsatish (identifikatsiya qilish) uchun moʻljallangan “Qurilish materiallari milliy klassifikatori” elektron platformasini joriy etish;
9) qurilish qiymatini aniqlashning bozor tamoyillari hamda buyurtmachi, loyihachi va pudratchi oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatlarga asoslangan muqobil mexanizmlarini parallel ravishda ishlab chiqqan holda loyihaoldi va loyiha hujjatlarining smeta qismini davlat ekspertizasidan oʻtkazishga doir talablarni bekor qilish;
10) davlat va unga tenglashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha qurilish sohasidagi texnik buyurtmachilar tizimini xususiy tadbirkorlik subyektlarini texnik buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirishga jalb qilish hisobiga tubdan isloh qilish;
11) buyurtmachi funksiyalarini amalga oshiruvchi xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan loyihalarni boshqarishning zamonaviy uslublari (benchmarking, ERP-tizimlari, hodisalarni modellashtirish va boshqalar) qoʻllanilishini ragʻbatlantirish;
12) loyiha tashabbuskorlari (yuridik va jismoniy shaxslar) uchun loyihani boshqarish boʻyicha zamonaviy xizmatlarni (buyurtmachi xizmatlari, injiniring xizmatlari va boshqalar) ommalashtirish;
13) quyidagilar orqali davlat loyiha institutlarini transformatsiya qilish:
davlat loyiha-qidiruv tashkilotlarini moliyaviy va texnologik auditdan oʻtkazish uchun xorijiy ekspertlarni jalb qilish;
har bir davlat loyiha instituti boʻyicha rivojlantirishning tijorat konsepsiyalarini, shu jumladan texnik-iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlarni ishlab chiqish;
investitsiyalar jalb qilish va (yoki) qurilish tashkilotlarining davlat loyiha tashkilotlari bilan kooperatsiyasini taʼminlash maqsadida investorlar qidirish hamda investorlar va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan qurilish kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazish;
loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatida davlat ishtiroki ulushini qisqartirish;
14) koʻchmas mulk obyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng ipoteka obyektini rasmiylashtirish sharti bilan tijorat banklari tomonidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish davrida beriladigan, qurilishning ulushli ishtirokchilarining ipoteka krediti mablagʻlari hisobiga qurilish pudrat tashkilotlarini moliyalashtirishni tezlashtirish imkoniyatini taʼminlash;
15) istiqbolli shaharsozlik salohiyatiga ega boʻlgan, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infrastrukturasining yetarli quvvati bilan taʼminlangan koʻp kvartirali uylarni qurish uchun yer uchastkalarini quyidagilarni hisobga olgan holda auksionga qoʻyish:
aholi tomonidan uy-joy mulkining istiqbolda sotib olinishiga prognoz ehtiyojni oʻrganish va tahlil qilish;
investorlar tomonidan tegishli investitsiya shartlarining kafolatlangan tarzda bajarilishini taʼminlovchi talablarni qoʻyish;
16) ulushli ishtirok etish asosida uy-joy qurishni imtiyozli kreditlash uchun xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini faol jalb qilish siyosatini davom ettirish;
17) xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda va istiqbolda urbanizatsiya jarayonlarini chuqur tahlil qilish asosida investorlarga uy-joy komplekslarini yaratish loyihalarini amalga oshirishni taklif qilishga yoʻnaltirilgan respublika mintaqalaridagi seliteb hududlarni rivojlantirishning tijorat konsepsiyalarini ishlab chiqish;
18) xom ashyo resurslarini tejashga yoʻnaltirilgan sanoat, qurilish va qattiq maishiy chiqindilarni chuqur qayta ishlash orqali qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab chiqarishga joriy etish;
19) qurilishda energiya jihatidan samarador va energiya tejamkor materiallarni (gazobeton, penobeton, polistirolbeton, bazalt asosida issiqlik saqlovchi materiallar, polistirol bilan toʻldirilgan sendvich panellar va boshqalar), asbob-uskuna va priborlarni (quyosh panellari va konvektorlari, mavjudlik va harakat datchiklari, termoregulatorlar, elektron santexnika va boshqalar) qoʻllashni kengaytirish;
20) bino va inshootlarning energiya tejamkorlik sinflari boʻyicha tahliliy maʼlumotlar bazasini shakllantirgan holda ularning energetik auditi tizimini keng joriy etish;
21) keyinchalik eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqargan holda tabiiy dekorativ va pardozlash toshlari (granit, marmar, travertin va boshqalar) zaxiralarining yangi konlarini oʻzlashtirish boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish;
22) anʼanaviy loy gʻisht oʻrnini bosuvchi muqobil qurilish materiallari zaxirasi mavjudligi va ularni qoʻllash imkoniyatlarini oʻrganish;
23) resurs tejamkor texnologiyalarni, tabiiy gaz oʻrnini bosuvchi yonilgʻi-energetika resurslarining qayta tiklanadigan va muqobil turlarini qoʻllagan holda qurilish materiallarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish;
24) qurilish maqsadidagi tayyor mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasini oshirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;
25) energiya tejamkor texnologiyalarni qoʻllagan holda qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayonlari joriy etilgan korxonalarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
26) eng yaxshi xorijiy tajribani oʻrganishni hisobga olgan holda tashkilotlar kooperatsiyasi asosida klaster qurilish tizimini (ishlab chiqarish-qurilish, investitsiya-qurilish va loyiha-qurilish klasterlari) joriy etish;
27) klaster usulida tajriba almashish hamda qurilish-montaj jarayonlarining alohida yoʻnalishlari boʻyicha ustalar va tor malakali mutaxassislarni oʻqitish tizimini tatbiq qilish.
§ 4. Shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
Shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish koʻplab yoʻnalishlar boʻyicha dolzarbdir. Qurilish bozorining muvaffaqiyatli ishtirokchilari deyarli barcha biznes-jarayonlarni (kadrlarni tanlab olishdan tortib shartnomalarning bajarilishini nazorat qilishgacha) qamrab oluvchi raqamli axborot texnologiyalarini oʻz faoliyatiga faol joriy etmoqda. Toʻldirilgan reallik texnologiyalari, ashyolar interneti, 3D-printing, generativ dizayn, mashina taʼlimi, bino va inshootlarni uch oʻlchamli taqdim etishga asoslangan texnologiyalar hamda insonlarga qaror qabul qilishni osonlashtiruvchi boshqa koʻplab texnologiyalar tobora ommalashib bormoqda.
Davlatning shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish sohasidagi asosiy eʼtibori quyidagi yoʻnalishlarga qaratilgan:
shaharsozlik tartib-taomillarini raqamli formatda (elektron shakl va koʻrinishda) amalga oshirish;
shaharsozlik faoliyati hujjatlarining elektron shaklda saqlanishini taʼminlash;
shaharsozlik faoliyati jarayonlari haqida avtomatik tarzda toʻplanadigan statistik axborotni yigʻish va tahlil qilish;
qurilish obyektlari hayotiy davrining barcha bosqichlarida ularni axborot modellashtirish texnologiyasini joriy etish.
Bayon etilganlar munosabati bilan Strategiya doirasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
1) qurilish obyektlarini toʻlaqonli monitoring qilish, qurilish ishlari sifatini kompleks ravishda nazorat qilish, loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, qurilish sohasidagi xarid tartib-taomillarining shaffofligi va samaradorligi, qurilish-pudrat va loyiha tashkilotlarining reyting tizimini rivojlantirishni taʼminlovchi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining joriy etilgan elektron platformalari respublikaning barcha mintaqalarida ishlash qamroviga erishish;
2) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining elektron platformalari va “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — Geoportal) idoralararo axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish;
3) Geoportal maʼlumotlar bazalariga ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarining (hududlarning bosh rejalari va hududni arxitektura-rejalashtirish yuzasidan tashkillashtirish) toʻliq kiritilishini taʼminlash;
4) jamoatchilik va investorlarning qurilish sohasidagi normativ hujjatlardan ochiq foydalanishini taʼminlash uchun Texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ilmiy-texnik kutubxonasi negizida “Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar” ommaviy elektron maʼlumotlar bazasini yaratish;
5) fuqarolarga qurilayotgan obyektlar toʻgʻrisida mustaqil ravishda axborot olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash, qurilish obyektlarida aniqlangan qoidabuzarliklarni qayd etish (foto va videomateriallar koʻrinishida) va ularni qurilish sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organlarga yuborish imkonini beruvchi “Ogoh fuqaro” tizimini yaratish;
6) internet-resurslarga keng polosali kirishni toʻliq qamrab olish, zamonaviy IT-texnologiyalar bilan taʼminlash, zamonaviy server va kompyuter asbob-uskunalari va nusxa koʻchiruvchi texnika bilan jihozlash yoʻli bilan Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmalari va tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
7) shaharsozlik faoliyati subyektlari va aholida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi elektron platformalari va Geoportaldan foydalanish koʻnikmalari va bilimlarini rivojlantirish maqsadida ularni ushbu dasturiy mahsulotlardan foydalanishga oʻqitish;
8) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi elektron platformalari va Geoportal funksionalining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash;
9) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining kichik tizimlari va elektron maʼlumotlar bazalari funksionalini bosqichma-bosqich kengaytirish, shuningdek, davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining mavjud sonini aniqlashtirib borgan holda Geoportalni tizimli modernizatsiya qilish va yangilash, zarur boʻlganda qoʻshimcha kichik tizimlar va elektron maʼlumotlar bazalarini kiritish;
10) qurilishi tugallangan obyektlarning ijro tasvirlarini maʼlumotlar bazasiga kiritgan holda muhandislik-texnik qidiruvlar elektron geofondini yaratish va yuritish;
11) qurilish sohasida koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirishni davom ettirish;
12) joriy etilayotgan axborot tizimlari va elektron maʼlumotlar bazalarining axborot xavfsizligini taʼminlash.
§ 5. Shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish
Kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish “aqlli” shahar qurilishining asosiy poydevori hisoblanadi. Taʼlim va ilm-fanni rivojlantirishda zamonaviy va innovatsion uslublarni qoʻllashning samaradorligi xalqaro eʼtirof darajasini, yangi isteʼdodlar paydo boʻlishining natijadorligini oshirish, mutaxassislarning arxitektura va qurilishga oid dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, raqobatbardosh ilmiy ishlanmalarga mualliflik huquqlarini faollashtirish imkonini beradi.
Bayon etilganlar munosabati bilan Strategiya doirasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
1) mintaqalarda joylashgan arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi kasb-hunar taʼlimi muassasalarining “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga ulanishini taʼminlash;
2) arxitektura-qurilish kollejlari va texnikumlarida kouchinglar va turli maxsus koʻnikmalarni oʻzlashtirish boʻyicha ishlarni olib borishni amaliyotga kiritish;
3) isteʼdodli yoshlarni arxitektura va qurilish sohasidagi ilmiy va ijodiy faoliyatga, shu jumladan yosh olimlar uchun kasbiy tanlovlarni qoʻllab-quvvatlash yoʻli bilan jalb etishni ragʻbatlantirish tizimini yaratish;
4) moslashtirish markazlarini rivojlantirish hamda texnologiyalar va innovatsiyalarni transfer qilish, qurilish tarmogʻi ishtirokchilarining bilim, koʻnikma va texnologik yechimlarga boʻlgan ehtiyojlarini muntazam ravishda monitoring qilish orqali ilm-fan va real sektorning oʻzaro samarali aloqasi mexanizmlarini shakllantirish;
5) arxitektura va qurilish sohasidagi xorijiy oliy taʼlim muassasalarini ularning filiallarini ochish, tajriba almashish, xorijiy arxitektorlar va muhandislarni mahalliy taʼlim muassasalarida oʻqitishga jalb qilish, tarmoq uchun talab eng yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha bitiruvchilarga ikki tomonlama diplom bergan holda qoʻshma taʼlim dasturlarini yaratish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim faoliyatini amalga oshirishga jalb qilish;
6) mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan malakali kadrlarni tayyorlash uchun oʻqitishning zamonaviy va innovatsion uslublarini qoʻllash, arxitektura-qurilish kollejlari va texnikumlarini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari bilan qamrab olishni kengaytirish;
7) ishlab chiqarish taʼlimining malakali ustalari va muhandis-texnik xodimlarni jalb qilish, taʼlim oluvchilarning tanlangan kasbga muvofiq mutaxassisligini identifikatsiya qiluvchi maxsus kasbga muvofiqlik sertifikatlarini berish asosida qisqa muddatli kurslar doirasida mutaxassislarni oʻqitish boʻyicha xizmatlarni kengaytirish, shuningdek, Yagona milliy mehnat tizimiga maxsus sertifikatlarni aniqlab olish va monitoring qilish tizimini joriy qilish;
8) eksperimental loyihalashtirish va qurilish tizimini tiklash, ilmiy, ilmiy-texnologik va innovatsion faoliyat, shu jumladan tadqiqot, muhandislik-ishlab chiqarish konsorsiumlari, rivojlanishning klaster turlarini tashkil etishning tarmoq shakllarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash;
9) arxitektura-qurilish kollejlari va texnikumlari oʻqituvchilarining malakasini muntazam ravishda oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda eng tajribali xodimlar orasidan oʻqituvchilarni tanlab olishda kompleks yondashuv va samaradorlikni taʼminlash;
10) qurilish sohasidagi rivojlanish tendensiyalari va amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan hamda xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda yangi avlod tarmoq darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari turkumini tayyorlash, shuningdek, arxitektura va qurilish sohasidagi kasb-hunar taʼlim muassasalari uchun ilgʻor xorijiy adabiyotlarning oʻzbek tiliga tarjima qilinishini taʼminlash;
11) 2025-yilga borib arxitektura va qurilish sohasidagi oliy taʼlim muassasalaridan birining xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi Osiyo mamlakatlarining eng yaxshi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga (TOP-1000) kirishi boʻyicha zarur choralarni koʻrish, shuningdek, uning milliy reytingdagi pozitsiyalarini oshirishni taʼminlash;
12) arxitektura va qurilish sohasida olib borilayotgan fundamental, qidiruv hamda amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar samaradorligini oshirish;
13) oʻzaro manfaatli xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, mahalliy olimlar va tashkilotlarning xalqaro ilmiy uyushmalar va boshqa professional birlashmalarda ishtirok etishi;
14) arxitektura va qurilish sohasidagi ilmiy jurnallar reytingini oshirish choralarini koʻrish;
15) qonun hujjatlaridagi yangiliklarni hisobga olgan holda Qurilish vazirligi tizimi xodimlari uchun oʻquv dasturlarini tizimli asosda yaratish va yangilash;
16) qurilish organlari va muassasalari xodimlari uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida xorijiy amaliyot, seminarlar, mahorat darslari va oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha ishlarni kuchaytirish. Ushbu yoʻnalishda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari va xorijiy donorlar bilan hamkorlikni faollashtirish;
17) arxitektura va qurilish organlari va muassasalari tizimida HR-menejment tizimini joriy qilish, shu asosda kadrlarni qoʻllab-quvvatlash, boshqarish va nazorat qilishning samarali tizimini ishlab chiqqan holda Qurilish vazirligining ijobiy imijini yaratish;
18) malakali kadrlarni qurilish organlari va muassasalari tizimiga jalb qilishga qaratilgan rekrutmentning yangi uslublarini (onlayn-rekrutment, faol xedxanting) qoʻllash;
19) xodimlarni baholash va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish:
Qurilish vazirligi tizimida KPI tizimini joriy etish;
xodimlarni ragʻbatlantirishning yangi uslublarini (xodimlar faoliyati samaradorligining reyting tizimi, idoraviy ragʻbatlantirish dasturlari va boshqalar) joriy etish;
20) Qurilish vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish uchun korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens tizimini samarali joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
21) tarmoqni rivojlantirish istiqbollarining modellarini qurish imkonini beruvchi aniq maqsadga yoʻnaltirilgan qarorlarni qabul qilish maqsadida asosan avtomatik rejimda faoliyatning ishonchli asosiy parametrlariga muvofiq toʻplanadigan, asosiy vazifalari “shaharsozlik faoliyatining ishonchli statistikasi”ni qurish hisoblangan axborot-tahliliy markazini davlat-xususiy sheriklik tamoyillarida ochish orqali tahlil va statistik hisobot tizimini isloh qilish.
4-bob. Strategiyani amalga oshirishning maqsadli koʻrsatkichlarini monitoring qilishni taʼminlash
Qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirish boʻyicha qoʻyilgan maqsadlarga oʻz vaqtida erishish maqsadida Strategiyaning quyidagi maqsadli koʻrsatkichlarini taʼminlash zarur:
2025-yil oxiriga borib “Biznes yuritish” xalqaro indeksida (Doing Business Index) “qurilishga ruxsatnomalar olish” (Dealing with Construction Permits) yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyasini joriy 61,7 balldan 78,2 ballgacha yaxshilash;
Oʻzbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda 2025-yilga borib milliy shaharsozlik normalari va qoidalarini kamida 50 foiz darajasida xalqaro normativ va standartlar bilan uygʻunlashtirishga erishish;
2025-yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalarining 25 foizini bosh rejalar bilan qamrab olishga erishish;
2025-yilga borib “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida qoʻshimcha toʻrtta elektron platforma yaratilishini, shuningdek, ularning idoralararo axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash;
2025-yilga borib loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning “hajm” uslubini joriy etish ulushini respublikadagi qurilish obyektlari umumiy sonining 50 foizigacha yetkazish;
2025-yilga borib arxitektura va qurilish sohasidagi oliy taʼlim muassasalaridan birining xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi Osiyo mamlakatlarining eng yaxshi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga (TOP-1000) kirishi.
Qurilish vazirligi oʻz vakolatlari doirasida Strategiyani amalga oshirishni tizimli monitoring qiladi, umumiy muvofiqlashtiradi, qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi muammoli masalalarni tezkor ravishda koʻrib chiqadi va hal etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-sonli Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha
“Yoʻl xaritasi”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

Hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish hamda ushbu jarayonda jamoatchilikning samarali ishtirokini taʼminlash

1.

Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh sxemasini ishlab chiqish.

1. Bosh sxemani ishlab chiqish uchun yetakchi mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

2023-yil oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov), “Oʻzshaharsozlik-LITI” bosh loyiha instituti,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyihani kelgusi yillar Investitsiya dasturiga kiritish boʻyicha takliflar kiritish.

2023-yil oktabr

3. Bosh sxema konsepsiyasini tayyorlash.

2024-yil dekabr

4. Bosh sxema loyihasini ishlab chiqish, vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025 — 2027-yillar

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalari hamda aglomeratsiya hududlarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish.

1. Hududiy sxemalarni va aglomeratsiya hududlarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish uchun yetakchi mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

2023-yil oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov), “Oʻzshaharsozlik-LITI” bosh loyiha instituti,

“ToshkentboshplanLITI” bosh loyiha instituti,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyihalarni kelgusi yillar Investitsiya dasturiga kiritish boʻyicha takliflar kiritish.

2023-yil oktabr

3. Hududiy sxemalarning konsepsiyasini tayyorlash.

2024-yil dekabr

4. Hududiy sxemalar va aglomeratsiya hududlarini rivojlantirish strategiyalari loyihalarini ishlab chiqish, vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025 — 2027-yillar

3.

Hududiy “Dizayn-kod”ni joriy etish.

1. “Dizayn-kod”dan foydalanish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.

2021-yil may

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Respublika hududlari shaharsozligining mahalliy xususiyatlarini oʻrganish.

2021-yil noyabr

3. “Dizayn-kod”ni qoʻllash boʻyicha tavsiyaviy normativ hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish.

2022-yil iyul

4.

Shahar muhitini matematik (3D) modellashtirish boʻyicha standartlar majmuini joriy etgan holda “Aqlli shahar” texnologiyalari elementlaridan foydalanish.

1. Shahar muhitini matematik (3D) modellashtirish boʻyicha standartlar majmuini ishlab chiqish.

2021-yil iyun

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Shahar muhitini matematik (3D) modellashtirish boʻyicha standartlarni qabul qilish boʻyicha qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil dekabr

5.

Aholi punktlarining bosh rejalariga ommaviy hujjat maqomini berish.

1. “Shaffof qurilish” MAT doirasida tegishli axborot portalini yaratish.

2021-yil avgust

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

2. Portalni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

2021-yil dekabr

3.Aholi punktlarining bosh rejalari axborot portalida joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi axborotnikeng yoritish.

2022-yil mart

4. Aholi punktlarining bosh rejalarini jamoatchilik ishtirokida tizimli ravishda muhokama qilish.

Doimiy ravishda

6.

2025-yilga borib shaharlarni bosh rejalar bilan toʻliq, shahar qishloqlarini 25 foizgacha qamrab olish.

1. Respublika shaharlarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha 2018 — 2022-yillarga moʻljallangan dastur doirasida shaharlar va shahar qishloqlarining 18 ta bosh rejasi ishlab chiqilishini taʼminlash.

2021-2022-yillar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurishga doir shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan dasturni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori loyihasini ishlab chiqish, kelishish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2022-yil avgust

7.

Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va qoʻllashning Yagona standartlarini yaratish.

1. Qurilish hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirliklari, loyiha tashkilotlari xodimlari orasidan ishchi guruhi tuzish.

2021-yil mart

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va qoʻllashning Yagona standartlarini ishlab chiqish.

2021-yil dekabr

3. Yagona standartlarni tasdiqlash boʻyicha qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil may

8.

Shaharni rejalashtirish sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi shaharni rejalashtirish sohasidagi xorijiy tajribalarni oʻrganish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish:

hududlarning bosh rejalarini ishlab chiqishga jalb qilingan Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, shuningdek, loyiha tashkilotlari mutaxassislaridan iborat tarkibda ishchi guruhini tashkil etish;

xizmat safarlari jadvalini tuzish orqali chet el tajribasini oʻrganishni tashkillashtirish;

mutaxassislarning malakasini oshirish tadbirlarini (maʼruzalar, seminarlar, treninglar va hokazo) oʻtkazish uchun shaharlarni rejalashtirish sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;

har bir xizmat safari va (yoki) malaka oshirish tadbirlarining yakuni boʻyicha shaharni rejalashtirish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash hamda Qurilish vazirligi hayʼatida koʻrib chiqish va muhokama qilish uchun kiritish;

Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasiga takliflarni kiritish.

2021-yil fevral

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Shaharsozlik faoliyati sifati va xavfsizligini oshirish

9.

Texnik jihatdan tartibga solishga doir milliy hujjatlarni geologiya, tabiiy-iqlim, seysmologiya va boshqa xususiyatlarni inobatga olgan xolda xorijiy normativ hujjatlar bilan uygʻunlashtirish.

1. Xorijiy kompaniyani jalb qilish.

2021-yil yanvar

Shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarni isloh qilish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (A. Ramatov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Texnik topshiriqlarni kelishish, shartnomalar tuzish.

2021-yil fevral

3. Jalb qilingan xorijiy kompaniya bilan birgalikda texnik tartibga solish sohasidagi milliy hujjatlarni oʻrganish va tahlil qilish hamda xalqaro normativ hujjatlar bilan solishtirish.

2024-yil oktabr (doimiy asosda)

4. Xalqaro meʼyorlarni texnik jihatdan tartibga solishga doir milliy normativlarga implementatsiya qilish boʻyicha takliflarni tayyorlash.

2024-yil oktabr

5. Texnik tartibga solish sohasidagi yangilangan milliy hujjatlarni tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil dekabr

6. Yangilangan normativ bazani yaratish.

2025-yil davomida

10.

Bino va inshootlarning xavfsizligi va energiya tejamkorligi, obyektning hayotiy davri mobaynida innovatsion texnologiyalarni qoʻllashga qaratilgan texnik jihatidan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish

1. Respublikamizda va xorijiy mamlakatlarda bino va inshootlarning xavfsizligi va energiya tejamkorligi, obyektning hayotiy davri mobaynida innovatsion texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha mavjud amaliyotni tahlil qilish;

2021-yil may

Qurilish vazirligi (B. Zakirov) Energetika vazirligi (A. Sultonov) Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (B. Gulyamov) Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (A. Maksudov) “Oʻzstandart” Agentligi (D. Sattarov)

2. Bino va inshootlarning, shu jumladan tabiiy va texnogen xarakterdagi favqulodda holatlardagi xavfsizligiga (yongʻin, mexanika, ekologiya va boshqa) doir talablarni oʻz ichiga oluvchi bino va inshootlar xavfsizligi va energiya tejamkorligi boʻyicha normativ huquqiy hujjatni ishlab chiqish, kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil noyabr

11.

Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari, alohida konstruktiv elementlarning texnik holatini “buzmaydigan” usul bilan monitoring qilish tizimlarini joriy etish.

1. Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari, alohida konstruktiv elementlarning texnik holatini “buzmaydigan” usul bilan monitoring qilish tizimlarini qoʻllash boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.

2021-yil may

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

2. Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari texnik holatini monitoring qilish tizimlarini joriy etish boʻyicha texnik normativlar va standartlarni ishlab chiqish.

2022-yil yanvar

3. Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari texnik holatini monitoring qilish tizimlaridan foydalangan holda loyiha yechimlarini qoʻllash masalalarini loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish amaliyotiga joriy etish.

Doimiy ravishda

12.

Shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar, shu jumladan xorijiy normativ hujjatlar, ilmiy-texnik kutubxonasini tashkil qilish.

1. Ilmiy-texnik kutubxonani joylashtirish masalasini ishlab chiqish.

2021-yil iyul

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Shaharsozlik faoliyatini texnik tartibga solish sohasidagi milliy va xorijiy ilmiy-texnik adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish.

2022-yil aprel

3. Ilmiy-texnik adabiyotlarni sotib olishni moliyalashtirish masalasini ishlab chiqish.

2022-yil oktabr

4. Milliy va xorijiy ilmiy-texnik adabiyotlar kutubxonasi fondini shakllantirish.

2023-2024-yillar

13.

Loyiha-qidiruv yoki qurilish faoliyatiga sugʻurta qilish tamoyillarini joriy etish.

1. Loyiha-qidiruv va qurilish faoliyatida sugʻurta qilishni qoʻllashning eng yaxshi xalqaro tajribasini oʻrganish.

2021-yil aprel

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash hamda aniq takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil may

14.

Davlat xizmatlarini hamda ruxsat berish tartib-taomillari, loyiha hujjatlar ekspertizasi, shuningdek, qurilish sohasidagi nazorat bilan shugʻullanuvchi vakolatli organlar va tashkilotlarning xodimlarini davriy attestatsiyadan oʻtkazish tizimini joriy etish.

1. Qurilish obyektlarining xavflilik toifalariga qarab attestatsiyadan oʻtkazishga nisbatan tabaqalashtirilgan talablarni ishlab chiqish.

2021-yil oktabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tizimli ravishda, ikki yilda kamida bir marta attestatsiyadan oʻtkazishni amaliyotga joriy etish.

2022-yildan boshlab

3. Vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlarining yagona reyestrini tuzish va yuritish.

birinchi attestatsiyadan soʻng, doimiy ravishda

15.

Yetakchi xalqaro arxitektorlar va loyihachilarni jalb qilgan xolda treninglar, seminarlar, mahorat darslari, oʻquv kurslarini tashkillashtirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarni, jumladan Oʻzbekiston arxitektorlar kengashi va Oʻzbekiston muhandis-konsultantlar uyushmasining rolini oshirish.

Treninglar, seminarlar, mahorat darslari, oʻquv kurslarini tashkil etish uchun yetakchi xalqaro arxitektorlar va loyihachilarni jalb qilish boʻyicha 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil may

Qurilish vazirligi (B. Zakirov) Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi (A. Toxtayev), Oʻzbekiston Muhandislar-konsultantlar uyushmasi (A. Xalmatov)

16.

Loyiha va pudrat ishiga “ustoz — shogird” tamoyillarini tatbiq qilish.

1. Ustozlar tomonidan yosh arxitektorlar, loyihachilar va quruvchilarning ishlariga taqriz berish tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi ustozlik tamoyillaridan foydalanish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil yanvar

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi (A. Toxtayev), Oʻzbekiston Muhandislar-konsultantlar uyushmasi (A. Xalmatov)

2. Ustozlikning mohiyatini tushuntirish uchun loyiha va qurilish pudrat tashkilotlari ishtirokida tematik seminarlar oʻtkazish.

2022-yil I yarim yillik

17.

Mahalliy dasturchilar tomonidan loyihalashtirish va qurilish ishlab chiqarishini boshqarish sohasida raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish.

1. Yetakchi IT-mutaxassislar va pudrat tashkilotlarini jalb qilgan holda tanlovlarni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhi tuzish.

2021-yil mart

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), loyiha tashkilotlari, dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchilari

2. Mahalliy dasturchilar tomonidan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil noyabr

18.

Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi toʻgʻrisidagi 167-son Konvensiyasiga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi.

1. Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi toʻgʻrisidagi 167-son Konvensiyasiga (Jeneva, 1988-yil 20-iyun) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishining maqsadga muvofiqligini oʻrganish va uning natijalariga koʻra asosli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

2021-yil iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (B. Gulyamov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi toʻgʻrisidagi 167-son Konvensiyasini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil oktabr

19.

Xalqaro ijtimoiy taʼminot assotsiatsiyasining (ISSA) konsepsiyasini joriy etishga asoslangan “Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga barham berish” dasturini qabul qilish.

1. “Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga barham berish” dasturini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi tuzish.

2021-yil may

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (B. Gulyamov), Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (U. Egamberdiyev), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga barham berish” dasturini qabul qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash:

qurilish tarmogʻining barcha tashkilotlarida mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish, shu jumladan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassis lavozimi kiritish;

sohaga malakali kadrlar, muhandislar va texnik mutaxassislarni jalb qilish, ish joylarida xavfsizlik va gigiyena masalalari boʻyicha xodimlar, ishlab chiqarish xodimlari va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish va bilimlarini tekshirishni tashkil etish;

qurilish maydonchalarida potensial tahdidlarni aniqlash, kasbiy xavf-xatarlarni baholash, nazorat qilish va boshqarishni oʻz ichiga oluvchi Mehnat xavfsizligi standartlari tizimiga muvofiq mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi, ISO : 45001 xalqaro standarti qurilish tarmogʻi obyektlarida joriy etilishini taʼminlash.

2022-yil mart

20.

Ish joylarida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikka rioya qilish masalalarida xodimlarning ishtirok etishi orqali kadrlarga investitsiya qilish, ularni ragʻbatlantirish tizimini joriy etish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

ish joylarida xavfsizlik va gigiyena talablariga rioya qilish masalalarida xodimlarning ishtirok etishi orqali motivatsiya tadbirlarini oʻtkazish;

Xalqaro mehnatni muhofaza qilish kuni — 28-aprelda faxriy yorliqlar, koʻkrak nishonlari, mukofotlar, suvenirlar, sanatoriylarga imtiyozli yoʻllanmalar topshirgan holda “Mehnat muhofazasida faol, ilgʻor va aʼlo rahbar”, “Mehnat muhofazasida faol, ilgʻor va aʼlo mutaxassis” nominatsiyalari boʻyicha tanlovlar oʻtkazishni amaliyotga kiritish.

2021-yil avgust

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (B. Gulyamov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maʼmuriy tartib-taomillarning samaradorligi, ratsionalligi va shaffofligini taʼminlash, shuningdek, qurilish tarmogʻi tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish

21.

Tadbirkorlik faoliyati obyektlarini qurishga yer uchastkalarini sotish uchun ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish va hujjatlarni tayyorlash muddatlarini qisqartirish.

1. Elektron auksionlarni oʻtkazish uchun hujjatlarni tayyorlash va kelishish, shu jumladan hujjatlarni kelishish muddatlarini tahlil qilish.

2021-yil mart

Kadastr agentligi (X. Turaxujayev), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ayrim ruxsat berish tartib-taomillari va hujjatlarni kelishish muddatlarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumotnoma kiritish.

2021-yil noyabr

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil fevral

22.

“Biznes yuritish” xalqaro indeksining (Doing Business Index) qurilishga ruxsatnomalar olish (Dealing with Construction Permits) qismida Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyasini yaxshilash.

1. Qurilishga ruxsatnomalar olish jarayonini (muddatlar, tartib-taomillar soni, qiymat, sifat) takomillashtirish qismida xalqaro tajribani oʻrganish.

2021-yil aprel

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ilgʻor xorijiy tajribani milliy tartib-taomillar bilan solishtirish.

2021-yil iyul

3. Takliflar va chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish.

2021-yil oktabr

23.

Loyiha va pudrat ishlari (xizmatlari)ning xaridi jarayonlarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda Vazirlar Mahkamasining qurilish sohasidagi xarid tartib tamoyillarini takomillashtirish boʻyicha qarori loyihasini tasdiqlash:

elektron tender platformasini joriy etish;

xarid tartib-tamoyillariga sarflanadigan vaqtni ikki baravar qisqartirish;

elektron reytingni joriy etish hisobiga tanlov (tender) hujjatlarining umumiy va texnik qismlarini baholash tartibini bekor qilish;

namunaviy xarid qilish hujjatlarini tasdiqlash.

2021-yil yanvar

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov)

24.

Shaharsozlik subyektlari faoliyatidagi litsenziyalash va ruxsatnoma tartib-tamoyillarini tubdan takomillashtirish.

1. Xorijga xizmat safarlarini tashkillashtirish yoʻli bilan loyiha tashkilotlarni litsenziyalash boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish;

2021-yil dekabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish:

a) xavflilikning I toifasidagi obyektlar uchun arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibini xabarnoma yuborish tartibiga oʻtkazish;

b) xavflilikning II, III, IV toifalaridagi obyektlar uchun arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni, loyihalashtirish va qurilish sohasidagi mutaxassislarni majburiy sertifikatlashga asoslangan holda litsenziyalash tartibini joriy qilish va bunda quyidagilarni nazarda tutish:

bilim, tajriba va ish staji, loyihalashtirishning zamonaviy uslublari va texnologiyalarini qoʻllash va boshqa mezonlarni baholash;

loyihalashtirish va qurilish sohasidagi mutaxassislarni qayta attestatsiyadan oʻtkazish (5 yilda kamida bir marta) asosida ularni davriy sertifikatlash;

v) loyihalashtirish va qurilish sohasidagi sertifikatlangan mutaxassislarning maʼlumotlar bazasini shakllantirish, maxsus identifikatsiya kartalari va QR-koddan foydalangan holda ularning kasbiy faoliyatini kuzatib borish.

2022-yil may

Qurilish pudrat tashkilotlarini qurilish yoʻnalishlari va toifalari boʻyicha, shuningdek, qurilish pudrat tashkilotlari elektron reytingiga bogʻlagan holda guruhlashni hisobga olib, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan hamda faoliyatini litsenziyalashdan tashqari usullar bilan tartibga solish mumkin boʻlmagan, qurilish-montaj ishlarining alohida turlari bilan shugʻullanuvchi qurilish pudrat tashkilotlarini litsenziyalash tartibini takomillashtirish:

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

a) qurilish pudrat tashkilotlarini litsenziyalash boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish;

2021-yil yanvar

b) elektron reyting doirasida qurilish pudrat tashkilotlarining faoliyatini tahlil qilish hamda qurilish-montaj ishlarining turlari va/yoki qurilish obyektlarining xavflilik toifalari kesimida litsenziyalashga muayyan mezonlarni qoʻllash boʻyicha takliflar tayyorlash;

2021-yil mart

v) qurilish pudrat tashkilotlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil aprel

25.

Kafolat muddati tugagach kafolat summasini toʻlash miqdorini qayta koʻrib chiqish.

1. Kafolat muddati tugagach obyektlarning xavflilik toifasiga qarab kafolat summasini toʻlash miqdorini aniqlash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, shuningdek, uni toʻlash muddatlarini qayta koʻrib chiqish.

2021-yil sentabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Markaziy bank (M. Nurmuratov)

2. Takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumotnoma kiritish.

2021-yil noyabr

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil mart

26.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning “hajm” uslubini bosqichma-bosqich joriy etish va uning asosida shaharsozlik faoliyati subyektlari (buyurtmachi, loyihachi va pudratchi) tomonidan qurilish-montaj ishlarining amalga oshirilishi.

1. Xorijiy mamlakatlarning eng yaxshi tajribasini oʻrganish, zarur boʻlganda, qurilishda xarid qilish uchun boshlangʻich qiymatni aniqlashni, oʻzaro hisob-kitoblarning narx shakllanishini, hisobotlarni shakllantirish va moliyalashtirishni tahlil qilish uchun xalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarni jalb qilish.

2021-yil sentabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

2. Oʻrganish asosida “resurs” va “hajm” uslublarini solishtirish.

2022-yil yanvar

3. “Hajm” uslubini joriy qilishni davom ettirish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil noyabr

4. Markazlashtirilmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida “hajm” uslubini tajriba-sinov tarzida qoʻllash boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish.

2022-yil mobaynida

5. Investitsiya dasturining kamida yuzta loyihasi boʻyicha “hajm” uslubini kiritish.

2023-2024-yillar

6. Qurilish obyektlarining umumiy sonida “hajm” uslubi ulushini 50 foizgacha yetkazish.

2025-yil dekabr

27.

“Qurilish materiallari milliy klassifikatori” elektron platformasini joriy etish.

1. Elektron platformani joriy etish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2021-yil fevral

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (A. Baxodirov)

2. Ishchi guruh tomonidan Texnik topshiriq hamda vakolatli organlarning oʻzaro aloqa qilishi mexanizmini ishlab chiqish.

2021-yil iyul

3. Qurilish materiallariga mavjud standartlarni va statistik hisobotlar shakllarini xatlovdan oʻtkazish, yaratilayotgan klassifikatorning tuzilishi boʻyicha takliflar tayyorlash.

2021-yil dekabr

4. Qurilish materiallari milliy klassifikatorini, shu jumladan har biriga individual kodlarni bergan holda qurilish materiallarining batafsil texnik tavsiflarini shakllantirish.

2022-yil iyul

5. Shu jumladan ishlab chiqaruvchilar dislokatsiyasi va logistika haqidagi axborotni oʻz ichiga olgan elektron platformani tajriba-sinov tarzida ishga tushirish.

2023-yil fevral

28.

Qurilish qiymatini aniqlashning bozor tamoyillari hamda buyurtmachi, loyihachi va pudratchi oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatlarga asoslangan muqobil mexanizmlarini parallel ravishda ishlab chiqqan holda loyihaoldi va loyiha hujjatlarining smeta qismini davlat ekspertizasidan oʻtkazishga doir talablarni bekor qilish.

1. Bozor tamoyillari hamda shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachi va ishlar (xizmatlar) ijrochisi oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatlarga asoslangan qurilish qiymatini aniqlash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil fevral

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

2. Qurilish vazirligi tomonidan loyihaoldi va loyiha hujjatlari smeta qismini davlat ekspertizasidan oʻtkazishga doir majburiy talablarni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil oktabr

29.

Davlat va unga tenglashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha qurilish sohasidagi texnik buyurtmachilar tizimini xususiy tadbirkorlik subyektlarini texnik buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirishga jalb qilish hisobiga tubdan isloh qilish.

1. Eksperiment tariqasida Toshkent shahrida buyurtmachi funksiyalarini amalga oshiruvchi xususiy tadbirkorlik subyektlari roʻyxatini tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi(A. Shin), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Toshkent shahrida qurilish-montaj ishlari tugallanguncha va tanlab olingan obyektlar foydalanishga topshirilguncha 10 ta loyihani amalga oshirishni boshqarish, shu jumladan “autsorsing” asosida injiniring xizmatlarini jalb qilish (mualliflik va texnik nazorat, loyihani boshqarish) boʻyicha eksperiment oʻtkazish.

2022-yil dekabr

30.

Davlat loyiha-qidiruv tashkilotlarini transformatsiya qilish

1. Davlat loyiha-qidiruv tashkilotlarini moliyaviy va texnologik auditdan oʻtkazish uchun xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

2021-yil yanvar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev)

2. Har bir davlat loyiha instituti boʻyicha rivojlantirishning tijorat konsepsiyalarini, shu jumladan texnik-iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlarni ishlab chiqish.

2021-yil aprel

3. Investitsiyalar jalb qilish va (yoki) qurilish tashkilotlarining davlat loyiha tashkilotlari bilan kooperatsiyasini taʼminlash maqsadida investorlar qidirish hamda investorlar va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan qurilish kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazish.

2022-yil yanvar

4. Muzokaralar yakunlaridan kelib chiqib davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini tanlov asosida ishonchli boshqaruvga berish, aksiyalarni qoʻshimcha emissiya qilgan holda (ustav fondini koʻpaytirgan holda) investitsiyalarni jalb qilish toʻgʻrisida yoki boshqa kelishuvlarga koʻra boʻyicha bitimlar tuzish.

Doimiy ravishda, bitimlar tuzish yakunlariga koʻra

5. Quyidagilar orqali loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatida davlat ishtiroki ulushini qisqartirish:

loyiha-qidiruv tashkilotlari ustav kapitalidagi davlat aksiyalar paketini sotish;

xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va loyiha-qidiruv tashkilotlari aksiyalarini (ustav fondini oshirgan holda) qoʻshimcha emissiya qilish.

2021-2022-yillar

31.

Koʻchmas mulk obyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng ipoteka obyektini rasmiylashtirish sharti bilan tijorat banklari tomonidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish davrida beriladigan, qurilishning ulushli ishtirokchilari ipoteka krediti mablagʻlari hisobiga qurilish pudrat tashkilotlarini moliyalashtirishni tezlashtirish imkoniyatini taʼminlash.

1. Tijorat banklari tomonidan ulushli ishtirok etish asosida koʻp kvartirali uylarning qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish davrida ipoteka kreditlari bosqichma-bosqich berilishini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2021-yil fevral

Markaziy bank (M. Nurmuratov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Ipoteka krediti va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish, kelishish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2021-yil avgust

32.

Qurilish klasterlarini joriy etish.

1. Xalqaro tajribani oʻrganish, Ispaniya, Finlyandiya va boshqa mamlakatlarning qurilish klasterlarini borib koʻrish.

2021-yil avgust

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (A. Baxodirov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Muvofiqlashtiruvchi organni belgilash.

2021-yil oktabr

3. Xorijiy tajribani oʻrganish asosida respublika hududlarining ehtiyojiga qarab klaster hamkorligi (ishlab chiqarish-qurilish, investitsiya-qurilish va loyiha-qurilish klasterlari) uslubiyatini ishlab chiqish.

2022-yil fevral

4. Klaster usulida tajriba almashish hamda qurilish-montaj jarayonlarining alohida yoʻnalishlari boʻyicha ustalar va tor ixtisoslik mutaxassislarini oʻqitish tizimini kiritish.

2022-yil avgust

5. Ikkinchi bosqichda klaster hamkorlikni qurilish, loyihalashtirish va birgalikda investitsiyalash yoʻnalishlari boʻyicha kengaytirish.

2023-yildan boshlab, doimiy ravishda

33.

Muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infrastrukturasining yetarli quvvati bilan taʼminlangan koʻp kvartirali uylarni qurish uchun yer uchastkalarini auksionga qoʻyish.

1. Xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilib, quyidagilarni hisobga olgan holda respublika shaharlaridagi seliteb hududlarni rivojlantirishning tijorat konsepsiyalarini ishlab chiqish:

istiqbolda urbanizatsiyalashuv jarayonlari;

istiqbolda aholi tomonidan uy-joy mulkining sotib olinishiga prognoz ehtiyojni oʻrganish va tahlil qilish;

yetarli quvvatga ega boʻlgan muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infrastrukturasining mavjudligi.

2021-yil noyabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Kadastr agentligi (X. Turaxujayev)

2. Respublika shaharlaridagi seliteb hududlarni rivojlantirish konsepsiyalarining qoidalari va taqdimotlarini mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-yil mobaynida

3. Investorlarni tanlashning aniq mezonlarini (“zamonaviy menejment” tizimining joriy etilganlik darajasi, ularning faoliyatini boshqarish tizimi, rejalashtirish samaradorligini baholash), tegishli investitsiya shartlarini bajarishga doir talablarni belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

4. Koʻp kvartirali uylarni qurish uchun yer uchastkalarini auksionga qoʻyish reja-jadvalini ishlab chiqish va sotish.

2024-2025-yillar

34.

Qurilishda anʼanaviy loy gʻisht oʻrnini bosuvchi energiya tejamkor qurilish materiallarining yangi turlarini qoʻllash imkoniyatlarini oʻrganish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022-2023-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va tasdiqlash:

mahalliy xom ashyo asosida anʼanaviy loy gʻisht oʻrnini bosuvchi qurilish materiallarining yangi turlarini joriy etish masalasini ishlab chiqish;

ishlab chiqarish jarayonida mahalliy texnogen chiqindilarning qayta ishlanmalari va resurs tejamkor texnologiyalar, tabiiy gaz oʻrnini bosuvchi yonilgʻi-energetika resurslarining qayta tiklanadigan va muqobil turlarini qoʻllash imkoniyatini oʻrganish.

2022-yil yanvar

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (A. Baxodirov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (A. Maksudov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Energetika vazirligi (A. Sultanov)

35.

Tabiiy dekorativ va pardozlash toshlari zaxiralarining yangi konlarini oʻzlashtirish boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini tezlashtirish.

1. Mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta ishlab chiqarish davlat dasturi doirasida tabiiy dekorativ va pardozlash toshlari (granit, marmar, travertin, gabbro va boshqalar) zaxiralarining yangi konlarini oʻzlashtirish boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish.

2021 — 2023-yillar

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (B. Islamov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Har bir obyekt boʻyicha quyidagilarga oid aniq muddatlar va chora-tadbirlarni belgilashni nazarda tutuvchi “tarmoq jadvallari”ni ishlab chiqish va tasdiqlash:

geologiya-qidiruv ishlarini olib borishga geologik topshiriqlar va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

prognoz resurslar va foydali qazilmalar zaxiralari oʻsishini hisoblagan holda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish;

geologiya-qidiruv ishlarining natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi majlislarida koʻrib chiqish uchun taqdim etish.

2021-yil fevral

36.

Qurilishda energiya jihatidan samarador va energiya tejamkor materiallarni qoʻllash amaliyotini kengaytirish.

Qurilishda energiya jihatidan samarador va energiya tejamkor materiallarni (gazobeton, penobeton, polistirolbeton, bazalt asosida issiqlik saqlovchi materiallar, polistirol bilan toʻldirilgan sendvich panellar va boshqalar) qoʻllashni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil fevral

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (A. Baxodirov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

37.

Bino va inshootlarning energetika auditi tizimini keng joriy etish.

1. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Energetika vazirligi (A. Sultanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Bino va inshootlarning energiya samaradorlik sinflari boʻyicha tahliliy maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

Doimiy ravishda

38.

Kompleks qurilish sinov laboratoriyasini tashkil qilish.

1. Kompleks qurilish sinov laboratoriyasi binosini qurish va asbob-uskuna, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash.

2021-yil avgust

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

2. Qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlarining konstruksiyalari, qurilish materiallari va buyumlarini sinovdan oʻtkazish ishlarini boshlash.

2021-yil sentabr

IV. Shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

39.

Joriy etilgan elektron platformalar ishlashini “Shaffof qurilish” MAT bilan qamrab olish.

1. Elektron platformalarni Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida joriy etish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy boʻlinmalar mutaxassislarini ulardan foydalanish boʻyicha oʻqitish.

2020-yil dekabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq oʻqitishni amalga oshirish va elektron platformalardan sinov tarzida foydalanish.

2021-yil fevral

40.

“Shaffof qurilish” MATning elektron platformalari va geoportalni idoralararo axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish.

1. “Shaffof qurilish” MAT va geoportalni boshqa axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish boʻyicha texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2021-yil yanvar

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Shaffof qurilish” MATning quyidagilar bilan integratsiya qilinishini taʼminlash:

elektron hukumat tizimlari;

yuridik shaxslarning maʼlumotlar bazalari;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasining axborot tizimlari.

2021-yil mart

3. Geoportalning “Yagona davlat kadastri tizimi” bilan integratsiya qilinishini taʼminlash.

2021-yil mart

41.

Geoportal maʼlumotlar bazalariga ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarining toʻliq kiritilishini taʼminlash.

1. Maʼlumotlar bazalariga ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini joylashtirish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil fevral

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Maʼlumotlar bazalariga ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini joylashtirish.

Reja-jadvalga koʻra

42.

Ilmiy-texnik kutubxona negizida “Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar” maʼlumotlar bazasini yaratish.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil avgust

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

2. “Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar” elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish.

2022-yil dekabr

3. Maʼlumotlar bazasini qurilish sohasidagi normativ hujjatlar bilan toʻldirish.

2023-yildan boshlab doimiy ravishda

43.

Fuqarolarga qurilayotgan obyektlar toʻgʻrisida mustaqil ravishda axborot olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash, qurilish obyektlarida aniqlangan qoidabuzarliklarni qayd etish (foto va videomateriallar koʻrinishida) va ularni qurilish sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organlarga yuborish imkonini beruvchi “Ogoh fuqaro” tizimini yaratish.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil aprel

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

2. “Ogoh fuqaro” axborot tizimini ishlab chiqish.

2021-yil sentabr

3. “Ogoh fuqaro” axborot tizimini sinov tarzida ishga tushirish.

2021yil noyabr

4. “Ogoh fuqaro” axborot tizimidan sinov tarzida foydalanish boshlanganligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-yil yanvar

44.

Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy boʻlinmalarni server va kompyuter asbob-uskunalari bilan jihozlash.

1. Xatlovdan oʻtkazish hamda zarur server va kompyuter asbob-uskunalari roʻyxatini aniqlash.

2021-yil mart

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

2. Server va kompyuter asbob-uskunalarini sotib olish boʻyicha dastlabki hisob-kitob va buyurtmanomani tayyorlash hamda Moliya vazirligiga taqdim etish.

2021-yil aprel

3. Server va kompyuter asbob-uskunalarini sotib olishga pul mablagʻlarini ajratish.

2021-yil iyun

4. Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy boʻlinmalarni server va kompyuter asbob-uskunalari bilan taʼminlash.

2021-yil dekabr

45.

Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy boʻlinmalarning internet resurslariga keng polosali kirish imkoniyati bilan qamrab olish.

1. Xatlovdan oʻtkazish va internet resurslariga keng polosali kirish darajasini aniqlash.

2021-yil mart

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

2. Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy boʻlinmalarning internet resurslariga keng polosali kirishini taʼminlash uchun roʻyxatni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etish.

2021-yil aprel

3. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan internet-resurslarga keng polosali kirishni taʼminlash.

2022-yil iyun

46.

Shaharsozlik faoliyati subyektlari va aholini “Shaffof qurilish” MAT elektron platformalari va geoportaldan foydalanishga oʻqitish.

1. Shaharsozlik faoliyati subyektlari va aholini “Shaffof qurilish” MAT elektron platformalari va geoportaldan foydalanishga oʻqitish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, shu jumladan videokonferensaloqadan foydalangan holda oʻqitishni amalga oshirish.

2021-yil mart

47.

“Shaffof qurilish” MAT elektron platformalari va geoportal funksionalining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash.

1. Press-reliz va taqdimot materialini ishlab chiqish.

2021-yil fevral

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)

2. “Shaffof qurilish” MAT elektron platformalari va geoportal funksionalini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

Doimiy ravishda

48.

Qurilishi tugallangan obyektlarning ijro tasvirlarini geofond maʼlumotlar bazasiga kiritish.

Qurilishi tugallangan obyektlarning ijro tasvirlari boʻlishi majburiyligiga doir talabni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil iyul

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

49.

Yer uchastkalari, istiqbolda, shuningdek, bino va inshootlar toʻgʻrisida axborot olish funksionalini yaratish.

1. Geoportalni qurilish olib borish taklif qilinayotgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish qismida Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

2021-yil iyun

Kadastr agentligi (X. Turaxujayev), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Geoportalni koʻchmas mulkning manzilli reyestri bilan integratsiya qilish.

2021-yil avgust

50.

Qurilish sohasidagi organlar tomonidan taqdim etilayotgan, qurilish sohasida koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish.

1. Qurilish sohasida koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini xatlovdan oʻtkazish.

2021-yil aprel

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Adliya vazirligi(R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

2. Qurilish sohasidagi davlat xizmatlarini “Shaffof qurilish” MAT bilan integratsiya qilish.

2021-2022-yillar

51.

Joriy etilayotgan axborot tizimlari va elektron maʼlumotlar bazalarining axborot xavfsizligini taʼminlash.

1. Axborot xavfsizligi taʼminotini auditdan oʻtkazish.

2021-yil sentabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (D. Chichenkov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

2. Axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va joriy etish.

2022-yil oktabr

3. Joriy etilayotgan axborot tizimlari va elektron maʼlumotlar bazalarining axborot xavfsizligi taʼminotini monitoring qilish.

Doimiy ravishda

V. Shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish

52.

Arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi kasb-hunar taʼlimi muassasalarini “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga ulash.

1. “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga ulanadigan arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi kasb-hunar taʼlimi muassasalari roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil iyun

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

2. Arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi kasb-hunar taʼlimi muassasalarini server va kompyuter asbob-uskunalari bilan jihozlash.

2023-yil dekabr

3. Arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi kasb-hunar taʼlimi muassasalarini “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga ulash boʻyicha ijrochilarning qoʻshma qarorini qabul qilish.

2024-yil yanvar

53.

Arxitektura va qurilish sohasida oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish.

1. Yetakchi xorijiy, xususan Yaponiya, Turkiya, XXR oliy taʼlim muassasalari bilan muzokaralar oʻtkazish.

2021-2022-yillar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

2. Quyidagilar boʻyicha kelishuvlar tuzish:

Oʻzbekiston Respublikasida arxitektura va qurilish sohasidagi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining filiallarini ochish;

xorijiy arxitektorlar va muhandislarni oʻqitishga jalb qilish;

talab eng yuqori boʻlgan yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha bitiruvchilarga ikki tomonlama diplom bergan holda qoʻshma taʼlim dasturlarini ochish.

Muzokaralar yakunlariga koʻra

3. Toshkent arxitektura-qurilish institutini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash boʻyicha ijrochilarning quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshma qarorini ishlab chiqish va qabul qilish:

milliy reytingdagi pozitsiyalarini oshirishni taʼminlash;

uning xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi eng yaxshi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga (TOP-1000) kirishi.

2021-yil avgust

54.

Arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi kasb-hunar taʼlimi muassasalari negizida oʻqitishning zamonaviy va innovatsion uslublarini qoʻllash.

1. Kasb-hunar taʼlimi muassasalarini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari bilan qamrab olishni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil fevral

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Oʻqituvchilarni oʻqitish va ularning malakasini oshirish boʻyicha turkum dasturlar ishlab chiqish.

2021-yil may

3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlgan eng tajribali xodimlar orasidan oʻqituvchilar tanlab olinishini taʼminlash.

Doimiy ravishda

4. Qurilish sohasidagi riv?jlanish tendensiyalari va amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda yangi avlod tarmoq darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari turkumini tayyorlash.

2022-yil sentabr

5. Arxitektura va qurilish sohasidagi xorijiy adabiyotlardan foydalangan holda oʻqitishning innovatsion uslublarini qoʻllash.

2023-yildan boshlab

55.

Respublikaning arxitektura-qurilish kollejlarida kouchinglar oʻtkazishni joriy qilish.

1. Professional yuqori malakali kouchlarni taklif qilgan holda trening va seminarlar oʻtkazish orqali oʻqituvchilarni kouching tamoyillari va koʻnikmalariga oʻqitish.

2021-yil mobaynida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Kollejlarni rivojlantirish strategiyasini (kouch uslubidagi pedagogik kengash) ishlab chiqish.

2022-yil may

3. Oʻqitishdagi innovatsion yondashuvni aprobatsiyadan oʻtkazish boʻyicha pedagoglarning tajriba almashishini hisobga olgan holda mashgʻulotlarga kouching yondashuvini joriy etish.

2022-yil oxirigacha

4. Imtihonlarga tayyorlanishda, oʻz maqsadlarini belgilashda va kasbga yoʻnaltirishda psixologik-pedagogik kuzatuv ostida taʼlim olayotganlar uchun kouching-sessiyalar oʻtkazish.

2023-yildan boshlab, doimiy ravishda

5. Pedagogik kengash, ijodiy guruhlar yigʻilishlari, laboratoriyalar ishini olib borishda kouch uslubidan foydalanish.

2023-yildan boshlab doimiy ravishda

56.

Qisqa muddatli kurslar doirasida qurilish sohasidagi tor ixtisoslik mutaxassislarini oʻqitish.

1. Ishlab chiqarish taʼlimining malakali ustalari va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish uchun jalb qilish.

2020-2021-yillar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

2. Qisqa muddatli kurslarni joriy etish va qurilish sohasidagi tor ixtisoslik mutaxassislarini oʻqitish.

2021-yil yanvar

3. Taʼlim oluvchilarning tanlangan kasbga muvofiq mutaxassisligini identifikatsiya qiluvchi maxsus kasbga muvofiqlik sertifikatlarini berish.

Kurslar tugagandan soʻng

4. Sertifikatlarning QR-kodi va maʼlumotlar bazasini integratsiya qilish yoʻli bilan mutaxassislarni aniqlab olish tizimini yaratish.

2021-yil dekabr

57.

Moslashtirish markazlarini hamda texnologiyalar va innovatsiyalarni transfer qilishni rivojlantirish.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va tasdiqlash:

ilm-fan va real sektorning samarali oʻzaro aloqasi mexanizmlarini shakllantirish;

qurilish tarmogʻi ishtirokchilarining bilim, koʻnikma va texnologik yechimlarga boʻlgan ehtiyojlarini muntazam ravishda monitoring qilish;

arxitektura va qurilish sohasida olib borilayotgan fundamental, qidiruv va amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar samaradorligini oshirish.

2021-yil mart

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

58.

Isteʼdodli yoshlarni arxitektura va qurilish fanlari sohasidagi ilmiy va ijodiy faoliyatga jalb etishni ragʻbatlantirish tizimini yaratish.

1. Yosh olimlar uchun kasbiy tanlovlar tizimini joriy etish.

2021-yil mart

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

2. Suhbat oʻtkazish hamda isteʼdodli mutaxassislarni loyiha va qurilish pudrat tashkilotlariga ishga joylashtirish choralarini koʻrish.

Doimiy ravishda

59.

Arxitektura va qurilish sohasidagi ilmiy salohiyat natijadorligini oshirish.

1. Oʻzaro manfaatli xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, mahalliy olimlar va tashkilotlarning xalqaro ilmiy uyushmalar va boshqa professional birlashmalarda ishtirok etishini taʼminlash tizimini yaratish.

2022-yil may

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

2. Arxitektura va qurilish sohasidagi jurnallar reytingini oshirish choralarini koʻrish.

Doimiy ravishda

60.

Kadrlarni boshqarish tizimini rivojlantirish hamda qurilish organlari va muassasalari tizimiga malakali xodimlarni jalb qilish.

1. Boshqarish, malaka talablari asosida kadrlarni tanlab olishning zamonaviy uslublarini joriy etish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.

2021-yil iyun

Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi idoraviy hujjatni ishlab chiqish:

NR-menejment tizimini joriy qilish, shu asosda Qurilish vazirligining ijobiy imijini, kadrlarni qoʻllab-quvvatlash, boshqarish va nazorat qilishning samarali tizimini yaratish;

kadrlarga oid marketing tizimini faollashtirish, malakali kadrlarni jalb qilishga qaratilgan rekrutmentning yangi uslublarini (onlayn-rekrutment, faol xedxanting) joriy etish;

kadrlarga oid kontrolling tizimini (oʻzini oʻzi nazorat qilish tizimini) rivojlantirish;

Qurilish vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish uchun korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens tizimini joriy etish.

2021-yil avgust

3. Quyidagilar boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish:

qurilish organlari va muassasalari xodimlari uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida xorijiy amaliyot, seminarlar, mahorat darslari va oʻquv kurslarini tashkil etish;

qonun hujjatlaridagi yangiliklar va dolzarb muammolarni hisobga olgan holda Qurilish vazirligi tizimi xodimlari uchun oʻquv dasturlarini yaratish va yangilash;

mehnat jamoasini professionalizm, xodimlarning yangiliklarga (stress-menejment, taym-menejment, timbilding va boshqalar) intiluvchanligi va moslashuvchanligiga erishish maqsadida ijtimoiy jihatdan rivojlantirish.

2021 — 2023-yillar

61.

Xodimlarni baholash tizimini takomillashtirish.

Quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi KPI tizimini joriy qilish:

xodimlarga sifat va son jihatidan talablar va koʻrsatkichlar qoʻyish, ularning manfaatlari va ehtiyojlarini aniqlash;

ilgʻor axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali ijro intizomini baholash;

kadrlar malakasini oshirish tizimidagi oʻzgarishlarni kuzatib borish;

ish haqi toʻlashning yangi uslublarini joriy qilish (xodimlar faoliyati samaradorligining reyting tizimi mezonlarini, idoraviy ragʻbatlantirish dasturlarini yangilash).

2021-yil avgust

Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son Farmoniga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Koʻrsatkich nomi

Joriy holat

Maqsad:

2021-yil

2023-yil

2025-yil

2.

2025-yilga borib milliy shaharsozlik normalari va qoidalarini xalqaro normativ va standartlar bilan uygʻunlashtirishga erishish.

-

10%

30%

50%

3.

2025-yilga borib “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida qoʻshimcha toʻrtta elektron platforma yaratilishini taʼminlash.

-

1

2

4

4.

2025-yilga borib loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning “hajm” uslubini joriy etish ulushini respublikadagi qurilish obyektlarining umumiy soniga nisbatan 50 foizgacha yetkazish.

-

-

25%

50%

5.

2025-yilga borib arxitektura va qurilish sohasidagi oliy taʼlim muassasalaridan birining xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi Osiyo mamlakatlarining eng yaxshi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga (TOP-1000) kirishi.

-

-

-

1

6.

2025-yilga borib shaharlarning barchasini bosh rejalar bilan qamrab olishga erishish.

95%

96%

98%

100%

7.

2025-yilga borib shahar posyolkalarining 25 foizini bosh rejalar bilan qamrab olishga erishish.

14%

18%

22%

25%

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son Farmoniga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-maydagi “Kapital qurilishda loyiha va qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini optimallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5445-son Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining davlat rivojlanish dasturlariga kiritilgan” soʻzlari “budjet tizimi budjetlaridan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafilligi ostidagi qarzlar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni istisno etgan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment toʻgʻrisida”gi PF-5515-son Farmonida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi-oltinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-noyabrdagi “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5577-son Farmonida:
a) 1-bandning “b” kichik bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 5-bandning “a” kichik bandida:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi tegishlicha toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5624-son Farmoni 1-bandining “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga uni davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ etib belgilagan holda Agentlikning mazkur sohadagi vakolatlarini oʻtkazish. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi portalida qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha operator etib belgilansin”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5963-son Farmoni 1-bandning “g” kichik bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qurilish sohasida oʻtkaziladigan davlat xaridlarida elektron reytinglarga kiritilgan va tegishli mezonlar (ish tajribasi, moliyaviy barqarorligi, shtatida maʼlumotlari “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilgan malakali xodimlarning mavjudligi va boshqa mezonlar) boʻyicha ijobiy koʻrsatkichlarga ega boʻlgan loyiha-qidiruv va qurilish pudrat tashkilotlarining ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3550-son qarorining 2-ilovasi quyidagi mazmundagi 32-band bilan toʻldirilsin:
“32. Binolar, inshootlar va muhandislik kommunikatsiyalarini kapital qurish va taʼmirlash boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini amalga oshirish uchun tender (tanlov) hujjatlarini va texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazishda tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarini va ularning narx parametrlarini baholash qismida ekspertiza oʻtkaziladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 7-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4427-son qarorida:
2-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisidan “, arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqiladi. Bunda arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish xarajatlari yer uchastkasini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-bandning “a” kichik bandi oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-fevraldagi “Qurilish-montaj ishlari sifatini tubdan yaxshilash va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-4586-son qarorida:
2-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan hamda aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha kamida ikkita koʻrsatma bajarilmagan taqdirda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib qoʻyish va demontaj ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilish”;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)