Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ayni paytda, fuqarolarning odil sudlovga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlash, sud hokimiyatining nufuzi va taʼsirchanligini kuchaytirish maqsadida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosining samaradorligini yanada oshirish taqozo etilmoqda.
Bu borada, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda — Byuro) tuzilmasi hamda vakolatlarini maqbullashtirish, uning ish uslubini tubdan qayta koʻrib chiqish, manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorligini kuchaytirish zaruriyati yuzaga keldi.
Fuqarolar va tadbirkorlar huquq hamda qonuniy manfaatlarining ishonchli himoyasini taʼminlash, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini oʻz vaqtida va sifatli ijro etishning samarali mexanizmlarini joriy etish, aholining odil sudlovga ishonchini yanada mustahkamlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq:
1. Belgilansinki:
Byuro oʻz faoliyatini markazlashganlik tamoyiliga muvofiq quyi turuvchi rahbarlarning yuqori turuvchi rahbarlarga boʻysunishi va hisobdorligi asosida amalga oshiradi;
Byuro direktori oʻz faoliyatida bevosita Bosh prokurorga boʻysunadi va hisobdor boʻladi hamda Bosh prokuror Byuro faoliyatining natijadorligi boʻyicha masʼul hisoblanadi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi jarayoniga aralashish, yaʼni, sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida davlat ijrochisiga noqonuniy topshiriqlar berish yoxud boshqa shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish taqiqlanadi.
2. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish boʻyicha hududiy kengashlar (keyingi oʻrinlarda — hududiy kengashlar) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etilsin.
Quyidagilar Respublika kengashining (N.T. Yoʻldoshev) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
ijro hujjatlarining majburiy ijrosini taʼminlash jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarning sabab va shart-sharoitlarini muhokama qilish hamda ularni bartaraf etish va kelgusida oldini olishni taʼminlash, Byuro organlari, shuningdek, boshqa davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarni belgilash va ularning ijrosini nazorat qilish;
ijro hujjatlarining majburiy ijrosini taʼminlash jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlarining hamkorligi, tegishli davlat organlari tomonidan majburiy ijro organlariga taqdim qilinayotgan ijro hujjatlarining miqdori va sifati bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilish;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirishga oid boshqa masalalarni koʻrib chiqish.
Quyidagilar hududiy kengashlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda boshqa hududiy idora va tashkilotlar rahbarlarining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish holati boʻyicha axborotini tinglash;
davlat yoki davlat organlari foydasiga yoxud ular manfaatlarini koʻzlab berilgan ijro hujjatlarini ijrosiz qaytarib olish holatlarini birma-bir muhokama qilish. Bunda, asossiz qaytarib olish holatlariga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha yuqori turuvchi tashkilotlarga tavsiyalar kiritish;
majburiy ijro harakatlari jarayonida ziddiyatli va nizoli holatlarni keltirib chiqaradigan sabab va omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish. Bunday jarayonlarga xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari deputatlarini, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini keng jalb etish choralarini koʻrish;
yordamga muhtoj va ogʻir ahvolga tushib qolgan qarzdorlarning manzilli roʻyxatlarini tuzib, ular bilan yakka tartibda ishlash, jumladan ularga amaliy yordam koʻrsatish va bandligini taʼminlashda koʻmaklashish;
ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulklarni sotish uchun tuman va shaharlardagi aholi gavjum bozorlar hamda savdo markazlarida yarmarkalar tashkil etish choralarini koʻrish;
qarzdor — budjet tashkilotlaridan pul mablagʻlari undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha ularning mablagʻlari yetarli boʻlmagan hollarda, qarzdorlikni mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan qoplash toʻgʻrisida takliflar kiritish;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirishga oid boshqa masalalarni koʻrib chiqish.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Byuro va uning hududiy boshqarmalari tegishlicha Respublika kengashi va hududiy kengashlarning ishchi organi hisoblanadi;
Respublika kengashi va hududiy kengashlar yigʻilishlari har oyda kamida bir marotaba oʻtkaziladi. Respublika kengashi va hududiy kengashlar yigʻilishlariga davlat organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilishi mumkin;
hududiy kengashlar oʻz faoliyati toʻgʻrisida har oyda Respublika kengashiga hisobot beradi;
Byuro hududiy kengashlar bilan birgalikda tizimli ravishda ish yurituvidagi ijro hujjatlarini xatlovdan oʻtkazib boradi;
Respublika kengashi va hududiy kengashlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga yoki boshqa shaklda koʻrsatmalar berishga haqli emas.
Respublika kengashi har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish holati boʻyicha axborot kiritib borsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
5. Ijro hujjatlari Byuro organlari ish yurituviga hudud va toifalarga quyidagi tartibda taalluqli boʻlishi belgilansin:
a) Byuroning markaziy apparatiga:
turli viloyatlarda joylashgan bir nechta qarzdorlarga, shu jumladan solidar qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlari;
ijro hujjati majburiy ijro etish uchun taqdim etilgan sanada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 100 000 baravari va undan ortiq summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari;
xorijiy davlatlar, ularning davlat organlari, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro hukumat tashkilotlari va ularning vakolatxonalari, shuningdek, ularning diplomatik immunitetga ega boʻlgan xodimlariga nisbatan berilgan ijro hujjatlari;
Bosh davlat ijrochisi yoki uning oʻrinbosari qaroriga koʻra Byuroning hududiy organlari ish yurituvidan markaziy apparat ish yurituviga olingan va alohida muhim ahamiyatga ega boʻlgan ijro hujjatlari;
b) Byuroning hududiy boshqarmalariga:
turli tuman (shahar)larda joylashgan bir nechta qarzdorlarga, shu jumladan solidar qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlari;
ijro hujjati majburiy ijro etish uchun taqdim etilgan sanada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 000 baravaridan 100 000 baravarigacha summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari;
ijro hujjati boʻyicha qarzdor-yuridik shaxs xorijiy davlatning rezidenti hisoblangan ijro hujjatlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh davlat ijrochilari yoki ularning oʻrinbosarlari qaroriga koʻra Byuroning tuman (shahar) boʻlimlari ish yurituvidan hududiy boshqarma ish yurituviga olingan va alohida muhim ahamiyatga ega boʻlgan ijro hujjatlari;
v) Byuroning tuman (shahar) boʻlimlariga — mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilmagan boshqa ijro hujjatlari.
Belgilansinki, majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish jarayonida qonuniylikni taʼminlash maqsadida mazkur bandda nazarda tutilgan taalluqlilikdan qatʼi nazar, ijro hujjati:
Bosh prokurorning topshirigʻiga yoki Bosh davlat ijrochisining qaroriga asosan Byuro markaziy apparati yoki muayyan Byuro organi ish yurituviga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh davlat ijrochilari va ularning oʻrinbosarlari qarorlariga asosan Byuroning hududiy boshqarmasi yoki tegishli hududdagi Byuroning tuman (shahar) boʻlimi ish yurituviga olib berilishi mumkin.
6. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlariga asosan voyaga yetmagan farzandlarning moddiy taʼminoti uchun aliment pullarini hisoblash va toʻlash tartib-taomillari ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish maqsadida:
a) Bosh prokuratura va Oliy sudning Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimini yaratish hamda aliment majburiyatlari boʻyicha alohida bank hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin;
b) 2021-yil 1-martdan boshlab quyidagi tartib oʻrnatilsin:
ijro hujjatlari boʻyicha aliment majburiyatlarini bajarish qarzdorlar tomonidan Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi aliment majburiyatlari boʻyicha alohida bank hisobvaragʻi bilan integratsiya qilinadi. Bunda Byuro tomonidan ijro hujjatlari boʻyicha undiruvchi (aliment oluvchi) nomiga tegishli bank kartasi rasmiylashtiriladi hamda aliment pullari, shu jumladan qarzdorning ish haqidan ushlab qolingan aliment pullari ushbu aliment majburiyatlari boʻyicha alohida bank hisobvaragʻi orqali mazkur bank kartasiga oʻtkaziladi.
Bosh vazir maslahatchisi (O.M. Umarov) Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimini joriy etishga masʼul etib belgilansin.
7. Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga sud hujjatlari bajarilishi boʻyicha davlatning majburlov kuchini safarbar qilmagan holda ularning ixtiyoriy ijro qilinishini yanada keng tatbiq etishga qaratilgan quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin:
a) jarima tariqasidagi jinoiy jazoni mahkum tomonidan hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab uch oy muddatda (voyaga yetmagan shaxslar uchun — olti oy muddatda) davlat ijrochisi nazorati ostida ixtiyoriy ijro etish. Bunda mahkumning jinoiy jazo tariqasida tayinlangan jarimani belgilangan muddatda ixtiyoriy toʻlashdan boʻyin tovlashi jarimaning toʻlanmagan qismini majburiy jamoat ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish kabi boshqa jinoiy jazo turlariga oʻzgartirishga sabab boʻladi;
b) ayrim toifadagi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini taʼminlash choralari natijasiz boʻlgan taqdirda, mazkur hujjatlarni oxirgi chora sifatida majburiy ijro organlariga taqdim etish tartibini joriy etish, jumladan:
yuridik shaxsdan pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari — ijro hujjati undiruvchi tomonidan qarzdor-yuridik shaxsga xizmat koʻrsatuvchi bank muassasasiga ijrosini taʼminlash uchun taqdim etilgandan soʻng (Davlat budjetiga undiruvlarni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bundan mustasno);
davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng yuzaga keladigan mulkiy huquqlarni belgilash yoki ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari — ijro hujjati undiruvchi tomonidan tegishli mulkiy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi davlat organlari va tashkilotlariga ijrosini taʼminlash uchun taqdim etilgandan soʻng;
qimmatli qogʻozlarga boʻlgan egalik huquqini belgilashni yoki qimmatli qogʻozlarning miqdori va toifasida aniqlanadigan yuridik shaxslardagi ulushni belgilashni yoxud qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqni hisobga olish majburiyatini yuklashni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — qimmatli qogʻozga boʻlgan egalik huquqini ijro hujjatida nazarda tutilgan shaxs nomiga hisobga qoʻyish maqsadida ijro hujjati undiruvchi tomonidan vakolatli tashkilotga ijrosini taʼminlash uchun taqdim etilgandan soʻng;
ishga tiklash toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari — ijro hujjati undiruvchi tomonidan ishga tiklash vakolatiga ega boʻlgan ish beruvchiga ijrosini taʼminlash uchun taqdim etilgandan soʻng;
ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — ijro hujjati undiruvchi tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirishi lozim boʻlgan tegishli tashkilotga ijrosini taʼminlash uchun taqdim etilgandan soʻng;
qarzdor — davlat organi (tashkiloti) yoki uning mansabdor shaxslari (ijro hujjati mansabdor shaxsning davlat organi va tashkilotidagi xizmat vazifasi va majburiyatiga taalluqli boʻlsa) boʻlgan yoxud ularga majburiyat yuklashni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — ijro hujjati undiruvchi tomonidan qarzdor — davlat organi (tashkiloti) yoki uning mansabdor shaxsiga yoxud ijro hujjatida majburiyat yuklatilgan davlat organi (tashkiloti) yoki uning mansabdor shaxsiga ijrosini taʼminlash uchun taqdim etilgandan soʻng;
isteʼmol qilingan energiya resurslari va ichimlik suvi uchun majburiy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari — ijro hujjatini berish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli organ yoki mansabdor shaxsga berilguniga qadar isteʼmolchi energiya resurslari tarmoqlari va suv taʼminotidan uzilganligini (qonunchilikka muvofiq tarmoqdan uzish mumkin boʻlmagan isteʼmolchilar bundan mustasno) tasdiqlovchi hujjatni ijro hujjatiga ilova qilgan taqdirda;
maʼmuriy jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari — ijro hujjati jarimani uning ish haqi yoki boshqa maoshidan, nafaqasidan yoki stipendiyasidan ushlab qolish orqali ijro hujjati ijrosini taʼminlash uchun tegishli ish haqi yoki boshqa maoshni, nafaqa yoki stipendiyani toʻlashni amalga oshiruvchi tashkilotga taqdim etilganidan soʻng, huquqbuzar ishlamayotgan yoki uning ish joyi nomaʼlum boʻlgan holatlar bundan mustasno. Ushbu tartib sudning maʼmuriy jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi ijro hujjatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Mazkur kichik bandda nazarda tutilgan ijro hujjatlari ular taqdim etilgan tashkilot va mansabdor shaxslar tomonidan, agar ijro hujjatida boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, ular taqdim etilgan kundan boshlab oʻn besh kun muddat ichida, bankka taqdim etilgan taqdirda — keyingi ish kunidan kechiktirmay ijro etiladi. Ushbu toifadagi ijro hujjatlari talablari mazkur kichik bandda koʻrsatilgan tashkilotlar va ularning mansabdor shaxclari tomonidan uzrli sabablarsiz ijro etilmasligi ushbu shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortishga hamda ijro hujjatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy ravishda ijro etish choralarini koʻrishga sabab boʻladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1982-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddasi.
v) qarzdor muomalaga layoqatsiz deb topilganligi munosabati bilan va undiruvchi iltimosiga koʻra ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolatini sudlardan davlat ijrochisiga oʻtkazish;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga va Savdo-sanoat palatasiga hamda ularning hududiy boʻlinmalariga davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha qarzdor — tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini koʻzlab ijro hujjatlari yuzasidan ijroni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga va ijro hujjatini bergan boshqa organga murojaat etish huquqini berish;
d) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yirik bitimlarni tuzishda, ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlari, xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlarini koʻrsatishda ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjudligini belgilangan tartibda tekshirmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilash;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 44-moddasi.
e) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi jarayoniga aralashganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash.
8. Belgilab qoʻyilsinki, 2021-yil 1-martdan boshlab:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish faqatgina mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha boʻlgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish boʻyicha savdo doʻkonlarini tanlab olishda mol-mulkni internet-doʻkonlar orqali sotishni amalga oshiruvchi savdo tashkilotlariga ustunlik beriladi.
Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev) 2021-yil 1-fevralga qadar ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
9. Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev):
Oldingi tahrirga qarang.
2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat ijrochisi lavozimiga yangi tayinlangan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida maxsus dastur boʻyicha boshlangʻich tayyorgarlik kurslarini oʻtaganidan soʻng oʻz xizmat vazifalariga kirishishga ruxsat berish tartibini joriy etsin;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
bir oy muddatda maxsus dasturni tasdiqlasin, bunda kasb odobnomasi qoidalarini oʻrganishni, psixologiya, ziddiyatlarni hal qilish va vaqtni boshqarish (“taym-menejment”) asoslariga, shuningdek, Byuro organlarida foydalaniladigan axborot tizimlari va dasturiy komplekslar bilan ishlash koʻnikmalariga oʻrgatishni nazarda tutsin;
Byuro organlari tizimida davlat ijrochisi lavozimini 2021-yil 1-yanvarga qadar egallab kelgan barcha xodimlar maxsus dastur asosida 2021-yil yakuniga qadar qayta tayyorgarlikdan oʻtishini taʼminlasin;
davlat ijrochilarini ragʻbatlantirish maqsadida Byuro organlari xodimlari oʻrtasida har yili “Yilning eng yaxshi davlat ijrochisi” tanlovini joriy etsin.
10. Byuro boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 3 542 nafar, shu jumladan markaziy apparatda 82 nafar etib belgilansin.
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) Ijro etuvchi direksiyasi tugatilsin hamda Jamgʻarma mablagʻlarining toʻplanishi va sarflanishini tezkor boshqarish vazifasi Byuroga yuklatilsin.
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Jamgʻarma hisobidan 2020-yil 1-noyabrga qadar moliyalashtirilishi lozim boʻlgan Byuro, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar (yuzaga kelgan qarzdorliklar bilan birga) joriy yilning III choragi yakuni boʻyicha Davlat budjeti daromadlarining prognoz koʻrsatkichlaridan ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan qoplab berilishini taʼminlasin.
2020-yil 1-noyabrdan boshlab:
Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlariga Jamgʻarma hisobidan har oyda toʻlanadigan 100 foizlik ustama toʻlash toʻxtatilsin;
Byuro xodimlari mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar (Jamgʻarma hisobidan moliyalashtiriladigan qismini chegirib tashlagan holda) hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilsin.
11. 2020-yil 1-noyabrdan boshlab Byuroning qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan toʻlovlar toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash boʻyicha vazifa va vakolatlari tugatilsin.
Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
aholidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun toʻlovlar ushbu xizmatlarni koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligida yuritiladigan yagona billing tizimida aks etgan holda, qoida tariqasida, elektron toʻlov tizimlari orqali yigʻiladi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Belgilansinki, jinoyat natijasida davlatga yetkazilgan zarar, davlat bojlari, jinoiy va maʼmuriy jarimalar, davlat foydasiga boshqa turdagi undiruvlar hamda davlat daromadiga oʻtkaziladigan olib qoʻyilgan mol-mulkni sotishga oid ijro hujjatlari boʻyicha kelib tushgan mablagʻlar alohida gʻaznachilik hisobraqamida jamlanadi va 3-ilovada belgilangan mablagʻlarning 70 foizi proporsional miqdorlarda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalariga hamda qolgan 30 foizi tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan ijro hujjatlari boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarning oluvchilar va budjet tizimi budjetlari darajalari oʻrtasidagi taqsimoti mablagʻlarning belgilangan qismi “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalariga hamda tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmalariga oʻtkazilganidan keyin amalga oshirilishi belgilansin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
13. Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev) Oliy sud (K.F. Kamilov), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) va Adliya vazirligi (R.K. Davletov) bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin:
bir oy muddatda fuqarolarning mol-mulkiga (pul mablagʻlari bundan mustasno) daxl qilmagan hamda ularga nisbatan huquqiy taʼsir va javobgarlik choralarini qoʻllamagan holda majburiy ijro etish mexanizmini (soddalashtirilgan majburiy ijro ishini yuritish institutini) joriy etish;
ikki oy muddatda elektr va issiqlik energiyasi, gaz, ichimlik suvidan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq jinoyatlarni, agar huquqbuzarlik natijasida ancha miqdordan kam boʻlgan zarar yetkazilgan boʻlsa, dekriminalizatsiya qilish.
14. Belgilansinki, 2020-yil 1-dekabrdan boshlab:
a) maʼmuriy jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari Byuro organlariga jarimani ixtiyoriy toʻlash uchun muddatlar tugaganidan soʻng taqdim etiladi, bunda jarimani ixtiyoriy toʻlash imkoniyati toʻgʻrisida huquqbuzarni xabardor qilgan holda unga maʼmuriy jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorning topshirilganligi yoki yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ijro hujjatiga majburiy tartibda ilova qilinadi;
b) ijro hujjatini majburiy ijro etish davomida qarzdorning xatlangan mol-mulki boshlangʻich narxdan 30 foizlik chegirma bilan, Davlat budjetiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha sotilayotgan mol-mulk esa — hududiy kengashlar qaroriga muvofiq 50 foizgacha chegirma bilan narxni oshirib borish uslubida oʻtkaziladigan dastlabki elektron onlayn-auksionga qoʻyiladi, bundan garovga qoʻyilgan mol-mulk bilan taʼminlangan qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari mustasno;
v) mulkiy tusga ega boʻlgan ijro hujjatlari boʻyicha undiriladigan ijro yigʻimi:
undiruv summasi 1 000 bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq boʻlmagan ijro hujjatlari boʻyicha — undirilayotgan summaning 5 foizi;
undiruv summasi 1 000 bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq boʻlgan ijro hujjatlari boʻyicha — undirilayotgan summaning 2 foizi miqdorida oʻrnatiladi.
Bunda, ijro yigʻimi qoʻllanilgan ijro ishlari birlashtirilgan taqdirda, qoʻllanilgan ijro yigʻimining miqdori oʻzgartirilmaydi;
g) Byuro organlari ish yurituvidagi ijro hujjatlari boʻyicha Jamgʻarmaga ayrim ajratmalar quyidagi miqdorlarda belgilansin:
Byuroning xodimlari tomonidan qoʻllaniladigan ijro yigʻimi summalarining 100 foizi;
ijro ishi yuritish boʻyicha Davlat budjetiga undirilgan summalarning (qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzini undirish bundan mustasno) 5 foizi.
15. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
2021-yil 1-martdan boshlab ijro hujjatlarida majburiy tartibda qarzdor-jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmagan jismoniy shaxs boʻyicha — shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek, qarzdor — yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami koʻrsatiladi;
elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish vazifasi — Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi;
elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish vazifasi — ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev) Oliy sud (K.F. Kamilov), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) va Adliya vazirligi (R.K. Davletov) bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan tegishli qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
16. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov) Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov), Adliya vazirligi (R.K. Davletov) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda:
uch oy muddatda maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan, shuningdek, yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshiruvchi davlat organlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarining davlat bojlari, maʼmuriy jarimalar va boshqa toʻlovlarni toʻlash yuzasidan interaktiv davlat xizmatlarini koʻrsatishga tayyorligini xatlov asosida oʻrganib chiqsin;
2021-yil 1-aprelga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat bojlarini va davlat organlari tomonidan solingan jarimalarni va boshqa toʻlovlarni tegishli bank va boshqa toʻlov tizimlari orqali onlayn tarzda toʻlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi alohida platforma yaratishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2021-yil 1-avgustga qadar mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan davlat organlarining davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi alohida platformaga bosqichma-bosqich ulanishini taʼminlasin.
17. Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev):
a) Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) bilan birgalikda ikki oy muddatda Ijro hujjatlari talablarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan qarzdor jismoniy shaxslar va olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolalarni qidirishda majburiy ijro va ichki ishlar organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibini qayta koʻrib chiqsin, bunda majburiy ijro organlari ichki ishlar organlarining axborot tizimlaridan foydalanish, shuningdek, MDH davlatlari axborot tizimlariga qidiruv tashabbuskori sifatida maʼlumot kiritishi tartibini nazarda tutsin;
b) Oliy sud (K.F. Kamilov) va Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) bilan birgalikda uch oy muddatda mahkum jazo oʻtayotgan muassasada qarzdorlikni, shu jumladan jinoyatlar oqibatida yetkazilgan zararlarni undirish jarayonidagi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganib chiqsin hamda sudlar, Byuro va Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi oʻrtasidagi axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
v) davlat daromadiga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarining ijro etilishini soʻzsiz taʼminlash maqsadida 2021-yil 1-iyulgacha Ijro hujjatlarining yagona elektron bazasini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirsin:
qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoki daromadlari boʻlmaganligi sababli qaytarilgan, davlat daromadiga undirishni nazarda tutadigan ijro hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni alohida yuritish hamda ulardan barcha manfaatdor shaxs va tashkilotlar uchun toʻsiqsiz foydalanish imkoniyatini yaratish;
davlat daromadiga undirishni nazarda tutadigan ijro hujjatlari qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoki daromadlari boʻlmaganligi sababli qaytarilganda, undiruvchiga ijro hujjatini toʻsiqsiz yangidan ijroga (jumladan portal orqali) topshirish imkoniyatini yaratish. Bunda davlat ijrochisi yangidan qoʻzgʻatilgan ijro ishi yuritish doirasida qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan barcha choralarni koʻrishi shart.
18. Oliy sud (K.F. Kamilov) Adliya vazirligi (R.K. Davletov), Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh.D. Kudbiyev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) bilan birgalikda uch oy muddatda nizosiz ishlarni hal etishning muqobil shakllarini oʻrganib chiqqan holda ijro hujjatlari turlarini qayta koʻrib chiqib, tegishli takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
19. Markaziy bank (M.B. Nurmuratov) Adliya vazirligi (R.K. Davletov) hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) bilan birgalikda ikki oy muddatda tijorat banklari tomonidan “muammoli” deb tasniflangan aktivlarni (kredit qarzdorligini) sessiya (talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish) shartnomasi asosida muayyan chegirma bilan realizatsiya qilish institutini, shuningdek, qarz bozorini boshqa sohalarda ham rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
20. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (A.I. Maksudov) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda ikki oy muddatda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni undirish yuzasidan sudlarga kiritiladigan arizalar boʻyicha ayrim toifadagi shaxslarni davlat boji toʻlashdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 5-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
23. Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev):
a) Byuroning yangi tashkil etilayotgan tumanlararo boʻlimlarini joylashtirish hamda faoliyat yuritishi uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika bazasini yaratish choralarini koʻrsin;
b) 2021-yil 1-sentabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Ijro ishini yuritish toʻgʻrisidagi kodeks loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini majburiy ijro organi hisoblanmagan boshqa manfaatdor davlat tashkilotlari tomonidan ixtiyoriy ravishda taʼminlash mexanizmini joriy etish;
ijro ishi yuritish ishtirokchilarining, shu jumladan ijro ishiga koʻmaklashuvchi davlat organlarining huquqiy maqomini, huquq va majburiyatlarini aniq belgilash;
davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha manfaatdor undiruvchi boʻlgan davlat organini aniqlash va ushbu ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni amalga oshirish mumkin boʻlmagan taqdirda, ularni mazkur davlat organiga ijrosiz qaytarish tartibini joriy etish;
mazkur sohadagi suiisteʼmolliklar hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida ijro xarajatlari va undirilgan mablagʻlarni taqsimlash institutini takomillashtirish;
sud qarorlarini ixtiyoriy ravishda ijro etishdan boʻyin tovlagan qarzdorlarni moddiy javobgarlikka tortishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratish;
v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
24. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori N.T. Yoʻldoshev hamda Byuro direktori belgilansin.
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, uning ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-yanvar, 2021-yil 1-iyul va 2022-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-noyabr,
PF-6118-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga
1-ILOVA
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish boʻyicha Respublika kengashi
TARKIBI

N.T. Yoʻldoshev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Respublika kengashi raisi

U.Sh. Tashxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari

D.S. Qosimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

K.F. Kamilov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud raisi

M.B. Nurmuratov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi

R.K. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

T.A. Ishmetov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

P.R. Bobojonov

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

Sh.D. Kudbiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

M.B. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

A.I. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

X.M. Kabirdjanov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori, Respublika kengashi kotibi

Izoh: Respublika kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga
2-ILOVA
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish boʻyicha hududiy kengashlarning
NAMUNAVIY TARKIBI

lavozimi boʻyicha

hokim, hududiy kengash raisi

lavozimi boʻyicha

viloyat prokurori, hududiy kengash raisi oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

jinoyat ishlari boʻyicha viloyat sudi raisi

lavozimi boʻyicha

fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat sudi raisi

lavozimi boʻyicha

viloyat iqtisodiy sud raisi

lavozimi boʻyicha

viloyat maʼmuriy sudi raisi

lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi xodimi

lavozimi boʻyicha

Markaziy bankning viloyat boshqarmasi rahbari

lavozimi boʻyicha

viloyat moliya bosh boshqarmasi boshligʻi

lavozimi boʻyicha

viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi

lavozimi boʻyicha

viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi

lavozimi boʻyicha

viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi

lavozimi boʻyicha

viloyat bojxona boshqarmasi boshligʻi

lavozimi boʻyicha

Byuroning hududiy boshqarmasi boshligʻi, hududiy kengash kotibi

Izoh: hududiy kengashlar aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga
3-ILOVA
Jinoyat natijasida davlatga yetkazilgan zarar, davlat bojlari, jinoiy va maʼmuriy jarimalar, davlat foydasiga boshqa turdagi undiruvlar hamda davlat daromadiga oʻtkaziladigan olib qoʻyilgan mol-mulkni sotishga oid ijro hujjatlari boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarning ayrim toifadagi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash uchun yoʻnaltiriladigan
MIQDORI

T/r

Hududlar nomlanishi

Miqdori*,
foizda

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

50

2.

Andijon viloyati

50

3.

Buxoro viloyati

50

4.

Jizzax viloyati

50

5.

Qashqadaryo viloyati

50

6.

Navoiy viloyati

50

7.

Namangan viloyati

50

8.

Samarqand viloyati

50

9.

Surxondaryo viloyati

50

10.

Sirdaryo viloyati

50

11.

Toshkent viloyati

50

12.

Fargʻona viloyati

50

13.

Xorazm viloyati

50

14.

Toshkent shahri

30

* Vazirlar Mahkamasi mablagʻlarning yoʻnaltiriladigan miqdoriga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5019-son Farmonining 2-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI

Boshliq

Boshliq yordamchisi



Boshliqning

birinchi oʻrinbosari

Boshliq oʻrinbosari

Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi

Boshliq oʻrinbosari —

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi


Axborot-tahlil boʻlimi

5

Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi

23

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi

19

Kadrlar boʻlimi

4

Hujjatli tekshirishlar boʻlimi

7



Ichki xavfsizlikni taʼminlash boʻlimi

3

Tashkiliy-nazorat boʻlimi

3



Surishtiruv boʻlimi

4

Birinchi boʻlim

6



Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻlimi

2


Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻlimi

8

Navbatchilik qismi

Ikkinchi boʻlim

6

Maxsus boʻlim

1


Tezkor-qidiruv faoliyati hisobi boʻlimi

4

Uchinchi boʻlim

6



Moliya-xoʻjalik boʻlimi

3


Terrorizmni moliyalashtirishga

qarshi kurashish boʻlimi

3

Aydar-Arnasoy koʻllari tizimi resurslaridan foydalanish sohasidagi iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻlimi

3


Murojaatlar bilan

ishlash boʻlimi

2


Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi

2

Metodologiya, xavflarni baholash va tipologiyalar boʻlimi

4

Xalqaro aloqalar boʻlimi

3


Axborotni toʻplash va unga ishlov

berish boʻlimi

3

Hududiy boshqarmalar va boʻlimlar

Kriminalistika laboratoriyasi

1

Departament boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 1 031 shtat birligi
shundan markaziy apparatda — 88 shtat birligi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5059-son Farmonida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari etib belgilansin:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlash;
ijro ishi yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlash yoki ijro etilishiga toʻsqinlik qilish, ijro ishi yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda majburiy ijro tizimi tezkorligi va samaradorligini taʼminlash;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish, davlat ijrochilari faoliyatining samaradorligini oshirish”;
b) 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
v) 5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilab qoʻyilsinki, Byuro tugatilayotgan Sud departamentining xoʻjalik shartnomalaridan kelib chiqadigan huquqlari va majburiyatlari boʻyicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi, sud hokimiyati yoki adliya organlarining balansiga oʻtkazilgan hamda ular tomonidan ishlatiladigan mulk (binolar, mablagʻlar va boshqa moddiy-texnikaviy boyliklar) va sud hokimiyatiga yoki adliya organlariga koʻrsatilgan xizmatlar (ishlar) bilan bogʻliq huquq va majburiyatlar bundan mustasno”;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi-yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi-oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ijro ishi yurituvi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirilgan summaning 5 foizi, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga undirilgan soliq qarzdorligi bundan mustasno”;
sakkizinchi xatboshidagi “80 foizi” soʻzlari “100 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Byuro xodimlari tomonidan koʻllaniladigan va undiriladigan jarimalar, shuningdek pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun bank yoki boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan qoʻllaniladigan va undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi”;
d) 7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5343-son Farmonida:
ikkinchi xatboshi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” soʻzlaridan keyin “(keyingi oʻrinlarda — Departament)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshi “har oylik ustamalar miqdori 50 foizni” soʻzlaridan keyin “shuningdek prokuratura organlarining ilmiy darajaga ega boʻlgan xodimlarining oylik maoshiga qoʻshiladigan har oylik ustamalar miqdori 30 foizni” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek Departament organlarining texnik va yordamchi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlar 2020-yil 1-noyabrdan boshlab, mazkur bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan chora-tadbirlar esa, 2020-yil 1-yanvardan boshlab — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;
uchinchi xatboshi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin;
“prokuratura organlarida pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddati kalendar hisobida yigirma yilni tashkil qiladi va pensiyaning bazaviy miqdorlari umumiy hisobda oʻrtacha oylik ish haqining 75 foizidan ortiqqa oshirilmaydi.
Prokuratura organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini pensiya bilan taʼminlash shartlari, meʼyorlari va tartibi sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shu jumladan ichki ishlar organlari xodimlarining pensiya taʼminoti boʻyicha taqdim etilgan imtiyozlarni nazarda tutgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
v) 8-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Belgilansinki, maʼlumotlar bazasiga kiritiladigan qarzdor jismoniy va yuridik shaxslar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan alohida yirik bitimlarni amalga oshirish, alohida turdagi moliya-kredit va davlat xizmatlari, xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlari, shuningdek davlat xizmatlaridan foydalana olmaydilar.
Jismoniy va yuridik shaxslarning bajarilmagan majburiyatlari mavjudligini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan yuritiladigan Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasini onlayn rejimda tekshirish orqali amalga oshiriladi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5438-son Farmonining 6-bandi yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Akademiya xodimlariga Davlat budjeti hisobidan prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustama hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq va ustamalar toʻlanadi;”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 6-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5566-son Farmoni 12-bandining ikkinchi xatboshisidan “va Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5816-son Farmonining 11-bandida:
ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“koʻchmas mulklar boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlashda kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorliklar haqidagi maʼlumotlarni faqat kommunal tashkilotlar axborot tizimlari orqali onlayn rejimda tekshirish tartibi oʻrnatilgan holda, tegishli kommunal tashkilotlardan bunday qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma olish talabi bekor qilinadi;
ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar Majburiy ijro byurosi axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshiriladi”;
uchinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-722-son qarorida:
birinchi xatboshidagi “sud ijrochilari” soʻzlari “davlat ijrochisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mulkiy xarakterdagi ijro hujjatlari boʻyicha — undiruv summasi bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshmagan taqdirda — undirilayotgan summaning 5 foizi miqdorda, undiruv summasi bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshgan taqdirda — undirilayotgan summaning 2 foizi miqdorda”;
toʻrtinchi xatboshidagi “eng kam ish haqining” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2) 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
birinchi xatboshidagi “sud ijrochisi” soʻzlari “davlat ijrochisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mulkiy xarakterdagi ijro hujjatlari boʻyicha — undiruv summasi bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshmagan taqdirda — undirilayotgan summaning 5 foizi miqdorda, undiruv summasi bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshgan taqdirda — undirilayotgan summaning 2 foizi miqdorda. Mulkiy xarakterdagi ijro hujjatini ijro etishda undiruvchiga belgilangan muddatda sotilmagan mol-mulk berilsa, ijro yigʻimi summasi ushbu mulk qiymatidan belgilanadi”;
uchinchi xatboshidagi “eng kam ish haqining” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “sud ijrochisi” soʻzlari “davlat ijrochisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “sud ijrochisiga” soʻzlari “davlat ijrochisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mol-mulkni davlat foydasiga oʻtkazish”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
g) 7-banddagi “Adliya vaziri” soʻzlari “Bosh prokurori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) III boʻlim oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
e) 16-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “sud ijrochisining” soʻzlari “davlat ijrochisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yo) 17-bandning birinchi xatboshisidagi “Sud departamentining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Sud departamentining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijro yigʻimini qaytarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan boshlab uzogʻi bilan ikki kun ichida qaytarish uchun Majburiy ijro byurosi markaziy apparatiga yuboriladi. Ijro yigʻimini qaytarish qaror olingan kundan boshlab besh bank kuni davomida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-sentabrdagi PQ-2036-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 711-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “respublika budjeti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 812-bandning beshinchi xatboshisidagi “Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “respublika budjeti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2065-son qaroriga 1 — 4-ilovalarning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“PRILOJENIYE № 1
k postanovleniyu Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 13-noyabrya 2013 goda № PP-2065
Razryadi po oplate truda po Yedinoy tarifnoy setke rabotnikov Generalnoy prokuraturi Respubliki Uzbekistan

Naimenovaniye doljnosti

Razryad

Razmer tarifnogo koeffitsiyenta

Generalniy prokuror

21‎

6,887

Perviy zamestitel Generalnogo prokurora

20‎

6,583

zamestitel Generalnogo prokurora

19‎

6,282

nachalnik upravleniya‎, Akademii Generalnoy prokuraturi

18‎

5,987

nachalnik samostoyatelnogo otdela, otdela v sostave upravleniya‎, kafedri (otdela, sentra), professor kafedri Akademii Generalnoy prokuraturi

17‎

5,694

starshiy sledovatel po osobo vajnim delam, pomoshnik Generalnogo prokurora‎, dotsent kafedri Akademii Generalnoy prokuraturi, starshiy programmist

16‎

5,407

sledovatel po osobo vajnim delam, starshiy prokuror upravleniya‎, samostoyatelnogo otdela i otdela, vxodyashego v sostav upravleniya, starshiy prepodavatel Akademii Generalnoy prokuraturi, programmist, starshiy spetsialist po informatsionnoy bezopasnosti

15‎

5,123

starshiy sledovatel, prokuror upravleniya, samostoyatelnogo otdela i otdela, vxodyashego v sostav upravleniya, prepodavatel, starshiy prokuror otdela (sentra) Akademii Generalnoy prokuraturi, administrator seti, administrator bazi dannix, veb-dizayner

14‎

4,842

prokuror otdela (sentra) Akademii Generalnoy prokuraturi

13‎

4,568

glavniy spetsialist

12‎

4,296

vedushiy spetsialist

11‎

4,027

spetsialisti:

I kategorii

10‎

3,767

II kategorii

9‎

3,510

Primechaniye: dopolnitelnie sredstva, neobxodimie dlya sverxustanovlennogo razmera tarifnogo koeffitsiyenta, s 1-yanvarya 2020 goda pokrivayutsya za schet sredstv Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan. Pri etom razreshayetsya, v poryadke isklyucheniya, nezavisimo ot ustanovlennogo zakonodatelstvom zapreta, viplata dopolnitelnogo materialnogo stimulirovaniya doljnostnim litsam, ukazannim v nastoyashem prilojenii, za schet vnebudjetnix sredstv organov prokuraturi s primeneniyem ustanovlennix razmerov tarifnogo koeffitsiyenta.
PRILOJENIYE № 2
k postanovleniyu Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 13-noyabrya 2013 goda № PP-2065
Razryadi po oplate truda po Yedinoy tarifnoy setke rabotnikov prokuraturi Respubliki Karakalpakstan, oblastnix prokuratur i g. Tashkenta

Naimenovaniye doljnosti

Razryadi po gruppam oblastey

Vne gruppi

Razmer tarif. koef.

1-ya gruppa

Razmer tarif. koef.

2-ya gruppa

Razmer tarif. koef.

3-ya gruppa

Razmer tarif. koef.

prokuror

20‎

6,583

19‎

6,282

18‎

5,987

18‎

5,987

perviy zamestitel prokurora

19‎

6,282

18‎

5,987

17‎

5,694

17‎

5,694

zamestitel prokurora

18‎

5,987

17‎

5,694

16‎

5,407

16‎

5,407

nachalnik otdela, starshiy pomoshnik prokurora, (pomoshnik prokurora po obespecheniyu vnutrenney bezopasnosti)

17‎

5,694

16‎

5,407

15‎

5,123

15‎

5,123

starshiy sledovatel po osobo vajnim delam

16‎

5,407

15‎

5,123

15‎

5,123

15‎

5,123

sledovatel po osobo vajnim delam

14‎

4,842

14‎

4,842

14‎

4,842

14‎

4,842

starshiy prokuror otdela, starshiy sledovatel

13‎

4,568

13‎

4,568

13‎

4,568

13‎

4,568

prokuror otdela, pomoshnik prokurora

12‎

4,296

12‎

4,296

12‎

4,296

12‎

4,296

glavniy spetsialist

11‎

4,027

11‎

4,027

11‎

4,027

11‎

4,027

spetsialisti:

I kategorii

9‎

3,510

9‎

3,510

9‎

3,510

9‎

3,510

II kategorii

8‎

3,260

8‎

3,260

8‎

3,260

8‎

3,260

Primechaniye:

Vne gruppi

1-ya gruppa

2-ya gruppa

3-ya gruppa

g. Tashkent

Respublika

Karakalpakstan,

Oblasti:

Buxarskaya

Oblasti:

Djizakskaya

oblasti:

Namanganskaya

Sirdarinskaya

Andijanskaya

Navoiyskaya

Kashkadarinskaya

Surxandarinskaya

Samarkandskaya

Xorezmskaya

Tashkentskaya

Ferganskaya

Razryadi i tarifnie stavki rabotnikov transportnix i prirodooxrannix prokuratur, priravnennix k oblastnim prokuraturam, ustanavlivayutsya v razmerax, predusmotrennix nastoyashim prilojeniyem dlya oblastnix prokuratur 1-y gruppi.
Dopolnitelnie sredstva, neobxodimie dlya sverxustanovlennogo razmera tarifnogo koeffitsiyenta, s 1-yanvarya 2020 goda pokrivayutsya za schet sredstv Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan.
PRILOJENIYE № 3
k postanovleniyu Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 13-noyabrya 2013 goda № PP-2065
Razryadi po oplate truda po Yedinoy tarifnoy setke rabotnikov gorodskix prokuratur

Naimenovaniye doljnosti

Razryadi po gruppam gorodov

1-ya gruppa

Razmer tarif. koef.

2-ya gruppa

Razmer tarif. koef.

prokuror

17‎

5,694

16‎

5,407

zamestitel prokurora

15‎

5,123

14‎

4,842

starshiy pomoshnik prokurora

14‎

4,842

13

4,568

sledovatel po osobo vajnim delam

13‎

4,568

— ‎

starshiy sledovatel

12‎

4,296

12‎

4,296

pomoshnik prokurora, sledovatel, stajer

11‎

4,027

11‎

4,027

Primechaniye:

1-ya gruppa

2-ya gruppa

g. Andijan

g. Gulistan

g. Buxara

g. Djizak

g. Karshi

g. Termez

g. Navoi

g. Urgench

g. Namangan

g. Nukus

g. Samarkand

g. Fergana

Dopolnitelnie sredstva, neobxodimie dlya sverxustanovlennogo razmera tarifnogo koeffitsiyenta, s 1-yanvarya 2020 goda pokrivayutsya za schet sredstv Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan.
PRILOJENIYE № 4
k postanovleniyu Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 13-noyabrya 2013 goda № PP-2065
Razryadi po oplate truda po Yedinoy tarifnoy setke rabotnikov rayonnix (gorodskix) i priravnennix k nim prokuratur

Naimenovaniye doljnosti

Razryad

Razmer tarifnogo koeffitsiyenta

prokuror

16‎

5,407

zamestitel prokurora

15‎

5,123

starshiy pomoshnik prokurora

13‎

4,568

starshiy sledovatel

12‎

4,296

sledovatel, pomoshnik prokurora, stajer

11‎

4,027

Primechaniye: dopolnitelnie sredstva, neobxodimie dlya sverxustanovlennogo razmera tarifnogo koeffitsiyenta, s 1-yanvarya 2020 goda pokrivayutsya za schet sredstv Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan”.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2568-son qarorining rus tilidagi matni 31-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Fonda razvitiya Byuro prinuditelnogo ispolneniya” soʻzlari “Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3016-son qarorida:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) va tumanlararo boʻlimlarining namunaviy tuzilmalari 2-3a-ilovalarga muvofiq”;
oltinchi xatboshi “tuman” soʻzidan keyin “va tumanlararo” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2) 2-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) boshqaruv xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan cheklangan soni 3 542 nafar, shu jumladan markaziy apparatda 82 nafar etib belgilansin”;
3) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisidan “maqomi” degan soʻz chiqarib tashlansin;
4) 9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
5) qarorga 1 — 3-ilovalar quyidagi tahrirdagi 1 — 3a-ilovalar bilan almashtirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining
tashkiliy-shtat tuzilmasi

Direktor

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi

2

Direktor yordamchisi



Direktorning birinchi oʻrinbosari — Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshligʻi

Direktor oʻrinbosari — Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi boshligʻi

Kadrlar boshqarmasi

5

Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot boʻlimi

2


Ichki xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi

5

Huquqiy taʼminlash
va xalqaro-huquqiy aloqalar boʻlimi

6

Tashkiliy-nazorat
va tahlil boshqarmasi

8

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi

23



Birinchi boʻlim

1

Ishlar boshqarmasi

5

Nazoratni tashkillashtirish, statistika va tahlil boʻlimi

4

Jinoyat ishlari boʻyicha va maʼmuriy sudlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

3

Moliya-rejalashtirish boʻlimi

3

Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi

4

Iqtisodiy sudlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

4


Taftish boʻlimi

2

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

7

Hududiy boshqarmalar


Tezkor-qidiruv faoliyati hisobi shuʼbasi

1

Tuman (shahar) boʻlimlari

Ichki ishlar, soliq va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

3

Tumanlararo boʻlimlari

Navbatchi qism

3

Alohida muhim ijro ishlarni ijro etish boʻlimi

3


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish markazi

12

Qidiruv boʻlimi

3

Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 82 birlik,
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga
2-ILOVA
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining
namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻyicha katta inspektor

Boshqarma boshligʻi

Ichki xavfsizlikni
taʼminlash shuʼbasi

1 — 3



Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari — Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi boshligʻi

Kadrlar shuʼbasi

2

Birinchi boʻlim

1


Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot shuʼbasi

2-3

Moliya-xoʻjalik boʻlimi

4

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

4 — 6

Tashkiliy nazorat va tahlil shuʼbasi

2

Murojaatlar bilan ishlash shuʼbasi

3


Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish shuʼbasi

2

Taftishchi

1

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish shuʼbasi

1


Qidiruv shuʼbasi

2 — 8


Tuman (shahar)

boʻlimlari


Depozit hisobvaraqlari bilan ishlash guruhi (shuʼbasi)

1


Tumanlararo ixtisoslashtirilgan
ijro boʻlimlari

Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 29 — 40 birlik.
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 484 birlik.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga
3-ILOVA
Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlarining
namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi

Boʻlim boshligʻi



Boshliq oʻrinbosari

0-1

Depozit boʻyicha mutaxassis

0,5 — 1


Davlat ijrochisi

0 — 60

Umumiy shtat birliklari soni 1,5 — 63 birlik, shundan davlat ijrochilari — 1 — 62 birlik.
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi, bunda har bir tuman (shahar) boʻlimida kamida 1 nafar ish yurituvchi nazarda tutiladi.
Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlarining umumiy cheklangan soni 2 701 birlik, shundan davlat ijrochilari — 2 588 birlik.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga
3a-ILOVA
Majburiy ijro byurosi tumanlararo boʻlimlarining
namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi

Boʻlim boshligʻi


Davlat ijrochisi

836

Boshqaruv xodimlari umumiy shtat birliklari soni 9 — 37 birlik. Majburiy ijro byurosi tumanlararo boʻlimlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 275 birlik.
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi, bunda har bir tumanlararo boʻlimida kamida 1 nafar ish yurituvchi nazarda tutiladi.
** Qoraqalpogʻiston Respublikasi va har bir viloyatda bittadan tumanlararo boʻlim, Toshkent shahrida 2 tumanlararo boʻlim faoliyat yuritadi.
*** Tumanlararo boʻlimlar tashkiliy-nazorat va material-texnik taʼminoti Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Tumanlararo boʻlimlar xodimlar soni va saqlashga xarajatlar Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmalari shtatlar jadvali va xarajatlar smetasida aks etadi”;
6) 4-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi toʻgʻrisidagi Nizom)da:
a) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “tuman (shahar)” soʻzlaridan keyin “va tumanlararo boʻlimlarining” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 5-banddan “tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) prokurorlariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
v) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari hisoblanadi:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlash;
ijro ishi yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlash yoki ijro etilishiga toʻsqinlik qilish, ijro ishi yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda majburiy ijro tizimi tezkorligi va samaradorligini taʼminlash;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish, davlat ijrochilari faoliyatining samaradorligini oshirish”;
g) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Byuro oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlash sohasida:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini taʼminlaydi, majburiy ijro etish qonun bilan boshqa davlat organlariga yuklatilgan hujjatlar bundan mustasno;
vakolatli organlarning mol-mulkni, shu jumladan huquqbuzarlik buyumlari va qurollari hamda ashyoviy dalillarni davlat daromadiga oʻtkazish yoki yoʻq qilib tashlashni nazarda tutuvchi qarorlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro qiladi;
xatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulkning baholanishi, saqlanishi va sotilishini tashkil qiladi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini taʼminlashda, shu jumladan qarzdorlarning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkini qidirishda davlat organlari, kredit va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, ushbu maqsadlarda koʻrsatilgan davlat organlarining maʼlumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanadi;
qarzdor — jismoniy shaxslar va olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirishni amalga oshiradi, bu maqsadlarda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;
oʻz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, takliflari va shikoyatlarini koʻrib chiqadi;
aholining huquqiy madaniyatini oshirish, qonun va odil sudlovni hurmat qilish, jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini soʻzsiz va ixtiyoriy ravishda bajarish zaruriyatini shakllantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik bilan hamkorlik qiladi, ularni oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi, ushbu maqsadlarda seminarlar, brifinglar, press-konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni oʻtkazadi;
b) ijro ishi yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlash yoki ijro etilishiga toʻsqinlik qilish, ijro ishi yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasida:
ijro ishi yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shu jumladan ijro ishi yuritish taraflari, baholash tashkilotlari, ijro hujjatlar boʻyicha mol-mulkni saqlash va sotish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, bank va boshqa kredit tashkilotlari, qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar (shaxslar) hamda majburiy ijro organi hisoblanmagan va sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijrosini taʼminlovchi tashkilot va mansabdor shaxslar, shuningdek qarzdorlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan huquqiy taʼsir choralarini amalga oshiruvchi tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, bartaraf etish, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash choralarini koʻradi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilmaslik holatlarini aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olishda ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
sud qarori yoki boshqa ijro hujjatlarini bajarmaslik, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish, shuningdek voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlashga, ijro ishi yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklar boʻyicha surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiradi;
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritadi, Byuro vakolatiga taalluqli ishlarni koʻrib chiqadi va maʼmuriy jazo qoʻllaydi;
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish amaliyotini tahlil qiladi, ularning hisobini olib boradi hamda ushbu sohada yagona amaliyotni shakllantirish choralarini koʻradi;
Byuro vakolatiga taalluqli ishlar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv oʻtkazadi, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi;
tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv oʻtkazish, protsessual qarorlar qabul qilish, tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish amaliyotini oʻrganib boradi, ularning hisobini yuritadi va bu borada faoliyat samaradorligini oshirish choralarini koʻradi;
v) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda majburiy ijro tizimi tezkorligi va samaradorligini taʼminlash sohasida:
ijro hujjatlari hamda undirilgan mablagʻlarning haqqoniy hisobini yuritadi;
Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasini yuritadi;
ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari boʻyicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi ishlashini taʼminlaydi;
Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi ishlashini taʼminlaydi;
qonun hujjatlari bilan belgilangan roʻyxatga muvofiq yirik bitimlar, ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlari, xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlarini amalga oshirishda ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanmagan qarzdorlik mavjudligini onlayn rejimda tekshirish uchun (huquqiy taʼsir choralarini amalga oshirish uchun) davlat organlari va tashkilotlarining Byuro maʼlumotlar bazalariga ulanishini taʼminlaydi;
Byuro organlari ish yurituvidagi ijro hujjatlari boʻyicha ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan monitoringi boʻyicha davlat interaktiv xizmatini koʻrsatadi;
elektron onlayn-auksionlar operatori bilan elektron hamkorlik qiladi hamda ijro harakatlarini olib borish davomida xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish taomiliga elektron tijoratni joriy etish boʻyicha choralar koʻradi;
Byuro zimmasiga yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan va samarali bajarish maqsadida majburiy ijro organlari axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazasini takomillashtirish choralarini koʻradi;
Byuro organlarida axborot xavfsizligini taʼminlash va shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish choralarini koʻradi;
axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazasini ishlatish, axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida Byuro xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
g) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish sohasida:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish masalasida xorijiy davlatlar majburiy ijro organlari va boshqa vakolatli davlat organlari bilan xalqaro hamkorlik qiladi;
xalqaro shartnomalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining sud qarorlari ijrosiga oid qismi hamda ijro hujjatlari boʻyicha jismoniy shaxslar-qarzdorlarni qidirish qismi bajarilishini tashkil qiladi;
xorijiy davlatlarning majburiy ijro organlari, boshqa vakolatli organlari hamda ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar bilan sud hujjatlarini ijro etishda oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish masalalarida, shuningdek qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari boʻyicha aktivlarni qaytarish masalalarida hamkorlik qiladi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida hamkorlik masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Byuro vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan, shuningdek Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi bilan belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik qiladi;
d) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish, davlat ijrochilari faoliyatining samaradorligini oshirish sohasida:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda uni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
ijro ishi yuritish tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi, oʻz vakolati doirasida ijro ishi yuritishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;
samarali ish uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qiladi, Byuro davlat ijrochilari va boshqa xodimlarini boshlangʻich tayyorlash, qayta tayyorlash va kasb mahoratini oshirish choralarini koʻrish boʻyicha tizimli ishlarni olib boradi;
erishgan natijalarga qarab Byuro xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi, Byuro davlat ijrochilari va boshqa xodimlari ishini reyting baholash tizimini joriy etadi;
Byuro organlarida ichki xavfsizlikni taʼminlaydi, Byuro organlari xodimlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, xizmatni oʻtash bilan bogʻliq xodimlar va ularning oila aʼzolarining shaxsiy hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkini tahdidlardan himoya qilish choralarini koʻradi;
ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiisteʼmolchilik holatlarining oldini olish boʻyicha choralar koʻradi;
Byuro organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish boʻyicha tizimli ish olib boradi, Byuro organlarida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini (“komplayens-nazorat”) joriy etadi va ishlashini taʼminlaydi;
davlat ijrochilari va boshqa xodimlar tomonidan Majburiy ijro organlarida xizmatni oʻtash qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlaydi.
Byuro qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin”;
oʻn yettinchi xatboshida “qidiruv eʼlon qilish” soʻzlaridan keyin “va uni amalga oshirish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“b” kichik band chiqarib tashlansin;
e) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Byuro sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini taʼminlash, shuningdek yuklatilgan boshqa vazifalarni samarali bajarish uchun javobgardir”;
yo) 15-bandning “i” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
j) quyidagi mazmundagi 151-band bilan toʻldirilsin:
“151. Byuro direktori tashabbuskor va malakali mutaxassislardan iborat doimiy faoliyat yuritadigan, shuningdek davlat organlari va tashkilotlar mutaxassislaridan iborat boshqa belgilangan toʻlovlardan tashqari Byuroning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoʻshimcha ravishda har oylik mehnat haqi fondining (pul taʼminotining) ikki baravarigacha boʻlgan miqdorda haq toʻlanadigan ekspert-tahlil guruhlarini tuzishga haqli”;
z) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Byuroning tuman (shahar), tumanlararo boʻlimlari boshliqlari katta davlat ijrochilari, ularning oʻrinbosarlari tegishincha katta davlat ijrochilari oʻrinbosarlari hisoblanadi”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Byuroning markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari (bosh inspektorlar bundan mustasno) va uning hududiy boshqarmalari boshliqlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi”;
toʻrtinchi xatboshi “tuman (shahar)” soʻzlaridan keyin “va tumanlararo” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
k) 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Byuroning markaziy apparati va hududiy tuzilmalarning (moliya-xoʻjalik tuzilmalari bundan mustasno) xodimlari oʻz maqomiga koʻra prokuratura organlari xodimlari hisoblanadi.
Maqomiga koʻra prokuratura organlari xodimlari hisoblangan xodimlarga darajali unvonlar beriladi va ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq xizmatni oʻtaydilar”;
l) 22-bandning birinchi xatboshisidagi “shuningdek, maxsus toifalar beriladigan mansablarni egallab turgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7) 5-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida va Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi Nizom)da:
a) nomidan “va Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1-banddagi “va Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 2 va 4-bandlar, 9-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari, 10-band, 13-bandning birinchi xatboshisi, 26-bandning birinchi xatboshisi, 28-band, 35-bandning birinchi xatboshisi, 36-band, 39-bandning oltinchi xatboshisi, 46-band, 47-bandning ikkinchi va yettinchi xatboshilari, 67-bandning uchinchi xatboshisi, 68 va 70-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Inspeksiya” va “va Inspeksiya” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Byuroda xizmatni oʻtashning huquqiy asoslarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni, ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (keyingi oʻrinlarda Bosh prokuror deb yuritiladi) va Byuro direktorining buyruqlari tashkil qiladi”;
d) 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Byuroda xizmat qilish uchun yurisprudensiya, moliya, iqtisodiyot, va boshqa sohalarda oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotli, sogʻligʻiga koʻra xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan, zarur kasb-kor va maʼnaviy fazilatlarga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.
Bunda Byuroning davlat ijrochilari lavozimlariga oliy yoki oʻrta maxsus yuridik maʼlumotga ega, ayrim hollarda boshqa mutaxassislikdagi oliy maʼlumotga ega shaxslar, Byuroning boshqa lavozimlariga — oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotli boshqa mutaxassislikka (iqtisodchi, moliyachi, muhandislar va boshqalar) ega shaxslar ham tayinlanadi.
Yuridik maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni davlat ijrochisi lavozimiga xizmatga qabul qilish, alohida hollarda Byuro direktorining yozma ruxsati va Byuroning markaziy apparatida tuzilgan maxsus komissiyaning nomzodni davlat ijrochisi xizmat vazifalarini bajarishga malakasi, kasb mahorati va ish tajribasi muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi asosida ruxsat etiladi.
Ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan tartib tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv va maʼmuriy amaliyot faoliyati bilan shugʻullanadigan Byuro tuzilmalarida xizmatni oʻtash uchun nomzodlarga ham tatbiq etiladi.
Byuro organlarida lavozimlarni (shu jumladan rahbar lavozimlarni) egallash uchun mutaxassislik, maʼlumot darajasi va minimal ish tajribaga qoʻyiladigan talablar Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadi.
7. Byuroga xizmatga qabul qilish, tarkibi Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan konkurs komissiyasi tomonidan nomzodlarning ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganish, shu jumladan bilim darajasi, zarur kasb malakasi va ishchanlik qobiliyatini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan konkurs asosida amalga oshiriladi.
Byuroga xizmatga qabul qilishda zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sogʻligʻi imkon berishini aniqlash maqsadida nomzodlar majburiy tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi”;
e) 8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Xodimlarni xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash Bosh prokuror, Byuro direktori yoki Byuroning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) boshliqlarining buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi”;
yo) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Xodimlarning lavozimlari roʻyxati Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan shtat jadvali bilan belgilanadi.
Byuro faoliyatining ichki tizimini tashkil etish tegishlicha Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan Reglament hamda hududiy boshqarmalarning Namunaviy reglamenti bilan belgilanadi”;
j) quyidagi mazmundagi 131-band bilan toʻldirilsin:
“131. Davlat ijrochisi lavozimiga ilk bor yoki davlat ijrochisi maqomidagi boshqa lavozimga (bosh davlat ijrochisi yoki uning oʻrinbosari lavozimi bundan mustasno) tayinlanayotgan shaxs (Byuro organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar bundan mustasno) ishlashiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida maxsus oʻquv kursini oʻtaganidan keyin ruxsat beriladi”;
z) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Xodimlar xizmatni oʻtash davrida Bosh prokuror tomonidan tasdiqlanadigan prokuratura organlari xodimlarining kasb odobnomasiga rioya qilishlari shart.
Prokuratura organlari xodimlarining kasb odobnomasi talablarini buzish belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi. Mazkur qoidalar buzilishining har bir holati boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi.
Xizmat tekshiruvni oʻtkazish davrida Byuro xodimi vaqtinchalik, lekin bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Xizmat tekshiruvini oʻtkazish va Byuro xodimini vaqtinchalik xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi”;
birinchi xatboshidan “va Inspeksiya” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “Byuro direktori va Inspeksiya boshligʻi” soʻzlari “Bosh prokuror” soʻzlari bilan almashtirilsin;
k) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Byuro xodimlariga Bosh prokuror tomonidan belgilangan shaklda va tartibda xizmat guvohnomalari beriladi.
Byuro direktori xizmat guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti imzosi qoʻyilgan holda beriladi.
Byuroning Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadigan xodimlariga xizmat guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (keyingi oʻrinlarda Bosh prokuratura deb yuritiladi) tomonidan beriladi.
Guvohnoma Byuro xodimining aybi bilan yoʻqotilishi lavozimdagi nojoʻya xatti-harakat hisoblanadi va intizomiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Guvohnoma yoʻqotilishining har bir holati boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi”;
l) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Xodimlarni egallab turgan lavozimlariga xizmat boʻyicha muvofiqligini aniqlash maqsadida Byuro direktori tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda attestatsiya oʻtkaziladi.
Lavozimiga Bosh prokurorning buyruqlari bilan tayinlanadigan xodimlar Bosh prokuraturaning attestatsiya komissiyasi tomonidan, lavozimiga Byuro direktori, Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan tayinlanadigan xodimlar esa — tegishlicha Byuro va uning hududiy boshqarmalarining attestatsiya komissiyalari tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi”;
m) 19-bandning uchinchi xatboshisidagi “tegishlicha Byuro direktori va Inspeksiya boshligʻi” soʻzlari “Bosh prokuror” soʻzlari bilan almashtirilsin;
n) 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Xodimlarga egallab turgan lavozimiga mutanosib ravishda quyidagi darajali unvonlar beriladi:
2-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Byuro direktori;
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Byuro direktori oʻrinbosarlari;
adliya katta maslahatchisi — Byuro markaziy apparati boshqarma va boʻlim boshliqlari, Byuroning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi direktori (keyingi oʻrinlarda — Markaz), Byuroning hududiy boshqarma boshliqlari;
adliya maslahatchisi — Byuro direktori yordamchisi, boshqarma va boʻlim boshliqlari oʻrinbosarlari, Byuroning markaziy apparati bosh surishtiruvchisi, bosh taftishchisi, bosh inspektorlari, Markaz direktori oʻrinbosari, boʻlim boshliqlari, Byuroning hududiy boshqarma boshliqlari oʻrinbosarlari, Byuro hududiy boshqarmalarining boʻlim boshliqlari, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻyicha katta inspektorlari, ichki xavfsizlikni taʼminlash shuʼbasi katta inspektorlari, Byuro tuman (shahar) va tumanlararo boʻlim boshliqlari — katta davlat ijrochilari;
adliya kichik maslahatchisi — Byuro markaziy apparati katta surishtiruvchilari, katta inspektorlari, Markaz dasturchilari, maʼmurlari, muhandislari, shuʼba mudirlari, axborot texnologiyalari mutaxassisi, Byuro hududiy boshqarmalarining katta surishtiruvchilari, surishtiruvchilari, katta inspektorlari, inspektorlari, bosh taftishchilari, katta taftishchilari, axborot texnologiyalari mutaxassislari, tuman (shahar) boʻlim boshliqlari oʻrinbosarlari;
1 va 2-darajali yurist — Byuro tuman (shahar) boʻlimlari davlat ijrochilari, surishtiruvchilari, qidiruv boʻyicha katta inspektorlari, murojaatlar bilan ishlash katta inspektorlari;
3-darajali yurist — birinchi marta attestatsiyadan oʻtgan va lavozimga tayinlangan xodimlarga beriladi.
Ushbu Nizomning 67-bandida sanab oʻtilgan xodimlarga lavozimidan qatʼi nazar, darajali unvonlar oʻz vaqtida beriladi”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boshqa darajali unvonlar Byuro direktorining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror tomonidan beriladi”;
uchinchi xatboshidagi “Byuro va Inspeksiyaga” soʻzlari “Byuroga” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “Majburiy ijro byurosining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “Byuro direktori” soʻzlari “Bosh prokuror” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Byuro direktori, Inspeksiya boshligʻi, Byuro va Inspeksiyaning hududiy boshqarma boshliqlari” soʻzlari “Byuro direktori, Byuroning hududiy boshqarma boshliqlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“Qimmatbaho sovgʻa, Faxriy yorliq bilan taqdirlash, navbatdan tashqari darajali unvon yoki navbatdagi darajali unvonni belgilangan muddatdan oldin yoxud egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar berish, “Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining Faxriy xodimi”, I, II, III darajali “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori hamda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Faxriy yorligʻi bilan mukofotlash Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi”;
s) 351 va 40-bandlar, 41-bandning ikkinchi xatboshisi, 43-band, 44-bandning birinchi xatboshisi, 441-banddagi tegishli kelishikdagi “Inspeksiya boshligʻi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
t) 38-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Byuro direktori, Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlari boʻysunuvidagi xodimlarga nisbatan hayfsan va jarima shaklidagi intizomiy jazolarni qoʻllashlari mumkin. Bundan tashqari, ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlardagi kelishish tartibiga rioya qilgan holda xizmatga qabul qilish va lavozimiga tayinlash oʻz vakolatiga kiruvchi xodimlarning lavozimini pasaytirishi yoxud xizmatdan boʻshatishi mumkin”;
uchinchi xatboshidagi “Inspeksiyada” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “va Inspeksiya” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “Inspeksiya boshligʻining oʻrinbosarlari, Byuro va Inspeksiya hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek Byuroning, Inspeksiyaning markaziy apparatlari” soʻzlari “hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek Byuroning markaziy apparati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
x) 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49. Kadrlar zaxirasiga nomzodlar Byuro direktori, uning oʻrinbosarlari, Byuro markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari rahbarlari va hududiy boshqarmalar boshliqlari, shuningdek prokuratura organlari, Byuro attestatsiya komissiyalari tomonidan taqdim etiladi.
Masʼuliyatli, malakali va tajribali xodimlarning xizmat pogʻonasida yuqorilab borishini taʼminlash maqsadida Byuroning kadrlar boshqarmasi tomonidan ichki xavfsizlikni taʼminlash boshqarmalari va Byuroning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda kadrlar zaxirasiga nomzodlarni xolisona tanlash, ularni oʻrganish hamda kasbga tizimli ravishda tayyorlash amalga oshiriladi”;
s) 50-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Byuro va uning hududiy boshqarmalarining rahbar lavozimlariga kadrlar zaxirasi tegishlicha Byuro va uning hududiy boshqarmalarining hayʼatlarida tasdiqlanadi”;
ch) 53-bandning birinchi xatboshisidagi “Inspeksiya xodimlari xizmat avtotransporti va maxsus vositalar bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
sh) 55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“55. Byuro xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Bosh prokuror tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
e) 56-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“56. Xodimlarga davomiyligi oʻttiz kalendar kundan iborat haq toʻlanadigan yillik taʼtil beriladi. Oʻn yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga davomiyligi besh kalendar kun, oʻn besh yildan ortiq ish stajiga ega boʻlganlarga davomiyligi oʻn kalendar kun, yigirma yildan ortiq ish stajiga ega boʻlganlarga esa davomiyligi oʻn besh kalendar kun haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“63. Byuroda xizmatni oʻtash xodim ishdan boʻshatilganda tugatiladi”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bosh prokuror, Byuro direktori va hududiy boshqarmalari boshliqlarining tashabbusi bilan”;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bosh prokuror, Byuro direktori va hududiy boshqarmalari boshliqlarining tashabbusi bilan xizmat oʻtashni tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi”;
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xodimning Byuroda xizmatda boʻlishining eng yuqori yoshiga yetishi”;
ya) 64-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xizmatda boʻlish yoshining chegarasiga yetgan, yuqori kasbiy tayyorgarlik va egallab turgan lavozimida katta amaliy ish tajribasiga ega, zimmasiga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sogʻligʻi imkon beradigan xodim oʻz vakolatlari doirasida Bosh prokuror yoki Byuro direktorining roziligi bilan Byuroda xizmatni davom ettirishi mumkin”;
ya1) 66-bandning birinchi xatboshisidagi “Byuro direktori, Inspeksiya boshligʻi” soʻzlari “Bosh prokuror” soʻzlariga almashtirilsin;
ya2) 72-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“72. Byuro va uning xodimlari oʻrtasidagi mehnat nizolari Bosh prokuror va Byuro direktori tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin”;
ya3) nizomning ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining darajali unvonlarga ega boʻlgan xodimlari mansab maoshlariga alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustamalar
MIQDORLARI

Boʻlinmalarning nomlanishi

Mansab maoshiga ustamalarning miqdori (foizlarda)

Markaziy apparat

50

Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning boshqarmalari

50

Tuman (shahar) va tumanlararo boʻlimlari

50

8) 6-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Razryadlar

Byuro direktori

19

Byuro direktorining birinchi oʻrinbosari*

Byuro direktorining oʻrinbosari*

Boshqarma boshligʻi**

18

Boʻlim boshligʻi**

17

Bosh, hisobchi

17

Bosh: surishtiruvchi, taftishchi, inspektor, Byuro direktorining yordamchisi

15

Katta: surishtiruvchi, taftishchi, inspektor

14

* Byuro direktorining birinchi oʻrinbosariga Byuro direktori stavkasidan — 3%, Byuro direktorining oʻrinbosariga — 5% kam miqdorda.
** Byuro boshqarma va boʻlim boshligʻi oʻrinbosariga boshqarma va boʻlim boshligʻi stavkasidan 5% kam miqdorda”;
9) 8-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Byuroning shaharlar, Toshkent shahar tumanlari va tumanlararo boʻlimlari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Shaharlar va tumanlar guruhlari boʻyicha razryadlar

Guruhdan tashqari**

1-guruh

2-guruh

Boʻlim boshligʻi — katta davlat ijrochisi

15

15

14

Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari*

Davlat ijrochisi

14

14

13

depozit boʻyicha mutaxassis

12

12

12

* Byuro shahar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosariga boʻlim boshligʻi stavkasidan 5% kam miqdorda.
** Byuroning Toshkent shahar tumanlari, shuningdek tumanlararo boʻlimlari guruhdan tashqari toifaga tegishli.

1-guruh

2-guruh

Andijon shahri,

Guliston shahri,

Buxoro shahri,

Jizzax shahri,

Qarshi shahri,

Termiz shahri,

Navoiy shahri,

Urganch shahri

Namangan shahri,

Nukus shahri,

Samarqand shahri,

Fargʻona shahri”;

10) 9-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Byuro tuman (shahar) boʻlimlari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Razryadlar

Boʻlim boshligʻi—katta davlat ijrochisi

14

Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari*

Davlat ijrochisi

13

Depozit boʻyicha mutaxassis

12

* Byuro tuman (shahar) boʻlimi boshligʻining oʻrinbosariga boʻlim boshligʻi stavkasidan 5% kam miqdorda”.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi “Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3060-son qarorida:
1) 1-bandning ikkinchi va beshinchi xatboshilari hamda 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
ikkinchi — beshinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Jamgʻarmani boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari boshqaradigan Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori shuningdek boshqa masʼul shaxslar ham kiradi.
Jamgʻarma mablagʻlari toʻplanishi va sarflanishini tezkor boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.”;
oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 5-band hamda 1 va 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
a) 2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jamgʻarmaning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb yuritiladi) organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek majburiy ijro tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, Byuro va prokuratura organlari faoliyatini taʼminlashga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirish hisoblanadi”;
b) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
v) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
vakolatli organlar tomonidan olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablagʻlarning 8 foizi;
Byuro organlari tomonidan olib qoʻyilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulklarni sotishdan tushgan mablagʻlarning 8 foizi;
ijro ishi yurituvi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirilgan summaning 5 foizi, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga undirilgan soliq qarzdorligi bundan mustasno;
davlat ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yigʻimi mablagʻlarining 100 foizi;
Byuro xodimlari tomonidan qoʻllaniladigan va undiriladigan jarimalar, shuningdek pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun bank yoki boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan qoʻllaniladigan va undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Byuro, shuningdek prokuratura organlarining Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarid qilingan asosiy vositalarini sotishdan olingan mablagʻlarning 50 foizi, qolgan 50 foizi davlat budjetiga oʻtkaziladi. Byuro va prokuratura organlari tomonidan asosiy vositalar ommaviy savdolarda sotilgan taqdirda, mablagʻlarni taqsimlash ularni baholash va sotish xarajatlari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshiriladi;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar”;
g) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
bino va inshootlarini saqlash, foydalanish, qurish va taʼmirlashga;
Byuro organlarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga, shu jumladan ularni zarur inventarlar, mebel, aloqa, kompyuter va boshqa orgtexnika hamda boshqa vositalar bilan taʼminlashga, shuningdek kommunal-foydalanish va boshqa joriy xarajatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanmagan qismiga;
xizmat va maxsus avtotransport, shuningdek boshqa texnika vositalarini sotib olishga, ularga servis xizmati koʻrsatish, ehtiyot qismlari va yoqilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlashga;
Byuro xodimlari mehnatga haq toʻlash fondining Davlat budjetidan moliyalashtirilmaydigan qismini moliyalashtirishga, shuningdek Byuro xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga va ijtimoiy muhofaza qilishga (xizmat uy-joy qurish, sanatoriya-kurort va tibbiy xizmat koʻrsatish, mukofotlar toʻlash, maoshlarga ustamalar belgilash, moddiy yordam koʻrsatish va hokazo);
qoʻshimcha xodimlarni saqlab turishga, shuningdek tegishli mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida Byuroga ishga jalb qilishga;
belgilangan tartibda Byuro xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun toʻlovlarni kompensatsiya qilishga;
prokuratura organlari xodimlariga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish boʻyicha kreditlarning dastlabki badalini kiritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foizsiz qarz berishga;
Byuro organlari xodimlariga ovqatlanish va yoʻlkira xarajatlari uchun oylik toʻlovlar toʻlab berishga;
axborot tizimlari, shu jumladan axborot-kompyuter tizimlari, Byuro maʼlumotlar bazasi va axborot resurslarini tashkil etish, xizmat koʻrsatish, boshqarish, takomillashtirish va kengaytirish hamda Byuro organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligiga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishga;
Byuro xodimlarini, shu jumladan xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalarida oʻqitish, malakasini oshirish hamda stajirovka oʻtashiga;
Byuro vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etishga;
Byuro xodimlarining mamlakat ichkarisidagi va uning tashqarisidagi xizmat safari xarajatlarini toʻlashga;
Byuroning seminarlari, davra suhbatlari, konferensiyalari, amaliy mashgʻulotlari, treninglari, profilaktika va boshqa tadbirlarini oʻtkazishga;
Byuro faoliyati uchun zarur boʻlgan bosma va boshqa materiallar bilan taʼminlashga;
Sud ijrochilarning xalqaro ittifoqi, boshqa ixtisoslashtirilgan xalqaro va regional tashkilotlarda aʼzolik uchun badal toʻlashga;
davlat daromadiga oʻtkazilgan aktivlarni xorijiy davlatlardan qaytarish bilan bogʻliq boʻlgan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini ijro etilishini taʼminlash uchun Byuro tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarni, shu jumladan xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, oʻzga tashkilotlarning axborot-maslahat xizmatlari, huquqiy va boshqa xizmatlarni, yigʻim va bojlarni moliyalashtirishga (qaytarilgan aktivlar yoki ular sotilishidan tushgan mablagʻlar hisobidan ushbu xarajatlarni Jamgʻarmaga qoplash (qaytarish) sharti bilan);
Majburiy ijro tizimi, Byuro organlari va boshqa prokuratura organlari faoliyati samaradorligini taʼminlash va takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlarga”;
d) 8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
e) 9-banddagi “Byuro va prokuratura” va “Jamgʻarma direksiyasi” soʻzlari tegishlicha “Byuroning hududiy boshqarmalari va boshqa” va “Byuro” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yo) 10-banddagi “va prokuratura organlari rahbarlari” soʻzlari “direktori” soʻzi bilan almashtirilsin;
j) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Xarajatlarni moliyalashtirish Byuro organlari va boshqa prokuratura organlari tomonidan Byuroga taqdim etiladigan talabnomalar, toʻlovlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi”;
z) 13-banddan “Byuro va prokuratura organlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
i) 14-banddagi “Byuro va prokuratura organlari tomonidan Jamgʻarma Direksiyasiga” soʻzlari “Byuro organlari va boshqa prokuratura organlari tomonidan Byuroga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
k) 15-banddagi “Jamgʻarma Direksiyasi” soʻzlari “Byuro” soʻziga almashtirilsin;
l) 171-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
m) 18-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi, shuningdek, boshqa masʼul shaxslar ham kiradi”;
n) 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga rahbarlik, shu jumladan Jamgʻarma mablagʻlari toʻplanishi va sarflanishini tezkor boshqarish Byuro tomonidan amalga oshiriladi”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Byuro Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega”;
uchinchi xatboshidan “Byuro” soʻzi chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Byuro Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish doirasida quyidagilarga majbur”;
oltinchi xatboshida “va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga” soʻzlari “organlari va boshqa prokuratura organlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
r) 26-27-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
s) 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Byuro har hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga daromadlari va xarajatlari boʻyicha maʼlumotlar, shuningdek Jamgʻarma Kuzatuv kengashiga yillik hisobotni taqdim etadi. Byuro har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi”;
t) 29-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
5) 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasining Kuzatuv kengashi
TARKIBI

1.

A. Xolmaxmatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi raisi

2.

J.I. Abruyev

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

3.

X.M. Kabirdjanov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori

4.

K.A. Suleymanov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi

5.

U.T. Sadikov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ishlar boshqarmasi boshligʻi

Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga tayinlangan yoki tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi”;
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) lavozim maoshidan. Darajali unvonlarga ega boʻlgan Byuro xodimlarining lavozim maoshini yagona tarif setkasi boʻyicha tasdiqlangan mehnatga haq toʻlash razryadlari boʻyicha aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qoʻllaniladi”;
“b” kichik bandning oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“Byuroning boshqa boshqaruv xodimlariga koʻp yillik mehnati uchun har oylik ustama haq toʻlash prokuratura xodimlari uchun belgilangan miqdorda amalga oshiriladi. Bunda ustama miqdorini belgilashda xodimning umumiy ish staji inobatga olinadi (oliy oʻquv yurtidagi kunduzgi taʼlim davri bundan mustasno)”;
“v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) quyidagilarni oʻz ichiga oladigan ragʻbatlantiruvchi va boshqa toʻlovlardan:
xodimlar faoliyatini individual baholash asosida xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi hamda ishdagi yuksak yutuqlari uchun ularni yilda ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida mukofotlash;
bayramlar, muhim va yubiley sanalari, uzoq yillik hamda bekamu koʻst xizmati (mehnati) uchun, pensiyaga chiqqanda va boshqa shu kabi holatlar munosabati bilan mukofotlash, shuningdek mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi hisobidan shakllantiriladigan Moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlari hisobidan shaxsiy ustamalar;
ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravarigacha miqdordagi oylik toʻlovlar;
Byuro tuman va shahar hamda tumanlararo boʻlimlari xodimlariga — yoʻlkira xarajatlarini qoplash uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravarigacha miqdordagi oylik toʻlovlar, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlar bundan mustasno;
kuz-qish mavsumida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining besh baravari miqdorida yillik toʻlovlar;
yilda bir marta oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam koʻrsatish;
baxtsiz hodisaga uchragan, shuningdek xizmat vazifalarini bajarishda halok boʻlgan Byuro xodimlarining oilasiga moddiy yordam koʻrsatish.
Ovqatlanish va yoʻlkira xarajatlari uchun oylik toʻlovlarning mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravaridan yuqori miqdorini belgilash, shuningdek moddiy ragʻbatlantirish fondi miqdorini koʻpaytirish Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining qarori bilan amalga oshiriladi”;
b) 6-bandning toʻrtinchi xatboshisi “tuman (shahar)” soʻzlaridan keyin “va tumanlararo” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Byuro xodimlarining mehnatga haq toʻlash fondiga kiradigan quyidagi toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi:
lavozim maoshi;
alohida mehnat sharoitlari uchun oylik ustama;
mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti (Byuro tuman (shahar) boʻlimlari xodimlaridan tashqari);
darajali unvon uchun lavozim maoshiga oylik ustama (Byuro tuman (shahar) boʻlimlari xodimlaridan tashqari);
yilda ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida mukofot;
yilda oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam;
15 foizlik Moddiy ragʻbatlantirish fondi.
Byuro xodimlarining mehnatga haq toʻlash fondiga kiradigan boshqa toʻlovlar, shuningdek boshqa moddiy ragʻbatlantirish choralari Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi”;
g) 14-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi PQ-3070-son qarorida:
1) 1-banddagi “25” va “42” raqamlari tegishincha “15” va “28” raqamlari bilan almashtirilsin;
2) 2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ijro ishi yuritish yagona maʼlumotlar bazasini, Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari boʻyicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini, Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimini, majburiy ijro organlari faoliyatida ishlatiladigan boshqa axborot resurslari, maʼlumotlar bazalari va dasturiy komplekslarni kuzatish va boshqarish;
ijro hujjatlari va ular boʻyicha undirilgan summalar ishonchli hisobini yuritish, alohida jarayonlarni avtomatlashtirish orqali ijro hujjatlari tizimi tezkorligi va samaradorligini oshirish hamda sifati davlat interaktiv xizmatlarini koʻrsatish imkonini beruvchi ilgʻor axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda joriy etish”;
3) 3-bandning beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
4) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazining
TUZILMASI

Direktor


Direktor oʻrinbosari


Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini ishlab chiqish va joriy etish shuʼbasi

8

Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini yuritish shuʼbasi

2


Texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash shuʼbasi

3*

Markaz xodimlarining umumiy soni — 15 birlik, shundan 12 nafari boshqaruv xodimlari.
* shundan barcha 3 nafari texnik xodimlar”;
5) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Razryadlar

Direktor

18

Direktor oʻrinbosari *

Dasturchi

15

Maʼlumotlar bazasi administratori

13

Korporativ tarmoq administratori

12

Texnik hujjatlashtirish boʻyicha muhandis

12

Texnik mutaxassis

8

* Direktor lavozimiga mehnat haqi toʻlashdan 5% kam”;
6) 4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi xodimlarining
SHTATLAR JADVALI

Lavozimlar nomi

Birliklar soni

Direktor

1

Direktor oʻrinbosari

1

Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini ishlab chiqish va joriy etish shuʼbasi

Dasturchi

5

Texnik hujjatlashtirish boʻyicha muhandis

3

Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini yuritish shuʼbasi

Maʼlumotlar bazasi administratori

1

Korporativ tarmoq administratori

1

Texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash shuʼbasi

Texnik mutaxassis

3

Jami:

15

”.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3149-son qarorining 1-ilovasida:
3-bandning beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Auksion obyektining baholangan qiymatining 70 foiziga teng narx boshlangʻich narx etib, davlat foydasiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha qoʻyilgan mol-mulk sotishda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish boʻyicha hududiy kengashlar qaroriga muvofiq baholangan qiymatining 50 foizigacha teng narx boshlangʻich narx etib belgilanadi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Garovga qoʻyilgan mol-mulk ushbu mol-mulk bilan taʼminlangan qarzni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha sotilayotgan mol-mulklarni sotishda u baholangan qiymatiga teng narx boshlangʻich narx etib belgilanadi.”.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3240-son qarori 1-ilovasining 2-bandida:
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “16” raqami “40” raqami bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “24” raqami “40” raqami bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-noyabrdagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3384-son qarorining 6-bandida:
uchinchi xatboshidan “va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi oʻrinlarda Byuro deb yuritiladi)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidan “va Byuro” soʻzlari chiqarib tashlansin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Jizzax shahrida kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3885-son qarorining 4-ilovasi 17-bandining “Masʼul ijrochilar” ustunidan “Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (Qudratxoʻjayev)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-iyuldagi “Davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi tartibini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4394-son qarorida:
a) 1-bandning beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“xizmat majburiyatlarini bajarayotgan davlat ijrochisi maqomiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari xodimlari”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
beshinchi xatboshi “ichki ishlar organlari” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyati samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi F-4977-son farmoyishi ilovasida:
28-banddan “Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxodjayev)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
33-band chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi “Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun toʻlovlarni toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5580-son Farmonining 1-bandi va 6-bandining “a” kichik bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida oʻzaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5761-son Farmonining 1-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son; 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son; 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son; 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son; 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)