1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qurilish sohasida axborot tizimi va geografik axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4464-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni va qurilish jarayonining barcha bosqichlarini raqamlashtirishni tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan:
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobiga barpo etilayotgan Toshkent viloyatidagi obyektlarni qurish jarayonida eksperiment tariqasida sinab koʻrilganligi;
davlat shaharsozlik kadastrini yuritish va jamoatchilikka shaharsozlik hujjatlari va axborotni onlayn rejimida taqdim etish imkoniyati mavjud boʻlgan “Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — geoportal) ishga tushirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi va “Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimini yanada rivojlantirish va uning “Elektron hukumat” tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi axborot tizimi va geoportalning kelgusida samarali ishlashi, shuningdek, “Elektron hukumat” tizimiga integratsiyalashuvi uchun masʼul vakolatli organ etib belgilansin.
4. Quyidagilar axborot tizimining asosiy vazifalari etib belgilansin:
obyektlarning manzilli dasturi, tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan obyektlarning yillik manzilli roʻyxati shakllantirilishini, maʼlumotlar bazasi yangi qurilish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash obyektlari boʻyicha turlarga boʻlib yuritilishini taʼminlash;
obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda hududiy yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalari tomonidan loyihaoldi ishlarining amalga oshirilishi, buyurtmachi bilan loyiha tashkiloti oʻrtasida shartnoma tuzilishi va avans mablagʻlari ajratilishi hamda ishlar tugallanganligi toʻgʻrisidagi aniq va ishonchli maʼlumotlarning muntazam elektron bazaga kiritib borilishi va yuritilishini taʼminlash;
loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda buyurtmachi va ekspertiza tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, koʻrsatilgan xizmatlarning moliyalashtirilganligi, tugallangan loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilganligiga oid elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
obyektlar qurilishini moliyalashtirishda pudratchi bilan buyurtmachi oʻrtasida shartnoma imzolanganligi va avans mablagʻlari toʻlanganligi, oyma-oy bajarilgan ishlarning hisobotini yuritish va bajarilgan ishlarga nisbatan mutanosib ravishda moliyalashtirilganligi toʻgʻrisidagi aniq va ishonchli maʼlumotlarning elektron bazasini shakllantirish;
obyektlar qurilishida ishtirok etayotgan barcha pudratchilar va yordamchi pudratchilar haqida maʼlumotlarni yigʻish, bajarilgan ish hajmlari asosida toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ish turlari boʻyicha maʼlumotlar bazalarini shakllantirish;
obyektlarda qurilish jarayonlarini nazorat qilish va monitoring olib borishda ularni roʻyxatga olish, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tekshiruvlarini va koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni qayd etish, ularni bartaraf etish boʻyicha maʼlumotlar bazalarini shakllantirish;
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
koʻp kvartirali uylarni boshqarish hamda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida olib boriladigan nazorat funksiyalariga oid elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining geoportalning operatorlik funksiyalarini “Qurilishda muhandislik izlanishlari, geoinformatika va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tadqiqot instituti” DUKga yuklash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
a) Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda qurilish sohasidagi xizmatlarni koʻrsatish tartibotlarini xatlovdan oʻtkazib, talab etiladigan maʼlumotlarni optimallashtirish va davlat xizmatlari koʻrsatish muddatlarini qisqartirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini 2021-yil 1-yanvarga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
axborot tizimi va geoportal uzluksiz ishlashi, maʼlumotlar oʻz vaqtida yangilanishini taʼminlash boʻyicha tegishli yoʻriqnoma va reglamentni ishlab chiqsin hamda bir oy muddatda tasdiqlasin;
axborot tizimi va geoportal doirasida davlatning boshqa organlari va tashkilotlari bilan himoyalangan idoralararo elektron hamkorlikni tashkil qilish choralarini koʻrsin;
v) axborot tizimida qurilish sohasida loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan barcha tashkilotlar tomonidan qurilish obyektlari boʻyicha berilgan ekspertiza xulosalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻz vaqtida yuritilishi toʻliq tartibga solinishini taʼminlasin;
g) Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, mutasaddi vazirliklar va idoralar hamda ijro etuvchi hokimiyat organlarining Yagona buyurtmachi xizmatlari bilan birgalikda markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari boʻyicha maʼlumotlar axborot tizimida shakllantirilishi ustidan tizimli monitoring olib borsin.
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ushbu qarorning maqsadi va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-noyabr,
732-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 732-son qaroriga 1-ILOVA
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi)ning shaharsozlik faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlardan foydalanuvchi subyektlarning vazifalari, javobgarligi hamda ishlashi tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
axborot tizimi — axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan axborot resurslari jamlanmasi, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari;
axborot tizimi foydalanuvchisi — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yoki tomonlarning kelishuviga koʻra axborot tizimidagi axborot resurslaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
axborot tizimi ishtirokchisi — idoraviy maʼlumotlar bazalari axborot tizimiga integratsiya qilingan vazirliklar va idoralar hamda axborot tizimidan foydalanuvchilar;
axborot xavfsizligi — axborot va qoʻllab-quvvatlovchi infratuzilmaning tabiiy yoki sunʼiy tusga ega, axborot munosabatlari subyektlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan tasodifiy yoki qasddan qilinadigan taʼsirlardan muhofaza qilinganligi;
idoralararo integratsiyalashuv platformasi — elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish va elektron oʻzaro hamkorlikni tashkil qilish doirasida “Elektron hukumat”ning axborot tizimlarini integratsiyalash uchun moʻljallangan axborot-dasturiy vositalar jamlanmasi.
3. Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) axborot tizimning operatori hisoblanadi.
Axborot tizimi doirasida idoralararo axborot almashinuvi belgilangan tartibda bepul amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar axborot tizimi ishtirokchilari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi;
hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari, tuman va shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy nazorat qilish inspeksiyalari;
ekspertiza idoralari;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda vazirliklar va idoralar huzuridagi Buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalari;
buyurtmachi, loyihachi va pudrat tashkilotlari va boshqa shaharsozlik faoliyati subyektlari.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-iyuldagi PQ-252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2026-y., 07/26/252/0741-son)
5. Axborot tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
obyektlarning manzilli dasturi, tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan obyektlarning yillik manzilli roʻyxati shakllantirilishini, maʼlumotlar bazasi yangi qurilish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash obyektlari boʻyicha turlarga boʻlib yuritilishini taʼminlash;
obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda hududiy yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalari tomonidan loyihaoldi ishlarining amalga oshirilishi, buyurtmachi bilan loyiha tashkiloti oʻrtasida shartnoma tuzilishi va avans mablagʻlari ajratilishi hamda ishlar tugallanganligi toʻgʻrisidagi aniq va ishonchli maʼlumotlarning muntazam elektron bazaga kiritib borilishi va yuritilishini taʼminlash;
loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda buyurtmachi va ekspertiza tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, koʻrsatilgan xizmatlarning moliyalashtirilganligi, tugallangan loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilganligiga oid elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
obyektlar qurilishini moliyalashtirishda pudratchi bilan buyurtmachi oʻrtasida shartnoma imzolanganligi va avans mablagʻlari toʻlanganligi, oyma-oy bajarilgan ishlarning hisobotini yuritish va bajarilgan ishlarga nisbatan mutanosib ravishda moliyalashtirilganligi toʻgʻrisidagi aniq va ishonchli maʼlumotlarning elektron bazasini shakllantirish;
obyektlar qurilishida ishtirok etayotgan barcha pudratchilar va yordamchi pudratchilar haqidagi maʼlumotlarni yigʻish, bajarilgan ish hajmlari asosida toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ish turlari boʻyicha maʼlumotlar bazalarini shakllantirish;
obyektlarda qurilish jarayonlarini nazorat qilish va monitoring olib borishda ularni roʻyxatga olish, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tekshiruvlarini va koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni qayd etish, ularni bartaraf etish boʻyicha maʼlumotlar bazalarini shakllantirish;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Bunda binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga taqiqlar belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish holatlari, oʻzboshimchalik bilan bino va inshootlarni qurish holatlarini barvaqt aniqlash, ularga tegishli choralar koʻrishga oid vazifalari “E-YER NAZORAT” tizimi orqali amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
2-bob. Axborot tizimi ishtirokchilarining vazifalari
6. Axborot tizimi tarkibiga kiruvchi “Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish” axborot tizimining ishlash sxemasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakllantiriladi hamda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
axborot tizimi tomonidan avtomatik ravishda arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish uchun elektron shaklda tushgan murojaat tegishliligi boʻyicha hududiy qurilish boshqarmasiga yuboriladi;
hududiy qurilish boshqarmasi soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshiradi;
hududiy qurilish boshqarmasi arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini axborot tizimida ishlab chiqadi, elektron shaklda rasmiylashtiradi va oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi;
hududiy qurilish boshqarmasi arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini murojaat qiluvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida uni axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi;
axborot tizimi avtomatik ravishda tasdiqlangan arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini yagona maʼlumotlar bazasiga joylashtiradi.
7. Axborot tizimi tarkibiga kiruvchi “Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish” axborot tizimining ishlash sxemasi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakllantiriladi hamda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
axborot tizimi tomonidan avtomatik ravishda loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha tushgan murojaat topshiriqni shakillantirish uchun “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK, uning hududiy filiali yoki shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza idorasi) rahbariga yuboriladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi 381-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
ekspertiza idorasi rahbari loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha elektron shaklda tushgan murojaatni koʻrib chiqish uchun ekspertiza idorasining bosh ekspertiga yuboradi;
ekspertiza idorasining bosh eksperti loyiha-smeta hujjatlarining toʻliqligini koʻrib chiqish va toʻliq boʻlgan taqdirda, ekspertiza boʻyicha shartnomani tayyorlash uchun ekspertiza idorasining shartnomalar boʻlimiga yuboradi;
ekspertiza idorasining shartnomalar boʻlimi loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun shartnomani tayyorlaydi va buyurtmachiga yuboradi hamda buyurtmachi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha toʻlov amalga oshirilgandan soʻng bosh ekspertiza idorasining bosh ekspertiga habarnomani yuboradi;
ekspertiza idorasining bosh eksperti toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi habarnomani olgandan soʻng loyiha-smeta hujjatini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha murojaatni bajarish muddatini belgilagan holda ekspertiza idorasining muayyan ekspertiga yuboradi;
ekspertiza idorasining eksperti obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish hamda ekspertiza natijasi boʻyicha maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish va ekspertiza xulosasini tayyorlash uchun ekspertiza idorasining bosh ekspertiga yuboradi;
ekspertiza idorasining bosh eksperti ekspertiza idorasining eksperti tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqadi, ularga asosan ekspertiza xulosasini tayyorlaydi hamda ekpertiza xulosasini tasdiqlash uchun ekspertiza idorasining rahbariga yuboradi;
ekspertiza idorasining rahbari ekspertiza xulosasini oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi va buyurtmachiga yuboradi;
axborot tizim tomonidan avtomatik ravishda ekspertiza xulosasi hamda loyiha-smeta hujjatlari yagona elektron reyestrga joylashtiriladi.
8. Axborot tizimi tarkibiga kiruvchi “Qurilishda davlat nazorati” axborot tizimining ishlash sxemasi ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakllantiriladi hamda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
axborot tizimi avtomatik ravishda obyekt qurilishini (rekonstruksiyasini) boshlash haqida elektron shaklda tushgan habarnomani tegishliligi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyasiga yuboradi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyasining shartnomalar boʻlimi qurilish (rekonstruksiya) obyekti boʻyicha qurilish ishlari nazoratini olib borish uchun shartnomani tayyorlaydi, obyekt toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritadi, obyekt boʻyicha buyurtmachining texnik nazorati, loyihachining mualliflik nazorati va pudratchining ichki nazorat xodimlariga axborot tizimida shaxsiy kabinetlarini roʻyxatdan oʻtkazadi hamda shartnoma boʻyicha toʻlov amalga oshirilganidan soʻng qurilish obyekti topshirigʻini shakllantirish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbariga yuboradi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbari qurilish obyekti boʻyicha inspeksiya inspektorini biriktiradi;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyasi inspektori qurilish (rekonstruksiya) obyekti joylashgan hududga chiqqan holda nazorat ishlarini olib boradi, nazorat natijalarida qurilish meʼyorlarini buzish holatlari aniqlansa, ushbu holatlarni tasdiqlovchi fotosuratlarni biriktirgan holda axborot tizimiga kiritadi, qurilish meʼyorlari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha yozma koʻrsatmani rasmiylashtiradi hamda buyurtmachining texnik nazoratiga, loyihachining mualliflik nazoratiga va pudratchining ichki nazoratiga taqdim etadi;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
buyurtmachi, loyihachi yoki pudrat tashkiloti aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda inspeksiya inspektoriga taqdim etadi, kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng tegishli dalolatnomani tuzadi hamda inspeksiya inspektoriga taqdim etadi;
inspeksiya inspektori buyurtmachining texnik nazorati, loyihachining mualliflik nazorati va pudratchining ichki nazorati tomonidan axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni tekshiradi, buyurtmachining texnik nazorati, loyihachining mualliflik nazorati va pudratchining ichki nazorati faoliyatini nazorat qiladi.
81. Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi urbanizatsiya va kompleks qurilish tamoyillariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida axborot tizimi orqali:
axborot tizimi tarkibiga kiruvchi axborot tizimlaridagi maʼlumotlar, shu jumladan, tegishli hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Kengash) kelib tushgan loyiha hujjatlari bilan tanishadi;
Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar, xulosalar va ularga ilova qilingan materiallarni tahlil qiladi;
tahlil natijalari boʻyicha aniqlangan qonun buzilishi va boshqa holatlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻradi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-iyuldagi PQ-252-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2026-y., 07/26/252/0741-son)
9. Axborot tizimi tarkibiga kiruvchi “Investitsiya dasturiga muvofiq obyektlar monitoringini olib borish” axborot tizimining ishlash sxemasi ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakllantiriladi hamda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Qurilish vazirligi Investitsiya dasturiga muvofiq qurilish obyektlarini axborot tizimiga kiritadi;
Qurilish vazirligi axborot tizimiga kiritilgan qurilish obyektlari boʻyicha hududiy yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalarining shaxsiy kabinetlarini ochadi;
Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalari qurilish obyekti boʻyicha qurilish jarayonida ishlab chiqilgan arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini, loyiha-smeta hujjatlarini, tuzilgan shartnomalarni va boshqa tegishli hujjatlarni axborot tizimiga yuklaydi;
Qurilish vazirligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalari tomonidan kiritilgan maʼlumotlar va hujjatlarni nazorat qiladi hamda axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlardan foydalangan holda axborot-tahliliy maʼlumotlarni tayyorlaydi.
10. Buyurtmachi tashkilotlarning texnik nazorati, loyiha tashkilotlarining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotlarining ichki nazorat xodimlari obyektlarda qurilish jarayonida aniqlangan qoida buzilishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritib boradi.
11. Injiniring kompaniyalari:
belgilangan tartibda shakllantirilgan yillik manzilli roʻyxatlar va ularga kiritilgan oʻzgartirishlarni;
manzilli roʻyxatlarni kelishish uchun zarur boʻlgan asoslovchi birlamchi va kelishish hujjatlarini;
qurilish obyektlarida bajarilgan ishlar va moliyalashtirish boʻyicha oylik hisobotlar va maʼlumotlarni;
Investitsiya dasturi monitoringini olib borish uchun qurilishning barcha bosqichlarida tegishli hujjatlar va maʼlumotlar toʻgʻrisidagi axborotlarni muntazam ravishda axborot tizimiga kiritib boradi.
12. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda manzilli roʻyxatlarni kelishishda vakolatli organlar tasdiqlagan parametrlar asosida buyurtmachi tashkilotlar tomonidan shakllantirilgan yoki kiritilgan oʻzgartirishlarning manzilli roʻyxatlarini har bir obyekt boʻyicha belgilangan tartibda kelishadi.
13. Axborot tizimi ishtirokchilari tegishli axborot va maʼlumotlarni axborot tizimiga belgilangan tartibda va muddatlarda kiritib boradi hamda ularning ishonchliligi va toʻliqligi uchun javobgar hisoblanadi.
3-bob. Axborot tizimidan foydalanish imkoniyatini taqdim etish
14. Axborot tizimi foydalanuvchilariga tizimdan foydalanish imkoniyatini taqdim etish operator tomonidan amalga oshiriladi.
15. Foydalanuvchilar axborot tizimidagi faoliyatni shaxsiy kabinetlari orqali amalga oshiradi.
16. Axborot tizimi foydalanuvchilari shaxsiy kabinetlardan foydalanishga ruxsat olish uchun operatorga elektron tarzda soʻrov yuboradi.
17. Operator ikki ish kuni mobaynida axborot tizimidan foydalanuvchining shaxsiy kabinetini roʻyxatdan oʻtkazadi.
4-bob. Axborot tizimining elektron hukumat bilan integratsiyasi
18. Axborot tizimi oʻzining funksional vazifalarining davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyasini hamda maʼlumot almashinuvini taʼminlaydi.
19. Axborot tizimining davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi, shu jumladan, “Elektron hukumat”ning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyasi “Elektron hukumat”ning idoralararo integratsiya platformasi orqali amalga oshiriladi.
5-bob. Axborot xavfsizligini taʼminlash
20. Axborot tizimi va uning tarkibiga kiruvchi quyi tizimda va maʼlumotlar bazasida axborot xavfsizligini taʼminlashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
axborotni saqlash, qayta ishlash va uzatish jarayonida axborot yaxlitligini saqlash, shuningdek, foydalanuvchilarning vakolatlari doirasida axborotdan foydalanishni taʼminlash;
axborotni yoʻq qilish, modifikatsiya qilish, buzish, koʻpaytirish, blokirovkalash boʻyicha ruxsatsiz harakatlarni, shuningdek, axborot resurslariga noqonuniy aralashishning boshqa shakllarining oldini olish;
ish jarayoniga ruxsatsiz taʼsir etadigan va zarar keltiradigan dasturlar kiritilishidan, jumladan, kompyuter viruslari kiritilishidan muhofaza qilishni taʼminlash;
foydalanuvchilar harakatlarining monitoringini olib borish, tahlil qilish va jurnalda roʻyxatga olish;
foydalanuvchilar xabarlarni oʻz vaqtida va himoyalangan tarzda uzatishini taʼminlash;
axborot tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlash.
21. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi tarkibiga kiruvchi “Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish” axborot tizimining ishlash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
1-bosqich
Tizim tomonidan avtomatik ravishda
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish uchun elektron shaklda tushgan murojaatni tegishliligi boʻyicha hududiy qurilish boshqarmasiga yuborish.
2-bosqich
Hududiy qurilish boshqarmasi
Soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirish.
3-bosqich
Hududiy qurilish boshqarmasi
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini axborot tizimida ishlab chiqish, elektron shaklda rasmiylashtirish va oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash.
4-bosqich
Hududiy qurilish boshqarmasi
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini murojaat qiluvchining elektron manziliga yuborish va bu haqida uni axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qilish (tegishli hollarda).
5-bosqich
Tizim tomonidan avtomatik ravishda
Tasdiqlangan arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini yagona maʼlumotlar bazasiga joylashtirish.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi tarkibiga kiruvchi “Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish” axborot tizimining ishlash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
1-bosqich
Tizim tomonidan avtomatik ravishda
Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha tushgan murojaatni rahbarga topshiriqni shakllantirish uchun yuborish.
2-bosqich
Rahbar
Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha elektron shaklda tushgan murojaatni koʻrib chiqish uchun bosh ekspertga yuborish.
3-bosqich
Bosh ekspert
Loyiha-smeta hujjatlarining toʻliqligini koʻrib chiqish va toʻliq boʻlgan taqdirda ekspertiza boʻyicha shartnomani tayyorlash uchun shartnomalar boʻlimiga yuborish.
4-bosqich
Shartnomalar boʻlimi
1. Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun shartnomani tayyorlash va buyurtmachiga yuborish.
2. Buyurtmachi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha toʻlov amalga oshirilgandan soʻng bosh ekspertga habarnomani yuborish.
5-bosqich
Bosh ekspert
Toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisida habarnomani olgandan soʻng loyiha-smeta hujjatini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha murojaatni ekspertlarga (bajarish muddatini belgilagan holda) yuborish.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi tarkibiga kiruvchi “Qurilishda davlat nazorati” axborot tizimining ishlash
SXEMASI
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Obyekt qurilishini (rekonstruksiyasini) boshlash haqida elektron shaklda tushgan habarnomani tegishliligi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyasiga yuborish.
2-bosqich
Shartnomalar boʻlimi
1. Qurilish (rekonstruksiya) obyekti boʻyicha qurilish ishlari nazoratini olib borish uchun shartnoma tayyorlash.
2. Qurilish obyekti boʻyicha maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish.
3. Qurilish obyekti boʻyicha buyurtmachining texnik nazorati, loyihachining mualliflik nazorati va pudratchining ichki nazorat xodimlariga axborot tizimda shaxsiy kabinetlarini roʻyxatdan oʻtkazish.
4. Shartnoma boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilganidan soʻng qurilsh obyekti topshirigʻini shakllantirish uchun rahbarga yuborish.
3-bosqich
Rahbar
Qurilish obyekti boʻyicha inspektorlarni biriktirish.
4-bosqich
Inspektor
1. Qurilish (rekonstruksiya) obyekti hududiga chiqqan holda oʻrganish ishlarini olib borish.
2. Nazorat natijalari boʻyicha obyekt qurilishi (rekonstruksiyasi) ishlarida belgilangan qurilish meʼyorlarini buzish holatlari aniqlansa, fotosuratlarni biriktirgan holda axborot tizimiga kiritish.
3. Qurilish meʼyorlari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha yozma koʻrsatmani rasmiylashtirish hamda buyurtmachining texnik nazorati, loyihachining mualliflik nazorati va pudratchining ichki nazoratiga taqdim etish.
5-bosqich
Buyurtmachi, loyihachi yoki pudrat tashkiloti
1. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda inspektorga taqdim etadi.
2. Kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng tegishli dalolatnomani tuzadi hamda inspektorga taqdim etadi.
6-bosqich
Inspektor
1. Buyurtmachining texnik nazorati, loyihachining mualliflik nazorati va pudratchining ichki nazorati tomonidan axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni tekshirish.
2. Buyurtmachining texnik nazorati, loyihachining mualliflik nazorati va pudratchining ichki nazorati faoliyatini nazorat qilish.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi tarkibiga kiruvchi “Investitsiya dasturiga muvofiq obyektlar monitoringini olib borish” axborot tizimining ishlash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
1-bosqich
Qurilish vazirligi
Investitsiya dasturiga kirgan qurilish obyektlarini axborot tizimiga kiritish.
2-bosqich
Qurilish vazirligi
Axborot tizimiga kiritilgan qurilish obyektlari boʻyicha hududiy yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalarining shaxsiy kabinetlarini ochadi.
3-bosqich
Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalari
Qurilish obyekti boʻyicha qurilish jarayonida ishlab chiqilgan arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini, loyiha-smeta hujjatlarini, tuzilgan shartnomalarni va boshqa tegishli hujjatlarni axborot tizimiga yuklaydi.
4-bosqich
Qurilish vazirligi
1. Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalari tomonidan kiritilgan maʼlumotlar va hujjatlarni nazorat qiladi.
2. Axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlardan foydalangan holda axborot-tahliliy maʼlumotlarni tayyorlaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 732-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi toʻgʻrisida
NIZOM
1 bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — geoportal)ning shaharsozlik faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlardan foydalanuvchi subyektlarni, ularning vazifalari, javobgarligi hamda ishlash tartibini belgilaydi.
2. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
geoportal — jahon internet axborot tarmogʻidan foydalangan holda hududlar toʻgʻrisidagi fazoviy maʼlumotlarga (ochiq geografik resurslarga, shaharsozlik rejalashtirish natijalariga, yerni masofadan turib zondlashning hududiy maʼlumotlar bankiga) kirishni taʼminlovchi axborot tizimi;
geoportalning vakolatli organi — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi;
geoportal operatori — geoaxborot tizimiga texnik xizmat koʻrsatish va ishlashiga, shuningdek, “Elektron hukumat” bilan integrallashuviga masʼul “Qurilishda muhandislik izlanishlari, geoinformatika va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tadqiqot instituti” DUK;
geoportal ishtirokchilari — shaharsozlikka oid axborot almashinuvida ishtirok etuvchi, geoportal maʼlumotlaridan foydalanuvchi, shuningdek, tegishli fazoviy maʼlumotlar va metamaʼlumotlarni taqdim etishni taʼminlab beruvchi yuridik shaxslar;
geoportal foydalanuvchilari — geoportaldan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
fazoviy maʼlumotlar — hududdagi obyektlar joylashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hamda muayyan shaklda va koordinatalar tizimida taqdim etilgan axborot;
metamaʼlumotlar — obyektlarni identifikatsiyalash, topish, baholash va boshqarishga imkon beruvchi axborot yoki maʼlumotlarlarni tavsiflovchi tuzilmalardan iborat maʼlumotlar. Metamaʼlumotlar katta axborot oqimlaridan avtomatik ravishda qidirib topish va ularni boshqarishga ruxsat beradigan muayyan mohiyatlarni tavsiflovchi belgilar va xususiyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochib beradi;
mavzuga oid fazoviy maʼlumotlar — aniq predmetli sohaga taalluqli fazoviy maʼlumotlar;
qatlam — maʼlum hududdagi obyektlar toʻplami uchun umumiy boʻlgan koordinatalar tizimida bir mavzuga (muhandislik-kommunikatsiya, avtomobil yoʻllari va boshqalar) aloqador bir toifadagi fazoviy obyektlarni raqamli ifodalash majmui.
3. Geoportal shaharsozlikka oid axborotlarni yigʻish, tahlil qilish, ishlov berish, tizimlashtirish va saqlashni taʼminlaydi hamda “Elektron hukumat” doirasida idoralararo hamkorlikni amalga oshiradi.
Geoportal Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi shaharsozlik faoliyatiga oid fazoviy maʼlumotlarni izlash, vizuallashtirish, baholash va yaratish imkonini beruvchi avtomatik tizimdir.
2-bob. Geoportalning maqsadi, funksiyasi va vazifalari
davlat organlari va tashkilotlari hamda jismoniy shaxslarni shaharsozlik kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlar bilan taʼminlash;
shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda idoralararo elektron hamkorlikni takomillashtirish;
hududlarni boshqarish, transportga oid infratuzilmani rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlariga tegishli boshqa masalalarni samarali hal qilish uchun shart-sharoitlar yaratish.
shaharsozlik faoliyati toʻgʻrisidagi fazoviy maʼlumotlarni markazlashtirilgan tarzda saqlash va boshqarish;
shaharsozlik faoliyati toʻgʻrisidagi fazoviy maʼlumotlar jamlanishi, saqlanishi va vizuallashtirilishining taqsimlangan tizimini tashkil qilish;
boshqaruvga oid qarorlar shakllanishi va qabul qilinishining axborot taʼminoti, jumladan, axborotni izlash va tahlil qilish va foydalanuvchilar tomonidan qoʻllanilishi uchun qulay koʻrinishda taqdim etish, shuningdek fazoviy maʼlumotlarning yaxlitligi, ishonchliligi, himoyalanganligi va xavfsizligini taʼminlash.
6. Quyidagilar geoportalning vazifalari hisoblanadi:
hududlardan amalda foydalanish, hududlarda qurilish ishlarini amalga oshirish va hududlar hamda shaharsozlik faoliyati obyektlaridan foydalanish boʻyicha reglamentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda yuritish;
shaharsozlik hujjatlaridagi oʻzgarishlar dinamikasini hisobga olish va tahlil qilish;
hududda roʻy berayotgan oʻzgarishlarning hisobini yuritish va ularning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari talablariga muvofiqligini tahlil qilish;
shaharsozlik vazifalarini hal qilish uchun davlat organlari va tashkilotlarini hamda jismoniy shaxslarni geoaxborot bilan taʼminlash;
shaharsozlik faoliyati obyektlari hisobini yuritish va tahlil qilish;
hududlar, koʻchmas mulk obyektlari, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining manzilli reyestrini shakllantirish;
shaharsozlik faoliyati obyektlarini loyihalash va qurish maqsadlari uchun bajarilgan muhandislik-texnik qidiruvlari (shu jumladan, qurilishi tugallangan obyektlarning ijro tasvirlari) materiallari hisobini yuritish;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
shaharsozlik faoliyati obyektlarida amalga oshirilayotgan loyiha hujjatlari hisobini yuritish;
shaharsozlik faoliyatiga oid texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ bazani yuritish.
shaharsozlik faoliyati toʻgʻrisidagi fazoviy maʼlumotlarni markazlashtirilgan tarzda saqlash va boshqarish;
shaharsozlik faoliyati toʻgʻrisidagi fazoviy maʼlumotlar jamlanishi, saqlanishi va vizuallashtirilishining taqsimlangan tizimini tashkil qilish;
boshqaruvga oid qarorlar shakllantirilishi va qabul qilinishining axborot taʼminoti, jumladan, axborotni izlash, tahlil qilish va foydalanuvchilar uchun qulay shaklda taqdim etish, shuningdek, fazoviy maʼlumotlarning yaxlitligi, ishonchliligi, himoyalanganligi va xavfsizligini taʼminlash.
7. Geoportalning fazoviy maʼlumotlaridan foydalanish tartibi, texnologik tuzilmasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda Qurilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
8. Geoportaldagi axborot almashinuvi boʻyicha hamkorlik va fazoviy maʼlumotlar almashinuvi vektorli va semantik maʼlumotlarni koʻrib chiqish rejimida, shuningdek, soʻrovlar asosida amalga oshiriladi.
3-bob. Geoportal tizimi ishtirokchilarining axborot almashinuvi boʻyicha hamkorlik
9. Geoportal doirasida axborot almashinuvi boʻyicha hamkorlik geoportalning vakolatli organi, geoportalning operatori va geoportalning ishtirokchilari sifatida — loyiha-qidiruv tashkilotlari, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK va uning hududiy filiallari tomonidan amalga oshiriladi.
10. Geoportal vakolatli organi tizim ishtirokchilari, tarkibi, qatlamlar shakllanishi va dolzarblashtirilishi muddatlarining hisobini yuritadi.
11. Geoportal doirasidagi axborot almashinuvi boʻyicha hamkorlik belgilangan tartibda bepul amalga oshiriladi.
12. Geoportal ishtirokchilari mavzuga oid fazoviy maʼlumotlar va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar dolzarbligini taʼminlab, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda geoportal operatoriga taqdim etadi.
13. Axborot almashinuvi boʻyicha hamkorlik geoportal operatori tomonidan geoportalga joylashtirilgan axborot almashinuvi obyektlaridan foydalanish tashkil qilinishi orqali amalga oshiriladi.
14. Geoportal doirasidagi axborot almashinuvi WGS-84 koordinatalar tizimida amalga oshiriladi.
Geoportalning fazoviy maʼlumotlarini tarqatish jahon internet axborot tarmogʻi orqali markazlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.
15. Barcha fazoviy maʼlumotlar va metamaʼlumotlar geoportalning yagona maʼlumotlar bankida hisobga olinadi.
Geoportalning yagona maʼlumotlar banki ishlab chiqilishi uchun geoportal operatori masʼul hisoblanadi.
16. Geoportal operatori quyidagilarni:
geoportal maʼlumotlarini joylashtirish va saqlashga ruxsat berish, ruxsatsiz foydalanishdan ularni himoya qilishni;
geoportalning uzluksiz ishlashini;
fazoviy maʼlumotlar almashinuvining ochiq, umumiy qabul qilingan formatlarini qoʻllab-quvvatlashni;
geoportal fazoviy maʼlumotlaridan foydalanish huquqlarini boshqarishni;
jahon internet axborot tarmogʻida eʼlon qilish uchun moʻljallangan ochiq axborotdan koʻrib chiqish rejimida foydalanish parametrlarini sozlashni;
geoportal vakolatli organining geoportal resurslaridan foydalanish boʻyicha yigʻma hisobotini shakllantirishni taʼminlaydi.
17. Geoportal vakolatli organi geoportalning yagona maʼlumotlar bankini yuritish uchun masʼul hisoblanadi.
18. Geoportal ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar geoportal vakolatli organi tomonidan belgilanadi.
19. Yagona maʼlumotlar bankiga kiritiladigan axborotlar dolzarbligi va ishonchliligi geoportal ishtirokchisi tomonidan taʼminlanadi.
4-bob. Geoportaldan foydalanishga ruxsat olish tartibi
20. Geoportal ishtirokchisi geoportal operatori bilan birgalikda geoportal foydalanuvchilari qatlamlari tarkibini va geoportal foydalanuvchilarining tegishli qatlamlarga kirish vakolatlari (ochiq yoki yopiq) darajasini belgilaydi.
21. Geoportal funksiyalaridan foydalanishga ruxsat olish uchun barcha ishtirokchilar belgilangan tartibda avtorizatsiya va identifikatsiyadan oʻtishi talab etiladi.
Geoportalning avtorizatsiya qilinmagan ishtirokchilari geoportalning qoʻshimcha funksiyalaridan foydalanish imkoniyatisiz uning faqat ochiq axborotidan erkin foydalanishi mumkin.
22. Geoportal ishtirokchilari oʻz mutaxassislari tarkibidan axborot almashinuv obyektlarining geoportalda dolzarblashtirilishi, taqdim etilishi va joylashtirilishi uchun masʼul shaxslarni tayinlaydi va geoportalning vakolatli organiga ushbu shaxslarni geoportalda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza joʻnatadi.
Arizada masʼul xodimlar familiyasi, ismi va otasining ismi toʻliq koʻrsatilgan holda roʻyxat taqdim etiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
maʼlumotlar dispetcherlari, masʼul xodimlar pasportlarining nusxalari;
ushbu xodimlar lavozimga tayinlanganligi haqidagi buyruqlar nusxalari;
xodimlarning geoportalga tegishli maʼlumotlarni kiritish boʻyicha funksional vazifalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Geoportalning vakolatli organi tomonidan ijobiy javob berilgan taqdirda geoportal operatori ikki ish kuni mobaynida geoportaldan foydalanishga ruxsat olish uchun zarur boʻlgan roʻyxatga olish maʼlumotlarini (foydalanuvchilar logini va parollarini) taqdim etadi.
Geoportal ishtirokchisining masʼul shaxslarini roʻyxatdan oʻtkazish sxemasi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
23. Geoportal operatori oʻz mutaxassislari tarkibidan geoportal ishtirokchilari oʻrtasidagi axborot almashinuvini taʼminlaydigan masʼul shaxslarni tayinlaydi.
24. Mazkur Nizom talablari geoportal ishtirokchisining masʼul xodimi tomonidan buzilganida, geoportal operatori geoportalning vakolatli organi bilan kelishgan holda geoportal ishtirokchisi masʼul xodimini roʻyxat olish yozuvini yopib qoʻyish huquqiga ega.
25. Geoportal aʼzosining masʼul xodimi yoki uning aloqa maʼlumotlari oʻzgarganda, geoportal aʼzosi bir ish kuni mobaynida elektron pochta manzili orqali operatorga xabar beradi va bir ish kunida geoportal operatori vaqtincha xizmat koʻrsatishni toʻxtatadi.
Koʻrsatilgan shaxs, shuningdek, geoportal ishtirokchisi uch ish kunida geoportal operatoriga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish yoki geoportaldagi ishtirokchi javobgar shaxsining hisobga olish maʼlumotlarini ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq bekor qilish uchun ariza yuboradi.
26. Geoportal operatori uch ish kuni ichida ishtirokchi arizasiga binoan geoportal ishtirokchisi masʼul xodimining geoportaldan foydalanish imkoniyatini cheklab qoʻyadi yoki oʻzgartiradi.
Geoportal ishtirokchisi masʼul xodimining geoportaldan foydalanish imkoniyatini cheklab qoʻyish yoki oʻzgartirish ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
27. Geoportal ishtirokchisi ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq qatlamlarni yaratish va ularga kirish huquqini taqdim etish toʻgʻrisidagi arizani geoportal vakolatli organiga yuboradi.
Geoportal vakolatli organi geoportal operatori va geoportal ishtirokchisi masʼul xodimlarini xabardor qilish orqali qatlamlarni yaratish va ularga kirish huquqini rad etadi.
28. Geoportal operatori geoportalning vakolatli organi tomonidan tizimdagi qatlamlarni yaratish boʻyicha ariza ijobiy koʻrib chiqilishi natijalari asosida geoportal ishtirokchisining keyingi xabarnomasi bilan oʻttiz ish kuni ichida qatlamlar yaratadi.
29. Geoportal operatori axborot almashinuv obyektlarini joylashtirish uchun geoportal ishtirokchilari geoportaldan foydalanishini taʼminlaydi.
30. Geoportal operatori geoportal ishtirokchilari masʼul xodimlari hamda geoportalda roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar hisobini yuritadi, geoportalga kirish va undan foydalanish jarayonlarini muvofiqlashtirib boradi.
31. Geoportal operatoridan roʻyxatga olish maʼlumotlari va ishtirokchisi uchun qatlamlar yaratilganligi haqidagi yozma xabar olganidan keyin geoportal ishtirokchisi fazoviy maʼlumotlarni kiritishi, atributiv axborotning dolzarbligini geoportal orqali amalga oshirishi mumkin.
32. Geoportal ishtirokchisining fazoviy maʼlumotlari kiritilgandan va/yoki dolzarblashtirilgandan keyin geoportalning vakolatli organi bir ish kunida geoportal ishtirokchisiga xat joʻnatish yoʻli bilan axborot almashinuvining har bir obyekti kiritilganligini tasdiqlaydi yoki axborot almashinuvi boʻyicha obyektlar kiritilishini sabablarini koʻrsatgan holda rad etadi.
Qatlamlarni yaratish va ularga ruxsat berilgan kirishni taʼminlash ushbu Nizomga 8-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
33. Geoportal ishtirokchisi tomonidan qatlamdagi fazoviy obyektlarni bir xil uslubda aks ettirishning imkoni boʻlmasa, geoportal ishtirokchisi ushbu qatlamni qatlamlar toʻplami sifatida taqdim etib, geoportalning vakolatli organiga ushbu Nizomga 7-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq qatlamlarni yaratish haqida ariza joʻnatishi talab etiladi.
34. Geoportalning boshqa ishtirokchisiga tegishli yopiq qatlamlarga kirishga ruxsat olish zarurati tugʻilsa, geoportal ishtirokchisi geoportalning vakolatli organiga ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq koʻrsatilgan qatlamlardan foydalanish zaruratini asoslab beruvchi hujjatlar ilova qilingan arizani joʻnatadi.
35. Yopiq qatlamlardan foydalanish boʻyicha geoportal ishtirokchisidan ariza tushganda geoportalning vakolatli organi uch ish kuni mobaynida:
geoportal operatori va arizada koʻrsatilgan qatlamlarga biriktirilgan geoportal ishtirokchisiga qatlamlardan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi ariza;
qatlamlardan foydalanish zaruratini asoslab beruvchi hujjatlar nusxasi ilova etilgan soʻrov joʻnatadi.
36. Soʻrov tushgan kundan boshlab oʻn ish kunida soʻrovga masʼul geoportal ishtirokchisi ariza bergan geoportal ishtirokchisiga qatlamlardan foydalanishga ruxsat berish yoki rad etish haqidagi qaror toʻgʻrisida, rad etish sabablarini koʻrsatgan holda, geoportal operatorini elektron pochta orqali xabardor qiladi.
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, geoportal operatori uch ish kuni mobaynida geoportal ishtirokchisining masʼul vakili uchun koʻrsatilgan qatlamlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Yopiq qatlamlardan foydalanishga ruxsat olish tartibi ushbu Nizomga 10-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
37. Yopiq qatlamlardan foydalanishga ruxsat olish uchun geoportal ishtirokchilari geoportalning vakolatli organiga murojaat qiladi.
Oʻz oʻrnida, geoportalning vakolatli organi geoportal ishtirokchilariga 30 kalendar kun mobaynida foydalanish boʻyicha tegishli ruxsatni kelishilishini taʼminlaydi.
38. Mavzuga oid fazoviy maʼlumotlarni (shu jumladan, muhandislik-texnik qidiruvlari) geoportaldan foydalanib yagona veb-interfeys orqali yigʻish va joylashtirish geoportal ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladi va WGS-84 koordinatalar tizimida joylashtiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
39. Geoportal ishtirokchisi fazoviy maʼlumotlarning kiritilishi va/yoki dolzarblashtirilishini yagona veb-interfeys vositasida ushbu davrga muvofiq amalga oshiradi.
6-bob. Fazoviy maʼlumotlarni qayta ishlash tartibi
40. Mavzuga oid fazoviy maʼlumotlarni aks ettirish bilan bogʻliq boʻlgan muayyan oʻzgartirish, geoportal ishtirokchisining buyurtmanomasiga koʻra geoportal operatori tomonidan amalga oshiriladi.
41. Geoportal ishtirokchisi tomonidan bir yoki bir nechta axborot qatlamlarni oʻchirish ushbu Nizomga 11-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
Geoportalning vakolatli organi besh ish kuni ichida qatlamni oʻchirish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilib, bu haqida geoportal operatori va ishtirokchilarini xabardor qiladi.
Geoportal operatori geoportalning vakolatli organi qabul qilgan qaror natijalariga muvofiq uch ish kunida koʻrsatilgan qatlamni geoportal maʼlumotlar bazasidan ushbu Nizomga 12-ilovaga muvofiq butunlay oʻchirib tashlaydi.
42. Oʻchirilgan qatlamni tiklash zarurati tugʻilgan taqdirda, qatlam ishtirokchisi geoportalning vakolatli organiga qatlamni tiklash asoslarini koʻrsatgan holda ushbu Nizomga 13-ilovaga muvofiq ariza yuboradi.
Geoportalning vakolatli organi qatlamni tiklash yuzasidan besh ish kuni mobaynida tegishli qarorni qabul qiladi.
Geoportal operatori geoportalning vakolatli organi qarori asosida oʻttiz ish kuni mobaynida oʻchirilgan qatlamni tiklaydi yoki rad etilishini asoslaydi.
Oʻchirilganligiga bir yildan koʻp boʻlmagan qatlamlargina tegishli tartibda tiklanishi mumkin.
43. Agar geoportal ishtirokchisi geoportalni toʻldirish uchun zarur axborotga ega maʼlumotlar bazasi yoki reyestrni yuritayotgan boʻlsa, uni geoportal bilan birlashtirish yoki mavzuga oid fazoviy maʼlumotlarni geoportal maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilishni tashkil qilish mumkin.
Geoportal ishtirokchisi bu kabi axborot tizimlarini birlashtirish yoki mavzuga oid fazoviy maʼlumotlarni geoportal maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish imkoniyatini geoportal operatori bilan kelishadi.
44. Qogʻozda qayd etilgan axborot geoportal ishtirokchisi tomonidan raqamlashtirilib, geoportal formatida vektorlanishi va WGS84 koordinatalar tizimida keltirilishi talab etiladi.
45. Raqamlangan fazoviy maʼlumotlar geoportal maʼlumotlar bazasiga yuklanishidan oldin geoportal ishtirokchisi tomonidan elektron jadvallar shakliga keltiriladi.
7-bob. Foydalanishning yopiq darajasidagi axborotni ruxsatsiz tarqatganlik uchun javobgarlik
46. Geoportalda foydalanishning yopiq darajasidagi axborotdan foydalanish huquqiga ega geoportal ishtirokchilari va foydalanuvchilari mazkur huquqni uchinchi shaxsga taqdim etishi taqiqlanadi.
47. Geoportalning vakolatli organi, geoportal operatori, geoportal ishtirokchilari va geoportal foydalanuvchilari foydalanishning yopiq darajasidagi axborotlardan foydalanish huquqini belgilangan tartiblarga zid ravishda uchinchi shaxsga taqdim etsa, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda javob beradi.
48. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8-bob. Yakunlovchi qoida
49. Geoportal faoliyati vakolatli organ taklifiga asosan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Roʻyxatdan oʻtish uchun beriladigan ariza shakli TASHKILOT BLANKASIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga
Roʻyxatdan oʻtish uchun ariza
Axborot bilan toʻldirish va maʼlumotlardan foydalanish ishlarini amalga oshirishni taʼminlash uchun quyidagi mutaxassislarga “Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi geoportalining quyida sanab oʻtilgan geoaxborot qatlamlaridan foydalanish uchun roʻyxatga olish maʼlumotlarini berishingizni soʻrayman:
F.I.O.
Lavozimi
Xizmat telefoni
Elektron pochta manzili
Foydalanish imkoniyati taʼminlanishi soʻralayotgan geoaxborot qatlamlari
______________________
______________________
______________________
(rahbarning lavozimi)
( imzo)
( F.I.O)
M.Oʻ. ______________
Izoh. Har bir mutaxassisning elektron pochta manzili takrorlanmaydigan va tashkilotning korporativ elektron pochtalarida boʻlishi lozim.
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Geoportal ishtirokchisining masʼul shaxslarini roʻyxatdan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddatlari
1-bosqich
Ishtirokchi
Geoportal muvofiqlashtiruvchisiga oʻz mutaxassislarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza joʻnatadi.
Ixtiyoriga koʻra
2-bosqich
Muvofiqlashtiruvchi
(Qurilish vazirligi)
Geoportalga kirishga ruxsat berish yoki rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilib, bu haqida geoportal operatori va geoportal ishtirokchisi masʼul shaxslarini xabardor qiladi.
5 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Operator
Geoportaldan foydalanishga ruxsat olish uchun zarur boʻlgan roʻyxatga olish maʼlumotlarini taqdim etadi.
Geportal ishtirokchisining maʼlumotlar dispetcheri oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni (pasport, xizmat guvohnomasi) taqdim etib, shaxsan geoportal operatorining masʼul shaxsidan oʻzining roʻyxatga olish maʼlumotlarini oladi. Geoportal ishtirokchisining boshqa shaxsi pasport yoki xizmat guvohnomasi va ishonchnomani taqdim etib, geoportal masʼul ishtirokchisining roʻyxatga olish maʼlumotlarini olishi mumkin.
2 ish kuni mobaynida
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Roʻyxatdan oʻtish maʼlumotlarini olish uchun ishonchnoma shakli TASHKILOT BLANKASIDA ___- son I Sh O N Ch N O M A
__________________________________________________________________________ tomonidan berilgan,
(kim tomonidan berilgan)
_______________________________________________________________ manzili boʻyicha roʻyxatga olingan
(yashash manzili)
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi geoportali operatori – ____________________________________________ da bizning vakil sifatida, tashkilotimizning quyidagi xodimlariga geoportalga kirish va undan foydalanish uchun roʻyxatga olish maʼlumotlarini (foydalanuvchilarning login va parollari) olish, shuningdek, ushbu topshiriq bilan bogʻliq boshqa harakatlarni amalga oshirish uchun berildi:
F.I.O.
Lavozimi
Telefon raqami
Ushbu ishonchnoma vakolatlarni boshqa shaxsga oʻtkazmaslik sharti bilan 20___ y. “____”______________ gacha berildi.
______________________
______________________
______________________
(rahbarning lavozimi)
(imzo)
(F.I.O)
M.Oʻ.
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Roʻyxatga olish maʼlumotlarini oʻzgartirish uchun beriladigan ariza shakli TASHKILOT BLANKASIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga “OʻzGASHKLITI” DUK
Roʻyxatga olish maʼlumotlarini oʻzgartirish uchun ARIZA
20__ y. “___” __________
__________________________________________ munosabati bilan geoportal ishtirokchisi masʼul xodimi F.I.O / lavozimi / xizmat telefon raqami / elektron pochta manzili maʼlumotlarini oʻzgartirib, “Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimining quyida sanab oʻtilgan qatlamlaridan foydalanishni taqdim etishingizni (bekor qilishingizni) soʻrayman.
F.I.O.
Lavozimi
Xizmat telefoni
Elektron pochta manzili
Foydalanish uchun roʻyxatga olish maʼlumotlari oʻzgartirilishi lozim boʻlgan geoaxborot qatlamlari
__________________________
_____________
M.Oʻ.
__________________________
(rahbarning lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Roʻyxatga olish maʼlumotlarini oʻchirish va foydalanish huquqlarini bekor qilish uchun ARIZA TASHKILOT BLANKASIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga “OʻzGASHKLITI” DUK
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi geoportali ishtirokchisining roʻyxatga olish maʼlumotlarini oʻchirish va foydalanish huquqlarini bekor qilish uchun ARIZA
20__ y. “___” __________
_________________________ munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimining geoportali ishtirokchisining roʻyxatga olish maʼlumotlarini oʻchirib, geoportalning quyida sanab oʻtilgan qatlamlaridan foydalanish huquqlarini bekor qilishingizni soʻrayman.
F.I.O.
Lavozimi
Xizmat telefoni
Elektron pochta manzili
Foydalanish huquqi bekor qilinishi lozim boʻlgan geoaxborot
__________________________
_____________
M.Oʻ.
__________________________
(rahbarning lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Geoportal ishtirokchilarining roʻyxatga olish maʼlumotlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddatlari
1-bosqich
Ishtirokchi
Masʼul shaxs almashganda yoki u toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgarganda geoportal ishtirokchisi bu haqida geoportal operatorini elektron pochta orqali xabardor qiladi.
1 ish kuni davomida
2-bosqich
Operator
Geoportal ishtirokchisining koʻrsatilgan masʼul shaxsiga xizmat koʻrsatishni vaqtincha toʻxtatib turadi.
1 ish kuni davomida
3-bosqich
Ishtirokchi
Roʻyxatga olish maʼlumotlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun geoportal operatoriga ariza joʻnatadi.
3 ish kuni davomida
4-bosqich
Operator
Roʻyxatga olish maʼlumotlarini oʻzgartirish yoki bekor qilishni amalga oshiradi.
3 ish kuni davomida
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Qatlamlarni yaratish (tarkibini oʻzgartirish) uchun beriladigan ariza shakli TASHKILOT BLANKASIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga
Qatlamlarni yaratish (tarkibini oʻzgartirish) uchun ariza
20 ___ y. “____” _____________
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi geoportali doirasida 20_ y. “___”________ -son Axborot almashinuvi toʻgʻrisidagi kelishuvga muvofiq _________________________ uchun
quyidagi qatlamlarni yaratib (tarkibini oʻzgartirib) berishingizni soʻrayman:
(tashkilot nomi)
Mavzu boʻyicha boʻlim
Qatlamning nomlanishi
Qatlamning fazoviy maʼlumotlari (geografik, atributik, semantik, grafik)
Kiritiladigan obyektlar turi (nuqta, chiziq, poligon)
Kiritiladigan obyektlar koʻrinishi (rangi, rang bilan toʻldirilishi, shakli, shtrixlanishi yoki grafik belgisi)
Qatlam obyektlarining ehtimoliy koʻrsatkichlari (grafik belgilarini yaratish uchun)
Qatlamni shakllantirish muddati
Qatlamni dolzarblashti-rish muddati va (yoki) davriyligi
Qatlamning ommaviy koʻrinishi (ha / yoʻq)
_________________________
_________________
_________________
(rahbarning lavozimi)
(imzo)
M.Oʻ
(F.I.O.)
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Qatlamlarni yaratish (tarkibini oʻzgartirish) va ularga roʻyxatga olingan kirishni tashkil etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Ishtirokchi
Geoportal muvofiqlashtiruvchisiga qatlamlar yaratish (tarkibini oʻzgartirish) va ulardan avtorizatsiya qilingan foydalanish uchun ariza joʻnatadi.
Ixtiyoriga koʻra
2-bosqich
Muvofiqlashtiruvchi
(Qurilish vazirligi)
Qatlamlar yaratish (tarkibini oʻzgartirish) va ulardan avtorizatsiya qilingan foydalanish uchun ruxsat berish yoki rad etish haqidagi qarorni qabul qiladi va bu haqida gyeoportal operatori va geoportal ishtirokchilarini xabardor qiladi.
5 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Operator
Geoportal muvofiqlashtiruvchisi tomonidan ijobiy koʻrib chiqilishi natijalari boʻyicha geoportal qatlamlarini yaratadi (tarkibini oʻzgartiradi) va geoportal ishtirokchilarini bu toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
30 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Ishtirokchi
Fazoviy maʼlumotlarni kiritishni, axborot almashinuvi obyektlari atributiv axborotni aktualizatsiyasini geoportalning yagona veb-interfeysi orqali qatlamlarni yaratish uchun berilgan arizada koʻrsatilgan aktualizatsiya davriga muvofiq amalga oshiradi.
Doimo
5-bosqich
Muvofiqlashtiruvchi
(Qurilish vazirligi)
Axborot almashinuvining har bir obyekti kiritilganini tasdiqlaydi yoki axborot almashinuvi boʻyicha qaysidir obyektlar kiritilmagani sabablarini koʻrsatgan holda rad etib, elektron pochta orqali gyeoportal ishtirokchisiga xat joʻnatish yoʻli bilan xabardor qiladi.
1 ish kuni mobaynida
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Geoportal boshqa ishtirokchilarining yopiq qatlamlaridan foydalanishga ruxsat olish uchun ariza shakli TASHKILOT BLANKASIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga
Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi geoportali boshqa ishtirokchilarining yopiq qatlamlaridan foydalanishga ruxsat olish uchun Ariza
20__ y. “___” __________
______________________________________________________________________________ ijozati bilan
(yopiq qatlam egasi boʻlgan ishtirokchi, tashkilot nomi)
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi geoportali ishtirokchisi boʻlgan ____________________________________________________________________________________
(ariza beruvchi tashkilot nomi)
uchun “Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi geoportalining quyida sanab oʻtilgan qatlamlaridan foydalanishga ruxsat berishingizni soʻrayman:
F.I.O.
Lavozimi
Xizmat telefoni
Elektron pochta manzili
Foydalanish uchun ruxsat berilishi soʻralayotgan geoaxborot qatlamlari
Ruxsat taqdim etilishi uchun asoslar ilova qilinadi.
__________________________
_____________
M.Oʻ.
__________________________
(rahbarning lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Geoportal boshqa ishtirokchisining yopiq qatlamlaridan foydalanishga ruxsat olish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbir
Ijro muddati
1-bosqich
Ishtirokchi
Geoportal boshqa ishtirokchisining koʻrsatilgan qatlamlaridan foydalanishga ruxsat berilishini asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda geoportal muvofiqlashtiruvchisiga ariza joʻnatadi.
Ixtiyoriy
2-bosqich
Muvofiqlashtiruvchi
(Qurilish vazirligi)
Geoportal operatori va arizada koʻrsatilgan, foydalanish uchun ariza taqdim etilgan qatlamlar egasi hisoblangan geoportalning boshqa ishtirokchisiga koʻrsatilgan qatlamlardan foydalanishga ruxsat berish uchun foydalanishga ruxsat berilishini asoslovchi hujjatlarning nusxasini ilova qilgan holda soʻrov joʻnatadi.
3 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Boshqa ishtirokchi
Ariza bergan geoportal ishtirokchisiga qatlamlardan foydalanishga ruxsat berilishi yoki rad etilishi haqidagi qaror haqida, rad etishning sabablarini koʻrsatgan holda, gyeoportal operatorini yozma ravishda yoki elektron pochta orqali xabardor qiladi.
10 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Operator
Geoportal boshqa ishtirokchisining ijobiy qarori natijalariga koʻra koʻrsatilgan qatlamlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
3 ish kuni mobaynida
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
Qatlam (qatlamlar)ni oʻchirish uchun beriladigan ariza shakli TASHKILOT BLANKASIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga
Qatlam (qatlamlar)ni oʻchirish uchun Ariza
20__ y. “___” __________
_________________________________________________________________ uchun oldin yaratilgan quyidagi
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
Geoportal ishtirokchisi qatlami (qatlamlari)ni oʻchirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddatlari
1-bosqich
Ishtirokchi
Geoportal muvofiqlashtiruvchisiga sabablarini koʻrsatgan holda qatlamni oʻchirish uchun ariza joʻnatadi.
Ixtiyoriy
2-bosqich
Muvofiqlashtiruvchi
(Qurilish vazirligi)
Qatlamni oʻchirish haqida qaror qabul qilib, geoportal operatori va geoportal ishtirokchisining masʼul shaxslarini bu haqida xabardor qiladi.
5 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Operator
Geoportal muvofiqlashtiruvchisi qarorining natijalariga koʻra koʻrsatilgan qatlamni geoportal maʼlumotlar bazasidan butunlay oʻchirib tashlaydi.
3 ish kuni mobaynida
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 13-ILOVA
Oʻchirib yuborilgan obyektlar (qatlamlar)ni qayta tiklash uchun beriladigan ariza shakli TASHKILOT BLANKASIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga
Oʻchirib yuborilgan obyektlar (qatlamlar)ni qayta tiklash uchun ariza
20____ y. “____” _____________
______________________________________________________________ uchun quyidagi oʻchirib yuborilgan
(tashkilot nomi)
obyektlar (qatlamlar)ni qayta tiklab berishingizni soʻrayman:
Qatlamning nomi
Obyektning nomi
Manzil va/yoki koordinataga bogʻliqligi (obyektning koordinatasi, joylashgan manzili)
Obyekt toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (geografik, atributiv, semantik, grafik maʼlumotlar)
Kiritiladigan obyektlar turi (nuqta, chiziq, poligon)
Kiritiladigan obyektlar koʻrinishi (rangi, rang bilan toʻldirilishi, shakli, shtrixlanishi) yoki grafik belgisi)
Biriktirilgan fayllar nomi (agar mavjud boʻlgan boʻlsa)
Obyektni qayta tiklashning asosi
1
2
3
4
5
6
7
____________________________
______________
___________________
(rahbarning lavozimi)
(imzo)
M.Oʻ.
(F.I.O.)
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomga 14-ILOVA
Oʻchirib yuborilgan obyektlar (qatlamlar)ni qayta tiklash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddatlari
1-bosqich
Ishtirokchi
Gyeoportal muvofiqlashtiruvchisiga sabablarini koʻrsatgan holda, oʻchirilgan obyektlar (qatlamlar)ni qayta tiklashni soʻrab murojaat qiladi.
Ixtiyoriga koʻra
2-bosqich
Muvofiqlashtiruvchi
(Qurilish vazirligi)
Geoportal muvofiqlashtiruvchisi oʻchirilgan obyektlar (qatlamlar)ni qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilib, bu haqida geoportal operatori va ishtirokchilarini xabardor qiladi.
5 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Operator
Gyeoportal muvofiqlashtiruvchisi qabul qilgan qaror natijalariga muvofiq oʻchirilgan obyektlar (qatlamlar)ni qayta tiklash ishlarini bajaradi yoki qayta tiklash imkoni mavjud emasligi toʻgʻrisida asoslangan rad javobini beradi.
30 ish kuni mobaynida
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 732-son qaroriga 3-ILOVA
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi va “Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimini yanada rivojlantirish va ularning “Elektron hukumat” tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Ijro uchun masʼullar
1.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi)ni respublika hududlarida joriy etish.
1. Axborot tizimini respublikaning barcha hududlarida test rejimida joriy etish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Respublikaning barcha hududlarida axborot tizimini tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq sinov tariqasida ishga tushirish.
3. Axborot tizimining Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida real vaqt rejimida ishlashini taʼminlash.
2020-yil dekabr
2020-yil oktabr — dekabr
2020-yil dekabr
Qurilish vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2.
Test rejimidagi sinov natijalaridan kelib chiqqan holda Axborot tizimini takomillashtirish.
Sinov ekspluatatsiyasi davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish.
2020-yil 1-dekabrga qadar
Qurilish vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
3.
Geoportalni joriy etish.
1. Geoportalni tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq sinov tariqasida ishga tushirish.
2. Geoportalning real vaqt rejimida ishlashini taʼminlash.
Tasdiqlangan reja-jadvalga asosan
2021-yil yanvar
Qurilish vazirligi,
“OʻzshaharsozlikLITI” DUK
4.
Qurilish vazirligi tuman va shahar qurilish boshqarmalarini kompyuter va tashkiliy texnika bilan taʼminlash.
1. Qurilish vazirligining tuman va shahar qurilish boshqarmalarida kompyuter va tashkiliy texnikaga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish.
2. Zarur kompyuter va tashkiliy texnika vositalarini xarid qilish va Qurilish vazirligining tuman va shahar qurilish boshqarmalari oʻrtasida taqsimlash.
3. Qurilish vazirligi tuman va shahar qurilish boshqarmalarining internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlash.
2020-yil 1-dekabrga qadar
Reja-jadvalga muvofiq
Reja-jadvalga muvofiq
Qurilish vazirligi
5.
Axborot tiziminining boshqa axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvi hamda axborot almashinuvi boʻyicha hamkorlikni taʼminlash.
1. Axborot tizimining boshqa axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvi boʻyicha texnologik yoʻriqnomani ishlab chiqish.
2. Axborot tizimining “Elektron hukumat” tizimlari bilan integratsiyalashuvini taʼminlash.
3. Axborot tizimining yuridik shaxslarning maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvini taʼminlash.
4. Axborot tizimining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat xizmatlari agentligi tizimi bilan integratsiyalashuvini taʼminlash.
5. Axborot tizimining Davlat soliq qoʻmitasi hamda Davlat statistika qoʻmitasi axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvini taʼminlash.
6. Axborot tizimining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi bilan integratsiyalashuvini taʼminlash.
7. Axborot tizimining zarurat tugʻilganda boshqa axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvini taʼminlash.
2020-yil 1-dekabrga qadar
2021-yil 1-yanvarga qadar 2021-yil 1-yanvarga qadar
2021-yil 1-yanvarga qadar
2021-yil 1-yanvarga qadar
2021-yil 1-yanvarga qadar
2021-yil 1-yanvarga qadar
Qurilish vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Davlat soliq qoʻmitasi,
Davlat statistika qoʻmitasi,
Davlat xizmatlari agentligi,
vazirliklar va idoralar
6.
Geoportalning boshqa axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvi hamda axborot almashinuvi boʻyicha hamkorligini taʼminlash.
1. Geoportalning integratsiyalashuvi boʻyicha Texnik yoʻriqnomani ishlab chiqish.
2. Geoportalning “Davlat kadastrlari yagona tizimi” va “Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri” elektron axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi va axborot almashinuvi boʻyicha hamkorligini taʼminlash.
2020-yil dekabr
2021-yil yanvar
Qurilish vazirligi,
“OʻzshaharsozlikLITI” DUK,
Kadastr agentligi
7.
Axborot tizimidan foydalanish boʻyicha Qurilish vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish.
1. Axborot tizimi foydalanuvchilar roʻyxatini shakllantirish.
2. Axborot tizimidan foydalanish boʻyicha oʻquv materiallari, yoʻriqnomalar, video materiallar va boshqa qoʻllanmalarni tayyorlash.
3. Axborot tizimi foydalanuvchilari malakasini oshirish boʻyicha oʻquv seminarlarini tashkil qilish va oʻtkazish.
2020-yil dekabr
2021-yil 1-yanvarga qadar
2021-yil davomida
Qurilish vazirligi
8.
Qurilish vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini Geoportaldan foydalanish boʻyicha oʻqitish va malakasini oshirish.
yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
quri?ishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish.
1. Arxitektura va qurilish sohasiga oid davlat xizmatlarini xatlovdan oʻtkazish.
2. Arxitektura va qurilish sohasidagi davlat xizmatlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish maqsadida tegishli axborot tizimlarini hamda maʼlumotlar bazalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
3. Ishlab chiqilgan axborot tizimlarining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat xizmatlari agentligi tizimi bilan integratsiyalshuvini taʼminlash.
2021-yil yanvar
2021-yil mart
2021-yil aprel
Qurilish vazirligi,
Davlat xizmatlari agentligi
11.
Axborot tizimi hamda Geoportalni modernizatsiyalash va yanada takomillashtirish.
Axborot tizimi hamda Geoportalni modernizatsiyalash va yanada takomillashtirish boʻyicha texnik va tashkiliy choralar amalga oshirilishini taʼminlash.
Doimiy ravishda
Qurilish vazirligi
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2020-y., 09/20/732/1526-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son; 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son; 16.07.2026-y., 07/26/252/0741-son)