O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida” Qonunini amalga oshirish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida” Qonunini amalga oshirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida 1992-yil 2-iyuldagi 626-XI-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Birja tovari bo‘lishi mumkin bo‘lmagan mol-mulklar, milliy-madaniy va tarixiy boyliklar turlarining ilova qilinayotgan ro‘yxati tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
1992-yil 1-noyabrgacha ta’sis hujjatlari “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq kelmaydigan yoki uning qoidalarini buzadigan birjalarga nisbatan ularning faoliyatini to‘xtatishga yoki ularni tugatishga qadar tegishli ta’sir choralarini ko‘rsin;
ikki hafta muddat ichida, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim qilish uchun, Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarini ko‘rsatilgan qonun bilan muvofiqlashtirish to‘g‘risida takliflarni taqdim etsin;
birjalarni davlat ro‘yxatiga olish chog‘ida olinadigan belgilangan pul miqdori to‘g‘risida taklif kiritsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi birjalarning ustav fondlarini indeksatsiyalashni amalga oshirsin, bunda pul mablag‘lari indeksatsiyalanmasligini, asosiy fondlar esa Vazirlar Mahkamasining “Asosiy fondlar qiymatini amaldagi narxlar bo‘yicha qayta hisoblab chiqish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 18-iyundagi 293-son qarori talablariga muvofiq qayta baholanishini hisobga olsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 26-oktabr,
493-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-oktabrdagi 493-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Birja tovari bo‘lishi mumkin bo‘lmagan mol-mulklar milliy-madaniy va tarixiy boyliklar turlarining
RO‘YXATI
RO‘YXATI
1. Yer, yer osti boyliklari, suv va boshqa tabiiy resurslar.
2. Qimmatbaho va nodir yer metallari va ulardan bo‘lgan buyumlar.
3. Qimmatbaho toshlar va ulardan bo‘lgan yoki ular ishlatigan buyumlar.
4. Strategik materiallar va raketa yoqilg‘isining maxsus turlari.
5. Qurol-yarog‘lar, ularning o‘q-dorilari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va ularning asboblari, agar ular boshqa tarmoqlarda ishlatilmaydigan bo‘lsa, portlovchi moddalar, portlatish vositalari, porox, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va maxsus asbob-uskunalar harbiylashtirilgan tashkilotlarning shaxsiy tarkibi uchun maxsus qurol yarog‘ hamda ularni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish uchun me’yoriy-texnik hujjatlar.
6. Raketa-kosmik komplekslar, harbiy maqsadlardagi aloqa va boshqaruv tizimlari hamda ularni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish uchun me’yoriy-texnik hujjatlar.
7. Jangovar zaharlovchi moddalar, ulardan himoyalanish vositalari hamda ularni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish uchun me’yoriy-texnik hujjatlar.
8. Uran, boshqa bo‘linuvchi materiallar va ulardan bo‘lgan buyumlar.
9. Rentgen asbob-uskunalari, radioaktiv moddalar va izotoplardan foydalanib tayyorlangan asboblar va qurilmalar.
10. Shifrlash texnikasi hamda uni ishlab chiqarish va undan foydalanish uchun me’yoriy-texnik hujjatlar.
11. Radioaktiv materiallarning chiqindilari.
12. Portlovchi moddalarning chiqindilari.
13. Tarkibida qimmatbaho va nodir yer metallari hamda qimmatbaho toshlar bo‘lgan chiqindilar.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Fuqaroviy va xizmat quroli turlari va uning o‘q-dorilari.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
15. Zaharlar, narkotik moddalar va farmakologik preparatlar.
16. Davlat muzeylari va suratlar galereyalaridagi barcha davrlarga tegishli san’atning barcha turlaridagi badiiy asarlar.
17. Davlat kutubxonalari va arxivlaridagi qo‘lyozmalar, hujjatlar, matbaa mahsulotlari, kino va fotomateriallar.
18. Tarixiy, ilmiy va madaniy qimmatga ega bo‘lgan asarlar va buyumlar.
19. Barcha mamlakatlar va xalqlarning 1945-yilgacha bo‘lgan me’morchilik fragmentlari, haykallar, rasmlar, grafika*.
20. Devoriy surat va barcha turlardagi koshinkor buyumlar, shuningdek, ularning fragmentlari.
21. 1945-yilgacha yog‘ochga, metallga, suyakka, qog‘ozga va boshqa materiallarga ishlangan miniatura*.
22. Arxeologik materiallar va ularning fragmentlari.
23. Ikonalar va diniy marosim buyumlari.
24. Barcha davrlarga mansub oltindan, platinadan, tabiiy qimmatbaho toshlarda kumushdan tayyorlangan nodir buyumlar.
25. Fil va morj suyaklaridan tayyorlangan nodir buyumlar.
26. 1960-yilgacha qimmatbaho va noqimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar va tangalarning kolleksiyalari, qog‘oz pullar*.
27. Mamlakat va chet el ordenlari va ko‘krakka taqiladigan nishonlar.
28. 1945-yilgacha ishlab chiqarilgan badiiy ro‘zg‘or va ilmiy asboblar va anjomlar (soatlar, barometrlar, tarozilar, durbinlar va boshqalar).
29. 1945-yilgacha ishlab chiqarilgan chinni, fayans, keramika, sirlangan shisha, billur, biser, tosh, shox, teri, bronza, mis, emal va boshqa materiallardan bo‘lgan badiiy buyumlar*.
30. 1945-yilgacha ishlab chiqarilgan badiiy kiyim-kechak va poyafzal, shu jumladan xalq kiyim-kechaklari va poyabzallar, yetakchi korxonalarda ishlab chiqarilgan ro‘mollar va sholro‘mollar, gazlamalardan bo‘lgan noyob buyumlar*.
31. 1945-yilgacha tayyorlangan badiiy mebel*.
32. 1945-yilgacha tayyorlangan qo‘lda ishlangan shpalerlar gobelenlar, gilamlar va gilamdo‘zlik buyumlari, qo‘lda to‘qilgan matolar, qo‘lda tikilgan badiiy kashtalar*.
33. 1945-yilgacha tayyorlangan xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari*.
34. 1945-yilgacha tayyorlangan musiqa asboblari*.
35. 1960-yilgacha chiqarilgan gramplastinkalar*.
36. Nodir pochta markalari va bloklari.
37. 1945-yilgacha mavjud bo‘lgan qo‘lyozma va hujjatlar, matbaa mahsulotlar kino va fotomateriallar*.
38. 1960-yilgacha tayyorlangan yog‘ochda, ganchda o‘ymakorlik texnikasida bajarilgan badiiy buyumlar*.
39. 1960-yilgacha tayyorlangan zardo‘zlik buyumlari*.
* Bundan tashqari badiiy va tarixiy qimmatga ega bo‘lgan yakka tartibda va yakka nusxada tayyorlangan nodir buyumlar va mahsulotlar.