|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.08.2024
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SOLIQ TOʻLOVCHILARNING IDENTIFIKATSIYA RAQAMLARINI BERISH VA QOʻLLASH TIZIMI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-avgustdagi 480-sonli “Vazirlar Mahkamasining “Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 2-apreldagi 150-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasida soliq tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlash, soliq toʻlovchilarni hisobga olishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 1997-yil 1-apreldan boshlab soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qoʻllash tizimini joriy etsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qoʻllash tizimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 1997-yil 1-aprelgacha soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini bank hujjatlarining barcha shakllariga majburiy kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish tavsiya etilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 11-mart,
130-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 130-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qoʻllash tizimi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Soliqlar toʻliq toʻlanishini va maxsus jamgʻarmalarga mablagʻlar ajratilishini hamda ham soliq organlarining, ham soliq toʻlovchilarning davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini taʼminlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining barcha vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, bank muassasalari hamda boshqa muassasalar, tashkilotlar va korxonalar bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlovchi soliq toʻlovchilarni kodlashtirishning yagona tizimini shakllantirish ushbu Nizomni joriy etishning maqsadi hisoblanadi.
2. Soliq toʻlovchilarga identifikatsiya raqamlarini berish quyidagilarni taʼminlashga qaratilgan:
Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining identifikatsiya raqamlari yagona reyestrini shakllantirish;
soliq toʻlovchilarni hisobga olishni tartibga solish;
soliqlarning budjetga tushishini hisobga olish va soliq organlarining oʻzaro hamkorligi boʻyicha maʼlumotlarni kompyuterda ishlashni joriy etish;
soliq qonunchiligiga rioya etilishi boʻyicha axborotlarning yaxlitligi va ishonchliligi koʻp tomonlama tekshirilishi, nazorat qilinishini tashkil etish;
soliq organlari bilan davlat xokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, bank muassasalari va moliyaviy tusdagi, shuningdek, koʻchar va koʻchmas mulk boʻyicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar oʻrtasida axborot ayirboshlashni birxillashtirish;
qonunchilikda belgilangan oʻz vazifalari va funksiyalarini bajarishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida tadbirkorlik subyektlariga — jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan axborotlar almashishni unifikatsiya qilish;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
daromadlarni, toʻlangan soliqlarni va xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha davlat jamgʻarmalariga toʻlovlarni hisobga olishni birxillashtirish.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
3. Identifikatsiya raqami soliq toʻlovchining barcha soliq majburiyatlari va barcha ijtimoiy huquqlari boʻyicha yagona hisoblanadi, uning davlat hokimiyati va nazorat organlari bilan davlat ijtimoiy sugʻurtasi hamda boshqa sugʻurta jamgʻarmalaridan toʻlovlar (mablagʻlar) olish boʻyicha barcha oʻzaro munosabatlarida qoʻllanadi va oʻzgartirilmaydi.
4. Identifikatsiya raqami bir marta beriladi va faqat yuridik shaxs tugatilgandan keyin uch yil oʻtgach, bekor qilinishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
5. Identifikatsiya raqami Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan beriladi.
STIR aniq vaqt rejimida, yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga, shuningdek xorijiy yuridik shaxslarni tadbirkorlik subyektlari sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yoki soliq majburiyatlari paydo boʻlganda davlat roʻyxatidan oʻtkazishda beriladi.
Jismoniy shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami orqali amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
6. Identifikatsiya raqamini:
davlat soliq inspeksiyasida roʻyxatdan oʻtkazishga asos boʻladigan roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda respublika Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan ushbu ishlarga vakil qilingan boshqa organlar tomonidan (tadbirkorlik faoliyati, shuningdek, faoliyatning boshqa muayyan turlari bilan shugʻullanish uchun) berilgan litsenziyalarga;
ruxsat berish tusidagi, shu jumladan “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasida koʻrsatilgan ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtgandan keyin beriladigan barcha hujjatlarda;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda. 2017-yilning 1-aprelidan boshlab kuchga kiradi)
bank toʻlov hujjatlarining elektron shakllariga;
davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladigan hisobot hujjatlariga;
davlat maxsus jamgʻarmalaridan ijtimoiy nafaqalar berish boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish va toʻlov hujjatlariga qoʻyish majburiydir.
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuzilayotgan xoʻjalik, fuqarolik-huquqiy va mehnat shartnoma (kontrakt)larida, ularga ilovalarda;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bitishuvlar sodir etilganligini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda, shu jumladan schyot-fakturalarda va transport hujjatlarida;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy, mulkiy va qiymat ifodasiga boʻlgan boshqa majburiyatlarning yuzaga kelishini, shuningdek ularning chaqirilganligini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qiymat ifodasiga ega boʻlgan mulk egasi huquqi sotib olinganligini va berilganligini belgilovchi va tasdiqlovchi, shuningdek bunday huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-yanvarda qabul qilingan 7-son qaroriga asosan oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
III. SOLIQ TOʻLOVCHINING IDENTIFIKATSIYA RAQAMI TUZILISHI
10. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami toʻqqizta raqamli belgidan iboratdir, dastlabki 8 raqam soliq toʻlovchining oʻz raqami, oxirgi raqam esa nazorat sonini tashkil etadi.
Shunday qilib, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami tuzilishi quyidagicha koʻrinishga ega boʻladi:
Ushbu maqsadlarda 20000000Xdan 29999999Xgacha boʻlgan kodlardan foydalanilishi kerak.
Bunda X-soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami sonlari izchilligi toʻgʻriligini nazorat qiluvchi son, ushbu son Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasida kompyuter tomonidan soliq toʻlovchiga identifikatsiya raqami berish jarayonida muayyan algoritm boʻyicha shakllantiriladi.
Zarurat boʻlganda, kodlashtirish tizimi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida quyidagi kodlar zaxira qilingan:
00000000Xdan 19999999Xgacha;
30000000Xdan 39999999Xgacha;
80000000Xdan 99999999Xgacha.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
11. Kodlashtirishning mazkur tuzilishi oʻzgarmas va universal hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va ularni qoʻllash tizimda foydalanishi kerak.
IV. YURIDIK SHAXS BOʻLGAN SOLIQ TOʻLOVCHINING IDENTIFIKATSIYA RAQAMI
12. Soliq toʻlovchilarga — yuridik shaxslarga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasida ular tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasida roʻyxatdan oʻtkazish shaklini toʻldirayotganda koʻrsatilgan soliq toʻlovchining maʼlumotlari asosida beriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda. 2017-yilning 1-aprelidan boshlab kuchga kiradi)
13. Yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazish u tashkil etilgan joy boʻyicha soliq inspeksiyasi tomonidan faqat bir marta amalga oshiriladi.
14. Yuridik shaxsni soliq inspeksiyasida roʻyxatdan oʻtkazish uning tomonidan oʻzi tashkil etilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasida toʻldirilgan roʻyxatdan oʻtkazish soliq shakli maʼlumotlari asosida Davlat soliq qoʻmitasida unga identifikatsiya raqami berilgandan hamda unga tashkil etilgan joy boʻyicha davlat soliq inspeksiyasida soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgandan va identifikatsiya raqami berilgandan keyin tugallangan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
16. Soliq toʻlovchi mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga oʻzining identifikatsiya raqamini aniq va ravshan qoʻyishi shart.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlarda identifikatsiya raqamini aniq va tushunarli qilib qayd etishlari shart.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda. 2017-yilning 1-aprelidan boshlab kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(V boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
VI. IDENTIFIKATSIYA RAQAMLARINI QOʻLLASH BOʻYICHA SOLIQ TOʻLOVCHILARNING JAVOBGARLIGI
23. Soliq toʻlovchining roʻyxatdan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻz vaqtida kelmasliklari, shuningdek, mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlarda identifikatsiya raqamining notoʻgʻri va noaniq koʻrsatilishi hisobga olish hujjatlarini buzib koʻrsatishga tenglashtiriladi va qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka olib keladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-y., 3-son, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 690-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2018-y., 09/18/823/2046-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)