1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.03 (Кучини йукотган) Litseylar, kollejlar / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik, ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PQ-4609-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tizimida Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi (keyingi oʻrinlarda ― litsey) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar litseyning asosiy vazifalari etib belgilansin:
oʻquvchilarda xalqimizning maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlarini chuqur hurmat qilish, ularda halollik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxsiy xislatlarini, shuningdek, milliy gʻurur tuygʻularini shakllantirish;
xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo, Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yoʻlida oʻzini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida Oʻzbekiston xalqiga sodiq, qatʼiy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan oʻquvchilarni tarbiyalash;
oʻquvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari boʻyicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlangʻich bilimlarni singdirish;
notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash.
3. Belgilansinki:
litsey Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati muassisligidagi davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi;
litseyga qabul va oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi;
litseyda oʻquv jarayoni davomiyligi ikki yil boʻlib, yillik qabul kvotasi 100 nafarni tashkil etadi;
litsey Termiz davlat universiteti va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetiga biriktiriladi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga;
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi faoliyatini tashkil qilish va uning oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga;
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyining infratuzilmasi, oʻquv va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi litseyning oʻqituvchi, ishchi va xizmatchilari lavozimlari uchun lozim boʻlgan shtat birliklarini ajratsin.
mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, xorijiy mamlakatlarning kreditlari va xalqaro moliya tashkilotlarining mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
litsey xodimlari, ishchi va xizmatchilarining mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish hamda litsey bitiruvchilariga beriladigan imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qarorida belgilangan tartib va shartlar asosida amalga oshiriladi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 473-son qaroriga
1-ILOVA
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyining
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Direktor
1 (0-0-0-1)
Ilmiy-pedagogik kengash
Direktorning maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari*
1 (1-0-0-0)
Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari
1 (0-0-0-1)
Direktorning maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari
1 (0-0-0-1)
Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar boʻlimi
214 (2-10-200-2)
Oʻquv-metodik boʻlinmasi
2 (0-0-0-2)
Maʼmuriy boʻlinma
3 (0-0-0-3)
Kadrlar boʻlinmasi
2 (0-1-0-1)
Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi
11** (0-0-0-11)
Avtomobil seksiyasi
5 (0-1-0-4)
Moliya xizmati
3 (0-1-0-2)
Axborot-resurs markazi
3 (0-0-0-3)
Aloqa va axborot texnologiyalari boʻlinmasi
3 (0-0-0-3)
Psixolog
1 (0-0-0-1)
Toʻgaraklar
4 (0-0-0-4)
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi
6** (0-0-0-6
Kotibiyat
1 (0-0-0-1)
Tibbiyot boʻlinmasi
5 (0-0-0-5)
Kasbiy va amaliy fanlar kafedrasi
6** (0-0-0-6)
Xoʻjalik boʻlinmasi
14 (0-0-0-14)
Tillar kafedrasi
10** (0-0-0-10)
Laboratoriya
3 (0-0-0-3)
Izoh: * fuqaro xodimlar egallashi mumkin boʻlgan lavozim;
** oʻquv yuklamasidan kelib chiqqan holda soni oʻzgartirilishi mumkin;
qavsda koʻrsatilgan: 1-raqam — kontrakt boʻyicha ofitserlar tarkibi; 2-raqam — kontrakt boʻyicha serjantlar tarkibi; 3-raqam —oʻquvchilar; 4-raqam — ishchi va xizmatchilar.
Shaxsiy tarkib soni
Jami
Ofitserlar
Serjantlar tarkibiga mansub kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar
Oʻquvchilar
Ishchi va xizmatchilar
300
3
13
200
84
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 473-son qaroriga 2-ILOVA
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Asosiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyining (keyingi oʻrinlarda ― litsey) maqomi, maqsadi va asosiy vazifalari, faoliyatini tashkil etish, oʻquvchilarni saralash, qabul qilish va chetlatish tartibini belgilaydi.
2. Litsey davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi va banklarda hisobvaragʻi va boshqa hisoblar, belgilangan namunadagi muhr, shtamp, oʻz nomi tushirilgan blankalariga ega boʻladi.
3. Litsey oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, mazkur Nizom, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek, oʻz Ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Litseyda oʻquv-tarbiya jarayoni oʻquvchilarni harbiy-kasbiy yoʻnaltirish va kelgusida ularni respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻqitish nazarda tutilgan davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Litseyda oʻqish muddati ikki yil boʻlib, qabul kvotasi 100 nafarni tashkil etadi.
5. Litseyga umumiy rahbarlik qilish, uning faoliyatini moliyalashtirish, moddiy-texnik taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
6. Litseyning oʻquvchilar kiyim-bosh namunalari va kiyinish tartibi, ularning sutkalik oziq-ovqat payogi normalari Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
2-bob. Litseyning maqsadi va asosiy vazifalari
7. Oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini, chegaralari daxlsizligini taʼminlash uchun masʼuliyat hissini oshirish, shuningdek, ularning huquqiy bilim va madaniyatini, Oʻzbekiston Respublikasiga sodiq, fidoyi fuqarolarni aniq maqsadli va tizimli tayyorlash samaradorligini takomillashtirish litsey faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
8. Quyidagilar litseyning asosiy vazifalari hisoblanadi:
oʻquvchilarda xalqimizning maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxsiy xislatlarini, shuningdek, milliy gʻurur tuygʻularini shakllantirish;
xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yoʻlida oʻzini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida Oʻzbekiston xalqiga sodiq, qatʼiy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan oʻquvchilarni tarbiyalash;
oʻquvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari boʻyicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlangʻich bilimlarni singdirish;
notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash.
9. Litseyda oʻquv jarayoni Oʻzbekiston Respublikasining davlat taʼlim standartlari asosida hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil qilinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
10. Litseyda taʼlim davlat, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
11. Tibbiy va pedagogik asoslarga asoslangan taʼlim, mehnat, dam olish va turli tadbirlar uygʻunligini taʼminlovchi kun tartibi oʻquvchilar kechayu-kunduz litseyda boʻlishini hisobga olib tuziladi va ilmiy-pedagogik kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
12. Litsey rahbar xodimlarining vakolatlari va funksional vazifalari, shuningdek, oʻquvchilarning huquq va majburiyatlari litseyning ustavi bilan belgilanadi.
13. Birinchi kursda oʻquv yili yakunlanganidan soʻng yakuniy nazorat natijalari asosida litsey oʻquvchilarini keyingi kursga oʻtkazish toʻgʻrisida direktorning buyrugʻi chiqariladi.
14. Xalqaro va respublika fan olimpiadalarida 1 ― 3-oʻrinlarni egallagan litsey oʻquvchilari hamda ularning oʻqituvchilari respublika umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar maktablarining oʻquvchilarini va ularning oʻqituvchilarini ragʻbatlantirishni (mukofotlashni) tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar asosida ragʻbatlantiriladi (mukofotlanadi).
15. Litseyga umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining (keyingi oʻrinlarda — umumtaʼlim maktablari) 9-sinfini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega, sogʻligʻining holatiga koʻra oʻqishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasining erkak jinsli fuqarolari oʻqishga qabul qilinadi.
Litsey faoliyati va oʻqishga nomzodlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari (keyingi oʻrinlarda — Chegara qoʻshinlari) rasmiy veb-saytlariga joylashtirib boriladi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali litseyga qabul boshlanganligi toʻgʻrisida eʼlon beriladi.
16. Saralash tadbirlari dastlabki tanlov, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat.
Saralash tadbirlarini oʻtkazish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan kelishilgan holda belgilanadi.
17. Nomzodlarning shaxsiy yigʻmajildlari bilan ishlash, tashkiliy ishlarni bajarish, zarur material va hisobotlarni tayyorlash uchun litseyda qabul komissiyasi tuziladi, uning tarkibi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Qabul komissiyasi oʻz faoliyatini litseyning ustavi asosida amalga oshiradi.
18. Harbiy-kasbiy tanlov tadbirlari Chegara qoʻshinlari harbiy qismlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining boshqa manfaatdor boʻlinmalari bilan hamkorlikda oʻtkaziladi.
19. Dastlabki tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad nomzodlarning keyinchalik oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi, davlat xizmatchisi boʻlish istagida boʻlgan shaxslarga sogʻligʻi, shaxsiy-psixologik sifatlari, jismoniy tayyorgarligi boʻyicha qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini, shuningdek, yuqori intellektual va maʼnaviy-axloqiy salohiyatga ega nomzodlarni aniqlash hisoblanadi.
20. Quyidagilar dastlabki tanlovning asosiy tadbirlari hisoblanadi:
litsey bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktablarida targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish;
umumtaʼlim maktablarining maʼmuriyati bilan hamkorlikda 9-sinf oʻquvchilari orasidan fanlarni oʻzlashtirish darajasi yuqori boʻlgan, vatanparvar va sogʻlom muhitda tarbiyalanayotgan oʻquvchilarni tanlab olish hamda ularning roʻyxatini shakllantirish;
nomzodga tegishli hujjatlar va nomzodni tavsiflovchi maʼlumotlarni toʻplash;
nomzod toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlarni (oilaviy ahvoli, ota-onasi va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va boshqalar), nomzodning litseyga oʻqishga kirishni tanlashiga asoslari va sabablarini aniqlash;
nomzoddan ariza qabul qilish.
21. Nomzodlar uchun dastlabki tanlov ularning yashash va oʻqish joyi boʻyicha Chegara qoʻshinlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmalarining boʻlinmalari, tuman va shahar boʻlinmalari (boʻlimlari) tomonidan “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi masʼul xodimlari bilan birgalikda oʻtkaziladi.
Dastlabki tanlov natijalari boʻyicha Chegara qoʻshinlarining chegarani qoʻriqlash vzvodlari, Davlat xavfsizlik xizmatining hududiy boshqarmalarining boʻlimlari, tuman va shahar boʻlinmalari (boʻlimlari) tomonidan litseyga oʻqishga kirish uchun tavsiya qilingan umumtaʼlim maktablarining 9-sinf oʻquvchilaridan 5-sentabrdan 5-oktabrga qadar arizalar qabul qilinib, Chegara qoʻshinlari harbiy qismlarining shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻlinmalariga taqdim etiladi.
22. Quyidagilar litseyga oʻqishga kirish uchun rad javobining berilishiga asos boʻladi:
nomzodning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi emasligi;
nomzodga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilganligi, dastlabki tergov yoki surishtiruv oʻtkazilayotganligi, jinoyat ishi sudda koʻrib chiqilayotganligi;
jazo chorasi turidan yoki amnistiya qarori qoʻllanilganligidan qatʼi nazar, sodir etilgan jinoyat uchun ayblov hukmi chiqarilganligi;
yashash joyidan va ichki ishlar organlaridan salbiy tavsiyanomalar mavjudligi;
nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari uchun belgilangan maxsus talablarga mos kelmasligi.
23. Nomzodlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati litsey ustavi bilan belgilanadi.
24. Harbiy-kasbiy tanlovning bosh maqsadi oʻzining psixofiziologik xususiyatlari va sogʻligining holati boʻyicha belgilangan talablarga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining maxsus talablariga mos keladigan, yetakchilik sifatlariga, ichki ishonchga, mustahkam maʼnaviy-axloqiy va intellektual salohiyatga ega, kelgusida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining munosib harbiy xizmatchisi va xodimlari hamda davlat xizmatchilari boʻla oladigan nomzodlarni aniqlashdir.
25. Harbiy-kasbiy tanlovning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat:
taqdim qilingan nomzodga tegishli hujjatlar va nomzodni tavsiflovchi maʼlumotlarni oʻrganish;
nomzodni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
nomzodning psixofiziologik xususiyatlarini aniqlash;
nomzodning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash;
nomzodning savodxonlik darajasini baholash (ijodiy bayon olish);
nomzodning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari uchun belgilangan maxsus talablarga mos kelishini aniqlash;
nomzod bilan yakka tartibda yakuniy suhbat oʻtkazish va uni test sinovlariga qoʻyish toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilish.
26. Harbiy-kasbiy tanlov nomzodning yashash joyi boʻyicha Chegara qoʻshinlari harbiy qismlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining tegishli boʻlinmalari va litseyning malakali xodimlari bilan birgalikda 5-oktabrdan 1-fevralga qadar oʻtkaziladi.
27. Tibbiy koʻrik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Sogʻliqni saqlash vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan tartibda Chegara qoʻshinlari Harbiy gospitali va Davlat xavfsizlik xizmatining hududiy boshqarmalari harbiy-tibbiy muassasalarida Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi boshligʻi va hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi tasdiqlagan harbiy-tibbiy komissiya (keyingi oʻrinlarda — HTK) tomonidan oʻtkaziladi.
Tibbiy koʻrikni oʻtkazish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar oʻsmirlar dispanseri, viloyat koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari huzuridagi oʻsmirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordam koʻrsatish boʻlimi mutaxassis-shifokorlari jalb qilinadi.
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari asosida mutaxassis-shifokorlar xulosalariga koʻra HTK nomzodning litseyga oʻqishga kirishga yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa chiqaradi.
28. Salomatligiga koʻra litseyga oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar saralash tadbirlarining keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
29. Nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ishlab chiqilgan metodikaga muvofiq noyabr-dekabr oylarida Davlat xavfsizlik xizmati organlari mutaxassis-psixologlaridan iborat psixologlar guruhi tomonidan oʻrganiladi.
Psixologlar guruhi tarkibiga oliy taʼlim muassasalarining mutaxassislari shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
Nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini oʻrganish natijalariga koʻra quyidagi xulosalar chiqariladi:
oʻqishga kirish uchun tavsiya etiladi;
oʻqishga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
30. Nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini oʻrganish natijasi boʻyicha oʻqishga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar saralash tadbirlarining keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
31. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi Chegara qoʻshinlari harbiy qismlarida noyabr-dekabr oylarida aniqlanadi.
32. Jismoniy tayyorgarlik darajasi boʻyicha talablarga javob bermaydigan nomzodlar saralash tadbirlarining keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
33. Nomzodlarning savodxonlik darajasini ijodiy bayon olish orqali baholash tadbiri litseyning pedagog xodimlaridan iborat komissiya tomonidan yanvar oyida oʻtkaziladi.
Ijodiy bayon sinovi mazkur Nizomga ilovada keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi va baholanadi.
Ijodiy bayon olish komissiyasi tarkibiga taʼlim muassasalarining tegishli mutaxassislari shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
34. Ijodiy bayon yakuni boʻyicha qoniqarsiz baho olgan nomzodlar saralash tadbirlarining keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
35. Nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari uchun belgilangan maxsus talablarga mos kelishi Chegara qoʻshinlari tomonidan aniqlanadi.
36. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari uchun belgilangan maxsus talablarga mos kelmaydigan nomzodlar saralash tadbirlarining keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
37. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat Chegara qoʻshinlari harbiy qismlarining oʻquv-metodik komissiyasi tomonidan nomzodlarning yetakchilik sifatlari, mantiqiy fikrlash va savodxonlik darajasi, aqliy qobiliyatlari, shuningdek, harbiy xizmatchi va davlat xizmati xodimi uchun muhim kasbiy sifatlarini aniqlash maqsadida 1-fevralga qadar oʻtkaziladi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga koʻra nomzodlarni test sinovlarini topshirishga qoʻyish toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilinadi.
38. Psixofiziologik xususiyatlarni oʻrganish natijalariga koʻra litseyga oʻqishga kirish uchun tavsiya etilmagan, salomatligiga koʻra oʻqishga yaroqsiz deb topilgan va maxsus talablarga mos kelmagan nomzodlarga saralash natijalarining sabablari oshkor etilmaydi.
39. Test sinovlariga qatnashishga tavsiya etilgan nomzodlarning Chegara qoʻshinlari harbiy qismlari tomonidan rasmiylashtirilgan shaxsiy yigʻmajildlari 15-martga qadar litseyning qabul komissiyasiga yuboriladi.
40. Test sinovlarida qatnashishga tavsiya etilgan nomzodlarga Chegara qoʻshinlari harbiy qismlari tomonidan maʼlumotnoma beriladi. Maʼlumotnoma umumtaʼlim maktabidan umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomani olish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
41. Shaxsiy yigʻmajildlarni oʻrganish natijalariga koʻra test sinovlariga qatnashishga ruxsat etilgan nomzodlarning roʻyxatlarini Chegara qoʻshinlari harbiy qismlariga yetkazish uchun litseyning qabul komissiyasi masʼul hisoblanadi.
42. Test sinovlarini oʻtkazish sanasi, joyi va vaqtini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Agentlik bilan kelishilgan holda belgilaydi.
43. Test sinovlari oʻtkaziladigan joy va vaqt toʻgʻrisida nomzodlarni oʻz vaqtida xabardor qilish uchun javobgarlik ularni oʻrgangan harbiy qism komandirlari zimmasiga yuklanadi.
44. Litseyga kelib-ketish, test sinovlariga tayyorlanish va topshirish davrida joylashish hamda ovqatlanish bilan bogʻliq xarajatlar nomzodlarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan qoplanadi.
45. Test sinovlari Agentlik tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
46. Test sinovlari oʻtkaziladigan umumtaʼlim fanlari bloki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Nomzodlar test sinovlarini oʻz ixtiyoriga koʻra uch tildan — oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birida topshiradilar.
47. Agentlik tomonidan oʻtkazilgan test sinovlarining natijalari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda mazkur komissiyaga hamda litsey qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
48. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari oʻtkazilmaydi.
49. Litseyga qabul qilinmagan (saralashdan oʻtmagan) nomzodlarning shaxsiy yigʻmajildlari (boshqa hujjatlari bilan birgalikda) dalolatnoma asosida ularni oʻrgangan Chegara qoʻshinlari harbiy qismlariga yuboriladi.
50. Test topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlim fanlarining (5 — 9-sinflar kesimida) davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuziladi.
51. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan nomzodlar, ularning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari natijasi eʼlon qilingandan keyin ikki ish kuni davomida test sinovi oʻtkazilgan Agentlikning hududiy boʻlimlarida tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda test natijalari boʻyicha apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega boʻlib, ularning shikoyati qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
52. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining qaroriga muvofiq dastlabki va harbiy-kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan kuyidagi nomzodlar litseyga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi:
xalqaro va respublika fan olimpiadalarining gʻoliblari — belgilangan qabul kvotasi doirasida;
oʻz xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda jarohatlanish (shikastlanish) natijasida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari — kvotadan tashqari;
yetim, ota-ona qarovisiz qolgan, davlat va jamiyat yordamiga muhtoj boʻlgan, joriy yilda umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini tamomlagan voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash boʻyicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyatining qarorlari asosida — kvotadan tashqari belgilangan kvotaning 5 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda.
53. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi rahbarligida oʻtkazilayotgan respublika va xalqaro sport musobaqalarining gʻoliblariga Agentlik tomonidan litseyga kirish uchun oʻtkazilayotgan test sinovlarida ular toʻplagan ballarning 20 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
5-bob. Litseyga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi
54. Nomzodlarni litsey oʻquvchilari safiga qabul qilish Agentlik tomonidan oʻtkazilgan test sinovlari natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
(54-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
Mazkur Nizomning 52-bandida koʻrsatilgan imtiyozlarga ega boʻlgan nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan oʻqishga qabul qilinadi.
55. Dastlabki va harbiy-kasbiy tanlashdan oʻtgan nomzodlar soni belgilangan qabul kvotalaridan kam boʻlgan taqdirda, test sinovlari oʻtkazilmaydi hamda nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan qabul qilinadi.
56. Bir nechta nomzodlarning oʻtish reyting ballari teng boʻlgan hollarda, ular orasidan birinchi blok fanidan test natijalari yuqori boʻlgan nomzod qabul qilinadi, shunda ham baholar teng boʻlib qolgan taqdirda, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomadagi matematika, fizika, ona-tili va adabiyot fanlaridan olgan yakuniy baholari yigʻindisi boshqalarnikidan yuqori boʻlgan nomzod oʻqishga qabul qilinadi.
57. Test natijalari taqdim etilgandan soʻng litseyning qabul komissiyasi nomzodlar roʻyxatini tuzadi hamda bayonnomani rasmiylashtiradi. Mazkur hujjatlar qabul komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan imzolanib, litseyning muhri bilan tasdiqlanadi.
58. Qabul komissiyasining bayonnomasi nomzodlarni litseyga oʻquvchilar safiga qabul qilish toʻgʻrisida litsey direktorining buyrugʻini chiqarish uchun asos boʻladi.
59. Litseyga oʻqishga qabul qilinadigan shaxslar oʻquvchi deb ataladi, ularga belgilangan namunadagi oʻquvchi bileti va reyting daftarchasi beriladi.
60. Litseyning tashkiliy-shtat tuzilmasiga muvofiq oʻquv kurslari boʻyicha akademik guruhlar vzvodlarga birlashadi.
Algebra, geometriya, fizika, xorijiy tillar, informatika, rus tili, ona tili va adabiyot fanlari boʻyicha mashgʻulotlarni oʻtkazish vaqtida oʻquvchilar guruhi ikkita kichik guruhlarga boʻlinadi.
61. Litseyni tamomlagandan keyin bitiruvchilarga belgilangan namunadagi diplom va koʻkrak nishoni beriladi.
Litseyni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi koʻkrak nishonining yagona namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati qarori bilan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Koʻkrak nishoni kitel koʻkrak qismining oʻng tomoniga taqiladi.
6-bob. Litsey oʻquvchilarni oʻqishdan chetlatish tartibi
62. Oʻquvchilar litseydan quyidagilar asoslarga koʻra chetlatiladi:
sogʻligʻi tufayli (tibbiy komissiya xulosasi asosida);
oʻquvchining arizasiga muvofiq, ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarning tashabbusiga koʻra;
akademik oʻzlashtirishdan ortda qolish, bir semestr mobaynida ikki hafta davomida (72 va undan koʻp soat) uzrli sabablarsiz mashgʻulotlarda qatnashmaslik;
oʻquv yili yakunida 3 ta fanni yaxshi oʻzlashtira olmagan holda, qayta imtihon topshirishda ham oʻta olmagan taqdirda;
litsey ustavida belgilangan ichki tartib qoidalarini qoʻpol ravishda buzish;
sudning qaroriga koʻra jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilishi;
vafot etganligi munosabati bilan.
63. Oʻquvchilar litseydan litsey ilmiy-pedagogik kengashining qaroriga muvofiq direktorning buyrugʻi bilan chetlatiladi.
Oʻqishdan chetlatilgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yigʻmajildi litsey ilmiy-pedagogik kengashining qarori qabul qilingandan soʻng litsey direktorining buyrugʻi bilan imzolangan kundan boshlab bir hafta muddatda uning boshqa umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida taʼlim olishni davom ettirishini tashkil etish uchun yashash joyidagi bolalar masalalari boʻyicha komissiyalariga yuboriladi.
(63-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
64. Shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi (boshqa hujjatlari bilan birgalikda) tegishli taʼlim muassasasi rahbarining taʼlimga jalb qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingani haqida xabarnoma olingandan soʻng dalolatnoma asosida ota-onasining ishtirokida unga qaytarib beriladi.
65. Oʻqishdan chetlatilgan oʻquvchilarni tiklash va boshqa taʼlim muassasalaridan litseyga oʻtkazish taqiqlanadi.
66. Oʻquvchilarni litseydan chetlatishdan norozi boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi davlat organlariga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
7-bob. Rahbar va pedagog kadrlar, litseyni boshqarish
67. Rahbar va pedagog kadrlar hamda kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar lavozimlarini butlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
68. Litseyga qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
69. Direktor litseyning faoliyatiga rahbarlik qiladi, oʻquvchilarga sifatli taʼlim berish va ularni tarbiyalash, oʻquv rejasi va dasturlarining bajarilishi, litseyning oʻquv-uslubiy va moliya-xoʻjalik faoliyati lozim darajada amalga oshirilishi uchun javob beradi. Direktor ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan ozod qiladi, oʻz vakolati doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda litsey boʻyicha buyruqlar chiqaradi.
70. Litsey direktori Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda, taʼlim sohasida hamkorlik boʻyicha respublika va xorijiy taʼlim muassasalari bilan xalqaro memorandum va bitimlar tuzish huquqiga ega.
71. Litseyda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishga tegishli maʼlumotga va professional tayyorgarlikka hamda yuksak axloqiy sifatlarga ega shaxslar haqlidir.
72. Litseyda direktor huzurida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil qilish va takomillashtirishga koʻmaklashuvchi, kollegial organ hisoblanadigan Ilmiy-pedagogik kengash tuziladi.
Ilmiy-pedagogik kengashning vazifa va funksiyalari litsey ustavi bilan belgilanadi.
8-bob. Davlat organlarining litseyni boshqarish boʻyicha asosiy vazifalari
73. Quyidagilar vazirlik va idoralarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
litseyga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni tashkil etish, oʻquvchilarning oliy harbiy, ixtisoslashtirilgan va oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun sifatli tayyorlashda ularning roli va masʼuliyatini oshirish, shuningdek, bevosita ishtirokini taʼminlash;
taʼlim dasturlari va oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish;
litseyni harbiy xizmatga chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik uchun moʻljallangan oʻquv vositalari, maxsus adabiyotlar, sport jihozlari, zamonaviy kompyuter texnikasi, oʻquv maqsadlari uchun moʻljallangan qurol-aslaha va harbiy-texnik mulklarning zamonaviy namunalari bilan taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik dasturiga muvofiq oʻquv va koʻrgazmali qoʻllanmalar bilan taʼminlash;
litsey oʻquvchilari bilan harbiy va ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining dala oʻquv maydonlari bazalarida chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazish;
litsey oʻquvchilarining oliy harbiy taʼlim muassasalariga, harbiy qismlar va muassasalarga tashriflarini tashkil etish;
litsey harbiy xizmatchilarini oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining malaka oshirish fakultetlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida malaka oshirishini tashkil qilish;
(73-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
oʻquvchilarni harbiy-vatanparvarlik, huquqiy, maʼnaviy-axloqiy va estetik tarbiyalashni taʼminlaydigan kompleks maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni oʻtkazish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi bilan birgalikda litseyga munosib nomzodlarni tanlab olish uchun umumtaʼlim maktablari 5-6 sinf oʻquvchilarining bilimi, jismoniy qobiliyatlari va shaxsiy sifatlarini doimiy ravishda oʻrganish va ular boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini tuzish hamda umumtaʼlim maktablarida litseyning faoliyati, qabul shartlari va taqdim qilinayotgan imtiyozlar toʻgʻrisida oʻquvchilarni xabardor qilish boʻyicha keng targʻibot-tashviqot ishlarini muntazam ravishda olib borish.
74. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(74-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
vazirlik va idoralar tomonidan davlat taʼlim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan litseyning oʻquv rejalari va dasturlarini kelishish;
sohadagi oliy taʼlim muassasalari negizida va malaka oshirish muassasalarida litsey pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
oʻquv jarayonini tashkil etish uchun litseyni barcha zarur rasmiy hujjatlar hamda oʻquv muassasasini tamomlaganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom va sertifikatlar bilan taʼminlash;
litseyni zarur oʻquv va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash.
75. Quyidagi masalalarda koʻmaklashish litseyga biriktirilgan oliy harbiy, ixtisoslashtirilgan va oliy taʼlim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish, taʼlim dasturlari va oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, tahsil olayotgan yoshlarni oliy taʼlim muassasasiga qadar kasbga yoʻnaltirish va pedagog kadrlar malakasini oshirishni samarali tashkil etish;
oʻquvchilarning bilim darajasi va intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish, ularni aniq maqsadga yoʻnaltirilgan tarzda oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni davom ettirishga tayyorlash;
milliy va xorijiy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasini hisobga olgan holda, taʼlim jarayonini tashkillashtirishning zamonaviy metodlarini joriy etish, shuningdek, uning mazmunini doimiy ravishda yangilash;
yuqori bilim darajasi, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda qoida tariqasida kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega boʻlgan oʻqituvchilarni litseyda ishlash uchun tanlab olish.
9-bob. Litseyning moliyaviy va moddiy-texnik taʼminoti
76. Litsey faoliyati quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
harbiy-maʼmuriy sektorlarning mablagʻlari;
Surxondaryo viloyati hokimligi mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
77. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablagʻlari, tegishli harbiy-maʼmuriy sektorlarning mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan shakllantiriladigan Litsey ishchi va xodimlari mehnatiga haq toʻlash fondining 15 foizi miqdoridagi direktor fondi tashkil etiladi.
Ushbu fondning mablagʻlaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mustaqil belgilanadi.
Litsey direktori fondining joriy yilda oʻzlashtirilmagan moliyaviy mablagʻlarini ulardan keyinchalik maqsadli foydalanish uchun kelasi yilga oʻtkazishga ruxsat etiladi.
78. Litsey belgilangan tartibda oʻz ishining natijalarini operativ va buxgalteriya hisob-kitoblarini amalga oshiradi, statistik va buxgalterlik hisobini yuritadi.
Litseyda xoʻjalik va moliya intizomiga rioya etilishi vakolatli davlat organi tomonidan nazorat qilinadi.
10-bob. Yakunlovchi qoida
79. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ijodiy bayon sinovini oʻtkazish va baholash
METODIKASI
1. “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga saralash tadbirlarida nomzodlar ona tili fanidan ijodiy bayon yozadilar.
Nomzodning ona tili taʼlimi jarayonida egallagan koʻnikma va malakalari u yozgan bayonda aks etadi. Yozma ishda asosiy koʻrsatkich fikrni mantiqiy izchillikda ona tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ravon va toʻgʻri bayon eta olish malakasi, fikr bayon etilayotgan soha boʻyicha nomzodning bilimlari kengligi va chuqurligi, tuzgan matnining imloviy, uslubiy savodlilik darajasi bilan belgilanadi.
2. Ijodiy bayonda nomzodlarning tanlagan matnni badiiy jihatdan aniq va puxta, mantiqiy izchil, ijtimoiy hayot va voqelik bilan bogʻliq holda yoritishi, mustaqil ijodiy fikrlashi, ona tilining boy ifoda vositalaridan unumli foydalanish koʻnikmasi va savodxonlik darajasi baholanadi.
3. Ijodiy bayonning mavzusi va namunaviy matnlari 1-yanvarga qadar ishlab chiqiladi va litsey direktori tomonidan tasdiqlanadi.
4. Ijodiy bayonning tasdiqlangan mavzusi va namunaviy matnlari “Yosh chegarachilar” HAL direktorida saqlanadi. Direktor ularning oshkor qilinmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
5. Ijodiy bayon oʻtkazilayotgan auditoriyaga kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
6. Ijodiy bayon boshlanishidan oldin komissiya aʼzolari tomonidan nomzodlarga sinov oʻtkazish tartibi tushuntiriladi hamda raqamlangan daftarlar tarqatiladi.
7. Nomzod raqamlangan daftarning ustki qismiga oʻzining familiyasi, ismi va otasining ismini yozadi.
8. Nomzodlarga oʻqib eshittiriladigan ijodiy bayon namunaviy matnining hajmi 150 — 200 ta soʻzdan iborat boʻladi.
9. Ijodiy bayon namunaviy matnlari 3 variantda tayyorlanadi.
10. Bir nomzod 3 ta variantdan (konvertdan) bittasini tanlab oladi. Tanlab olingan konvertdagi matn mavzusi doskaga yozib qoʻyiladi.
11. Komissiya aʼzolari tomonidan ijodiy bayon namunaviy matni ikki marta oʻqib eshittiriladi.
Nomzodlarga namunaviy matnni oʻqib eshittirish uchun komissiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boʻlimidan mutaxassis jalb etilishi mumkin.
12. Nomzod eshitgan namunaviy matn yuzasidan reja tuzadi va ijodiy bayon yozadi.
13. Ijodiy bayon hajmi kamida 3 — 3,5 bet boʻlishi lozim.
14. Ijodiy bayon yozish uchun 2 astronomik soat beriladi.
15. Nomzod ijodiy bayonni yozib tugatganidan keyin raqamlangan daftarini komissiya aʼzosiga topshirib, auditoriyani tark etadi.
16. Nomzodlardan qabul qilib olingan daftarlar tekshirish uchun mutaxassislarga topshiriladi.
17. Mutaxassislar nomzodlarning yozgan ijodiy bayonlarini ikki kun ichida tekshiradi. Bayon matnini oʻqib eshittirgan mutaxassis tomonidan shu auditoriyadagi nomzodlarning yozgan ijodiy bayonlarini tekshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Nomzodlarning yozgan ijodiy bayonlarini tekshirgan mutaxassis ijodiy bayonlarga va har bir raqamlangan daftarga oʻzining familiyasi, ismi, otasining ismini yozadi va imzo qoʻyadi.
19. Ijodiy bayon natijalari litsey tomonidan uch kun muddatda harbiy qismlarga nomzodlar eʼtiboriga yetkazish uchun taqdim etiladi.
20. Nomzodlarga ijodiy bayonni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
21. Nomzodlar tomonidan yozilgan bayon “5” balli tizimda baholanadi.
T/r
Bilim, koʻnikma, malakalar
ball
1.
Reja mavzuga muvofiq tuzilgan, matn mazmuni toʻgʻri bayon qilingan boʻlsa; bayon mantiqli va izchil boʻlsa; soʻz boyligi, ifoda qurilishi va uslubi adabiy til talablariga mos boʻlsa; mazmun va ifodada bir-ikki xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa; savodxonlikda qoʻpol boʻlmagan bitta imlo yoki ikkita ishoraviy xatosi boʻlsa; uslubiy xato boʻlmasa.
5 ball
2.
Matn reja asosida yoritilib, lekin kichik xatolarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa; fikr bayonida izchillik qisman buzilgan boʻlsa; soʻz tanlashda va ifoda qurilishida har xillik boʻlsa; mazmun va ifodada 2-3 xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa; savodxonlikda 2 ta imlo, 2 ta ishoraviy va 2 tagacha uslubiy xato mavjud boʻlsa.
4 ball
3.
Mavzu toʻliq yoritilmagan, mavzudan qisman chetga chiqilgan boʻlsa; aniq voqealar izohida xatolarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa; soʻz boyligi va ifoda tuzilishida sayozlik sezilib tursa; savodxonlikda 3 tagacha imlo, 4 tagacha ishoraviy, 3 tagacha uslubiy xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa.
3 ball
4.
Matn mazmuni koʻp buzilgan boʻlsa; ish rejaga mos boʻlmasa, fikr bayoni va qurilishida kamchilik boʻlsa, fikrlar bir-biriga bogʻlanmasa; soʻz boyligi sayoz boʻlsa; mazmun va ifodada 5-6 tagacha xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa; savodxonlikda 7 tagacha imlo, 7 tagacha ishoraviy va 7 tagacha uslubiy xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa.
2 ball
5.
Matndagi xatolar miqdori baholashning “2” ball uchun belgilangan mezonidan oshgan taqdirda
1 ball
Izoh. Baʼzan oʻquvchining ijodiy bayondagi xatolar miqdori yuqoridagi mezonga mos kelmasligi mumkin. Bunday hollarda ikkita ishoraviy xatoni bitta imlo xato oʻrnida, 2-3 ta imlo xatoni bitta uslubiy xato sifatida baholash mumkin.
22. Quyidagilar xato deb hisoblanmaydi:
tasodifiy xatolar (masalan, “tushmoq” soʻzi ayrim oʻrinlarda toʻgʻri, ayrim oʻrinlarda xato yozilgan boʻlsa);
takroriy xatolar (masalan, “qutulmoq” soʻzi 5 tagacha oʻrinda “qutilmoq” tarzida qoʻllanilgan boʻlsa);
ayrim atamalarning yozilishidagi xatolar (masalan, Choʻlpon ota — Choʻpon ota).
Ijodiy bayondagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq boʻlsa, tegishli ravishda pasaytiriladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 473-son qaroriga 3-ILOVA
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi faoliyatini tashkil qilish va ularning oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirish boʻyicha
I. Litsey faoliyatini tartibga soluvchi tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar
1.
Oʻtkaziladigan tadbirlarning maqsadi va vazifalarini yetkazish, “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyini (keyingi oʻrinlarda ― litsey) faoliyatini tashkil etish boʻyicha ishchi guruh majlisini oʻtkazish hamda ish tartibini belgilash
Idoralararo va idoraviy ichki yigʻilishlarni oʻtkazish, yigʻilish bayonnomalarini tayyorlash
2020-yil 10-sentabr
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)
2.
“Yosh chegarachilar” litsey oʻquvchilarining oziq-ovqat va harbiy kiyim taʼminoti, kiyimining yagona namunalari, taqdirlash nishonlari va ularni taqish tartibi, shuningdek, litseyni tugatganligi toʻgʻrisidagi koʻkrak nishoni va diplomi namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat
2020-yil 1-dekabr
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)
II. Litsey infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish
3.
Litsey infratuzilmasini takomillashtirish, tadbirlarni moliyalashtirish manbalari va tegishli hisobotlarni tayyorlash yuzasidan zarur choralarni belgilash
Qurilish ishlari bayonnomalari, texnik-iqtisodiy hisobotlar
2020-yil 10-sentabr
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)
4.
Litsey obyektining infratuzilmasi, oʻquv va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish boʻyicha hamda litseyda:
kompyuter, mashq qilish (trenajyor) sinflari hamda masofadan oʻqitish uchun sinflar va elektron axborot-resurs markazlarini yaratish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, interaktiv virtual stendlar va laboratoriyalar koʻrinishida dasturiy-pedagogik taʼlim olish vositalarini joriy qilish;
oʻquvchilarining jismoniy tayyorgarligi va sport yutuqlari darajasini oshirish uchun tegishli sharoitlarni yaratish;
oʻquv jarayonining yagona avtomatlashtirilgan ichki monitoringi tizimini joriy qilish va nazoratini tashkil etish;
pedagoglar tarkibini va oʻquvchilarni taʼlim fanlari boʻyicha oʻquv materiallari bilan taʼminlash va mustaqil ishlarni tashkil etish uchun yagona elektron axborot-resurs bazasini yaratishni koʻzda tutuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Chora-tadbirlar rejasi
2021-yil 1-mart
Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)
III. Oʻquv-uslubiy baza va oʻquv jarayonini takomillashtirish
5.
Prinsipial yangi samarali oʻquv rejalari va dasturlari, tematik rejalar, oʻquv-uslubiy resurslarni ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy taʼlim berish shakli va uslublarini qoʻllash.
Respublikamizning oliy harbiy taʼlim muassasalari, maxsus va boshqa oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun zarur boʻlgan alohida fanlar boʻyicha (matematika, fizika, kimyo, ona tili va adabiyot, tarix va xorijiy tillar) chuqurlashtirilgan tarzda taʼlim berilishi uchun sharoit yaratish.
Chora-tadbirlar rejasi
2021-yil 1-aprel
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)
6.
Litsey oʻquvchilariga yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish (yengil va yuk avtomobillarini boshqarish), haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos boʻladigan tegishli hujjatlarni berish masalasini Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshirish va oʻquv guruhlarini Ichki ishlar vazirligi roʻyxatidan oʻtkazish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2021-yil 1-sentabr
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
7.
Litsey oʻquvchilari tomonidan muntazam ravishda badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni oʻqish tizimini ishlab chiqish va joriy qilish, shuningdek, oʻquvchilarda musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va boshqa sanʼat turlariga qiziqishni oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Tegishli idoraviy hujjat
2021-yil sentabr
8.
Litseyni oʻquv maqsadlari uchun moʻljallangan zarur oʻquv, ilmiy va maxsus adabiyotlar, qurol-aslaha va harbiy-texnik mulk namunalari bilan taʼminlash.
Vazirlik va idoralarning
tasdiqlangan ish rejalari
Ish rejada belgilangan muddatlarda
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Oʻzbekiston Respublmkasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi (X. Qarshiyev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)
9.
Respublikaning oliy harbiy, maxsus va boshqa taʼlim muassasalariga kirish uchun zarur fanlar boʻyicha bilimlarni mustahkamlash uchun fakultativ mashgʻulotlar va toʻgarak ishlarini tashkil etish.
IV. Harbiy-vatanparvarlik va maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya jarayonini takomillashtirish
10.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, xalqiga sodiq boʻlgan, Vatanga xizmat qilishga tayyor turgan aql-zakovatli nomzodlarni respublikamizning oliy harbiy, maxsus va boshqa taʼlim muassasalariga kirishini taʼminlash maqsadida “Maʼnaviyat asoslari” darsi boʻyicha oʻquv dasturi, rejalari va oʻquv-uslubiy majmualarini takomillashtirish.
Yangi oʻquv dasturi, harbiy-vatanparvarlik va maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya boʻyicha rejalari va oʻquv-uslubiy komplekslari
2021-yil 1-aprel
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi (X. Qarshiyev),
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Hojimatov)
11.
Oʻquvchilarning maʼnaviy-maʼrifiy rivojlanishini taʼminlash uchun kitoblarni oʻqish, kinoteatr, teatr va muzeylarga borish, madaniyat va sport vakillari bilan uchrashuvlarni tashkil etish, shuningdek, oʻzbek xalqining tarixi, anʼanalari va boyliklarini faol oʻrganishi uchun zarur sharoitlarni yaratish.
Alohida reja asosida
Muntazam ravishda
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oʻzbekiston YOIMK (A. Saʼdullayev), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Hojimatov)
12.
Oʻquvchilarda axloqiy-psixologik barqarorlik va kasbiy vazifalarni bajarishga shay turishni shakllantirish maqsadida ularni psixologik qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish.
Joylarda oʻquvchilarga psixologik yordamni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi
Davlat xavfsizlik xizmati (A.Azizov)
V. Rahbar va pedagoglar tarkibi tayyorgarligini va malakasini oshirish
13.
Litsey rahbar va pedagoglar tarkibining shaxsiy va kasbiy sifatlarini kompleks baholash mezonlarini aniqlash va ishlab chiqish.
Rahbar va pedagog tarkibning shaxsiy va kasbiy sifatlarini kompleks baholash mezonlari
2021-yil 1-avgust
Idoralararo ishchi guruh
14.
Egallab turgan lavozimiga muvofiqligini obyektiv baholash maqsadida rahbar va pedagoglar tarkibining shaxsiy va kasbiy sifatlarini oʻrganish, zamon talablariga javob beruvchi malakali kadrlar bilan litseyni butlash va ularning almashinuvini oʻtkazish.
Vazirlik va idoralarning shaxsiy tarkib boʻyicha tegishli qarorlari
2021-yil 1-avgustga
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
15.
Oliy taʼlim muassasalari va xorijiy oliy taʼlim muassasalari bazalarining tegishli hududiy (soha) markazlarida rahbar va pedagoglar tarkibining taʼlim olishi hamda malaka oshirishini tashkillashtirish.
Litsey rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish rejasi
Alohida reja asosida
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
16.
Respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan konferensiyalarda rahbar va pedagoglar tarkibining ishtirokini taʼminlash, shuningdek, ular uchun AKT oʻrganish boʻyicha intensiv kurslar va xorijiy tillarni oʻrganishini tashkil etish.
Vazirlik va idoralarning alohida rejalari boʻyicha
Alohida reja asosida
Tegishli vazirlik va idoralar
17.
Ilgʻor pedagogik tajribani ommalashtirish maqsadida oʻquv-metodik seminarlar, treninglar, mahorat darslari, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
18.
Mashgʻulotlarni, shu bilan bir qatorda, taʼlim berishning innovatsion usullari boʻyicha oʻquv jarayoniga yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilishning samarali mexanizmini tatbiq etish.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 473-son qaroriga 4-ILOVA
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyining infratuzilmasi, oʻquv va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish boʻyicha
Bino va inshootlar qurilishi hamda ularni muhandislik tarmoqlari bilan taʼminlash, atrof-hududni obodonlashtirish
1.
Maʼmuriy bino va 250 oʻringa moʻljallangan klub.
2021-yil
avgustga qadar
Mahalliy budjet mablagʻlari, harbiy-maʼmuriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablagʻlari
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
2.
210 oʻringa moʻljallangan oshxona, avtomobillarni saqlash joylari.
3.
Sport zali binosi.
4.
Nazorat oʻtish joyi hamda ota-onalar bilan uchrashuv xonasi (zamonaviy jihozlar va turniketbilan taʼminlash).
5.
Kompleks sport maydonchasi. (futbol maydonchasi, voleybol, basketbol, tennis maydonchalariva yugurish yoʻlaklari).
6.
Toʻsiqli yugurish majmuasi (togʻ tayyorgarligi shaharchasi, psixologik va harbiy tayyorgarlik).
7.
Oʻquv-mashq maydonchalari (xizmat hayvonlari, oʻq otish va oʻquv avtomashinalarini boshqarish uchun).
8.
Davlat chegarasi aks ettirilgan oʻquv-muhandislik shaharchasi.
2021-yil
avgustga qadar
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining budjetdan tashqari mablagʻlari
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari (S. Xusanov)
9.
“Mardlik va mangulik” (Mard oʻgʻlonlar nomi barhayot) nomli targʻibot maydonchasi.
2021-yil
avgustga qadar
Mahalliy budjet mablagʻlari, harbiy maʼmuriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablagʻlari
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
10.
Yer osti ichimlik suvi bilan taʼminlash va umumiy yer maydonlarini sugʻorish uchun koʻtarma nasos va sugʻorish tizimini oʻrnatish, hududda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.
11.
Qozonxona binosini qurish.
Mavjud bino va inshootlari ryekonstruksiya qilish
12.
210 nafar oʻquvchiga moʻljallangan oʻquv korpusi, faollar zali, yotoqxona va kir-yuvish kombinati.
2021-yil
avgustga qadar
Mahalliy budjet mablagʻlari, harbiy maʼmuriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablagʻlari
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
13.
Elektron axborot-resurs markazi, kutubxona, ixtisoslashtirilgan sinflar, tibbiy punkt xonalarini ajratish va jihozlash.
2021-yil
avgustga qadar
Mahalliy budjet mablagʻlari, harbiy maʼmuriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablagʻlari
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi (I. Madjidov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
14.
“Yoʻl harakati qoidalari”, “Haydovchilik asoslari” va “Avtomobillar tuzilishi va ularning ishlatilishi” fanlaridan nazariy mashgʻulotlar oʻtkazish sinf xonalari.
2021-yil
avgustga qadar
Mahalliy budjet mablagʻlari, harbiy maʼmuriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablagʻlari
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat nspeksiyasi (U. Tashkenbayev),
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),
Transport vazirligi (I. Maxkamov), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
15.
Saf maydoni va minbar (flagshtok).
2021-yil
avgustga qadar
Mahalliy budjet mablagʻlari, harbiy maʼmuriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablagʻlari
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
16.
Mavjud binolarni demontaj qilish.
2021-yil
avgustga qadar
Mahalliy budjet mablagʻlari, harbiy maʼmuriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablagʻlari
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
Moddiy-texnik bazani zamon talablari asosida rivojlantirish
17.
Optik tolali aloqa linyasini tashkil qilish va zamonaviy xizmatlar bilan taʼminlash.
2021-yil
avgustga qadar
Mahalliy budjet mablagʻlari, harbiy maʼmuriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablagʻlari
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
18.
Zamonaviy avtomobil va maxsus texnikalar, uskuna va agregatlar hamda shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash.
Jumladan, “Neksiya-3” rusumli yengil avtomashina ― 1 ta;
“Damas” rusumli avtomashina ― 1 ta;
avtobuslar ― 2 ta;
yuk avtomobili ― 1 ta.
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
“Oʼzavtosanoat” AK (Sh. Umurzakov),
Transport vazirligi (I. Maxkamov), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
19.
Server, kompyuter va oʻquv sinf xonalarini, shuningdek, masofaviy oʻqitish xonalarini ajratish va jihozlash.
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi (I. Madjidov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
20.
Server va tarmoq uskunalari, uzluksiz quvvat manbai, avtomatik telefon stansiyasi, sovitish tizimi va boshqa texnik vosita va uskunalar bilan taʼminlash.
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
21.
Panoramali oʻq otish trenajyori.
22.
Yengil avtotransport vositasini haydash uchun 1 ta trenajyor.
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov),
Transport vazirligi (I. Maxkamov), “Oʼzavtosanoat” AK (Sh. Umurzakov)
23.
Yuk avtotransport vositasini haydash uchun 1 ta trenajyor.
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov)
Transport vazirligi (I. Maxkamov), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov) ,
“Oʼzavtosanoat” AK (Sh. Umurzakov),
24.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sinfini va chet tili sinflarini 50 ta shaxsiy kompyuter toʻplami bilan jihozlash.
2021-yil avgustga qadar
Mahalliy budjet mablagʻlari, harbiy maʼmuriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablagʻlari
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
25.
Masofaviy taʼlim uchun sinf xonasini tegishli kompyuterlar, ekran, videokamera, mikrofonlar, audio moslamalar va videokonferensaloqa tizimi bilan jihozlash.
Klub va uning sahnasini teatr, konsert tomoshalari uchun zarur rekvizitlar bilan jihozlash (musiqa va boshqa jihozlari bilan).
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
28.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan dasturiy taʼminot va oʻquv vositalarini interfaol virtual stendlar va laboratoriyalar shaklida joriy etish.
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
29.
Fizika va kimyo fanlari boʻyicha laboratoriya xonalarini tashkil etish, shuningdek, ularni tegishli asbob-uskunalar, mebel va inventarlar bilan jihozlash.
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
30.
Sport va trenajyor zallarini sport inventarlari, jihozlar (universal trenajyor) va mebellar bilan jihozlash.
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
31.
Oʻquv jarayonining yagona avtomatlashtirilgan ichki monitoring tizimi va oʻquv jarayonini nazorat qilishni joriy qilish.
2021-yil avgustga qadar
Mahalliy budjet mablagʻlari, harbiy maʼmuriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablagʻlari
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
32.
Har bir oʻquv xonasi, laboratoriya, sport va trenajyor zallarini video va audio kuzatuv tizimi bilan jihozlash.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
34.
Pedagoglar tarkibini va oʻquvchilarni taʼlim fanlari boʻyicha oʻquv materiallari bilan taʼminlash va ularning mustaqil ishlarini tashkil etish uchun yagona elektron axborot-resurs bazasini yaratish.
35.
Har bir oʻqituvchini shaxsiy kompyuterlar bilan taʼminlash.
36.
Badiiy, ilmiy-ommabop va oʻquv-uslubiy adabiyotlar bilan taʼminlash.
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
37.
Oʻquv, ishlab chiqarish ustaxonalarini zamonaviy dastgohlar va uskunalar bilan jihozlash.
38.
Oʻquv majmuasini (kompleksini) mebellar, jihozlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash.
39.
Litsey hududini zamonaviy videokuzatuv tizimi bilan jihozlash.
2021-yil
avgustga qadar
Mahalliy budjet mablagʻlari, harbiy maʼmuriy sektor va Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari mablagʻlari
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)
Izoh. Yakuniy qiymat loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va oʻtkaziladigan tender (konkurs) savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi. Moliyaviy xarajatlarning yakuniy summasi belgilangan tartibda tender (konkurs) savdolari oʻtkazilgandan keyin aniqlashtiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/473/1157-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2021-y., 09/21/508/0779-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son; 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)