1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlariga suv chiqarish ishlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-son qarori ijrosini taʼminlash, suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatishni davlat tomonidan subsidiya ajratish orqali qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Suv xoʻjaligi vazirligining suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatishga davlat tomonidan subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
2. Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplashga quyidagi shartlarda subsidiyalar ajratiladi:
aholi tomorqa yerini sugʻorish uchun chuqurligi 10 metrdan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun 5 metrdan ortiq boʻlgan kichik hajmdagi har bir vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻilash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning birinchi metridan boshlab 100 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan miqdorda;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
kamida 30 ta aholi tomorqa yerlarini sugʻorish uchun katta hajmdagi vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash va ishga tushirish, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlarning 100 foizini, biroq 150 million soʻmdan oshmagan miqdorda;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun 0,15 gektardan 2 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda 30 yilga ijaraga berilgan va bitta konturda yoki yonma-yon ikkita konturda joylashgan kamida 10 ta dehqon xoʻjaliklari yerlarini sugʻorish uchun katta hajmdagi vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning 100 foizini, biroq 150 million soʻmdan oshmagan miqdorda.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 1-yanvar va 1-iyulga qadar suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalarida burgʻilanadigan vertikal sugʻorish quduqlarining manzilli dasturini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
subsidiyalar Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadigan roʻyxatga asosan 2020-yilda Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan, 2021 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan hamda 2026-yildan boshlab — Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining kelgusi yillarda Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqa yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga subsidiya ajratishga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-iyul,
459-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 459-son qaroriga ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR
1. Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-martdagi 205-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 12-son, 224-modda):
birinchi xatboshidagi “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining raisi” soʻzlari “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash tuman boʻlimi boshligʻi — tuman hokimining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Ishchi guruh tarkibiga Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash tuman boʻlimi, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi), tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, tuman irrigatsiya boʻlimi, tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi, profilaktika inspektori, tuman kasaba uyushmalari, tuman bandlikka koʻmaklashish markazi, tuman davlat soliq inspeksiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari kiritiladi”;
“Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, ekish va parvarishlash, shuningdek, zarur moddiy resurslar yetkazib berilishini muvofiqlashtiruvchi respublika ishchi guruhi TARKIBI
1.
Oʻ.I. Barnoyev
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Respublika ishchi guruhi rahbari
2.
R.T. Mamatov
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari
3.
A.A. Xaitov
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, Respublika ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari
4.
I.I. Norqulov
Iqtisodiy taraqqiyot va qambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari
5.
E.M. Muxitdinov
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari
6.
A.A. Mirzayev
Suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari
7.
S.S. Xodjayev
Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari
8.
A.J. Toshqulov
Adliya vaziri oʻrinbosari
9.
A.E. Ergashev
Moliya vaziri oʻrinbosari
10.
A.I. Ikramov
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari
11.
F.K. Umarov
Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
12.
M.I. Ruzmetov
“Davyergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
13.
A.A. Ikramov
Davlat statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
14.
A.A. Raximov
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi oʻrinbosari
15.
B.X. Maxmadaliyev
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi oʻrinbosari
16.
B.R. Parpiyev
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari
17.
T.Sh. Bozorov
Oʻzbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi oʻrinbosari
18.
A.R. Sidiqov
Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi, Respublika ishchi guruhi kotibi
Izoh. Respublika ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.”;
“Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, ekish va parvarishlash, shuningdek, zarur moddiy resurslar yetkazib berilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika ishchi guruhi aʼzolariga biriktirilgan hududlarning ROʻYXATI
T/r
Hududlar nomi
Hududlarga biriktirilgan vazirlik va idoralar
F.I.O.
lavozimi
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Umarov F.K.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
2.
Andijon
Toshqulov A.J.
Adliya vaziri oʻrinbosari
3.
Buxoro
Ergashev A.E.
Moliya vaziri oʻrinbosari
4.
Jizzax
Muxitdinov E.M.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari
5.
Qashqadaryo
Mirzayev A.A.
Suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari
6.
Navoiy
Ruzmetov M.I.
“Davyergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
7.
Namangan
Bozorov T.Sh.
Oʻzbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi respublikakengashi raisi oʻrinbosari
8.
Samarqand
Raximov A.A.
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiraisi oʻrinbosari
9.
Surxondaryo
Ikramov A.A.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
10.
Sirdaryo
Norqulov I.I.
Iqtisodiy tarqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari
11.
Toshkent
Ikromov A.I.
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari
12.
Fargʻona
Parpiyev B.R.
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari
13
Xorazm
Xodjayev S.S.
Qishloq xoʻjaligi vazir oʻrinbosari
”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-band “rekonstruksiya qilish” soʻzlaridan keyin “shuningdek, suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “sugʻoriladigan yerlarga” soʻzlari “sugʻoriladigan yerlarga hamda tuman hokimliklari zaxirasidagi yer maydonlari negizida tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi kooperativlariga ajratilgan yerlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“vertikal sugʻorish qudugʻi — yer osti suvlarini chiqarishga xizmat qiladigan, suv qabul qilgich, elektr nasos, quvurlar, shuningdek, boshqarish stansiyasi bilan jihozlangan hamda xizmat koʻrsatayotgan maydonni suv bilan taʼminlash uchun barpo etiladigan quduqdan iborat suv xoʻjaligi obyekti”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“talabgorlar — aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish istagini bildirgan tomorqa yer egalari”;
“5. Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan har bir gektar erni foydalanishga kiritish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barovaridan oshmagan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi oʻrinlarda Davlat budjeti deb ataladi) mablagʻlari hisobidan (subsidiya sifatida) tuzilgan investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik bitimi doirasida bir marta qoplab beriladi.
Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiya:
aholi tomorqa yerini sugʻorish uchun chuqurligi 10 metrdan ortiq boʻlgan har bir vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻulash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajtlarni qoplashga quduqning har bir metr chuqurligi uchun 100 ming soʻmdan, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barovaridan oshmagan qismini;
kamida 30 ta aholi tomorqa yerlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning 70 foizini, biroq 120 million soʻmdan oshmagan qismini qoplash uchun ajratiladi.
Bunda, loyiha tashabbuskorlarining qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish uchun irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya ishlari, shuningdek, talabgorlarning suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarining qolgan qismi ularning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi”;
d) 6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qishloq xoʻjaligi kooperativlariga mahalliy hokimliklar zaxirasidan ajratilgan yer maydonlarini oʻzlashtirish uchun irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari xarajatlarining bir qismini qoplashga zarur qoʻshimcha mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabgorlarning suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi”;
j) 2-bob nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-bob. Manzilli dasturni shakllantirish tartibi”
z) 2-bob nomlanishidan keyin quyidagi mazmundagi 1-§ nomlanishi bilan toʻldirilsin:
“1-§. Qurish va rekonstruksiya qilish obyektlarining manzilli dasturini shakllantirish”;
birinchi xatboshidagi “manzilli roʻyxatini” soʻzlarini “tuman (shahar) manzilli roʻyxatini” soʻzlari bilan, “hamda” soʻzi “hamda tasdiqlab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qishloq xoʻjaligi kooperativlariga mahalliy hokimliklar zaxirasidan ajratilgan yer maydonlari miqdori”;
“9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan taqdim etilgan tuman (shahar) manzilli roʻyxatini belgilangan tartibda koʻrib chiqib hududiy manzilli roʻyxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda hisobot yilining 1-martiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga va Qishloq hoʻjaligi vazirligiga taqdim etadilar”;
ikkinchi xatboshidagi “Manzilli roʻyxatni” soʻzlari “Tuman (shahar) va hududiy manzilli roʻyxatlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“10. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hududiy manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda hisobot yilining 1-apreliga qadar tasdiqlaydi.
Mahalliy hokimliklar zaxirasidan ajratilgan yer maydonlari negizida tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari boʻyicha manzilli dastur Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi bilan ham kelishiladi”;
m) quyidagi mazmundagi 2-§ paragraf bilan toʻldirilsin:
“2-§. Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish boʻyicha talabgorlarning manzilli dasturini shakllantirish tartibi”
101. Tuman (shahar) hokimliklari Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligining tuman boʻlimlari hamda manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda hisobot yilida suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish boʻyicha talabgorlarning manzilli roʻyxatini yiliga ikki marta, yaʼni birinchi marta hisobot yilining 1-fevraliga qadar, ikkinchi marta hisobot yilining 1-iyuniga qadar shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga kiritadi.
Tuman (shahar) manzilli roʻyxatini shakllantirishda vertikal sugʻorish quduqlari burgʻulanadigan suv taʼminoti ogʻir boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinlari, aholi xonadonlari, shuningdek, qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar inobatga olinadi.
102. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan taqdim etilgan tumanlar manzilli roʻyxatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqib hududiy manzilli roʻyxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda hisobot yilining tegishlicha 1-marti va 1-iyuliga qadar Kengashga taqdim etadi.
Tuman (shahar) va hududiy manzilli roʻyxatlarni sifatli shakllantirish, taqdim etilgan maʼlumotlarning aniq va ishonchligi yuzasidan javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari zimmasiga yuklatiladi.
103. Kengash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hududiy manzilli roʻyxatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda hisobot yilining 1-apreliga va 1-avgustiga qadar tasdiqlaydi.
Kengash hisobot yilida suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish boʻyicha talabgorlarning manzilli dasturini hisobot yilining tegishlicha 15-apreli va 15-avgustiga qadar ommaviy axborot vositalarida hamda Kengashning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib boradi”;
n) 4-bob nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4-bob. Xarajatlarni davlat tomonidan qoplab berish tartibi”;
o) 4-bob nomlanishidan keyin quyidagi mazmundagi 1-§ paragraf nomlanishi bilan toʻldirilsin:
“1-§ Qurish va rekonstruksiya qilish xarajatlarini davlat budjetidan qoplab berish tartibi”;
p) 17-banddagi “15” raqami “16” raqami bilan almashtirilsin;
“18. Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy organlari loyiha tashabbuskorlarining qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish boʻyicha bajarilgan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish yuzasidan kelib tushgan hujjatlarni uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi”;
s) quyidagi mazmundagi 2-§ paragraf bilan toʻldirilsin:
“2-§ Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarni davlat tomonidan qoplab berish tartibi
201. Talabgorlar vertikal sugʻorish quduqlari burgʻulanib ishga tushirilgandan soʻng sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashga mablagʻ olish uchun tegishli ravishda tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga (keyingi oʻrinlarda — tuman kengashi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ariza-talabnoma;
amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi (hisob-faktura va boshqalar);
tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari raisligida tasdiqlanadigan foydalanishga qabul qilish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish boʻyicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi.
202. Tuman kengashlari talabgorlar tomonidan mazkur Nizomning 201-bandida belgilangan hujjatlar toʻliq taqdim qilinmaganda, ularni uch ish kunida talabgorga toʻliq holda qayta taqdim qilish uchun qaytaradi.
203. Tuman kengashlari talabgorlar tomonidan toʻliq taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi, tuman (shahar) hokimligi bilan kelishadi hamda viloyat fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy kengashlar) taqdim qiladi.
204. Hududiy kengashlar talabgorlarning suv taʼminoti ogʻir hududlarda aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini qoplash boʻyicha tushgan hujjatlarni uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishib Kengashga taqdim etadi.
205. Kengash hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ularga asosan talabgorlarning suv taʼminoti ogʻir hududlarda aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini qoplash yuzasidan uch ish kunida talabgorlar kesimida buyurtmanoma rasmiylashtiradi. Buyurtmanomalarni:
2020-yilda Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;
(2-band “s” kichik bandining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
2022-yildan boshlab — Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga mazkur jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplash uchun taqdim qiladi.
206. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch kun mobaynida Kengash tomonidan kiritilgan buyurtmanoma asosida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
(2-band “s” kichik bandining oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
(2-band “s” kichik bandining oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
208. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi bir ish kunida Kengash tomonidan kiritilgan buyurtmanoma asosida subsidiyalarni bir ish kunida talabgorlarning tegishli tijorat bankidagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi”;
“21. Qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, suv taʼminoti ogʻir hududlarda aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash boʻyicha hujjatlar toʻgʻri rasmiylashtirilishi hamda davlat tomonidan subsidiya mablagʻlari ajratilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan tizimli ravishda nazorat amalga oshiriladi”;
“22. Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish uchun davlat tomonidan subsidiya beriladigan yer maydonlarida qurish va rekonstruksiya ishlari yuzasidan nazorat belgilangan vakolatlar doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy organlari zimmasiga yuklatiladi.
Aholi tomorqa va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirishga Davlat budjetidan subsidiya beriladigan yer maydonlarida burgʻulanadigan va ishga tushiriladigan vertikal sugʻorish quduqlari yuzasidan nazorat begilagan vakolatlar doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklari, Kengash hamda uning hududiy organlari zimmasiga yuklatiladi”;
f) Nizomga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Loyiha tashabbuskorlarining yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarini davlat budjetidan qoplash SXEMASI
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Tuman (shahar) hokimliklari
Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini foydalanishga kiritish uchun quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarning tuman (shahar) manzilli roʻyxatini shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
1-fevralga qadar
2-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
Tuman (shahar) manzilli roʻyxatini koʻrib chiqib hududiy manzilli roʻyxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda Oʻzbekiston Res�ublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga va Qishloq hoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
1-martga qadar
3-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi
Hududiy manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib,Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
Mahalliy hokimliklar zaxirasidan ajratilgan yer maydonlari negizida tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari boʻyicha manzilli dasturni Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi bilan ham kelishadi.
1-aprelga qadar
4-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi
Hisobot yilida quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarning tasdiqlangan manzilli dasturini ommaviy axborot vositalarida hamda vazirlikning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qiladi.
15-aprelga qadar
5-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy boʻlinmalari
Tasdiqlangan manzilli dasturga asosan loyiha tashabbuskorlari bilan investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim imzolaydi.
kelishuvga koʻra
6-bosqich
Loyiha tashabbuskorlari
Irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanib, sarflangan xarajatlarningbir qismini Davlat budjeti hisobidan qoplash uchun Suv �?jaligi vazirligining viloyat hududiy organlariga hujjatlarni taqdim etadi.
Talabgor murojaati tushgan kundan boshlab 3 kun mobaynida
7-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligining viloyat hududiy organi
Loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni umumlashtirib Suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
3 kun mobaynida
8-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi
Yer maydonlarini foydalanishga kiritishda qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining Davlat budjetidan qoplanadigan qismini loyiha tashabbuskorlarining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
3 kun mobaynida
”.
x) Nizom quyidagi tahrirdagi 2-ilova bilan toʻldirilsin:
“Talabgorlarning suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash SXEMASI
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligining tuman boʻlimlari hamda manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda
Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash va ishga tushirish boʻyicha talabgorlarning tuman (shahar) manzilli roʻyxatini shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga kiritadi.
yiliga ikki marta:
1-fevral va 1-iyunga qadar
2-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
Tumanlar (shahar) manzilli roʻyxatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi, hududiy manzilli roʻyxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda Kengashga taqdim etadi.
yiliga ikki marta:
1-mart va 1-iyulga qadar
3-bosqich
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi
Hududiy manzilli roʻyxatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
yiliga ikki marta:
1-aprelva 1-avgustga qadar
4-bosqich
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi
Manzilli dasturini ommaviy axborot vositalarida hamda oʻzining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qiladi.
yiliga ikki marta:
15aprel va
15-avgustga qadar
5-bosqich
Talabgor
Vertikal sugʻorish quduqlari burgʻulanib ishga tushirilganidan soʻng sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashga mablagʻ olish uchun tegishli ravishda tuman kengashiga zarur hujjatlarni taqdim etadi.
Ixtiyoriga koʻra
6-bosqich
Tuman kengashi
Talabgorlar tomonidan toʻliq taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda tuman (shahar) hokimligi bilan kelishilgan holda viloyat fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashlariga taqdim qiladi.
Talabgor murojaati tushgan kundan boshlab 3 kun mobaynida
7-bosqich
Hududiy kengash
Tuman kengashi tomonidan kiritilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishadi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi taqdim etadi.
3 kun mobaynida
8-bosqich
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi
Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ularga asosan talabgorlarning suv taʼminoti ogʻir hududlarda aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash hamda ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini qoplash yuzasidan talabgorlar kesimida buyurtmanoma rasmiylashtiradi. Buyurtmanomalarni:
2020-yilda Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;
2022-yildan boshlab — Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan qoplash uchun mazkur jamgʻarmaga taqdim qiladi.
3 kun mobaynida
9-bosqich
Moliya vazirligi
Kengash tomonidan 2020-2021-yillarda kiritilgan buyurtmanoma asosida zarur mablagʻlarni Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
3 kun mobaynida
10-bosqich
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
Kengash tomonidan 2022-yildan boshlab kiritilgan buyurtmanoma asosida zarur mablagʻlarni talabgornin� tegishli tijorat bankidagi hisobvaraqasiga oʻtkazib beradi.
Bir ish kunida
”.
(2-band “x” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/459/1135-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/624/0971-son; 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)