Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq bolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Bolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament ilovaga muvofiq tasdiqlansin va rasman eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn ikki oy oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
2. “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglament amalga kiritilgach, standartlashtirish boʻyicha ularda koʻrsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yoʻqotishi va belgilangan tartibda ixtiyoriy qoʻllanilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. “Oʻzstandart” agentligi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab, bolalar oʻyinchoqlarini standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriy qoʻllashni taʼminlash yuzasidan belgilangan tartibda choralar koʻrsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tasdiqlangan ushbu texnik reglamentning maqsadlari, mazmun va mohiyati hamda uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholi, davlat boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlari keng xabardor qilinishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi hamda “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-iyul,
451-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyuldagi 451-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligi toʻgʻrisida texnik reglament
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-§. Maqsadi va qoʻllash sohasi
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu texnik reglament (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament) bolalar oʻyinchoqlari xavfsizligi, bolalar va ularga qarovchi shaxslarning hayotini muhofaza qilish maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib bolalar oʻyinchoqlarini xavfsiz ishlab chiqarish hamda sotish talablarini belgilaydi. Shuningdek, bolalar oʻyinchoqlaridan foydalanish va ularning xavfsizligi xususida isteʼmolchilarni chalgʻituvchi harakatlarning oldini oladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
2. Texnik reglamentga 1-ilovada keltirilgan bolalar oʻyinchogʻi deb qaralmaydigan mahsulotlarga, shuningdek, shaxsiy buyurtmalar va koʻrgazma nusxalari sifatida tayyorlangan oʻyinchoqlarga mazkur Texnik reglament talablari tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Mazkur Texnik reglamentga 11-ilovaga muvofiq Majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan bolalar oʻyinchoqlarining roʻyxatida keltirilgan bolalar oʻyinchoqlari Texnik reglamentni tartibga solish obyektlari hisoblanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
2-§. Atamalar va taʼriflar
3. Mazkur Texnik reglamentda quyidagi atama va taʼriflar qoʻllaniladi:
alangalanish — yongʻin hosil qiluvchi manba taʼsirida alanganing hosil boʻlishi;
bajaradigan vazifasiga koʻra qoʻllanilishi — oʻyinchoqdan ishlab chiqaruvchining oʻyinchoqda yoki ishlatish tartibi qayd qilingan hujjatlarda bajaradigan vazifasiga koʻra foydalanish;
bolalar — oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan (voyaga yetmagan) shaxslar;
bolalar oʻyinchogʻi — bolalar oʻynashi uchun moʻljallangan buyum yoki material;
stol usti yigʻma oʻyinchoq — toʻliq poligrafik usulda tayyorlangan, qoʻshimcha oʻyin elementlari qoʻllanilgan yoki qoʻllanilmagan oʻyinchoq;
ishlab chiqaruvchi — Texnik reglament asosida oʻyinchoqlarni oʻz nomidan xavfsizlik talablariga rioya qilingan holda ishlab chiqarishga masʼul boʻlgan va sotishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs sifatidagi tadbirkor;
kavsharlash — material qismlarini eritilgan qoʻlom bilan bir-biriga ulash;
kimyoviy oʻyinchoq — bolalarning kimyoviy tajribalarni bajarishlari uchun moʻljallangan bir yoki bir necha kimyoviy moddalardan va (yoki) kimyoviy reaktivlardan iborat boʻlgan tajriba uskunalari bilan taʼminlangan yoki tajriba uskunalarisiz kimyoviy toʻplam;
kimyoviy moddalarni oʻz ichiga olgan (kimyoviy tajribalar oʻtkazishga moʻljallanmagan) oʻyin toʻplami — gipsli quymalarni ishlab chiqarishga moʻljallangan qoliplar; kichik hunarmandchilik ustaxonalarini jihozlashda qoʻllaniladigan sopol materiallar va qotiruvchi emallar; plastifitsitli polivinilxlorid asosidagi massani qoliplovchi toʻplamlar (pechda toblanadigan), badiiy quymalarni hosil qilishda qoʻllaniladigan toʻplamlar; plombalar uchun qoʻllaniladigan toʻplamlar; fotosuratlarni chiqarishda qoʻllaniladigan toʻplamlar; konstruktorlik ishlariga moʻljallangan yelimlovchi moddalar, boʻyoqlar, laklar, aralashtirgichlar va tozalagichlar (eritgichlar) toʻplamlari;
konstruktorlik toʻplami — turli oʻyinchoqlarni yigʻish uchun moʻljallangan, mexanik va (yoki) elektr (elektron) tarkibiy qismlardan iborat boʻlgan toʻplam;
model-nusxa oʻyinchoq — oʻlchamlari real texnik qurilmaning masshtabi boʻyicha kichraytilgan nusxasidan iborat boʻlgan oʻyinchoq;
optik oʻyinchoq — ishlash prinsipi geometrik optika prinsiplaridan foydalanishga asoslangan oʻyinchoq;
oʻyinchoqlar materiali — oʻyinchoq tarkibiga kiruvchi barcha materiallar;
oʻyin toʻplami — bolalarning ijodkorligini oshirishga va qoʻl mehnati koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi turli predmetlar, materiallar, moddalardan tashkil topgan oʻyinchoq;
foydalanuvchi — oʻyinchoqdan oʻz maqsadiga koʻra foydalanuvchi bola va bolaga qarovchi shaxs;
funksional oʻyinchoq — kattalar tomonidan foydalaniladigan buyum yoki qurilmaning ishlashi va uning bajaradigan vazifalariga taqlid qilib yasalgan oʻyinchoq;
xavf — bolaning hamda unga qarovchi shaxsning hayoti va sogʻligʻiga zarar keltiruvchi sabablar, bu zararlar oqibatlarining ehtimollik darajasi;
elektr oʻyinchoq — biror-bir funksiyasi elektr energiyasi hisobiga ishlovchi oʻyinchoq;
Oldingi tahrirga qarang.
magnitli oʻyinchoq — oʻz tuzilishida bir yoki undan ortiq magnit va (yoki) magnit elementlariga ega boʻlgan oʻyinchoq;
oʻyinchoqning magnit elementi — oʻyinchoqning bir qismi boʻlib, unda oʻrnatilgan magnit toʻliq yoki qisman joylashtirilgan magnitni oʻz ichiga olgan qismidir;
funksional magnit — magnit, motorlar, relelar, dinamiklar va boshqa elektr yoki elektron qismlar uchun moʻljallangan magnit (agar magnit xususiyatlari oʻyin xususiyatlariga taalluqli boʻlmasa).
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan yigirma, yigirma birinchi va yigirma ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
2-bob. Xavfsizlik talablari
1-§. Yongʻin xavfsizligi talablari
4. Yumshoq oʻyinchoqlar, karnaval kostumlari va karnaval oʻyinchoq mahsulotlari (masalan, soqollar, moʻylovlar, pariklar, niqoblar, tojlar), shunindek, bolalar ichiga joylasha oladigan oʻyinchoqlar yongʻindan himoyalangan boʻlishi zarur.
5. Tarkibida kimyoviy moddalar mavjud boʻlgan, lekin kimyoviy tajribalarga aloqasi boʻlmagan oʻyinlar toʻplami, moddalar aralashtirilganda yonmaydigan, shuningdek, zararli tutun va gazlarni hosil qilmaydigan boʻlishi zarur.
6. Bolalar oʻyinchogʻining tarkibi portlash xususiyatga ega boʻlgan moddalar va materiallardan iborat boʻlmasligi kerak.
7. Bolalar oʻyinchoqlarining, shuningdek, kimyoviy oʻyinchoqlarning tarkibida:
qizishi, shuningdek, oksidlanuvchi moddalarning birikishi natijasida reaksiyaga kirishib, portlovchi aralashma hosil qilish;
havo bilan aralashishi natijasida alanga yoki portlash xususiyatiga ega boʻlgan bugʻni hosil qiluvchi xususiyatga ega boʻlgan modda yoki reaktivlar boʻlmasligi kerak.
2-§. Kimyoviy xavfsizlik talablari
8. Oʻyinchoqlardan foydalanish vaqtida uning tarkibidagi kimyoviy moddalar foydalanuvchining nafas yoʻliga, terisiga, koʻzlari va oshqozoni shilliq qavatiga tushishi natijasida sogʻligʻiga zarar keltirmasligi zarur.
9. Bolalar oʻyinchoqlarida zararli kimyoviy moddalarning tarqalish darajasi va ajralib chiqishi Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan gigiyenik xavfsizlik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
10. Kimyoviy tajribalar toʻplami uchun foydalanilmaydigan, tarkibida kimyoviy moddalar boʻlgan kimyoviy oʻyinchoqlarda va oʻyin toʻplamlarida har bir modda uchun maksimal ruxsat etilgan miqdordan oshmagan taqdirda, maʼlum miqdorda moddalar yoki reaktivlar boʻlishiga ruxsat etiladi.
3-§. Toksikologik-gigiyenik xavfsizlik koʻrsatkichlari
11. Bolalar oʻyinchoqlarining gigiyenik xavfsizligi, toksikologik-gigiyenik koʻrsatkichlari Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan gigiyenik xavfsizlik talablariga mos boʻlishi kerak.
4-§. Elektr xavfsizlik talablari
12. Elektr oʻyinchoqlarda, shuningdek, ularning tarkibiy qismining birortasida ham nominal kuchlanish 24 V dan oshmasligi kerak.
13. Bolalar oʻyinchoqlarining elektr energiya bilan tutashtiruvchi yoki tutashish xususiyatiga ega boʻlgan qismlari, shuningdek, kabellar va simlar elektr toki urishi xavfini bartaraf etish maqsadida izolyatsiyalangan va mexanik himoyalangan boʻlishi kerak.
14. Elektr toki manbai bilan ishlaydigan bolalar oʻyinchoqlarining elektr taʼminot qismlari elektr tokidan shikastlanishdan himoyalanishi, namlikka chidamlilik, oʻtkazgichlar qobigʻining elektr qarshiligi, oʻtkazgichlar qobigʻining elektr mustahkamligi, mexanik mustahkamligi kabi elektr xavfsizlik koʻrsatkichlari talablariga javob berishi zarur.
15. Radioboshqaruvli, elektr va elektr-texnik oʻyinchoqlarning elektr statik, elektr magnit va elektr maydonlarining kuchlanganlik darajasi Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan gigiyenik xavfsizlik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Uchuvchi oʻyinchoqlar uchun shnurlar metall boʻlmagan materialdan tayyorlanishi va dielektrik xususiyatlarga ega boʻlishi kerak.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
5-§. Radiatsion xavfsizlik talablari
17. Tabiiy materiallardan tayyorlangan bolalar oʻyinchoqlarining radiotsion xavfsizlik (tabiiy radionuklidlarning solishtirma aktiv samaradorligi) koʻrsatkichlari Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan gigiyenik talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
6-§. Mikrobiologik xavfsizlik koʻrsatkichlari
18. Mikrobiologik koʻrsatkichlar Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan gigiyenik talablarga muvofiq boʻlishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
61-§. Magnit xususiyatlari
181. Oʻyinchoqlardagi magnit elementlarining hisoblangan magnit oqimi koʻrsatkichi 0,5 Tl2 mm2 dan oshmasligi hamda nafas yoʻllariga tushmasligi va yutilmasligi kerak.
(61-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
7-§. Qadoqlashga oid xavfsizlik koʻrsatkichlari
19. Bolalar oʻyinchoqlari alohida yoki bir nechtasi birga qadoqlanadi. Qadoqlash vositasini qoʻllash doirasi ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi.
20. Oziq-ovqat mahsulotlarida va (yoki) oziq-ovqat mahsulotlari bilan chakana savdoga chiqarilgan bolalar oʻyinchoqlari oʻzlarining alohida qadoqlariga ega boʻlishi talab etiladi. Qadoqlar xavfsiz boʻlishi va oʻlchamlari bolaning boʻgʻilib qolishi xavfini yuzaga keltirmasligi kerak.
21. Sotuvdagi qadoqlangan bolalar oʻyinchogʻining qadoqlari foydalanishga moʻljallangan boʻlsa, u holda qadoqlash vositasi oʻyinchoqning tarkibiy qismi deb qaraladi.
8-§. Tamgʻalashga oid xavfsizlik koʻrsatkichlari
22. Bolalar oʻyinchoqlarining tamgʻalanishi ishonchli boʻlishi, tekshiriladigan, aniq, oson oʻqiladigan, koʻzdan kechirish va identifikatsiya qilish imkonini beradigan boʻlishi kerak.
23. Tamgʻalash ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsi) va import qiluvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tamgʻalash oʻrni va usuli ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsi) tomonidan belgilanadi.
24. Tamgʻa quyidagi maʼlumotlardan tashkil topgan boʻlishi zarur:
bolalar oʻyinchogʻining nomlanishi;
bolalar oʻyinchogʻini ishlab chiqargan davlatning nomi;
belgilangan tartibda berilgan muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlangan milliy muvofiqlik belgisi;
ishlab chiqaruvchining va import qiluvchining nomlanishi, ular joylashgan manzillar hamda bogʻlanish uchun boshqa axborotlar;
ishlab chiqaruvchining tovar belgisi (mavjud boʻlsa);
bolalar oʻyinchoqlarining qanday minimal yoshdagi bolalar uchun moʻljallanganligi yoki bolalar yoshini bildiruvchi piktogramma;
asosiy konstruksion materiallar (3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun) (zarurat tugʻilganda);
bolalar oʻyinchogʻini saqlash usullari (agar kerak boʻlsa);
ishlab chiqarilgan sana (oy, yil);
foydalanish yoki yaroqlilik muddati (ularni tayyorlanishida);
saqlash shartlari (agar kerak boʻlsa).
25. Bolalar oʻyinchoqlarining turiga qarab tamgʻalariga quyidagilar qoʻshiladi: bolalar oʻyinchoqlari tarkibiy qismlarining toʻliqligi (toʻplamlar uchun), oʻyinchoqdan foydalanish qoidalari, gigiyenik qayta ishlash usullari, oʻyinchoqdan foydalanganda xavfsizlik choralari, ogohlantiruvchi yozuvlar, uni yigʻish uchun yoʻriqnoma.
26. Ogohlantiruvchi axborotlar Texnik reglamentga 3-ilovada keltirilgan bolalar oʻyinchoqlaridan foydalanishda alohida ehtiyotkorlikni talab qiluvchi normativ koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi.
27. Bolalar oʻyinchoqlari jamlanmasi bilan birga taqdim qilinadigan tamgʻalash va texnik hujjatlar davlat tilida, eksport uchun moʻljallangan oʻyinchoqlar esa eksport qilinayotgan davlat qonunchiligi talablariga mos boʻlgan holda tayyorlanadi.
9-§. Boshqa xavfsizlik talablari
28. Bolalar oʻyinchogʻi shunday ishlab chiqilishi va tayyorlanishi kerakki, u moʻljallangan vazifasining bajarilishida bolalar va ularga qarab turuvchi shaxslarning sogʻligʻiga va hayoti uchun xavf tugʻdirmasligi shart. Jumladan:
oʻyinchoqning konstruksiyasi tufayli;
qoʻllanilgan materiali tufayli;
konstruksiyasi oʻzgarganda, uning funksiyasini ham, materiali va asosiy tasnifini ham oʻzgartirish talab qilinadigan oʻyinchoqlardan foydalanishda;
oʻyinchoqlardan foydalanish xavfi bolalarning yosh xususiyatiga bogʻliq boʻlishi kerak.
29. Bolalar oʻyinchoqlarini tayyorlashda foydalaniladigan xomashyo toza (iflos boʻlmagan), yuqimli kasalliklar bilan bogʻliq boʻlmagan va mazkur Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga mos boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
30. 3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan oʻyinchoqlarni tayyorlashda tabiiy moʻynadan, tabiiy charmdan, oynadan, chinnidan, boʻyalgan junli yoki tukli materiallardan (kauchuk, karton va qogʻoz), nam muhitda oʻlchamlari 5 foizdan koʻproqqa oshadigan predmetlardan hamda ovoz chiqaruvchi bolalar oʻyinchoqlarini ichini toʻldirishda oʻlchami 3 mm va undan kichik boʻlgan granulalardan foydalanish mumkin emas.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
31. 3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan oʻyinchoqlarda xavflilik darajasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda koʻrsatilgan 1-toifaga mansub boʻlgan kimyoviy moddalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
32. Bolalar oʻyinchoqlariga ikkilamchi xomashyolar, yaʼni boshqa maqsadlarda ishlatilgan va qayta ishlash natijasida olingan xomashyolarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi. Bolalar oʻyinchoqlarini ishlab chiqarishda oʻz korxonasining chiqindilaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
33. Bolalar oʻyinchoqlarining muhofaza-dekorativ yuza qoplamasi nam muhitga, soʻlak va terlash taʼsiriga chidamli boʻlishi kerak.
34. Bolalar oʻyinchoqlari shunday konstruksiyalangan va ishlab chiqarilgan boʻlishi kerakki, ulardan oʻz vazifasiga koʻra foydalanilganda bolalarga va ularni nazorat qilib turgan shaxslarning hayoti va sogʻligiga xavf tugʻdirmasligi kerak.
35. Bolalar oʻyinchoqlari organoleptik koʻrsatkichlarining gigiyenik xavfsizligi Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
36. Bolalar oʻyinchogʻining fizik va mexanik xususiyatlari. Bolalar oʻyinchogʻi va uning tarkibiy qismlari hamda ularni biriktiruvchi qismlari, undan bajaradigan vazifasiga koʻra foydalanilayotganida yuzaga keladigan mexanik zoʻriqishlarga chidamli boʻlishi, buzilmasligi va oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotmasligi kerak.
37. Bolalar oʻyinchogʻining qirralari, oʻtkir uchlari, qattiq qismlari, prujinalar, mahkamlovchi qismlar, oraliqlar, burchaklar, bugrilar, elektr shnurlari, arqonlari va mahkamlagichlari bolalarga jarohatlanish xavfini tugʻdirmasligi kerak. Oʻyinchoqlarning ochiq qirralari oʻtkir boʻlmasligi yoki u qayrilgan boʻlishi, yoriqlar boʻlmasligi, mahkamlangan qismlar bolt va vint rezba uchlari 3 mm dan koʻp va chuqurligi 0,5 mm dan kam boʻlmasligi himoya qoplamasi bilan qoplangan boʻlishi kerak. Konstruktorlar bundan mustasno.
38. Ichi suyuqlik bilan toʻldirilgan bolalar oʻyinchoqlarining suyuqligi sizilib chiqmasligi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Yogʻochli oʻyinchoqlar, qogʻoz va kartondan tayyorlangan bolalar oʻyinchoqlarida tugun va qurt tushgan joylari boʻlmasligi zarur.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
40. Bolalar oʻyinchogʻining harakatga keltiruvchi qoʻshimcha qismlar bolaga jarohat olishi xavfini yuzaga keltirmasligi kerak. Harakatga keltiruvchi mexanizmlar qoplamalar bilan yopilgan boʻlishi lozim.
41. Ikki gʻildirakli bolalar oʻyinchoqlarining old gʻildiragi toʻgʻri harakatlanish chizigʻiga nisbatan har ikki tomonga 90° ±5° ga burilishni taʼminlashi zarur.
42. 3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan, bevosita oziq-ovqat mahsulotlariga mahkamlanuvchi oʻyinchoqlar va ularning ajraluvchi qismlari oʻlchami shunday boʻlishi kerakki, u bolaning yuqori nafas yoʻliga tushib qolish xavfini tugʻdirmasligi kerak.
43. Shaqildoq oʻyinchoqlarning ogʻirligi 100 g dan oshmasligi kerak.
44. 3 yoshgacha boʻlgan bolalar argʻimchogʻida bolalar yiqilishining oldini oluvchi qurilma boʻlishi va oʻrindiqqa mahkamlangan oyoqlar orasidan oʻtadigan kamar bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
45. Argʻimchoqqa oʻrnatilgan himoya kamarlarining (arqon, zanjir va boshqalar) diametri 10 mm dan kam boʻlishi mumkin emas.
46. Yumshoq oʻyinchoqlarning ichini toʻldiruvchi materillar tarkibida qattiq yoki oʻtkir begona predmetlar boʻlmasligi, oʻyinchoqlarning choklari mustahkam boʻlishi kerak.
47. Bolalar oʻyinchoqlari va ularning tarkibiy qismlari bolada boʻgʻilib qolish xavfini yuzaga keltirmasligi kerak.
48. Havo oʻtkazuvchi materiallardan tayyorlangan, bolaning boshini toʻliq yopib turuvchi niqoblar va zarbdan saqlovchi bosh kiyimlar shunday tayyorlanishi kerakki, u havo yetmay qolishi natijasida bolaning boʻgʻilib qolish xavfini keltirib chiqarmasligi zarur.
49. Bolalar gavdasini suv yuzasida ushlab turishga moʻljallangan bolalar oʻyinchoqlari germetik va mustahkam boʻlishi zarur.
50. Bolalar ichiga joylashishi mumkin boʻlgan bolalar oʻyinchoqlarida ichkaridan oson ochiladigan tirqishga, shuningdek, tashqi yuzasida havo almashtiruvchi ventilyatsion tuynukka ega boʻlishi zarur.
51. Bolalar ogʻirligini koʻtaradigan va u bilan harakatlanadigan oʻyinchoqlar, mustahkam va turgʻun boʻlishi kerak (ikki gʻildirakli velosipedlardan tashqari).
52. Mexanik yoki elektr uzatmaga ega boʻlgan, erkin harakatlanish mexanizmi yoki uzatish qutichasining neytral holati boʻlgan bolalar oʻyinchoqlarida tormozlash qurilmasi boʻlishi shart. Bolalar ogʻirligini koʻtaradigan va gʻildiragining harakati bolaning qoʻli yoki oyogʻi orqali amalga oshiriladigan yoxud mexanik uzatma orqali elektr yuritma bilan jihozlangan bolalar oʻyinchoqlarini tormozlash qurilmalarsiz ishlab chiqarishga ruxsat etiladi. Zanjirli uzatmaga ega boʻlgan bolalar oʻyinchoqlari muhofaza qoplamasi bilan jihozlangan boʻlishi zarur. Tayanch yuzasiga sirpanishni bartaraf etuvchi elementlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
53. Bolalar ogʻirligini koʻtaradigan va u bilan harakatlanishga moʻljallanmagan bolalar oʻyinchoqlari mustahkam va agʻdarilishga turgʻun boʻlishi kerak.
54. Otuvchi mexanizmli snaryadi kinetik energiyaga ega boʻlgan oʻyinchoqlar bolalar va (yoki) ularga qarab turuvchi shaxslarga jarohat olish xavfini keltirib chiqarmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
541. Osma belanchaklar chidamli boʻlishi kerak, uch yoshgacha boʻlgan bolalar uchun belanchak oʻrindiqlari bolaning yiqilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun moʻljallangan boʻlishi kerak.
(541-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
55. 10 yoshgacha boʻlgan bolalarga moʻljallangan konstruktor-yigʻilmalar va modellarni yigʻish jarayonida kavsharlashga yoʻl qoʻymaslik kerak.
56. Tarkibida qizdirish elementi mavjud boʻlgan oʻyinchoqlarni ishlab chiqarishda quyidagilar taʼminlanishi zarur:
foydalanuvchiga oʻyinchoq yuzasidagi harorat kuyish xavfini keltirib chiqarmasligi zarur;
infraqizil nurlanish integral oqimining jadallik darajasi Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan gigiyenik xavfsizlik talablariga mos boʻlishi kerak;
bolalar oʻyinchoqlaridagi suyuqlik, bugʻ yoki gazlar (agar bu oʻyinchoqning ishlashi uchun zarur boʻlsa) kuyish yoki boshqa shikastlanishga olib kelmasligi uchun harorat yoki bosimning yuqori qiymatiga ega boʻlmasligi kerak.
57. Titrash manbaiga ega boʻlgan bolalar oʻyinchoqlaridagi mahalliy titrash darajasi hamda tovush chiqaruvchi oʻyinchoqlardagi jaranglash darajasi Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan gigiyenik xavfsizlik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
58. Bolalar uchun shaqildoq oʻyinchoqlar va bolalar ogʻzi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqada boʻluvchi bolalar oʻyinchoqlarining sirtini boʻyash va rasmlar chizishga ruxsat etilmaydi.
59. Stol usti yigʻma bolalar oʻyinchoqlarida qoʻllaniladigan tushuntirish matnlari hamda rasmlari aniq boʻlishi, ular asosiy fondan ajralib turishi kerak.
60. Yigʻiladigan bolalar oʻyinchoqlarining (qoʻgʻirchoq aravachasi, dazmol qilish doskasi, yigʻiladigan stulcha va boshqalar) qisimlari oʻz-oʻzidan bukilishiga va sirpanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ular cheklovchi qurilma yoki ilgak bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
61. Bolalar oʻyinchogʻining gʻildiraklari va korpusi yoki uning qismlari (himoya toʻsqichi) orasidagi masofa gʻildirakning har qanday holatida ham 5 mm dan kam yoki 12 mm dan koʻp boʻlishi zarur.
62. Stol usti yigʻma oʻyinchoqlaridagi qogʻoz va kartonlar quyuq boʻyoqlar bilan chaplanishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
63. Optik bolalar oʻyinchoqlari shunday loyihalanishi va ishlab chiqarilishi kerakki, u bolaning koʻrish qobiliyati yomonlashuvi xavfini keltirib chiqarmasligi zarur.
64. Svetodiodlardan foydalanib tayyorlangan bolalar oʻyinchoqlari koʻrish organlariga salbiy taʼsir etmasligi va zararli nurlanishlar hosil qilmasligi kerak.
65. Bolalar oʻyinchoqlarida lazerli nurlanish tizimining har qanday turidan foydalanish taqiqlanadi.
66. Bolalar oʻyinchoqlari maʼnaviy-axloqiy, psixologik xavfsizlikni taʼminlashi hamda “ommaviy madaniyat”ni targʻib etmasligi lozim.
3-bob. Xavfsizlikka muvofiqlikni taʼminlanish talablari
67. Bolalar oʻyinchoqlarining Texnik reglamentga muvofiqligi quyidagi talablar bajarilishi bilan belgilanadi:
Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan gigenik xavfsizlik talablari;
bolalar oʻyinchoqlarini tadqiq qilish (sinovdan oʻtkazish) usullari va qoidalari, oʻlchash, shu bilan birga Texnik reglament talablarini qoʻllash va bajarish hamda mahsulotning muvofiqligini baholash (tasdiqlash) uchun zarur boʻlgan namunalarni tanlash qoidalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda keltirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Bolalar oʻyinchoqlari muvofiqligini baholash
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
68. Bolalar oʻyinchoqlari erkin muomalaga chiqarilishidan oldin mazkur texnik reglament talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi lozim.
Bolalar oʻyinchoqlarining muvofiqligini tasdiqlash sertifikatlashtirish shaklida amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan sertifikatlashtirish organlari tomonidan 1s, 2s 3s sertifikatlashtirish sxemalarini qoʻllagan holda sertifikatlashtirish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish uchun sinashlar Milliy akkreditatsiya tizimi reyestriga kiritilgan sinash laboratoriyalarida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan bolalar oʻyinchoqlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament talablariga rioya etilishini taʼminlaydigan hamda texnik reglamentlarda belgilangan mahsulotning muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan, namunalar olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilaydigan standartlar roʻyxatidagi hujjatlar qoʻllanmagan hollarda yoki ushbu hujjatlar boʻlmaganda, bolalar oʻyinchoqlarining muvofiqligi ushbu texnik reglamentni 68-bandining b) kichik bandiga asosan (1s, 2s, 3s sxemalar) tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Seriyali ishlab chiqarilgan bolalar oʻyinchoqlarini sertifikatlashtirish 1s, 2s sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish uchun bolalar oʻyinchoqlari namunalari sertifikatlashtirish organi yoki uning vakolatli vakili tomonidan tanlanadi. Bolalar oʻyinchoqlari toʻpisini sertifikatlashtirish 3s sxema boʻyicha amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan bolalar oʻyinchoqlari toʻpisi import qiluvchi yoki ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelingunga qadar sertifikatlashtiriladi. Sertifikatlash uchun bolalar oʻyinchoqlari namunalari sertifikatlashtirish organi tomonidan tanlanadi.
(68-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
a) Bolalar oʻyinchoqlarini sertifikatlashtirishda (1s, 2s, 3s sxemalar) ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, import qiluvchi sertifikatlashtirish organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
bolalar oʻyinchoqlarini ishlab chiqarish uchun foydalanilgan hujjatlar (1s, 2s sxemalar);
bolalar oʻyinchoqlarining rangli tasvirdagi namunalari;
bolalar oʻyinchoqlarining konstruktorlik yoki texnik xususiyatlari berilgan hujjatlar nusxasi;
xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar, shuningdek, ularni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
foydalanish boʻyicha hujjatlari (agar mavjud boʻlsa);
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan bolalar oʻyinchoqlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament talablariga rioya etilishini taʼminlaydigan hamda texnik reglamentlarda belgilangan mahsulotning muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan, namunalar olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilaydigan standartlar;
bolalar oʻyinchoqlarini ishlab chiqarishga sifat menejment tizimi joriy qilinganligini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati (2s sxema);
Oldingi tahrirga qarang.
shartnoma (yetkazib berish shartnomasi) yoki joʻnatish hujjatlari (bolalar oʻyinchoqlar toʻpisi uchun) (2s sxema).
(68-band “a” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
Sertifikatlashtirish organi:
bolalar oʻyinchoqlarini identifikatsiya qiladi;
texnik reglament talablarini qoʻllash va bajarish hamda mahsulotning muvofiqligini baholash (tasdiqlash) uchun zarur namunalarni tanlash qoidalari belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirishni tashkil qiladi va sinov bayonnomalarini tahlil qiladi.
Ishlab chiqarish holatini tahlil qiladi (1s sxema).
Oldingi tahrirga qarang.
Seriyali ishlab chiqarilgan bolalar oʻyinchoqlari uchun muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati 3 yilga, bolalar oʻyinchoqlari toʻpisi uchun muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati cheklanmagan vaqtga beriladi.
(68-band “a” kichik bandining oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
Ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchini vakolatli vakili), import qiluvchi:
bolalar oʻyinchoqlari tamgʻasiga muvofiqlik belgisini joylashtiradi;
muvofiqligi tasdiqlangandan soʻng quyidagi hujjatlarni shakllantiradi:
ushbu texnik reglamentning 68-bandi a) kichik bandida keltirilgan hujjatlarni;
sinash bayonnomalarini;
ishlab chiqarish holatining tahlili natijalarini;
muvofiqlik sertifikatini.
Sertifikatlashtirish organi sertifikatlangan bolalar oʻyinchoqlari ustidan inspeksiya nazoratini quyidagi tadbirlar orqali amalga oshiradi:
namunalarni belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasida (markazda) sinovdan oʻtkazish va (yoki) ishlab chiqarish holatini tahlil qilish (1s sxema);
namunalarni belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasida (markazda) sinovdan oʻtkazish va ishlab chiqarish obyektini sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirgan sertifikatlashtirish organi tomonidan oʻtkazilgan inspeksiya nazorati natijalarini tahlil qilish (2s sxema).
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan bolalar oʻyinchoqlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament talablariga rioya etilishini taʼminlaydigan standartlashtirishga doir hamda mahsulotlarning namunalarini olish, sinov va oʻlchov usullarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxatidagi hujjatlar qoʻllanilmagan hollarda yoki ushbu hujjatlar boʻlmaganda (1s, 2s, 3s sxemalar):
ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili), import qiluvchi bolalar oʻyinchoqlari ushbu texnik reglamentning xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar toʻplamini sertifikatlashtirish organiga taqdim etadi:
bolalar oʻyinchoqlarini ishlab chiqarishda foydalanilgan hujjat (1s, 2s sxemalar);
bolalar oʻyinchoqlarining rangli tasvirdagi namunalari;
bolalar oʻyinchoqlarining konstruktorlik yoki texnik xususiyatlari berilgan hujjatlar nusxasi;
foydalanish boʻyicha hujjatlar (agar mavjud boʻlsa);
xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar, shuningdek, ularni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (1s, 2s sxemalar);
ushbu texnik reglamentning xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi qabul qilingan texnik yechimlarning tavsifi va xatarlarni baholash hujjatlari;
bolalar oʻyinchoqlarini ishlab chiqarishga sifat menejment tizimi joriy qilinganligini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati (2s sxema);
Oldingi tahrirga qarang.
shartnoma (yetkazib berish shartnomasi) yoki joʻnatish hujjatlari (bolalar oʻyinchoqlar toʻpisi uchun) (3s sxema).
(68-band “b” kichik bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
69. Sertifikatlashtirish organi:
Bolalar oʻyinchoqlarini identifikatsiya qiladi;
bolalar oʻyinchoqlarini mazkur texnik reglament talablariga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlashtiradi. Bunda sertifikatlashtirish organi:
ushbu texnik reglamentning xavfsizlik talablaridan kelib chiqib, sertifikatlashtirilayotgan bolalar oʻyinchoqlari uchun aniq xavfsizlik talablarini aniqlaydi;
ishlab chiqaruvchi tomonidan amalga oshirilgan ushbu texnik reglamentlarning xavfsizlik talablari bajarilishini tasdiqlovchi qabul qilingan texnik yechimlarni tahlil qilish va xatarlarni baholashni amalga oshiradi;
oʻyinchoqlarning muvofiqligini tasdiqlash uchun Texnik reglament talablarini qoʻllash va bajarish hamda mahsulotning muvofiqligini baholash (tasdiqlash) uchun zarur boʻlgan namunalarni tanlash qoidalarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar roʻyxatidan ushbu belgilangan aniq xavfsizlik talablarini aniqlash uchun sinov usullari standarilarini aniqlaydi;
sinovlar oʻtkazilishini tashkil etadi va sinash bayonnomalarini tahlil qiladi;
ishlab chiqarish holatini tahlil qiladi (1s sxema).
Oldingi tahrirga qarang.
Seriyali ishlab chiqarilgan bolalar oʻyinchoqlari uchun muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati 3 yilga, bolalar oʻyinchoqlari toʻpisi uchun muvofiqlik sertifikatining amal qilishi cheklanmagan muddatga beriladi.
(69-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
Ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili), import qiluvchi:
bolalar oʻyinchoqlari tamgʻasiga muvofiqlik belgisini joylashtiradi;
muvofiqligi tasdiqlangandan soʻng quyidagi hujjatlarni shakllantiradi:
ushbu texnik reglamentning 69-bandida keltirilgan hujjatlarni;
sinash bayonnomalarini;
ishlab chiqarish holati tahlili natijalarini;
muvofiqlik sertifikatini.
Sertifikatlashtirish organi sertifikatlangan bolalar oʻyinchoqlari ustidan inspeksiya nazoratini quyidagi tadbirlar orqali amalga oshiradi:
namunalarni belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasida (markazda) sinovdan oʻtkazish va (yoki) ishlab chiqarish holatini tahlil qilish (1s sxema);
namunalarni belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasida (markazda) sinovdan oʻtkazish va ishlab chiqarish obyektini sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirgan sertifikatlashtirish organ tomonidan oʻtkazilgan audit natijalarini tahlil qilish (2s sxema).
70. Bolalar oʻyinchoqlariga tegishli hujjatlar toʻplami ishlab chiqaruvchilar tomonidan bolalar oʻyinchoqlarining ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan (bekor qilingan) kundan, bolalar oʻyinchoqlarini import qiluvchilar tomonidan soʻnggi mahsulot sotilgan kundan boshlab kamida 10 yil davomida saqlanishi kerak.
(4-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
5-bob. Oʻtish davri
71. Texnik reglament amalga kiritilgan paytdan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan va bolalar oʻyinchogʻi mahsulotlariga xavfsizlik talablarini belgilaydigan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Texnik reglamentga muvofiqlashtirilguniga qadar Texnik reglamentga zid boʻlmagan qismlari yuzasidan qoʻllaniladi.
6-bob. Texnik reglament talablariga rioya etilishi boʻyicha davlat nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
72. Texnik reglament talablariga rioya qilish boʻyicha davlat nazoratini Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlari, shuningdek, boshqa maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
73. Texnik reglament talablariga muvofiq boʻlmagan bolalar oʻyinchogʻi mahsulotlarining muomalaga chiqarilishining oldini olish davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organlar tomonidan konun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Texnik reglament talablari buzilganligi uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
74. Texnik reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga
1-ilova
(1-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
Bolalar oʻyinchogʻi deb qaralmaydigan mahsulotlar
ROʻYXATI
1. Archa oʻyinchoqlari, sunʼiy archalar va ularga tegishli elektr girlyandlar.
2. 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga moʻljallanmagan, kolleksiya uchun toʻplangan masshtabli modellar.
3. Bolalarning oʻyin maydonlari jihozlari.
4. Sport inventarlari, shu jumladan suv ostida qoʻllaniladiganlari ham.
5. 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga moʻljallanmagan folklyor va dekorativ oʻyinchoqlar.
6. Jamoat joylarida umumiy foydalanishga moʻljallangan “professional” oʻyinchoqlar.
7. Oʻyin avtomatlari.
8. 500 dan ziyod detallardan iborat boʻlgan murakkab bosh qotirmalar.
9. Pnevmatik qurol.
10. Otuvchi qurilmalar va katapultlar.
11. Metall uchli otiluvchi snaryadlar.
12. Oʻyinchoqlarni tarmoqdan taʼminlovchi transformatorlar, akkumulyatorlarning zaryadlovchi qurilmalari, oʻyinchoqlar bilan birga yetkaziluvchilar ham.
13. Kattalar nazoratida oʻquv jarayonida foydalaniladigan, qizdiruvchi elementlari boʻlgan buyumlar.
14. 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan ichki yonuv dvigatelli transport vositalari.
15. Bugʻ dvigatelli oʻyinchoq mashinalar.
16. Umumiy foydalaniladigan yoʻllarda harakatlanishga moʻljallangan velosipedlar.
17. Nominal kuchlanishi 24 V dan yuqori kuchlanishda ishlaydigan oʻyinlar va oʻyinchoqlar.
18. Oʻqotar qurollarning aniq nusxalari.
19. Bolalar uchun bijuteriyalar.
20. Suzish uchun moslamalar (masalan, qoʻlga kiyiladigan dam berilgan manjetlar).
21. Himoya vositalari (suzish uchun koʻzoynaklar, quyoshdan himoyalovchi koʻzoynaklar, velosipedchining va skeytbordchining shlemlari).
22. Rezina shnur yordamida uchiriladigan oʻyinchoqlar.
23. Tortilmagan holatida uzunligi 1 200 mm dan oshadigan kamonlar.
24. Lateks, rezina va silikonli elastomerdan bolalar uchun tayyorlangan sanitar-gigiyenik buyumlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga
11-ilova
Majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan bolalar oʻyinchoqlarining
ROʻYXATI

T/r

Mahsulotlar turi nomi

TIF TN kodi

Bolalar oʻyinchoqlarining nomi

1.

Bolalar uchun plastilin

3407 00 000 0

2.

Bolalar toʻplari

9503 00 990 9

3.

Bayramlar, karnavallar yoki boshqa koʻngilochar mahsulotlar, jumladan, fokuslar va hazil-huzul koʻrsatish uchun buyumlar

9505 10 100 0,

9505 10 900 0,

9505 90 000 0

4.

Uch gʻildirakli velosipedlar, samokatlar, pedalli avtomobillar va boshqa gʻildirakli oʻyinchoqlar; qoʻgʻirchoqlar uchun aravachalar

9503 00 100 1,

9503 00 100 9

5.

Faqat odamlarni ifodalaydigan qoʻgʻirchoqlar, ularning qismlari va jihozlari

9503 00 210 0,

9503 00 290 0

6.

Elektr poyezdlari (relslari bilan), svetoforlar va ularning boshqa jihozlari; modellarni kichraytirilgan oʻlchamda yigʻish uchun elementlar toʻplamlari

9503 00 300 0

7.

Konstruktorlik toʻplamlari

9503 00 350 0,

9503 00 390 0

8.

Hayvonlar yoki boshqa mavjudotlarni ifodalaydigan oʻyinchoqlar, shuningdek, yumshoq oʻyinchoqlar

9503 00 410 0,

9503 00 490 0

9.

Oʻyinchoq shaklidagi qurilma va ularning musiqaviy asboblari

9503 00 550 0

10.

Boshqotirmalar

9503 00 610 0,

9503 00 690 0

11.

Qadoqlangan toʻplamdagi oʻyinchoqlar

9503 00 700 0

12.

Motorga ega oʻyinchoq va modellar

9503 00 750 0,

9503 00 790 0

13.

Elektron oʻyinchoqlar, koʻngilochar mahsulotlar, stol yoki xona oʻyinlari

9504 90 800 9

14.

Qurol shaklidagi oʻyinchoq

9503 00 810 0

15.

Metalldan quyilgan kichik modellar

9503 00 850 0

16.

Plastmassadan tayyorlangan oʻyinchoq va modellar

9503 00 950 0

17.

Bolalar bino ichida yoki ochiq havoda foydalanadigan oʻyin uchun balandligi koʻpi bilan 120 cm, kengligi koʻpi bilan 185 cm, uzunligi koʻpi bilan 185 cm boʻlgan gazlama va plastmassa yoki metall (quvur yoki prujinali) karkasli chodirlar, hayvonlar, multiplikatsiya personajlari, transport vositalari, geometrik shakllar (masalan, piramida, konus, kub, kesik piramida) koʻrinishida

9503 00 990 1

18.

Bir necha turdagi (kombinatsiya) materiallardan yasalgan va yuqoridagi mezonlarga toʻgʻri kelmaydigan oʻyinchoqlar

9503 00 990 9

19.

Musobaqali oʻyinlar uchun elektron poyga avtomobillari toʻplamlari

9504 90 100 0

(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga
2-ilova
(2-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
Bolalar oʻyinchoqlarining gigiyenik xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
1. Bolalar oʻyinchoqlarining gigiyenik xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar quyidagilardan iborat:
organoleptik koʻrsatkichlar (hidi, yoqimsiz taʼmi);
fizik omillar (tovush darajasi, elektro statik maydon kuchlanganligining darajasi, elektr magnit maydon kuchlanganligining darajasi, radiochastota diapazoni, elektr magnit maydon kuchlanganligi darajasi, infraqizil nurlanish integral oqimining intensivlik darajasi, mahalliy titrash darajasi, tabiiy radionuklidlarning aktivligi solishtirma samaradorligi);
sanitar-kimyoviy koʻrsatkichlar (namuna muhitida zararli kimyoviy moddalar tarqalishi, matriallar kimyovi tarkibini aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan roʻyxat va bolalar oʻyinchogʻidan ajralib chiqadigan zararli kimyoviy moddalar meʼyori);
toksikologik-gigiyenik koʻrsatkichlar (shilliq qatlamda qichishish hosil qilishi, toksiklik koʻrsatkichi);
bundan tashqari, bolalar oʻyinchoqlari tarkibida boʻlishi taqiqlangan va konsentratsiyasi bolalar oʻyinchogʻida yoki uning tarkibiy qismlarida 100 mg/kg dan oshsa, bolalar oʻyinchoqlarining tamgʻalarida koʻrsatilishi lozim boʻlgan allergiya chaqiruvchi aromatizatorlar roʻyxati;
mikrobiologik koʻrsatkichlar.
Agar bolalar oʻyinchogʻi gigenik xavfsizlikka tekshirilayotganida nazorat qilinadigan birorta koʻrsatkichi mos kelmasligi tasdiqlangan taqdirda, bolalar oʻyinchogʻi boʻyicha bundan keyingi har qanday tadqiqotlar toʻxtatiladi.
2. Organoleptik koʻrsatkichlar:
tabiiy sharoitda va suvli muhitda bolalar oʻyinchogʻi hidi intensivligi:
1 yoshgacha boʻlgan bolalarga moʻljallangan oʻyinchoqlarda 1 balldan oshmasligi kerak;
1 yoshdan katta boʻlgan bolalar uchun bu koʻrsatkich 2 balldan oshmasligi kerak;
suvli muhitda hidining namunaviy intensivligi 3 yoshdan katta bolalar uchun bolalar oʻyinchoqlarida 2 balldan oshmasligi kerak;
3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan oʻyinchoqlarda va ogʻiz boʻshligʻi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqada boʻluvchi bolalar oʻyinchoqlarida hosil boʻladigan yoqimsiz taʼmning intensivligi 1 balldan oshmasligi kerak.
3. Fizik omillar:
a) ovoz chiqaruvchi bolalar oʻyinchoqlarining tovushlari ekvivalentlik darajasi (sport oʻyinlari modellaridan tashqari) quyidagi qiymatlarga teng boʻlishi talab etiladi:
3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun — 60 dBA (dBA — akustik detsibel);
3 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun — 65 dBA dan yuqori boʻlmasligi kerak;
6 yoshdan katta bolalar uchun — 70 dBA dan yuqori boʻlmasligi kerak;
b) impulsli tovush chiqaruvchi bolalar oʻyinchoqlaridan boshqa ochiq havoda oʻynaladigan bolalar oʻyinchoqlari tovushining ekvivalentlik darajasi 75 dBA dan yuqori boʻlmasligi kerak;
v) bolalar oʻyinchoqlari tovushining eng yuqori darajasi quyida keltirilgan koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlishi kerak:
3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun — 70 dBA dan yuqori boʻlmasligi;
3 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun — 75 dBA dan yuqori boʻlmasligi;
6 yoshdan katta bolalar uchun — 80 dBA dan yuqori boʻlmasligi;
ochiq havoda oʻynaladigan bolalar oʻyinchoqlari tovushning eng yuqori darajasi 85 dBA dan yuqori boʻlmasligi kerak;
impulsli tovush chiqaruvchi bolalar oʻyinchoqlarining eng yuqori tovush chiqarish darajasi 90 dBA dan oshmasligi kerak;
g) bolalar oʻyinchoqlari yuzasidagi elektr statik maydon kuchlanganligi darajasi 15 kV/m dan oshmasligi kerak;
d) radio boshqaruvli, elektron va elektrotexnik bolalar oʻyinchoqlari tarqatadigan elektr magnit maydonlarining kuchlanganlik darajasi, chastota oraligʻi:
0,3 kHz dan 300 kHz gacha oraliqda oʻzgarganda 25 V/m dan;
0,3 MHz dan 3 MHz gacha oraliqda oʻzgarganda 15 V/m dan;
3 MHz dan 30 MHz gacha oraliqda oʻzgarganda 10 V/m dan;
30 MHz dan 300 MHz gacha oraliqda oʻzgarganda 3V/m dan;
0,3 dan 300 GHz gacha oraliqda oʻzgarganda 10 µW/cm2 dan oshmasligi kerak.
e) bolalar oʻyinchogʻida sanoat chastotali (50 Hz) elektr toki hosil qiladigan maydonning kuchlanganlik darajasi 0,5 kV/m dan oshmasligi kerak;
yo) infraqizil nurlanish integral oqimining intensivlik darajasi 100 W/m2 dan oshmasligi kerak;
j) tebranish manbaiga ega boʻlgan oʻyinchoqlarda oʻrtacha geometrik oktavalar oraligʻidagi 8 Hz va 16 Hz chastotalar uchun mahalliy tebranish darajasi 63 dB dan oshmasligi kerak, 69 dB boʻlganda — 31,5 Hz, 75 dB boʻlganda — 63 Hz, 81 dB boʻlganda — 125 Hz, 87 dB boʻlganda — 250 Hz, 93 dB boʻlganda — 500 Hz, 99 dB boʻlganda — 1000 Hz chastotalarga ega boʻladi. Tebranish tezlanishining toʻgʻrilangan darajasi 66 dB dan oshmasligi kerak;
z) tabiiy materiallardagi tabiiy radionuklidlarning va bolalarning ijodiy oʻyinlarining jamlanmalari tarkibiga kiruvchi, ulardan tayyorlangan mahsulotlarning solishtirma samaradorlik darajasi 370 Bq/kg dan oshmasligi kerak.
4. Sanitar-kimyoviy koʻrsatkichlar:
a) bolalar oʻyinchoqlarida namunali (suvli, havoli) muhitda zararli kimyoviy moddalarning tarqalish darajasi 1a-jadvalda va namunaviy muhitda 1b-jadvalda keltirilgan meʼyorlardan oshib ketmasligi zarur;
1a-jadval
Namunali (suvli, havoli) muhitda zararli kimyoviy moddalarning tarqalish darajasi

Materiallar, mahsulotlarning nomlanishi

Aniqlanadigan zararli moddaning nomlanishi

Tarqalish darajasi

Suvli muhit (mg/dm3), yuqori boʻlmagan

Havoli muhit (mg/m3), yuqori boʻlmagan

Akrilonitril butadiyenstirolli plastiklar

α-metilstirol

0,1

0,04

akrilonitril

0,02

0,03

benzaldegid

0,003

0,04

benzol

0,01

0,1

ksilollar (izomerlari qorishmasi)

0,05

0,2

stirol

0,01

0,002

toluol

0,5

0,6

etilbenzol

0,01

0,02

formaldegid

0,1

0,003*

Stirolning sopolimerlari va prostirol

atsetaldegid

0,2

0,01

atseton

0,1

0,35

benzaldegid

0,003

0,04

benzol

0,01

0,1

butadiyen

0,05

1,0

ksilollar (izomerlar qorishmasi)

0,05

0,2

kumol (izopropilbenzol)

0,1

0,014

metilmetakrilat

0,25

0,01

butil spirti

0,5

0,1

metil spirti

0,2

0,5

stirol

0,01

0,002

toluol

0,5

0,6

formaldegid

0,1

0,003*

etilbenzol

0,01

0,02

Poliolefinlar asosidagi xom ashyo

atsetaldegid

0,2

0,01

atseton

0,1

0,35

geksan

0,1

geksen

0,085

geptan

0,1

gepten

0,065

izopropil spirti

0,1

0,6

butil spirti

0,5

0,1

izobutil spirti

0,5

0,1

metil spirti

0,2

0,5

propil spirti

0,1

0,3

formaldegid

0,1

0,003*

etilatsetat

0,1

0,1

Vinilatsetat asosidagi polimerlar

atsetaldegid

0,2

0,01

vinilatsetat

0,2

0,15

geksan

0,1

geptan

0,1

formaldegid

0,1

0,003*

Polivinilxloridlar

atsetaldegid

0,2

0,01

atseton

0,1

0,35

benzol

0,01

0,1

vinilxlorid

0,01

0,01

dibutilftalat**

ruxsat etilmaydi

ruxsat etilmaydi

dimetilftalat

0,3

0,007

dioktilftalat

2,0

0,02

dietilftalat

3,0

0,01

butil spirti

0,5

0,1

izobutil spirti

0,5

0,1

zopropil spirti

0,1

0,6

metil spirti

0,2

0,5

propil spirti

0,1

0,3

toluol

0,5

0,6

fenol***

0,05

0,003

fenollarningumumiy yigʻindisi***

0,1

rux

1,0

qalay

2,0

Poliuretanlar

atsetaldegid

0,2

0,01

atseton

0,1

0,35

benzol

0,01

0,1

butilatsetat

0,1

0,1

izopropil spirti

0,1

0,6

metil spirti

0,2

0,5

propil spirti

0,1

0,3

toluol

0,5

0,6

formaldegid

0,1

0,003*

etilatsetat

0,1

0,1

etilenglikol

1,0

1,0

Poliamidlar

benzol

0,01

0,1

geksametilendiamin

0,01

0,001

e-kaprolaktam

0,5

0,06

metil spirti

0,2

0,5

fenol***

0,05

0,003

fenollarningumumiy yigʻindisi***

0,1

Poliakrilat

akrilonitril

0,02

0,03

geksan

0,1

geptan

0,1

metilmetakrilat

0,25

0,01

Poliefirlar asosidagi xom ashyolar

atsetaldegid

0,2

0,01

Atseton

0,1

0,35

metilatsetat

0,1

0,07

metil spirti

0,2

0,5

propil spirti

0,1

0,3

fenol***

0,05

0,003

fenollarning umumiy yigʻindisi***

0,1

formaldegid

0,1

0,003*

Tereftal kislota asosidagi polietilen tereflat va sopolimerlar

atsetaldegid

0,2

0,01

atseton

0,1

0,35

dimetiltereftalat

1,5

0,01

butil spirti

0,5

0,1

izobutil spirti

0,5

0,1

metil spirti

0,2

0,5

formaldegid

0,1

0,003*

etilenglikol

1,0

1,0

Polikarbonat

difinelolpropan

0,01

0,04

metilenxlorid

7,5

fenol***

0,05

0,003

fenollarning umumiy yigʻindisi***

0,1

xlorbenzol

0,02

0,1

Fenoplastlar vaaminoplastlar

atsetaldegid

0,2

0,01

fenol***

0,05

0,003

fenollarning umumiy yigʻindisi***

0,1

formaldegid

0,1

0,003*

Epoksid smolalar asosidagi polmerxom ashyolar

atsetaldegid

0,2

0,01

fenol***

0,05

0,003

fenollarning umumiy yigʻindisi***

0,1

formaldegid

0,1

0,003*

epixlorgidrin

0,1

0,2

Parafinlar va mumlar

atsetaldegid

0,2

0,01

atseton

0,1

0,35

benzapiren**

ruxsat etilmaydi

ruxsat etilmaydi

geksan

0,1

geptan

0,1

butil spirti

0,5

0,1

metil spirti

0,2

0,5

toluol

0,5

0,6

formaldegid

0,1

0,003*

Rezinalateksli kompozitsiyalar

agidol 2

2,0

agidol 40

1,0

akrilonitril

0,02

0,03

altaks

0,4

atsetofenon

0,1

0,003

benzapiren**

ruxsat etilmaydi

ruxsat etilmaydi

vulkatsit (etilfenilditiokarbamat sink)

1,0

dimetilditiokarbamat sink (simat)

0,6

dietilditiokarbamat sink (etilsimat)

0,5

agidol 2

2,0

agidol 40

1,0

akrilonitril

0,02

0,03

altaks

0,4

atsetofenon

0,1

0,003

kaptaks(2merkaptobenztiazol)

0,4

stirol (vinilbenzol)

0,01

0,002

sulfenamid S (siklogeksil-2-benztiazolsulfenamid)

0,4

tiuram D (tetrametiltiuram disulfid)

0,5

tiuram E(tetraetiltiuram disulfid)

0,5

rux

1,0

Silikonlar

atsetaldegid

0,2

0,01

benzol

0,01

0,1

butil spirti

0,5

0,1

metil spirti

0,2

0,5

fenol***

0,05

0,003

fenollarning umumiy yigʻindisi***

0,1

formaldegid

0,1

0,003*

Qogʻoz, karton

atsetaldegid

0,2

0,01

atseton

0,1

0,35

benzol

0,01

0,1

butilatsetat

0,1

0,1

ksilollar (izomerlar qorishmasi)

0,05

0,2

butil spirti

0,5

0,1

izobutil spirti

0,5

0,1

metil spirti

0,2

0,5

izopropil spirti

0,1

0,6

toluol

0,5

0,6

formaldegid

0,1

0,003*

etilatsetat

0,1

0,1

rux

1,0

Yogʻoch

atsetaldegid

0,2

0,01

butil spirti

0,5

0,1

izobutil spirti

0,5

0,1

metil spirti

0,2

0,5

izopropil spirti

0,1

0,6

fenol***

0,05

0,003

fenollarning umumiy yigʻindisi***

0,1

formaldegid

0,1

0,003*

Sopol, oyna

aluminiy

0,5

bor

0,5

rux

1,0

titan

0,1

Sunʼiy moʻyna, toʻqimachilik materiallari

akrilonitril

0,02

0,03

atseton

0,1

0,35

benzol

0,01

0,1

vinilatsetat

0,2

0,15

metil spirti

0,2

0,5

toluol

0,5

0,6

fenol***

0,05

0,003

fenollarning umumiy yigʻindisi***

0,1

formaldegid

50 mkg/g

0,003*

Boʻyoqlar, qalamlar, flomasterlar, guash, plastilin va shunga oʻxshash mahsulotlar

fenol***

0,05

0,003

fenollarning umumiy yigʻindisi***

0,1

formaldegid

0,1

0,003*

Poʻlat

temir

0,3

marganets

0,1

xrom (Cr 3+)

jamlangan

xrom (Cr 6+)

0,100

nikel

0,1

mis

1,0

Qalayli bronza

mis

1,0

rux

1,0

nikel

0,1

qalay

2,0

qoʻrgʻoshin

0,03

Aluminiy qotishmalari

aluminiy

0,5

marganets

0,1

temir

0,3

mis

1,0

rux

1,0

Qoʻrgʻoshin-kumushli qotishmalar

qoʻrgʻoshin

0,03

kadmiy

0,001

kumush

0,05

* Meʼyorlar atrof-muhit havosi fonining ifloslanishini hisobga olinmagan holat uchun keltirilgan.
** Sanitar-kimyoviy koʻrsatkichlar, nazorat uchun qoʻllaniladigan oʻlchashlar metodikasiga koʻra, keltirilgan zaharli moddalarning pastki chegarasidagi meʼyoriy qiymatidan koʻp boʻlishiga ruxsat etilmaydi.
*** Oʻzaro bir-birini almashtiruvchi koʻrsatkichlar.
1b-jadval
Namunali muhitda zararli kimyoviy moddalarning tarqalish darajasi

Material, mahsulotning nomlanishi

Aniqlanadigan zararli moddalarning nomlanishi

Ruxsat etilgan tarqalish darajasi

(namunaviy muhit (mg/dm3) gacha)

1. Akrilonitril butadiyenstirolli plastiklar.

2. Stirolning sopolimerlari va prostirol.

3. Poliolefinlar asosidagi materiallar.

4. Vinilatsetat asosidagi polimerlar.

5. Polivinilxloridlar.

6. Poliuretanlar.

7. Poliamidlar.

8. Poliakrilat.

9. Poliefirlar asosidagi materiallar.

10. Tereftalli kislotalar asosidagi polietilen tereftalat va sopolimerlar.

12. Polikarbonat.

13. Fenoplastlar va aminoplastlar.

14. Epoksid smolalar asosidagi polmer.

15. Materiallari.

16. Parafinlar va mumlar.

17. Rezina-lateksli kompozitsiyalar (qoʻrgʻoshin bundan mustasno).

18. Silikonlar.

19. Qogʻoz va karton.

20. Yogʻoch.

21. Sopol va oyna.

22. Sunʼiy moʻyna va toʻqimachilik materiallari.

23. Boʻyoqlar, qalamlar, flomasterlar.

24. Guash, plastilin va shunga oʻxshash mahsulotlar.

qoʻrgoshin

90

simob

25 (har kilogramda)

simob

60 (har qanday oʻyinchoq materiallarida)

kadmiy

50 (har kilogramda)

kadmiy

75 (har qanday oʻyinchoq materiallarida)

xrom

25 (har kilogramda)

xrom

60 (har qanday oʻyinchoq materiallarida)

mishyak

25

bariy

250 (har kilogramda)

bariy

1000 (har qanday oʻyinchoq materiallarida)

Eslatma.
Distillangan suv, sanitar-kimyoviy tadqiqotlarni olib borish uchun majburiy namunaviy muhit hisoblanadi.
Uch yoshdan katta boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan yumshoq va yogʻoch oʻyinchoqlar, qoʻgʻirchoqlarning kiyimlari, bolalarni harakatlantirish uchun va ichiga sigʻdiruvchi yoki koʻtaruvchi katta oʻlchamdagi oʻyinchoqlarda zaharli moddalarning tarqalish darajasi havoli (ochiq) namunaviy muhitda aniqlanadi.
b) Namunaviy muhitda (tuzli kislotada), bolalar oʻyinchogʻining materiallaridan ajralib chiqadigan zararli moddalar 1-v jadvalda keltirilgan meʼyorlardan oshib ketmasligi kerak;
1v-jadval
Bolalar oʻyinchogʻining materiallaridan ajralib chiqadigan zararli moddalar meʼyorlari roʻyxati

Aniqlanadigan zararli kimyoviy moddalarning nomlanishi

Tarqalish darajasi

Bolalar oʻyinchogʻining 1 kg tashkil etuvchi har qanday materiallaridan ajralib chiqadigan zararli moddalar miqdori, mg

Bolalar oʻyinchogʻining 1 kg ni tashkil etuvchi massasidan va barmoq bilan surtiladigan boʻyoqlaridan ajralib chiqadigan zararli moddalar miqdori, mg

surma

60

60

qoʻrgʻoshin

90

90

simob

60

25

kadmiy

75

50

xrom

60

25

mishyak

25

25

bariy

1000

250

selen

500

500

5. Toksikologik-gigiyenik koʻrsatkichlar:
uch yoshgacha boʻlgan bolalarga moʻljallangan, shuningdek, funksional xususiyatidan kelib chiqqan holda, bola ogʻiz boʻshligʻi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqada boʻladigan bolalar oʻyinchoqlari bola ogʻiz boʻshligʻi shilliq pardasiga yalligʻlantiruvchi taʼsir koʻrsatmasligi kerak;
bolalar oʻyinchoqlarida suvli muhitda (distirlangan muhitda) aniqlanadigan mahalliy teri qichishish koʻrsatkichlari kuzatilmasligi yoki toksiklik koʻrsatkichi suvli muhitda — 70 foizdan 120 foizgacha, havoli muhitda — 80 foizdan 120 foizgacha boʻlishi kerak;
6. Bolalar oʻyinchoqlarida 2-jadvalda keltirilgan allergiya chaqiruvchi aromatizatorlar boʻlishi taqiqlanadi.
2-jadval
Bolalar oʻyinchoqlarida boʻlishi taqiqlangan allergiya chaqiruvchi aromatizatorlar roʻyxati

Nomlanishi

CAS raqami

qora andiz moyi

9767635-2

allilizotiotsianat

57-06-7

benzil sianiti

140-29-4

4-tretbutilfenol

98-54-4

mari efir moyi

8006-993

siklamenol

4756-198 7

dietilmaleat

141-05-9

digidrokumarin

119-84-6

2,4-digidroksi-3-metilbenzaldegid

6248-200

3,7-dimetil-2-okten-1-ol (6,7-digidrogeraniol)

4060748-5

4,6-dimetil-8-tretbutilkumarin

1787434-9

dimetilsitrakonat

617-54-9

7,11-dimetil-4,6,10-dodekatriyen-3-on

2665196-7

6,10-dimetil-3,5,9-undekatriyen-2-on

141-10-6

difenilamin

122-39-4

etilakrilat

140-88-5

oddiy anjir bargi

6891652-9

trans-2-geptenal

1882955-5

trans-2-geksenaldietilatsetal

6774630-9

trans-2-geksenaldimetilatsetal

1831883-7

gidroabietanol

1339393-6

4-etoksifenol

622-62-8

6-izopropildekagidronaftalin-2-ol

3413199-2

7-metoksikumarin

531-59-9

4-metoksifenol

150-76-5

4-(p-metoksifenil)-3-buten-2-on

943-88-4

1-(p-metoksifenil)-1-penten-3-on

104-27-8

metil-trans-2-butenoat

623-43-8

6-metilkumarin

92-48-8

7-metilkumarin

2445-832

5-metil-2,3-geksandion

1370686-0

kostus ildizi moyi

8023-88-9

7-etoksi-4-metilkumarin

87-05-8

geksagidrokumarin

700-82-3

tozalanmagan peruan balzam (myroxylon pereirae (royle) klotzsch)

8007-00-9

2-pentilidensiklogeksanon

2567740-1

3,6,10-trimetil-3,5,9-undekatriyen-2-on

1117-415

tizmagul verbena moyi

8024-12-2

4-tretbutil-3-metoksi-2,6-dinitrotoluol

83-66-9

4-fenil-3-buten-2-on

122-57-6

amilsinnamal

122-40-7

2-pentil-3-fenilprop-2-yen-1-ol

101-85-9

benzil spirti

100-51-6

benzilsalitsilat

118-58-1

stiron (3-fenil-2-propen-1-ol)

104-54-1

sinnamal

104-55-2

sitral

5392-405

kumarin

91-64-5

evgenol

97-53-0

geraniol

106-24-1

gidroksitsitronellal

107-75-5

gidroksimetilpentilsiklogeksenkarboksialdegid

31906-04-4

izoevgenol

97-54-1

evernia prunastri

90028-68-5

pseudevernia furfuracea

90028-67-4

Bundan tashqari, 3-jadvalda keltirilgan allergiya chaqiruvchi aromatizatorlarning konsentratsiyasi oʻyinchoqda yoki uning tarkibiy qismlarida 100 mg/kg dan oshsa, ularning nomlari bolalar oʻyinchoqlari tamgʻalarida koʻrsatilishi lozim.
3-jadval
Konsentratsiyasi bolalar oʻyinchogʻida yoki uning tarkibiy qismlarida 100 mg/kg dan oshsa, bolalar oʻyinchoqlarining tamgʻalarida koʻrsatilishi lozim boʻlgan allergiya chaqiruvchi aromatizatorlar roʻyxati

Nomlanishi

CAS raqami

Arpabodiyon spirti

105-13-5

Benzilbenzoat

120-51-4

Benzilsinnamat

103-41-3

Sitronellol

106-22-9

Farnezol

4602-84-0

Geksilsinnamal

101-86-0

Lilial

80-54-6

d-limonen

5989-27-5

Linalool

78-70-6

Metilgeptinkarbonat

111-12-6

3-metil-4-(2.6,6-trimetil-2-siklogeksen 1-il)-3-buten-2-on

127-51-5

7. Bir yoshgacha bolalarga moʻljallangan oʻyinchoqlarni tashkil qiluvchi massasida va barmoqlar bilan surtiluvchi boʻyoqlar tarkibida mikrobiologik koʻrsatkichlar 4-jadvalda keltirilgan meʼyorlarga muvofiq boʻlishi kerak.
4-jadval
Oʻyinchoqlarning mikorobiologik koʻrsatkichlari

Oʻyinchoqlarning nomlanishi

Mikroorganizmlarning umumiy soni (mezofillar, aeroblarva fakultativ anaeroblar),

KOYE*

Xamirturushlar, xamirturushga oʻxshash, zamburugʻlar,

oʻyinchoqlarning
1 g ida

(1 sm2, 1 sm3)

Enterobakteriyalar oilasidagi bakteriyalar, oʻyinchoqlarning

1 g ida (1 sm2, 1 sm3)

Patogen stafilokokklar, oʻyinchoqlarning
1 g ida

(1 sm2, 1 sm3)

Psevdomonas aeroginoza oʻyinchoqlarning
1 g
ida (1 sm2,
1 sm3)

1 yoshgacha boʻlgan bolalarga moʻljallangan ichi toʻldirilgan oʻyinchoqlarni tashkil qiluvchi massasida va barmoqlar bilan surtiluvchi boʻyoqlarda

102gacha

mavjud emas

mavjud emas

mavjud emas

mavjud emas

* Bakteriyalar zanjirini shakillantirish birligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga
3-ilova
(3-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan bolalar oʻyinchoqlaridan foydalanish xavflari va ularning meʼyorlari haqidagi axborotlarga qoʻyiladigan talablar
Bolalar uchun va (yoki) ularga qarab turuvchi shahslar uchun eng koʻp xavf tugʻdiruvchi bolalar oʻyinchoqlari, ulardan foydalanishda yuzaga keladigan xavflar va ularni bartaraf etish choralari haqida axborotlar bilan taʼminlanishi kerak.
1. Uch yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallanmagan bolalar oʻyinchoqlariga yosh guruhi koʻrsatilgan, taqiqlovchi shartli grafik belgi qoʻyilgan boʻlishi kerak. 1-rasmda shartli grafik belgining tasviri keltirilgan.
Shartli grafik belgi quyidagi elementlardan tashkil topgan boʻladi:
aylana va ichida kesishuvchi qizil yoki qora rangli chiziq;
aylana foni — oq rangda;
bolalar oʻyinchogʻining yosh guruhiga moʻljallanmaganligi matni qora siyohda yozilgan va bolaning yuz konturi qora rangda chizilgan boʻladi. Shartli grafik belgining minimal diametri 10 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
2. Osma argʻimchoqlar, sirpanib uchiladigan yasama tepalik xalqalar, trapetsiyalardan foydalanish hujjatlari.
Arqonlar va shunga oʻxshash bolalar oʻyinchoqlaridan foydalanish hujjatlarida tarkibiy qismlarini toʻgʻri yigʻilishiga qoʻyiladigan talablarning bajarilishi ularning notoʻgʻri yigʻilishida yuzaga keladigan xavfning oshishiga va texnik xizmat koʻrsatishning buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar koʻrsatiladi.
3. Funksional bolalar oʻyinchoqlarida yoki uning qadoqlovchi qismida “Diqqat! Bevosita faqat kattalar nazorati ostida foydalanilsin!” degan ogohlantiruvchi yozuv boʻlishi kerak.
Foydalanish hujjatlarida ogohlantiruvchi choralar va koʻrsatmalar boʻlishi shart, ularning bajarilmasligi bolalar oʻyinchoqlaridan foydalanuvchilarni xavf ostida qoldiradi.
Foydalanish hujjatlarida bolalar oʻyinchoqlarini bolalar qoʻli yetmaydigan joylarda saqlash haqida koʻrsatma boʻlishi shart.
4. Kimyoviy bolalar oʻyinchoqlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hujjatlarda xavfli moddalar va reaktivlarning mavjudligi va ularning isteʼmolchi tomonidan qoʻllanilishi xavfidan kelib chiqqan holda, xavfsizlik choralarini koʻrish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berilishi kerak. Foydalanish hujjatlarida birinchi tibbiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida axborot berilishi, shuningdek, qanday yoshdagi bolalarga moʻljallanganligi toʻgʻrisidagi koʻrsatma ham boʻlishi kerak.
Kimyoviy bolalar oʻyinchogʻining qadoqlovchi qismida “Diqqat! Faqat yoshdan katta boʻlgan bolalar uchun! Bevosita kattalar nazorati ostida foydalanilsin!” deb yozib qoʻyiladi. Bolaning yoshini ishlab chiqaruvchi koʻrsatadi.
5. Oziq-ovqat mahsuloti qadoqlangan idishga bolalar oʻyinchogʻi joylashtirilgan boʻlsa, u holda qadoqlangan idishga “Ichida oʻyinchoq bor” degan ogohlantiruvchi yozuv yozib qoʻyilgan boʻlishi shart.
6. Rolikli konkilar va skeytbordlar bolalar oʻyinchoqlari sifatida sotuvga chiqarilganida, ularda “Diqqat! Himoya vositalarini kiyib olish tavsiya etiladi!” degan ogohlantiruvchi yorligʻi boʻlishi kerak.
7. Bunday bolalar oʻyinchoqlaridan foydalanish uchun maʼlum koʻnikmalarga ega boʻlish talab etiladi. Foydalanish hujjatlarida yiqilishi yoki urilib ketishi natijasida jarohat olishdan saqlanish maqsadida bolalar oʻyinchogʻidan ehtiyotkorlik bilan foydalanish toʻgʻrisida, shuningdek, himoya vositalaridan (himoya shlemlaridan, qoʻlqoplardan, tizza himoyalagichlaridan, tirsaklarni himoyalovchi qalqonchalardan va boshqalar.) foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar boʻlishi talab etiladi.
8. Suv oʻyinlari uchun foydalaniladigan bolalar oʻyinchoqlarida “Diqqat! Sayoz suv havzalarida faqat kattalar nazorati ostida foydalaniladi!” degan yozuv matni qoʻyilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Isteʼmolchi qadogʻida va (yoki) magnit oʻyinchoqlarni ekspluatatsiya qilish boʻyicha yoʻriqnomada, elektr yoki elektron oʻyinchoq detallarida funksional magnitlar boʻlgan oʻyinchoqlardan tashqari, quyidagi mazmundagi ogohlantiruvchi yozuv koʻrsatilishi kerak:
Diqqat! Diqqat! Unda boʻsh magnitlar va magnit elementlari mavjud. Faqat kattalarning bevosita nazorati ostida foydalaning. Agar magnit va magnit elementlari yutib yuborilgan boʻlsa, tez tibbiy yordamga murojaat qiling!.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-avgust)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 09/20/451/1096-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son; 21.02.2026-y., 09/26/66/0162-son)