Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.02.2018
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKADA NAQD XORIJIY VALYUTANING MUOMALADA BO‘LIShINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARINI AMALGA OShIRISh TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi 66-sonli “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish choralari to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish va xorijiy valyuta harakati ustidan zarur nazoratni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasining boj olinadigan chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin
Oldingi tahrirga qarang.
(3 va 4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasi temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari kesishadigan joylarda respublika chegarasi perimetri bo‘ylab, 2-ilovaga muvofiq shtatdagi xodimlari 327 nafar bo‘lgan qo‘shimcha ko‘chma va ko‘chmas bojxona postlari barpo etishni tashkil qilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1997-yilgi Davlat budjetini tuzishda Davlat soliq qo‘mitasiga bojxona organlarining qo‘shimcha xodimlarini, yangidan tashkil etilayotgan postlarni ko‘rish va jihozlashni mablag‘ bilan ta’minlash uchun mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
6. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi chegara yaqinidagi temir yo‘l stansiyalarida zarur bojxona nazoratini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratsin, yangidan tashkil etilayotgan bojxona postlarini joylashtirish uchun zarur miqdorda xonalar ajratsin.
7. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1997-yil uchun markazlashtirilgan kapital mablag‘lar limitlari prognozlarini, qurilishlarning adresli dasturlarini tuzishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasi obyektlarining birinchi navbatda kiritilishini nazarda tutsinlar.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yerlar ajratish, bojxona postlari, majmuilari qurish, ularni zarur materiallar va asbob-uskunalar bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni jadal hal etish bo‘yicha komissiyalar tuzsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligi 1997-yil uchun o‘zlariga ajratiladigan kapital mablag‘lar umumiy hajmlari hisobiga bojxona postlari va majmuilariga zarur muhandislik kommunikatsiyalari o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
10. “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni o‘z mablag‘lari hisobiga mashinalar uchun zarur kirib kelish yo‘llari, to‘xtab turish joylari va avtomobillarning o‘tish joylarida dastlabki tekshirishdan o‘tkazish maydonchalari qurilishini ta’minlasin.
11. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 55-son qarorining 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ushbu qarorning 1, 4 va 11-bandlari mazmunini xorijiy davlatlarning Tashqi ishlar vazirliklariga, chet mamlakatlar elchixonalariga, konsulxonalariga, xorijiy firmalarning vakolatxonalariga belgilangan tartibda ma’lum qilsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 31-oktabr,
376-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
31-oktabrdagi 376-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegaralari orqali jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish
TARTIBI
Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish choralari to‘g‘risida” 1996-yil 24-oktabrdagi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish qoidalarini belgilaydi, shuningdek ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini buzishga nisbatan qo‘llaniladigan choralarni nazarda tutadi.
Ushbu Tartib diplomatik daxlsizlikka ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
1. Naqd xorijiy valyutani olib kirish
1.1. Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlariga O‘zbekiston Respublikasi hududiga bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda cheklanmagan miqdorda naqd xorijiy valyuta olib kirishga ruxsat etiladi.
1.2. Olib kiriladigan naqd xorijiy valyuta unga deklaratsiya to‘ldirish hamda bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.
Deklaratsiya to‘ldirish belgilangan T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasida olib kiriladigan valyuta summasi to‘g‘risida yozma ravishda bayon qilish bilan amalga oshiriladi. Deklaratsiya ikki nusxada to‘ldiriladi.
 LexUZ sharhi
1.2-bandning ikkinchi xatboshisiga Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qarori bilan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Xorijiy valyutaning naqdligi tekshirilganidan so‘ng bojxona deklaratsiyasi belgilangan tartibda bojxona organi xodimi tomonidan tasdiqlanadi.
1.3. 5000 AQSh dollari qiymatidan ortiq bo‘lmagan miqdordagi naqd xorijiy valyuta bojxona organi xodimi tomonidan tasdiqlangan bojxona deklaratsiyasining bir nusxasi berilgan holda o‘tkaziladi. Deklaratsiyaning ikkinchi nusxasi bojxona organida qoladi.
5000 AQSh dollari qiymatidan ortiq bo‘lgan naqd xorijiy valyuta T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasi o‘rniga bojxona organi xodimi tomonidan yozib beriladigan TS-28 shaklidagi guvohnoma berilgan holda o‘tkaziladi. Deklaratsiyaning ikkala nusxasi ham bojxona organida qoladi.
(1.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-sonli qarori tahririda)
 LexUZ sharhi
1.3-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qarori bilan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-iyundagi 263-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 12-son, 78-modda)
1.5. Taklif etuvchi tomon O‘zbekiston Respublikasiga jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining O‘zbekiston Respublikasiga kelishiga taklifni rasmiylashtirishda tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligiga taklif etiladigan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi buzilgan va ularda bu qonun buzilishlari uchun belgilangan jarimalarni to‘lash uchun mablag‘lar bo‘lmagan taqdirda u ular uchun barcha moddiy javobgarlikni zimmasiga olishi to‘g‘risida yozma kafolatli majburiyatni taqdim etadi.
2. Naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish
2.1. Respublikadan chiqib ketish chog‘ida jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bojxona organiga ular tomonidan olib chiqib ketilayotgan naqd xorijiy valyuta deklaratsiya qilingan T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasini taqdim etadilar.
 LexUZ sharhi
2.1-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qarori bilan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2.2. Respublika tashqarisiga naqd erkin almashtiriladigan valyutani erkin olib chiqib ketish O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga 2000 AQSh dollariga teng miqdorda summa doirasida, norezidentlariga esa — bojxona deklaratsiyalari (T-6 shaklidagi kirish bojxona deklaratsiyasi yoki TS-28 shaklidagi guvohnoma)ga muvofiq olib kirilgan valyuta doirasida ruxsat etiladi. Ko‘rsatilgan summadan ortiq naqd valyutani olib chiqib ketishga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun bosh litsenziyaga ega bo‘lgan vakolatli banklarning ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
(2.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-oktabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 41-son, 442-modda)
 LexUZ sharhi
2.2-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qarori bilan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2.3, 2.4 va 2.5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
3. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
(3.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-iyundagi 263-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 12-son, 78-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3.2. Jismoniy shaxs — O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bojxona organlarining mansabdor shaxslari xatti-harakatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(3.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-sonli qarori tahririda)
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
31-oktabrdagi 376-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasining bojxona chegarasi temir yo‘l, avtomobil va aviatsiya transporti bilan kesib o‘tiladigan joylarda yangidan tashkil etiladigan bojxona postlarining
ShTATLAR SONI

Tartib raqami‎‎

Mintaqalar‎‎

Postlar soni‎‎

Shtatlar soni (nafar)‎‎

1.‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎ 2‎ 24‎
viloyatlar:‎
2.‎ Andijon viloyati‎ 1‎ 14‎
3.‎ Buxoro viloyati‎ 1‎ 32‎
4.‎ Jizzax viloyati‎ 1‎ 14‎
5.‎ Qashqadaryo viloyati‎ 1‎ 12‎
6.‎ Navoiy viloyati‎ 1‎ 20‎
7.‎ Namangan viloyati‎ 1‎ 14‎
8.‎ Samarqand viloyati‎ 1‎ 18‎
9.‎ Surxondaryo viloyati‎ 3‎ 48‎
10.‎ Sirdaryo viloyati‎ 1‎ 22‎
11.‎ Toshkent shahri‎ 2‎ 39‎
12.‎ Toshkent viloyati‎ 2‎ 38‎
13.‎ Farg‘ona viloyati‎ 1‎ 14‎
14.‎ Xorazm viloyati‎ 2‎ 18‎
JAMI:‎ 20‎ 327‎