1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslarining yagona reyestrini yuritish, yagona identifikatorlar, ma’lumotnomalar va tasniflagichlar ro‘yxatlarini shakllantirish, ma’lumotlarni boshqarish axborot tizimini joriy qilish orqali elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq:
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri (keyingi o‘rinlarda — yagona reyestr) axborot tizimini;
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarida qo‘llanilishi majburiy bo‘lgan elektron hukumatning yagona identifikatorlari, ma’lumotnomalar va tasniflagichlar ro‘yxatlari axborot tizimini modernizatsiya qilish;
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish, kelgusida prognozlashtirish imkonini beruvchi “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimini joriy qilish bo‘yicha choralar ko‘rilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
yagona reyestrga vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar, inspeksiyalar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik birlashmalari (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va tashkilotlari)ning axborot tizimlari va axborot resurslari (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimlari) kiritiladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari Raqamli texnologiyalar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan taqdim etilgan ijobiy xulosa asosidagina amaliyotga joriy etilishi mumkin;
Vazirlik hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning ijobiy xulosalarini olmasdan turib davlat organlari va tashkilotlari o‘zlari tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlarini va ma’lumotlar bazalarini amaliyotga joriy etishi taqiqlanadi;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
davlat organlari va tashkilotlariga yagona reyestrga kiritilgan axborot tizimlarining funksional vazifalarini takrorlaydigan axborot tizimlarini ishlab chiqish va foydalanish taqiqlanadi. Bunda, yagona reyestrga kiritilgan axborot tizimiga nisbatan tezkor, qulay, samarali, kamxarj va xavfsiz foydalanish imkonini beradigan boshqa axborot tizimlarini ishlab chiqish va foydalanishga, istisno tariqasida, faqat raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasidagi vakolatli organning xulosasiga muvofiq ruxsat berilishi mumkin;
davlat organlari va tashkilotlari idoralararo elektron hamkorlik qilishda elektron hukumatning ma’lumotnomalari, klassifikatorlari va yagona identifikatorlaridan foydalanishga majburdirlar.
3. Quyidagilar:
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga;
Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish va yuritish hamda yagona identifikatorlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga;
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga;
Elektron hukumatning idoralararo axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
2020-yil 1-sentabrdan boshlab davlat boshqaruvi organlari, ularning hududiy bo‘linmalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar)lar hokimliklari tomonidan o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berish tartibi joriy etiladi;
mazkur tartib ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilmagan davlat organlari va tashkilotlari uchun tavsiyaviy tusga ega hisoblanadi.
Davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibi to‘g‘risida nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Vazirlik va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
2020-yil 1-oktabrga qadar yagona reyestrni yaratish va “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha texnik hujjatlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;
2021-yil 1-yanvarga qadar yagona reyestr va “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimining amaliyotga joriy etilishini ta’minlasin.
Vazirlik yagona reyestr va “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimlarining egasi hisoblanadi va texnik faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
yagona reyestrni yaratish, “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini modernizatsiya qilish hamda keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘i mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha buyurtmachi hisoblanadi;
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va xalqaro moliya institutlari grantlari hisobiga, axborot tizimini qo‘llab-quvvatlash hamda takomillashtirish esa — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
a) 2020-yil 1-avgustga qadar yagona reyestrda axborot tizimlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ma’lumotlarni kiritishga mas’ul bo‘lgan shaxsni belgilasinlar hamda mas’ul shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Vazirlikka kiritsinlar;
(7-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
b) 2020-yil 15-avgustga qadar Vazirlik va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi bilan kelishgan holda quyidagilarni nazarda tutuvchi “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar:
(7-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
“Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini inobatga olgan holda o‘zlarining axborot tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy va texnik choralarni ko‘rish;
amaldagi axborot tizimlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ular bo‘yicha ma’lumotlar doimiy yangilab turilishini inobatga olgan holda ularni yagona reyestrga kiritish;
“Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini shakllantirish doirasidagi xabar va ma’lumotlarning doimiy dolzarbligini ta’minlash.
8. Vazirlik davlat organlari va tashkilotlarining barcha axborot tizimlari yagona reyestrga kiritilishining muntazam ravishda monitoringi olib borilishini ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
9. Vazirlik hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tegishlicha davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini yaratish va joriy etish bo‘yicha loyiha-texnik hujjatlarining Yagona reyestr orqali ekspertizadan o‘tkazilishini hamda axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 16-iyul,
444-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qaroriga 1-ILOVA
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;
axborot tizimi — axborotlarni to‘plash, saqlash, qidirish, ishlash va ulardan foydalanishga imkon beradigan davlat axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy jihatdan tartibga solingan yig‘indisi;
davlat organlari va tashkilotlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar, inspeksiyalar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik birlashmalari;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri (keyingi o‘rinlarda — yagona reyestr) — idoralararo va idoraviy axborot tizimlari hamda axborot resurslari ro‘yxati hamda ular haqidagi axborotni o‘z ichiga olgan, internet jahon axborot tarmog‘idagi ochiq va umumiy foydalanilishi mumkin bo‘lgan axborot resursi;
yagona reyestr operatori (keyingi o‘rinlarda — operator) — yagona reyestrdan foydalanishni va uning faoliyatini nazorat qiluvchi, shu jumladan, ma’lumotlar bazalarida joylashgan axborotni qayta ishlovchi yuridik shaxs;
postmonitoring — davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimi va resursi joriy etilgandan keyingi davrda undan foydalanish samaradorligi ustidan tizimli monitoring yuritish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi yagona reyestrning operatori hisoblanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
4. Quyidagilar yagona reyestrni shakllantirish va yuritishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat organlari va tashkilotlarining idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, axborot resurslari, ma’lumotlar bazalari va dasturiy mahsulotlarining hisobini yuritish, ularni yaratish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarida elektron hukumatning yagona identifikatorlari, ma’lumotnomalari va klassifikatorlaridan foydalanilishi monitoringini olib borish;
davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlarining o‘zaro elektron hamkorligini tashkil etishga qulaylik yaratish, axborot tizimlari funksional vazifalari takrorlanishining oldini olish va ularni ishlab chiqish bo‘yicha ortiqcha xarajatlarini qisqartirish.
5. Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini va joriy etish bo‘yicha loyiha-texnik hujjatlarini majburiy ekspertizadan o‘tkazish hamda yagona reyestrga kiritish majburiy tartibda amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
6. Axborot tizimlarini yagona reyestrga kiritish va undan chiqarish bepul asosda amalga oshiriladi.
7. Yagona reyestr quyidagi tuzilishga ega:
a) axborot tizimlari pasportlarini joylashtirish, saqlash, yuritish va ularga kirish uchun mo‘ljallangan axborot tizimlarining hisobi quyi tizimi;
b) davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari pasportlarining to‘ldirilishi monitoringini ta’minlashga mo‘ljallangan tahlil qilish va monitoring quyi tizimi;
v) yagona reyestr va boshqa (tashqi) axborot tizimlari integratsiyasini ta’minlash, shuningdek, manfaatdor tashkilotlar va fuqarolarning davlat organlarini axborotlashtirish holati to‘g‘risidagi axborotga ochiq kirishlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan axborot hamkorligi quyi tizimi.
2-bob. Yagona reyestrga kirish imkoniyatini taqdim etish
8. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari yagona reyestrga ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritib borish bo‘yicha mas’ul mansabdor shaxsni tayinlaydi.
Mas’ul shaxs axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish maxsus bo‘linmasining rahbari yoki maxsus bo‘linma mavjud bo‘lmagan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha javobgar mutaxassis bo‘lishi mumkin.
Mas’ul shaxs yagona reyestrga kiritilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘liqliligi uchun javobgardir.
9. Davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul shaxslariga yagona reyestrga kirish imkoniyatini taqdim etish operator tomonidan amalga oshiriladi.
10. Davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul shaxslari yagona reyestrdan foydalanishni yagona reyestrdagi shaxsiy kabineti orqali amalga oshiradi.
11. Davlat organlari va tashkilotlari yagona reyestr shaxsiy kabinetiga kirishga ruxsat olishlari uchun operatorga xat ko‘rinishida yagona reyestrda shaxsiy kabinet ochish to‘g‘risida so‘rov yuboradi.
12. Operator ikki ish kuni davomida yagona reyestrda shaxsiy kabinetni ro‘yxatdan o‘tkazadi va login hamda parolni tegishli davlat organlari va tashkilotlariga xat ko‘rinishida yo‘llaydi.
3-bob. Yagona reyestrni shakllantirish va yuritish
13. Yagona reyestrga axborot tizimlarini kiritish ushbu tizimlarning mulkdori yoki egasi hisoblangan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
14. Davlat sirlari mavjud axborot tizimlari yagona reyestrga kiritilmaydi.
15. Yagona reyestrga davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritib borish axborot tizimlarini yaratish, ulardan foydalanish, takomillashtirish va foydalanishdan chiqarishning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi.
16. Yagona reyestrda axborot tizimlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq axborot tizimining joriy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali elektron ariza yuborish ko‘rinishida amalga oshiriladi.
17. Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
18. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan axborot tizimlarini yagona reyestrga kiritish, axborot tizimlarini yaratishni boshlash bosqichida (qaror qabul qilinganidan keyin) boshlanadi.
19. Quyidagi turdagi axborot tizimlari yagona reyestrda ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
davlat organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari bajarilishi qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlovchi tranzaksion va hisobga olish tizimlari;
davlat organlari axborot tizimlari o‘rtasidagi idoralararo elektron hamkorlik tizimlari;
davlat organlari faoliyatida ma’muriy va tartibga solish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlovchi resurslarni boshqarish tizimlari;
xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlarda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini va texnik-ishlab chiqarish jarayonlarini yuritish tizimlari;
davlat organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari bajarilishi natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilishni ta’minlovchi axborot-tahlil tizimlari;
elektron hujjat aylanishi tizimlari;
hujjatlarning elektron arxivlarini boshqarish tizimlari;
foydalanishni boshqarish tizimlari (shu jumladan, infratuzilma komponentlarini boshqarish tizimlari);
internet jahon axborot tarmog‘i yoki aloqaning boshqa usullari orqali davlat organlari elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni ta’minlovchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik tizimlari, shu jumladan, portallar.
20. Davlat organlari va tashkilotlarining yagona reyestrdagi shaxsiy kabinetlari orqali axborot tizimlarini kiritish hamda axborot tizimlari pasportlari ma’lumotlarini o‘zgartirish (yangilash), shuningdek, loyiha-texnik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish:
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
axborot tizimlarini yaratish (takomillashtirish) bo‘yicha tegishli hujjatlar qabul qilingandan;
texnik-loyiha hujjatlari tasdiqlash va ekspertiza o‘tkazishga kiritilgandan;
axborot tizimlarini yaratish (takomillashtirish) bo‘yicha ijrochi (ishlab chiquvchi) aniqlangandan;
axborot tizimlari qabul qilingandan va ishga tushirilgandan;
axborot tizimlarini takomillashtirish tugatilgandan;
axborot tizimini foydalanishdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan besh ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
21. Axborot tizimlarini yagona reyestrga kiritish to‘g‘risida ariza taqdim etilgan kundan boshlab operator tomonidan uch ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi, so‘ngra davlat organlari va tashkilotlarining yagona reyestrdagi shaxsiy kabinetiga ushbu axborot tizimini yagona reyestrga kiritish yoki kiritishni rad etish to‘g‘risidagi ma’lumotlar jo‘natiladi.
22. Axborot tizimlarini yagona reyestrga kiritishni rad etish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
arizada xatolar yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi aniqlanganida;
ariza to‘liq to‘ldirilmaganida;
yagona reyestrga kiritilgan axborot tizimlarining funksional vazifalarini takrorlashi aniqlanganida.
Axborot tizimlarining funksional vazifalari takrorlanishini aniqlash operator tomonidan axborot tizimining pasportida keltirilgan ma’lumotlar yoki davlat organlari va tashkilotlaridan olingan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Boshqa asoslarga ko‘ra axborot tizimlarini yagona reyestrga kiritishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
23. Kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda, axborot tizimini yagona reyestrga kiritish uchun ariza besh ish kunidan kechiktirmasdan qaytadan kiritiladi.
Bunda, arizani qayta ko‘rib chiqish operator tomonidan ikki ish kuni mobaynida amalga oshiriladi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda, operator axborot tizimini yagona reyestrga kiritadi.
24. Yagona reyestrda ma’lumotlarni joylashtirishga mas’ul shaxs arizani to‘ldirganda, axborot tizimi pasportiga o‘zgartirish kiritganda yoki chiqarib tashlaganda uni elektron raqamli imzo bilan imzolaydi.
25. Yagona reyestrga axborot tizimi kiritilganda unga noyob/o‘ziga xos (unikal) indentifikatsiya raqami biriktiriladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
26. Operator tomonidan aniqlangan nomuvofiqliklar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan elektron hujjat ko‘rinishidagi xabarnoma shakllantiriladi hamda operator vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan imzolangan holda yagona reyestrdagi davlat organlari va tashkilotlarining shaxsiy kabinetlariga jo‘natiladi.
4-bob. Axborot tizimini yagona reyestrdan chiqarish
27. Davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul shaxslari operatorning yagona reyestrga kiritiluvchi axborot tizimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlariga aniqlik kiritish bo‘yicha so‘roviga binoan qo‘shimcha axborotni taqdim etishlari shart.
So‘rovga binoan ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etish rad etilgan taqdirda, operator tegishli axborot tizimini yagona reyestrdan chiqarish huquqiga ega.
28. Axborot tizimlarini yagona reyestrdan chiqarish davlat organlari va tashkilotlarining yagona reyestrdagi shaxsiy kabinetlari orqali yuborgan arizasi asosida amalga oshiriladi.
Bunda davlat organlari va tashkilotlari yagona reyestrga kiritilgan axborot tizimlarining faoliyatini to‘xtatish asoslari va sabablarini ko‘rsatadi.
29. Axborot tizimlari faoliyati to‘xtatilgandan so‘ng uning pasporti “foydalanishdan chiqarilgan” maqomini oladi va yagona reyestrning tegishli bo‘limiga o‘tkaziladi.
30. Axborot tizimlarining yagona reyestrdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi xabarlar operator tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining yagona reyestrdagi shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.
5-bob. Axborot tizimlaridan foydalanish monitoringi va postmonitoringi
(5-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
31. Davlat organlari va tashkilotlarining ro‘yxatdan o‘tgan axborot tizimlari hisobini yuritish operator tomonidan amalga oshiriladi.
32. Davlat organlari va tashkilotlarida foydalanilayotgan va shakllantirilayotgan axborot tizimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tayyorlashda operator ularga metodik yordam ko‘rsatadi.
33. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Operator bilan birgalikda yagona reyestrda axborot tizimlari pasportlarining va unga tegishli boshqa loyiha-texnik hujjatlar sifatli to‘ldirilishi ustidan monitoring hamda ulardan kelgusida foydalanish samaradorligi ustidan tizimli postmonitoringni amalga oshiradi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
6-bob. Yakunlovchi qoida
34. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrida yuritiladigan axborot tizimlari va resurslarining
PASPORTI
T/r
Ko‘rsatkich nomi
Tavsifi
I. Umumiy ma’lumotlar
1.
Nomi (to‘liq va qisqa)
2.
Tashabbuskor (buyurtmachi)
3.
Tashkilotning yuridik manzili
4.
Loyihani amalga oshirish uchun mas’ul shaxslar (F.I.O, telefon raqami, elektron pochta manzili)
5.
Yaratish (xarid qilish), takomillashtirish uchun asos (normativ-huquqiy hujjatning raqami va sanasi)
6.
Maqsadi, vazifasi va qo‘llanilish soxasi
7.
Topshiriqqa muvofiq amalga oshirish muddati
II. Asosiy texnik xususiyatlar haqida ma’lumot
8.
Loyiha-texnik hujjatni ishlab chiquvchi (tasdiqlovchi hujjat va ishlab chiquvchi nomi)
9.
Elektron shaklga o‘tkaziluvchi xizmatlar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa)
10.
Axborot tizimining asosiy quyi tizimlari
11.
Boshqa axborot tizimlari bilan o‘zaro hamkorligi (mavjud bo‘lsa, davlat tashkiloti, axborot tizimi va uzatiladigan axborotlar nomi)
12.
Foydalaniladigan klassifikatorlar va ma’lumotnomalar (taqdim etuvchi davlat tashkiloti ko‘rsatiladi)
13.
Ma’lumotlar bazalarida foydalaniladigan yagona identifikatorlar
14.
Loyiha-texnik hujjat ekspertizadan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumot (tasdiqlovchi hujjat va sana)
III. Ishlab chiqish, foydalanish va foydalanishdan chiqarish to‘g‘risida ma’lumot
15.
Axborot tizimini ishlab chiquvchi (ishlab chiquvchi nomi, ishlab chiqish jarayonining boshlanishi va tugashini tasdiqlovchi hujjat)
16.
Axborot tizimini ishlab chiqish
17.
Axborot tizimining axborot xavfsizligi hamda texnik topshiriq talablariga muvofiqligi yuzasidan “Kiberxavfsizlik markazi” DUK ekspertizasi (tasdiqlovchi hujjat va sana)
18.
Axborot tizimini qabul qilish (tasdiqlovchi hujjat va sana)
19.
Ishga tushirish (tasdiqlovchi hujjat va sana)
20.
Ishlab chiqish (xarid qilish), takomillashtirish xarajatlari
21.
Texnik qo‘llab-quvvatlash xarajatlari
22.
Axborot tizimini takomillashtirish (tasdiqlovchi hujjat va sana)
23.
Foydalanishdan chiqarish (tasdiqlovchi hujjat va sana, o‘rnini bosuvchi axborot tizimi)
IV. Server qurilmalarining texnik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar
24.
Server qurilmasini joylashtirish (manzil)
25.
Server kuchlamasi (protsessor, tezkor xotira, xotira)
26.
Operatsion tizim (turi va nomi)
27.
Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (turi va nomi)
Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yagona reyestrda yuritiladigan axborot tizimlari va resurslarining pasportiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.
(1-ilova izoxi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qaroriga 2-ILOVA
Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish va yuritish hamda yagona identifikatorlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish va yuritish hamda yagona identifikatorlardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat organlari va tashkilotlari — vazirliklar va idoralar hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik birlashmalari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
ma’lumotnoma — axborot tizimlarini yaratishda va ishlatishda foydalaniladigan, bitta mavzu bilan birlashtirilgan va bir xil tuzilishga ega bo‘lgan, har bir elementi kod va nom bilan tavsiflanadigan ma’lumot va ma’lumotlarning tizimli ro‘yxatini ifodalovchi hujjat;
ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri (keyingi o‘rinlarda — registr) — ma’lumotlar va klassifikatorlarni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, ularni shakllantirish, saqlash va mashinada o‘qiydigan ko‘rinishda qo‘llash uchun mo‘ljallangan axborot tizimi;
ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri operatori (keyingi o‘rinlarda — operator) — registrdan foydalanish va uning faoliyatini nazorat qiluvchi, shu jumladan, ma’lumotlar bazalarida joylashgan axborotni qayta ishlovchi yuridik shaxs.
klassifikator — axborot tizimlarini yaratish va ishlatishda foydalaniladigan, sinf, guruh va tur bo‘yicha o‘xshashlik yoki farq bo‘yicha uning bo‘linmasiga muvofiq axborot va axborotlarni ajratuvchi hujjat;
yagona identifikatorlar — har bir jismoniy va yuridik shaxsga, kadastr va ko‘chmas mulk obyektlariga, geografik va boshqa obyektlarga beriladigan, ularni elektron hukumatda identifikatsiyalash imkonini beruvchi noyob kodlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri operatori hisoblanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
4. Registrga ma’lumotnomalarni va klassifikatorlarni kiritish, shakllantirish va yuritish, shuningdek, ulardan foydalanish bepul tarzda amalga oshiriladi.
5. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari axborot tizimlarida, idoralararo elektron hamkorlik qilishda “Raqamli hukumat” tizimining yagona identifikatorlari hamda ma’lumotnomalar va tasniflagichlar registri axborot tizimida joylashtirilgan yagona umumdavlat ma’lumotnomalari va tasniflagichlaridan foydalanishlari shart.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
2-bob. Registrning asosiy vazifalari
6. Quyidagilar Registrning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat boshqaruvi tizimida qo‘llaniladigan ma’lumotnomalar va klassifikatorlarning markazlashtirilgan manbaini yaratish;
davlat organlari axborot tizimlarini integratsiyalashda ularning mosligini ta’minlash;
davlat axborot tizimlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning taqqoslanishini ta’minlash, shuningdek, uning to‘liqligi, ishonchliligi, dolzarbligi va sifatini oshirish.
7. Ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun Registr quyidagi vazifalarni bajaradi:
ma’lumotnomalar va klassifikatorlarning tuzilmasi va ma’lumotlarini shakllantirish uchun instrumental vositalarni taqdim etish;
avvalgi tuzatishlar (versiyalar)ni ko‘rish imkoniyati bilan ma’lumotnomalar va klassifikatorlarning tarkibi va ma’lumotlaridagi o‘zgarishlarning jarayonini kuzatish;
tegishli veb-xizmatlar yordamida ma’lumotnomalar va klassifikatorlarni mashina o‘qiydigan shaklda taqdim etish;
Registrdagi ma’lumotnomalar va klassifikatorlarning tuzilmasi yoki ma’lumotlari o‘zgartirilganda bildirishnomalarni (xabarnomalarni) shakllantirish.
3-bob. Registrdagi ma’lumotnomalar va klassifikatorlarning tasnifi
8. Registrdagi ma’lumotnomalar va klassifikatorlar qo‘llanilishi sohasiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
xalqaro klassifikatorlar;
davlatlararo klassifikatorlar;
umummilliy klassifikatorlar;
sohaviy ma’lumotnomalar va klassifikatorlar;
boshqa ma’lumotnomalar va klassifikatorlar.
9. Registrdagi maxfiylik darajasiga qarab ma’lumotnomalar va klassifikatorlar ochiq va foydalanish cheklanganga bo‘linadi.
Ochiq ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registr veb-saytida joylashtiriladi.
4-bob. Registrni shakllantirish va yuritish tartibi
10. Registrda mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan ma’lumotnoma yoki klassifikatorlar ularni shakllantirish va yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
11. Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registrida davlat organlarining mas’ul shaxslarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda yangi ma’lumotnomalar va klassifikatorlarni kiritish ushbu Nizomga 2-ilova bilan tasdiqlangan bosqichlarga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Davlat organlari belgilangan tartibda Registrda ma’lumotnoma va klassifikatorlarni joylashtirish va yuritishga mas’ul bo‘lgan xodimlarini belgilaydilar, ularni “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimida (id.gov.uz) ro‘yxatdan o‘tkazadilar.
13. Mas’ul xodimlari foydalanishlari uchun davlat organining shaxsiy kabinetini ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida davlat organlari operatorga xat ko‘rinishida so‘rov yuboradi.
14. Operator 3 ish kuni davomida davlat organi tomonidan belgilangan mas’ul xodimlar uchun Registrda tegishli ma’lumotnoma va klassifikatorlarni joylashtirish va yuritish uchun mazkur davlat organining administratori maqomini yaratadi.
15. Davlat organlarining mas’ul xodimi tomonidan Registrdagi tegishli ma’lumotnoma va klassifikatorlar shaxsiy kabinet orqali muntazam ravishda yuritib (yangilab) boriladi.
16. Registrga yangi ma’lumotnoma yoki klassifikatorlarni qo‘shish operatorga shaxsiy kabinet orqali so‘rovni yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
17. Registrga yangi ma’lumotnoma yoki klassifikatorlarni qo‘shish to‘g‘risidagi so‘rovda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
ma’lumotnoma yoki klassifikatorlar nomi;
tuzilishi;
ma’lumotlar ro‘yxati;
ma’lumotlardan foydalanadigan davlat organlari ro‘yxati;
ma’lumotnoma yoki klassifikatorlar tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjat to‘g‘risida ma’lumot.
18. Operator davlat organining so‘roviga asosan so‘rovni qabul qilingan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida yangi ma’lumotnoma yoki klassifikatorlarni Registrda joylashtirish maqsadga muvofiqligi (muvofiq emasligi) yuzasidan ko‘rib chiqadi.
19. Operator so‘rovni ko‘rib chiqqanidan so‘ng 2 ish kuni mobaynida Registrda yangi ma’lumotnoma yoki klassifikatorlar joylashtirilgani yoki joylashtirish rad etilgani (asosini ko‘rsatgan holda) to‘g‘risida tegishli davlat organining shaxsiy kabinetiga ma’lumot yuboradi.
20. Ma’lumotnoma yoki klassifikatorlarni Registrga kiritishni rad etish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
so‘rovda xatolar yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi aniqlanganida;
taklif etilayotgan ma’lumotnoma yoki klassifikator dolzarb emas deb aniqlanganda;
taklif etilayotgan ma’lumotnoma va klassifikator asosan boshqa davlat organi tomonidan yuritilishi aniqlanganda.
Boshqa asoslarga ko‘ra ma’lumotnoma yoki klassifikatorlarni Registrga kiritishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
21. Registrdagi ma’lumotnoma yoki klassifikatorlar tuzilishi jihatidan noyob kod va maydonlar ro‘yxatidan (ularning formati va uzunligini ko‘rsatuvchi), shuningdek, tegishli ma’lumotlardan iborat.
22. Registrdagi ma’lumotnoma yoki klassifikatorlarni mas’ul davlat organi tomonidan o‘zgartirish tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va xalqaro standartlar yoki boshqa normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
23. Ma’lumotnoma va klassifikatorlarni Registga kiritish va yangilab borish Registrini yuritish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari tomonidan ikki xil usulda amalga oshiriladi:
qo‘lda — davlat organining Registrdagi shaxsiy kabineti orqali;
avtomatlashtirilgan tarzda — Registrning tegishli veb-servislari vositasida davlat organlarining axborot tizimlari orqali.
24. Registrdagi davlat organiga tegishli ma’lumotnoma va klassifikatorlarning avtomatlashtirilgan tarzda veb-servislar orqali yuritilishini yo‘lga qo‘yilishi davlat organining murojaatiga asosan tegishli davlat organi va operatorning mutaxassislari tomonidan hamkorlikda amalga oshiriladi.
25. Registrda yuritiladigan ma’lumotnoma va klassifikatorlar O‘z DSt 6.01.1:2007 “O‘zbekiston Respublikasining texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotini tasniflash va kodlashning yagona tizimi. Asosiy nizom” va O‘z DSt 6.01.2:2007 “O‘zbekiston Respublikasining texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotini tasniflash va kodlashning yagona tizimi. Tasniflagichlarni ishlab chiqish va yuritish tartibi” O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari talablariga muvofiq bo‘lishi talab etiladi.
26. Registrda joylashtirilgan ma’lumotnomalar va klassifikatorlar davlat tilida taqdim etilishi kerak. Registrda ma’lumotnomalar va klassifikatorlarning boshqa tillarda ekvivalent yoki qisqartirilgan versiyalari bo‘lishi mumkin.
5-bob. Registrda keltirilgan ma’lumotnoma va klassifikatorlardan foydalanish tartibi
27. Registrda keltirilgan ma’lumotnoma va klassifikatorlardan foydalanish — ularni davlat axborot tizimlariga kiritish jarayonidir.
28. Davlat axborot tizimlarini Registrga ulash davlat organlari tomonidan Registrning tegishli veb-xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
29. Davlat axborot tizimlarini Registrga ulash tartibi va texnik talablari operator tomonidan ishlab chiqiladi va Registr veb-saytida joylashtiriladi.
6-bob. Yagona identifikatorlardan foydalanish tartibi
30. Mazkur Nizomga 3-ilova bilan tasdiqlangan elektron hukumatning yagona identifikatorlari davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari va resurslarida qo‘llanilishi majburiydir.
31. Davlat organlari va tashkilotlari o‘zlarining axborot tizimlari va resurslarida yagona identifikatorlardan foydalanishlari elektron hukumatning axborot tizimlari bilan elektron hamkorlik qilishi orqali amalga oshiriladi.
32. Alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tegishli yo‘nalishlarda maxsus o‘ziga xos identifikatorlar belgilanishi mumkin.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
7-bob. Yakunlovchi qoida
33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish va yuritish hamda yagona identifikatorlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registrini yuritishga oid ma’lumotnoma va klassifikatorlar
Muomaladagi valyutalar va valyuta qiymatlari tasniflash obyekti hisoblanadi.
2.
“O‘zbekiston Respublikasi banklari” ma’lumotnomasi
Tarmoq ma’lumotnoma/klassifikatorlari
Davlat va tijorat banklari va ularning bo‘linmalari tasniflash obyekti hisoblanadi.
3.
“O‘zbekiston Respublikasi banklari filiallari” ma’lumotnomasi
Tarmoq ma’lumotnoma/klassifikatorlari
O‘zbekiston Respublikasi davlat va tijorat banklarining filiallari tasniflash obyekti hisoblanadi.
4.
“O‘zbekiston Respublikasi nobank kredit tashkilotlari” ma’lumotnomasi
Tarmoq ma’lumotnoma/klassifikatorlari
O‘zbekiston Respublikasi nobank kredit tashkilotlari va ularning bo‘linmalari tasniflash obyekti bo‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi
5.
“Jahon mamlakatlari” klassifikatorlari
Xalqaro klassifikatorlar
Jahon mamlakatlari tasniflash obyekti hisoblanadi.
6.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi
Davlatlararo klassifikatorlar
Bojxona organlari va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan bojxona operatsiyalarini o‘tkazish maqsadidagi tovarlar tasniflash obyekti hisoblanadi.
7.
Yuk bojxona deklaratsiyasini to‘ldirishda foydalaniladigan hujjatlar va axborot turlari klassifikatori
Tarmoq ma’lumotnoma/klassifikatorlari
Yuk bojxona deklaratsiyasini to‘ldirishda foydalaniladigan hujjatlar va ma’lumotlar tasniflash obyekti hisoblanadi.
8.
Transport turlari klassifikatori
Tarmoq ma’lumotnoma/klassifikatorlari
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidagi nazorat punktiga yetkazib berish uchun tovarlar yuklanishi lozim bo‘lgan transport vositalari tasniflash obyekti hisoblanadi.
9.
Tovarlar harakatining o‘ziga xos xususiyatlari klassifikatori
Tarmoq ma’lumotnoma/klassifikatorlari
Tovarlar harakati turlari tasniflash obyekti hisoblanadi.
10.
Afzallik, imtiyozlar va bojxona to‘lovlarining boshqa xususiyatlari klassifikatori
Tarmoq ma’lumotnoma/klassifikatorlari
Afzallik, imtiyozlar va bojxona to‘lovlarining boshqa xususiyatlari tasniflash obyekti hisoblanadi.
11.
Bojxona to‘lovlari klassifikatori
Tarmoq ma’lumotnoma/klassifikatorlari
Bojxona to‘lovlari, shu jumladan, bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona to‘lovlari tasniflash obyekti hisoblanadi.
12.
Bojxona postlari klassifikatori
Tarmoq ma’lumotnoma/klassifikatorlari
O‘zbekiston Respublikasining bojxona postlari tasniflash obyekti hisoblanadi.
13.
Bojxona rejimlari klassifikatori
Tarmoq ma’lumotnoma/klassifikatorlari
Bojxona rejimlari tasniflash obyekti hisoblanadi.
14.
Yetkazib berish shartlari klassifikatori
Tarmoq ma’lumotnoma/klassifikatorlari
Tovarlarni yetkazib berish shartlari tasniflash obyekti hisoblanadi.
15.
Bitim tabiatining klassifikatori
Tarmoq ma’lumotnoma/klassifikatorlari
Statistik hisob va hisobotlarda qo‘llaniladigan operatsiyalar tasniflash obyekti hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi
16.
Millatlar klassifikatori
Xalqaro klassifikatorlar
Fuqarolarning millati tasniflash obyekti hisoblanadi.
17.
O‘zbekiston Respublikasi tashkiliy-huquqiy shakllari klassifikatori
Umumdavlat klassifikatorlar
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida belgilangan tashkiliy-huquqiy shakllar tasniflash obyekti hisoblanadi.
18.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar) klassifikatori
Umumdavlat klassifikatorlar
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar) tasniflash obyekti hisoblanadi.
19.
Umumdavlat iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha klassifikatori
Umumdavlat klassifikatorlar
Iqtisodiy faoliyatning birliklarini (alohida korxonalar yoki korxonalar guruhlarini) tasniflashga mo‘ljallangan.
20.
Umumdavlat iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha klassifikatori (2-tahrir)
Umumdavlat klassifikatorlar
Iqtisodiy faoliyatning birliklarini (alohida korxonalar yoki korxonalar guruhlarini) tasniflashga mo‘ljallangan.
21.
Davlat boshqaruvi organlari va ho‘jalik boshqaruv organlarini belgilash tizimi
Boshqa ma’lumotnoma/klassifikatorlar
Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarini tasniflashga mo‘ljallangan.
Viloyatlar, shaharlar va tumanlarni tasniflash uchun mo‘ljallangan.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
23.
O‘lchov birliklari klassifikatori
Umumdavlat klassifikatorlar
O‘lchov birliklari tasniflash obyekti hisoblanadi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
24.
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori
Umumdavlat klassifikatorlar
Oliy ta’limning bakalavriat va magistratura bosqichlarini tasniflashga mo‘ljallangan.
25.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tayyorlash yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatori
Umumdavlat klassifikatorlar
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tayyorlash yo‘nalishlari, kasblari va mutaxassisliklarini tasniflashga mo‘ljallangan.
Adliya vazirligi
26.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatori
Tarmoq ma’lumotnoma/klassifikatorlari
Qonunchilik tarmoqlarini tasniflash uchun mo‘ljallangan.
261.
Tovar va xizmatlarning xalqaro klassifikatori
Xalqaro klassifikatorlar
Tovar va xizmatlarni tasniflash uchun mo‘ljallangan.
262.
Xalqaro patent klassifikatori
Xalqaro patent klassifikatori
Xalqaro patent klassifikatori.
263.
Sanoat namunalarining xalqaro klassifikatori
Sanoat namunalarining xalqaro klassifikatori
Sanoat namunalarining xalqaro klassifikatori.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
27.
Xodimlarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori
Umumdavlat klassifikatorlar
Xodimlarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblarini tizimlashtirish, ishchilarning malaka toifalari va xodimlar lavozimlari toifalarini belgilash uchun mo‘ljallangan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi
28.
Soliq qo‘mitasining tuman inspeksiyalari kodlari
Tarmoq ma’lumotnoma/klassifikatorlari
Soliq qo‘mitasining tuman inspeksiyalari tasniflash obyekti hisoblanadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi
32.
Manzillar ma’lumotnomasi
Boshqa ma’lumotnoma/klassifikatorlar
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar, ko‘chalar va boshqa obyektlarni tizimlashtirishga mo‘ljallangan.
Raqamli texnologiyalar vazirligi
33.
Davlat axborot resurslari va axborot tizimlari klassifikatori
Boshqa ma’lumotnoma/klassifikatorlar
Davlat organlarining axborot resurslari va axborot tizimlarini tasniflashga mo‘ljallangan.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
34.
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatori
Tarmoq ma’lumotnoma / klassifikatorlari
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarini tasniflashga mo‘ljallangan.
Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi mazkur ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish va yuritish hamda yagona identifikatorlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registrida davlat organlarining mas’ul shaxslarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda yangi ma’lumotnomalar va klassifikatorlarni kiritish
BOSQICHLARI
Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish va yuritish hamda yagona identifikatorlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
Soliq qo‘mitasi
2.
Yuridik shaxs
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)
Kadastr agentligi
3.
Ko‘chmas mulk obyekti
Kadastr raqami
4.
Manzil
Geografik kod
Ichki ishlar vazirligi
5.
Transport vositasi
Transport vositasining identifikatsiya raqami (VIN)
Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi mazkur ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qaroriga 3-ILOVA
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;
axborot tizimlari — idoralararo va idoraviy axborot tizimlari va axborot resurslari hamda boshqa dasturiy mahsulotlar;
davlat organlari va tashkilotlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar, inspeksiyalar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik birlashmalari;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimi — davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va axborot resurslarini integratsiya qilish orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish, kelgusida prognozlashtirish imkonini beruvchi, “Big Data” arxitekturasi va “Business Intelligence” texnologiyalarini qo‘llash asosida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va boshqarish axborot tizimi;
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimi operatori (keyingi o‘rinlarda — operator) — ma’lumotlarni boshqarish axborot tizimidan foydalanishni va uning faoliyatini nazorat qiluvchi, texnik qo‘llab-quvvatlovchi, shu jumladan, ma’lumotlar bazalarida joylashgan axborotni qayta ishlovchi, belgilangan tartibda o‘tkazilgan tender (tanlov) savdolarida g‘olib deb topilgan yuridik shaxs;
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimi foydalanuvchilari — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘rsatmasiga muvofiq operator tomonidan “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimidan foydalanish huquqi berilgan barcha davlat organlari va tashkilotlari.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish loyihasi buyurtmachisi hisoblanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
4. Quyidagilar “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati bilan bog‘liq mavjud va kelgusida ishlab chiqiladigan barcha axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini yagona integratsiyalashgan tizimga birlashtirish – integratsiya qilish;
davlat organlari va tashkilotlaridan olinayotgan ma’lumotlardagi (raqamlardagi) tafovutlarni bartaraf etish maqsadida bir turdagi ma’lumotlar to‘plami va axborotning yagona manbadan olingan holda shakllantirilishini ta’minlash;
davlat organlari va tashkilotlaridan olinadigan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni onlayn ravishda avtomatik shaklda umumlashtirish, tahlil qilish va kelgusida prognozlash;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan statistik hisobotlar va ma’lumotlarning ishonchliligi, haqqoniyligi va dolzarbligini oshirish;
davlat organlari va tashkilotlaridan ma’lumotlarni tezkor yig‘ish va real vaqt rejimida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holati monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini ta’minlash;
Hukumat, jumladan davlat organlari va tashkilotlariga real vaqt rejimida tezkor va sifatli ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etish.
5. “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va xalqaro moliya institutlari grantlari hisobiga, axborot tizimini qo‘llab-quvvatlash hamda takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
2-bob. “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimidan foydalanish
6. “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimiga ma’lumotlarni taqdim etish tartibi har bir davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va axborot resurslaridan kelib chiqib, ularni “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha ishlab chiqiladigan texnologik yo‘riqnomalar bilan belgilanadi.
Texnologik yo‘riqnomalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishgan holda “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimiga integratsiya qilinadigan axborot tizimi yoki axborot resursi egasi bo‘lgan davlat organi yoki tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
7. “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimi uchun kerakli yagona ma’lumotnomalar va klassifikatorlar “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimida yuritiladi.
Bunda, davlat organlari va tashkilotlari o‘zlarining axborot tizimlarida va axborot resurslarida “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimida joylashtirilgan ma’lumotnoma va klassifikatorlardan foydalanishlari shart.
8. “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimidan barcha davlat organlari va tashkilotlari bepul asosda foydalanadilar.
9. Davlat organlari va tashkilotlari “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimidan belgilangan tartibda Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulanish orqali foydalanadilar.
10. “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimi foydalanuvchilarining vazifalari quyidagilardan iborat:
a) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
(10-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimiga egalik qiladi, uning uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi, iqtisodiy tahlil va prognozlashtirish ishlarida keng foydalanadi;
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimida ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari, jamlanadigan hamda tahlil etiladigan ma’lumotlar ro‘yxatini shakllantiradi va ularni taqdim etish davriyligini belgilaydi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimida foydalanish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni:
(10-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxatiga kiritadi va ularning belgilangan tartibda yangilab borilishini muvofiqlashtiradi;
davlat statistikasi ishlari dasturi doirasida shakllantiriladigan statistik va tahliliy ma’lumotlarni jamlanma holatda va egasi mavhumlashtirilgan tarzda taqdim etadi;
davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda boshqarish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistika tasniflagichlarni ishlab chiqadi va tatbiq etadi;
v) O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi:
(10-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimining elektron hukumat axborot tizimlari, davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va axborot resurslari bilan integratsiyasini ta’minlashda hamda idoralararo elektron hamkorlik samarali tashkil etilishida ko‘maklashadi;
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimini O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portaliga integratsiya qiladi va uzluksiz ishlab turishini ta’minlaydi;
g) davlat organlari va tashkilotlari:
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimiga jamlanishi belgilangan ma’lumotlarni belgilangan ro‘yxatga va muddatlarga muvofiq elektron hamkorlik orqali taqdim etadilar yoxud tizimga doimiy ravishda kiritishni ta’minlaydilar;
taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi, haqqoniyligi va dolzarbligini ta’minlaydilar.
3-bob. “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish
11. “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
12. Davlat organlari va tashkilotlari o‘zlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlaydilar.
13. Davlat organlari va tashkilotlari “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimida jamlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi so‘roviga asosan taqdim etilishini ta’minlaydilar.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimida yuritiladigan ma’lumotlar to‘plamini bir turdagi axborotlar yagona manbadan olinishini belgilagan holda shakllantiradi hamda tasdiqlaydi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
15. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimi bilan idoralararo elektron hamkorlik qilish talablarini ishlab chiqish orqali davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan elektron hamkorlik bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta’minlaydi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
16. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda tasdiqlangan ma’lumotlar to‘plami asosida ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilishni “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimida amalga oshiradi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
17. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi bilan birgalikda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish borasidagi hisobotlarni “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimida shakllantirish va real vaqt rejimida olish choralarini ko‘radi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
4-bob. “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimi foydalanuvchilarining majburiyatlari
18. Davlat organlari va tashkilotlari “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimiga:
jamlanishi belgilangan ma’lumotlarni belgilangan ro‘yxatga va muddatlarga muvofiq elektron hamkorlik orqali taqdim etishga yoxud tizimga doimiy ravishda kiritishga;
taqdim etilayotgan ma’lumotlarning dolzarbligi, ishonchliligi va haqqoniyligini ta’minlashga majburdirlar.
19. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimining uzluksiz ishlab turishini doimiy muvofiqlashtirib borishga majburdir.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
20. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimiga egalik qiladi, uning uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi, iqtisodiy tahlil va prognozlashtirish ishlarida keng foydalanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
5-bob. Yakunlovchi qoida
21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish
Davlat organlari va tashkilotlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi
1. O‘zlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlash.
Ikki hafta muddatda
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi so‘roviga asosan “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimida jamlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etish.
Bir oy muddatda
2-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimida yuritiladigan ma’lumotlar to‘plamini shakllantirish va tasdiqlash.
Bunda bir turdagi axborotlarni aniqlash va ular yagona manbadan olinishini belgilash.
Ikki oy muddatda
3-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, operator
1. “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimi bilan idoralararo elektron hamkorlik qilish talablarini ishlab chiqish.
Uch oy muddatda
2. “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish.
2021-yil aprel
3. “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimining vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan elektron hamkorligini bosqichma-bosqich ta’minlash.
2021-yil iyul
4-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, davlat organlari va tashkilotlari
Tasdiqlangan ma’lumotlar to‘plami asosida ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilishni “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimida amalga oshirish.
Doimo
5-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi, operator
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish borasidagi hisobotlarni “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimida shakllantirish va real vaqt rejimida olish choralarini ko‘rish.
Doimo
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qaroriga 4-ILOVA
Elektron hukumatning idoralararo axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”
T/r
Tadbir nomi
Amalga oshirish mexanizmi/shakli
Bajarish muddati
Ijro uchun mas’ullar
I. Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish
1.
Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri (keyingi o‘rinlarda — Yagona reyestr)da davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslari haqidagi ma’lumotlarni kiritishga mas’ul bo‘lgan shaxslarni belgilash.
1.1. Davlat organlari va tashkilotlarida Yagona reyestrni yuritishga mas’ul shaxsni tayinlash bo‘yicha idoraviy hujjatni qabul qilish.
1.2. Mas’ul shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kiritish.
2020-yil 30-iyul
2020-yil 1-avgust
Davlat organlari va tashkilotlari,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi
2.
Yagona reyestrni yaratish bo‘yicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2.1. Yagona reyestrni yaratish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish.
2.2. Texnik topshiriqni belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash.
2020-yil 25-sentabr
2020-yil 1-oktabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi,
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK,
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi
3.
Yagona reyestrni amaliyotga joriy etish.
3.1. Yagona reyestr axborot tizimini ishlab chiqish.
3.2. Yagona reyestr axborot tizimining test sinov ishlarini amalga oshirish va amaliyotga joriy etish.
2020-yil 20-dekabr
2021-yil 1-yanvar
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi,
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK
4.
Davlat organlari va tashkilotlarida mavjud axborot tizimlarini xatlovdan o‘tkazish va yagona reyestrda ularning pasportlarini to‘ldirish.
4.1. Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish va yuritish hamda yagona identifikatorlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan mavjud axborot tizimlarini xatlovdan o‘tkazish.
4.2. Mavjud axborot tizimlari Yagona reyestrga kiritilishini ta’minlash.
4.3. Davlat organlari va tashkilotlarining barcha axborot tizimlari Yagona reyestrga kiritilishi monitoringini olib borish.
2020-yil 20-noyabr
2020-yil 1-dekabr
muntazam ravishda
Davlat organlari va tashkilotlari
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat in?peksiyasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi
II. “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini modernizatsiya qilish
5.
“Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
5.1. “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish.
5.2. Texnik topshiriqni belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash.
2020-yil 25-iyul
2020-yil 1-avgust
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi
6.
“Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini amaliyotga joriy etish.
6.1. “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini ishlab chiqish.
6.2. “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini test sinov ishlarini amalga oshirish va amaliyotga joriy etish.
2020-yil 20-noyabr
2020-yil 1-dekabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi, davlat organlari va tashkilotlari
7.
Quyidagilarni nazarada tutuvchi “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash:
“Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini inobatga olgan holda o‘zlarining axborot tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy va texnik choralarni ko‘rish;
amaldagi axborot tizimlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ular bo‘yicha ma’lumotlar doimiy yangilab turilishini inobatga olgan holda ularni Yagona reyestrga kiritish;
“Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimini shakllantirish doirasidagi xabar va ma’lumotlarning doimiy dolzarbligini ta’minlash.
7.1. “Yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqish va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bilan kelishish va tasdiqlash.
7.2. “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar o‘z muddatida va sifatli bajarilishini ta’minlash.
2020-yil 15-avgust
Belgilangan muddatlarda
Davlat organlari va tashkilotlari,
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi,
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi,
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK
III. “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish
8.
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi idoralararo ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruh) tashkil etish.
8.1. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning mas’ul xodimlari ishtirokida Idoralararo ishchi guruh tarkibini shakllantirish.
8.2. Ishchi guruh vazifalarini belgilash hamda idoraviy hujjat bilan tasdiqlash.
Ikki hafta muddatda
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Davlat statistika qo‘mitasi, “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi,
manfaatdor vazirliklar va
idoralar
9.
Davlat boshqaruvi organlari faoliyatida ma’lumotlarni boshqarish (jamlash va qayta ishlash) tizimlari hamda ular orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish borasida “Big Data” arxitekturasi va “Business Intelligence” texnologiyalari asosida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va boshqarish bo‘yicha mahalliy va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.
9.1. Tahliliy hisobot tayyorlash.
9.2. “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqishning dasturiy-texnik jihatlari bo‘yicha takliflar tayyorlash.
2020-yil 15-avgust
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
ishchi guruh
10.
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimining texnik hujjatlari va tizimni ishlab chiqish bo‘yicha tender (tanlov) savdolari o‘tkazish.
10.1. Tender (tanlov) savdolarini belgilangan tartibda o‘tkazish
10.2. Tender (tanlov) savdolarining g‘olibi (keyingi o‘rinlarda — operator) bilan “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimining texnik hujjatlari va tizimini ishlab chiqish bo‘yicha shartnoma imzolash.
2020-yil
1 sentabr
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
11.
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tiziminingtexnik hujjatlarini (loyiha pasporti, loyiha konsepsiyasi, texnik topshirig‘i) ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash.
11.1. Axborot tizimni ishlab chiqish bo‘yicha loyiha pasporti va konsepsiyani ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish.
11.2. Ishlab chiqilgan loyiha pasporti va konsepsiyani vakolatli organga ekspertizaga kiritish.
11.3. Loyiha tyexnik topshirig‘ini ishlab chiqish va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish.
11.4. Ishlab chiqilgan loyiha tyexnik topshirig‘ini vakolatli organga ekspertizaga kiritish.
2020-yil 18 sentabr
2020-yil 20 sentabr 2020-yil 10 oktyabr
2020-yil 10 oktyabr
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Davlat statistika qo‘mitasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi,
operator, ishchi guruh
12.
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimida jamlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar to‘plamini shakllantirish.
12.1. Axborot tizimida jamlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini shakllantirish (taqdim etuvchi idora, taqdim etish shakli va davriyligi va h.k.) va tasdiqlanishini ta’minlash.
2020-yil
1 sentabr
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnoloyalari va kommuni?atsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi,
davlat organlari va tashkilotlari,ishchi guruh
13.
Ma’lumotnoma, klassifikator va boshqa standartlarni takomillashtirish.
13.1. Ilg‘or xorij tajribasi asosida xalqaro standartlarga muvofiq ma’lumotnoma va klassifikatorlarni qayta ko‘rib chiqish va ularni amaliyotda bosqichma-bosqich qo‘llash.
2020-yil 1-dekabr
Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,
Davlat soliq qo‘mitasi,
davlat organlari va tashkilotlari
14.
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimi doirasida ma’lumotlarni taqdim etuvchi davlat idoralari axborot tizimlarida foydalaniladigan ma’lumotlar va tasniflagichlarni birxillashtirish.
Bunda, Elektron hukumat tizimining yagona identifikatorlari hamda “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimidagi ma’lumotnomalari va klassifikatorlardan foydalanishni tashkil etish.
14.1. Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasida foydalaniladigan yagona identifikatorlar, ma’lumotnomalar va klassifikatorlarni xatlovdan o‘tkazish va uning natijasi bo‘yicha “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasiga axborot kiritish.
14.2. Taqdim etilgan ma’lumotlar asosida “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimida yangi ma’lumotnoma va klassifikatorlarni joylashtirishni tashkil etish.
14.3. “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimi orqali Elektron hukumat tizimining ma’lumotnoma va klassifikatorlaridan foydalanishni ta’minlash.
2020-yil 20-avgust
2020-yil
10 sentabr
2020-yil oktabr-noyabr
Davlat organlari va tashkilotlari
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi,
davlat organlari va tashkilotlari
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi,
davlat organlari va tashkilotlari
15.
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimi doirasida real sektor subyektlari va keng jamoatchilikni iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari holatidan xabardor qilish axborot platformasini joriy etish.
15.1. Ilg‘or xorij tajribasi asosida real sektor subyektlari va keng jamoatchilikni iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari holatidan xabardor qilish axborot platformasini joriy etish.
15.2. Axborot platformasida tegishli ma’lumot va sharhlarning e’lon qilib borilishini yo‘lga qo‘yish.
2020-yil
20-dekabr
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Davlat statistika qo‘mitasi,
Markaziy bank,
operator
16.
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish va davlat boshqaruv organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.
16.1. Axborot tizimini ishlab chiqish.
16.2. Axborot tizimini davlat idoralari va tashkilotlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha texnologik yo‘riqnomalarini ishlab chiqish.
16.3. Texnologik yo‘riqnomalar asosida axborot tizimlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish.
2021-yil aprel
2021-yil fevral-mart
2021-yil
aprel-may
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi,
Davlat statistika qo‘mitasi,
davlat organlari va tashkilotlari,
operator
17.
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimini sinov tarzida ishga tushirish va ishtirokchilarini bosqichma-bosqich tizimga ulash.
17.1. Sinovda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul xodimlarini belgilash.
17.2. Mas’ul xodimlarni tizimdan foydalanish bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish.
17.3. Sinov tariqasida ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlarini Axborot tizimiga ulash.
17.4. Axborot tizimi ishini sinovdan o‘tkazish va ish jarayonida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish.
2021-yil iyun
2021-yil iyul
alohida grafik asosida
2021-yil davomida
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
operator,
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi,
davlat organlari va tashkilotlari
18.
“Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.
18.1. Axborot tizimini texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni doimiy ravishda ta’minlash.
18.2. Axborot tizimini muntazam takomillashtirib borish va modernizatsiya qilish.
Tizim ishga tushirilganidan so‘ng doimiy ravishda
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi,
operator
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qaroriga 5-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati yuzasidan jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati yuzasidan jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibini belgilaydi.
2. Davlat boshqaruvi organlari, ularning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar)lar hokimliklari (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) tomonidan o‘z faoliyati yuzasidan yarim yillik va yil yakuni bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot (keyingi o‘rinlarda — hisobot) taqdim etiladi.
Ushbu Nizom qoidalari mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilmagan davlat organlari va tashkilotlari uchun tavsiyaviy xususiyatga egadir.
3. Hisobot:
davlat organlari va tashkilotlarining internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda, mobil messenjerlardagi rasmiy sahifalarda joylashtirilib, hisobot haqidagi xabarnoma markaziy (hududiy) bosma ommaviy axborot vositalarida va internet jahon axborot tarmog‘ida e’lon qilinganidan so‘ng;
davlat organlari va tashkilotlarining internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-sayti va ular birinchi rahbarlarining ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari orqali brifing va matbuot konferensiyalari ko‘rinishida onlayn translyatsiyalarni tashkil etish yo‘li bilan;
davlat organlari va tashkilotining bevosita birinchi rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi boshqa mansabdor shaxs (keyingi o‘rinlarda — tashkilot rahbari) tomonidan taqdim etiladi.
4. Hisobotni tayyorlash va taqdim etish bo‘yicha tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari (matbuot xizmatlari, jamoatchilik bilan aloqalar xizmatlari) (keyingi o‘rinlarda — axborot xizmati) tomonidan ta’minlanadi.
5. Hisobot mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq quyidagi uch bosqichda tashkil etiladi:
1-bosqich — hisobotni davlat organi va tashkilotining internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda, mobil messenjerlardagi rasmiy sahifalarda joylashtirish;
2-bosqich — hisobot haqidagi xabarnomani markaziy (hududiy) bosma ommaviy axborot vositalarida va internet jahon axborot tarmog‘ida e’lon qilish;
3-bosqich — hisobotni bevosita taqdim etish maqsadida internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytda hamda ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar orqali brifing, matbuot konferensiyalarining onlayn translyatsiyalarni tashkil etish va uning natijalarini tahlil qilish.
6. Hisobot “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan bir qatorda:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlarini bajarish doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar;
davlat organlari va tashkilotlariga tegishli qonun hujjatlari bilan yuklatilgan asosiy vazifalar va funksiyalarning bajarilishi holati;
bajarilayotgan asosiy vazifalar va funksiyalar, shuningdek, topshiriqlarning davlat organi va tashkilotining faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari (indikatorlari)da belgilangan mezonlarga muvofiqligi;
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotining holati;
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida o‘tkazilgan ma’muriy islohotlarning samaradorligi ko‘rsatkichlari;
ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyati;
o‘tgan hisobot davrida tegishli ma’muriy hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar va erishilgan ko‘rsatkichlar, hududni yanada rivojlantirish sohasidagi vazifalar va asosiy yo‘nalishlar;
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash borasida mahalliy budjetlar loyihalarini shakllantirish jarayoni;
faoliyati bilan bog‘liq aholining muammoli masalalari va ularni hal qilish yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.
2-bob. Hisobotni internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish tartibi
7. Davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari buyrug‘i bilan axborot xizmati yoki boshqa xodim hisobotni internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish hamda uni taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomani markaziy (hududiy) bosma ommaviy axborot vositalarida va Internet jahon axborot tarmog‘ida e’lon qilish, shuningdek, ularning translyatsiyalarini tashkil etish uchun mas’ul etib tayinlanadi.
8. Davlat organlari va tashkilotlari hisobotni yarim yillik va yil yakunlangan kundan e’tiboran 10 kun muddatda o‘zlarining internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy sahifalarida joylashtiradi.
Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytda va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarda joylashtirilgan hisobotlardagi ma’lumotlarga ularni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilinishi shart.
9. Hisobot davlat tilida taqdim etilishi kerak, bunda hisobotlar davlat tili bilan birgalikda boshqa tillardagi versiyalarga ham ega bo‘lishi mumkin.
10. Hisobot jamoatchilikka tushunarli shaklda, oddiy va ravon tilda taqdim etilishi lozim.
11. Joylashtirilgan hisobotdan foydalanish erkin va bepul bo‘lishi kerak. Har bir hisobotning joylashtirilgan sanasi ko‘rsatilishi lozim.
12. Davlat organi yoki tashkilotining internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan ma’lumotlar haqqoniy va ishonchli bo‘lishi kerak. Tashkilot rahbari ushbu ma’lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi uchun shaxsan javobgardir.
13. Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytga joylashtiriladigan ma’lumotlar brifing yoki matbuot konferensiyasi orqali taqdim etilgan hisobotlar bilan o‘zaro muvofiq bo‘lishi kerak.
14. Hisobotlarda xizmat doirasida foydalanishga taalluqli va qonun hujjatlari bilan e’lon qilish va tarqatish taqiqlangan boshqa axborotlar bo‘lmasligi kerak.
15. Davlat organlari va tashkilotlari o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan hisobotlarning yo‘q qilinishi, to‘sib qo‘yilishi, buzib talqin qilinishi, qalbakilashtirilishining hamda boshqa shakllardagi ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olish bo‘yicha tegishli muhofaza chora-tadbirlarini ko‘rishi kerak.
3-bob. Brifing, matbuot konferensiyasi o‘tkazilishini e’lon qilish va ularning onlayn translyatsiyasini tashkil etish tartibi
16. Tashkilot rahbari hisobot davri (yarim yillik va yillik) yakunlangan kundan e’tiboran 30 kun muddatda brifing, matbuot konferensiyasining onlayn translyatsiyasini tashkil etish yo‘li bilan jamoatchilik oldida hisobot berishi kerak.
17. Brifing, matbuot konferensiyasining onlayn translyatsiyasi o‘tkazilishi haqidagi xabarnoma markaziy (hududiy) bosma ommaviy axborot vositalarida, davlat organlari va tashkilotlarining internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda, mobil messenjerlardagi akkauntlarda tadbir rejalashtirilayotgan kundan kamida 10 kun oldin e’lon qilinadi.
18. Brifing, matbuot konferensiyasining onlayn translyatsiyasi o‘tkazilishi haqidagi xabarnomada:
hisobot beruvchi rahbarning, shuningdek, hisobotda ishtirok etadigan boshqa mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi;
brifing yoki matbuot konferensiyasining mavzusi;
tadbir o‘tishi rejalashtirilgan sana va boshlanish vaqti;
tadbirni o‘tkazish uchun mas’ul axborot xizmati xodimining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda uning xizmat telefoni raqamlari;
fuqarolar bilan o‘zaro aloqani amalga oshirish, maslahat berish va axborot taqdim etish uchun mo‘ljallangan respublika (hudud) doirasida yagona qisqa raqam bo‘yicha hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan “tezkor aloqa”ning telefon raqamlari;
tashkil etilayotgan hisobot yuzasidan jamoatchilik tomonidan savollar va takliflar yuborilishi usullari ko‘rsatiladi.
19. Axborot xizmati hisobot tadbiri o‘tkazilishidan bo‘lgan bir oy oldin davlat organlari va tashkilotlarining elektron manziliga, rasmiy veb-saytiga, ijtimoiy tarmog‘iga, mobil messenjeriga tushgan savol va takliflarni umumlashtirish, tahlil qilish va mavzular bo‘yicha taqsimlash ishlarini tashkil qiladi.
20. Brifing yoki matbuot konferensiyasi davomida tashkilot rahbarining hisoboti mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni qamrab olgan bo‘lishi lozim.
21. Brifing va matbuot konferensiyalari faqat ish kunlari, qoida tariqasida, soat 11.00 dan soat 14.00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida tashkilotning internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlardagi akkauntlarda onlayn translyatsiya qilish yo‘li bilan o‘tkaziladi va ularning davomiyligi 60 minutdan oshmasligi kerak.
22. Hududda, mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda sodir bo‘lgan muhim voqealar sababli brifinglar yoki matbuot konferensiyalari o‘tkazish zarurati paydo bo‘lgan hollarda bunday tadbirlar matbuot xizmatlari tomonidan tashkilot rahbari bilan kelishgan holda tezkor ravishda tashkil etiladi.
23. Rasman xabar qilingan brifinglar yoki matbuot konferensiyalari bekor qilingan hollarda axborot xizmati tadbirning tasdiqlangan o‘tkazish vaqtidan kamida 48 soat oldin jamoatchilik vakillarini bu haqida xabardor qilishi kerak.
24. Brifing, matbuot konferensiyasining onlayn translyatsiyasi vaqtida va undan so‘ng jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan savollar, izohlar, takliflar hamda e’tirozlar ko‘rib chiqilishi hamda ular yuzasidan batafsil tushuntirishlar 5 kun muddatda taqdim etilishi lozim.
25. Hisobot tadbiri o‘tkazilgandan so‘ng davlat organi yoki tashkiloti tomonidan 10 kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga uning natijalari to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
Davlat organlari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalarining hisobotlari yuqori turuvchi organga taqdim etiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur Nizomga amal qilinishi bo‘yicha doimiy monitoring olib boradi hamda hisobotlar tahlilini yuritadi.
27. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati yuzasidan jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati yuzasidan jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi
Bosqichlar
Mas’ullar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
(Hisobotni internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish)
Davlat organlari va tashkilotlari
1. Hisobotni internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish, uni taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomani markaziy (hududiy) bosma ommaviy axborot vositalarida va internet jahon axborot tarmog‘ida e’lon qilish, shuningdek, ularning translyatsiyalarini tashkil etish uchun mas’ul xodimni tayinlaydi.
2. Mas’ul xodim hisobotni tashkilotning internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda, mobil messenjerlardagi rasmiy sahifalarida joylashtiradi.
Yarim yillik va yil yakunlangan kundan e’tiboran 10 kun muddatda
2-bosqich
(Hisobot haqidagi xabarnomani internet jahon axborot tarmog‘ida e’lon qilish)
Davlat organlari va tashkilotlari
Hisobot haqidagi xabarnomani markaziy (hududiy) bosma ommaviy axborot vositalarida va internet jahon axborot tarmog‘ida e’lon qiladi.
Hisobot rejalashtiri-layotgan kundan kamida 10 kun oldin
3-bosqich
(Hisobot o‘tkazilishini tashkil etish va uning natijalarini tahlil qilish)
Davlat organlari va tashkilotlari
1. Hisobotni bevosita taqdim etish maqsadida internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytda hamda ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar orqali brifing, matbuot konferensiyalarining onlayn translyatsiyalarini tashkil etadi.
2. Hisobot vaqtida va undan so‘ng jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan savollar, izohlar, takliflar hamda e’tirozlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan batafsil tushuntirishlar beradi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Belgilangan muddatlarda
Hisobot tadbiri tugagan kundan boshlab 5 kun muddatda
Hisobot tadbiri o‘tkazilgandan so‘ng 10 kun mobaynida
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2020-y., 09/20/444/1077-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son; 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 02.10.2024-y., 09/24/614/0768-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)