O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
So‘nggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, global iqlim o‘zgarishi, aholi sonining va iqtisodiyot tarmoqlarining o‘sishi, ularning suvga bo‘lgan talabi yil sayin oshib borishi tufayli suv resurslarining taqchilligi yildan-yilga kuchayib bormoqda.
Foydalanilgan o‘rtacha yillik suv miqdori 51 — 53 mlrd kub metrni, jumladan, 97,2 foizi daryo va soylardan,1,9 foizi kollektor tarmoqlaridan, 0,9 foizi esa yer ostidan foydalanib, ajratilgan suv olish limitiga nisbatan 20 foizga qisqargan.
Respublikada 2020 — 2030-yillarda aholini va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini suv bilan barqaror ta’minlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xo‘jaligiga bozor tamoyillari va mexanizmlarini hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, suv xo‘jaligi obyektlarining ishonchli ishlashini ta’minlash hamda yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalarni 2020 — 2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Konsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
suv resurslarini prognozlashtirish, ularning hisobini yuritish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish tizimini takomillashtirish hamda shaffofligini ta’minlash;
suv xo‘jaligi obyektlarini (ichimlik va oqova suv tizimidan tashqari) modernizatsiya qilish va rivojlantirish, yirik suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarishni raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirish, elektr energiyasi va boshqa resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash;
suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash;
suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv iste’moli hisobini yuritishda “Smart Water” (“Aqlli suv”) va shu kabi raqamli texnologiyalarni joriy qilish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarining joriy qilinishini yanada kengaytirish va davlat tomonidan rag‘batlantirib borish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini ta’minlash, yerlarning unumdorligini oshirishga ko‘maklashish, tuproqning sho‘rlanish darajasini pasaytirish va uning oldini olish bo‘yicha samarali texnologiyalarni qo‘llash;
suv xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, jumladan suvni yetkazish xarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv iste’molchilari tomonidan qoplash tizimini joriy qilish, tushgan mablag‘larni suv xo‘jaligi obyektlarini o‘z vaqtida sifatli ta’mirlash-tiklash, raqamli texnologiyalarni joriy qilish hamda samarali boshqarishga yo‘naltirish;
suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, alohida suv xo‘jaligi obyektlarini fermer, klaster va boshqa tashkilotlarga foydalanish uchun berish hamda tejalgan mablag‘larni suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va xodimlar mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirishga yo‘naltirish;
suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini joriy qilish, aholini suv bilan kafolatli ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlariga suvni barqaror yetkazib berish, suvning sifatini yaxshilash va atrof-muhitning ekologik muvozanatini saqlash;
transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning o‘zaro maqbul mexanizmlarini va suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish hamda ilgari surish;
suv xo‘jaligi sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ilm-fan yutuqlari va nou-xaularni ishlab chiqarishga joriy qilish.
Konsepsiyani uning ustuvor yo‘nalishlari va tegishli davrga mo‘ljallangan maqsadli parametrlari va ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, har uch yilda tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirish strategiyalari orqali bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilab qo‘yilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Konsepsiyada belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish orqali 2030-yilga qadar quyidagi ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlasin:
sug‘orish tizimlarining foydali ish koeffitsiyentini 0,63 dan 0,73 gacha oshirish;
suv ta’minoti past darajada bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlarini 560 ming gektardan 190 ming gektargacha kamaytirish;
sho‘rlangan sug‘oriladigan yer maydonlarini 226 ming gektarga kamaytirish;
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi iste’molini 25 foizga kamaytirish;
barcha irrigatsiya tizimi obyektlariga “Smart Water” (“Aqlli suv”) suv o‘lchash va nazorat qilish qurilmalari o‘rnatilib, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etish;
100 ta yirik suv xo‘jaligi obyektlarida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2 mln gektargacha, shu jumladan tomchilab sug‘orish texnologiyasini 600 ming gektargacha yetkazish;
suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 50 ta loyihani amalga oshirish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
a) bir oy muddatda mazkur Farmonda nazarda tutilgan vazifalarning to‘liq va o‘z muddatida bajarilishini ta’minlash maqsadida Suv xo‘jaligi tizimidagi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga ajratilgan umumiy cheklangan xodimlar soni doirasida 4 ta shtat birligidan iborat mas’ul boshqarma tashkil etsin hamda xorijiy ekspertlar jalb etilishini ta’minlasin.
Xorijiy ekspertlarni jalb etish vazirlikning budjetdan tashqari hamda xalqaro moliya institutlarining grant va texnik ko‘mak mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilansin;
b) suv xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarini shakllantirishda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan mablag‘ jalb etishda davlat tashqi qarzi uchun o‘rnatiladigan yillik me’yorlar doirasida belgilangan tartibda takliflarni kiritib borsin;
v) xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan mablag‘lar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligi bo‘yicha har yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
5. Qishloq xo‘jaligi ekin yerlarini o‘z balansiga olgan klasterlarga ushbu yerlarda joylashgan suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish yo‘nalishidagi Suv xo‘jaligi vazirligining funksiyalarini qishloq xo‘jaligi yer egalariga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida o‘tkazish to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida amalga oshirilishiga ruxsat berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda Suv xo‘jaligi vazirligi balansida bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga berish bo‘yicha obyektlar ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining elektr energiyasi iste’molini bosqichma-bosqich kamaytirish hamda suv xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, autsorsing va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish hisobidan tejaladigan mablag‘lar suv inshootlarini modernizatsiya qilish, suv xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish va xodimlarning oylik ish haqini bosqichma-bosqich oshirishga yo‘naltiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar suv xo‘jaligi tizimidagi rahbar va mutaxassis xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin, bunda:
uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish shakllari, tartibi va bosqichlarini, shuningdek, moliyalashtirish manbaini aniq belgilash;
suv xo‘jaligi rahbar xodimlarini uzluksiz ravishda malakasini oshirib borish va attestatsiyadan o‘tkazish, ularga muntazam ravishda kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirib borish imkoniyatini beruvchi uzluksiz malaka oshirish tizimini amaliyotga joriy etish mezonlari inobatga olinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga:
Konsepsiyaning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
Oldingi tahrirga qarang.
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida vazirliklar va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlarining axborotlarini har yili Senat, Qonunchilik palatasi va tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida eshitib borilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmon mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-iyul,
PF-6024-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PF-6024-son Farmoniga

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan
KONSEPSIYASI
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar va kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Suv xo‘jaligining rivojlanishi mazkur Konsepsiyaning ilovasida belgilangan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishishga asoslanadi.
Konsepsiya ustuvor yo‘nalishlar va tegishli davrga mo‘ljallangan maqsadli parametrlar va ko‘rsatkichlardan kelib chiqib har uch yilda O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirish strategiyalari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
2-BOB. SUV XO‘JALIGIDAGI JORIY HOLAT
O‘zbekiston Respublikasi Orol dengizi havzasida joylashgan bo‘lib, uning asosiy suv manbai Amudaryo va Sirdaryo daryolari, shuningdek, ichki daryo va soylar hamda yer osti suvlaridir. Orol dengizi havzasidagi barcha manbalarning o‘rtacha ko‘p yillik suv oqimi 116 mlrd kub metrni tashkil etadi, shundan 67,4 foizi Amudaryo havzasida va 32,6 foizi Sirdaryo havzasida shakllanadi. Jumladan, yer osti suvlarining umumiy zaxirasi 31,2 mlrd kub metrni tashkil etib, uning 47,2 foizi Amudaryo havzasiga, 52,8 foizi esa Sirdaryo havzasiga to‘g‘ri keladi.
“Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv resurslaridan kompleks foydalanish va ularni muhofaza qilish sxemalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi uchun o‘rtacha ko‘p yillik suv olish limiti 64 mlrd kub metrni tashkil etadi. Shu bilan birgalikda, 1980-yillarda respublikaning yillik suv iste’moli ko‘p yillik limit doirasida bo‘lib, so‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishi, shuningdek, transchegaraviy suvdan foydalanish muammolari tufayli foydalanilgan o‘rtacha yillik suv miqdori 51 — 53 mlrd kub metrni, jumladan, 97,2 foizi daryo va soylardan, 1,9 foizi kollektor tarmoqlaridan, 0,9 foizi esa yer ostidan foydalanib, ajratilgan suv olish limitiga nisbatan 20 foizga qisqargan.
Respublikada sug‘oriladigan yer maydoni 4,3 mln gektarni tashkil etib, jami suv resurslarining o‘rtacha 90-91 foizi qishloq xo‘jaligida, 4,5 foizi, kommunal-maishiy xo‘jalik sohasida, 1,4 foizi sanoatda, 1,2 foizi baliqchilikda, 0,5 foizi issiqlik energetikasida, 1 foizi esa iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida foydalanilgan.
Respublika hududi o‘ziga xos tuproq va iqlim sharoitiga ega bo‘lib, tabiiy drenajning yetishmasligi, yer osti suvlari minerallashuvi darajasining yuqoriligi natijasida bir qator hududlar “birlamchi sho‘rlangan”. Shu bilan birga, suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik va boshqa antropogen omillarning salbiy ta’siri natijasida ayrim hududlarda yerlarning “ikkilamchi sho‘rlanishi” kuzatilib, 45,7 foiz sug‘oriladigan yer maydoni turli darajada sho‘rlangan.
Iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, qishloq xo‘jaligini suv bilan ishonchli ta’minlash, shuningdek, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida respublikada o‘ziga xos suv xo‘jaligi tizimi barpo qilingan.
Suv xo‘jaligi tizimida 28,4 ming km irrigatsiya tizimi va ulardagi 54 432 ta har xil gidrotexnika inshootidan, shuningdek, umumiy hajmi 19,4 mlrd kub metr bo‘lgan 70 ta suv ombori va sel omboridan foydalanib kelinmoqda.
Suv resurslarining nomutanosib taqsimlanishi va sug‘oriladigan yerlarning murakkab relyefga ega ekanligi natijasida sug‘oriladigan yerlarning 60 foiziga yaqin qismiga 1 687 ta nasos stansiya yordamida suv yetkazib berilib, ularning yillik elektr energiyasi iste’moli 8 mlrd kVt.s ni tashkil etadi.
Bundan tashqari, suv iste’molchilari uyushmalari, fermer xo‘jaliklari va klasterlar tomonidan jami 155,2 ming km sug‘orish tarmog‘i va 10 280 tadan ziyod nasos agregatlari ishlatilmoqda. Sug‘orish ehtiyojlari uchun jami 12,4 mingta, jumladan suv xo‘jaligi tizimida 4 153 ta sug‘orish quduqlaridan foydalanilmoqda.
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun umumiy uzunligi 142,9 ming km, shundan 106,2 ming km ochiq va 36,7 ming km yopiq gorizontal kollektor-drenaj tarmog‘i, shuningdek 172 ta meliorativ nasos stansiyasi, 3 897 ta vertikal drenaj quduq ishlatilmoqda.
Oldingi tahrirga qarang.
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida oliy ma’lumotli xodimlar 42 foizni tashkil qiladi. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamda uning Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida suv xo‘jaligi sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlanadi.
(2-bobning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
3-BOB. SUV XO‘JALIGIDAGI ASOSIY MUAMMOLAR VA TAHDIDLAR
3.1. Suv resurslari zaxirasi hamda aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan ta’minlash.
Global iqlim o‘zgarishi natijasida Markaziy Osiyoda so‘nggi 50-60 yil davomida muzliklar maydoni taxminan 30 foizga qisqargan. Taxminlarga ko‘ra, harorat 20Sga ortganda muzliklar hajmi 50 foizga, 40Sga isiganda esa 78 foizga kamayadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050-yilgacha Sirdaryo havzasida suv resursi 5 foizga, Amudaryo havzasida 15 foizgacha kamayishi kutilmoqda. O‘zbekistonda 2015-yilgacha bo‘lgan davrda suvning umumiy taqchilligi 3 mlrd kub metrdan ortiqni tashkil qilgan bo‘lsa,
2030-yilga borib 7 mlrd kub metrni, 2050-yilga borib esa 15 mlrd kub metrni tashkil qilishi mumkin.
Tahlillar iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonda suv taqchilligini yanada keskinlashtirishini, 2000, 2008, 2011, 2014 va 2018-yillardagi kabi qurg‘oqchilikning davomiyligi va davriyligi ko‘payishiga olib kelishini hamda iqtisodiyotning suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Keyingi 15 yil ichida aholi jon boshiga suv ta’minoti 3 048 kub metrdan 1 589 kub metrga qisqardi.
Shu bilan birgalikda, respublikada aholi soni yiliga o‘rtacha 650 — 700 ming nafarga oshib, 2030-yilga borib 39 mln nafarga yetishi, ularning sifatli suvga bo‘lgan talabi 2,3 mlrd kub metrdan 2,7 — 3,0 mlrd kub metrga (18 — 20 foiz) yetishi kutilmoqda. Bu esa kommunal sohani yildan yilga suvga bo‘lgan talabini ortishiga olib keladi.
So‘nggi yillarda sanoat va energetika sohalari faol rivojlanib, ularning suvga bo‘lgan talabi yil sayin oshib bormoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra bu sohalarning yillik umumiy suv iste’moli 1,9 mlrd kub metrdan 2030-yilga borib 3,5 mlrd kub metrga (1,8 barobar) yetadi.
3.2. Suv xo‘jaligi obyektlari va ulardan foydalanish.
Respublikada barpo qilingan aksariyat suv xo‘jaligi infratuzilma obyektlarining xizmat ko‘rsatish muddati 50-60 yildan ortib, ularning texnik holati yildan-yilgan yomonlashmoqda. Xususan, irrigatsiya tizimi kanallarining 66 foiz qismi tuproq o‘zanli bo‘lib, suvning filtratsiya hisobiga yo‘qolishi yuqoriligicha qolmoqda. Bundan tashqari, 77 foiz irrigatsiya tizimi kanallari ta’mirlash va tiklashni, 20 foiz qismi esa rekonstruksiya qilishni talab etadi.
Suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklarining 77 foiz sug‘orish tarmog‘i tuproq o‘zanli bo‘lib, 44 foiz tarmoq ta’mirlash va tiklashga, 10 foiz tarmoq esa rekonstruksiya qilishga muhtoj.
Mavjud lotok tarmoqlarining asosiy qismi 30 yildan ziyod xizmat ko‘rsatib ularni o‘z vaqtida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmaganligi, shuningdek, xizmat muddatlarini o‘tib ketganligi natijasida ularning 70 foizi rekonstruksiya qilish va almashtirishni talab qiladi. Suv iste’molchilarining suv olish joylari esa aksariyat holda suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan.
Natijada irrigatsiya tizimi va sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti o‘rtacha 0,63, bir qator hududlarda esa undan ham past bo‘lib, asosiy manbalardan olinadigan suvning 35 — 40 foizi sug‘orish tarmoqlarida yo‘qotilmoqda.
Suv xo‘jaligi tashkilotlari hisobidagi 1 687 ta nasos stansiyalarining 74 foizi 30 yildan, 20 foizi 20 yildan, 6 foizi 10 yildan ortiq xizmat qilmoqda yoki 94 foiz nasos stansiyalari normativ xizmat muddatini (16 — 18 yil) o‘tab bo‘lib, ularni modernizatsiya qilish va almashtirish, jami 2 887 km bosimli quvurlarning 10,3 foiz qismi esa birinchi navbatda almashtirishni talab etib, oqibatda ularni ishlatishda avariya holatlari ko‘plab kuzatilmoqda, shuningdek, elektr energiyasi sarfi yuqoriligicha qolmoqda.
3.3. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati.
Respublika bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarning 45,3 foizi turli darajada, shundan 31,1 foizi kuchsiz, 12,2 foizi o‘rtacha, 2 foizi esa kuchli darajada sho‘rlangan, 24,4 foiz maydonda esa yer osti suv sathi 2 m va undan yuqorida joylashgan.
Keyingi yillarda kuzatilgan suv tanqisligi, yerlarning meliorativ holatining yomonligi va boshqa tashkiliy chora-tadbirlar o‘z vaqtida ko‘rilmaganligi bois 560 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonining suv ta’minoti darajasi pastligicha qolmoqda, jami 298,5 ming gektar sug‘oriladigan yer maydoni esa foydalanishdan chiqib ketgan.
14,5 ming kilometr kollektor-drenaj tarmoq, 93 ta meliorativ nasos stansiya va 1 530 ta vertikal drenaj quduqni rekonstruksiya qilish va yangidan qurishni talab etmoqda.
3.4. Suv resurslaridan foydalanish va suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish.
Respublikada qishloq xo‘jaligi ekinlari asosan an’anaviy usulda — egatlab sug‘orilmoqda, yerlarni lazerli uskuna bilan jihozlangan tekislagichlar bilan tekislash ishlarining ko‘lami juda past darajada qolmoqda. 2019-yildan boshlab suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy qilindi. Natijada 77 470 gektar maydonda tomchilatib, 1 123 gektar maydonda yomg‘irlatib, 2 000 gektar maydonda esa diskret usulda sug‘orish texnologiyalari joriy qilindi.
Shu bilan birgalikda ushbu zamonaviy sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan maydon ulushi pastligicha (6 foiz) qolmoqda. Natijada, bir kompleks gektar maydonga to‘g‘ri keladigan suv sarfi miqdori 10 690 kub metrni tashkil qilib, rivojlangan mamlakatlarga nisbatan yuqoriligicha qolmoqda.
3.5. Suv xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi.
Hozirgi paytda suv xo‘jaligi tizimidagi ekspluatatsiya tashkilotlari, ayniqsa tuman irrigatsiya bo‘limlarining moddiy-texnika bazasi (meliorativ texnika, transport vositalari, tashkiliy ta’minoti) hanuz pastligicha qolmoqda.
Suv xo‘jaligi tashkilotlarini saqlash xarajatlari davlat budjeti mablag‘laridan amalga oshirib kelinmoqda. Lekin keyingi yillarda ajratilgan mablag‘ning 70 foizi elektr energiyasi xarajatlarini qoplashga yo‘naltirilib, irrigatsiya tizimini ta’mirlash-tiklash ishlariga ajratilgan mablag‘ ulushi 2,9 foizni tashkil etib, pastligicha qolmoqda.
Suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish tizimi talab darajasida tashkil etilmaganligi natijasida ularning kreditorlik va debitorlik qarzdorliklari yuqoriligicha qolmoqda.
3.6. Suv xo‘jaligi sohasidagi islohotlar.
Respublikada suv resurslaridan foydalanishni integratsiyalashgan boshqarishni joriy qilishda suv xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi idoralar o‘rtasida muvofiqlashtirish ishlari talabga javob bermaydi.
Sohaga davlat-xususiy sheriklik amaliyotini joriy qilishga kirishilmagan.
O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunini keyingi yillarda qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida amalga oshirilgan islohotlar natijalaridan kelib chiqib takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksini ishlab chiqish talab etilmoqda.
3.7. Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish va xalqaro suv munosabatlari.
So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi suv xo‘jaligi munosabatlari sezilarli ravishda yaxshilandi, transchegaraviy suvdan foydalanish muammolarini hal qilish bo‘yicha ijobiy tendensiya kuzatilmoqda.
Biroq, kelgusida Amudaryo va Sirdaryoning yuqori oqimlarida yangi yirik gidroenergetik obyektlar va suv omborlari qurilishi, shuningdek, mavjudlari energetik rejimda ishlatilishi daryolarning quyi oqimida joylashgan davlatlar, shu jumladan, O‘zbekiston uchun ham suv ta’minotida qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bundan tashqari, keyingi yillarda yangi yerlarni o‘zlashtirilishi mintaqa davlatlari o‘rtasidagi suv taqsimoti muvozanatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu esa Orol dengizi havzasi suv resurslaridan foydalanish sohasidagi mintaqaviy huquqiy asosni yanada takomillashtirishni talab etadi.
3.8. Suv xo‘jaligini malakali kadrlar bilan butlash, ilmiy-tadqiqot ishlari.
Bugungi kunda suv xo‘jaligi tashkilotlarida oliy ma’lumotli suv xo‘jaligi xodimlarining ulushi 42 foizni tashkil etmoqda. Hozirgi paytda suv xo‘jaligi tizimidagi mutaxassislar va rahbar kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi malaka oshirish tizimi mavjud emas. “Oliy ta’lim-fan-ishlab chiqarish” tizimida o‘zaro integratsiya bugungi talabga javob bermaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mamlakatimizda suv xo‘jaligining oliy ma’lumotli kadrlari asosan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida tayyorlanib, uni zamonaviy va xalqaro miqyosdagi nufuzli oliy ta’lim muassasasiga aylantirish yo‘lidagi izchil harakatlar davom ettirilishi lozim.
(3.8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
Suv xo‘jaligi tashkilotlari xodimlarining o‘rtacha ish haqi mamlakatdagi o‘rtacha ish haqiga nisbatan 64% ni tashkil etib, pastligicha qolmoqda. Ish haqining past darajasi suv xo‘jaligi xodimlarining ijtimoiy maqomini va kasbining jozibadorligini pasaytirib, yuqori malakali kadrlarni saqlab qolish imkonini bermayapti.
Ilmiy-tadqiqot, tajriba va loyiha-konstruktorlik ishlari sohasida muvofiqlashtirish tizimining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, shuningdek, ilmiy-innovatsion faoliyatning yetarli darajada moliyalashtirilmasligi oqibatida tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish talabga javob bermaydi.
4-BOB. SUV XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING MAQSADI VA USTUVOR YO‘NALISHLARI
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirish Konsepsiyasining asosiy maqsadi – aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va atrof muhitning suvga muttasil oshib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, suv xo‘jaligi obyektlarining ishonchli va xavfsiz ishlashini hamda suv resurslarini samarali boshqarish va undan oqilona foydalanishni ta’minlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv resurslari taqchilligi kuchayib borayotgan, shuningdek, global iqlim o‘zgarishlari sharoitida suv xavfsizligiga erishishdan iboratdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun Konsepsiyada quyidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlar belgilangan:
suv resurslarini prognozlashtirish, ularning hisobini yuritish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish tizimini takomillashtirish hamda shaffofligini ta’minlash;
suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, ishonchli ishlashi va xavfsizligini ta’minlash, yirik suv xo‘jaligi obyektlarini raqamli texnologiyalar asosida boshqarilishini tashkil etish, resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish hamda ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash;
suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash;
suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv iste’moli hisobini yuritishda “Smart Water” (“Aqlli suv”) va shu kabi raqamli texnologiyalarni joriy qilish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishni yanada kengaytirish va davlat tomonidan rag‘batlantirib borish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini ta’minlash, yerlarning unumdorligini oshirishga ko‘maklashish, tuproqning sho‘rlanish darajasini pasaytirish va oldini olish bo‘yicha samarali texnologiyalarni qo‘llash;
suv xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, jumladan, suvni yetkazish xarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv iste’molchilari tomonidan qoplash tizimini joriy qilish, tushgan mablag‘larni suv xo‘jaligi obyektlarini o‘z vaqtida sifatli ta’mirlash-tiklash, raqamli texnologiyalarni joriy qilish hamda samarali boshqarishga yo‘naltirish;
suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, alohida suv xo‘jaligi obyektlarini fermer, klaster va boshqa tashkilotlarga foydalanish uchun berish hamda tejalgan mablag‘larni suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va xodimlar mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirishga yo‘naltirish;
suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish tamoyillarini joriy qilish, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan kafolatli ta’minlash, suvning sifatini yaxshilash va atrof muhitning ekologik muvozanatini saqlash;
transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning o‘zaro maqbul mexanizmlarini va suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish hamda ilgari surish;
suv xo‘jaligi sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ilm-fan yutuqlari va nou-xaularni ishlab chiqarishga joriy qilish.
Konsepsiyada qishloq xo‘jaligi suv resurslarining eng yirik iste’molchisi bo‘lganligi hamda irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarining asosan unga xizmat qilishidan kelib chiqib, asosiy tadbirlar irrigatsiya va melioratsiya sektorini rivojlantirishga qaratilgan.
Ichimlik va oqava suv tizimini rivojlantirish Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan “O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasini rivojlantirish Strategiyasi”da batafsil aks ettiriladi.
5-BOB. CUV XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARINI AMALGA OSHIRISH TADBIRLARI
5.1. Suv resurslarini prognozlashtirish, ularning hisobini yuritish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish tizimini takomillashtirish hamda shaffofligini ta’minlash yo‘nalishini amalga oshirishda:
a) katta va o‘rta daryolar hamda soylarda joylashgan gidrologik postlarni raqamli texnologiyalar asosida avtomatik uskunalar bilan bosqichma-bosqich jihozlash, gidrologik postlar tarmog‘ini kengaytirish;
b) barcha suv obyektlarida suvni nazorat qilish va hisobi yuritilishini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish hamda suv resurslari bo‘yicha shaffof axborot tizimini yaratish;
v) suv resurslarini prognozlashtirish, suvning hisobini yuritish va ma’lumotlarni qayta ishlashni yaxshilash bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
g) suv resurslarini prognozlashda geoaxborot tizimini joriy qilish, suv zaxiralarining tezkor monitoring olib borish hamda prognoz ma’lumotlarining ishonchliligini oshirish;
d) barcha suv obyektlarida suvning hisobini yuritishda ma’lumotlarni standartlashtirish;
e) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida suv obyektlari bo‘yicha ma’lumotlarini to‘plash va ularni qayta ishlash bo‘yicha axborot tizimlarini takomillashtirish;
j) suv obyektlarida raqamli texnologiyalar yordamida suvning monitoringini olib borishni bosqichma-bosqich joriy etish, barcha manbalar va suv resurslari bo‘yicha yagona axborot tizimini yaratish;
z) Davlat suv kadastrini yuritish tizimini va ma’lumotlar bazasini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida takomillashtirish hamda ularning shaffofligini ta’minlash.
5.2. Suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, yirik suv xo‘jaligi obyektlarini raqamli texnologiyalar asosida boshqarilishini tashkil etish, resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish hamda ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash yo‘nalishini amalga oshirishda:
a) suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, ularni ta’mirlash-tiklash hamda qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini tizimli amalga oshirish, irrigatsiya tizimi va sug‘orish tarmoqlarida suvning yo‘qolishini kamaytirish, suv inshootlarining texnik holatini yaxshilash va ishonchliligini oshirish:
irrigatsiya tizimi va sug‘orish tarmoqlarini modernizatsiya qilish, betonlashtirish va filtratsiyaga qarshi boshqa tadbirlarni amalga oshirish, ularning bir qismini bosqichma-bosqich quvurli va suvni boshqarishga qulay bo‘lgan boshqa tizimlarga o‘tkazish;
gidrouzel va boshqa yirik gidrotexnika inshootlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, yirik gidrouzellar va irrigatsiya tizimini raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga o‘tkazish;
lotok tarmoqlarini qayta tiklash, lotoklarni mahalliy iqlim sharoitiga mos kompozit va polimer materiallar asosida ishlab chiqarishni joriy qilish;
suv iste’molchilarining bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan bosqichma-bosqich jihozlash;
b) suv xo‘jaligi nasos stansiyalarining energiya samaradorligini oshirish va foydalanish xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, nasoslarni foydali ish koeffitsentini oshirish:
nasos stansiyalarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, shu jumladan, eskirgan nasos, elektrodvigatel va transformatorlar hamda ularning boshqaruv tizimini energiya tejamkor uskunalarga almashtirish, muqobil energiya manbai, shu jumladan, quyosh batareyalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, bosimli quvurlarni kapital ta’mirlash va yangilash;
nasos stansiyalarida raqamli texnologiya asosida elektr energiyasi iste’moli va suv sarfining “onlayn” rejimida monitoringini olib borish;
suv xo‘jaligiga xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy davlatlarning kredit va grant mablag‘lari, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, davlat budjeti xarajatlarini kamaytirish;
suv xo‘jaligi obyektlari texnik holatini uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida o‘rganish, loyiha-qidiruvi ishlarini raqamlashtirish hamda sifatini yaxshilash;
irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-amaliy kuzatuvini ta’minlash va sifatini yaxshilash;
suv xo‘jaligi obyektlarining modernizatsiyalash va qurishga, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlanmalarga va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga xarajatlarni ko‘paytirish.
5.3. Suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash:
a) suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarini antropogen, texnogen va tabiiy omillar ta’siridan muhofaza qilish, ularning xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash:
nazorat-o‘lchov uskunalari, gidromexanik va elektrotexnik qurilmalar, yoritish, aloqa hamda favqulodda xabar berish tizimlarini qurish va modernizatsiya qilish hamda ta’mirlash-tiklash bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish;
natura kuzatuv va diagnostika ishlarini tizimli ravishda amalga oshirish hamda xavfsizlik deklaratsiyalarida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishlarni samarali tashkil etish;
suv xo‘jaligi tashkilotlarini malakali va tajribali mutaxassislar bilan to‘ldirish hamda ularning malakasini oshirishni tizimli tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyat yuzaga kelishi natijasida boshqa shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga va (yoki) mol-mulkiga, shuningdek, atrof-muhitga zarar yetkazilganligi uchun ushbu inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish;
(5.3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-74-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son)
b) suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish:
yirik to‘g‘onlar bo‘yicha xalqaro komissiyaning texnik reglamentlari va tavsiyalarini O‘zbekistonda qo‘llash va implementatsiya qilish yuzasidan takliflar tayyorlash;
suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarini loyihalash, qurish, foydalanishga qabul qilish, ishlatish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash-tiklash, konservatsiyalash va tugatish bo‘yicha xalqaro standartlarni amaliyotda qo‘llash yuzasidan takliflar tayyorlash;
suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini kompleks baholashda zamonaviy diagnostika asbob-uskunalaridan foydalanish hamda xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini ekspert sifatida jalb qilish, me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish.
5.4. Suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv iste’moli hisobini yuritishda “Smart Water” (“Aqlli suv”) va shu kabi raqamli texnologiyalarni joriy qilish yo‘nalishini amalga oshirishda:
a) Suv xo‘jaligini davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish, bunda har bir davlat va jamiyat organlarining suv resurslarini barqaror boshqarish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash;
b) barcha suv resurslarini nazorat qilish va hisobini yuritishda, suvdan foydalanishni rejalashtirish va uni tezkor boshqaruvini tashkil etishda “Smart Water” (“Aqlli suv”) texnologiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;
v) suv va suvdan foydalanishga doir ma’lumotlar bazalarini hamda monitoring tizimlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish hamda suv resurslarining avtomatlashtirilgan idoralararo axborot tizimini yaratish;
g) suv xo‘jaligi obyektlari kadastrini geoaxborot tizimlaridan foydalangan holda yuritish tizimini tashkil etish;
d) suv xo‘jaligida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalangan holda suv obyektlarini masofadan nazorat qilish hamda suvdan foydalanishning monitoringini yuritish ishlarini takomillashtirish va ularning tezkorligini oshirish;
e) sug‘oriladigan yerlarning suv bilan ta’minlanganlik darajasi, ekinlarni joylashtirish va cho‘llanish jarayonlari, shuningdek suvdan foydalanish samaradorligini baholashda masofadan zondlash texnologiyasining imkoniyatlaridan foydalanish;
j) suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirish va integrallashgan boshqarish hamda inson va atrof muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha samarali gidrologik modellarni ishlab chiqish;
z) qishloq xo‘jaligi ekinlarini suv resurslarining prognoziga va ajratilgan suv olish limitiga muvofiq joylashtirish hamda suvning samaradorligini oshirish.
5.5. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishni yanada kengaytirish va davlat tomonidan rag‘batlantirib borish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish yo‘nalishini amalga oshirishda:
a) suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish;
b) suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini nasos stansiyalar va sug‘orish quduqlariga bog‘langan ekin maydonlarida joriy qilishni kengaytirish hamda ularning samaradorligini oshirish;
v) suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini tuproq-iqlim sharoiti va ekin turiga qarab takomillashtirish, samaradorligini oshirish va yangilarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamda loyiha-konstruktorlik ishlarini kengaytirish, yangi ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish ishlarini rag‘batlantirish;
g) suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini loyihalash, joriy etish va qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni, shuningdek, ulardan foydalanish samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish;
d) suvni tejaydigan sug‘orish usullari va texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yo‘nalishida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganishni tizimli tashkil etish;
e) qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan tekislagich agregatlar yordamida oldindan tekislab zamonaviy egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish texnologiyalarini kengaytirish;
j) suv iste’moli monitoringini olib borishni takomillashtirish va masofadan zondlash tizimlarini joriy qilish;
z) oqindi va kollektor-drenaj suvlaridan foydalanishni ilmiy asosda tashkil qilish, shuningdek qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv isrofgarchiligiga hamda undan samarasiz foydalanishga qarshi choralarni kuchaytirish.
5.6. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini ta’minlash, yerlarning unumdorligini oshirishga ko‘maklashish, tuproqning sho‘rlanish darajasini pasaytirish va oldini olish bo‘yicha samarali texnologiyalarni qo‘llash yo‘nalishini amalga oshirishda:
a) kollektor-drenaj tarmoqlari va boshqa meliorativ obyektlarning texnik holatini yaxshilash, ularni modernizatsiya qilish, davlat dasturlari doirasida keng ko‘lamli melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish ishlarini izchil davom ettirish;
b) sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini baholash, monitoringini olib borishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, geoaxborot tizimlari, masofadan zondlash texnologiyasi va uchuvchisiz uchish apparatlaridan keng foydalanish;
v) sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati va sizot suvlarining sathi va minerallashuvi bo‘yicha axborot tizimini yaratish;
g) meliorativ ekspeditsiyalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni ekspress tahlil qilish imkonini beruvchi zamonaviy jihozlar, mobil tezkor laboratoriyalar bilan ta’minlash;
d) sug‘oriladigan yerlarda sho‘rlanish darajasini kamaytirish, maydonlarning sho‘rini yuvish ishlarini samarali tashkil etish, sizot suvlarini maqbul sathlarda ushlab turish va ularning minerallashuvini kamaytirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, bu boradagi ilg‘or jahon tajribasini o‘rganish va amaliyotda qo‘llash choralarini ko‘rish;
e) kollektor-drenaj tarmoqlari va boshqa meliorativ inshootlarni loyihalash, qurish, foydalanish va boshqarishda hamda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirishda kollektor-drenaj suvlarini oqilona boshqarish, ushbu suvlarning zararli ta’sirini kamaytirish, ulardan samarali foydalanish va sifatini yaxshilash choralarini ko‘rish.
5.7. Suv xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, jumladan, suvni yetkazish xarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv iste’molchilari tomonidan qoplash tizimini joriy qilish, tushgan mablag‘larni suv xo‘jaligi obyektlarini o‘z vaqtida sifatli ta’mirlash-tiklash, raqamli texnologiyalarni joriy qilish hamda samarali boshqarishga yo‘naltirish yo‘nalishini amalga oshirishda:
a) suvni yetkazib berish bo‘yicha xarajatlarni suv iste’molchilari tomonidan qoplashni suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari miqdoriga bosqichma-bosqich qo‘shish orqali amalga oshirish. Bunda quyidagi asosiy tamoyillarni e’tiborga olish lozim:
tariflarni belgilashda suvni tejashni rag‘batlantirish va yetkazib berilgan suvning hajmli yoki boshqa qulay o‘lchovlari bo‘yicha amalga oshirishni e’tiborga olish;
tariflarni suvni yetkazib berish xarajatlari hamda davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvorligiga qarab differensiatsiyalash;
tariflarni suvni turli hududlarga yetkazib berishning respublika bo‘yicha o‘rtacha xarajatlarga (suvni nasos orqali yetkazib berishda elektr energiyasi, kanallarni ekspluatatsiya qilish va saqlash xarajatlari) ko‘ra belgilash hamda barcha qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarga bir xil belgilash;
b) suvni yetkazib berish xarajatlarini qoplash bo‘yicha tariflarning shaffofligini ta’minlash;
v) suv yetkazib berish xarajatlarni suvdan foydalanganlik solig‘iga qo‘shimcha ravishda kiritishda suv iste’moli hajmi va suv yetkazib berish xarajatlaridan kelib chiqqan holda suv uchun differensiatsiyalashgan soliq stavkalarini hisoblash uslubiyatini ishlab chiqish;
g) qishloq xo‘jaligida suvni yetkazib berish bo‘yicha pulli xizmatlarga bosqichma-bosqich o‘tish;
d) soliq solish va jarimalar tizimini takomillashtirish va suvdan yanada oqilona foydalanish va uning sifatini oshirish imkoniyatini yaratish;
e) kelajakda turli toifadagi suv iste’molchilari uchun ularning sohaviy va texnologik xususiyatlarini hamda qaytar suvlarning sifatini, shu jumladan, minerallashuv darajasi va boshqa ifloslantiruvchi moddalarni hisobga olgan holda suv uchun soliq stavkalari va jarimalarni hisoblash uslublarini takomillashtirish.
5.8. Suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, alohida suv xo‘jaligi obyektlarini fermer, klaster va boshqa tashkilotlarga foydalanish uchun berish hamda tejalgan mablag‘larni suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va xodimlar mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirishga yo‘naltirish yo‘nalishini amalga oshirishda:
a) xalqaro ilg‘or tajribani o‘rgangan holda suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsing shartlari asosida loyihalarni amalga oshirishning tamoyillari va yo‘nalishlarini belgilash hamda ular asosida xususiy sektorga beriladigan suv xo‘jaligi inshootlari va xizmatlari ro‘yxatini shakllantirish;
b) suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari hamda autsorsing shartlari asosida loyihalarni shakllantirish hamda ularni amalga oshirish uchun hamkor salohiyatli xususiy sherikni, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etishni tashkil etish;
v) suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari hamda autsorsing shartlari asosida loyihalarni shakllantirish va ularni amalga oshirish ishlariga xorijiy investitsiya va grant mablag‘larini jalb etish;
g) suv xo‘jaligi vazirligida irrigatsiya va melioratsiya yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari hamda autsorsing shartlari asosida loyihalarni shakllantirish, ularga xususiy sheriklarni jalb etish, shuningdek ushbu loyihalarni amalga oshirilishi yuzasidan monitoring yuritishning samarali tizimini tashkil etish;
d) aniq majburiyatlar, iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy adolat va ekologik barqarorlikni ta’minlash asosida aniq belgilangan mezonlar va tamoyillarga muvofiq suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish bo‘yicha vazifalarning bir qismini suv iste’molchilariga (fermerlar, klasterlar va boshqalar) o‘tkazish;
e) suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari hamda autsorsing shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish natijasida tejalgan budjet mablag‘larni suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, suv xo‘jaligi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirishga yo‘naltirish.
5.9. Suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish tamoyillarini joriy qilish, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan kafolatli ta’minlash, suvning sifatini yaxshilash va atrof muhitning ekologik muvozanatini saqlash yo‘nalishini amalga oshirishda:
a) aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan kafolatli ta’minlash, bunda:
suv xo‘jaligini boshqarishda uning barcha ishtirokchilarining ustuvor manfaatlarini e’tiborga olib, mavjud suv resurslaridan barcha darajada oqilona foydalanish;
insonning asosiy ehtiyojlarini qondirish, eng avvalo aholini suv bilan kafolatli ta’minlash;
suvdan foydalanishni davlat, hudud va suv havzalari darajasida iqtisodiyot tarmoqlari va tabiat uchun suv olishning ustuvorligidan kelib chiqib belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
suv olish limitlarini aholi va iqtisodiyot tarmoqlari, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi uchun ularning ustuvorligidan kelib chiqib belgilash va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritish;
(5.9-bandi “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son)
b) suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini keng joriy qilish, bunda:
suv xo‘jaligi vazirligida barcha suv resurslarini hisobga olish, suvdan foydalanishni rejalashtirish va integrallashgan holda boshqarish bo‘yicha yagona respublika markazini tashkil etish;
suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirish va boshqarish tizimini aholi uchun suv bilan kafolatli ta’minlashni, iqtisodiyot tarmoqlarining ustuvorligi, suvni samaradorligini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik muvozanatni ta’minlash talablarini hisobga olgan holda takomillashtirish;
suv resurslarini boshqarishda atrof muhitni, tabiiy suv havzalari va ekotizimlarning suvga bo‘lgan talabini inobatga olish, shu jumladan, Orolbo‘yi hududida suv xo‘jaligi vaziyatini barqarorlashtirish hamda Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashish;
xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy davlatlarning, shuningdek boshqa sheriklarning texnik yordam mablag‘larini jalb qilish asosida suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini joriy qilish bo‘yicha harakatlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish, suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilishda suvni muhofaza qilishni, suv va yer resurslari hamda atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishni rag‘batlantirish;
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tadbirlarini tizimli amalga oshirish, suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash va tiklash loyihalarida suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tadbirlarini e’tiborga olish, suvni muhofaza qilish zonalari va sohil bo‘yi mintaqalaridan maqsadli foydalanishni ta’minlash;
amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksi loyihasini ishlab chiqish;
aholining suvni muhofaza qilish, suv resurslaridan samarali va tejamli foydalanishni tashkil etish bo‘yicha huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish. Bunda:
suvdan oqilona va tejamkor foydalanishni targ‘ibot-tashviqot qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish, bunda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanish;
suvdan foydalanish madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ta’lim tizimiga joriy qilish orqali yosh avlodni suvga nisbatan tejamkorona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash;
suv xo‘jaligi tashkilotlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash, suvga doir ochiq ma’lumotlar bazasini shakllantirish va uni ommaga yetkazishning qulay sharoitlarini yaratish.
5.10. Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning o‘zaro maqbul mexanizmlarini va suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish hamda ilgari surish yo‘nalishini amalga oshirishda:
a) O‘zbekiston Respublikasining Orol dengizi havzasi mamlakatlari va mintaqaviy davlatlararo suv xo‘jaligi tashkilotlari bilan mintaqaning suv resurslari va davlatlararo suv xo‘jaligi obyektlaridan birgalikda foydalanish masalalarida faol hamkorligini davom ettirish;
b) Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan mintaqaning transchegaraviy suv resurslarini birgalikda boshqarishning o‘zaro maqbul mexanizmlarini ishlab chiqish va ilgari surish;
v) transchegaraviy suvlar bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyalari normalari va tamoyillarini ilgari surish;
g) Sirdaryo, Amudaryo va boshqa transchegaraviy daryolarda monitoring tizimini takomillashtirish, hamkorlikda suvni nazorat qilish va monitoringini yuritish hamda ochiq ma’lumotlar almashish tizimini tashkil qilish;
d) mintaqa davlatlari tomonidan yirik gidrotexnika inshootlarini qurish bo‘yicha yagona pozitsiyani ishlab chiqishni ilgari surish;
e) O‘zbekiston manfaatlarini hisobga olgan holda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan suv xo‘jaligi loyihalarini birgalikda moliyalashtirishda ishtirok etish imkoniyatini o‘rganish;
j) mintaqaviy suv resurslarini boshqarish bo‘yicha qo‘shma rejalarni ishlab chiqish va istiqboldagi vazifalarni belgilash, shu jumladan mintaqaviy miqyosda iqlim o‘zgarishiga moslashish choralarini ishlab chiqish va o‘zaro manfaatlarni ifoda etuvchi sohalarda tajriba almashish.
5.11. Suv xo‘jaligi sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ilm-fan yutuqlari va nou-xaularni ishlab-chiqarishga joriy qilish yo‘nalishini amalga oshirishda:
a) suv xo‘jaligini boshqarish sohasidagi muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish va tayyorlash, suv xo‘jaligining barcha tarmoqlarida suv resurslarini barqaror boshqarish va ulardan oqilona foydalanish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va keng qo‘llash masalalarini samarali hal eta oladigan mutaxassislarni tayyorlash. Bunda:
boshqaruvni va xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish zaruratiga e’tibor qaratgan holda, o‘quv jarayonini ishlab chiqarishga maksimal darajada yaqinlashtirish bilan zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etish orqali sohaga tegishli oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari samaradorligini oshirish;
yangi va mavjud mutaxassislar uchun suv xo‘jaligini boshqarishning turli sohalarida qisqa, o‘rta va uzoq muddatli davr uchun maxsus o‘quv modullarini ishlab chiqish;
taniqli mahalliy va xorijiy olimlar hamda mutaxassislarni jalb qilgan holda suv xo‘jaligining yetakchi mutaxassislari va yetakchi kadrlari uchun malaka oshirishning barqaror tizimini yaratish va zamonaviy o‘quv texnologiyalari va masofaviy o‘qitish usullarini o‘quv jarayoniga joriy etish;
suv resurslarini rejalashtirish va boshqarishda iqlim o‘zgarishini yumshatish va moslashish hamda oldindan ogohlantirish tizimlarini yaratish bo‘yicha xabardorlikni oshirish;
suv xo‘jaligi tizimi xodimlariga ish haqi to‘lashni respublikadagi o‘rtacha darajaga yetkazish orqali sohada kadrlar qo‘nimsizligining oldini olish va sohaning jozibadorligini oshirish, ish haqi to‘lanishi xodimning faoliyati natijalariga bog‘liqligini ta’minlash;
suv xo‘jaligida amaliy, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish;
b) loyiha tashkilotlarining salohiyatini oshirish, modernizatsiya qilingan sug‘orish tizimlarini loyihalashtirish va amalga oshirish, tegishli loyiha-smeta hujjatlari va sotib olish hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha bilimlarni oshirish. Bunda:
loyihalarni sohaviy ekspertizadan o‘tkazishda tegishli qurilish norma va qoidalariga mos ravishda shaharsozlik normalari va qoidalari, atrof-muhitga ta’sir va yumshatish choralariga muvofiq muhandislik-geologik tadqiqotlar o‘tkazishga alohida e’tibor berish;
gidrotexnika inshootlarida zamonaviy qurilish materiallaridan foydalanishni yanada kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, uning asosida ilg‘or texnologiyalar va innovatsion materiallardan foydalanishni tartibga soluvchi idoraviy normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
zamonaviy sug‘orish tizimlarining huquqiy va normativ bazasini xalqaro standartlar va texnik standartlarga muvofiq takomillashtirish;
mavjud onlayn kurslar, treninglar va seminarlardan, shu jumladan, xorijiy tillardagi materiallardan foydalanib xalqaro mutaxassislar va ushbu sohadagi ilmiy va ta’lim tashkilotlarining tadqiqotchilarini jalb qilgan holda yetakchi muhandislar uchun malaka oshirish tizimini yaratish;
rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi xorijiy universitetlar va kompaniyalarda obyektlarni loyihalashtirish, o‘quv dasturlari, malaka oshirish kurslari va stajirovkalarda qatnashish orqali alohida mutaxassislar va loyihalash institutlari tomonidan ilg‘or xorijiy tajribalarni egallash tizimini ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, Ilmiy-axborot markazi va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalar mutaxassislarini jalb qilgan holda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-qidiruv va pudrat ishlari uchun loyiha guruhlari va ilmiy qo‘llab-quvvatlash guruhlarining faol ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratish;
(5.11-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
suv xo‘jaligi obyektlari qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini tizimli tashkil qilish, ilm-fan yutuqlari va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish hamda loyiha-qidiruv ishlari sifatini yaxshilash;
xalqaro standartlar hamda zamonaviy loyihalash uslublarini o‘zlashtirish maqsadida loyiha tashkilotlari mutaxassislarini xorijiy mamlakatlarning yetakchi ishlab chiqarish va ta’lim muassasalarida malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
v) ilmiy izlanishlarni o‘tkazish va joriy etishning samaradorligini ta’minlash. Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
suv xo‘jaligi tizimidagi ilmiy va ta’lim muassasalari, shu jumladan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalarning moliyaviy, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va salohiyatini oshirish;
(5.11-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
suv xo‘jaligi sohasidagi dolzarb muammolar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish, shu jumladan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning grant mablag‘larini jalb etishni jadallashtirish;
ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlari qiymatining hisob-kitobiga loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatining 10 foizigacha miqdorda qo‘shimcha mablag‘lar kiritish amaliyotini joriy etish;
suvni tejaydigan texnologiyalarni namoyish qilish maydonlarida ilmiy jamoalar tomonidan amaliy tadqiqotlar o‘tkazilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
xorijiy va xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari va milliy ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida yaqin hamkorlik o‘rnatish, shu jumladan, xorijiy va xalqaro institutlarda amaliyotlar o‘tash;
suv va energiyani tejaydigan texnologiyalarni, shuningdek muqobil energiya manbalaridan foydalanish sohasida tadqiqotlar va namoyish maydonchalarini yaratish;
zamonaviy suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot va konsalting ishlarini rag‘batlantirish va kengaytirish;
suv resurslarini rejalashtirish jarayonida iqlim o‘zgarishi tendensiyalarini modellashtirishni o‘z ichiga olgan tadqiqotlar o‘tkazish va iqlim o‘zgarishiga moslashish rejalarini ishlab chiqishda amaliy tadqiqotlar o‘tkazish.
6-BOB. KONSEPSIYANI AMALGA OSHIRISHDAN KUTILAYOTGAN NATIJALAR
Konsepsiyani amalga oshirish natijasida 2030-yilgacha quyidagi maqsadlarga erishish kutilmoqda:
6.1. Suv xo‘jaligining huquqiy asoslari va normativ-xuquqiy hujjatlarini takomillashtirish yo‘nalishida:
Oldingi tahrirga qarang.
a) 2024 yilda O‘zbekiston Respublikasining Suv Kodeksi qabul qilinishi;
(6.1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son)
b) O‘zbekiston Respublikasining suv bilan bog‘liq 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishilishi;
6.2. Suv xo‘jaligini davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish yo‘nalishida:
a) xalqaro standartlar va amaliyotga muvofiq suv xo‘jaligini boshqarish tizimining funksional tahlili o‘tkazilishi, yangi boshqaruv tizimi ishlab chiqilib joriy etilishi;
b) suvni boshqarish va undan foydalanish sohasida har bir davlat organining vazifalari, funksiyalari va vakolatlari aniq belgilanishi;
v) suv siyosatini ishlab chiqish, suv sektorini tartibga solish va suv xo‘jaligi xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq funksiyalar aniq chegaralanishi;
g) davlat tomonidan tartibga solishning ma’muriy usullarini qo‘llashdan bozor iqtisodiyoti tamoyillariga yo‘naltirilgan usul va mexanizmlarga o‘tilishi;
d) O‘zbekiston Respublikasining barcha suv resurslaridan foydalanish va iste’mol qilishni to‘liq qamragan hamda ularni aholining suv ta’minoti, iqtisodiyot tarmoqlari va tabiat o‘rtasida taqsimlagan holda suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish joriy qilinishi;
e) Milliy kadastr ma’lumotlar bazasi bilan bog‘langan suv resurslarini hisobga olish, rejalashtirish va boshqarishning kompleks milliy tizimini yaratilishi hamda ma’lumotlarning ochiqligi va mavjudligi ta’minlanishi;
6.3. Suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishida:
a) qishloq xo‘jaligi ehtiyojlarini ta’minlaydigan va sug‘orishda suvdan samarali va unumli foydalanish tamoyillariga javob beradigan sug‘orish uchun suv olish limitlarining yangi tizimi joriy etilishi;
b) irrigatsiya tizimi va sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti 0,63 dan 0,73 gacha oshadi, qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish va sug‘oriladigan maydonning har bir gektariga beriladigan suv hajmini 20% ga kamaytirish orqali suvning mahsuldorligi oshirilishi;
v) sug‘oriladigan maydonlarning suv ta’minotini yaxshilashga qaratilgan rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali suv ta’minoti past darajada bo‘lgan sug‘oriladigan maydonlar 560 ming gektardan 190 ming gektargacha kamaytirilishi;
6.4. Suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va energiya samarador texnologiyalarni keng joriy etish yo‘nalishida:
a) irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilish va beton qoplamali kanallar ulushi 34 foizdan 46 foizgacha oshirilishi;
b) nasos stansiyalaridagi 1 750 ta nasos agregatlari va 2 100 ta elektrodvigatellar zamonaviy energiya tejamkorlariga almashtirilishi;
v) Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi iste’moli 8,0 mlrd kVt.sdan 2025-yilda 7,0 mlrd kVt.s va 2030-yilda 6,0 mlrd kVt.sgacha kamaytirilishi;
6.5. Zamonaviy suv tejovchi sug‘orish texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish yo‘nalishida qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish 175 ming gektardan 2025-yilgacha 1 million gektarga, 2030-yilga kelib 2 million gektargacha, shu jumladan, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi 77,4 mingdan 2025-yilgacha 300 ming gektargacha va 2030-yilga kelib 600 ming gektargacha yetkazilishi;
6.6. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash yo‘nalishida:
a) sho‘rlangan maydonlar 1 948 ming gektardan 1 722 ming gektarga, o‘rta va yuqori sho‘rlangan yerlarni 607 ming gektardan 430 ming gektargacha qisqartirilishi;
b) sizot suvlar sathi muammoli darajada (0 — 2 metr) bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlari 1 051 ming gektardan 773 ming gektargacha kamaytirilishi;
v) foydalanishdan chiqqan 298,5 ming gektar sug‘oriladigan yerlar 2025-yilga kelib qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritilishi;
6.7. Suv xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish yo‘nalishida:
a) sug‘orish suviga talabni aniqlash, suv taqsimoti va suvdan foydalanish samaradorligi monitoringini olib borish, shuningdek, suvdan foydalanish bo‘yicha qarorlarni qabul qilishda zamonaviy usul va texnologiyalar, shu jumladan, raqamli texnologiyalar hamda boshqa innovatsion texnologiyalar joriy etilishi;
b) daryo va soylarda 12 ta gidrologik post raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlanishi, 18 ta gidrologik post qayta tiklanishi hamda suvni tezkor nazorat qilish ta’minlanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) “Smart Water” (“Aqlli suv”) axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar asosida suv o‘lchash tizimi joriy etilgan suv xo‘jaligi obyektlari soni 61 tadan 2020-yilda 151 tagacha, 2030-yilda 18 576 tagacha (100 foiz) ko‘payadi;
(6.7-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
g) 100 ta yirik suv xo‘jaligi obyektlarida suvni boshqarish jarayonlari raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga o‘tkazilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
d) mavjud meliorativ kuzatuv quduqlarning 2020-yilda 2 000 tasi, 2025-yilda 7 000 tasi, 2030-yilda 27 270 tasi raqamli texnologiyalar orqali monitoringi yuritilishi;
(6.7-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi nasos stansiyalarining 2020-yilda 100 tasida va 2024-yilgacha to‘liq 1 693 tasida elektr energiyasi iste’moli monitoringi “onlayn” rejimda olib borilishi;
(6.7-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
6.8. Sohada ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish va kadrlar salohiyatini oshirish yo‘nalishida:
a) suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 2020-yilda 5 ta, 2025-yilgacha 25 ta va 2030-yilgacha 50 ta loyihalarni amalga oshirilishi;
b) sug‘orish uchun suv yetkazib berish xarajatlari 2025-yilga kelib kamida 15 foiz va 2030-yilga kelib 30 foizgacha suv iste’molchilari tomonidan qoplanishi ta’minlanishi;
v) davlat suv xo‘jaligi tashkilotlari suv resurslarini boshqarishning yanada zamonaviy va barqaror tizimga o‘tishi;
g) suv resurslarini boshqarishning hozirgi muammolariga javob beradigan zamonaviy o‘quv tizimlari joriy etish ta’minlanadi, oliy ma’lumotli suv xo‘jaligi xodimlari ulushi 42 foizdan 2025-yilda 50 foizga, 2030-yilda 65 foizga yetkaziladi, shuningdek, suv xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislar va boshqaruv xodimlarining malakasini oshirishning barqaror milliy tizimi yaratilishi;
d) Suv xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqlari respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga yetkazilishi;
6.9. Barcha yer usti, yer osti va qaytar suvlarni integrallashgan holda boshqarish tamoyillarini keng joriy qilish yo‘nalishida:
a) suv sifati standartlariga milliy qonunchilikda va respublikaning ekologik barqarorlikka erishish majburiyatlarida belgilangan darajaga erishilishi;
b) tabiiy suv manbalarini va suvga bog‘liq bo‘lgan ekotizimlarni saqlash, shu jumladan, Orolbo‘yi hududini suv resurslari bilan barqaror ta’minlash choralari ko‘rilishi;
v) yer usti, yer osti va qaytar suvlarni integrallashgan holda boshqarishga erishish orqali eng avvalo ichishga yaroqli bo‘lgan yer osti suvlarining strategik zaxiralarini asrash va ulardan barqaror foydalanishni tashkil etish tizimi yaratilishi.
7-BOB. KONSEPSIYANI AMALGA OSHIRILISHI MONITORINGINI OLIB BORISH
Konsepsiyada keltirilgan vazifalarni amalga oshirish hamda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish ustidan monitoring olib borish va zarur chora-tadbirlar dasturini shakllantirish, respublikada suv xo‘jaligini barqaror va kompleks rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni hal qilish bo‘yicha taklif tayyorlash ishlari Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida xalqaro ekspertlar ishtirokida tashkil etiladigan Komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, ushbu Konsepsiyada ko‘zda tutilgan suv sohasidagi islohotlar va ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish uchun har uch yilda “Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqiladi va uni amalga oshirish choralari ko‘riladi.
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasiga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini amalga oshirish natijasida erishiladigan
ASOSIY MAQSADLI KO‘RSATKICHLAR VA INDIKATORLAR
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Ko‘rsatkichlar nomi

O‘lchov birligi

2019-yilgacha

Kelgusi yillarda erishiladigan ko‘rsatkichlar

2020-yil

2021-yil

2025-yil

2030-yil

I. Suv resurslaridan oqilona foydalanish

Irrigatsiya tizimi va sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyentini oshirish

koef.

0,63

0,64

0,65

0,68

0,73

Suv ta’minoti darajasi past bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlarini kamaytirish

ming ga

560

526

492

356

190

%

13

12

11

8

4

Irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilish va beton qoplamali kanallar ulushini oshirish

km

9 675

9 960

10 529

11 425

13 175

%

34

35

36

40

46

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi:

nasos stansiyalari agregatlarini energiya tejamkor nasos agregatlariga almashtirish

dona

732

895

1 058

1 658

2 482

%

13,8

16,9

20

32,3

46,9

nasos stansiyalarining eskirgan elektr dvigatellarini yangisiga almashtirish

dona

1 627

1 841

2 060

2 906

3 727

%

30,7

34,8

38,9

56

70,5

nasos stansiyalarining elektr energiyasi iste’molini kamaytirib borish

mlrd

kVt.s

8,0

7,6

7,3

7,0

6,0

II. Suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash ko‘lamini kengaytirish

Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishni kengaytirish, shu jumladan:

ming ga

175

250

532

1 000

2 000

%

4

5,8

12,3

23

47

tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan maydonlarni kengaytirish

ming ga

77,4

125

175

300

600

III. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash

Sug‘oriladigan yer maydonlarida sho‘rlangan yer maydonlarini kamaytirish, shu jumladan:

ming ga

1 948

1 926

1 906

1 852

1 722

%

45,7

45

44,6

43

40

kuchli va o‘rta sho‘rlangan sug‘oriladigan yer maydonlarini kamaytirish

ming ga

607

581

559

516

430

%

14

13,5

13

12

10

Yer osti suv sathi muammoli holatda (0 — 2 m) bo‘lgan yer maydonlarini kamaytirish

ming ga

1 051,1

988,1

945,2

859,2

773,4

%

24

23

22

20

18

Qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish

ming ga

48

58,2

41,5

150,8

-

IV. Suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash

Suv omborlarida va boshqa yirik inshootlarda nazorat-o‘lchash uskunalar hamda xabar berish tizimlarini modernizatsiya qilish, tiklash va yangilash

dona

-

-

5

20

55

V. Suv xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etish

Daryo va soylarda:

gidrologik postlarni raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlash

ta

2

3

4

10

14

gidrologik postlarni qayta tiklash va suvni tezkor nazorat qilish

ta

-

-

-

7

18

Suv xo‘jaligi inshootlarida real vaqt rejimida suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish uchun “Smart Water” (“Aqlli suv”) tizimini joriy etish

dona

61

151

3 250

12 000

18 576

Suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish

dona

-

10

20

50

100

Meliorativ kuzatuv quduqlarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimiga o‘tkazish

dona

66

2 000

4 022

6 985

27 270

%

0,25

7,3

30

50

100

Nasos stansiyalarida elektr energiyasi iste’moli va suv miqdorini “onlayn” rejimda monitoring qilish tizimini joriy etish

dona

-

100

327

1 700

1 821

%

-

4,6

15

93

100

VI. Sohada ilmiy-tadqiqot faoliyatni takomillashtirish va bozor mexanizmlarini joriy etish

Suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari ko‘lamini kengaytirish, ilmiy va innovatsion potensialni rivojlantirish, ilmiy yutuqlar va nou-xaularni joriy qilish

dona

15

25

28

32

40

Cuv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida loyihalarni amalga oshirish

loyiha

-

5

15

25

50

Suv resurslarini boshqarish sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish orqali suv xo‘jaligiga ajratilayotgan budjet mablag‘lari ulushini kamaytirish

%

-

-

3

15

30

VII. Sohani oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash va xodimlarni moliyaviy qo‘llab quvvatlash

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarni oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash

nafar

400

500

500

1 600

2 000

%

42

45

47

50

65

Suv xo‘jaligi xodimlari oylik ish haqini respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga yetkazish (o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan)

%

64

75

85

100

100

Izoh: Maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlarga Suv xo‘jaligi vazirligining takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlik kiritilishi mumkin.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PF-6024-son Farmoniga

2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalarni 2020 — 2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha
“YO‘L XARITA”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 3 yillik strategiyasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2020-yil

dekabr

Suv xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar
va idoralar

“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

2021-yil

mart

Suv xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Suv resurslarini boshqarish, suvdan samarali foydalanish va suvni iste’mol qilish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish maqsadida Suv kodeksini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2022-yil

dekabr

Suv xo‘jaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha barcha normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tahliliy ma’lumot

2021-yil

mart

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

Davlat geologiya qo‘mitasi, O‘zgidrometmarkaz

Suv xo‘jaligi mutaxassislari va rahbar xodimlarini malaka oshirish tizimini yaratish to‘g‘risidagi Nizom loyihasini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil dekabr

Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, O‘zgidrometmarkaz

II. Suv resurslarini prognozlash va integratsiyalashgan holda boshqarish, suv resurslarini hisobga olish va hisobotini yuritish hamda suv iste’moli me’yorlarini belgilash tizimini takomillashtirish

Suv resurslarini geoaxborot tizim asosida prognoz qilishni ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy qilish.

?ora-tadbirlar rejasi

2021-2022-yillar

O‘zgidrometmarkaz,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi

Daryo va soylardagi 12 ta gidrologik postni raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlash, 18 ta gidrologik postni qayta tiklash va suvni tezkor va ishonchli nazorat qilish tizimini yaratish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil iyul

O‘zgidrometmarkaz,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi

Suv olish limitlarini suv resurslarining prognoziga va iqtisodiyot tarmoqlari ustuvorligi hamda talablaridan kelib chiqib belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

Har yili aprel va sentabr oylari

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

Davlat geologiya qo‘mitasi, O‘zgidrometmarkaz

Davlat suv kadastri yuritilishini sifatini yaxshilash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida idoralararo ma’lumotlar almashish tizimini takomillashtirish, taqdim etiladigan kadastr ma’lumotlarini shaffofligini ta’minlash.

Kompleks

chora-tadbirlar

20202022-yillar

O‘zgidrometmarkaz,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Davlat geologiya qo‘mitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

III. Cuv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash

Cuv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini va ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha dastur ishlab chiqish.

Dastur

2020-yil

dekabr

Suv xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zbekgidroenergo” AJ,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Cuv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish va mamlakatimizda ularni qo‘llashni tashkil etish.

Takliflar

2021-yil dekabr

Suv xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zbekgidroenergo” AJ,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

“O‘zsuvloyiha” AJ,

“O‘zGIP” MChJ

Suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarida nazorat-o‘lchov uskunalari hamda xabar berish tizimlarini axborot texnologiyalaridan foydalangan holda modernizatsiya qilish va respublika miqyosida xabar berishning yagona tarmog‘ini yaratish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil dekabr

Suv xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zbekgidroenergo” AJ,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

“O‘zsuvloyiha” AJ,

“O‘zGIP” MChJ

IV. Suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, kanallarda suv yo‘qolishining oldini olish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish

Suv omborlari va irrigatsiya tizimi kanallarini modernizatsiya qilish, qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ustuvor loyihalarni tanlab olish, hududiy dasturlarni shakllantirish hamda xalq deputatlari kengashlarida oshkoralik asosida muhokamasini tashkil qilish hamda belgilangan tartibda amalga oshirish.

Hududiy va manzilli

dasturlar

Doimiy ravishda

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

Irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-amaliy kuzatuvini ta’minlash va sifatini yaxshilash.

Shartnomalar,

loyiha-qidiruvi ishlari

Doimiy ravishda

Suv xo‘jaligi vazirligi,

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti,

“O‘zsuvloyiha” AJ,
“O‘zGIP” MChJ

Cuv xo‘jaligi obyektlarini uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida o‘rganish, texnik holatini tahlil qilishda raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022 yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

“Davergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi,

“O‘zsuvloyiha” AJ,

“O‘zGIP” MChJ

Yirik gidrouzel va irrigatsiya tizimini raqamli texnologiya asosida avtomatlashtirish bo‘yicha pilot loyihani ishlab chiqish, ko‘rgazmali seminarlarni tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

100 ta yirik gidrouzel va irrigatsiya tizimini raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirishni bosqichma-bosqich amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2021-yil avgust

Qashqadaryo viloyatidagi “Do‘stlik-1,2,3” va Toshkent viloyatidagi “Bog‘i-bo‘ston” nasos stansiyalarida elektr energiyasi sarfini raqamli texnologiya asosida nazorat qilish va hisobga olish loyihalarining monitoringini olib borish, natijalarini tahlil qilgan holda respublikadagi boshqa nasos stansiyalarga joriy qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Tashkiliy

tadbirlar

2020-yil

noyabr

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Energetika vazirligi,

Moliya vazirligi

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 1 687 ta nasos stansiyasida elektr energiyasi sarfini raqamli texnologiya asosida nazorat qilish va hisobga olish tizimini joriy qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-yil iyun

Quvurli sug‘orish tizimi va sug‘orish tarmoqlari joriy qilinadigan suv xo‘jaligi obyektlari va hududlarni aniqlash, namunaviy loyiha ishlab chiqish hamda bosqichma-bosqich joriy etish.

Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2020-yil noyabr

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

“O‘zsuvloyiha” AJ,

“O‘zGIP” MChJ

Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha eng ustuvor loyihalarga investitsiyalar jalb etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va Davlat investitsiya dasturiga kiritish uchun taqdim qilish.

Takliflar

Har yili iyul

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

V. Suv xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish

KOISA xalqaro tashkilotining granti asosida 61 ta suv xo‘jaligi obyektida suvni nazorat qilish va hisobini yuritish bo‘yicha loyihaning monitoringini yuritish hamda erishilgan natijalar asosida respublikaning qolgan suv xo‘jaligi obyektlarida, jumladan, birinchi bosqichda 56 ta suv ombori, 344 ta viloyatlararo, 1 895 ta tumanlararo va 16 281 ta tuman ahamiyatiga ega bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektida raqamli texnologiyani joriy qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-yil aprel

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

“Gidroingeo” ICHB, “O‘zsuvloyiha” AJ, “O‘zGIP” MChJ

Suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalarini axborot-kommunikatsiya dasturlari asosida ishlab chiqishni to‘liq joriy qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil fevral

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Suv xo‘jaligi tashkilotlari dispetcherlik xizmatlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ofis jihozlari bilan butlash.

Kompleks

chora-tadbirlar

2020 2022-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Moliya vazirligi

VI. Sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalarini qo‘llash ko‘lamini kengaytirish

Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish?? suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan umumiy maydonlarni 2025-yilgacha 1,0 million gektarga, 2030-yilga kelib 2,0 million gektargacha yetkazish, shu jumladan, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilishni 2025-yilgacha 300 ming gektargacha va 2030-yilga kelib 600 ming gektargacha yetkazish.

Hududiy

manzilli ro‘yxatlar
va manzilli dasturlar

Har yili

may oyi

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekipaksanoati” AJ,

O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishning tizimli monitoringini yuritish hamda tahlil qilib borish.

Tahliliy ma’lumotlar

Har chorak yakuni bilan

Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini loyihalash, joriy etish va ularni ishlatish bo‘yicha malakali mutaxassislar va soha olimlari tavsiyalari asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarga davriy ravishda sayyor o‘qitish kurslarini hamda ko‘rgazmali o‘quv seminarlar tashkil qilib, markaziy va hududiy teleradiokanallar hamda internet nashrlarida yoritib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, loyiha tashkilotlari, MTRK, O‘zA, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

VII. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash

Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash va tiklash ishlari bo‘yicha ustuvor loyihalarni aniqlash, hududiy dasturlarni shakllantirish, xalq deputatlari kengashlarida oshkoralik asosida muhokamasini tashkil qilish hamda belgilangan tartibda amalga oshirish.

Hududiy dasturlar,

Manzilli ro‘yxatlar

Har yili may oyi

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

Sug‘oriladigan yerlardagi meliorativ kuzatuv quduqlarida yer osti sizot suvlari monitoringini raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda “onlayn” rejimga o‘tkazish hamda yerlarning meliorativ holati, sizot suvlarning sathlari va minerallashuvi bo‘yicha axborot tizimini yaratish va uni geoaxborot tizimi bilan integratsiyalash.

Tashkiliy tadbirlar rejasi

2021-yil mart

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi meliorativ ekspeditsiyalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini ekspress baholash imkonini beruvchi zamonaviy jihozlar, ko‘chma mobil tezkor laboratoriya va o‘lchov vositalari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash.

Kompleks

chora-tadbirlar rejasi

2021-yil aprel

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini baholash, sizot suvlar sathi monitoringini olib borish, kollektor-drenaj suvlari hisobini, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning suv-tuz balansini yuritish tizimini raqamli texnologiyalarni joriy qilgan holda takomillashtirish.

Kompleks

chora-tadbirlar rejasi

2021-yil aprel

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

Suv xo‘jaligi obyektlari kadastrini geoaxborot tizimlaridan foydalangan holda yuritish tizimini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil dekabr

Suv xo‘jaligi vazirligi,

“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi

VIII. Suv xo‘jaligi sohasiga bozor tamoyillarini, jumladan, davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini joriy qilish

Suvni yetkazish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini suv iste’molchilari tomonidan qoplash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va Moliya vazirligiga taqdim qilib borish.

Taklif

Har yili

may-iyun

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsing shartlari asosida loyihalarni amalga oshirishning tamoyillari va yo‘nalishlarini belgilash hamda ular asosida xususiy sektorga beriladigan suv xo‘jaligi inshootlari va xizmatlari ro‘yxatini shakllantirish.

Tashkiliy tadbirlar

2021-yil dekabr

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Suv xo‘jaligi obyektlarini va suv xo‘jaligini boshqarishdagi vazifalarning bir qismini yirik klaster tashkilotlari va fermer xo‘jaliklariga bosqichma-bosqich foydalanish uchun berish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil mart

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Davlat geologiya qo‘mitasi,

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

IX. Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish borasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish

Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida mintaqadagi transchegaraviy suv resurslarini birgalikda boshqarishning o‘zaro maqbul mexanizmlari yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va mintaqa mamlakatlari bilan muhokama qilish.

Takliflar

2022-yil oktabr

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

“O‘zbekgidroenergo” AJ,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Energetika vazirligi

Transchegaraviy suvlardan foydalanish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyalari normalari va tamoyillarini ilgari surishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar

2021-yil

noyabr

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

“O‘zbekgidroenergo” AJ,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Energetika vazirligi

Amudaryo, Sirdaryo va boshqa transchegaraviy daryolar suv resurslarini nazorat qilish tizimini takomillashtirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha mintaqa davlatlari bilan kelishilgan holda qo‘shma monitoring va ochiq ma’lumotlar almashish tizimini joriy qilish.

Takliflar

2022-yil dekabr

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

“O‘zbekgidroenergo” AJ,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Energetika vazirligi

X. Suv xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot faoliyatni yanada kuchaytirish, kadrlar malakasini oshirish, ilmiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirish hamda loyiha tashkilotlarining salohiyatini yaxshilash

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari butlovchi qismlarining (quvurlar, fitinglar) gidravlik ko‘rsatkichlarini tadqiqot qilish hamda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini loyihalash bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash.

Tavsiyalar

2021-2022-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti,

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

Suv resurslarini havzalar va dala darajalarida barqaror boshqarishning ilg‘or yondashuv, uslub va texnologiyalarini tadqiq qilish hamda ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Tahliliy materiallar

2021-2022-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti,

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish me’yorlari va rejimlarini har xil tuproq-iqlim sharoitida tadqiqot qilish hamda sug‘orish me’yorlari va rejimlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Tavsiyalar

2021-2022-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti,

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

Tomchilatib sug‘orish texnologiyasi butlovchi qismlari parametrlariga qishloq xo‘jaligi ekin turi, tuproq-iqlim sharoiti va sug‘orish rejimlarining ta’siri tadqiqot qilish hamda ularni loyihalash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Tavsiyalar

2021-2022-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti,

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

Har xil tuproq-iqlim sharoitida tuproqning sho‘rlanish darajasini kamaytirish va oldini olish bo‘yicha noan’anaviy texnologiyalarni tadqiqot qilish hamda pilot uchastkalarda sinash tuproq sho‘rlanish darajasini kamaytirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.

Tavsiyalar

2021-2022-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti,

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

Suv xo‘jaligi vazirligining Axborot-tahlil va resurs markazi hamda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining xorijiy davlatlar, shuningdek xalqaro tashkilotlarning axborot-tahlil va tadqiqot markazlari bilan suv xo‘jaligiga doir masalalar yuzasidan hamkorligini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy tadbir

2020 2022-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

Suv xo‘jaligi vazirligining Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti va uning bo‘linmalari moddiy-texnika bazasini yaxshilash, zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash.

Tashkiliy tadbirlar

2020 2022-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

Mahalliy va xorijiy olimlar hamda mutaxassislarni jalb qilgan holda suv xo‘jaligining barcha darajadagi xodimlarining malaka oshirishning barqaror tizimini yaratish, zamonaviy o‘quv texnologiyalari va masofaviy o‘qitish usullarini o‘quv jarayoniga joriy etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2021-2022

yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi,

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2020-y., 06/20/6024/1063-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son, 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son; 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)