|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.04.1998
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻFRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 10-avgustdagi Farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tizimi xodimlarining umumiy soni 2024 nafardan iborat qilib belgilansin, ulardan 602 nafari qoʻshimcha ravishda ajratilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Qoʻmita markaziy apparati xodimlarining soni 135 nafardan iborat qilib belgilansin (binolarni qoʻriqlovchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari).
Qoʻmitaga Raisning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Raisining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan uch nafar oʻrinbosariga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosariga hamda shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 9 kishidan iborat hayʼatga ega boʻlishga ruxsat berilsin.
Qoʻmitaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari boshliqlari Davlat bojxona qoʻmitasi Raisining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadilar.
4. Respublika ichki ishlar idoralari xodimlari uchun belgilangan huquq va imtiyozlar (lavozim maoshlari, shaxsiy maxsus unvonlar uchun ustamalar, boshqa toʻlovlar ham shu jumlaga kiradi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tizimi xodimlariga joriy etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasini 1992-yilda va keyingi yillarda taʼminlash uchun respublika budjetidan zarur mablagʻlar ajratsin.
5. Bojxona xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va ijtimoiy dasturlarni bajarish maqsadda asosli va qonuniy ravishda musodara qilingan tovar-moddiy boyliklar toʻla sotilib, budjetga tegishli toʻlovlar oʻtkazilgan taqdirda shulardan tushgan mablagʻning 20 foizi, shuningdek, savdoga daxldor boʻlmagan muomalada boj yigʻimlari, poshlinalar tarzida olinadigan rejadan tashqari daromadlar hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda 10 kun muddat ichida ushbu jamgʻarmani hosil qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddat ichida respublikada bojxona ishlari boʻyicha qonunchilik hujjatlari loyihalarini tayyorlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 20 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi organlarining oddiy va boshliqlar tarkibiga maxsus va shaxsiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarning loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati bilan birgalikda bir oy muddat ichida bojxona ishi tizimida xavfsizlik masalalarini taʼminlash boʻyicha maxsus tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
Andijon, Namangan, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududlar boʻyicha boshqarmalarini joylashtirish uchun binolar;
Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi — tegishli nomenklatura boʻyicha — moddiy-texnika resurslari, asbob-uskunalar, anjomlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari davlat qoʻmitasi — yonilgʻi-moylash materiallari;
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi va Avtomobil yoʻllari vazirligi — bojxona postlari uchun toʻsuvchi moslamalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi — lokal kompyuter tarmoqlari barpo etishni hisobga olgan holda telefon, telefaks, teletayp, radioelektron va provodli, shu jumladan, “Iskra” aloqa kanallari ajratishni taʼminlasinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi qurish, qayta qurish va zarur infrastruktura yaratish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga 1993—1995-yillarga sarmoya limitlarini nazarda tutsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi 1992—1995-yillarda “Termiz — Daryo porti” va “Ayritom” bojxona nazorat-oʻtkazish punktlarini qayta qurishni hamda chegara zonasidan tashqarida joylashgan yordamchi inshootlarni qurishni taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi 1993-yilda maxsus kiyim-bosh joriy qilishga oʻtsin, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi esa buning uchun zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi 1992-yil oxirigacha Toshkent oliy militsiya maktabi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etsinlar.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi shaxsiy tarkibiga (ularning oila aʼzolariga) tibbiy xizmat koʻrsatishning va moddiy-texnika taʼminotining mavjud tartibini saqlab qolsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida tovar-moddiy boyliklarni olib ketishni nazorat qiluvchi davlat inspeksiyasini tuzish toʻgʻrisida” 1991-yil 26-sentabrdagi 245-son qaroriga 1-ilova, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada bojxona xizmatini tashkil etish va uning faoliyati masalalari haqida” 1991-yil 26-oktabrdagi 272-son qaroriga 1, 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish oʻrtoq I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil yanvar oyida koʻrib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 12-avgust,
375-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-avgustdagi 375-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparatining
TUZILMASI
Rais
Tashkiliy-kadrlar ishlari va nazorat boshqarmasi
Ishlar boshqarmasi
Rais huzuridagi inspeksiya
Rais yordamchisi
Raisning birinchi oʻrinbosari
Kontrabandaga, bojxona qoidalari buzilishiga qarshi kurash boshqarmasi
Maʼmuriy amaliyot va deklaratsiya qilish boshqarmasi
Tez harakat qilish boʻlimi
Dastlabki tergov boʻlimi
Rais oʻrinbosari
Iqtisodiy boshqarma
Aloqa, boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlari, nazoratning texnik vositalari va kriminalistika texnikasi boshqarmasi
Moddiy-texnika taʼminoti, transport, kapital qurilish va bojxona obyektlaridan foydalanish boshqarmasi
Rais oʻrinbosari
Bojxona huquqi boʻlimi
Bojxona siyosati va tashqi aloqalar boʻlimi
Oʻquv-metodik markaz
Navbatchi qism
Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan aloqa shuʼbasi
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-avgustdagi 375-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Respublika Davlat bojxona qoʻmitasi viloyat boʻyicha boshqarmasining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-avgustdagi 375-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalari xodimlarining
SONI
| I. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri | |
| 1. Hududlar — toifadan tashqari: | |
| Toshkent shahri, Surxondaryo va Toshkent , viloyatlari | 40 nafar |
| 2. I toifa viloyatlar: | |
| Andijon, Namangan, Fargʻona va Samarqand viloyatlari | 35 nafar |
| 3. II toifa hududlar: | |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari | 30 nafar |
| 4. III toifa hududlar: | |
| Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari | 25 nafar |
|
Yuqorida qayd qilingan hududiy organlar |
— 450 nafar |
| II. Bojxona postlari va avtomatlashtirilgan ish oʻrinlari | |
| Respublika boʻyicha jami: | |
| bojxona postlari | — 181 |
| avtomatlashtirilgan ish oʻrinlari | — 40 |
|
Xodimlar soni: | |
| bojxona postlarida | — 4 nafardan 25 nafargacha |
| avtomatlashtirilgan ish oʻrinlarida | —2 nafardan |
| Bojxona postlari va avtomatlashtirilgan ish oʻrinlari xodimlarining umumiy chegaraviy soni |
— 1359 nafar |