Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallarni toʻlash mexanizmini soddalashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari masʼuliyatini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish hamda xalqaro shartnomalar doirasidagi, shu jumladan, badallarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar bajarilishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari etib belgilansin (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar).
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
vakolatli organlar Oʻzbekiston Respublikasining kelgusida tegishli xalqaro tashkilotda ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi hamda aʼzolikdan olinadigan iqtisodiy va boshqa foydalar boʻyicha doimiy tahlil olib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro tashkilot faoliyatida ishtirok etishi maqsadga muvofiq boʻlmagan taqdirda, vakolatli organlar Vazirlar Mahkamasiga kelgusi xatti-harakatlar boʻyicha asosli takliflar bilan xulosa kiritadi;
2021-yildan boshlab xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar va ular boʻyicha qarzdorliklar bevosita vakolatli organlar tomonidan mazkur qaror bilan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamgʻarmalar va oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi ishlar vazirligi Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va vakolatli organlar bilan birgalikda har yil yakuni boʻyicha xalqaro shartnomalar doirasida va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va ularning natijadorligi, tashkilotda qatnashishning maqsadga muvofiqligi va aʼzolikdan olinadigan iqtisodiy va boshqa foyda, amalda toʻlangan aʼzolik badallari toʻgʻrisida maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda har bir xalqaro shartnoma va xalqaro tashkilotda Oʻzbekiston Respublikasi ishtiroki doirasida 2020-2021-yillarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejalarini tasdiqlasin va ijrosini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Tashqi ishlar vazirligi hamda vakolatli organlar bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro shartnomalar va tashkilotlarga aʼzolik badallari toʻlovi boʻyicha majburiyatlarni xatlovdan oʻtkazsin va natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga maʼlumot kiritsin;
xalqaro shartnomalar va tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar hisobini yuritish jarayoniga axborot texnologiyalarini tatbiq etgan holda, mazkur majburiyatlar bajarilishini doimiy kuzatib boruvchi tizimni joriy qilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-iyun,
PQ-4756-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Toʻlovchilar nomi

Xalqaro shartnoma, xalqaro tashkilotning nomi

I. Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi (Oʻzbekiston tomoni vakillarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun)

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha tashkiloti Parlament assambleyasi

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Parlamentlararo ittifoq

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)

Xalqaro ombudsman instituti

Yevropa ombudsman instituti

Osiyo ombudsmanlar uyushmasi

4.

Konstitutsiyaviy sud

Konstitutsiyaviy odil sudlov boʻyicha umumjahon konferensiyasi

5.

Davlat xavfsizlik xizmati

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar aksilterror markazi

Chegara qoʻshinlari qoʻmondonlari kengashini muvofiqlashtiruvchi xizmat

6.

Mudofaa vazirligi

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning mudofaa vazirlari kengashi kotibiyati

7.

Ichki ishlar vazirligi

Jinoyat politsiyasi xalqaro tashkiloti (Interpol)

8.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Tabiiy ofatlarni kamaytirish boʻyicha Osiyo markazi

9.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

“Egmont” moliyaviy razvedka boʻlinmalari guruhi

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha Yevroosiyo guruhi

10.

Markaziy bank

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi

11.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Osiyo taraqqiyot banki

Islom taraqqiyot banki

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki

Jahon savdo tashkiloti

Savdoni rivojlantirish boʻyicha islom markazi

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki

Jahon banki guruhi

Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash islom korporatsiyasi

Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi

Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha islom korporatsiyasi

Yevroosiyo taraqqiyot banki

Yangi taraqqiyot banki

12.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining sanoatni rivojlantirish boʻyicha tashkiloti

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti

Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va treninglar markazi

Pensiya va ijtimoiy jamgʻarmalar xalqaro assotsiatsiyasi

PEMPALning Jahon banki tomonidan boshqariladigan trast jamgʻarmasi

Xalqaro ijtimoiy taʼminot uyushmasi*

121.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Xalqaro ijtimoiy taʼminot uyushmasi*

13.

Energetika vazirligi

Qayta tiklanuvchi energiya boʻyicha xalqaro agentlik

14.

Tashqi ishlar vazirligi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ijroiya qoʻmitasi

Shanxay hamkorlik tashkiloti

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha yigʻilishi kotibiyati

Xalqaro xususiy huquq boʻyicha Gaaga konferensiyasi

Turkiy davlatlar tashkiloti

Islom hamkorlik tashkiloti

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti

“Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyati

15.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik boʻyicha doimiy qoʻmita

Rus tili boʻyicha xalqaro tashkilot

16.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Xalqaro mehnat tashkiloti

161.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi

Xalqaro migratsiya tashkiloti

17.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi

Paxta boʻyicha xalqaro maslahat qoʻmitasi

18.

Suv xoʻjaligi vazirligi

Islom konferensiyasi tashkiloti huzuridagi suv resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha Islom davlatlararo tarmogʻi

Irrigatsiya va drenaj boʻyicha xalqaro komissiya

Butunjahon suv kengashi

Yirik toʻgʻonlar xalqaro komissiyasi

19.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Tamakiga qarshi kurashish boʻyicha hadli konvensiyasi kotibiyati

Qizil xoch va qizil yarim oy xalqaro federatsiyasi

20.

Madaniyat vazirligi

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarining gumanitar hamkorligi boʻyicha davlatlararo jamgʻarmasi

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)

201.

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

Madaniy meros muhofazasi boʻyicha xalqaro alyans (International alliance for the protection of heritage — ALIPH)

21.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

Butunjahon hayvonlar sogʻligʻini saqlash tashkiloti

22.

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

BMTning Choʻllanishga va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish konvensiyasi

23.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti

Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarogʻlarni ishlab chiqish, tayyorlash va toʻplashni man etish hamda ularni tugatish toʻgʻrisidagi konvensiya

24.

Milliy statistika qoʻmitasi  

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Davlatlararo statistika qoʻmitasi

25.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

Ozon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Monreal protokoli koʻp tomonlama jamgʻarmasining trast jamgʻarmasi

Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiyaning trast jamgʻarmasi

Suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili boʻlgan xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq yerlar toʻgʻrisidagi konvensiya

Ozon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi trast jamgʻarmasi

Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar boʻyicha Monreal protokoli trast jamgʻarmasi

Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi trast jamgʻarmasi

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi

Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning trast jamgʻarmasi

Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyaning trast jamgʻarmasi

Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yoʻq qilib yuborish ustidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi Bazel Konvensiyasining trast jamgʻarmasi

Afrika, Yevropa va Osiyodagi koʻchib yuruvchi suv-botqoq qushlarini muhofaza qilish boʻyicha bitim

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Atrof-muhit dasturining Atrof-muhit jamgʻarmasi

Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiyaning Bioxavfsizlik boʻyicha Kartaxena protokoli trast jamgʻarmasi

26.

“Vaqf” xayriya jamoat fondi

Islom hamkorlik tashkilotining Birdamlik islom jamgʻarmasi

27.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

Xalqaro Islom fiqhi akademiyasi

28.

Markaziy saylov komissiyasi

Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi

29.

Fanlar Akademiyasi Seysmologiya instituti

Yadro sinovlarini yalpi taqiqlash toʻgʻrisidagi shartnoma tashkiloti

30.

Milliy antidoping agentligi

Butunjahon antidoping agentligi

31.

Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti

Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi

32.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining ochiq kalitlar direktoriyasi

33.

Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Jahon meteorologiya tashkiloti

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi Hadli konvensiyasiga doir Kioto Bayonnomasi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hadli konvensiyasi

34.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiqot qilish markazi

35.

YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya

Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti

YUNESKOning Umumjahon merosi jamgʻarmasi

YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni asrash jamgʻarmasi

36.

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha islom tashkiloti

Islom dunyosi universitetlari federatsiyasi

37.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom texnologiya universiteti

38.

Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi (Mudofaa vazirligi badal toʻlash boʻyicha)

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Hukumat rahbarlari kengashi huzuridagi jangchi-baynalmilalchilar ishlari boʻyicha qoʻmitasi

39.

Hisob palatasi

Oliy audit organlarining xalqaro tashkiloti (INTOSAI)

Osiyo oliy audit organlarining xalqaro tashkiloti (ASOSAI)

391.

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

“BMT-ayollar” tuzilmasi

392.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosi

II. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar va badallar toʻlovchilarning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish

40.

Konstitutsiyaviy sud

Osiyo Konstitutsiyaviy sudlari va ekvivalent institutlari assotsiatsiyasi

Yevroosiyo konstitutsiyaviy nazorat organlari assotsiatsiyasi

41.

Mudofaa vazirligi

Xalqaro harbiy sport kengashi

Oddiy qurolning haddan tashqari koʻp zarar keltiradi yoki barcha narsaga baravar taʼsir etadi deb hisoblanishi mumkin boʻlgan konkret turlari qoʻllanilishini taqiqlash yoki cheklash toʻgʻrisidagi konvensiya

42.

Ichki ishlar vazirligi

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi hududida Uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli turdagi jinoyatchilikka qarshi kurashishni muvofiqlashtirish byurosi

Davlatlararo axborot banki

43.

Bosh prokuratura

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashi kotibiyati

Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi

44.

Majburiy ijro byurosi

Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi

45.

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Xalqaro elektr aloqasi ittifoqi

Butunjahon pochta ittifoqi

Aloqa sohasida hududiy hamdoʻstlik

Yevropa telekommunikatsiya standartlari instituti

46.

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

Xalqaro astronavtika federatsiyasi

47.

Energetika vazirligi

Energetika xartiyasi kotibiyati

48.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi

49.

Markaziy bank

Moliyaviy ommaboplik alyansi

50.

Turizm qoʻmitasi

Butunjahon turizm tashkiloti

51.

Bojxona qoʻmitasi

Butunjahon bojxona tashkiloti

52.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Xalqaro standartlashtirish tashkiloti

Standartlash, metrologiya va sertifikatlash boʻyicha davlatlararo kengash

Qonunchilik metrologiyasi xalqaro tashkiloti

Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti

Xalqaro elektrotexnika komissiyasi

53.

Adliya vazirligi

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti

Oʻsimliklarning yangi navlarini muhofaza qilish boʻyicha xalqaro ittifoq

54.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti

Xalqaro zaytun kengashi kotibiyati

55.

“Oʻzarxiv” agentligi

Xalqaro arxivlar kengashi

56.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

Yevropa va Oʻrta yer dengizi oʻsimliklar karantini va himoyasi tashkiloti

Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha xalqaro konvensiya

57.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi

“Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti” xalqaro hukumatlararo ilmiy-tadqiqot tashkiloti

58.

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Elektr energetika kengashi

59.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning temir yoʻl transporti boʻyicha kengashi

Temir yoʻl hamkorlik tashkiloti

60.

“Toshkent metropoliteni” UK

Xalqaro jamoat transporti ittifoqi

“Metro” xalqaro assotsiatsiyasi

61.

A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona

elFL.net xalqaro konsorsiumi

Davriy nashrlarni roʻyxatdan oʻtkazish xalqaro markazi

Xalqaro standart kitob raqami

Kutubxona uyushmalari va muassasalarining xalqaro federatsiyasi

Yevroosiyo kutubxona assambleyasi

62.

“Oʻzekspomarkaz” MKK AJ

Xalqaro koʻrgazmalar byurosi

63.

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi

Xalqaro triatlon uyushmasi

Osiyo triatlon konfederatsiyasi

Xalqaro biatlon ittifoqi

Xalqaro aeronavtika federatsiyasi

64.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Sugʻurta nazoratchilari xalqaro uyushmasi

Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti

65.

Soliq qoʻmitasi

Shaffoflik va soliq maqsadlarida axborot almashinuvi boʻyicha global forum

Soliq bazasini kamaytirish va daromadlarni yashirishga qarshi kurashish boʻyicha Inklyuziv dasturi (BEPS)

66.

Transport vazirligi

MDH Muvofiqlashtiruvchi transport kengashi

Xalqaro transport forumi

TRASEKA dasturi doirasida “Yevropa-Kavkaz-Osiyo” yoʻlagini rivojlantirish uchun xalqaro tashish toʻgʻrisidagi asosiy koʻp tomonlama bitim ishtirokchisi

67.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi

Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish boʻyicha xalqaro tadqiqotlar markazi (ICCROM)

* Ushbu tashkilotga aʼzolik badallarini toʻlash uni toʻlovchilarning aʼzolik yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-iyundagi PQ-237-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni (keyingi oʻrinlarda — badallar) toʻlash tartibini belgilaydi.
2. Davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajalarda xalqaro shartnomalarga qoʻshilish boʻyicha qarorlar qabul qilish “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
3. Badallar mazkur qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni toʻlovchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatida (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) koʻrsatilgan xalqaro tashkilotlarga ushbu nizom talablariga muvofiq toʻlanadi.
4. Badallar va ular boʻyicha qarzdorliklar bevosita Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar hisobini yuritish hamda monitoring qilib borish Moliya vazirligining axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
5. Badallar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — toʻlovchilar) budjetdan tashqari jamgʻarmalari va oʻz mablagʻlari hisobidan mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan toʻlovchi tashkilot tomonidan toʻlanadigan har qanday ixtiyoriy badallar faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-son qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
2-bob. Badallarni toʻlash uchun zarur boʻlgan budjet mablagʻlarini rejalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
6. Roʻyxatning 1-boʻlimida koʻrsatilgan toʻlovchilar yillik asosda toʻlov hujjatlarini (invoys) yoki xalqaro tashkilotning keyingi yil uchun rejalashtirilgan badal summasi toʻgʻrisidagi rasmiy xabarnomasini olish yuzasidan tegishli choralar koʻradi hamda buning asosida keyingi yil uchun rejalashtirilgan badallar summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotni 1-iyungacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi hamda axborot tizimiga kiritadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Toʻlov hujjatlari (invoys) yoki xalqaro tashkilotning rasmiy xabarnomasi mavjud boʻlmagan taqdirda, oldingi yillarda haqiqatda toʻlangan badallar summasidan kelib chiqqan holda, keyingi yil uchun badallarning prognoz miqdorlari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etiladi.
Kelgusi yil badallarini toʻlash maqsadida toʻlov summasini milliy valyutada hisoblash uchun toʻlovchilar keyingi yil uchun xorijiy valyutaning oʻrtacha yillik prognoz kursini, shuningdek, toʻlovlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan xarajatlarni (mablagʻlarni oʻtkazish uchun vositachilik haqi va boshqalar) hisobga olgan holda, xorijiy valyutadagi mablagʻlarni milliy valyutaga qayta hisoblaydi.
Bunda keyingi yil uchun oʻrtacha yillik prognoz kursi toʻlovchilar tomonidan xorijiy valyutaning milliy valyutaga nisbatan kursining oʻzgarish tendensiyasini hisobga olgan holda hisoblab aniqlanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida badallar miqdorining kelgusi yilda oshish ehtimolini hisobga olgan holda, badallarni toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining prognoz parametrlarida nazarda tutadi.
8. Agar oʻtgan yilda rejalashtirilgan badal miqdori bilan joriy yilda haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan miqdor oʻrtasida farq (defitsit) yuzaga kelsa, yetishmagan qism Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida xalqaro tashkilotlarga badallarni toʻlash uchun nazarda tutilgan iqtisod qilingan budjet mablagʻlari, ular mavjud boʻlmagan taqdirda esa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.
Joriy yilda toʻlanishi lozim boʻlgan badal miqdorining yetishmagan qismining keyingi yilga oʻtkazilishiga, agar bu Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot faoliyati doirasidagi huquqlarini cheklamasa, jiddiy siyosiy-iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqarmasa, mamlakat nufuziga putur yetkazmasa hamda qarzdorlik, shu jumladan badallarni toʻlamaganlik yoki toʻliq toʻlamaganlik uchun jarima sanksiyalari hisoblanishi hisobidan shakllanishini keltirib chiqarmasa yoʻl qoʻyiladi.
3-bob. Badallarni toʻlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
9. Badallar toʻlovchilar tomonidan toʻlov hujjatlariga (invoys) yoki joriy yil uchun badal miqdorini tasdiqlovchi xalqaro tashkilotning (yoki tegishli xalqaro shartnomani maʼmurlashtirish uchun masʼul boʻlgan tashkilotning (organning)) xabarnomalariga muvofiq toʻlanadi hamda toʻlangan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumot va toʻlovni tasdiqlovchi hujjatlar axborot tizimiga 3 (uch) ish kuni ichida kiritiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
10. Roʻyxatning 1-boʻlimida koʻrsatilgan toʻlovchilar 10-martgacha boʻlgan muddatda badallarni inobatga olgan holda xarajatlar smetasini tasdiqlab, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
11. Badallar va ular boʻyicha qarzdorlikni toʻlash uchun nazarda tutilgan pul mablagʻlarining konvertatsiyasi toʻlovchining oʻrnatilgan tartibda taqdim etilgan buyurtmanomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan 5 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
12. Gʻazna ijrosi bilan qamrab olinmagan toʻlovchilar badallar va ular boʻyicha qarzdorlikni toʻlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlarini qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
121. Badallar toʻlovchilar tegishli toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng 1 (bir) oy muddatda toʻlovlar xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilinganligi tasdigʻini olish choralarini koʻradi va olingan tasdiq xabarnomalarini 3 (uch) ish kuni ichida axborot tizimiga yuklaydi.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
13. Agar badallarni toʻlash boʻyicha majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilmagani Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot faoliyati doirasidagi huquqlari cheklanishiga, jiddiy siyosiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelgan, mamlakat nufuziga putur yetkazgan boʻlsa, shuningdek, qarzdorlik, shu jumladan badallarni toʻlamaganlik yoki toʻliq toʻlamaganlik uchun jarima sanksiyalari hisoblanishi hisobidan shakllanishiga olib kelgan taqdirda, shaxsiy javobgarlik tegishliligi boʻyicha:
Roʻyxatning 1-boʻlimida koʻrsatilgan toʻlovchilarga budjet mablagʻlari oʻz vaqtida va toʻliq miqdorda ajratilishini taʼminlash boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
Roʻyxatda koʻrsatilgan toʻlovchilarga, gʻazna ijrosi bilan qamrab olinmagan toʻlovchilardan tashqari, ajratilgan mablagʻlarni konvertatsiya qilib, oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi;
gʻazna ijrosi bilan qamrab olinmagan toʻlovchilar topshiriqnomasi boʻyicha toʻlovlar oʻz vaqtida va toʻliq miqdorda toʻlanishini taʼminlash boʻyicha — tijorat banklari;
badallarni toʻlash va ular boʻyicha qarzdorlik yuzaga kelmasligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini kafolatli taʼminlash boʻyicha — toʻlovchilar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
131. Badallar toʻlovchilar tegishli toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng 1 (bir) oy muddat ichida toʻlovlar xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilinganligi tasdigʻini olish choralarini koʻradi va olingan tasdiq xabarnomalarini 3 (uch) ish kuni ichida axborot tizimiga yuklaydi.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
14. Badallarni oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlaydigan toʻlovchilar har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligiga xalqaro tashkilot nomi, toʻlov miqdori va sanasini koʻrsatgan holda maʼlumot taqdim etadi.
4-bob. Hisobdorlik va badallarni toʻlashning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalarni koʻrib chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Markaziy banki axborot tizimdagi maʼlumotlar asosida xalqaro shartnomalar va tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar toʻlanishini doimiy monitoring qilib boradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi joriy yilning 1-dekabr holati boʻyicha badallarni toʻlamagan toʻlovchilarni aniqlash yuzasidan maʼlumotni shakllantiradi hamda 10-dekabrgacha boʻlgan muddatda joriy yil uchun badallarni toʻlamagan toʻlovchilarga badal toʻlovini zudlik bilan toʻlash zarurligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
17. Toʻlovchilar mazkur Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan xabarnomani olgandan keyin 10 kun muddatda badallarni toʻlashi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligiga badal toʻlangani haqida axborot berishi shart.
Agar biron-bir sababga koʻra tegishli xalqaro shartnomani yoki xalqaro tashkilot faoliyatini moliyalashtirishda Oʻzbekiston Respublikasining kelgusida ishtirok etishi maqsadga muvofiq boʻlmagan taqdirda, toʻlovchi mazkur Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan xabarnomani olgandan keyin 10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelgusi xatti-harakatlar boʻyicha asosli takliflar bilan xulosa kiritadi hamda bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda mazkur Nizomning 17-bandiga muvofiq kiritilgan taklif boʻyicha qaror qabul qiladi yoki masalani koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va (yoki) Prezidentiga axborot beradi.
5-bob. Oʻzbekiston Respublikasining badallarni toʻlash boʻyicha xalqaro tashkilotlar oldidagi qarzdorligining soʻndirilishi
19. Oʻzbekiston Respublikasining badallarni toʻlash boʻyicha qarzdorligi (keyingi oʻrinlarda — qarzdorlik) budjet mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori asosida soʻndiriladi, mazkur Nizomning 20 va 21-bandlarida nazarga tutilgan holatlar bundan mustasno.
20. Qarzdorlikni budjetdan tashqari jamgʻarmalar hamda shaxsiy mablagʻlar hisobidan soʻndirish toʻlovchi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Agar avvalgi yillar boʻyicha yoki dastlabki hisoblangan badal miqdori bilan haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan badal miqdori oʻrtasidagi farq natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikni toʻlab berish uchun vakolatli organlarning joriy yildagi budjet parametrlarida mablagʻlar yetarli boʻlganda ushbu qarzdorliklar toʻlab beriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
211. Aʼzolik badali toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlgan hollarda, ushbu qarzdorlik yuzasidan maʼlumotlar va tasdiqlovchi hujjatlar ular olingan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida badal toʻlovchilar tomonidan axborot tizimiga yuklanishi lozim.
(211-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Ishtirok etish uchun badallar toʻlash nazarda tutilgan xalqaro tashkilotga Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilganda yoki xalqaro shartnoma tuzilganda, tegishli masʼul organ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Roʻyxatga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida taklif kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
221. Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimiga barcha maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishi va doimiy yangilab borilishi uchun masʼul hisoblanadi.
(221-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlaridan kelib chiqadigan badallarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan toʻlovchi tashkilot tomonidan badallarni toʻlash
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish
muddati

1-bosqich

Roʻyxatning
1-boʻlimida koʻrsatilgan toʻlovchi

1. Toʻlov hujjatlarini (invoys) yoki xalqaro tashkilotning keyingi yil uchun rejalashtirilgan badal miqdori toʻgʻrisidagi rasmiy xabarnomasini olish yuzasidan tegishli choralar koʻradi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga keyingi yil uchun rejalashtirilgan badallar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etadi.

Toʻlov hujjatlari (invoys) yoki xalqaro tashkilotning rasmiy xabarnomasi mavjud boʻlmagan taqdirda, oldingi yillarda haqiqatda toʻlangan badallar summasidan kelib chiqqan holda, keyingi yil uchun badallarning prognoz miqdorlari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etiladi.

1-iyungacha boʻlgan muddatda


Roʻyxatning
1-boʻlimida koʻrsatilgan toʻlovchi

Tegishli xalqaro shartnomani yoki xalqaro tashkilot faoliyatini moliyalashtirishda, Oʻzbekiston Respublikasining kelgusida ishtirok etishi maqsadga muvofiq boʻlmagan taqdirda, Vazirlar Mahkamasiga kelgusi xatti-harakatlar boʻyicha asosli takliflar bilan xulosa kiritadi hamda bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi.

Zarur hollarda


2-bosqich

Moliya vazirligi

1. Badallarni toʻlashning umumlashtirilgan miqdorini shakllantiradi (AQSH dollari ekvivalentida).

2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining prognoz parametrlarida badallar miqdori kelgusi yilda oshish ehtimolini hisobga olgan holda, badallarni toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni nazarda tutadi.

Davlat budjeti parametrlarini shakllantirish doirasida


3-bosqich

Roʻyxatning
1-boʻlimida koʻrsatilgan toʻlovchi

Badallarni toʻlash boʻyicha xarajatlar smetasini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish uchun Moliya vazirligiga taqdim etadi.

Har yili
10-martgacha


4-bosqich

Moliya vazirligi

Toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan xarajatlar smetasini belgilangan tartibda roʻyxatga oladi.

Qonun hujjatlarida belgilangan

muddatlarda


5-bosqich

Toʻlovchi

Badallar va ular boʻyicha qarzdorlikni toʻlash uchun nazarda tutilgan pul mablagʻlarining konvertatsiyasi boʻyicha oʻrnatilgan tartibda shakllantirilgan buyurtmanomani Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga taqdim etadi.

Xalqaro tashkilotning moliyaviy qoidalarida belgilangan muddatlar hisobga olingan holda, budjet mablagʻlari ajratilgandan soʻng


6-bosqich

Moliya vazirligi Gʻaznachiligi

Toʻlovchi tomonidan oʻrnatilgan tartibda taqdim etilgan buyurtmanoma asosida mablagʻlar konvertatsiyasini amalga oshiradi.

Buyurtmanoma taqdim etilgandan soʻng 5 ish kuni mobaynida


7-bosqich

Toʻlovchi

Xorijiy valyutadagi mablagʻlarni xalqaro tashkilot hisobiga oʻtkazish uchun Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga oʻrnatilgan tartibda toʻlov topshiriqnomasini taqdim etadi.

Xalqaro tashkilotning moliyaviy qoidalarida belgilangan muddatlar hisobga olingan holda, konvertatsiya qilingandan soʻng


8-bosqich

Moliya vazirligi Gʻaznachiligi

Xorijiy valyutadagi mablagʻlarni xalqaro tashkilot hisobiga oʻtkazadi.

3 ish kuni ichida

* Gʻazna ijrosi bilan qamrab olinmagan toʻlovchilar badallar va ular boʻyicha qarzdorlikni toʻlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlarini qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkazadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 07/20/4756/0795-son, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 11.04.2023-y., 07/23/117/0207-son; 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son; 02.06.2023-y., 07/23/172/0319-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 08.08.2023-y., 07/23/269/0567-son; 30.09.2023-y., 06/23/164/0737-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son; 14.10.2024-y., 06/24/155/0811-son; 27.11.2024-y., 07/24/406/0971-son; 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son; 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son; 16.09.2025-y., 07/25/285/0831-son; 19.11.2025-y., 07/25/344/1063-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son; 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son; 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son; 11.03.2026-y., 07/26/86/0220-son; 22.04.2026-y., 07/26/153/0401-son)