1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.78.00 (Кучини йукотган) Taʼlimning boshqa turlari. Qoʻshimcha (maktabdan tashqari) taʼlim]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2020 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 31-oktabrdagi PQ-4503-son qarorida belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi bank, moliya tizimi uchun kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish, raqamli iqtisodiyot talablariga mos keladigan malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatdan yangi darajaga koʻtarish, ilgʻor taʼlim texnologiyalari asosida oliy taʼlimni modernizatsiya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
1. Quyidagilar:
2020 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasi 1-ilovaga;
2020 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga;
2020 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining tuzilmasi 4-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi xodimlarining malakasini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar 2020 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasining (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarini uch (oʻzbek, rus, ingliz) tilda oʻqitishni nazarda tutadigan Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) oʻqishga ochiq qabul qilishni tashkil etish;
biznes maʼmuriyatchiligi sohasida bakalavr va magistr (BBA hamda MBA) akademik darajasini bergan holda, bank biznesi va moliyani boshqarishning amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va joriy qilish;
robotlashtirishning oʻsib borayotgan taʼsiri va sunʼiy intellekt texnologiyalari rivojlanishini inobatga olib, mehnat bozoridagi oʻzgarishlarni hisobga oladigan iqtisodiyot va moliya sohasidagi istiqboldagi yangi kasblar xaritasini ishlab chiqish;
davlat namunasidagi diplom bergan holda, bakalavriat va magistratura taʼlim yoʻnalishlari orqali kadrlar tayyorlashni taʼminlash;
xalqaro eʼtirof etilgan korporativ universitetlar (“Sberbank” OAJ, Credit Suisse, Unicredit va boshqalar) bilan birgalikda qoʻshma taʼlim dasturlarini ishlab chiqish;
masofadan turib (elektron) oʻqitish orqali respublika hududlaridagi tijorat banklari filiallari uchun taʼlim dasturlarini tashkil qilish va oʻtkazish.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Akademiya Oʻzbekiston Respublikasining bank va moliya sohasi uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni hamda rahbar kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Akademiyaning bakalavriat va magistraturasida:
davlat granti mablagʻlari hisobidan — faqat davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari xodimlari;
Akademiya Kengashi tomonidan tasdiqlangan kvota boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlar taʼlim oladi.
4. Bank va moliya tashkilotlarining yuqori boshqaruv organlariga har yili:
a) oʻz xodimlarini Akademiyaning kamida:
yuqori menejment uchun — 80 akademik soat;
oʻrta menejment uchun — 100 akademik soat;
boshlangʻich darajadagi menejment va xodimlar uchun — 120 akademik soatni tashkil etadigan malaka oshirish kurslariga yuborish;
b) xodimlarni baholash, oʻqitish va rivojlantirish uchun mehnatga haq toʻlash fondining kamida 2 foizi miqdoridagi mablagʻlarni yoʻnaltirish tavsiya etilsin.
5. Akademiyaga:
davlat namunasidagi diplom bergan holda, ushbu muassasa oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq “ikki diplom” (double degree) modeli asosida magistraturada oʻqitishni tashkil qilish boʻyicha yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari bilan bitim tuzish;
magistraturada oʻqishni jahondagi taʼlim faoliyatiga oid eng yaxshi amaliyot va mehnat bozorining real talablarini hisobga olib va ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, normativ va qisqartirilgan muddatlarda (anʼanaviy va masofaviy texnologiyalar asosida) tashkil qilish (12 oy, kredit-modul tizimi boʻyicha);
masofaviy va kechki taʼlim shakllarini joriy qilish;
Akademiyaning professor-oʻqituvchilari faoliyatining turlari boʻyicha vaqt normalari, shuningdek, ular uchun cheklangan oʻquv yuklamasini belgilash;
chet ellik professor-oʻqituvchilar bilan shartnomalar tuzish;
Akademiya tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar va ishlar, shu jumladan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish narxi va tariflarini mustaqil belgilash huquqi berilsin.
6. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Akademiyaning magistraturasiga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan shaxslarni oʻqitish uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
axborot-maslahat xizmatlari koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
tijorat banklari depozitlari va qimmatbaho qogʻozlarda boʻsh mablagʻlarni joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yillik ajratiladigan mablagʻlar;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati:
a) 2020-yil 1-iyulga qadar:
Akademiya rektorini tayinlasin;
Akademiya ustavini tasdiqlasin va 7 kishidan iborat Akademiya Kengashini taʼsis etsin hamda uning tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, tijorat banklari rahbarlari va xalqaro ekspertlar, shu jumladan xalqaro moliya institutlari vakillarini jalb qilsin;
b) 2020-yil 1-avgustga qadar Akademiya huzuridagi Hisoblash markazi, Moliyaviy texnologiyalar boʻyicha mutaxassislar maktabi, Xalqaro bank maktabi, Executive MBA maktabini tashkil qilish, kampuslar qurish va ushbu tadbirlarni moliyalashtirish manbalarini belgilashni nazarda tutadigan Akademiya infratuzilmasini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash dasturi hamda biznes-rejani ishlab chiqib tasdiqlasin va ushbu dastur hamda biznes-rejada nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
8. Akademiya Kengashiga Akademiya rektorining iltimosnomasiga asosan:
davlat taʼlim standartlari, shu jumladan oʻquv yuklamasi hajmlari, malaka talablari hamda bank va moliya faoliyati mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini;
Akademiyaga oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul parametrlarini (kvotalarini);
professor-oʻqituvchilar tarkibini tanlash, baholash va ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi, bakalavriat va magistraturaga oʻqishga qabul qilish tartibi haqidagi nizomlarga oʻzgartirish kiritish hamda ularni tasdiqlash huquqi berilsin.
9. “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati Akademiya Kengashi bilan birgalikda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda, uzluksizlik va uzviylik tamoyillari asosida bank va moliya sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 2020-yil 1-sentabrga qadar tanlov oʻtkazish orqali boshqa oliy taʼlim muassasalarining iqtisodiyot mutaxassisliklari boʻyicha bakalavriat yoʻnalishining 3-kursidagi iqtidorli talabalari oʻqishini Akademiyaga koʻchirish choralarini koʻrsin.
10. Akademiya:
2021-yil 1-sentabrga qadar tavakkalchilik yuqori boʻlgan innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun venchur jamgʻarmasi va boshqaruv kompaniyasini hamda xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalarida iqtiboslar keltirilishini taʼminlagan holda, imiy maqolalar mualliflarining ishlarini moliyalashtirish maqsadida Ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil qilsin;
2022-yil 1-sentabrga qadar Akademiya Kengashi tomonidan belgilanadigan tartibda bakalavriat dasturlari boʻyicha oʻqishga qabul qilishni tashkil etsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga Akademiyaning pedagog va ilmiy xodimlarini xorijiy ilgʻor oliy taʼlim va ilmiy muassasalar, banklar va boshqa moliya tashkilotlarida malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborishga amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Akademiya va yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga koʻmaklashsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Akademiyani har chorakli va yillik statistika maʼlumotlari tarqatilishi majburiy boʻlgan roʻyxatga kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Akademiyaga 2020-yil 1-noyabrga qadar maʼlumotlarni 1 Gbit/s dan past boʻlmagan tezlikda uzatishni taʼminlagan holda, yuqori tezlikdagi internet-aloqa kanali taqdim etilishini taʼminlasin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.K. Mirsoatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 8-iyun,
365-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 365-son qaroriga 1-ILOVA
2020 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish
KONSEPSIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
Ushbu Konsepsiya taʼlim sifatini yaxshilash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 31-oktabrdagi PQ-4503-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida barcha manfaatdor tomonlarning manfaatlari uygʻunligini taʼminlash asosida bank va moliya sohasining yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.
Ushbu Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari, vazifalari va rivojlanish bosqichlarini belgilaydi.
2-bob. Akademiyadagi joriy holatning qisqacha tavsifi
Akademiyada 2019-2020 oʻquv yili holatiga koʻra, 11 ta mutaxassislik boʻyicha 397 ta magistratura tinglovchisi taʼlim olmoqda, 7 ta kafedra va 5 ta fakultet mavjud.
2019-2020 oʻquv yili uchun kirish test sinovlari davomida “Investitsiyalarni boshqarish” va “Pensiya fondlarni boshqarish” mutaxassisliklari boʻyicha oʻtish ballari 300 balldan 96 — 98 (32 foiz) ballgacha kamaydi. Akademiyaning barcha mutaxassisliklari boʻyicha 2014-yildan boshlab oʻrtacha oʻtish ballari 46,9 foizdan oshmadi. Kirish test natijalariga koʻra, oʻtgan 5 yil davomida oʻrtacha oʻtish nuqtasi past boʻlib qolmoqda va pasayishni davom etmoqda.
Belgilangan qabul qilish tartibiga muvofiq bank, vazirlik va idoralarning amaldagi xodimlari Akademiyaga oʻqishga yuqori boshqaruv va ishbilarmonlik salohiyatiga ega boʻlgan ish beruvchilarning tavsiyasiga binoan yuborilgan.
Akademiyaning barcha bitiruvchilari magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilishlari shart, bu xalqaro amaliyotda ilmiy va pedagogik kadrlarni tayyorlashda majburiy boʻgʻin hisoblanadi (M.A., M.Sc.). Shu bilan birga, Akademiya maqsadli auditoriyasining xususiyatlarini — mavjud va salohiyatli rahbarlari oʻqishini inobatga olib, oʻqishni loyihalarni boshqarish, biznes salohiyati va xodimlarni boshqarish koʻnikmalarini rivojlantirishga asoslangan holda, diplom biznes loyihasini himoya qilgandan soʻng biznesni boshqarish boʻyicha bakalavr va magistr (VVA va MVA) akademik darajasini berish orqali tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
2019-2020-yillarda 138 nafar tinglovchi davlat granti hisobidan, 159 nafar tinglovchi esa toʻlov-kontrakt asosida tahsil olmoqda. Bunda Moliya vazirligi, “Agrobank” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB va “Xalq banki” AT shartnomalar boʻyicha eng yirik buyurtmachi hisoblanadi. Bu esa qabul jarayonining bozorga moʻljallanmagani va yetarli darajada ochiq emasligini koʻrsatmoqda.
Respublikada oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish hajmi 2016-yilga nisbatan 92 foizga oʻsgan boʻlsa-da, Akademiyada bu koʻrsatkich 2011-yildan beri bir xil darajada qolmoqda. Akademiyada oʻquv xonalarining yetishmasligi va zamonaviy elektron va masofaviy taʼlim vositalaridan yetarli darajada foydalanilmayotgani qamrov darajasi oʻsmasligining asosiy sababidir.
2017 — 2019-yillarda Akademiyaning 178 nafar tinglovchisi va 14 nafar oʻqituvchisi Germaniya, Yaponiya, Chexiya, Italiya va boshqa xorijiy mamlakatlarda stajirovka oʻtagan, 2019-yilda xorijda malaka oshirgan tinglovchilar soni ikki barobarga oshgan. Biroq, tinglovchilarning 75 foizdan ortigʻi rivojlangan mamlakatlar tajribasini shaxsan oʻrganish imkoniga ega emas, bu esa koʻp jihatdan xorijiy tillarni, shu jumladan rus va ingliz tillarini bilmasliklari bilan belgilanadi.
Akademiyada “Bank ishi”, “Moliya”, “Soliqlar va soliqqa tortish” mutaxassisliklari boʻyicha xorijiy tillarda asosiy fanlarni oʻqitish deyarli mavjud emas. 66 nafar professor-oʻqituvchilardan faqat 9 nafari xorijiy tillarni bilish sertifikatiga ega. Akademiya xorijiy taʼlim muassasalari bilan birgalikda “ikki tomonlama diplom” berish orqali taʼlim dasturlarini amalga oshirmaydi. Taʼlim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik darajasi va Akademiya diplomini tan olish darajasi yetarli emas.
Professor-oʻqituvchilarning bazaviy lavozim maoshlari 2016-yilga nisbatan 3 baravarga, oʻqituvchilarning esa 2,4 baravarga koʻpaydi. Biroq, bu professor-oʻqituvchilar tarkibining ilmiy samaradorligini oshirishga ijobiy taʼsir koʻrsatmadi, yaʼni soʻnggi uch yilda chet elda chop etilgan jami ilmiy maqolalar soni 72 tani tashkil etdi, xolos. Xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan maqolalar va iqtibos keltirishlar soni xalqaro reytinglarga kiritish talablariga javob bermaydi.
Qisqa muddatli dasturlar portfelida xalqaro bozorda qimmatli qogʻozlar, investitsion banking, oʻzgarishlarni boshqarish, raqamli va “yumshoq” koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, oʻqituvchilarni ichki oʻqitish boʻyicha dolzarb kurslar mavjud emas. Taʼlim mijozlarining qoniqish darajasi (NPS indeksi) baholanmaydi.
Xarajatlar tarkibining 63 foizi mehnatga haq toʻlash fondidan iborat boʻlib, moddiy-texnik vositalarni yangilash uchun faqat 3,3 foizi sarflandi, zamonaviy kompyuterlar va dasturiy taʼminot bilan jihozlash darajasi past darajada. Akademiya faoliyatini moliyalashtirish ilmiy salohiyatni oshirish va yetarli darajada jihozlanishini taʼminlash imkonini bermaydi.
Bugungi kunda bank va moliya sohasida kasb-hunar taʼlimi va kadrlar malakasini oshirish tizimida oʻz yechimini talab qiladigan quyidagi dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda:
a) kadrlarning strategik boshqaruvi, rahbarlarni baholash va rivojlantirish sohasida:
banklar va moliya tashkilotlarining strategik ustuvorliklari, shu jumladan xodimlarni boshqarish strategiyasi yetarli darajada shakllanmagan;
banklarning korporativ madaniyat qadriyatlari va strategik ustuvorliklarini qoʻllab-quvvatlovchi hamkorlikning axloqiy meʼyorlari shakllantirilmagan;
kompetensiyalarga asoslangan yondashuv yetarlicha tarqalmagan, rahbar kadrlar va asosiy mutaxassislarni kompetensiyalari boʻyicha xulq-atvor koʻrsatkichlari bayon etilmagan, dolzarb kompetensiyalar modellari shakllanmagan,
xodimlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishda tizimlilik yetarli emas, kompetensiyalarga asoslanib baholash texnologiyalaridan keng foydalanilmaydi;
koʻpincha mahorat oshishi va martaba oshishi oʻrtasidagi mutanosiblik buziladi;
kadrlar zaxirasi bilan ishlash yetarli emas;
b) moddiy-texnik bazani mustahkamlash sohasida:
Akademiya mablagʻlarining asosiy qismi ish haqiga sarflanadi, oʻquv va ilmiy laboratoriyalarni yangilash, bino va inshootlarni qurish va taʼmirlashga yetarlicha mablagʻ yoʻnaltirilmaydi;
tinglovchilar turar joyi, sport-sogʻlomlashtirish obyektlari va ijtimoiy infratuzilma obyektlari mavjud emas, bugungi talablarga javob beradigan moddiy-texnik baza shakllantirilmagan;
masofaviy taʼlimni, shu jumladan hududlarda taʼminlashga qodir zamonaviy kompyuterlar va dasturiy taʼminot bilan taʼminlash darajasi yetarli emas;
bakalavr yoʻnalishi tinglovchilarini oʻqitish uchun yetarli oʻquv xonalari mavjud emas;
v) oliy taʼlim va malaka oshirish bilan qamrab olish sohasida:
qisqa muddatli malaka oshirish dasturlari bilan qamrab olish oʻta past darajada;
taʼlim dasturlari mazmunini shakllantirishda ish beruvchilarning ishtiroki yetarli darajada emas;
bank va moliya muassasalarida amaliy mashgʻulotlar yetarli darajada tashkil etilmagan, tayyorlanayotgan mutaxassislarning malaka darajasi mehnat bozorining zamonaviy talablariga yetarlicha mos kelmaydi;
darsliklar va qoʻshimcha adabiyotlar yetishmasligi, oʻquv adabiyotining sifatini yaxshilash, xorijiy adabiyotlardan foydalanish boʻyicha ishlar yetarli darajada tashkil etilmagan;
iqtidorli yoshlar orasidan tinglovchilarni tanlash mexanizmlari mavjud emas;
pedagog xodimlarning malakasini oshirish tizimi samarasiz tashkil etilgan;
g) ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat sohasida:
ilmiy faoliyat boʻyicha ilmiy nashrlarning tan olingan xalqaro maʼlumotlar bazalarida kerakli nashr va iqtibos darajasi taʼminlanmagan;
innovatsion faoliyat va tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish samaradorligi yetarli emas, taʼlim, fan va biznes integratsiyasi taʼminlanmagan;
ilmiy-tadqiqot ishlari bank va moliya faoliyati doirasidagi mavjud muammolarni hal etish taʼminlanmagan;
professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatini ragʻbatlantirish mexanizmlari yaratilmagan;
d) Akademiyaning jozibadorligini oshirish va raqobatbardoshligini xalqaro miqyosda taʼminlash sohasida:
taʼlim dasturlari va taʼlim tizimi xalqaro standartlarga toʻliq mos kelmaydi, xususan, kredit-modul tizimi joriy etilmagan;
tinglovchilar uchun zarur boʻlgan yashash joylari va ijtimoiy infratuzilma obyektlari mavjud emas.
3-bob. Bank va moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yoʻnalishlari
Rahbar va mutaxassislarni oʻqitishning asosiy maqsadi kasbiy bilimlarni shakllantirish, kompaniyalarning strategik maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni shakllantirish va moliya tashkilotlarining mijozlari talablarini qondirishni yuqori darajada taʼminlashdir.
Quyidagilar bank va moliya tizimida oliy taʼlimni rivojlantirish va kadrlar malakasini oshirishning muhim strategik maqsadlari hisoblanadi:
dolzarb bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislarda mavjud soha ehtiyojlarini taʼminlash;
barcha istiqbolli rahbar va mutaxassislarni malaka oshirish dasturlari bilan qamrab olish;
zamonaviy Yevropa va Amerika standartlariga muvofiq soha oliy taʼlim tizimini rivojlantirish;
innovatsiya va ilmiy ishlanmalarni rivojlantirish va monetizatsiya tizimini yaratish.
Oʻqitish va malaka oshirish jarayoni hozirgi zamonga xos boʻlgan xususiyatlar bilan murakkablashadi:
axborot almashish jarayonlarini tubdan tezlashtirish va zamonaviy mutaxassis tomonidan oʻzlashtirish zarur boʻlgan bilimlar hajmining oshishi;
ommabop maʼlumotlarning mavjudligi va oʻqituvchilar ilgari ega boʻlgan “bilimlar monopoliyasi” bekor boʻlgani;
oʻqituvchining oʻrni, bilimning yagona manbasidan, tinglovchining individual rivojlanishini qoʻllab-quvvatlaydigan va unga hamroh boʻladigan mutaxassisga aylantirilishi, uning individual kasbiy oʻsishi va rivojlanishida koʻmak beradigan murabbiyga aylanishi;
malaka standartlarini tez oʻzgaruvchan faoliyat sharoitlariga muntazam qayta koʻrib chiqish va moslashtirish zarurati;
raqamli texnologiyalarni amaliyotga kiritish va muntazam operatsiyalarni amalga oshirish tufayli qoʻl mehnatini bosqichma-bosqich robotlashtirish;
“VUCA — Dune” taʼsiri — bashorat qilish qiyin boʻlgan beqarorlik, murakkablik va noaniqlik bilan ajralib turadigan va har bir mutaxassis oʻz qobiliyatini tez oʻzgaruvchan dunyoga doimiy ravishda moslashtirishga majburligi.
Oliy taʼlim tizimini rivojlantirish, bank va moliya tizimi xodimlari malakasini oshirish uzoq muddatli, maqsadli, istiqbolli vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi ustuvor yoʻnalishlar asosida amalga oshiriladi:
professional kompetensiyalarni boshqarish tizimini tashkil etish;
abituriyentlar va magistraturaga qabul qilinayotganlarning sifat darajasini oshirish;
bank, moliya tizimi rahbarlari va mutaxassislarining rivojlanish va malaka oshirish dasturlari bilan qamrab olinishini kengaytirish;
moliyaviy mustaqillik va barqarorlikni taʼminlash, moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash;
kadrlar buyurtmachilari, tinglovchilar va xodimlarning yuqori darajada qoniqishiga erishish;
ilmiy salohiyatni rivojlantirish;
Akademiyaning xalqaro tan olinishi va raqobatbardoshligini taʼminlash.
1-§. Professional kompetensiyalarni boshqarish tizimini tashkil etish
Malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash uchun quyidagi tadbirlar orqali standartlash, baholash va kasbiy malakalarni rivojlantirish tizimini yaratish zarur:
xodimlarning oʻz ishlari muvaffaqiyatli bajarilishini taʼminlaydigan xatti-harakatlarni tavsiflovchi kompetensiyalar modellarini ishlab chiqish;
yetarli boʻlmagan bilim, koʻnikma, qobiliyat va dalillarni aniqlash imkonini beruvchi kompetensiyalarni baholash tizimini joriy etish;
Akademiya tinglovchisini taʼlim va rivojlanish natijalariga bogʻliq individual rivojlanish trayektoriyasi keyingi uch yilga shakllantiriladi va istiqboli har yili qayta koʻrib chiqiladi;
kadrlar buyurtmachilari rahbarlarining bevosita ishtirokida Akademiya bitiruvchilarining kasbiy kamoloti rejasini tuzish ishlarini tashkil etish.
Xodimlar malakasini oshirish va ularni oʻqitish jarayoni ish jarayonining ajralmas qismi boʻlib, quyidagi prinsiplarga muvofiq tizimli ravishda amalga oshirilishi kerak:
asoslanganlik va dolzarblik — oʻqitish insonning eng yorqin isteʼdodlarini rivojlantirish va muhim kamchiliklarini bartaraf etish uchun sohalarni baholash natijalari asosida amalga oshiriladi, taʼlim dasturi biznesning ustuvor ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tuziladi;
mavjudlik va individuallik — tinglovchi haftaning har qanday kunida 24 soat davomida onlayn taʼlim tizimiga kirish imkoniyatiga ega boʻlib, mustaqil ravishda individual rivojlanish trayektoriyasi uchun tavsiya etilgan mavzular orasidan tanlab olinadi;
yaxlitlik va tizimlilik — taʼlim mazmuni qisqa xabarlar, bir vaqtning oʻzida bitta muammo va tegishli yechimlar boʻyicha yagona bilim tizimiga bogʻlangan turli formatlar shaklida taqdim etiladi;
koʻnikmalarni koʻp qirraliligi — shaxslararo, professional va raqamli koʻnikmalarni integratsiyalash;
natijadorlikni nazorat qilish — oʻquv materiallarini oʻzlashtirish darajasini doimiy baholash, tinglovchilar va mijozlarning fikr-mulohazalarini yigʻish;
amaliy yondashuv — oʻquv jarayonining amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilganligi.
Barcha darajadagi mutaxassislar va rahbarlarni oʻqitish va rivojlantirish oʻzini oʻzi oʻrgatadigan tashkilotning madaniyatiga asoslanadi va uygʻun tarzda amalga oshiriladi:
ish joyida oʻsish, yangi rivojlanish vazifalari, loyihalar va jamoaviy ishlarni amalga oshirish jarayonida;
murabbiylar va ustozlar yordamida bevosita rahbar koʻmagida rivojlanish;
dolzarb professional bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish imkonini beruvchi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish.
Xodimlarning rivojlanish dasturlari muvaffaqiyatli boʻlishi uchun inson taʼlim muhitida muntazam, tizimli oʻzaro intensiv munosabatda boʻlishi shart, shuning uchun xodimlarning barcha darajalari uchun oʻqitish davomiyligining minimal yillik standartlari quyidagicha belgilanadi:
80 akademik soat — yuqori boshqaruv uchun;
100 akademik soat — oʻrta boshqaruv uchun;
120 akademik soat — boshlangʻich darajadagi boshqaruv va xodimlar uchun.
Xodimlarni baholash, oʻqitish va rivojlantirish xarajatlarini budjetlashtirish boʻyicha tavsiya etilgan minimal standart bank va moliya sohasidagi tashkilotlar mehnatga haq toʻlash fondining 2 foizi miqdorida belgilanadi.
Akademiyada taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish quyidagi formatlarda amalga oshiriladi:
aralash taʼlim — anʼanaviy kunduzgi taʼlim shakllarini maxsus axborot texnologiyalaridan foydalanadigan elementlar bilan birlashtirish;
masofaviy taʼlim — masofaviy taʼlim texnologiyalari xamda axborot-telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda, taʼlim oluvchilar va oʻqituvchilarning bilvosita oʻzaro hamkorligi orqali oʻqitish;
elektron taʼlim — axborot texnologiyalari, texnik vositalar, shuningdek, axborot-telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda, zarur axborot uzatishni taʼminlaydigan oʻqitish;
yuzma-yuz oʻqitish — tinglovchilarning oʻqituvchi bilan bevosita oʻzaro hamkorligida auditoriya mashgʻulotlari.
Akademiyaning taʼlim dasturlari portfeli quyidagi dasturlarni oʻz ichiga oladi:
xodimlarning ixtisoslashtirilgan kasbiy malakalarini rivojlantirish, tartibga solish organlari talablarini bajarish va ustuvor kompetetsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan majburiy dasturlar;
tinglovchilar rivojlanishining individual trayektoriyasi bilan belgilangan kasbiy malakalarni rivojlantirishga qaratilgan tanlov dasturlari;
rahbarlarning darajasiga qarab belgilanadigan kasbiy malakalarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar.
2-§. Magistraturaga kiruvchi nomzodlar va abituriyentlarning sifat darajasini oshirish
Magistraturaga kiruvchi abituriyentlar va nomzodlarning sifat darajasini hamda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida quyidagi tadbirlar oʻtkazilmoqda:
2020 oʻquv yilidan boshlab, taʼlimning uzluksizligiga erishish maqsadida tarmoq mutaxassislari uchun bakalavriat, magistratura va doktoranturani tashkil etish;
boshqa oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat dasturlari boʻyicha tinglovchilarni Akademiyada belgilangan tartibda tanlovdan oʻtganidan keyin oʻqishga qabul qilish.
Markaziy bank va boshqa davlat organlari bilan birgalikda:
har yili oʻrta maktab oʻquvchilari va kollej talabalari oʻrtasida moliyaviy savodxonlik boʻyicha respublika olimpiadasini oʻtkazish;
aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga, investitsiyalarni, soliqlarni va toʻlovlarni, pensiya va tartibga solish yangiliklarini, jamgʻarmalarni saqlab qolish uchun oʻziga xos va yangi vositalar haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan teledasturini yaratish;
bank va moliya mutaxassisliklari boʻyicha oliy taʼlim muassasalari va korporativ universitetlarning tinglovchilari oʻrtasida har yili bank ishi va moliya sohasiga oid masalalar boʻyicha xalqaro keys-chempionatlar va olimpiadalarni oʻtkazish;
ilmiy-tadqiqot toʻgaraklari faoliyatini tashkil etish va iqtidorli yoshlarni jalb etgan holda olimpiada, tanlovlar sovrindorlari ishtirokida loyiha-tadqiqot ishlar doirasida alohida yechimlarni ishlab chiqib, televidenida yoritib borishni tashkil etish;
har yili iqtidorli yoshlar, ixtisoslashtirilgan olimpiadalar va tanlovlar gʻoliblari uchun stipendiyalar tashkil etish.
Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida Akademiya bitiruvchilari uyushmasining boʻlimlarini tashkil qilish va ularning asosiy vazifasi oʻqishni tamomlagandan soʻng yuqori malakani saqlab qolish va iqtidorli yoshlarni taʼlim loyihalari, ijtimoiy va biznes loyihalarga jalb qilishdir.
3-§. Bank, moliya tizimi rahbarlari va mutaxassislarining rivojlanish va malaka oshirish dasturlari bilan qamrab olinishini kengaytirish
Soha rahbarlari va mutaxassislarini rivojlantirish hamda malakani oshirish dasturlari bilan qamrab olishni kengaytirish maqsadida quyidagi tadbirlar oʻtkazilmoqda;
2020-2021 oʻquv yilida masofadan elektron taʼlimni taʼminlovchi dasturiy-texnik komplekslarni ishlab chiqish va joriy etish:
shaxsiy masofaviy taʼlim va rivojlanish asinxron usullarini qoʻllash;
maʼlumotlar bazasiga 24/7 real vaqtda kirish va oʻqitish imkoniyatini taʼminlash;
baholash natijalari, mustaqil ish va foydalanuvchi oʻqitish tarixi asosida kompetensiyalarni rivojlantirish boʻyicha alohida tavsiyalar ishlab chiqishni avtomatlashtirish;
tinglovchilarning shaxsini aniqlash, oraliq va yakuniy attestatsiyadan oʻtish vaqtida, shu jumladan sinov/imtihon vaqtida harakatlarini doimiy nazorat qilish;
kurslar, amaliy mashgʻulotlar, uy vazifalari, testlar va Tin Can Api shaklidagi (masofaviy taʼlim sohasidagi dasturlarning bir turi boʻlib, oʻquv tizimlarini har qanday turdagi oʻquv mashgʻulotlarini kuzatish va qayd etish orqali oʻzaro muloqot qilish imkonini beradi), shu jumladan peer-to-peer shaklidagi yakuniy attestatsiyalardan foydalanish (tenglarga tenglar oʻrgatish);
yakuniy attestatsiyaga tayyorgarlik koʻrish uchun test oʻyin formatlarini qoʻllash;
mobil va veb-ilovalar orqali oʻquv jarayonining shaffofligini taʼminlash;
elektron kutubxonani boyitish, shu jumladan:
elektron va audio kitoblar bazasini kengaytirish;
oylik axborot-tahliliy videoblog yuritish;
ekspertlarning videolavhalarini joylashtirish;
axborot-tahlil jurnalining elektron shaklini tatbiq qilish;
taʼlim, biznes va oʻzini oʻzi rivojlantirish sohalariga oid adabiyotlar bilan boyitish;
qogʻozli kutubxona fondini raqamlashtirish;
masofaviy elektron taʼlimning dasturiy-texnik komplekslari ishlashini taʼminlovchi axborot-hisoblash markazini yaratish;
Akademiyani yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻi bilan uzluksiz taʼminlash, tinglovchilarni mustaqil oʻqishi uchun infratuzilma imkoniyatlarini kengaytirish.
4-§. Moliyaviy mustaqillik va barqarorlikni taʼminlash, moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash
Akademiyaning moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini taʼminlash, moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshirilmoqda:
pulli taʼlim va axborot-maslahat xizmatlarini rivojlantirish;
Akademiya tomonidan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish koʻrsatkichlari va tartibni ilmiy salohiyat va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilash;
bakalavriat, magistratura va axborot-maslahat xizmatlari yoʻnalishlari boʻyicha xizmatlar (kontrakt) qiymatini mustaqil belgilash;
har yili Akademiya ekspertlarining professional malakasi doirasidagi masalalar boʻyicha loyiha-izlanish ishlari va axborot-maslahat xizmatlarini bajarish uchun banklar, moliya muassasalari va boshqa tashkilotlar buyurtmalari portfelini shakllantirish;
har chorakda bank va moliya sohasi faoliyatining muammolarini batafsil koʻrib chiqadigan ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish, tarmoqni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi tashabbuslarni ishlab chiqish, keyinchalik biznes-inkubator va biznes-akselerator doirasida amalga oshirish;
Akademiya bitiruvchilari va oʻqituvchilariga hamda tadbirkorlikni boshlovchilarga ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarini tijoratlashtirish uchun bank va moliya sohasida innovatsion bizneslarni yaratishga imkon beruvchi biznes-inkubator yaratish;
bank, moliya va iqtisodiyotning boshqa subyektlariga biznesni innovatsion oʻzgartirish, rivojlanish jarayonlarini oʻrganish va innovatsion loyihalar boshqaruvi boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi biznes-akselerator yaratish;
amaliy yoʻnalishdagi innovatsion texnologik ishlanmalarni moliyalashtirish uchun venchur jamgʻarmasini tashkil etish (innovatsion korxonalar va loyihalar (startaplar) bilash ishlashga yoʻnaltirilgan va yuqori daromad olish maqsadida yuqori darajada tavakkal qiladigan korxonlarning qimmatli qogʻozlari yoki ulushiga investitsiya sarflaydigan tavakkalchilikka yoʻnaltirilgan investitsiya jamgʻarmasi). Odatda, loyihalarning 70 — 80 foizi daromad keltirmasa ham, qolgan 20 — 30 foizi barcha zararlarni qoplashi mumkin);
Akademiyada notijorat tashkilotning maqsadli kapital (endaument) jamgʻarmasini shakllantirish (muassis, homiylar, kraudfanderlar va boshqa manbalardan tushgan pul mablagʻlari va mulk hisobidan shakllantiriladigan endaument-jamgʻarma ishonchli boshqaruvga boshqaruv kompaniyasiga daromad olish maqsadida beriladi);
Akademiyaning zamonaviy moddiy-texnik bazasini tashkil etish va ilmiy salohiyatini rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlarining grantlari va texnik yordamlarini jalb etish.
5-§. Kadrlar buyurtmachilarining talabini yuqori darajada qondirishga erishish
Mutaxassislarni oʻqitish natijalariga koʻra, kadrlar buyurtmachilari talabining yuqori darajada qondirilishini hosil qilish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshirilmoqda:
Akademiya huzurida kadrlar buyurtmachilari va chet ellik sheriklar bilan hamkorlikda korporativ maktablar va kafedralarni tashkil etish, ularning manfaatlarini qondirish, strategik ustuvorliklar va korporativ madaniyatiga qatʼiylikni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi banklari rahbarlari va xalqaro ekspertlar, shu jumladan xalqaro moliya institutlari vakillari — umumiy 7 kishidan iborat, ushbu Konsepsiyani bajarish uchun oʻz faoliyatini amalga oshirish tartibi va qoidalarini mustaqil ravishda belgilovchi Akademiya kengashini tashkil qilish. Uning vakolati doirasida quyidagilar tasdiqlanadi:
Akademiyaning ustavi va tuzilmasi;
davlat taʼlim standartlari, shu jumladan oʻquv yuklamasi hajmi, malaka talablari, bank va moliya faoliyati mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlari;
Akademiyaga oʻqishga qabul qilish boʻyicha koʻrsatkichlar (kvota);
professor-oʻqituvchilar tarkibini tanlash, baholash va ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
bakalavriat va magistraturaga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom va Akademiya faoliyatini takomillashtirishni taʼminlaydigan boshqa tartib va qoidalar;
tinglovchilarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, raqamli texnologiyalardan foydalanib oʻqitishni taʼminlash maqsadida 2020-yildan boshlab Akademiya magistraturasida masofadan va kechki taʼlim shakllari boʻyicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
taʼlim jarayonida oʻqitiladigan fan boʻyicha dolzarb professional tajribaga ega boʻlgan amaliyotchi-mutaxassislarning ishtirokini tashkil etish, shuningdek, professor-oʻqituvchilarning banklarda, tegishli tarmoq korxonalarida va muassasalarida qisman bandligini taʼminlash.
Har yili kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilmoqda:
tegishli oʻquv rejalarini, dasturlarini ishlab chiqish va mutaxassislarni oʻz vaqtida tayyorlash maqsadida kadrlar buyurtmachilari tomonidan uch yil oldin mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojlarni rejalashtirish;
Akademiya Kengashi bilan kelishilgan holda oʻquv rejalari, magistratura dasturlarini qayta koʻrib chiqish;
kadrlar buyurtmachilari talabnomalari asosida qisqa muddatli oʻquv dasturlari portfelini shakllantirish, qayta koʻrib chiqish va yangilash;
tijorat banklari va moliya tashkilotlari rahbarlarini Akademiyaning eng yaxshi tinglovchilari va tinglovchilariga mentor sifatida biriktirish;
oʻqituvchilar, tinglovchilar va magistratura tinglovchilarining banklarda va tegishli soha tashkilotlarida taʼlim jarayonidan boʻsh vaqtlarida qisman bandligini tashkil etish;
banklar, korxonalar va tashkilotlar buyurtmasi boʻyicha bajariladigan real biznes loyihalar va tadqiqotlar asosida tinglovchilarning ishlab chiqarish, malaka va boshqa amaliyotlarini tashkil etish;
banklarga, korxonalarga, muassasalarga, ilmiy-tadqiqot markazlariga va institutlarga har haftalik safarlarni tashkil etish, ishlab chiqarishdagi mavjud muammolarga yangi yechimlarni topish, tajribali amaliyotchilarni oʻquv jarayoniga faol jalb etish, ishlab chiqarish infratuzilmasidan keng foydalanish va oʻquv jarayonida amaliy misollar keltirish;
iqtisodiyotning bank va moliya sektori dolzarb muammolaridan kelib chiqqan holda, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzularini aniqlash;
biznes maʼmuriyatchilining bakalavr va magistr (BBA va MBA) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha maqsadli taʼlim dasturini yaratish hamda tanqidiy va ijodiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan diplom biznes loyihasini himoya qilish asosida malaka darajasi berish;
oʻz ustida ishlash uchun taʼlim dasturlari boʻyicha soatlarning 50 foiz ulushini oʻrnatish;
bitiruvchilar malakalarining ish beruvchi talablariga muvofiqligini aniqlash, kadrlar tayyorlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida har yili buyurtmachilar oʻrtasida soʻrov oʻtkazish.
6-§. Ilmiy salohiyatni rivojlantirish
Akademiyaning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, professor-oʻqituvchilar tarkibini yangilash maqsadida quyidagi tadbirlar oʻtkazilmoqda.
yuqori darajadagi iqtibosga ega ilmiy maqolalar mualliflari uchun (ish haqi va relokatsiya boʻyicha alohida shart-sharoitlar yaratib berilishini taʼminlash orqali) doimiy va loyihaviy ishlarga jalb qilish, kamida 10 foiz;
professional sohada katta yutuqlarga erishgan yuqori malakali chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilish (Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan chet el oliy taʼlim muassasalari filiallarining professor-oʻqituvchilarini ish haqi darajasidan past boʻlmagan shart-sharoitlarni yaratib), kamida 10 foiz;
joriy statistik va tahliliy axborotlar, makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bank va moliya sohasining boshqa koʻrsatkichlarini vakolatli davlat organlari tomonidan har chorakda taqdim etib borish;
Markaziy bank, vazirliklar, agentliklar va idoralar huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan tahliliy materiallar va hisobotlarni oʻzaro almashish, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlarini Akademiya ixtisoslashuviga muvofiq ilmiy-tadqiqot faoliyati boʻyicha oʻqitish va ularning ishtirokini, hamkorlikni tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlanmalarga intellektual huquqlar himoyasini taʼminlash;
fanlararo tadqiqotlarni rivojlantirish, yetakchi mahalliy va xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari va taʼlim muassasalari bilan qoʻshma tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish;
Akademiya tinglovchilarini koʻngillilar va assistent-tadqiqotchilar sifatida grantlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish;
Akademiyada oʻqitiladigan mutaxassisliklar boʻyicha doktorlik dissertatsiyalarini (Doctor of Science) himoya qilish boʻyicha Ilmiy kengash ishini qayta tiklash va qayta tashkil etish;
Akademiya tomonidan davlat taʼlim standartlarini bank-moliya faoliyatining zamonaviy talablariga muvofiqligini taʼminlash maqsadida takomillashtirish;
nazariy ishlanmalarni moliyalashtirish uchun ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish jamgʻarmasini tashkil etish;
xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalaridagi Akademiyaning professorlari va oʻqituvchilariga tegishli ilmiy-tadqiqot nashrlaridan eng koʻp iqtibos keltirilgan ilmiy ishlarni ragʻbatlantirish;
ilmiy matnlarning oʻziga xosligi va yangiligini nazorat qiluvchi “plagiatga qarshi” tizimni oʻzbek, rus va ingliz tillarida takomillashtirish;
tanlov asosida tanlab olingan va oʻquv adabiyotlariga mualliflik huquqlariga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarning yillik oʻquv yuklamalarini taqsimlash mexanizmlarini takomillashtirish, bunda ularning umumiy yillik yuklamasida vaqtning kamida 20 foizini oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkakzishga ajratilgan soatlar hisobidan oʻquv adabiyotlarini yaratish uchun nazarda tutish;
professor-oʻqituvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlaridan ajratishga yoʻl qoʻymaslik uchun professorning shaxsiy yordamchisi lavozimini joriy etish.
7-§. Xalqaro eʼtirof va raqobatbardoshlikni taʼminlash
Akademiyaning xalqaro darajada tan olinishi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida quyidagi tadbirlar oʻtkazilmoqda:
2020-yilda yetakchi xorijiy banklarning (Sberbank, Gazprombank, Vneshekonombank va boshqalar) korporativ universitetlari va oʻquv markazlari bilan birgalikda qoʻshma dasturlarni amalga oshirish;
2020-yildan boshlab, oʻquv jarayonida mahalliy ekspertizadan oʻtkazmasdan, jahon reytinglariga kiruvchi oliy taʼlim muassasalari va korporativ universitetlar tomonidan chop etiladigan va foydalaniladigan oʻquv adabiyotlaridan foydalanish;
tinglovchilarni xalqaro test natijalari (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE yoki ularning muqobillari) asosida va 2020-yildan boshlab Akademiya tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan suhbat asosida magistraturaga qabul qilish;
2021-yilda xodimlarni boshqarish va rivojlantirish boʻyicha xalqaro tashkilotlarning eng yaxshi amaliyotlarini (Association for Talent Development, Society fo Human Resource Management va boshqalar) kiritish, ularda faol ishtirok etish va qoʻllash;
tinglovchilarning amaliyot oʻtishi va ishga joylashishiga har tomonlama koʻmaklashuvchi “Kasbiy kamolot markazi”ni tashkil etish va 2021-yildan boshlab eng yaxshi ish beruvchilar reytingini shakllantirish.
2020-2021 oʻquv yilida:
tinglovchilarni sinxron tarjima bilan taʼminlash orqali Akademiyada uch tilda (oʻzbek, rus va ingliz tillarida) oʻqitishni tashkil etish;
chet tillarni oʻrtacha darajadan yuqori bilgan va xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan Akademiya professor-oʻqituvchilari va tinglovchilari ulushini 100 foizga yetkazish;
Akademiyaning oʻquv rejalarini kredit-modul tizimiga oʻtkazish;
xorijiy kompetensiya markazlari bilan hamkorlikda 500 nafar tinglovchi uchun moliyaviy texnologiyalar boʻyicha mutaxassislar maktabini ishga tushirish;
2022-yilga kelib, shahar tashqarisida chet ellik oʻqituvchilar va tinglovchilarni yashash, ovqatlanish va oʻqitish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 1000 kishiga moʻljallangan kampus qurilishini boshlash.
2021-2022 oʻquv yilida:
taʼlim toʻliq xorijiy tillarda olib boriladigan taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklari va fakultetlarning salmogʻini 50 foizga yetkazish;
xalqaro professional sertifikatlash imtihonlariga (CFA, FRM, ACCA, CPA, CIA, CMA va boshqalar) tayyorgarlik koʻrish uchun shart-sharoitlar yaratish;
tinglovchining kasbiy kamolot rejasiga bogʻliq ravishda individual taʼlim yoʻnalishlarini rivojlantirishda tashkiliy va uslubiy (tutor) yordam tizimini joriy etish.
2022-2023 oʻquv yilida:
2025-yilgacha Akademiyaning bank va moliya sohasidagi xalqaro taʼlim markazi sifatida imijini yaratish uchun PR-strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
2022 — 2025-yillarda chet el fuqarolarini Akademiyaga oʻqishga jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik vakolatxonalari bilan faol hamkorlik qilish;
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda 2023-yilga moʻljallangan “ikki diplom” qoʻshma dasturlarini amalga oshirish;
2024-2025 oʻquv yilida:
chet ellik oʻqituvchilar va tinglovchilarning umumiy sonini 2025-yilda 20 foizga yetkazish;
Akademiyaning xorijiy mamlakatlardagi filiallarini tashkil etish.
Har yili xalqaro eʼtirof va raqobatdoshlikni oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:
xorijiy oliy taʼlim muassasalari va korporativ universitetlar bilan hamkorlikda kamida bitta yangi qoʻshma taʼlim dasturini (yoki amaliyotni) ishga tushirish;
professor-oʻqituvchilar faoliyatini Akademiyaning xalqaro reytingini oshirishni taʼminlovchi mezonlar asosida baholash;
oʻquv va ilmiy jarayonlarni taʼminlash uchun zamonaviy dasturiy mahsulotlar va kompyuter texnikasi sotib olishni har yili moliyalashtirishni taʼminlash;
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi koʻmagida professor-oʻqituvchilarni oʻqishga, stajirovkadan oʻtishga, xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishga yoʻnaltirish;
professor-oʻqituvchilar va doktorantlarni xorijiy oliy taʼlim muassasalari va korporativ universitetlarga dars berish uchun hamkorlik doirasida yoʻnaltirish.
4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutiladigan natijalar
Akademiyani 2025-yilgacha rivojlantirishda Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali quyidagi natijalarga erishish koʻzda tutilmoqda.
Qurilish va ishga tushirish:
Akademiyaning masofaviy taʼlim tizimi va dasturiy kompleksining ishlashini taʼminlovchi Hisoblash markazini;
2021-yildan boshlab ikki yil ichida kamida 500 mutaxassislar tayyorlashni taʼminlaydigan Moliyaviy axborot texnologiyalar mutaxassislari maktabini ishga tushirish;
2023-yildan boshlab kunduzgi, kechki va masofaviy taʼlimda kamida 1000 nafar bakalavr va magistrlarni qabul qilishni taʼminlovchi Xalqaro bank maktabini;
2024-yildan boshlab yetakchi xorijiy biznes maktablari bilan hamkorlikda Executive MBA rahbarlarini oʻqitish dasturlari kampusini ishga tushirish;
Akademiyaning xalqaro tan olinishini taʼminlash, nufuzli xalqaro tashkilotlarning talablariga javob beradigan biznes maktablarni roʻyxatiga kiritish (Association of MBAs, European Council for Business Education va boshqalar);
2024-yilda kadrlar buyurtmachilari, talabalar, tinglovchilar, bitiruvchilar va xodimlarning qoniqish darajasini (NPS indeksi) 90 birlikkacha oshirish;
bank va moliya sohasi rahbarlarining (shu jumladan hududlarda, birinchi navbatda, masofaviy va elektron taʼlim, qisqa muddatli kurslar va treninglar orqali) kamida 80 foizini qamrab olish darajasini taʼminlash;
Akademiyaning kirish sinovlari natijalari boʻyicha abituriyentlar va magistraturaga oʻqishga kirayotgan shaxslarning sifat darajasini 50 foizga oshirish;
2020 — 2025-yillar davomida kamida 150 ta ilmiy maqola va tadqiqot natijalarini xalqaro maʼlumotlar bazalarida indeksatsiya va iqtibos bilan nashr etishni taʼminlash;
50 million AQSh dollardan kam boʻlmagan endaument-jamgʻarmani shakllantirish orqali Akademiya joriy faoliyatining 2025-yilgacha toʻliq oʻzini oʻzi moliyalashtirilishini taʼminlash.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 365-son qaroriga 2-ILOVA
2020 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR REJASI
T/r
Tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmlari
Muddatlar
Masʼul ijrochilar
I. Akademiya magistraturasiga kirish uchun nomzod abituriyentlarning sifat darajasini oshirish
1.
Bank ishi va moliya sohasida Biznesni boshqarish magistri (MVA) yoʻnalishidagi dasturlarga qobiliyatl� yoshlarni oʻqitish uchun har yili 50 ta grant va stipendiyalar ajratish.
1. Meʼyoriy va uslubiy bazani tayyorlash.
2. Grant va stipendiyalar olish imkoniyatlari toʻgʻrisida keng maʼlumotberishni tashkil etish.
3.Moliyalashtirishni taʼminlash.
2020-yil iyul
“Oʻzmilliybank” AJ
2.
Umumtaʼlim maktablariningyuqori sinflari (9 — 11 sinflar), litsey oʻquvchilari va kollej talablari, oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat talabalari orasida moliyaviy savodxonlik boʻyicha har yili respublika olimpiadalarini oʻtkazish.
1. Meʼyoriy va uslubiy bazani tayyorlash.
2. Oʻqituvchilarni t�yyorlash.
3. Chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2021-yil mart
“Oʻzmilliybank” AJ,
Bank-moliya akademiyasi, Markaziy bank
3.
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida bank ishi va moliya boʻyicha har yili xalqaro keys-chempionat oʻtkazish.
1. Meʼyoriy va uslubiy bazani tayyorlash.
2. Chet ellik hamkorlar bilan kelishish.
3. Chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2022-yil aprel
Bank-moliya akademiyasi,
“Oʻzmilliybank” AJ, Markaziy bank
II. Bank va moliya tizimi rahbarlari va mutaxassislarini malaka oshirish va rivojlantirish
dasturlari orqali oʻqitish qamrovini kengaytirish
4.
Korporativ madaniyatni rivojlantirish va strategik maqsadlarga erishish uchun Akademiya huzurida “Oʻzmilliybank” AJ korporativ maktabini tashkil etish.
1.Korporativ maktabda oʻqiydigan xodimlar toifasini tasdiqlash.
2.Lavozim darajalari boʻyicha oʻquv rejalarini tasdiqlash.
3.Rahbar kadrlarning kamida 80 foizini qamrab olish.
2020-yil iyul
2020-yil avgust
2020-yil dekabr
Bank-moliya akademiyasi,
“Oʻzmilliybank” AJ
III. Moliyaviy mustaqillik va barqarorlikni taʼminlash, moddiy-texnik taʼminotni mustahkamlash
5.
Akademiyaning infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish dasturi bilan biznes-rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
1. Akademiyaning 2020-2021-yillarga moʻljallangan daromad va xarajatlarining taxminiy rejasini shakllantirish.
2. Hisoblash markazi va uchta Kampusni (Moliyaviy texnologiyalar boʻyicha mutaxassislar maktabi, Xalqaro bank maktabi, yuqori darajadagi rahbarlar (Executive MBA) maktabi) qurish loyiha-smeta hujjatlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holdaishlab chiqish.
3. Yer uchastkasi ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
2020-yil
avgust
“Oʻzmilliybank” AJ,
Bank-moliya akademiyasi
6.
Maʼlumotlarni 1 Gbit/sdan past boʻlmagan tezlikda uzatishni taʼminlagan holda, yuqori tezlikdagi internet-aloqa kanalini taqdim qilish.
1. Loyihalashtirish.
2. Pudratchilarni yollash.
3. Moliyalashtirishni taʼminlash.
4. Obyektni qabul qilish.
5. Akademiyaga foydalanishga berish.
2020-yil oktyabr
“Oʻzmilliybank” AJ,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
7.
Moliyaviy texnologiyalar boʻyicha mutaxassislar maktabi kampusini qurish.
Xorijiy tajribani oʻrgangan holda, notijorat tashkilotlar maqsadli kapital jamgʻarmalarini tashkil etish boʻyicha taklif ishlab chiqish.
Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
2021-yil aprel
Bank-moliya akademiyasi,
“Oʻzmilliybank” AJ
9.
Kamida ming nafar bakalavr va magistrning oʻqishi va yashashi uchun sharoit yaratgan holda, Xalqaro bank maktabi kampusini qurish.
1. Kampusni loyihalashtirish.
2. Pudratchilarni yollash.
3. Moliyalashtirishni �aʼminlash.
4. Obyektni qabul qilish.
5. Akademiyaning Endaument fondiga oʻtkazish.
2021-yil iyul
2022-yil avgust
“Oʻzmilliybank” AJ
10.
Masofadan oʻqitish tizimi faoliyatini taʼminlovchi Hisoblash markazini qurish.
1. Hisoblash markazini loyihalashtirish.
2. Texnik jihozlarni sotib olish.
3. Binoni qayta jihozlash.
2021-yil dekabr
“Oʻzmilliybank” AJ
11.
Masofadan elektron oʻqitish dasturiy-texnik majmuasini xarid qilish va joriy etish.
1. Dasturiy taʼminotdan foydalanish huquqini olish.
2. Oʻquv materiallarini davlat tiliga tarjima qilish.
3. Ishga tushirish.
4. Akademiyaga foydalanishga berish.
2021-yil dekabr
“Oʻzmilliybank” AJ,
Bank-moliya akademiyasi
12.
Tavakkalchilik yuqori boʻlgan innovatsion loyihalarni moliyalashtirish va tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun venchur ja�gʻarmasi va boshqaruv kompaniyasini tashkil qilish.
1. Meʼyoriy va uslubiy bazani tayyorlash.
2. Malakali mutaxassislarni tanlash.
3. Fondning 1 mlrd soʻm miqdoridagi boshlangʻich kapitalini shakllantirish.
4. Qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda Boshqaruv kompaniyasini shakllantirish.
2021-yil dekabr
Bank-moliya akademiyasi,
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi
13.
Yuqori boshqaruv darajadagi rahbarlarni (Executive MBA) oʻqitish dasturlari kampusini qurish
1. Kampusni loyihalashtirish.
2. Pudratchilarni yollash.
3. Moliyalashtirishni taʼminlash.
4. Obyektni qabul qilish.
5. Akademiyaning Endaument fondiga oʻtkazish.
2022-yil avgust
2024-yil may
“Oʻzmilliybank” AJ
IV. Ilmiy salohiyatni rivojlantirish
14.
Akademiyani dolzarb statistik va tahliliy axborot bilan taʼminlash.
Akademiyani choraklik statistik va tahliliy materiallar oluvchi muassasalar roʻyxatiga kiritish.
2020-yil iyul
Davlat statistika qoʻmitasi
15.
Akademiya oʻqituvchilarini oʻqitish va malaka oshirishga yoʻnaltirish.
1. Oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatini rivojlantirishning individual trayektoriyasini shakllantirish.
2. Dasturlarni tanlash.
3. Moliyalashtirishni taʼminlash.
2020-yil iyul
Bank-moliya akademiyasi,
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi
16.
Oʻqitishni kredit-modul tizimiga oʻtkazish.
1. Meʼyoriy va uslubiy bazani tayyorlash.
2.Oʻqituvchilarni tayyorlash.
3.Tizimni tatbiq qilish.
2020-yil sentyabr
Bank-moliya akademiyasi
17.
Xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazasida ilmiy maqolalar mualliflari ishlarini moliyalashtirish uchun ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish.
Meʼyoriy va uslubiy bazani tayyorlash.
2020-yil
dekabr
Bank-moliya akademiyasi
18.
Talabalarning individual taʼlim yoʻnalishlarini ishlab chiqishda tashkiliy-uslubiy yordam tizimini joriy qilish.
1.Individual taʼlim yoʻnalishlarini ishlab chiqishda oʻtkazishning tashkiliy, huquqiy va uslubiy (oʻqituvchilarni oʻqitish, tizimni joriy qilish va boshqalar) chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.
2.Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish.
2021-yil yanvar
Bank-moliya akademiyasi
19.
Bank va moliya sohasining istiqboldagi kasblar xaritasini ishlab chiqish.
1.Istiqboldagi kasblar xaritasini ishlab chiqish.
2.Oʻzbek, rus va ingliz tillarida nashr qilish.
2021-yil
fevral
Bank-moliya akademiyasi
V. Akademiyaning xalqaro miqyosda tan olinishi va raqobatbardoshligini taʼminlash
20.
Akademiyaning xalqaro reytingini oshirishni taʼminlovchi mezonlar asosida oʻqituvchilarni baholash.
1. Professor-oʻqituvchilar tarkibini tanlash, baholash va ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.
2. Nizomni Akademiya Kengashi tomonidan tasdiqlash.
3. Baholashni oʻtkazish.
2020-yil
iyul
2020-yil iyul
Bank-moliya akademiyasi
21.
Sinxron tarjimani taʼminlagan holda uch tilda oʻqitishni tashkil qilish (oʻzbek, rus, ingliz).
1.Sinxron tarjimonlar xizmatini tashkil qilish.
2.Rus va ingliz tillarida dars beradigan oʻqituvchilarni taklif qilish.
2020-yil
avgust
Bank-moliya akademiyasi
22.
Normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish.
Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
2020-yil avgust
Bank-moliya akademiyasi,
“Oʻzmilliybank” AJ
23.
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, 12 oylik Biznesni boshqarish magistri (MVA) dasturlarini ochish.
1. Oʻquvrejasi va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Oʻquv-uslubiy majmuani tayyorlash va tasdiqlash.
3. Tinglovchilarni toʻplash.
2020-yil
oktyabr
Bank-moliya akademiyasi
24.
Xorijiy stajirovkalarning yangi dasturlarini har yili ishga tushirish.
1. Stajirovkani tashkil qilish uchun ustuvor yoʻnalishlarni tanlash.
2. Muzokara oʻtkazish.
3. Moliyalashtirishni taʼminlash.
2021-yil
avgust
Bank-moliya akademiyasi,
tijorat banklari
25.
Xalqaro professional sertifikat imtihonlariga tayyorlash uchun sharoit yaratish (CFA, FRM, ACCA, CPA, CIA, CMA).
1. Oʻqituvchilarni tayyorlash.
2. Oʻquv dasturlarini kelishish.
3. Oʻqitishni tashkil qilish uchun sharoitni taʼminlash.
2022-yil
dekabr
Bank-moliya akademiyasi
26.
Akademiyaning xalqaro obroʻsini shakllantirish.
Chet ellik hamkorlar va Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda PR-strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish.
2023-yil
sentyabr
Bank-moliya akademiyasi,
“Oʻzmilliybank” AJ,
Tashqi ishlar vazirligi
27.
Xorijiy tilda toʻliq oʻqiydigan talabalarning solishtirma vaznini 50 foizgacha yetkazish.
1. Oʻqituvchilarni jalb qilish.
2. Oʻquv-reja va dasturlarni tayyorlash.
3. Talabalarni jalb qilish.
2023-yil
dekabr
Bank-moliya akademiyasi
28.
Xorijiy mamlakatlarda Akademiya vakolatxonalarini ochish.
1. Meʼyoriy va uslubiy bazani tayyorlash.
2. Chet ellik hamkorlar bilan kelishish.
3. Chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2024-yil
may
Bank-moliya akademiyasi,
“Oʻzmilliybank” AJ
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 365-son qaroriga 3-ILOVA
2020 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasining
Bakalavriat, magistratura va kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlari yoʻnalishlari**
8.
Bakalavriat taʼlim yunalishlari
1.Biznesni boshqarish bakalavri (VVA)
Bank ishi;
Moliya;
2.Bakalavr (BSc)
Iqtisodiyot;
Menejment;
Buxgalteriya hisobi va audit.
Bank-moliya akademiyasi
9.
Magistratura mutaxassisliklari
1.Biznesni boshqarish magistri (MVA)
Bank ishi;
Moliya;
2.Magistri (MSc)
Davlat moliyasini boshqarish;
Soliqlar va soliqqa tortish;
Iqtisodiyotni monetar tartibga solish;
Buxgalteriya hisobi,auditi va nazorati;
Pensiya fondlarini boshqarish.
Bank-moliya akademiyasi
10.
Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv dasturlari
1.Davlat moliyasi, budjet va soliq siyosati.
2.Iqtisodiy siyosat va tahlil.
3.Aktivlarni boshqarish, sugʻurta va investitsiya biznesi.
4.Bank ishining huquqiy va meʼyoriy asoslari.
5.Strategik menejment va xodimlarni boshqarish.
6.Valyuta, pul-kredit siyosati va hisob-kitob munosabatlari.
7.Korporativ moliya va loyihalarni moliyalashtirish.
8.Xatarlarni boshqarish va biznes xavfsizligi.
9.Operatsion va sifat menejmenti.
Bank-moliya akademiyasi
Oʻquv dasturlarini takomillashtirish
11.
Amaliy koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan mashgʻulotlar (keyslar), mutaxassislik predmetlari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar ulushi
Foizlarda (mashgʻulotlar soniga nisbatan)
35
45
55
70
80
Bank-moliya akademiyasi
12.
Rahbarlarni malaka oshirish kurslari bilan qamrab olish darajasi
Foizlarda (bank va moliya sohasidagi barcha darajadagi rahbarlar soniga nisbatan)
20
25
30
35
50
Bank-moliya akademiyasi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, tijorat banklari, vazirlik va idoralar
Ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish
13.
Tadqiqotlar olib boriladigan ilmiy mavzular
Mavzular soni
5
10
12
12
15
Bank-moliya akademiyasi
14.
Ilmiy xodimlarning oʻrtacha yoshi
Yoshi (yillarda)
45
45
44
42
42
Bank-moliya akademiyasi
15.
Akademiyaning ilmiy salohiyati (ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilari ulushi)
Xorijiy oliy taʼlim muassasalari va korporativ universitetlar bilan qoʻshma dasturlar asosida oʻqitishni tashkil qilish
Mavjud dasturlar soni (jami)
1
2
3
4
5
“Oʻzmilliybank” AJ,
Bank-moliya akademiyasi
Akademiyaning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish
20.
Elektron shakldagi oʻquv va ilmiy adabiyotlar mavjudligi
Foizlarda (oʻquv va ilmiy adabiyotlar soniga nisbatan)
20
30
40
50
60
Bank-moliya akademiyasi
21.
Taʼlim jarayonlarini boshqarishning axborot tizimlarini joriy qilish
Foizlarda (jarayonlarga nisbatan)
20
30
40
50
60
Bank-moliya akademiyasi
22.
Zamonaviy kompyuter va texnika bilan taʼminlanganlik daraja?i
Foizlarda (tinglovchilar va oʻqituvchilar soniga nisbatan)
30
50
100
100
100
“Oʻzmilliybank”AJ,
Bank-moliya akademiyasi
Oʻqituvchilarni moddiy ragbatlantirish
23.
Professor-oʻqituvchilarga ustama toʻlash va mukofot�ash
Foizlarda
(okladga nisbatan)
40
60
80
100
100
Bank-moliya akademiyasi
* Toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadigan tinglovchilar soni (kvotasi) Akademiya kengashi qaroriga koʻra oʻzgarishi mumkin.
** Boshqa yoʻnalishlar va mutaxassisliklar talab mavjudligiga asoslanib, Akademiya rektori tasdiqlagan holda amalga oshiriladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 365-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining tuzilmasi
Izoh. Jami — 102 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 57 nafar, texnik va xizmat kursatuvchi xodimlar bundan mustasno.
Akademiya kengashi xodimlarning cheklangan soni va Akademiya tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
* Amaliy tadqiqotlar markazlari xodimlarining soni ushbu markazlar tashkil etilgandan soʻng belgilangan tartibda aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 365-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi xodimlarining malakasini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning
I. Xorijiy ilmiy, taʼlim muassasalari va moliya institutlari va professional tashkilotlar
bilan tashkil etilgan xalqaro aloqalar boʻyicha
1.
Moliya vazirligi huzuridagi Siyosat tadqiqotlari instituti
Yaponiya
Hamkorlik shartnomasi
Davlat moliyasini tartibga solish tajribasini tadqiq etish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
2.
London-Metropoliten Universiteti
Buyuk Britaniya
Hamkorlik shartnomasi
Bank biznesini rivojlantirish tajribasini tadqiq etish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
3.
Bremerhafen
amaliy Fanlar universiteti
Germaniya
Hamkorlik shartnomasi
Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
4.
Doyche Bank
Germaniya
Hamkorlik shartnomasi
Bank biznesini rivojlantirish tajribasini tadqiq etish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
5.
Gersenzeye
Milliy banki
Oʻquv markazi
Shveysariya
Hamkorlik shartnomasi
Banklarni tartibga solishni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
6.
Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti
Chexiya
Hamkorlik shartnomasi
Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
7.
Keymyung Universiteti
Koreya
Hamkorlik shartnomasi
Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
8.
Yodju Texnologiya instituti
Koreya
Hamkorlik shartnomasi
Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
9.
Shanxay Universiteti
Xitoy
Hamkorlik shartnomasi
Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
10.
Menejmentni rivojlantirish instituti
Singapur
Hamkorlik shartnomasi
Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
11.
Moliya ilmiy-tadqiqot instituti
Rossiya
Hamkorlik shartnomasi
Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
12.
Bank ishi
oliy maktabi
Polsha
Hamkorlik shartnomasi
Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
13.
Vena birlashgan instituti
Avstriya
Hamkorlik shartnomasi
Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
14.
Liyepaye universiteti
Latviya
Hamkorlik shartnomasi
Bank, moliya va investitsiyalarni rivojlantirish tajribasini tadqiq etish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
II. Hamkorlikni rivojlantirishning istiqboldagi yoʻnalishlari
15.
“Sberbank Rossii” OAJ Korporativ universiteti
Rossiya
Hamkorlik shartnomasi
Korporativ oʻqitish tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
16.
Iqtisodiyot
oliy maktabi
Rossiya
Hamkorlik shartnomasi
Biznes taʼlimot tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
17.
Moskva davlat universiteti
Rossiya
Hamkorlik shartnomasi
Biznes taʼlimot tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
18.
Sankt-peterburg davlat universiteti
Rossiya
Hamkorlik shartnomasi
Biznes taʼlimot tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
19.
Credit Suiss Korporativ universiteti
Shveysariya
Hamkorlik shartnomasi
Korporativ oʻqitish tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
20.
Banco Santander Korporativ universiteti
Ispaniya
Hamkorlik shartnomasi
Korporativ oʻqitish tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
21.
Banco do Brasil Korporativ universiteti
Braziliya
Hamkorlik shartnomasi
Korporativ oʻqitish tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
22.
Moliya vazirligi Oʻquv markazi
Indoneziya
Hamkorlik shartnomasi
Korporativ oʻqitish tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
23.
Global Council of Corporate Universities
Xalqaro tashkilot
Buyuk Britaniya
Aʼzolik shartnomasi
Xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyalash
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
24.
Association for talent development
Xalqaro tashkilot AQSh
Aʼzolik shartnomasi
Isteʼdodlilarni rivojlantirish tajribasini oʻrganish
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
25.
Global Business School Network
Xalqaro tashkilot
AQSh
Aʼzolik shartnomasi
Biznes taʼlimot tajribasini oʻrganish
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
26.
Association to Advance Collegiate Schools of Business
Xalqaro tashkilot
Niderlandiya
Aʼzolik shartnomasi
Xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyalash
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
27.
Association of MBAs
Xalqaro tashkilot Buyuk Britaniya
Aʼzolik shartnomasi
Xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyalash
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
28.
European Quality Improvement System
Xalqaro tashkilot
Chexiya
Aʼzolik shartnomasi
Xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyalash
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
29.
European Council for Business Education
Xalqaro tashkilot Belgiya
Aʼzolik shartnomasi
Xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyalash
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
Aʼzo boʻlish
30.
General Electric Korporativ universiteti
AQSh
Hamkorlik shartnomasi
Korporativ oʻqitish tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
31.
Apple Korporativ Universiteti
AQSh
Hamkorlik shartnomasi
Korporativ oʻqitish tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
32.
Garvard Universiteti
AQSh
Hamkorlik shartnomasi
Biznes taʼlimot tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
33.
Massachusets texnologiya universiteti
AQSh
Hamkorlik shartnomasi
Biznes taʼlimot tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
34.
Berkli Kaliforniya universiteti
AQSh
Hamkorlik shartnomasi
Biznes taʼlimot tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
35.
Kolumbiya Universiteti
AQSh
Hamkorlik shartnomasi
Biznes taʼlimot tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
36.
Stenford Universiteti
AQSh
Hamkorlik shartnomasi
Biznes taʼli�ot tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
37.
Oksford Universiteti
Buyuk Britaniya
Hamkorlik shartnomasi
Biznes taʼlimot tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
38.
Kembridj Universiteti
Buyuk Britaniya
Hamkorlik shartnomasi
Biznes taʼlimot tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
39.
London biznes maktabi
Buyuk Britaniya
Hamkorlik shartnomasi
Biznes taʼlimot tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
40.
Melburn Universiteti
Avstraliya
Hamkorlik shartnomasi
Biznes taʼlimot tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
41.
Nazarbayev Universtiteti
Qozogʻiston
Hamkorlik shartnomasi
Biznes taʼlimot tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
42.
ALMAU Universiteti
Qozogʻiston
Hamkorlik shartnomasi
Biznes taʼlimot tajribasini oʻrganish
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
1 ta dastur
* Izoh. Xalqaro hamkorlikning samaradorligi va ustuvor yoʻnalishlari, moliyalashtirish imkoniyatlari va dolzarb vazifalaridan kelib chiqqan holda, Akademiya rektori tomonidan belgilanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2020-y., 09/20/365/0738-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son)