Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.04.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2020-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, parlament palatalari qoʻshma majlisi va tashkiliy yigʻilishlarida belgilangan, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida nazarda tutilgan qonun loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi
1. 2020-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Dasturga kiritilgan qonun loyihalarini (keyingi oʻrinlarda — qonun loyihalari) ishlab chiqish boʻyicha asosiy ijrochi sifatida belgilangan vazirliklar va idoralarning rahbarlari:
2020-yil 15-mayga qadar qonun loyihalarini ishlab chiqish reja-grafiklarining belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
2020-yil 20-mayga qadar tasdiqlangan reja-grafiklar nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborilishini;
qonun loyihalarining sifatli tayyorlanishini, jamoatchilik va mutaxassislar ishtirokida muhokama qilinilishini, har tomonlama ekspertizadan oʻtkazilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
qonun loyihalarining tayyorlanishi, kelishilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi ishlari muvofiqlashtirilishini;
qonun loyihalarining huquqiy ekspertizadan sifatli oʻtkazilishini, shuningdek, Dastur ijrosi monitoringi olib borilishini;
Dastur ijrosining holati toʻgʻrisidagi axborot har chorakda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
4. 2020-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga kiritilgan qonun loyihalarini ishlab chiqish, himoyasini amalga oshirish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Quyidagilarga:
Dasturda belgilangan masʼul vazirliklar va idoralar rahbarlariga — qonun loyihasini ishlab chiqish va uni himoya qilish yuzasidan ishlarni toʻliq va oʻz vaqtida tashkil etish, shuningdek, Qonunni amalga oshirish Harakatlar rejasi loyihasini puxta ishlab chiqib, oʻz vaqtida kiritish uchun;
manfaatdor vazirliklar va idoralar rahbarlariga — shakllantiriladigan ishchi guruhlarga tegishli mutaxassislarni biriktirilishini taʼminlash, qonun loyihasi boʻyicha asosiy ijrochiga koʻmaklashish va qonunchilikda qatʼiy ravishda belgilangan muddatlarda loyihalar kelishilishini taʼminlash uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovga — toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi qonun loyihalarini ishlab chiqishda koʻmaklashish hamda qonun loyihalar puxta va sifatli huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash uchun;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga — Dasturda belgilangan qonun loyihalarini barvaqt va sifatli ishlab chiqishda tegishli vazirliklar va idoralarga koʻmaklashish, shuningdek, qonun loyihalari puxta iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari huzurida himoya qilinishi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilinishi taʼminlanishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari Dasturga kiritilgan qonun loyihalari oʻz vaqtida kiritilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin va qonun loyihalari ularning huzurida muhokama qilinishini taʼminlasinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-may,
278-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-maydagi 278-son qaroriga
1-ILOVA
2020-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish
DASTURI

T/r

Qonun loyihasining ishchi nomi

Qonunni qabul qilish zarurligining asoslanishi va u qabul qilingan taqdirda kutiladigan natijalar

Qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha masʼul ijrochilar

Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati

Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati

Vazirlar Mahkamasi masʼul tarkibiy boʻlinmasi

1.

“Transport toʻgʻrisida”

Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev huzurida 2020-yil 28-yanvar kuni oʻtkazilgan Transport tizimini samarali tashkil etish boʻyicha ustuvor vazifalar toʻgʻrisida 6-son yigʻilish bayonining 4-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida barcha transport turlarini oʻzaro muvozanatlashgan munosabatlarini tartibga solish, transport faoliyatining asosiy prinsiplarini belgilash, yagona transport tizimini shakllantirish, transport sohasida xavfsizlikni taʼminlash nazarda tutiladi.

Transport vazirligi,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, vazirliklar va idoralar

2020-yil 15-may

2020-yil 1-iyun

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligimasalalari kotibiyati

2.

“Dehkon hoʻjaligi toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 1-maydagi PQ-4700-son qarorining 3-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlarning yoʻnalishlari va mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, dehqon xoʻjaliklari, shaxsiy tomorqalardan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish hajmini hamda aholi bandligi va daromadini oshirishni taʼminlash nazarda tutiladi.

Adliya vazirligi,

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

2020-yil 1-iyun

2020-yil 1-iyul

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

3.

“Shaxsiy tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 1-maydagi PQ-4700-son qarorining 3-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlarning yoʻnalishlari va mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, dehqon xoʻjaliklari, shaxsiy tomorqalardan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish hajmini hamda aholi bandligi va daromadini oshirishni taʼminlash nazarda tutiladi.

Adliya vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallik�i qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

2020-yil 1-iyun

2020-yil 1-iyul

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

4.

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 38-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida:

fuqarolar yigʻini raisini saylash muddatini uzaytirish;

fuqarolar yigʻini raisi saylovini oʻtkazish jarayonini takomillashtirish va ochiqligini taʼminl�sh;

fuqarolar yigʻini raisini kun davomida saylash tartibini joriy etish;

fuqarolar yigʻinlari raislari saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalarning faoliyatida oshkoralikni kengaytirish;

fuqarolar yigʻini raisi saylovida ishtirok etadigan fuqarolar vakillarining minimal sonini koʻpaytirish nazarda tutiladi.

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

2020-yil 1-iyun

2020-yil 1-iyul

Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati

5.

“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini i�lab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 88-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada xalqaro tan olingan isteʼmolchilar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga oid normalarni belgilash koʻzda tutiladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

2020-yil 1-iyun

2020-yil 1-iyul

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati

6.

“Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 155-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

sogʻlomlashtirish orqali iqtisodiy nochor korxonalarni sogʻlomlashtirish tartibotlarining keng qoʻllanilishini ragʻbatlantirish;

jismoniy shaxslarning bankrotlik jarayonlarini tartibga soluvchi normalarni joriy etish;

toʻlovga qobiliyatsizlik taomillari qoʻllanilgan korxonalarga nisbatan soliq imtiyozlarini berish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oliy sud, Davlat soliq qoʻmitasi

2020-yil 1-iyul

2020-yil 1-avgust

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati

7.

Oʻzbekiston Respublikasining Sogʻliqni saqlash kodeksi

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturining 7-bandida nazarda tutilgan.

Kodeks loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

Sogʻliqni saqlash sohasida amaldagi qonun normalarini birlashtirish;

sogʻliqni saqlash sohasini aniqlovchi asosiy atamalar;

sogʻliqni saqlash tizimi va tibbiy yordamni tashkil etish;

tibbiy va farmatsevtik faoliyatni belgilash, koʻrsatiladigan xizmat hajmi va turlarini aniqlash;

sogʻliqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, boshqarish va nazorat qilish, shuningdek, idoralararo hamkorlik qilish;

sogʻliqni saqlash tizimini moliyalashtirish;

sanitariya-epidemiologik nazoratni tashkil qilish;

sogʻliqni saqlash sohasida taʼlim va ilmiy faoliyat normasini belgilash;

sogʻliqni saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlarda tomonlarning huquq va majburiyatlari;

tibbiy va farmatsevtik faoliyatning ayrim turlarini huquqiy tartibga solish va boshqalar.

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

2020-yil 1-iyul

2020-yil 1-avgust

Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati

8.

“Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qarori bilan tasdiqlangan Suv resurslarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 2-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

suv isteʼmolchilari uyushmalarining huquqiy maqomini mustahkamlash, shuningdek, ularning faoliyatini tubdan rivojlantirish;

suv isteʼmolchilari uyushmalarining suv resurslarini boshqarish sohasidagi rolini oshirish va vakolatlarini kengaytirish;

suv isteʼmolchilari uyushmalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, suv isteʼmolchilari bilan oʻzaro hamkorlik qilishining samarali mexanizmlarini joriy etish.

Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2020-yil 1-iyul

2020-yil 1-avgust

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

9.

“Xalqlar doʻstligi va umumxalq birdamlik kuni”ni belgilash toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yilla�da Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 255-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada yurtimizda millatlararo totuvlik, doʻstlik va hamjihatlik tuygʻusini yanada mustahkamlash maqsadida “Xalqlar doʻstligi va umumxalq birdamlik kuni”ni joriy etish nazarda tutiladi.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Adliya vazirligi

2020-yil 1-iyul

2020-yil 1-avgust

Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash,

madaniyat, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati

10.

“Rasmiy statistika toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 81-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

rasmiy statistika tushunchasi va uning asosiy prinsiplarini belgilash;

milliy statistika tizimini tashkil etish;

statistika maʼlumotlarini ?shlab chiqish, ulardan foydalanish va eʼlon qilish talablarini oʻrnatish;

statistik maʼlumotlarni ishlab chiquvchi vazirliklar va idoralarning vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilash;

rasmiy statistika tizimini muvofiqlashtiruvchi organni belgilash va uning huquqiy maqomini mustahkamlash;

koʻp yillik va yillik statistika dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibini oʻrnatish;

statistika axborotlarini ishlab chiqish va eʼlon qilish ishlarining moliyaviy manbalarini belgilash nazarda tutiladi.

Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

2020-yil 1-avgust

2020-yil 1-sentabr

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati

11.

“Kichik va oʻrta biznes toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 83-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

kichik biznes subyektlari toifasiga oid yangilangan mezonlarni belgilash;

oʻrta biznes subyektlari toifasini joriy etish va tegishli mezonlarni belgilash;

kichik va oʻrta biznes subyektlari huquqlarini va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishga oid mexanizmlarni takomillashtirish;

raqobatbardosh kompaniyalarni yaratish maqsadida kichik va oʻrta biznes subyektlari yiriklashishini ragʻbatlantirishga qaratilgan mexanizmlar nazarda tutiladi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Biznes ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, vazirlik va idoralar

2020-yil 1-sentabr

2020-yil 1-oktabr

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati

12.

“Savdo toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 90-bandida nazarda tutilgan.

L�yihada:

ulgurji, chakana, koʻchma savdo, elektron savdo, yetkazib berish sharti bilan savdo, umumiy ovqatlanish, tarmoqli marketing kabi savdoning turlari va shakllanishining aniq tartibini belgilash hamda savdoning zamonaviy turlarini rivojlantirish;

xaridorgir mahsulotlar turlarini aniqlash, ularga bozor topish, ichki va tashqi bozorlarda sotishda xususiy “treyding” kompaniyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

treyding kompaniyalar, ichki va tashqi savdo faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihalari toʻplamini ishlab chiqish;

komissiya, topshiriq va dilerlik kabi vositachilik shartnomalari asosida savdoni amalga oshirishning mexanizmlarini tartibga solish;

savdoni amalga oshirishda toʻlov shakllarini takomillashtirish;

savdo sohasidagi eskirgan, ortiqcha cheklovlar va toʻsiqlarni bartaraf etish;

savdo sohasini rivojlantirish boʻyicha masʼul boʻlgan aniq davlat organini belgilash va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish nazarda tutiladi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi

2020-yil 1-sentabr

2020-yil 1-oktabr

Makroiq�isodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati

13.

“Biologik xavfsizlik toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha moʻljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini 2019 — 2021-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 11-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

davlat organlarining biologik xavfsizlik sohasidagi vakolatlarini belgilash;

biologik xavfsizlikni kuchaytirish;

tabiiy turkumlar va qishloq xoʻjaligi ekinlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan begona turlarni olib kirish va tarqatish ustidan nazorat qilish;

tarkibida jonli modifikatsiyalashtirilgan organizmlar va genetik modifikatsiyalashtirilgan organizmlar boʻlgan organizmlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olib kirish, sotish va tarqatish ustidan nazorat qilish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Fanlar akademiyasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi

2020-yil 1-oktabr

2020-yil 1-noyabr

Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati

14.

“Chiqindilar toʻgʻrisida” (yangi tahrirda)

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha moʻljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini 2019 — 2021-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 15-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

chiqindilarni tasniflashning beshta xavflilik sinfi oʻrniga sanoat tarmoqlari va/yoki kimyoviy-fizik xossalari asosida tasniflash tizimini joriy qilish;

imtiyozli kreditlar taqdim etish orqali chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni iqtisodiy ragʻbatlantirish;

togʻ-kon qazib olish va qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarishlarning chiqindilarini qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni ragʻbatlantirish;

sanoat chiqindilarining hosil boʻlishi va ularni koʻmish hajmlarini kamaytirish uchun tabiatdan foydalanishdagi iqtisodiy mexanizmlarning ragʻbatlantiruvchi rolini takomillashtirish;

sanoat obyektlaridagi xavfli chiqindilarni ekologik jihatdan xavfsiz saqlashni tashkil etishni taʼminlash;

oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan va tarkibida xavfli moddalar boʻlgan tovarlarni (simobli termometrlar, batareykalar, simobli lampalar va boshqalar) yigʻish, foydalanish va/yoki zararsizlantirish tizimini tashkil etish;

tibbiy chiqindilarni yigʻish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmish tizimini tashkil qilish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi

2020-yil 1-oktabr

2020-yil 1-noyabr

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligimasalalari kotibiyati

15.

“Madaniy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 220-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunlar hamda sohaga oid qonunosti hujjatlarni tanqidiy qayta koʻrib chiqib, toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi yagona qonun loyihasini ishlab chiqish;

Qurolli mojaro chiqqan hollarda madaniy boyliklarning himoya qilinishi toʻgʻrisidagi konvensiya, Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiya, Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiya qoidalarini chuqur implementatsiya qilish;

madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish;

madaniy merosni muhofaza qilish sohasidagi amaldagi qonunchilik bazasini mazkur qonunda tizimlashtirish nazarda tutiladi.

Madani�t vazirligi, Fanlar akademiyasi, Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya

2020-yil 1-oktabr

2020-yil 1-noyabr

Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati

16.

“Majburiy sugʻurta turlari toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozorini jadal rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 2-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

majburiy sugʻurta turlari, ularning umumiy tamoyillari, asosiy tushunchalar, majburiy sugʻurta turlari subyektlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;

majburiy sugʻurta turlarini amalga oshirish shartlari va tartibi;

zararlar (ziyon, shikast)ni kompensatsiya qilishni kafolatlash, shuningdek, majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish ustidan nazorat qilish mexanizmlari;

majburiy sugʻurta turlari boʻyicha yagona axborot tizimini shakllantirish va yuritish.

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi, Moliya vazirligi

2020-yil 30-oktabr

2020-yil 30-noyabr

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati

17.

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 120-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada “Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida” hamda “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi qonunlarga:

amaldagi qonunlardagi norma va qoidalarning xalqaro talablarga asosan tahlilini oʻtkazishga;

qonunlarga sertifikatlashtirish jarayonlarini takomillashtirish va milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olinishining qonuniy asosini yaratishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.

“Oʻzstandart” agentligi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirliklar va idoralar

2020-yil 1-noyabr

2020-yil 1-dekabr

Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

18.

“Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”

(yangi tahrirda)

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 129-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, realizatsiya qiluvchilar, isteʼmolchilar va davlat nazorat organlarining huquqlari hamda majburiyatlarini aniq belgilash;

savdo tarmoqlarida nazorat xaridini amalga oshirishning huquqiy mexanizmlarini yaratish;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi boʻyicha maʼmuriy javobgarlik choralarini belgilashga oid normalar nazarda tutiladi.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bosh prokuratura, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, “Oʻzstandart” agentligi

2020-yil 1-noyabr

2020-yil 1-dekabr

Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati

19.

“Tabiiy monopoliyalar va raqobat toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Il?, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 149-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

“Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida” va “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunlar normalarini unifikatsiya qilish;

xalqaro tajribani oʻrganish asosida erkin raqobat muhitini olib kirish mumkin boʻlgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yoʻl ochish va raqobat muhitini shakllantirish nazarda tutiladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

2020-yil 1-noyabr

2020-yil 1-dekabr

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati

20.

“Davlat qarzi toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 67-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

davlat qarzini xalqaro standartlar asosida boshqarish, mazkur jarayonda Parlament rolini oshirish, uni makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada saqlab turish mexanizmlari;

davlat ichki va tashqi qarziga oʻz vaqtida kafolat�i xizmat koʻrsatilishini taʼminlash;

davlat qarzini diversifikatsiyalash va unga xizmat koʻrsatish xarajatlari oshib ketishi xatarlarini pasaytirish;

davlat kafolatini berish mexanizmini takomillashtirish nazarda tutiladi.

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

2020-yil 1-dekabr

2020-yil 30-dekabr

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati

21.

“Ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikas�ni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 195-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

ijtimoiy sugʻurta tushunchasi, uning turlari va amalga oshirish shartlari;

nogironlik, dafn marosimi, boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha nafaqalar, ish paytida mayib boʻlganlik uchun tovon puli kabi toʻlovlarni amalga oshirish va ularning miqdorini aniqlash tartibi nazarda tutiladi.

Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, vazirliklar va idoralar

2020-yil 1-dekabr

2020-yil 30-dekabr

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati

22.

“Suv taʼminoti va oqava xizmatlar toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 206-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

ichimlik suvi taʼminoti va oqava suv tizimlaridagi munosabatlarni tartibga solish;

isteʼmolchilarni ichimlik suvi bilan taʼminlash;

oqava suvi xizmatlari boʻyicha davlat kafolatlarini belgilash nazarda tutiladi.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi

2020-yil 1-dekabr

2020-yil 30-dekabr

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligimasalalari kotibiyati

23.

Uy-joy kodeksi

(yangi tahrirda)

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 211-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

uy-joy sohasidagi davlat boshqaruvini qayta koʻrib chiqish;

uy-joy siyosatini tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy etish;

davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish;

jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joydan foydalanishda qonunchilikka va normativ hujjatlarga rioya etishdagi masʼuliyatini oshirish;

uy-joy obyektlarini qurishga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilishni ragʻbatlantiruvchi mexanizmlar nazarda tutiladi.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

2020-yil 1-dekabr

2020-yil 30-dekabr

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligimasalalari kotibiyati

24.

“Kinematografiya toʻgʻrisida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 229-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

milliy kinematografiya sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;

sohani rivojlantirish yoʻnalishlari, bosqichlari va istiqbollarini nazarda tutish;

davlat tomonidan milliy kino mahsulotlari ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash;

Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasini moliyalashtirish manbalarini belgilash nazarda tutiladi.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

2020-yil 1-dekabr

2020-yil 30-dekabr

Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-maydagi 278-son qaroriga
2-ILOVA
2020-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga kiritilgan qonun loyihalarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish
SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Vazirliklar
va idoralar

1. Qonun loyihasi boʻyicha tegishli topshiriqda belgilangan masʼul tashkilot boshchiligida manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislaridan iborat ishchi guruhni tashkil etish.

2. Ishchi guruh tomonidan qonun loyihasini ishlab chiqishni tashkil etishni muhokama qilish uchun zarur sharoitlar yaratilishi.

Belgilangan muddatlarda


2-bosqich

Ishchi guruh

1. Qonun loyihasini ishlab chiqishni tashkil etish (qonun loyihasi, uning konsepsiyasi, xalqaro tajribani oʻrganish, tegishli tahliliy materiallar tayyorlashni va b.).

2. Qonun loyihasini tegishli topshiriqda belgilangan asosiy ijrochi tashkilotning rahbari huzurida himoyasini amalga oshirish.

3. Qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirish.

4. Zarur hollarda, muhokama qilish natijalari boʻyicha tushgan takliflar asosida qonun loyihasini qayta koʻrib chiqish.

Belgilangan muddatlarda


15 kunda


3-bosqich

Asosiy ijrochi tashkilot

1. Qonun loyihasini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali yuborish.

2. Qonun loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali Adliya vazirligiga taqdim etish.

7 kunda


4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Qonun loyihasini asosiy ijrochi tashkilot mutaxassisi ishtirokida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.

2. Zarur xollarda qonun loyihasini qayta koʻrib chiqib, huquqiy ekspertiza natijalari boʻyicha tegishli xulosa berish.

10 kunda


5-bosqich

Asosiy ijrochi tashkilot

Qonun loyihasi va unga tegishli materiallarni ilova qilgan holda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

shu kunning oʻzida


6-bosqich

Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmasi

1. Qonun loyihasini puxta iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama va himoya qilinishini taʼminlash.

4. Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish.

1 oyda, agar boshqa�a muddat belgilanmagan boʻlsa


7-bosqich

Ishchi guruh (Asosiy ijrochi tashkilot, Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmasi va b.)

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatida oʻtkaziladigan muhokamalarda qatnashib, qonun loyihasi himoyasini amalga oshir�sh.

Belgilangan muddatlarda


8-bosqich

Asosiy ijrochi tashkilot

Qonun loyihasi qabul qilinganidan soʻng uni amalga oshirish Harakatlar rejasi loyihasini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

3 kunda


9-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Harakatlar rejasini koʻrib chiqish va tasdiqlash.

2 kunda


10-bosqich

Vazirliklar va idoralar

Harakatlar rejasida belgilangan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish.

Belgilangan muddatlarda

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2020-y., 09/20/278/0579-son)