1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qarshi shahrining aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarining kanalizatsiya xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish, shaharning sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatini yanada yaxshilash, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
1. Quyidagilar:
a) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — YETTB) bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida 2019-yil 20-noyabrda “Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 15 yil mobaynida qaytarish muddati bilan 60,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz berish toʻgʻrisida qarz bitimi imzolanganligi;
b) loyihaning umumiy qiymati 76,04 mln AQSH dollarini, shu jumladan:
YETTB qarzi — 60,0 mln AQSH dollarini tashkil etishi;
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hissasi — 16,04 mln AQSH dollarini, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlari berish tarzida 11,7 mln AQSH dollarini va YETTB qarzi boʻyicha investitsiya davrida foizlar va majburiyat uchun vositachilik haqi koʻrinishida 4,34 mln AQSH dollarini tashkil etishi;
v) loyihani amalga oshirish davri 8 yilni (2019 — 2027-yillar) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2026-y., 06/26/140/0792-son)
“Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ) loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlarni oʻtkazish, YETTBning qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
qarz umumiy summasining 1,0 foizi miqdorida YETTB qarzining biryoʻla vositachilik haqini toʻlash YETTBning qarzlari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi boʻyicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
“Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzlariga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining prognozi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga YETTB qarzini Oʻzbekiston Respublikasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyatining (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ) “Qashqadaryo suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ) oʻrtasida qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni (keyingi oʻrinlarda — qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim) imzolash vakolati berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va YETTB oʻrtasidagi qarz bitimi hamda qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruv raisi zimmasiga qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq YETTB qarzini qaytarish va u boʻyicha foizlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar “Oʻzsuvtaʼminot” AJning “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ tomonidan oʻz vaqtida jamlanib borilishini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
7. Qashqadaryo viloyati hokimligi:
kanalizatsiya tarmoqlari va inshootlarini qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini, shuningdek, zaruratga koʻra yer uchastkalari ajratilishi natijasida kompensatsiya toʻlovlari toʻlanishini;
2020-yildan boshlab Qashqadaryo viloyati mahalliy budjeti parametrlarida YETTB qarzi boʻyicha foizlarni va asosiy qarzni qaytarishga “Oʻzsuvtaʼminot” AJning “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJning ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan oʻz mablagʻlariga qoʻshimcha ravishda mablagʻlarni nazarda tutsin.
8. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarini muvofiqlashtirish guruhiga loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish funksiyalari yuklansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda har bir yil uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda, 2020 — 2022-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlarini shakllantirishda ushbu loyiha doirasida ajratiladigan mablagʻlarni inobatga olsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-aprel,
220-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 220-son qaroriga 1-ILOVA
“Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashning
Tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirish xarajatlari
ming AQSH doll. ekv.
1 800,00
1 800,00
Qurilish-taʼmirlash ishlari
ming AQSH doll. ekv.
53 200,00
53 200,00
2.2.
Maslahat xizmatlari
ming AQSH doll. ekv.
3 500,00
3 500,00
shundan:
Loyihalashtirish, loyihani boshqarish va qurilish ishlari nazorati boʻyicha maslahatchining xizmatlari
ming AQSH doll. ekv.
3 300,00
3 300,00
Loyihani muvofiqlashtirish guruhi xarajatlari
ming AQSH doll. ekv.
200,00
200,00
2.3.
Loyiha boʻyicha koʻzda tutilmagan xarajatlar
ming AQSH doll. ekv.
900,00
900,00
2.4.
Investitsiya davrida moliyaviy xarajatlar
ming AQSH doll. ekv.
4 938,14
600,00
4 338,14
3.
Soliq va bojxona imtiyozlari
ming AQSH doll. ekv.
11 700,00
11 700,00
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilganidan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 220-son qaroriga 2-ILOVA
“Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi boʻyicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning
* Qarz berilishi muddati moliyaviy bitim imzolanishi sanasiga bogʻliq.
** Hisob-kitoblarni tayyorlash paytida AQSH dollari uchun L1BOR stavkasi 2,63% boʻlganligi inobatga olinib hisoblangan foiz stavkasi boʻlishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar hisobga olingan holda, yiliga 4,0 foiz deb qabul qilingan.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 220-son qaroriga 3-ILOVA
“Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzlariga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining
PROGNOZI
Yillar
“Oʻzsuvtaʼminot”AJning “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ ulushi
Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetining ulushi
2020
0,0%
100,0%
2021
0,0%
100,0%
2022
0,0%
100,0%
2023
0,0%
100,0%
2024
24,4%
75,6%
2025
27,3%
72,7%
2026
30,0%
70,0%
2027
29,2%
70,8%
2028
33,8%
66,2%
2029
38,5%
61,5%
2030
46,0%
54,0%
2031
51,8%
48,2%
2032
55,1%
44,9%
2033
56,0%
44,0%
Jami:
35,2
64,8
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/220/0432-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 20.08.2024-y., 09/24/517/0632-son; 28.07.2026-y., 06/26/140/0792-son)