1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Limonchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda respublikada limonchilik tarmogʻini boshqarish tizimini isloh qilish, limonzorlar maydonini kengaytirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini koʻpaytirish borasida izchil choralar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, respublikada 2018-2019-yillarda 46 mln AQSH dollari miqdoridagi xorijiy kredit liniyalari jalb qilinib, 730 gektar maydonda zamonaviy limonzorlar barpo etildi, limon yetishtiriladigan issiqxonalar umumiy maydoni 1 221 gektarga yetkazildi.
Shu bilan birga, innovatsion texnologiyalar asosida yangi, serhosil va jahon bozorida raqobatbardosh boʻlgan limon navlarini yaratishga yetarli eʼtibor berilmayotganligi, sifatli axborot-konsalting xizmatlarini koʻrsatish talab darajasida yoʻlga qoʻyilmaganligi, kooperatsiya munosabatlari toʻliq shakllanmaganligi oqibatida sohadagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilmayapti.
Respublikada limonchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish, ilgʻor va zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni qoʻllash asosida yuqori sifatli sanoatbop va eksportbop limon yetishtirish hajmini oshirish, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini keng joriy etish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasining:
“Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi nomini “Sitrus, subtropik va tropik oʻsimlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) deb oʻzgartirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
tajriba tariqasida Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Uyushma ishtirokida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi Sitrus, subtropik va tropik oʻsimliklar ilmiy — amaliy markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Markazning asosiy vazifalari quyidagilar ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.01 Oʻsimlikshunoslik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
kooperatsiya shartlari asosida sitrus, subtropik va tropik oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish hamda mahsulot yetishtiruvchilarga yetkazish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar]
sertifikatlangan va kafolatlangan limon koʻchatlarini yetishtirish boʻyicha maxsus koʻchatxonalarni tashkil etish hamda limon koʻchatlarini yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
mavjud issiqxonalarni modernizatsiya qilish hamda serhosil, eksportbop limon navlari kolleksiyasini va koʻrgazmali limon plantatsiyalarini yaratish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi tovarlarni sertifikatlashtirish;
4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.05.00 Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish]
sitrus, subtropik va tropik oʻsimliklar, eksport va import mahsulotlarini sertifikatlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.01 Oʻsimlikshunoslik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
sitrus, subtropik va tropik oʻsimliklar, shuningdek, manzarali oʻsimliklar, gullar va koʻkalamzorlashtirish ekinlari koʻchatlarini yetkazib berish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
mahsulot ishlab chiqaruvchilarni mineral oʻgʻitlar va kimyoviy moddalar bilan taʼminlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
sitrus, subtropik va tropik oʻsimliklarni qayta ishlash, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va xizmat koʻrsatish;
sohani rivojlantirish boʻyicha xorijiy texnologiyalar, fan va ishlab chiqarishdagi yutuqlar, yangiliklarga oid rolik va maxsus koʻrsatuvlar tayyorlash.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
Markaz faoliyati bank kreditlari, tashabbuskorlar mablagʻlari, xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Uyushma bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Markazga Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hududidan bino va issiqxona uchun 12 gektar yer maydoni ajratilishini;
Uyushma, Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda xususiy sherik oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuzilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi, Uyushmaning 2020-yil 1-martdan boshlab limonzorlarni barpo etishning quyidagi tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish agentligi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
yangi barpo etiladigan limonzorlar uchun standartlarni (koʻchat navi va sifati, ekish sxemasi, issiqxonaga qoʻyiladigan talablar, resurs tejovchi texnologiyalar hamda boshqalar) belgilaydi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.01 Oʻsimlikshunoslik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar]
limonchilik tarmogʻini rivojlantirishda ilgʻor xorijiy tajriba va resurs tejovchi innovatsion texnologiyalar joriy etilishini tashkil qiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
limonzorlarni tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli resurslari va grant mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻradi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
qayta ishlash korxonalari va eksport qiluvchi tashkilotlar ishtirokida tashkil etiladigan kooperatsiyalar (klasterlar) rahbarlari va limon yetishtiruvchilar uchun oʻquv-seminarlarni tashkil qiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar]
sertifikatlangan va kafolatlangan limon koʻchatlarini yetishtirish boʻyicha maxsus koʻchatxonalarni tashkil etadi hamda limon koʻchatlarini yetishtiruvchi xoʻjaliklar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
kooperatsiya (klaster) asosida ishlaydigan qayta ishlash korxonalari va eksport qiluvchi tashkilotlar roʻyxatini shakllantiradi hamda ularga limon yetishtiruvchilarni biriktiradi;
limonzorlar uchun talab qilingan yer maydonlarining qisqa muddatlarda ajratilishini va belgilangan standartlar asosida barpo qilinishini taʼminlaydi;
hosildorlikni oshirish va mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish, belgilangan agrotexnik tadbirlarni oʻz muddatida amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi;
v) qayta ishlash korxonalari va eksport qiluvchi tashkilotlar ishtirokida tashkil etiladigan kooperatsiyalar (klasterlar):
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.08.00 Tovarlarni qabul qilish, saqlash va joʻnatishni hisobga olish va rasmiylashtirish;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.03.00 Eksportni qullab-quvvatlash]
limon yetishtiruvchilar bilan oʻzaro hamkorlik asosida kooperatsiya faoliyatini yoʻlga qoʻyish, yetishtirilgan mahsulotni saralash, qayta ishlash, saqlash, qadoqlash va eksport qilish boʻyicha samarali ish yuritish tizimini joriy qiladi;
limonzorlarni barpo etadi va ularni lizing shartlari asosida uzoq muddatga tadbirkorlik subyektlariga beradi, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun mutaxassis ajratadi, ilmiy asoslangan agronomik tavsiyalar berib boradi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
limon yetishtiruvchilar talabi asosida ularni limon koʻchatlari, mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi-moylash mahsulotlari va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlaydi;
soha olimlari va koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan mutaxassislarni jalb qilib, limon yetishtiruvchilarning malakasini oshirib boradi;
g) mahsulot yetishtiruvchilar:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
kooperatsiya talablari asosida limon koʻchatlarining toʻliq ekilishini, agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi;
limonzorlarni barpo etish boʻyicha xarajatlarning kelishilgan qismi boʻyicha dastlabki toʻlovlarni amalga oshiradi;
tuzilgan shartnomalarga muvofiq yetishtirilgan mahsulotlarning belgilangan vaqtda va sifatda yetkazib berilishini taʼminlaydi.
4. Quyidagilar:
2020-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda ishga tushadigan limonchilik yoʻnalishidagi loyihalarning manzilli roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
2021-2022-yillarda “Turonbank” ATB tomonidan moliyalashtirish hisobiga tashkil etiladigan limonzorlar maydonlarining prognoz koʻrsatkichlari 1a-ilovaga muvofiq;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-avgustdagi PQ-5207-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son)
limon yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan hududlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.05.00 Yerdan foydalanishni va muhofaza qilish sohasini rejalashtirish va meʼyorlash;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
a) limonzorlar paxta va gʻalladan boʻshagan hamda foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarida resurs tejovchi texnologiyalarni qoʻllagan holda barpo etiladi;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.08.00 Bandlikka koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarmasi (shuningdek, 06.03.03.00, 07.07.02.01larga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
yangi limonzorlar “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ajratiladigan, Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan barpo etiladi;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.06.00 Ishlab chiqarish kooperativlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.05.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.01 Oʻsimlikshunoslik]
b) 2020-yil 1-martdan boshlab kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari, jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlariga:
(5-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-avgustdagi PQ-5207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar]
yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning har bir sotixi uchun 300 ming soʻmdan oshmaydigan miqdori Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-sonli Farmoniga asosan 5-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)
6. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari va tadbirkorlik subyektlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4549-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
tijorat banklari bilan birgalikda limonchilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining kamida 100 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlari jalb etilishini;
“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki bilan birgalikda xalqaro moliya institutlarining 100 mln AQSH dollari miqdoridagi xorijiy kredit liniyalarini limonchilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi “Turonbank” ATBga Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratilgan 357,8 mlrd soʻm ekvivalentidagi qoldiq mablagʻlarni jamgʻarmaning bank ustav kapitalidagi ulushini oshirish uchun yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-avgustdagi PQ-5207-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda limonchilik boʻyicha 2020 — 2024-yillarga moʻljallangan fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ilmiy-texnik loyihalarni shakllantirsin hamda ularning grant tanlovlari asosida amalga oshirilishini taʼminlasin.
Bunda, limon koʻchatlarining issiqxona va ochiq maydonda parvarish qilinadigan yangi navlarini yaratish, onalik koʻchatzorlarni tashkil etish, zararkunanda hamda kasalliklarga qarshi kurashish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilishga alohida eʼtibor qaratilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
bir oy muddatda limonchilikni rivojlantirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda resurs tejovchi texnologiyalarga asoslangan limonzorlarni barpo etish va parvarishlash, mahsulot yetishtirish, saqlash hamda qayta ishlash boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish va joylarga yetkazish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar);
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
ikki oy muddatda limon ekish, parvarishlash, yetishtirish, hosilni yigʻishtirib olish, qayta ishlash, saqlash, saralash va eksport qilish masalalari boʻyicha fermer hamda dehqon xoʻjaliklari, tomorqa yer egalari va tadbirkorlik subyektlari uchun joylarda oʻquv-seminarlarini oʻtkazish;
yetakchi xorijiy institutlar bilan limonchilikni rivojlantirish va ilgʻor innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish boʻyicha ilmiy-amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ilmiy xodimlar va mutaxassislarning malakasini oshirish hamda tajriba almashish ishlarini tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Toshkent davlat agrar universiteti huzurida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sitrus, subtropik va tropik oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha kichik innovatsion korxona tashkil etish choralarini koʻrsin.
Bunda, korxonaning asosiy vazifasi “fan-taʼlim-ishlab chiqarish”ning uzviy integratsiyasini taʼminlash, dars mashgʻulotlarini ishlab chiqarish bilan bogʻliq holda amalga oshirish va talabalarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish ekanligiga eʼtibor qaratilsin.
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda universitetning 3-bosqich talabalari orasidan saralab olingan talabalar uchun sitrus, subtropik va tropik oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyalari boʻyicha zaruriy bilim va malakaga ega boʻlgan mutaxassislar tayyorlovchi maxsus guruhlarni tashkil etsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
Bunda, oʻquv auditoriyalarini jihozlash, zamonaviy texnologiya vositalari bilan taʼminlash Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi, homiylik mablagʻlari hamda xalqaro moliya institutlari grantlari hisobidan amalga oshiriladi.
12. “Oʻzstandart” agentligiga xalqaro darajada tan olingan standartlar talablariga mos mahsulot yetishtirishni koʻpaytirish, sitrus, subtropik va tropik oʻsimliklar, jumladan limon mahsulotlarini ushbu standartlar talablari asosida sertifikatlash ishlarini jadallashtirish yuklatilsin.
13. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga sitrus, subtropik va tropik oʻsimliklar boʻyicha ilgʻor texnologiyalar, fan va ishlab chiqarishdagi yutuqlarga oid maxsus koʻrsatuvlarni muntazam namoyish etib borish yuklatilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish agentligi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Uyushma bilan birgalikda ikki oy muddatda 2020-yilda qoʻshimcha 2,5 ming gektar yer maydonida amalga oshiriladigan limonchilik yoʻnalishidagi loyihalarning manzilli roʻyxatini shakllantirsin;
zarur hollarda, Uyushma taklifiga asosan mazkur qarorning 1 va 2-ilovalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi A.D. Vaxabov, qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Sh.J. Teshayev — ushbu qaror ijrosining tashkil etilishini, 2020-yilda amalga oshiriladigan limonchilik yoʻnalishidagi loyihalarning tarmoq jadvallari ishlab chiqilishi va ishga tushirilishi, limonzorlar uchun ajratiladigan subsidiyalarning maqsadli yoʻnaltirilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi direktori N.E. Najimov — davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Sitrus, subtropik va tropik oʻsimliklar ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish, sohada kooperatsiya munosabatlarini shakllantirish hamda ilmiy-tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish choralarini koʻrsin;
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari F.J. Rahimov, qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev — xalqaro moliya institutlari mablagʻlari jalb etilishi, tashqi bozorlar konyunkturasi boʻyicha marketing tadqiqotlari oʻtkazilishi va limon eksporti geografiyasi kengaytirilishini taʼminlasin;
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.02.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (shuningdek, 01.12.05.00ga qarang) / 02.02.02.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari — limonzorlar barpo etish uchun yer maydonlarini ajratish, kooperatsiya munosabatlarini shakllantirish asosida ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish hamda eksport salohiyatini oshirish choralarini koʻrsin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlarining qishloq xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosarlari — limonzorlar barpo etish va hududlarni limonchilikka ixtisoslashtirish choralarini koʻrsin, “Sitrus, subtropik va tropik oʻsimlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi faoliyatiga koʻmaklashsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-fevral,
PQ-4610-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-fevraldagi PQ-4610-son qaroriga 1-ILOVA
2020-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda ishga tushadigan limonchilik yoʻnalishidagi loyihalarning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-fevraldagi PQ-4610-son qaroriga 1a-ILOVA
2021-2022-yillarda “Turonbank” ATB tomonidan moliyalashtirish hisobiga tashkil etiladigan limonzorlar maydonlarining
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/r
Hududlar nomi
Tashkil etiladigan limonzorlar
gektar
Limon hosili
tonna
Yaratiladigan doimiy ish oʻrinlari
Mavsumiy ish oʻrinlari
Talab etiladigan limon koʻchatlari
dona
JAMI:
2 031
120 000
12 186
14 217
2 234 100
1.
Andijon viloyati
26
1 500
156
182
28 600
2.
Buxoro viloyati
20,5
1 200
123
144
22 550
3.
Qashqadaryo viloyati
5,5
300
33
39
6 050
4.
Namangan viloyati
862,5
50 800
5 175
6 038
948 750
5.
Surxondaryo viloyati
1 000
59 300
6 000
7 000
1 100 000
6.
Fargʻona viloyati
100
5 900
600
700
110 000
7.
Xorazm viloyati
2,5
150
15
18
2 750
8.
Toshkent viloyati
14
850
84
98
15 400
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-avgustdagi PQ-5207-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-fevraldagi PQ-4610-son qaroriga 2-ILOVA
Limon yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan hududlar