Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha tanlov (tender) oʻtkazishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-yanvardagi PQ-4565-son qaroriga muvofiq qurilish sohasida tanlov (tender)larni yagona yondashuv asosida oʻtkazishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-yanvardagi PQ-4565-son qarori bilan 2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Dasturga kiritilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlari boʻyicha 2020-yil uchun tajriba-sinov tariqasida tegishlicha 1 va 2-ilovalarga muvofiq namunaviy tanlov va tender hujjatlari asosida tanlovni (tenderni) tashkil etish hamda oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Belgilansinki:
a) obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlari boʻyicha namunaviy tanlov va tender hujjatlari asosida tanlovni (tenderni) tashkil etish va oʻtkazish faqat 2020-yilda qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va kapital taʼmirlanishi nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan amal qiladi;
b) “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq:
loyiha tashabbuskori davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida tanlov (tender) oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon va tanlov (tender) hujjatlari toʻliq joylashtirilishi uchun masʼuldir;
tanlov (tender) ishtirokchisi taqdim etilayotgan axborot va hujjatlarning haqqoniyligi va toʻgʻriligi uchun javob beradi.
Bunda, istisno tariqasida, 2020-yil uchun tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari asosida tanlov (tender) hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazmasdan, mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan tanlovni (tenderni) tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha namunaviy hujjatlar talablari doirasida tayyorlashga va tasdiqlashga ruxsat berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yilgi tajriba-sinov tariqasida oʻtkaziladigan tanlovlar (tenderlar) yakunlari asosida 2021-yil 1-yanvardan boshlab tanlovni (tenderni) tashkil etish va oʻtkazish uchun talab etiladigan namunaviy hujjatlarni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqib, tasdiqlasin.
5. Loyiha tashabbuskorlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazlarini va kapital qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlarni jalb qilgan holda, Dasturda nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha tanlovlar (tenderlar) oʻtkazilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi 2021-yilda qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va kapital taʼmirlanishi nazarda tutilgan ijtimoiy, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasi obyektlarining loyiha-qidiruv ishlarini 2020-yil I yarim yilligida buyurtmachilarning hisob-kitoblari asosida belgilangan tartibda moliyalashtirilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu qaror bilan tasdiqlangan tanlovlarni (tenderlarni) tashkil qilish hamda oʻtkazish boʻyicha namunaviy hujjatlar asosida qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan tanlov (tender) talabgorining sof tushumi, ish haqi jamgʻarmasi va xodimlarning oʻrtacha soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni haqqoniyligini oʻrgangan holda tasdiqlanishini taʼminlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishii nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev hamda qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-fevral,
91-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 91-son qaroriga
1-ILOVA

NAMUNA

“TASDIQLANDI”
‎Buyurtmachi nomi:
‎______________________
‎F.I.O.

_______________________________________________________________________________________________________

(obyekt nomi)

TANLOV HUJJATI

TANLOV HUJJATINI IShLAB ChIQDI

___________________________

(tashkilot nomi)

2020-yil

MUNDARIJA

NAShRDA ChOP ETILADIGAN EʼLON MATNI
‎(Tanlov ishtirokchilariga taqdim etilmaydi)

‎‎TANLOV HUJJATLARI

‎‎UMUMIY QISM

‎‎TANLOVDA IShTIROK ETISh UChUN TAKLIFNOMA
‎TANLOV IShTIROKChILARI UChUN YOʻRIQNOMA
‎TANLOV TAKLIFLARINI TEXNIK BAHOLASh MEZONLARI
‎TANLOV KOMISSIYASI TARKIBI
‎PUDRAT TAShKILOTLARINI ANIQLASh
‎SXEMASI

‎TEXNIK QISM

‎‎BAJARILADIGAN ISh HAJMLARI ROʻYXATI

‎TIJORAT QISM
‎BUYuRTMAChINING BOShLANGʻICh NARXI
‎QURILIShNI YAKUNLASh MUDDATI
‎MOLIYALAShTIRISh MANBASI
‎MOLIYALAShTIRISh ShARTLARI
‎ShARTNOMA VALYUTASI
‎ShARTNOMA LOYIHASI

NAMUNA

BARChA QURILISh TAShKILOTLARI DIQQATIGA !!!

_______________________________________________________________________________________________________

(Buyurtmachi tashkilot nomi)

TANLOV ELON QILADI

_______________________________________________________________________________________________________

Obyekt nomi ____________________________________________
‎Obyektning boshlangʻich narxi (QQS bilan) — ___________________ soʻm.
‎Ishlarni tugallash muddati —_______ kun.

‎Buyurtmachi: __________________________________________
‎(______________shahar ________________ koʻchasi ___-uy), tel (998___) ____________,

‎Moliyalashtirish manbasi: ________________________________.

• Tanlov ishtirokchilari quyidagi talablarga loyiq boʻlishlari lozim: ish (xizmat)larni bajarish uchun zarur boʻlgan mehnat resurslari va mutaxassislarning mavjudligi, mutaxassislarning yetarli kasbiy va texnikaviy malakaga, moliyaviy imkoniyatlarga, shartnoma tuzish yuzasidan fuqarolik-muomala layoqati vakolatlariga ega va tajribali boʻlishlari shart.
‎• Mahalliy va xorijiy qurilish tashkilotlari tanlovda qatnashganda, tanlov takliflarini baholashda mahalliy tanlov ishtirokchilarga quyidagi narx koʻrsatkichlari hisobga olinadi:
‎• Takliflarni baholashda ishtirokchilarning tanlov takliflari qonun hujjatlariga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan import qiluvchilarning tovar (ish, xizmat)lari qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi qoʻshimcha ravishda hisobga olinadi.
‎• Tanlov ishtirokchilari tanlovda qatnashish toʻgʻrisidagi takliflari va tanlov hujjatlari boʻyicha soʻrovnomalar bilan tanlov tashkilotchisi ______________________ ga quyidagi manzil boʻyicha murojaat etishlari mumkin:
‎• _______________ shahar ____________ koʻcha, _____-uy, tel. (998 ___)__________.
‎• Tasdiqlangan tanlov hujjatlari buyurtmachi tomonidan joylashtiriladigan davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalidan yuklab olishlari mumkin.
‎• Takliflar tanlov tashkilotchisi tomonidan yuqoridagi manzilda tanlov eʼlonida chop etilgan kuni va vaqtiga qadar qabul qilinadi.

Eʼlon _______________________________________ da berilgan.

Buyurtmachi tashkilot rahbari:

____________________________________

TANLOVDA IShTIROK ETISh UChUN TAKLIFNOMA

________________________________________________________________ nomidan tanlovda ishtirok etishga tanlov ishtirokchilarini taklif etamiz va quyidagi obyekt boʻyicha tanlov taklifini taqdim etilishini soʻraymiz.
‎Obyekt nomi: _______________________________________________________________________________________
‎Obyektning boshlangʻich narxi (QQS bilan) — _______________ soʻm.
‎Ishlarni tugallash muddati — ______ kun.

Buyurtmachi: ______________________________________________________________
‎manzil:__________________________________________________________________

Loyihani moliyalashtirish manbasi: ______________________________________________________________________.
‎Taklif etilgan shartlar boʻyicha tanlovda murojaat bilan mahalliy va xorijiy qurilish tashkilotlari ishtirok etishlari mumkin.
‎Tanlovda ishtirok etishi uchun ishtirokchilarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
‎fuqarolik-muomala layoqati va shartnoma tuzish vakolati;
‎doimiy xodimlari, jumladan muhandis-texnik xodimlariga ega boʻlishi;
‎ishlab turgan asosiy vositalari, shu jumladan ishlab chiqarish bazasi, mashina va mexanizmlar, kichik mexanizatsiya vositalariga ega boʻlishi;
‎oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganligi (koʻrsatkich 0,2 koeffitsiyentdan kam boʻlmagan);
‎toʻlovga qodirligi (koʻrsatkich 1,25 koeffitsiyentdan kam boʻlmagan);
‎tanlov obyektiga oʻxshash obyektlarda ishlaganlik tajribasi mavjudligi;
‎bajarilgan ishlar, shu jumladan oʻz kuchi bilan oldin bajarilgan ishlar hajmi haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish;
‎‎ustav fondi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
‎Agar tanlov predmeti boʻlgan ish (xizmat)larni bajarish bilan bogʻliq faoliyat qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanishi zarur boʻlsa, tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan tartibga asosan tegishli litsenziyaga ega boʻlgan tanlov ishtirokchilarga ruxsat etiladi.
‎Quyidagi tanlov ishtirokchilariga tanlov jarayonlarida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi:
‎qayta tashkil etilish (boʻlinish, qoʻshilish), tugatish yoki bankrotlik arafasida turganlar;
‎mol-mulki musodaraga olinganlar hamda muassislik kelishuv, moliyaviy ishtirok, xolding va boshqa shaklda ifodalangan bevosita tashkiliy-huquqiy yoki bir-biriga moliyaviy qaramligi mavjud tashkilotlar.
‎Tanlov taklifini tayyorlash va taqdim etish uchun kerakli barcha hujjatlar tanlov ishtirokchilari uchun yoʻriqnomada aks ettirilgan.
‎Tanlov ishtirokchilari tanishib chiqish va tanlov taklifini tuzish maqsadida tanlov predmetining loyiha hujjatlari, xususan, loyihaning grafik qismi (chizmalari)ni taqdim etilishi haqida tanlov tashkilotchisiga murojaat qilishga haqlidir.
‎Buyurtmachi yoki tanlov tashkilotchisi obyektning loyiha hujjatlarini, shuningdek uning grafik qismini (chizmalarning nusxasi yoki elektron varianti)ni tanlov ishtirokchilariga ularning birinchi talabidanoq taqdim etishga majbur.
‎Tanlov ishtirokchilari takliflari tashkilotchi tomonidan yuqoridagi manzilda ish kunlari soat 9-00 dan 18-00 gacha qabul qilinadi.
‎Tanlov tashkilotchisiga takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati — takliflarni ochish kuni va vaqtigacha quyidagi manzilda:_____________________________________________________________________________________
‎______________________________________________________________________________________________________.
‎Takliflarni topshirish tanlov ishtirokchisining tanlov hujjatlariga qoʻyilgan talablarni oʻrgangani va unda koʻrsatilgan ishlarni bajarish, ishlarning fizik hajmlari, material va konstruksiyalar hajmlari hamda boshqa shartlarga nisbatan loyihani tugallashga taʼsir etishi mumkin boʻlgan savollar yoʻqligiga dalolat hisoblanadi.
‎Takliflarni ochish tanlov eʼlon qilingan sanadan boshlab 10 (oʻn) kundan keyin 20___ yil “_____” _____________ kuni soat “_____” da boʻlib oʻtadi.

Buyurtmachi tashkilot rahbari

____________________________________

Izoh: Dastlabki manzilli roʻyxat tasdiqlanib taqdim etilgandan soʻng, tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portaliga joylashtiriladi.

TANLOV IShTIROKChILARIGA YOʻRIQNOMA

I. IShLARNING QISQAChA TAʼRIFI

1.1. Buyurtmachi — tanlov axborot jadvalida (keyingi oʻrinlarda TAJ deb ataladi) koʻrsatilgan obyekt boʻyicha ishlarni olib borishni moʻljallab, tanlov tashkilotchisi nomidan ish yuritib, TAJda koʻrsatilgan obyekt boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.
‎1.2. Tanlovning turi — ochiq tanlov, agar TAJda boshqacha aytib oʻtilmagan boʻlsa.
‎1.3. Ishlar tanlov hujjatlarining tijorat qismida joylashgan namunaviy pudrat shartnomasi talablariga binoan bajarilishi lozim.
‎1.4. Qurilish ishlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi shaharsozlik normalari va qoidalariga toʻla mos kelishini taʼminlash maqsadida, talab qilinadigan barcha ishchi kuchlari, qurilish materiallari, yonilgʻi, jihozlar, umumiy va alohida xarakterdagi ish turlari, barcha zarur boʻlgan yoʻldosh va yordamchi ish va materiallar, tanlov ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirishni nazarda tutadi.

II. TANLOV HUJJATLARINING MUNDARIJASI

2.1. Ushbu tanlov hujjatlari “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarorining talablariga binoan ishlab chiqilgan va umumiy, texnik va tijorat qismlaridan iborat.
‎2.2. Umumiy qism tanlov ishtirokchilariga taklif, shartnomaning umumiy talablari va mazkur yoʻriqnomani, shakl va ilovalar qoʻshilgan holda, oʻz ichiga oladi.
‎2.2.1. Shakllar roʻyxati:
1-shakl. Tanlov buyurtmasini taʼminlash kafolati.
2-shakl. Tanlov ishtirokchisi haqida umumiy maʼlumotlar.
3-shakl. Tanlov ishtirokchisining moliyaviy koʻrsatkichlari.
‎4-shakl. Tanlov ishtirokchisining ish haqi jamgʻarmasi va hodimlar oʻrtacha soni boʻyicha koʻrsatkichlari.
5-shakl. Bank kafilligi.
6-shakl. Tanlovdagi obyektga oʻxshash obyektlarda oxirgi uch yillik ish tajribasi.
7-shakl. Tanlov ishtirokchisining ishlarni bajarishda foydalanadigan mashina va mexanizmlari roʻyxati.
8-shakl. Tanlov ishtirokchisining joriy davrdagi boshqa (pudrat shartnomalari) obyektlari.
‎9-shakl. Qurilish maydonchasini koʻzdan kechirganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
‎2.2.2. Ilovalar roʻyxati:
‎1-ilova. Loyihani bajarish buyurtmanomasi.
‎2-ilova. Obyektning qurilish ishlarini bajarish grafigi.
‎3-ilova. Obyekt qurilishini moliyalashtirish grafigi.
‎4-ilova. Obyektning jamlanma jadvali, obyektda bajariladigan ish hajmlari roʻyxati, obyekt qurilishining shartnomaviy narxini belgilashda ishlatilgan asosiy narx shakllantiruvchi komponentlarning narxlari.
‎2.3. Texnik qism:
‎buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan qiymati kiritilmagan fizik ish hajmlari roʻyxati;
‎(4-ilova asosida)
‎jihozlar, material va konstruksiyalar buyurtmasining toʻliq roʻyxatidan iborat.
Izoh: Loyihaning xususiyatiga qarab texnikaviy qism tarkibiga TAJga binoan boshqa hujjatlar ham kiritilishi mumkin.
‎2.4. Tijorat qismi:
‎qurilishning boshlangʻich narxi;
‎qurilishning muddati;
‎moliyalashtirish manbasi, shartlari hamda shartnoma loyihasidan iborat.

III. IShTIROKChILARINING TANLOVDA IShTIROK ETISh ShARTLARI

3.1. Mazkur loyiha boʻyicha tanlovda taklif etilgan shartlar boʻyicha ishtirok etish maqsadida murojaat etgan mahalliy va xorijiy qurilish tashkilotlari tanlov ishtirokchisi boʻlishi mumkin.
‎3.2. Tanlov ishtirokchisi tanlovda ishtirok etish uchun tanlov tashkilotchisiga murojaat etishi, mazkur yoʻriqnomaning VII bobi talablariga binoan tanlov taklifini taqdim etishi lozim.
‎3.3. Tanlov ishtirokchisi oʻzining tanlov takliflarini tayyorlash va taqdim etish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni oʻz zimmasiga olishi kerak. Bunda buyurtmachi, tanlov tashkilotchisi va tanlov komissiyasi tanlov natijalaridan qatʼiy nazar mazkur xarajatlar uchun javobgar boʻlmaydi.
‎3.4. Tanlov ishtirokchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar (takliflar) tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan talablarga javob berishi kerak.

IV. TANLOV HUJJATLARIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh

4.1. Buyurtmachi tanlovda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin tanlov hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Ish hajmlarni (xizmatlarni) oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda ushbu tanlovda takliflar berish tugaydigan muddat tanlov hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilgan sanadan eʼtiboran kamida oʻn kunga uzaytirilishi kerak.
‎Shu bilan bir vaqtda, tanlov tashkilotchisi kiritilgan oʻzgartirishlar haqida tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tanlov ishtirokchilariga bildirishnomalar yuboradi.
‎4.2. TAJda koʻrsatilgan muddat doirasida tanlov ishtirokchisi yozma ravishda tanlov tashkilotchisiga tanlov hujjatlari boʻyicha tushuntirish va aniqlik kiritish maqsadida murojaat qilishga haqli.
‎4.3. Tanlov tashkilotchisi tanlov ishtirokchisining soʻrovi boʻyicha tanlov hujjatlariga oid maʼlumot va materiallarga tushuncha berish bilan bogʻliq soʻrovlar mohiyati boʻyicha takliflarni topshirishning TAJda koʻrsatilgan muddatdan kechikmasdan yozma ravishda javob berishga, soʻrov manbasini koʻrsatmagan holda tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tanlov ishtirokchilariga javoblarni joʻnatishga majbur.
‎4.4. Tanlov hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish ular buyurtmachi, tanlov tashkilotchisining shaxsiy tashabbusi bilan yoki tanlov ishtirokchisining soʻroviga javoban amalga oshirilganligidan qatʼiy nazar “Tanlov ishtirokchilariga xabarnoma” koʻrinishda rasmiylashtiriladi va tanlov hujjatlariga qoʻshimcha boʻlib qoladi. Shu koʻrinishda rasmiylashtirilmagan oʻzgartirishlar va koʻshimchalar kuchga ega boʻlmaydi. Buyurtmachi yoki tanlov tashkilotchisi tanlov ishtirokchilari noqonuniy kiritgan oʻzgartirish va qoʻshimcha uchun javobgar boʻlmaydilar.
‎4.5. Tanlov ishtirokchilari xabarnomani olgach uning ilova qilingan nusxasiga imzo chekib, darhol uni tashkilotchiga qaytarishlari kerak.
‎4.6. Tanlov ishtirokchilari uchun xabarnoma tuzishdan oldin ogʻzaki shaklda qilingan yoʻriqnomalar eʼtiroz uchun asos boʻla olmaydi.
‎4.7. Tanlov ishtirokchilariga oʻz takliflariga oʻzgartirishlar kiritish uchun zarur vaqt taqdim etish maqsadida tashkilotchi tanlov komissiyasi bilan kelishilgan holda mazkur yoʻriqnomaning XIII bobiga muvofiq takliflar taqdim etish muddatini uzaytirishi mumkin. Bunda tanlov ishtirokchilariga joʻnatiladigan xabarnomada takliflar taqdim etish muddatini yangi oxirgi sanasi belgilanadi.

V. HUJJATLARNI OʻRGANISh

5.1. Tanlov ishtirokchilari tanlov va loyiha hujjatlarini oʻrganib chiqishlari kerak, tanlov ishtirokchilari tanishib chiqish maqsadida tanlov predmetining loyiha hujjatlari, xususan, loyihaning grafik qismi (chizmalari)ni buyurtmachi yoki tanlov tashkilotchisi tomonidan taqdim etilishi haqida murojaat kilishga haqlidirlar.
‎Shuningdek, buyurtmachi yoki tanlov tashkilotchisi loyiha hujjatlarini (chizmalarning asli nusxasi yoki elektron varianti)ni tanlov ishtirokchilariga ularning birinchi talabidanoq taqdim etishga majbur.
‎5.2. Tanlov ishtirokchilari ishlar olib boriladigan yer uchastkasini, mavjud bino va inshootlarni borib koʻrishlari, joyning oʻzida loyiha-smeta hujjatlarini oʻrganish natijasida, talab etilgan ishlarni olib borish uchun hal etilishi lozim boʻlgan muammolarning mazmun va mohiyati bilan tanishishlari, shuningdek ish muddati va uning qiymatiga taʼsir etishi mumkin boʻlgan boshqa masalalarni oʻrganishlari zarur.
‎5.3. Takliflarni topshirish tanlov ishtirokchisining yuqoridagilarni oʻrgangani va unda bajariladigan ish hajmlariga, material va konstruksiyalar hajmiga, boshqa shartlarga nisbatan, loyihani tugallashga taʼsir etishi mumkin boʻlgan savol yoʻqligiga dalolat hisoblanadi.

VI. TANLOV TAKLIFINI TAYYORLASh

6.1. Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan taklif, tanlovga oid barcha xabarnomalar va hujjatlar, tanlov ishtirokchilari bilan buyurtmachi va tashkilotchi oʻrtasidagi maʼlumot almashuvlar TAJda koʻrsatilgan tilda olib borilishi lozim.
‎6.2. Tanlov ishtirokchisi tomonidan tayyorlangan tanlov taklifida, unga oid barcha xabarnomalar va hujjatlarda metr sistemasi oʻlchovidan foydalaniladi.
‎6.3. Tanlov ishtirokchisi tanlov taklifini mazkur tanlov hujjatlari asosida tayyorlaydi. TAJda va tanlo� hujjatlarining boshqa qismlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarda tafovut boʻlganida, tanlov ishtirokchisi tanlov taklifini tayyorlashda TAJ maʼlumotlarini hisobga olishi lozim.
‎6.4. Tanlov ishtirokchisi oʻz tanlov taklifining tarkibida faqat toʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etishi shart va maʼlumotlarning toʻgʻriligiga javobgardir.

VII. TANLOV TAKLIFI TARKIBIDAGI HUJJATLAR

7.1. Tanlov takliflari, 7.7-bandda koʻrsatilgan hollardan tashqari, ikkita — birinchi va ikkinchi yigʻma jilddan iborat. Birinchi yigʻma jildga kiruvchi hujjatlarda tanlov taklifi qiymatiga oid hech qanday axborotlar boʻlmasligi kerak. Taklifni tashkil etuvchi barcha narxlar, tariflar va yakuniy summalar faqat ikkinchi yigʻma jild hujjatlarida boʻlishi kerak.

7.2. Birinchi yigʻma jild tarkibidagi hujjatlar:

7.2.1. TAJda koʻrsatilgan summaga bank kafolatini (1-shakl) yoki ushbu summani buyurtmachining maxsus hisob raqamiga oʻtkazish topshiriqnomasining nusxasini taqdim qilish yoʻli bilan tanlovda ishtirok etish buyurtmanomasini taʼminlash amalga oshiriladi. Tanlov buyurtmasini taʼminlash kafolati obyekt boshlangʻich narxining 0,5 foizidan oshmasligi zarur. Tanlov buyurtmasini taʼminlash kafolatining amal qilish muddati TAJda koʻrsatilgan.
‎7.2.2. Tanlov ishtirokchisi haqida umumiy maʼlumotlar (2-shakl). Shaklni toʻldirishda mutaxassislar roʻyxati va ishchilar soni tanlov ishtirokchisi tomonidan mustaqil koʻrsatiladi. Koʻrsatilgan xodimlarning haqiqatda mavjudligi, ularni ish staji va malakasini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini taqdim etishga majbur.
‎7.2.3. Tanlov ishtirokchisiining oxirgi uch yildagi moliyaviy ahvoli (3-shakl). Shaklga Tanlov ishtirokchisi auditor kompaniyasining xulosasi yoki moliyaviy natijalar haqidagi hisobotlar (balans hisobotlar)ning nusxalarini ilova qilishga majbur. Agar TAJda boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, 4-shakldagi maʼlumotlar ming soʻmda keltiriladi.
‎Obyektning buyurtmachi belgilangan boshlangʻich narxining 20 %gacha miqdoridagi aylanma mablagʻlar mavjudligi (xizmat qiluvchi bank tomonidan tasdiqlangan aylanma mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida baholanadi.)
‎7.2.4. Tender ishtirokchisining ish haqi jamgʻarmasi va hodimlar oʻrtacha soni boʻyicha koʻrsatkichlari (4-shakl). Shakl tashkilotning oxirgi hisobot davri asosida moliyaviy koʻrsatgichlari toʻldirilib tegishli soliq organlari tomonidan tasdiqlanadi.
‎7.2.5. Tanlov predmetiga oʻxshash obyektlarda oxirgi 3 yillik ish tajribasi (5-shakl). Ushbu jadvalda tanlov ishtirokchisi tanlov predmetiga oʻxshash ishlarning asosiy turlarini koʻrsatib oʻtishi (kengaytirilgan holda ham mumkin) va ushbu ishlarning bajarilgan summasini koʻrsatishi kerak. Shaklda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdigʻi sifatida davlat qabul komissiyalarining dalolatnomalari (agar tanlov ishtirokchisi yordamchi pudratchi sifatida boʻlgan boʻlsa hisob-faktura maʼlumotnomalari) ilova qilinadi.
‎7.2.6. Tanlov ishtirokchisi ishlarni bajarishda foydalanadigan mashina va mexanizmlari roʻyxati (6-shakl). Agar TAJda boshqa holat koʻrsatilmagan boʻlsa, ijara va lizing asosidagi mashina va mexanizmlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Bunda tanlov ishtirokchisi loyihani bajarish davrida haqiqiy boʻlgan lizing yoki ijara sharnomasining nusxasini ilova qilishi kerak.
‎7.2.7. Talabgorning tanlov oʻtkazilayotgan davrdagi joriy pudrat shartnomalari (obyektlari) �oʻyicha maʼlumot. ‎(7-shakl).
‎7.2.8. Qurilish maydonini koʻzdan kechirganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma (8-shakl).
‎7.2.9. Tanlov ishtirokchisiiga berilgan, hujjatlarga imzo chekish va tanlovda qatnashish huquqini beruvchi ishonchnoma (9-shakl). Tanlov ishtirokchisining birinchi shaxsi (rahbari) hozir boʻlganda ushbu shakl toʻldirilmaydi.
‎7.2.10. Ishtirokchining davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarining nusxalari.
‎7.2.11. Litsenziyalar yoki ruxsatnomalar nusxasi, subpudratchining litsenziyasi va boshqa hujjatlari (ayrim hollarda), ruxsatnomalari nusxalari bilan birga, agar TAJda boshqa holat koʻrsatilmagan boʻlsa. Litsenziyalar va ruxsatnomalar nomi ham TAJda koʻrsatilgan.
‎7.2.12. Yuqorida soʻralgan shakllar va hujjatlarga tanlov ishtirok�isi TAJda koʻrsatilgan tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilishi kerak.
‎7.3. 2-yigʻma jild tarkibidagi hujjatlar:
7.3.1. Loyihani bajarishga buyurtma (1-ilova).
‎7.3.2. Obyektning qurilish ishlarini bajarish grafigi (2-ilova).
‎7.3.3. Obyekt qurilishini moliyalashtirish grafigi (3-ilova).
‎7.3.4. Obyekt qurilishining shartnomaviy narxini belgilashda qoʻllanilgan:
‎— jamlanma jadval;
‎— obyektda bajariladigan ish hajmlari jadvali;
‎— byektda ishlatiladigan qurilish materiallari (materiallar tasnifi va miqdori bilan) roʻyxatlari jadvali (4-ilova).
‎Bajariladigan ishlar hajmi jadvalini tanlov ishtirokchisi oʻz taklifida har bir ish turi boʻyicha bir birlik ish hajmlari narxini resurslarni aks ettirmasdan taqdim qiladi.
‎Qurilish materiallari boʻyicha jadvalni toʻldirish yuzasidan 8.2 bandga qarang.
‎7.4. Buyurtmachi tanlovda qatnashish buyurtmasi taʼminotini quyidagi holatlarda qaytaradi:
‎7.4.1. Tanlov gʻolibiga — shartnoma (kontrakt) imzolangandan keyin;
‎7.4.2. Boshqa ishtirokchilarga — tanlov gʻolibi bilan shartnoma (kontrakt) tuzilgandan soʻng, ammo ofertaning amal qilish muddatidan kechikmay;
‎7.4.3. Taklifni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tugagunga qadar takliflarini qaytarib olgan ishtirokchilarga.
‎7.5. Buyurtma taʼminotini qaytarish, bank amaliyotlarining xarajatlaridan tashqari, qaytarish asosi vujudga kelgan vaqtdan eʼtiboran 10 (oʻn) kun muddat mobaynida amalga oshiriladi.
‎7.6. Tanlovda ishtirok etishga buyurtma taʼminoti quyidagi holatlarda qaytarilmaydi:
‎7.6.1. Taklifni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tugagandan keyin, unga oʻzgartirish kiritgan, tender taklifining amal qilish muddati va 7.4.2 bandda koʻrsatilgan muddatdan oldin qaytarib olgan oferentga;
‎7.6.2. Tanlov gʻolibi uning taklifi amal qilish davrida oʻz taklifini qaytarib olganda yoki tanlov hujjatlarida belgilangan talablarda shartnoma tuzishdan bosh tortganda.
‎7.7. Dastlabki malaka tanlovi orqali tanlov oʻtkazilganda birinchi yigʻma jild hujjatlari malakaviy hujjatlar deb, ikkinchi yigʻma jild hujjatlari esa tanlov taklifi deb hisoblanadi.

VIII. TANLOV TAKLIFI NARXI

8.1. Ishlarning qiymati 4-ilovada koʻrsatilgan obyektda bajariladigan ish hajmlari roʻyxatiga binoan taqdim etilishi kerak. Obyektda bajariladigan ish hajmlari roʻyxatida har qaysi oʻrin boʻyicha boʻsh joylar tanlov ishtirokchisi taklif etayotgan baho koʻrsatilgan holda aniq toʻldirilgan boʻlishi lozim. Tanlov ishtirokchisi taklifining umumiy narxini aniqlashda oraliq summalar jamlanadi. Tanlov ishtirokchilar pudrat ishlari tanlovda ishtirok etayotganda obyektning taklif etilayotgan qiymatini, qurilish-montaj ishlarining shartnomaviy baholardagi toʻgʻridan toʻgʻri qiymati sifatida boshqa xarajatlar va qoʻshimcha qiymat soligʻi (QQS)ni hisobga olgan holda belgilashlari kerak. Qurilish-montaj ishlarining toʻgʻridan toʻgʻri qiymatiga doimiy koeffitsent sifatida qoʻllaniladigan boshqa xarajatlar qiymatini tanlov ishtirokchisi mustaqil ravishda belgilaydi va ishlar qiymatiga kiritadi. Bunda, tanlov ishtirokchisi tashkilotlar taklif etayotgan narxni hisoblashda 1 va 4-ilovalar talablariga amal qilishi shart.
‎8.2. Tanlov ishtirokchisi obyekt qurilishi (rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash)ning shartnomaviy narxini belgilashda qoʻllanilgan qurilish materiallarining narxlar va komponentlar jadvalini toʻldiradi. Bunda qurilish materiallari turini tanlov hujjatlarida F-5 shaklidagi (lokal resurs qaydnomasi) roʻyxatdan oladi va pudratchi tomonidan mustaqil tanlov predmetining texnik jihatlaridan kelib chiqib toʻldiradi.
‎Har bir aniq obyekt asosiy qurilish materiallari nomenklaturasi (rasmiy roʻyxati) obyekt qiymatining 100 % ini (loyihada koʻzda tutilgan) tashkil etuvchi qurilish materiallarini hisobga olgan holda toʻldiriladi.
‎8.3. Tanlov ishtirokchisi obyektda bajariladigan ish hajmlarining baholangan roʻyxatini va asosiy narx shakllantiruvchi komponentlarning narxlar jadvalini bosma koʻrinishda, xat dogʻlarisiz va tuzatishlarsiz taqdim etishi kerak.
‎8.4. Soʻz bilan yozilgan narx va raqam bilan koʻrsatilgan narx orasida tafovut boʻlsa, soʻz bilan koʻrsatilgan narx qabul qilinadi.
‎8.5. Hajm birligining qiymati va ishning umumiy hajmi summasi orasida tafovut boʻlsa hajm birligiga belgilangan narx qabul qilinadi.
‎8.6. Tanlovda �elgilangan qurilishning narxi va muddati oʻzgartirilmaydi, qonunchilik bilan belgilangan holatlar (buyurtmachi tomonidan ishlar hajmini oʻzgartirilishi, yengilmas kuch taʼsiri, qurilishning bir yildan ortiq davomiyligi) bundan mustasno.
‎8.7. Shartnoma narxini ikkinchi va keyingi yillarga muvofiqlashtirish asosiy narx shakllantiruvchi komponentlarning narxlari oʻzgarganda qonunchilikda belgilangan tartibda olib boriladi.

IX. TANLOV TAKLIFINING AMAL QILISh DAVRI

9.1. Tanlov taklifining amal qilish davri tanlov takliflari ochilgan kundan boshlab 30 kundan kam boʻlmasligi kerak, agarda TAJda boshqa holat koʻrsatilmagan boʻlsa.
‎9.2. Alohida hollarda taklifning birlamchi amal qilish davri tugash vaqtigacha tanlov tashkilotchisi tanlov ishtirokchilari bilan taklifning amal qilish muddatini uzaytirish haqida kelishishi mumkin, kelishuv yozma shaklda rasmiylashtirilgan holda.

X. TAKLIFLARNI BERISh ShAKLI

10.1. Tanlov ishtirokchisi taklifni tashkil etuvchi barcha hujjatlarning aslini va bitta nusxasini ularga “asli” va “nusxa” deb aniq belgi qoʻyib, taqdim etishi kerak. Ular orasida farqi boʻlgan taqdirda “asli”ga ustunlik beriladi.
‎10.2. Taklifning asli va nusxasi bosma yozuvda boʻlishi kerak. 2,3,4,5,6,7,8-shakllarning va 1,2,3,4-ilovalarning har bir beti tanlov ishtirokchisi rahbari yoki vakolat berilgan shaxs tomonidan imzo chekilgan va tanlov ishtirokchisining muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. 8-shakl tanlov ishtirokchisining rahbari tomonidan imzolangan va uning muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
‎10.3. “Tanlov ishtirokchilariga xabarnoma”ga muvofiq zarur yozuvlar yoki tuzatishlar kiritilgan taklifning barcha betlari tanlov taklifi ostiga oʻz imzosini qoʻygan shaxs tomonidan tasdiqlanishi kerak.
‎10.4. Taklifda oʻzgartirishlar, satrlar orasiga kir�tmalar va oʻchirishlar boʻlmasligi kerak. Tanlov tashkilotchisi xabarnomasiga muvofiq kiritilgan yoki tanlov ishtirokchisi yoʻl qoʻygan xatolarni tuzatish uchun zarur boʻlgan oʻzgartirishlar bundan mustasno. Mazkur tuzatishlar taklif ostiga oʻz imzosini chekkan shaxs tomonidan imzolanib, tasdiqlangan boʻlishi kerak.
‎10.5. Tanlov komissiyasi har qanday oʻzgartirishlar, chetga chiqishlar yoki muqobil takliflarni qabul qilish yoki rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Tanlov hujjatlari talablarini oshiruvchi oʻzgartirishlar, chetga chiqishlar, muqobil takliflar va boshqa omillar tanlov takliflarini baholashda eʼtiborga olinmaydi.

XI. TAKLIFNI KONVERTGA JOYLAShTIRISh VA BELGI QOʻYISh

11.1. Tanlov ishtirokchisini imzo va muhr bilan tasdiqlangan taklifi, ikkita bir-biriga solingan konvertlarga muhrlangan va mazkur yoʻriqnomaning 11.2, 11.3, 11.4-bandlariga muvofiq belgi qoʻyilgan holda savdo tashkilotchisiga taqdim etiladi (11.8-bandda koʻrsatilgan holatlardan tashqari).
‎11.2. Tashqi konvertda 1-yigʻma jildga tegishli hujjatlar va ichki konvert joylashadi. Ichki konvertda esa 2-yigʻma jildga tegishli hujjatlar joylashadi.
‎11.3. Tashqi konvert quyidagicha belgilanadi:
‎— taklifni qabul qilish manzili koʻrsatiladi;
‎— tanlov ishtirokchisi nomi;
‎— tanlov predmetining nomi;
‎— taklifni topshirish sanasi.
‎11.4. Ichki konvert quyidagicha belgilanadi:
‎— tanlov ishtirokchisi nomi;
‎— tanlov predmetining nomi;
‎— “moliyaviy taklif” yozuvi.
‎11.5. Tanlov taklifini oʻzgartirish yoki uni hisobdan chiqarish haqidagi xabarnoma konvertda muhrlangan, tanlov ishtirokchisining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan holda savdo tashkilotchisiga taqdim etiladi.
‎11.6. Oʻzgartirishlar kiritilgan konvertlar 11.3 va 11.4-bandlarga muvofiq “Oʻzgartirishlar” yozuvi bilan belgilanadi.
‎11.7. Taklifni hisobdan chiqarish haqidagi xabarnoma konvertida quyidagilar koʻrsatiladi:
‎— tanlov ishtirokchisi nomi;
‎— tanlov predmetining nomi;
‎— “tanlov taklifini hisobdan chiqarish haqida xabarnoma” yozuvi.
‎— tanlo� taklifini hisobdan chiqarish haqidagi xabarnomani berish sanasi.
‎11.8. Dastlabki malaka tanlovi orkali tanlov oʻtkazilganda birinchi va ikkinchi yigʻma jild hujjatlari alohida topshiriladi.

XII. TANLOV TAKLIFINI BERISh

12.1. Takliflar tanlov tashkilotchisiga TAJda koʻrsatilgan tartibda, oʻz muddatida va manzil boʻyicha taqdim etilishi kerak.
‎12.2. Dastlabki malaka tanlovi orkali tanlov oʻtkazilganda (mazkur yoʻriqnomaning 1.2-bandiga va TAJga qarang) dastlabki malakani oʻtkazish sanasi tayinlanadi (TAJga qarang).
‎12.3. Buyurtmachi tanlov komissiyasi bilan kelishgan holda taklif berish muddatini uzaytirishi mumkin. Bu hakda tanlov tashkilotchisi tanlov ishtirokchilariga xabarnomalar orqali bildiradi.
‎12.4. Taklif tanlov tashkilotchisiga taqdim etilgandan soʻng, u taklif qabul qilinganligini alohida qayd etish kitobida roʻyxatga oladi.
‎12.5. Buyurtmachi tomonidan loyiha hujjatlari tanlov ishtirokchisiga mazkur yoʻriqnomaning 5.3-bandi talablariga asosan taqdim etilmagan yoki rad qilingan hollarda tanlov ishtirokchisi tanlov taklifini topshirish muddatini uzaytirish haqida tanlov tashkilotchisiga murojaat qilishi mumkin.
‎12.6. Yuqoridagi bandda qayd etilgan holat roʻy bergan hollarda tanlov tashkilotchisi, buyurtmachi bilan kelishgan holda, tanlov ishtirokchisi buyurtmachidan loyiha hujjatlarini olganligi haqidagi dalolatnomani qabul qilgan kundan boshlab, eng kamida 3 kun muddatga tanlov taklifini topshirish muddatini uzaytirishi mumkin.

XIII. TANLOV TAKLIFINI OʻZGARTIRISh YOKI HISOBDAN ChIQARISh

13.1. Taklif berilganidan keyin tanlov ishtirokchisi tanlov taklifiga oʻzgartirishlar kiritishi yoki uni hisobdan chiqarishi mumkin, shu shart bilanki, ushbu oʻzgartirishlar yoki taklifni hisobdan chiqarish xabari takliflarni berish muddati ichida yozma ravishda tanlov tashkilotchisiga taqdim etilgan boʻlsa.
‎13.2. Tanlov ishtirokchisi kiritayotgan oʻzgartirishlar yoki taklifni hisobdan chiqarish haqidagi xabarnoma mazkur yoʻriqnomaning 11.5, 11.6, va 11.7-bandlariga binoan tayyorlangan, muhrlangan va belgi qoʻyilgan boʻlishi hamda 12.1-bandda koʻrsatilgan tanlov takliflarini berish muddati tugamasdan oldin yetkazib berilishi kerak.
‎13.3. Takliflar berish muddati tugagandan keyin takliflarga oʻzgartirishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.

XIV. TANLOV TAKLIFLARINI OChISh VA BAHOLASh

14.1. Tanlov buyurtmachining manzilida oʻtkaziladi, agarda TAJda boshqa holat koʻrsatilmagan boʻlsa.
‎14.2. Takliflar (1 va 2-yigʻma jildlar) solingan konvertlarni ochish qatnashish istagini bildirgan tanlov ishtirokchisilar yoki ularning vakolatli vakillari hozirligida TAJda koʻrsatilgan manzilda, eʼlon/taklifnoma yoki xabarnomada koʻrsatilgan kun va soatda oʻtkaziladi.
‎14.3. Tanlov ishtirokchilarni hozir boʻlgan vakolatli vakillari oʻzlarining ishtiroki haqida guvohlik belgisi sifatida reyestrga oʻz imzolarini qoʻyishlari kerak.
‎14.4. Tanlov komissiyasi takliflarini hisobdan chiqarish haqida xabarnoma yoʻllagan tanlov ishtirokchilarini eʼlon qiladi (agar boʻlsa).
‎14.5. Taklifni hisobdan chiqarish haqidagi xabarnomalar berilgan takliflar ochilmaydi. Tanlov hujjatlarida belgilangan muddatdan keyin tushgan takliflar koʻrib chiqilmaydi. Takliflarni taqdim etish sanasi tanlov tashkilotchisining takliflarni olinganligi haqidagi pochta xabarnomasidagi belgi boʻyicha yoki tanlov tashkilotchisining takliflarni ishtirokchilarga berilgan sanasi haqidagi xabarnoma sanasi boʻyicha (takliflarni qoʻlda yetkazib bergan hollarda) aniqlanadi.
‎14.6. Yigʻma jildlar tarkibini oʻrganish va baholash, shuningdek tanlov gʻolibini aniqlash yopiq yigʻilishlarda amalga oshiriladi. Tanlov takliflarini oʻrganish va baholashga oid axborot oshkor qilinmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
‎14.7. Taqdim etilgan takliflarning ochilgunga qadar butligi uchun javobgarlik tanlov tashkilotchisi zimmasida boʻladi.
‎14.8. Agar TAJda boshqa holat koʻrsatilmagan boʻlsa, takliflarni baholash davri tanlov takliflari ochilgan kundan eʼtiboran uzogʻi bilan 3 kunni tashkil etadi.
‎14.9. Tanlov komissiyasi tashqi konvertni (1-yigʻma jild hujjatlarini) ochadi, takliflarni toʻgʻri toʻldirilganligi, imzolanganligi va umumiy holati yuzasidan oʻrganadi, tanlov ishtirokchilar malakasini baholashni amalga oshiradi.
‎14.10. Malaka baholanganidan soʻng malakadan oʻtgan va 2 yigʻma jildni ochilishiga ruxsat olgan tanlov ishtirokchilari eʼlon qilinadi. Tanlov komissiyasi 1-yigʻma jildlar tarkibini oʻrganish va baholash natijalari eʼlon qilinmasdan oldin tanlov ishtirokchilarning 2-yigʻma jildlarini ochishga xaqqi yoʻq.
‎14.11. Tanlov komissiyasi ichki konvertni (2-yigʻma jild hujjatlarini) ochadi, ularni oʻrganadi, baholashni oʻtkazadi, gʻolibni aniqlaydi yoki boshqa qarorlarni qabul qiladi.
‎14.12. Tanlov komissiyasining barcha qarorlari koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi, ovozlar teng boʻlganda komissiya raisining ovozi hal etuvchi hisoblanadi.
‎14.13. Malakani baholash va yakuniy baholash tanlov komissiyasi tasdiqlagan va ushbu yoʻriqnomaning ilovalarida koʻrsatilgan baholash mezonlariga binoan amalga oshiriladi.
‎14.14. Tanlov komissiyasi tomonidan tanlov ishtirokchilar taqdim etgan maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlangan holda, tanlov komissiyasi ushbu tanlov taklifini rad qilishga haqli.
‎14.15. Tanlov komissiyasi tanlov hujjatlari talablaridan taklifdagi ahamiyatsiz farqlarni eʼtiborga olmaslikka haqli, agarda ular boshqa qatnashchilar reytingiga taʼsir qilmasa.
‎14.16. Markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarni baholash Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga binoan va TAJda koʻrsatilgan holda amalga oshiriladi.
‎14.17. Tanlov komissiyasining har bir yigʻilishida bayonnoma yuritiladi.
‎14.18. Tanlovga kiritilmagan yoki rad qilingan (diskvalifikatsiya qilingan) takliflar bayonnomalarda qayd etilib, ularni rad qilish yoki diskvalifikatsiya qilish sabablari koʻrsatiladi.
‎14.19. Tanlov komissiyasi tanlov takliflarini batafsil oʻrganish va baholash uchun baholash guruhlarini tuzishi mumkin. Baholash guruhlarining tarkibiga tanlov komissiyasi aʼzolari bilan birgalikda jalb qil�ngan ekspert va konsultantlar (tanlov komissiyasining qarori boʻyicha) kiritilishi mumkin. Baholash guruhlarining aʼzolari tanlov komissiyasi aʼzolari kabi tanlovni tashkillashtirish va oʻtkazishga doir qonunchilikka va mazkur tanlov hujjatlari talablariga rioya etish masʼuliyatini oʻz zimmalariga oladilar.

XV. TAKLIFLARNI TUShUNTIRISh

15.1. Tanlov komissiyasi takliflarni baholash va taqqoslash uchun taklifni tanlov komissiyasi majlisida koʻrib chiqish vaqtida tanlov ishtirokchilaridan takliflar mazmuniga tushunchalar berishni soʻrashi mumkin. Bunda taklifning mazmunini, shu jumladan narxi yoki bajarish muddatini oʻzgartiruvchi tushuntirishlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

XVI. TANLOV IShTIROKChILARINING MALAKASINI BAHOLASh (TEXNIK BAHOLASh)

16.1. Tanlov ishtirokchisini talab qilinadigan malakaga mos kelishini hal etish uchun toʻldirilgan shakllar va ularga ilova qilingan, uning taklifida taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlar oʻrganiladi.
‎16.2. Tanlov ishtirokchilari takliflarini baholash ularni texnik jihatdan amalga oshirish yuzasidan TAJda koʻrsatilgan tanlov takliflarini baholash mezonlariga binoan baholanadi. Oʻrganish natijalari boʻyicha baholash guruhi aʼzolari tanlov takliflarining baholash varaqlarini toʻldirishadi (texnik baholash varagʻi TAJda alohida ilovalarda namunaviy jadvalda taqdim etiladi).
‎16.3. Agar TAJda boshqa holat koʻrsatilmagan boʻlsa, baholash varagʻi quyidagi shaklda toʻldiriladi:

TANLOV TAKLIFLARINI BAHOLASh VARAGʻI
‎(TEXNIK BAHOLASh)

T/r

Parametrlar nomi

Shakl

Maksimal
‎ball

Tanlov ishtirokchilari

1‎

2

3

4

5‎

6‎

7

1.

Tanlov buyurtmasini taʼminlash kafolati

1-shakl

Izohga qarang

2‎.

Tanlov ishtirokchisi haqida umumiy maʼlumotlar

2-shakl‎‎

19

3‎.

Oxirgi uch yildagi moliyaviy ahvoli haqidagi hujjatlar, auditor kompaniyasining xulosasi yoki moliyaviy natijalar haqidagi hisobotlar (balans hisobotlar)ning nusxasi bilan)
‎Tanlov ishtirokchisining saloxiyati (jumladan, toʻlovga qodirligi va aylanma mablagʻlar bilan taʼminlanganligi) toʻgʻrisida maʼlumot

3-shakl

34

4‎.

Obyektning buyurtmachi belgilangan boshlangʻich narxining 20 % gacha miqdoridagi aylanma mablagʻlar mavjudligi

Bank maʼlumotnomasi

5.‎

Tender ishtirokchisining ish haqi jamgʻarmasi va hodimlar oʻrtacha soni boʻyicha koʻrsatkichlar

‎‎4-shakl

6‎.

Tanlovdagi obyektga oʻxshash obyektlarda oxirgi 3 yillik ish tajribasi

5-shakl

25

7‎.

Ishlarni bajarishda foydalaniladigan tanlov ishtirokchisining mashina va mexanizmlari roʻyxati

6-shakl

15

8.‎

Tanlov ishtirokchisi tanlov vaqtida ishtirok etayotgan va mazkur tanlovning predmeti boʻlmish obyektni qurish (rekonstruksiyalash, taʼmirlash) davrida ishtirok etadigan shartnomalar (obyektlar) haqida maʼlumot

7-shakl

Izohga qarang

9‎.

Qurilish maydonini koʻrganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma

8-shakl

7

Jami ballar

100

Izohlar:
‎Tanlov ishtirokchisi baholash yakunlariga koʻra 60 balldan kam ball toʻplasa (kelgusida — oʻtish ballari), tanlov komissiyasi aʼzolarining ovozi qarshi hisoblanib, texnik jihatdan malakasi yetarli emas deb hisoblanadi, agar TAJda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa.
‎Taklif quyidagi hollarda koʻrib chiqilmaydi va hujjatlarning 2-yigʻma jildi ochilmasdan tanlov ishtirokchisiga qaytariladi:

— agar taklif tanlov komissiyasining ovoz berish natijalariga koʻra texnik malakasi yetarli emas deb topilsa;
‎— 1, 3, 4, 5 va 8 shakllar mavjud boʻlmasa yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan boʻlsa.
‎Agar shartnomani tuzish moʻljallanayotgan sana vaqtiga baholash mezonlariga binoan loyihani amalga oshirish uchun kerakli barcha mashina va mexanizmlar boshqa obyektlarda ishga jalb qilinadigan hollarda 7-shakl bahosi 0 ga tenglashtiriladi. Boshqa hollarda baholash interpolatsiya yoʻli bilan amalga oshiriladi.
‎2, 3, 6 va 7-shakllar mavjud boʻlmasa yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan boʻlsa, ularni bahosi 0 ga tenglashtiriladi.
‎Tanlov ishtirokchisi tashkilotning rahbari boʻlmagan yoki 9-shaklda keltirilgan shakl boʻyicha ishonchnomaga ega boʻlmagan tanlov ishtirokchisi vakili tanlovda hozir boʻlishga va tanlov taklifini (ofertani) imzolashga haqli emas.
‎9-shakl mavjud boʻlmasa tanlov taklifi va kelgusida buyurtmachi va tanlov gʻolibi oʻrtasidagi pudrat shartnomasini faqat tanlov ishtirokchisi tashkilotning rahbari imzolash huquqiga ega.

Baholash guruhi aʼzolari:

________

_________________________________________

____________

(imzosi)

(F.I.O.)

(sanasi)

16.4. Tanlov komissiyasi tanlov ishtirokchisidan uni malaka talablariga javob berishini tasdiqlovchi dalillarni rasmiy shaklda taqdim etishni talab qilishga haqli.
‎16.5. Zarur boʻlganda tanlov komissiyasi 1-yigʻma jild hujjatlarida keltirilgan maʼlumotlarni batafsil oʻrganish va toʻgʻriligini tekshirish uchun komissiya tarkibi va jalb etilgan mutaxassislardan iborat baholash guruhini tuzishga va keyinchalik komissiyaga tegishli xulosani kiritishga haqli.
‎16.6. Baholash guruhi tuzilgan holatda tanlov komissiyasi aʼzosi baholash guruhining tavsiyalari asosida qaror qabul qilishga yoki tanlov takliflari baholash varagʻini mustaqil toʻldirishga haqli.
‎16.7. Tanlov komissiyasi tanlov ishtirokchisining intellektual mulkiga va tijorat siriga tajovuz qilishga xaqqi yoʻq.

XVII. MOLIYAVIY TAKLIFLARNI KOʻRIB ChIQISh, YAKUNIY BAHOLASh, TANLOV GʻOLIBINI ANIQLASh

17.1. Moliyaviy takliflarni ochish va baholash tanlov komissiyasi tomonidan tanlov takliflarining birinchi yigʻma jildlarini tasdiqlash va ularni koʻrib chiqish natijalari eʼlon qilinganidan soʻng amalga oshiriladi.
‎17.2. Ikkinchi yigʻma jildlarni ochilishiga malaka tanlovidan muvaffaqiyatli oʻtgan tanlov ishtirokchilariga ruxsat etiladi.
‎17.3. Ikkinchi yigʻma jildlarni ochilishi mazkur tanlov ishtirokchilari yoʻriqnomasining XIV bobi talablariga asosan amalga oshiriladi.
‎17.4. Tanlov komissiyasi takliflarni butligini tekshiradi, 2-yigʻma jild hujjatlarini toʻgʻri toʻldirilganligi, imzolangani va umumiy holati yuzasidan oʻrganadi.
‎‎17.5. Agar tanlov komissiyasi tomonidan 2-yigʻma jilddagi taklif hujjatlarining birortasini tanlov hujjatlari talablariga javob bermasligi aniqlangan taqdirda tanlov ishtirokchisining taklifi rad etilib, uning mazmuni eʼlon qilinmasdan tanlovdan chetlatiladi.
‎17.6. Tanlov komissiyasi takliflari 17.5-bandning talablariga zid boʻlmagan tanlov ishtirokchilarining 1-ilovada koʻrsatib oʻt�lgan narxi va ishlarni yakunlash muddatlarini oʻqib eshittiradi.
‎17.7. Soʻngra takliflar arifmetik tekshiruvdan oʻtkazilib, taklif tarkibida keltirilgan obyektda bajariladigan ish hajmlari bilan tanlov hujjatlari tarkibida keltirilgan ish hajmlarini solishtirish amalga oshiriladi va tanlov takliflariga moliyaviy baho beriladi.
‎17.8. Arifmetik xatolar mazkur tanlov ishtirokchilari yoʻriqnomasining 8.4 va 8.5-bandlariga binoan tuzatiladi.
‎17.9. Zarur boʻlganda, tanlov komissiyasi 2-yigʻma jild hujjatlarida keltirilgan maʼlumotlarni, xususan hisob-kitoblarning iqtisodiy asoslanganligi, ish hajmlari tanlov hujjatlariga javob berishi va boshqa hollarni batafsil oʻrganish uchun komissiya aʼzolari va jalb etilgan mutaxassislardan iborat baholash guruhi tuzish huquqiga ega.
‎17.10. Agar TAJda boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, barcha moliyaviy takliflar Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida baholanadi (oʻtkaziladi).
‎17.11. Agar TAJda boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, tanlov ishtirokchilarining takliflari quyida koʻrsatilgan tanlov takliflarining moliyaviy baholash mezonlariga binoan baholanadi:

TANLOV TAKLIFLARI MOLIYAVIY QISMINI BAHOLASh MEZONLARI

T/r

Ilovalarni baholash parametrlarining nomi

Ballar miqdori

Tanlov ishtirokchisilar

I. Taklif etilayotgan narx. 1-ilova (35 ball)

1‎.

Buyurtmachining boshlangʻich narxi — 10 ball, taklif etilgan eng past narxi — 35 ball.
‎Takliflar boʻyicha boshlangʻich va eng past narxlar oʻrtasidagi ballar formula yordamida interpolatsiya bilan aniqlanadi* (izohga qarang). Tanlov ishtirokchilarining buyurtmachi boshlangʻich narxidan yuqori takliflari rad etiladi.

10 — 35

II. Qurilishni yakunlashni taklif etilayotgan muddati. 1-ilova (5 ball)

1‎.

Ijro muddati tanlov hujjatlarida belgilanganga mos yoki kam.

5

2‎.

Tanlov hujjatlarida belgilangan ijro muddatidan ortgan har 10 kun uchun 1 ball olib tashlanadi, lekin 5 balldan ortiq emas.

1 — 5

III. Birinchi yigʻma jildni baholashdagi ballar miqdori.
‎Tanlov takliflarining baholash varagʻi (texnik baholash). (60 ball)

1.

Tanlov takliflarini texnik baholash yakuniga koʻra eng koʻp ball toʻplagan tanlov ishtirokchisiga — 60 ball;
‎2-yigʻma jildlarni ochilishigacha kiritilgan va tanlov takliflarini texnik baholash yakuniga koʻra oʻtish bali bilan teng toʻplagan tanlov ishtirokchisiga — 45 ball;
‎qolgan takliflar boʻyicha ballar interpolatsiya bilan aniqlanadi.

45 — 60

Izohlar:
‎a) tanlov ishtirokchisi taklifi quyidagi xollarda rad etiladi (diskvalifikatsiya qilinadi):
‎— 1, 2, 3, 4 son ilovalardan birontasi, shuningdek 4-ilovadagi jamlanma jadval mavjud boʻlmasa yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan boʻlsa, taklif rad etiladi va hujjatlarning 2-yigʻma jildi mazmuni eʼlon qilinmasdan qaytariladi;
‎— taklifda koʻrsatilgan ishlar hajmi tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan ishlar hajmiga toʻgʻri kelmasa;
‎b) malakali deb topilgan va preferensiyalarni qoʻshgan holda eng koʻp ball toʻplagan tanlov ishtirokchisining taklifi gʻolib deb hisoblanadi;
‎v) ballar tengligida taklif etilgan eng kam narxli taklif tanlanadi.
‎* Takliflar boʻyicha boshlangʻich va eng past narxlar oʻrtasidagi ballarni aniqlash interpolatsiya formulasi:
‎A= 10+((SSZ-SP)*25)/(SSZ-NPS)), bu erda
‎A — moliyaviy taklif uchun ballar miqdori;
‎10 — tanlov ishtirokchisi narxi uchun berilgan, buyurtmachining boshlangʻich narxiga teng boʻlgan, ballar miqdori;
‎SSZ — (BBN) buyurtmachining boshlangʻich narxi;
‎SP — (TN) tanlov ishtirokchisi narxi;
‎25 — moliyaviy taklif uchun berilgan eng koʻp va eng kam (35 — 10) ballar miqdorining farqi;
‎NPS — (ETN) eng kam taklif etilgan na�x.
‎** Birinchi yigʻma jild takliflarining yakuniy baholari boʻyicha ballarni aniqlash interpolatsiya formulasi:
‎B= 45+((KB1�-PB)*15)/(NBKB1P-PB)), bu erda
‎B — birinchi yigʻma jild yakuniy bahosi boʻyicha ballar miqdori;
‎45 — oʻtish balliga tenglashtirilgan birinchi yigʻma jild ballari;
‎KB1P — (1PBM) tanlov ishtirokchisining birinchi yigʻma jild boʻyicha toʻplagan ballar miqdori;
‎PB — (OʻB) birinchi yigʻma jild boʻyicha oʻtish bali;
‎15 — eng koʻp va eng kam (60 — 45) ballar yakuni bahosi boʻyicha farqi;
‎NBKB1P — (1PYuBM) tanlov ishtirokchisining birinchi yigʻma jild boʻyicha toʻplagan yuqori ballar miqdori.

17.12. Agar TAJda boshqa maʼlumotlar keltirilmagan boʻlsa, oʻrganish natijalariga koʻra, baholash guruhi aʼzolari tanlov takliflarining quyidagi baholash yakuniy jadvalini toʻldirishadi:

TANLOV TAKLIFLARINI BAHOLAShNING YAKUNIY JADVALI

T/r

‏Parametr nomi

‏Ilovalar

Maksimal ballar

Tanlov ishtirokchisilar

1‎.

Taklif etilayotgan narx (narx preferensiyalarini hisobga olgan holda)

1-ilova

35

2‎.

Qurilishni yakunlashni taklif etilayotgan muddati

1-ilova

5

3‎.

1-yigʻma jildni baholash boʻyicha ballar miqdori

Tanlov takliflarini baholash varagʻi (texnik baholash)

60

Jami ballar

100

Baholash guruhi aʼzolari:

________

____________________________________________

_____________

(imzosi)

(F.I.O.)

(sanasi)

XVIII. TANLOV GʻOLIBINI EʼLON QILISh

18.1. Tanlov gʻolibini eʼlon qilish tanlov ishtirokchilari ishtirokida oʻtkaziladi. Ishtirok etmagan tanlov ishtirokchilari belgilangan tartibda xabardor qilinadi.
‎18.2. Taklifni qabul qilinganligi haqidagi qaror tanlov gʻolibiga tanlov tashkilotchisi tomonidan taklifni qabul qilinganligi haqidagi yozma xabarnoma bilan tanlov yakunlanganligidan uch kun oʻtmasdan xabar qilinadi.
‎18.3. Pudrat shartnomasini tanlov gʻolibiga berilgani yuzasidan tanlov komissiyasining qarori oxirgi hisoblanadi va muvaffaqiyat qozonmagan tanlov ishtirokchilar bilan keyinchalik bu masala boʻyicha bahs va munozaralar oʻtkazilmaydi.
‎18.4. Tanlovlarda muvaffaqiyat qozonmagan tanlov ishtirokchilari sud instansiyalariga murojaat etish huquqiga ega. Sud idoralari soʻroviga koʻra, tanlov komissiyasi raisi tanlov komissiyasining har bir ishtirokchisi va buyurtmachi koʻrsatilgan tanlov ishtirokchilarini qatnashishdan chetlashtirish sabablarini batafsil tushuntirishni yozma ravishda taqdim etadilar.

XIX. ShARTNOMANI IMZOLASh, OBYEKT SUGʻURTASI

19.1. Agar TAJda boshqa holat koʻrsatilmagan boʻlsa, taklifni qabul qilish haqidagi xabarnoma olingan kundan boshlab 10 (oʻn) kun davomida gʻolib TAJda koʻrsatilgan shakl va summa boʻyicha pudrat shartnomasini imzolashi kerak, agarda belgilangan muddat boshqa sabablarga koʻra uzaytirilmayotgan boʻlsa.
‎19.2. Pudrat shartnomasi, qurilish pudrat tashkilotlarining mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda, tanlov hujjatlarida koʻzda tutilgan talablar boʻyicha tuzilishi lozim va tomonlarning hech biri Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa tomon bilan kelishmagan holda oʻzgartirishlar kiritishga va boshqa shartlarni taklif etishga haqli emas (TAJga qarang).
‎19.3. Agar tanlov gʻolibi mazkur tanlov hujjatlarida koʻzda tutilgan talablar boʻyicha shartnomani tuzishdan bosh tortsa, unda buyurtmachi, tanlov komissiyasi bilan birgalikda, taklifi ikkinchi oʻrinni olgan tanlov ishtirokchisini tanlov gʻolibi deb topishi yoki takroriy tanlov oʻtkazishni tayinlashi mumkin.
‎19.4. Buyurtmachi gʻolibni roziligisiz, mazkur tanlov hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan talablar boʻyicha shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda, gʻolib iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli.
‎19.5. Tanlov gʻolibi qurilish (rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash) sugʻurtasini qonunchilikda belgilangan tartibda taʼminlaydi.

XX. TANLOV NATIJALARINI MUVOFIQLAShTIRISh, ShARTNOMAVIY MAJBURIYATLAR IJROSI MONITORINGI

20.1. Buyurtmachi tanlov yakunlangan kundan keyin besh kunlik muddat ichida maxsus axborot portalida tanlov natijalari (predmeti, gʻolibi, shartnomaviy narxi va investitsion loyihani bajarish muddati) haqida eʼlon chop etadi.
‎20.2. Tanlov natijalariga koʻra erkin muomaladagi valyutada tuzilgan shartnoma belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
‎20.3. Buyurtmachi va pudratchi (tanlov gʻolibi) har oyda tomonlarning tanlov talablarini bajarilishi haqidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markaziga belgilangan tartibda taqdim etishga majbur.

XXI. YAKUNIY QOIDALAR

21.1. Tanlov quyidagi hollarda boʻlib oʻtmagan deb eʼlon qilinadi, agar:
‎— takliflarni berish muddatin� yakunlanishiga uchtadan kam taklif kelib tushsa;
‎— agar takliflarni koʻrib chiqish natijasida tanlov komissiyasi barcha takliflarni rad etgan boʻlsa yoki faqat bitta taklif tanlov hujjatlari talablariga muvofiq kelsa:
‎— tanlov ishtirokchilari taklif etgan narxlar tanlov predmetining boshlangʻich qiymatidan oshiq boʻlsa;
‎— tanlov komissiyasi tomonidan asoslangan boshqa holatlar yuzaga kelib, vakolatli organ bilan kelishilgan holda tanlov oʻtkazilmagan deb topilsa.
‎21.2. Tanlovni boʻlib oʻtmagan deb eʼlon qilinishi tanlovning biron-bir ishtirokchisi (tanlov komissiyasi, buyurtmachi, tashkilotchi, tanlov ishtirokchilar)ni mulkiy yoki boshqa javobgarlikka tortilishiga olib kelmaydi.
‎21.3. Agar tanlov boʻlib oʻtmagan deb topilsa, takroriy tanlov oʻtkaziladi. Bunda tanlov hujjatlari talablarini qayta koʻrishga ruxsat etiladi.

XXII. TANLOV AXBOROT JADVALI

Ushbu boʻlim tanlov predmeti boʻyicha va tanlov hujjatlarning qoʻshimcha maʼlumot va talablari maxsus qoidalarini oʻz ichiga oladi.

T/r‎

Boʻlim nomi

Boʻlimga izohlar

1.‎

Buyurtmachi:

2.‎

Obyekt nomi:

3.‎

Tanlov tartib raqami:

4.‎

Tanlov turi:

5.‎

Tanlov hujjatlarini elektron shaklda yuklab olish manzillari:

6.‎

Tanlovni oʻtkazish manzili, joyi va muddati:

7.‎

Deklaratsiya shakli:

8.‎

Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon chop etishga ruxsat etiladi:

9.‎

Tanlovda ishtirok etishga quyidagi tanlov ishtirokchilariga ruxsat etiladi:

10.

Litsenziya talab etiladigan ish turlari (agar mavjud boʻlsa):

11.‎

Tanlov ishtirokchilarining tanlov hujjatlari boʻyicha tushuntirishlar olish muddati:

12.‎

Tanlov takliflarini taqdim qilish muddatlari:

13.‎

Tanlov hujjatining tili:

14.‎

Tanlov taklifining amal qilish muddati:

15.‎

Tanlov predmetining obyektida ishlatiladigan tanlov ishtirokchisining mashina va mexanizmlari, asbob-uskunalari:

16.‎

Qoʻshimcha hujjatlar roʻyxati:

17‎.

Tanlov takliflarini qabul qilish vaqti va manzili:

18.‎

Tanlov takliflarini ochish manzili:

19.‎

Tanlov takliflarini baholash muddati:

20.‎

Tanlov ishtirokchilarining texnik va moliyaviy qismlarini ochilishiga ruxsat etiladigan tanlov ishtirokchilari:

21.‎

Buyurtmachining obyekt boʻyicha boshlangʻich narx�:

22.‎

Buyurtmachi tomonidan belgilangan qurilish muddati

23.‎

Moliyalashtirish manbasi:

24.‎

Loyihani moliyalashtirish tartibi:

25.‎

Shartnoma tili:

26.‎

Shartnoma valyutasi:

1-ShAKL

TANLOV BUYuRTMASINI TAʼMINLASh KAFOLATI

______________________________________________________________________________________________________,

(tanlov ishtirokchisi tashkilotning nomi)

kelgusida tanlov talabgori deb ataluvchi, __________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________ tomonidan oʻtkazilayotgan

(buyurtmachi tashkilotning nomi)

_______________________________________________________________________________________________________

(Tanlov predmetining nomi)

obyekti boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun oʻz tanlov taklifini taqdim etganligini inobatga olib, ushbu bilan maʼlum qilinadiki, ____________________________________________________________________________________

(yuridik manzil)

______________________________________ manzili boʻyicha qayd etilgan ofisga ega, kelgusida “BANK” deb ataluvchi ________________________________________________________________________________ ning tanlov

(bank nomi)

talabgori oldida_______________________________________________________________________________________

(raqamda va yozuv bilan summa va valyuta turi koʻrsatilsin)

miqdordagi majburiyati mavjud boʻlib, u boʻyicha toʻlov koʻrsatilgan buyurtmachiga toʻlaligicha va oʻz vaqtida amalga oshiriladi.

Majburiyat Bank tomonidan kafolatlangan.
‎Majburiyat shartlari:
‎Agar:
‎1) Talabgor oʻz taklifini tanlov takliflarini qabul qilish muddati tugagandan keyin qaytarib olsa;
‎2) Talabgor uzining taklifi Buyurtmachi tomonidan qabul qilingani haqida xabarnoma olib, ushbu taklifni amal qilish muddati davomida tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan talablar asosida pudrat shartnomasini tuzishdan bosh tortsa yoki tuzolmasa, bu hollarda bank buyurtmachiga, uni birinchi yozma talabidanok, buyurtmachidan ushbu soʻrovni asoslantirishni talab etmasdan, yuqorida koʻrsatilgan summani quyidagi shartlar bilan toʻlash majburiyatini oladi:
‎a) Agar oʻz soʻrovida Buyurtmachi ushbu summa unga tegishliligi koʻrsatilgan holatlarning ikkisidan biri yoki har biri yuzaga kelgani bilan bogʻliq ekanligini, yuzaga kelgan holat yoki holatlarni aniqlashtirgan holda, koʻrsatsa;
‎b) “Buyurtmachi” va “Pudratchi” oʻrtasida tuzilgan shartnoma talablariga, obyekt qurilishini bajarish va yakunlashga toʻsqinlik qiluvchi ishlar hajmiga va mazmuniga oʻzgartirish kiritilmagan boʻlsa.
‎Ushbu kafolat tanlov taklifini ochish kunidan ____ kun davomida (“ ___” _______ 20__y.) kuchda qoladi va ushbu bilan bogʻliq har bir soʻrov yuqorida koʻrsatilgan muddat oʻtmasdan Bankka berib yuboriladi.

‎Koʻrsatilgan bankning umumiy muhri bilan tasdiqlangan.

Boshqaruvchi (F.I.O)

Muhr oʻrni

Bosh hisobchi (F.I.O)

Izoh: ushbu Kafolat bosh bank tomonidan idora blankasida belgilangan tartibda taqdim etiladi.

2-ShAKL

TANLOV IShTIROKChISI HAQIDA UMUMIY MAʼLUMOTLAR

Tanlov ishtirokchisining nomi __________________________________________________________________________
‎Tanlov ishtirokchisi rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi _________________________________________
‎Manzili va telefon (faks) raqami ________________________________________________________________________
‎Yuridik maqomi ________________________________________________________________________________________
‎Tuzilgan sanasi (kim tomonidan, berilgan order yoki buyruq raqami) __________________________________________
‎Asosiy faoliyat turi (statistika idorasi kodi boʻyicha) ______________________________________________________

Rahbar va uning oʻrinbosarlari:

T/r‎

F.I.O.

Maʼlumoti (taʼlim muassasasi, mutaxassisligi, diplom raqami va berilgan sanasi)

Qurilishdagi ish tajribasi (yil)

Egallagan lavozimi‎‎

Egallagan lavozimida ish tajrbasi (yil)

1‎

2

3

4

5

6

Asosiy xodimlar (uchastka, boʻlim boshliqlari, ish yurituvchi, usta, ishlab chiqarish boʻlimi muhandislari va boshqalar)

T/r‎

F.I.O.

Maʼlumoti (taʼlim muassasasi, mutaxassisligi, diplom raqami va berilgan sanasi)

Qurilishda ish tajribasi (yil)

Uchastka (boʻlim) nomi, egallagan lavozimi

Egallagan lavozimida ish tajribasi (yil)

1‎

2

3

4

5

6

Doimiy ishchi xodimlar (ishchilar)

T/r‎

Mutaxassisliklar nomi

Jami soni, shu jumladan mutaxassisliklar va razryadlar boʻyicha

Ulardan (3-ustundan) malakasini tasdiqlovchi hujjati borlar

Ulardan (4-ustundan) qurilishda 10 yildan kam boʻlmagan ish tajribasi borlar

1‎

2

3

4

5

Jami
Shu jumladan:
Betonchilar _____ razryadli
Gʻisht teruvchilar ____ razryadli
Tom quruvchilar _____ razryadli
Payvandchilar _______ razryadli
Santexniklar _______ razryadli
Duradgorlar ______ razryadli
va boshqalar
Kadrlar boʻlimi boshligʻi: /imzo va muhr/
Tanlov ishtirokchisi rahbarining imzosi:
Tuzilgan sana: “_____” ____________ 20___ y.

Izoh: Tanlov ishtirokchisining keyingi 3 yildagi statistika hisobotlarining nusxalari hamda ishchi xodimlar uchun ushbu tashkilotda kamida 1 yillik doimiy ish faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlari taqdim etiladi.

3-ShAKL

TANLOV IShTIROKChISINING MOLIYAVIY KOʻRSATKIChLARI

(Shaklga keyingi 3 yildagi moliyaviy natijalar va buxgalteriya balanslari
haqidagi hisobot ilova qilinadi)
‎____________________________________________________________________________________________________
‎(tanlov ishtirokchisining nomi)

AKTIVLAR

20__ y

20__ y

20__ y

PASSIVLAR

20__ y

20__ y

20__ y

Uzok muddatli aktivlar

Oʻz mablagʻlari manbai

Asosiy vositalar Ustav fondi
Shundan Ishlab chiqarish fondlari ‎‎ ‎‎ Taqsimlanmagan foyda
Qoldiq qiymat ‎‎

Majburiyatlar

Kapital quyilmalar ‎‎ Zaymlar
Tugallanmagan ishlab chiqarish ‎‎ Kreditor qarzdorlik

Joriy aktivlar

Shundan muddati oʻtgan qarzdorlik
Aylanma mablagʻlar Shundan budjetdan qarzdorlik
Ulardan ishlab chiqarish zaxiralari Shundan ish haqidan qarzdorlik‏
Debitor qarzdorlik
Shundan muddati oʻtgan qarzdorlik
Jami balans aktivi boʻyicha Jami balans passivi boʻyicha

MOLIYAVIY NATIJA

Nomi

20__ y

20__ y

20__ y

Nomi

20__ y

20__ y

20__ y

1. Realizatsiyadan olingan tushum

8. Sof foyda

‎‎

2. Realizatsiyadan olingan sof tushum

Shundan asosiy faoliyat boʻyicha

3. Realizatsiya kilingan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi

Umumxoʻjalik faoliyat boʻyicha

‎‎

4. Maʼmuriy xarajatlar

9. Asosiy faoliyatdan olingan foyda

5. Boshqa xarajatlar

10. Umumxoʻjalik faoliyatdan olingan foyda

6. Daromad soligʻi toʻlovigacha foyda

11. Zarar

7. Daromad soligʻi‏

shundan asosiy faoliyatdan

umumxoʻjalik faoliyatdan

Balans foydasi ________________________________________________________________________________________
Oxirgi 3 yilda bankrotlik yoki toʻlov qobiliyatsizligi yuzasidan sud ishi olib borilganmi?

Tanlov ishtirokchisining saloxiyati (jumladan, toʻlovga qodirligi va aylanma mablagʻlar bilan taʼminlanganligi)

toʻgʻrisida maʼlumot

STIR

Qurilish tashkiloti toifasi

Tashkilot tomonidan oʻtgan yil (20___ yil) yakuni bilan taqdim etilgan buxgalteriya balansi (F-1) hisoboti

koʻrsatkichlari

Asosiy vositalar qoldiq (balans) qiymati F-1, 012-satri

Toʻlovga qodirlik yoki qoplash koeffitsiyenti (1,25) =9/(10-11)

buxgalteriya balansi (F-1) boʻyicha koʻrsatkichlar

Oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganliq koeffitsiyenti (020) =(13+14+15-16)/17

buxgalteriya balansi (F-1) boʻyicha koʻrsatkichlar

390-satr

770-satr

490-satr

480-satr

570-satr

580-satr

130-satr

390-satr

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13


Qoplash koeffitsiyenti (toʻlovga qodirlik) tashkilotning qisqa muddatli majburiyatlarining toʻlov imkoniyatlarini koʻrsatadi, u faqat debitorlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilish va tayyor mahsulotni qulay sotish shartlari bilangina emas, balki joriy (aylanma) aktivlarning boshqa elementlari bilan baholanadi. Koeffitsiyentning kamayishi tashkilotning imkoniyatlari pasayganligidan dalolat beradi.

Koeffitsiyent quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi:

Kpl =

Joriy (aylanma) aktivlar
‎‎____________________________________
‎Joriy majburiyatlar

=‎

A2
‎‎__________________________
‎P2 - DO

, bunda:

A2 — joriy (aylanma) aktivlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot, pul mablagʻlari, debitorlik qarzi va shu kabilar), balans aktivining II boʻlimi, 390-satr;
P2 — majburiyatlar, balans aktivining II boʻlimi, 770-satr;
DO — uzoq muddatli majburiyatlar (buxgalteriya balansining 490-satri).
‎Agar toʻlovga qodirlik koeffitsiyenti hisobot davri oxirida 1,25 dan past qiymatga ega boʻlsa, tashkilot ushbu koʻrsatkich boʻyicha toʻlovga qodir emas deb hisoblanadi.

‎Oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti tashkilotning moliyaviy barqarorligi uchun zarur boʻlgan uning oʻz aylanma mablagʻlari mavjudligini, tashkilot mulkdorlari va kreditorlar manfaatlarining nisbatini ifodalaydi.
‎Koeffitsiyent quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:

Kos =

(P1 + Dzk2) - A1
‎__________________________________________
‎A2

, bunda:

A1 — uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital quyilmalar va shu kabilar), balans aktivining I boʻlimi, 130-satr;
‎P1 — oʻz manbalari mablagʻlari (ustav kapitali, zaxira kapital, qoʻshilgan kapital, taqsimlanmagan foyda va shu kabilar), balans passivining I boʻlimining yakuni, 480-satr;
Dzk2 — uzoq muddatli aktivlarni sotib olishga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli qarzlar va kreditlar (buxgalteriya balansining 570 va 580-satrlaridan hisoblab chiqish yoʻli bilan).
‎Ushbu kasrning surati tashkilot oʻz mablagʻlarining qancha summasi aylanmaga yoʻnaltirilganligini, maxraj— barcha aylanma mablagʻlar summasini koʻrsatadi. Ushbu koeffitsiyentning eng kam qiymati — 0,2.
‎Agar hisobot davri oxirida oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti 0,2 dan kam qiymatga ega boʻlsa, u holda tashkilot ushbu koʻrsatkich boʻyicha oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanmagan deb hisoblanadi.

Rahbar _________________________________ Bosh hisobchi ____________________________
muhr
Sana: “____”____________________20____ y.

Izoh: Tanlov ishtirokchisining keyingi 3 yildagi moliyaviy ahvoli haqidagi hujjatlari tarkibida auditor kompaniyasinig ijobiy xulosasini taqdim etishi mumkin. Balans hisobotlarining nusxalari taqdim etilishi shart.

4-ShAKL

TANLOV IShTIROKChISINING ISh HAQI JAMGʻARMASI VA HODIMLAR OʻRTAChA SONI BOʻYIChA KOʻRSATKIChLARI

Davr

STIR

Mahsulot (tovar va xizmat)larni realizatsiyasidan sof tushum (F-2, 010-satri), ming soʻmda

Ish haqi jamgʻarmasi, ming soʻmda

Xodimlarning oʻrtacha soni (har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan ish haqi hisoblangan xodim sonidan kelib chiqib)

1

2

3

4

5

x

x

x

x

Oʻtgan yil (20__ yil) yakuni boʻyicha

x

Joriy yil (20__ yil) oxirgi hisobot davri boʻyicha

x

Jami

x

shahar (tuman) davla� soliq inspeksiyasi boshligʻi

_____________________

shahar (tuman) davlat soliq inspeksiyasi kameral nazorat boʻlimi boshligʻi

_____________________

5-ShAKL

TANLOVDAGI OBYEKTGA OʻXShASh OBYEKTLARDA ‎OXIRGI UCh YILLIK ISh TAJRIBASI

_______________________________________________________________________________________________

(tanlov ishtirokchisining nomi)

T/r

Obyekt nomi, pudrat shartnomasi summasi, ishlarning boshlanish va yakunlanish sanasi

Buyurtmachi nomi

Bajarilgan ishlar summasi‏

Shundan yillar boʻyicha

20__ y.

20__ y.

20__ y.

Jami:

Tashkilot rahbarining imzosi: ______________________________
Tuzilgan sanasi: “_____” __________________ 20__ y.
Tasdiqlangan: ________________________________________________

(bosh hisobchi imzosi)

Izoh: Maʼlumotlar Tanlov ishtirokchisi tomonidan har bir obyekt boʻyicha ishlar turi boʻyicha mustaqil toʻldiriladi va bajarilgan ishlar dalolatnomalarining nusxalari bilan tasdiqlanadi.

6-ShAKL

IShLARNI BAJARIShDA FOYDALANADIGAN TANLOV IShTIROKChISINING MAShINA VA MEXANIZMLARI ROʻYXATI

T/r

Nomi

Markasi

Soni

Ishlab chiqarilgan yili

Quvvati

Texnik holati

Balansida yoki ijarada

1

2

3

4

5

6

7

8

QURILISh TEXNIKALARI

1.

2.

3.

4.

5.

6.

Hammasi

KIChIK MEXANIZMLAR

1.

2.

3.

4.

5.

6.

Hammasi



Tashkilot rahbarining imzosi: ________________

Tuzilgan sanasi: “_____” __________20__ y.


Izohlar:

1. 8 ustunga qurilish texnikasining tanlov ishtirokchisi balansida ekanligi yoki ijaraga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot kiritiladi.

2. Ijara va lizing asosidagi texnika ijaraga olinganda ijaraga beruvchining kafolat xati, lizing sharnomasining nusxasi taqdim etiladi (shartnoma loyihani bajarish davri mobaynida haqiqiy boʻlishi kerak).



7-ShAKL

TANLOV IShTIROKChISINING JORIY DAVRDAGI BOShQA (PUDRAT ShARTNOMALARI) OBYEKTLARI

T/r

Buyurtmachi

nomi

Obyekt nomi

Shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar summasi

Shartnoma summasi, boshlanish va yakunlanish sanasi

Mavjud mashina va mexanizmlar nomi

Tanlovning predmeti — loyihani bajarish vaqtida boshqa obyektlarga jalb etilgan mashina va mexanizmlar soni — (oylar boʻyicha)


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10






Tashkilot rahbarining imzosi: ________________

Tuzilgan sanasi:“_____” ___________20___ y.


Izohlar:

1. Bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi shart.

2. Obyektda bajarilishi lozim boʻlgan qurilish ishlari uchun kelgusida jalb etiladigan mashina va mexanizmlar soni koʻrsatiladi.



‎8-ShAKL

QURILISh MAYDONChASINI KOʻZDAN KEChIRGANLIGI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOTNOMA

Ushbu bilan tasdiqlanadiki, men ________________________________________________________________________ ,

(F.I.O., lavozimi.)

__________________________________________________________________________________________ tomonidan 20___yil __________da berilgan ishonchnomaga asosan quyidagilarni batafsil oʻrgandim:
‎a) tanlov hujjatlarini;
‎b) loyiha hujjatlarini.
‎Mazkur shartnomani sifatli, toʻla va oʻz vaqtida bajarilishiga, kelgusidagi ishlarning qiymatiga, hajmlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan turli sharoitlar va boshqa holatlar hamda qurilish maydoni bilan tanishdim. Ushbu holatlarning barchasi oʻz taklifimizda hisobga olingan.

Izoh: Ushbu shaklda obyektni oʻrganib chiqilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, kirish yoʻllari, muhandislik tarmoqlarining mavjudligi, mavjud bino va inshootlar va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boshqa masalalar qurilish bosh rejasi koʻrinishida taqdim etiladi.

Qatnashchining vakolatli vakili:

_____________________________

_____________________________

(F.I.O)

imzo

Buyurtmachining vakolatli vakili:

_____________________________

_____________________________

(F.I.O)

imzo

Tashkilot rahbarining imzosi: ________________
Tuzilgan sanasi: “_____” ___________ 20___ y.

9-ShAKL

HUJJATLARNI IMZOLASh VA TANLOVDA QATNAShISh HUQUQINI BERUVChI IShONChNOMA

Tashkilotning nomi ____________________________________________________________________________________.

Tashkilotning manzili __________________________________________________________________________________

Men, yuqoridagi Tanlov ishtirokchisi tashkilot rahbari, mazkur ishonchnoma bilan _____________________________
‎_______________________________________________________________________ga Tanlov ishtirokchisi nomidan

(familiyasi, ismi, otasining ismi, egallagan lavozimi)

_______________________________________________________________________________________________ obyekti

(tanlov savdosi predmeti nomi)

boʻyicha tanlovda qatnashish va tanlov ishtirokchisi nomidan hujjatlarga imzo chekish vakolatini beraman. Bu erdagi barcha maʼlumotlar asliga toʻgʻri va haqiqiy boʻlib, biz bu erda qilingan har qanday notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar uchun fuqarolik va jinoiy tomondan javobgarmiz.

‎Yuqoridagilarga guvohlik berib, mazkur hujjatlarga oʻz imzolarimizni qoʻydik

______________________________________

____________________________

(ishonch bildiruvchining F.I.O.)

(imzo)

______________________________________

____________________________

(ishonch bildiruvchining F.I.O.)

(imzo)

“____” __________ 20___ g.
Izoh: Tanlovda ishtirokchining rahbari ishonchnomasiz ishtirok etadi.

1-ILOVA

_______________________________________________________________________________________________________

(buyurtmachining nomi)

LOYIHANI BAJARISh BUYuRTMANOMASI

_______________________________________________________________________________________________________

(obyekt nomi)

1. Biz, quyida imzo chekuvchilar, yuqorida aytilgan ishlarni bajarish maydonchasini koʻzdan kechirib, umumiy, texnik va tijorat qismlaridan iborat tanlov hujjatlarini oʻrganib, yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarga muvofiq

__________________________________________________________________________________________

(raqamda va yozuv bilan summa, qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan)

soʻmga aytilgan barcha ishlarni (qurilish ishlarining kamida 50 %ini oʻz kuchimiz bilan) bajarish va yakunlashni hamda ulardagi topilgan defektlarni belgilangan muddatda tuzatishni taklif etamiz.
‎2. Bizning taklifimiz qabul qilingan holda, buyurtmachidan ishga kirishish haqidagi yozma xabarnomani olgan kundan boshlab 10 (oʻn) kun ichida ishlarni bajarishga kirishish va ishlarni bajarishni boshlanishidan eʼtiboran ___________________________ kun mobaynida ularni yakunlash majburiyatini olamiz.
‎3. Bizning taklifimiz tanlov takliflari ochilgan kundan boshlab ____________________________________

(raqam va yozuv bilan)

kalendar kun mobaynida amal qiladi.

4. Shartnoma tuzilgunga qadar mazkur tanlov taklifi uning qabul qilinganligi haqidagi yozma xabarnoma bilan birga oramizdagi yuridik majburiyat hisoblanadi.
‎5. Taklif qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi Biz olgan xabarnoma, Bizni Siz bilan rasmiy shartnoma tuzishga majburiyat yuklashini va Biz uning ijrosini taʼminlashimizni tasdiqlaymiz.
‎6. Buyurtmachi va tanlov komissiyasi taqdim etilgan takliflardan eng past narx taklifini qabul qilishga majbur emasligiga rozilik bildiramiz.
‎7. Tanlov Tanlov ishtirokchisilariga joʻnatilgan ______ son xabarnomalar Biz tomondan hisobga olingan.
‎8. Qurilish jarayonida jalb qilingan ishchi xodimlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirib, ijtimoiy ximoyasi va texnik xavfsizligini taʼminlaymiz.
‎9. Buyurtmachi bilan oʻzaro hisob-kitoblarni tanlov komissiyasining majlislari bayonnomalari bilan tasdiqlangan va kelgusida oʻzgartirilmaydigan shartnomaviy narxda amalga oshirish majburiyatini olamiz.
‎10. Shartnoma majburiyatlarini bajarilishi haqidagi monitoring maʼlumotlarini Qurilish vazirligining viloyat tanlov savdolarini oʻtkazish konsalting markaziga, belgilangan shaklda, har oyning 2 sanasiga qadar, qurilishni olib borishni butun davri davomida taqdim etib borish kafolatini beramiz.

Tashkilot rahbarining imzosi: ________________
Tuzilgan sanasi: “_____” ___________ 20___ y.

2-ILOVA

OBYEKTNING QURILISh IShLARINI BAJARISh GRAFIGI
‎ __________________________________________________________________
‎(obyekt nomi)

T/r‎

Ishlar nomlanishi

Ishlarni boshlash sanasi

Ishlarni tugatish sanasi

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

Izoh: Jadvalda ishlarni umumiy dasturi (obyektning xususiyatlari hisobga olingan holda) va ularni bajarish muddatlari koʻrsatiladi. Qurilishning umumiy jadvali pudratchining ishlarni va maʼlum uchastkalarni belgilangan muddatda yakunlash va qurilayotgan obyektda xavfsiz va uzluksiz ishlar olib borish majburiyatiga taʼsir koʻrsatmasligi kerak.

Tashkilot rahbarining imzosi: ________________
Tuzilgan sanasi: “_____” ___________ 20___ y.


3-ILOVA

OBYEKT QURILIShINI MOLIYALAShTIRISh GRAFIGI

__________________________________________________________________

(obyekt nomi)

bnak (avans) tlash va joriy moliyalashtirishni hisobga olgan holda

Moliyalashtirish shartlari

Qurilish yillari____________yil

Qurilish oylari

Yanvar

Fevral

Mart

Aprel

May

Iyun

Iyul

Avgust

Sentyabr

Oktyabr

Noyabr

Dekabr

___ % hajmdagi bnak

____ % hajmda joriy moliyalashtirish

5 % foydalanishning kafolatli muddati tugagach.


Kredit yoki oʻz mablagʻlaridan foydalanish — pudratchiga
havola.


Tashkilot
rahbarining imzosi: ________________

Tuzilgan sanasi: ________________20___ y.



4-ILOVA

OBYEKTNING JAMLANMA JADVALI

_____________________________________________________________________________

(obyekt nomi)

_____________________________________________________________________________

(tanlov ishtirokchisi nomi)

T/r

Xarajatlar nomi

Joriy narxlardagi qiymati

1.

Qurilish materiallari va konstruksiyalari

2.

Jihozlar

3.

Mashina va mexanizmlar

4.

Ish haqi

Jami (QQSsiz)

Boshqa xarajatlar

QQS

Jami QMI qiymati


Izoh:
Mazkur jadval buyurtmachi va tanlovning gʻolib tashkiloti oʻrtasida tuziladigan shartnoma uchun qoʻllaniladi.



OBYEKTDA BAJARILADIGAN ISh HAJMLARI

ROʻYXATI

(F-1-shakl)

T/r

Meʼyorlar raqami shifri

Ish turlari

lchov

birligi

Loyiha krsatkichlari boʻyicha ishlari miqdori

Qiymati

Birlikka

Jami



JAMI:


Izoh:
Mazkur jadvalda tanlov ishtirokchisi har bir ish turi boʻyicha bir birlik ish hajmlari uchun taklifida resurslarni aks ettirmasdan taqdim qiladi.



OBYEKT
QURILIShINING ShARTNOMAVIY NARXINI BELGILAShDA IShLATILGAN ASOSIY NARX ShAKLLANTIRUVChI KOMPONENTLARNING NARXLARI

T/r

Komponent nomi

lchov birligi

Loyiha krsatkichlari boʻyicha miqdori

Birlik uchun narx

Jami

1.

Mehnat (ish kuchi) xarajatlari

2.

Elektroenergiya

3.

Yoqili-moylash materiallari

4.

Metall

5.

Sement

6.

Qum

7.

Yigʻma temir-beton mahsulotlari

8.

Yogʻoch materiallari (pilomateriali)

9.

isht (i/ch zavodlar)

10.

Boshqamateriallar

11.

Tavakkalchilik koeffitsiyenti


Komp
onentlar soni chegaralanmaydi va pudratchi tomonidan tanlov predmetining texnik jihatlaridan kelib chiqib toʻldiriladi.

Bunda har bir aniq obyekt boʻyicha komponentlar va asosiy qurilish materiallari nomenklaturasi obyekt qurilishi qiymatini 100% ini tashkil qiluvchi asosiy narx shakllantiruvchi komponentlarni hisobga olgan holda tanlanadi.


Tashkilot
rahbari: ____________________



Boshlangʻich bahosi 6000 BHMgacha boʻlgan obyektlar boʻyicha tanlov takliflarini texnik baholash mezonlari

T/r

Shakllarni baholash parametrining nomi.

Ballar miqdori

Tanlov ishtirokchilari


I. Tanlov buyurtmasini taʼminlash kafolati. 1-shakl.

1.

Pudratchi tomonidan tanlovda ishtirok etishga va oʻz taklifidagi zimmasiga olingan majburiyatlar ijrosini soʻzsiz kafolatlovchi deklaratsiya

II. Tanlov ishtirokchisi haqida umumiy maʼlumotlar. 2-shakl (19 ball)

1.

Ish staji 3 yildan kam boʻlmagan oliy maʼlumotli qurilish mutaxassisligiga ega boʻlishi majburiy rahbarlardan 1 kishi mavjudligi.

4

2.

5 yil ish stajiga ega 2 kishidan kam boʻlmagan diplomga ega injener-texnik xodimlarni mavjudligi. (uchastka boshliqlari va masterlar)

3

3.

Ishlab chikarish texnika boʻlimida 5 yil ish stajiga ega diplomli 1 ta mutaxassisni mavjudligi.

3

4.

Doimiy ravishda ishlovchi 10 tadan kam boʻlmagan malakaviy ishchilar mavjudligi.

3

5.

Xodimlarning yillik urtacha soni

3

6.

Mexnatni muxofaza kilish va texnik xavfsizlik xodimlari 1 kishi mavjudligi

3

III. Tanlov ishtirokchisining moliyaviy ahvoli. 3 va 4-shakllar (34 ball)

1.

Asosiy vositalarning qoldiqqiymati 100 mln. soʻm va undan koʻp

6

2.

Muddati oʻtgan kreditorlik qarzdorligi mavjud emasligi

6

3.

Oʻtgan yilda 20 mln.soʻm foydasi (soliq toʻlangunga qadar) mavjudligi

5

4.

Ish haqi fondi 20 mln. soʻm

4

5.

Toʻlovga qodirlik yoki qoplash koefitsiyenti 1,25 va undan koʻp

4

6.

Toʻlovga qodirlik yoki qoplash koefitsiyenti

3

7.

Obyektning buyurtmachi belgilangan boshlangʻich narxining 20%gacha miqdoridagi aylanma mablagʻlar mavjudligi (xizmat qiluvchi bank tomonidan tasdiqlangan aylanma mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida baholanadi)

6

IV. Tanlovdagi obyektga oʻxshash obyektlarda oxirgi 3 yillik ish tajribasi*. 5-shakl (25 ball)

1.

Tanlovdagiga oʻxshash ishlarni oʻz kuchi bilan bajarish: yiliga N (N — Buyurtmachi boshlangich narxning 50%) soʻm va undan koʻp. (har bir yil 5 ball bilan baholanadi)

15

2.

Tanlov savdodagiga oʻxshash profil boʻyicha oxirgi yili oʻz kuchi bilan bajarish.

10

V. Mashina va mexanizmlar roʻyxati, 6-shakl (20 ball)

1.

Loyihani bajarish uchun zarur boʻlgan Q ta dan kam boʻlmagan? Koʻpi bilan 20 yil oldin ishlab chiqarilganshaxsiy (yoki lizing shartnomasi asosida) qurilish mashina va mexanizmlarini mavjudligi (ijara shartnoma asosidagi qurilish texnikalarining ballari 30% kamaytiriladi)

15

2.

Loyihani bajarish uchun zarur boʻlgan 10 birlikdan kam boʻlmagan kichik mexanizatsiya vositalarini mavjudligi**

5

VI. Tanlov ishtirokchisi tanlov vaqtida ishtirok etayotgan va mazkur tanlovning predmeti blmish obyektni qurish (rekonstruksiyalash, taʼmirlash) davrida ishtirok etadigan boshqa kontraktlar (obyektlar) haqida maʼlumot. 7-shakl

1.

Tanlov predmeti — obyektni qurish (rekonstruksiyalash, taʼmirlash) davrida loyihani bajarish uchun kerakli boʻlgan injener-texnik xodim (kamida 1-2 kishi) hamda mashina va mexanizmlar boshqa obyektlarga jalb etilganligi baholash davrida inobatga olinadi 2 va 7-shakllar

VI. Qurilish maydonini koʻrganlik va loyihani oʻrganganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma. 9-shakl.

2

1.

Qurilish maydonini koʻrganligi va oʻrganib chiqilganligi

1

2.

Tavsiyanoma (viloyat (shahar) qurilish boʻyicha xokim oʻrinbosari va qurilish bosh boshqarmalari bilan kelishilgan holda)

1


Izohlar
:

* Obyektlarni oʻz vaqtida foydalanishga topshirish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlari asossiz bir oydan ikki oygacha kechiktirilganda 50% ball olib tashlanadi, ikki oydan uch oygacha — ish tajribasi bahosi nolga tenglashtiriladi, uch oydan va undan koʻpga — tanlov komissiyasi tanlov ishtirokchisi taklifini chetlashtirishga va 2-yigʻma jildni ochmasdan qaytarishga haqli.

** Obyektni qurish (rekonstruksiyalash, taʼmirlash) uchun kerakli qurilish mashinalari va mexanizmlari soni va roʻyxati obyektning xususiyati, qurish (rekonstruksiyalash, taʼmirlash) va yakunlash muddatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Mashina va mexanizmlar soni va roʻyxati tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Roʻyxat tanlov tashkilotchisi tomonidan 7-shaklda, mashina va mexanizmlar sonitanlov takliflarining texnik baholash mezonlarida krsatiladi.



Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha tanlov komissiyalarining

TARKIBI

F.I.O.

Buyurtmachi tashkilot rahbari, tanlov komissiyasi raisi

F.I.O.

Hududiy moliya boshqarmasi boshligʻi

F.I.O.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hududiy boshqarmasi boshligʻi

F.I.O.

Davlat soliq xizmati hududiy boshqarmasi boshligʻi

F.I.O.

Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi boshligʻi

F.I.O.

Loyiha tashkiloti vakili

F.I.O.

Hududiy soha vakili (tegishli shahar (tuman) hokimining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari)


Izohlar:

Tanlov komissiyasi raisi yigʻilishlarda uzrli sabablarga koʻra ishtirok eta olmaganida uning vazifalarini maxsus ishchi guruhi raisining oʻrinbosari bajaradi;

Tanlov komissiyalari aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda maxsus ishchi guruhi tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxs yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxs kiritiladi;

Zarurat tugʻilganda tanlov komissiyalari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalaridan mutaxassislarni jalb qilish huquqiga ega.



Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha tanlov tashkil etish va oʻtkazish

SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Amalga oshirish muddati


1-bosqich (tanlov oʻtkazishga tayyorgarlik)

Buyurtmachi

Qurilishlarning dastlabki manzilli roʻyxatini belgilangan tartibda tasdiqlash.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlash.

Tanlov komissiyasiga tanlov hujjatlari toʻplamini taqdim etadi.

tasdiqlangan tarmoq jadvali asosida

Tanlov komissiyasi

Tanlov komissiyasi reglamentini ishlab chiqish va tasdiqlash

1 kun


2-bosqich

(tanlov)

Buyurtmachi, tanlov tashkilotchisi

Dastlabki manzilli roʻyxat tasdiqlangandan soʻng buyurtmachi davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida eʼlon beradi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlardan takliflarini qabul qilib olish.

10 kun

Tanlov komissiyasi

Pudrat tashkilotlarining takliflarini ochish, tanlov talablariga muvofiqligini tekshirish va koʻrib chiqish natijalariga koʻra tanlov gʻolibini aniqlash.

5 kun


3-bosqich

(yakuniy bosqich)

Buyurtmachi, gʻolib pudrat tashkilot

Gʻolib pudrat tashkilotlar bilan belgilangan tartibda pudrat shartnomalarini tuzish.

1kun

Buyurtmachi

Obyektlar uchun moliyalashtirishni ochish.

5 kun

TANLOV
‎HUJJATINING
‎TEXNIK QISMI

‎________________________________________________________________________________________________‎--
‎(OBYEKT NOMI)

20___ yil.

TANLOV HUJJATLARINING TIJORAT QISMI

‎I. BUYuRTMAChINING BOShLANGʻICh NARXI

1.1. Buyurtmachining boshlangʻich narxi Tanlov Axborot Jadvalida (TAJ)da koʻrsatilgan.

II. BUYuRTMAChI BELGILAGAN QURILISh MUDDATI

2.1. Loyiha boʻyicha barcha ishlar TAJda koʻrsatilgan muddatdan kechiktirilmasdan yakunlanishi kerak.

III. MOLIYALAShTIRISh MANBAI

3.1. Obyektni moliyalashtirish TAJda koʻrsatilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.

IV. MOLIYALAShTIRISh ShARTLARI

4.1. Moliyalashtirish shartlari (agar TAJda boshqa holat aytilmagan boʻlsa): boʻnak (avans) — Tanlov natijalariga koʻra aniqlangan, qurilishning joriy yilidagi ishlar qiymatining 30 foizi (15+15)% mikdorida; joriy moliyalashtirish ajratilgan boʻnak, proporsional ushlab qolinishini hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida; qolgan 5 foizi — foydalanishning kafolatli muddati tugagach.
‎4.2. Keyingi yilga oʻtadigan obyektlar boʻyicha tanlov oʻtkazilganda, buyurtmachi tomonidan joriy yilda TAJda koʻrsatilgan miqdorda mablagʻ ajratish koʻzda tutilgan.
‎4.3. Toʻlovlar Buyurtmachi tomonidan pudrat shartnomasi talablariga binoan amalga oshiriladi.
‎4.4. Loyihani bajarish boʻyicha pudrat shartnomasi quyidagi tartibot hujjatlariga javob berishi kerak: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini shartnomaviy-huquqiy bazasi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga.

V. ShARTNOMA VALYUTA TURI

5.1. Agar TAJda boshqacha koʻzda tutilmagan boʻlsa, pudrat shartnomasining valyuta turi — oʻzbek soʻmida.

VI. ShARTNOMA LOYIHASI
‎(NAMUNAVIY PUDRAT ShARTNOMASI)

Pudrat shartnomasi

_____-son

20___ yil “____” ____________

Keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladigan _________________________________________________________
‎______________________________________________________________ nomidan Nizom asosida ish koʻruvchi direktor _____________________________________________ bir tomondan va keyingi oʻrinlarda “Pudratchi” deb yuritiladigan _________________________________________________________ nomidan Nizom asosida ish koʻruvchi ______________________________________________________________________________________________ikkinchi tomondan _______________________________________________________________________________ ga doir mazkur pudrat shartnomasini tuzdilar.


‎1. Taʼriflar

‎1. Mazkur shartnomada tariflar kullaniladi:

“ijro hujjatlari”: — naturada bajarilgan ishlar yoki ishlarni bajarish uchun masʼul boʻlgan shaxslar tomonidan ularga kiritolgan oʻzgarishlarning ushbu ishchi chizmalar turkumi, sertifikatlar, texnik pasportlar va oʻrnatilgan asbob-uskunalarning sifatini va ishlarini bajarishda qoʻllanilgan materiallar, konstruksiya va detallarning sifatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, berkitiladigan ishlar tasdiqlanganligi toʻgʻrisida dalolatnomalar, ayrim masʼuliyatli konstruksiyalar oraliq davrda qabul qilinishi toʻgʻrisida dalolatnomalar, montaj qilingan asbob-uskunalarning yakka tartibdagi sinovi toʻgʻrisida dalolatnomalar, ishlarni bajarish daftarlari hamda qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar:
“qurilish maydoni”: Mazkur shartnoma (kontrakt) doirasida barcha ishlarni bajarish davrida dalolatnoma boʻyicha Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga berilgan yer uchastkasi. Obyektning qurilish maydoni chegarasini ajratib qoʻyiladi yoki bosh rejaga muvofiq belgilangan boshqa belgilar bilan belgilab qoʻyiladi.
“vaqtinchalik ishlar”: Pudratchi tomonidan qurilish maydonida oʻrnatiladigan va ishlar bajarish uchun zarur zarur boʻlgan har tipdagi vaqtinchalik binolar va inshootlar.
“berkitilgan ishlar”: — sifati va yakunligini keyingi ishlar bajarilgandan keyin aniqlash mumkin boʻlmagan keyinchalik bajariladigan ishlar va konstruksiyalar bilan berkitiladigan ishlar:
shartnomani narxini boʻlib chiqish: ishlarning har bir bosqichi yoki turlari qiymatining aniq belgilangan holda shartnoma boʻyicha obyektni umumiy qiymatini bosqichlarga taqsimlash.

‎II. Shartnoma mavzusi

2. Pudratchi mazkur shartnoma shartlariga muvofiq __________________________________________________________
‎____________________________________________________ishlarini bajarish majburiyatini oladi, Buyurtmachi esa Pudratchiga qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni qabul qilish va toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oladi.

‎III. Shartnoma boʻyicha ishlar qiymati.

3. Mazkur shartnoma boʻyicha pudratchi tomonidan bajarilgan tanlov natijasida aniqlangan va tanlov komissiyasining qarori (20__ yil “_____” ____________dagi “_______/1,2,3” son bayonnoma) bilan tasdiqlangan ishlar qiymati barcha soliqlar, yigʻimlar va ajratmalarini oʻz ichiga olgan holda joriy narxlarda _______________________________________________________________________________________________________
‎(__________________________________________________________________) soʻmni tashkil etadi.
‎qurilish qiymati va koʻpaytirishga yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holati sabab boʻlganda;
‎ishlar hajmi buyurtmachi tomonidan oʻzgartirilganda;
‎obyektning qurilishi bir yildan ortiqqa oʻzgartirilganda.
‎5. Qurilish muddati bir yildan ortiq boʻlganda ikkinchi yilga va keyingi yillarga shartnomaviy narxlarni aniqlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
‎6 Tegishli asoslar mavjud boʻlganda oʻzgarishlar Buyurtmachi bilan Pudratchi oʻrtasidagi shartnomaga qoʻshimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi.

IV. Pudratchining majburiyatlari

7. Mazkur shartnoma boʻyicha Pudratchi mazkur shartnomaning 2-boʻlimida nazarda tutilgan ishlarni bajarish uchun:
‎— barcha ishlarni mazkur shartnomada hamda unga “______” ilovaga muvofiq ishlarni bajarish jadvalida nazarda tutilgan hajmda va muddatlarda inshoot narxidagi ishlarni eng kamida 50%ni oʻzining kuchlari bilan bajarish hamda ishni Buyurtmachiga mazkur shartnoma shartlariga muvofiq topshirish;
— “____” ilovaga muvofiq qurilish maydoniga zarur qurilish materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va butlovchi buyumlar, qurilish texnikalarini yetkazib berish, ularni qabul qilish tushirish omborga joylash va saqlash;
‎— qurilish maydoni hududida vaqtinchalik inshootlar qurish;
‎— buyurtmachini Pudrat shartnomalari tuzilishi davomida subpudratchilar bilan shartnomalar tuzilishi, shartnoma mazmuni, subpudratchining nomi va manzili toʻgʻrisida xabardor qilish;
‎— qurilish tavakkalchiligini sugʻurta qilish.
‎Mazkur shartnoma boʻyicha obyektni foydalanishga qabul qilib olish toʻgʻrisidagi dalolatnomaga imzo chekilgandan boshlab bir oy muddatda qurilish maydonini oʻziga tegishli qurilish mashinalari, asbob-uskunalari, transport vositalari, anjomlar, priborlar, inventarlar, qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalar hamda vaqtinchalik binolardan boʻshatish;
‎qurilish maydonini qoʻriqlanishini taʼminlash;
‎qurilish jarayonida jalb qilingan ishchi xodimlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirib, ijtimoiy himoyasi va texnik xavfsizligini taʼminlash.
‎Mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha majburiyatlarni toʻliq hajmda bajarishni oʻz zimmasiga oladi.
‎8. Pudratchi mazkur shartnoma boʻyicha barcha ishlarning oʻz kuchlari �ilan va subpudratchilar tomonidan (qurilish ishlarining 50 %dan koʻp boʻlmagan) zarur tarzda bajarilishi hamda obyektning foydalanishga topshirilishi uchun Buyurtmachi oldida toʻliq mulkiy javob beradi.

V. Buyurtmachining majburiyatlari

9. Mazkur shartnomani bajarish uchun buyurtmachi:
‎— mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda mazkur shartnomaga ilovaga muvofiq ishlarni bajarish uchun yaroqli boʻlgan qurilish maydonini obyekt qurilishi va qurilish tugallanguncha boʻlgan davrda dalolatnoma boʻyicha Pudratchiga berish;
‎— ishlar bajarilishi ustidan doimiy qurilishda texnik nazorat va mazkur shartnomada qayd etilgan Pudratchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlar va boshqa funksiyalarga rioya etilishini nazorat qilish, Pudratchidan tugallangan ishlarni qabul qilib olishni taʼminlash;
‎— moliyalashtirish jadvaliga binoan pudratchiga 3 ilovaga muvofiq avans berish va joriy moliyalashtirishni amalga oshirish;
‎— mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab, bir oy davomida pudratchiga pudrat ishlarini qabul qilish uchun zarur boʻlgan ijro hujjatlari roʻyxatini taqdim etish;
‎— mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiya?larni toʻliq hajmda bajarish majburiyatini oladi.

VI. Ishlarni bajarish muddati

10. Shartnoma milliy valyuta (soʻmda) oʻzaro hisob-kitob qilinganda tomonlar uchun imzolangan paytdan boshlab:
‎keyinchalik EAV ga konvertatsiya qilgan holda milliy valyutada (soʻmda) oʻzaro hisob-kitob qilinganda shartnoma qonun hujjatlarga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin kuchga kiradi:
‎11. Pudratchi mazkur shartnomaga ilova qilinadigan moliyalashtirish jadvaliga muvofiq, birinchi avans toʻlovi tushgan kundan boshlab ishlarni bajarishga kirishadi.
‎12. Tanlov natijasi boʻyicha aniqlangan qurilishning davom etish vaqti ishlar boshlangan kundan eʼtiboran ______ni tashkil etadi.
‎13. Mazkur shartnoma boʻyicha ishlar, ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.

VII. Toʻlovlar va hisob-kitoblar

14. Buyurtmachi Pudratchiga shartnoma boʻyicha ishlar umumiy qiymatining ___% miqdorida, avans oʻtkazadi, bu ______
‎_______________________________________________________________________________________________________
‎(_____________________________________________________________) soʻmni tashkil etadi.
‎15. Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga avans berish va joriy moliyalashtirish uchun moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallari asos hisoblanadi (3-ilova)
‎16. Joriy moliyalashtirish bajarilgan ishlar sifati tekshirilgandan keyin, berilgan avansni hisobga olgan holda, ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallariga muvofiq obyektning umumiy shartnomaviy joriy qiymatning ___% gacha doirasida amalga oshiriladi.
‎17. Obyektning shartnomaviy joriy qiymatning qolgan qismi Buyurtmachi va Pudratchi oʻrtasidagi uzil-kesil hisob-kitob qurilish tugallangandan keyin va obyekt qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingandan keyin yoki mazkur shartnomada belgilangan kafolat muddati (bir yil) tamom boʻlgandan keyin ishlar qiymatining 5% gacha miqdorida, amalga oshiriladi:
‎18. Pudratchi obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar mazkur shartnoma boʻyicha mulk huquqini oʻzida saqlab qoladi. Obyektning Buyurtmachiga topshirilgunga qadar, obyektning tasodifiy yoʻq qilinishi va shikastlanishi xavfi Pudratchining zimmasida boʻladi.
‎19. Buyurtmachi mazkur shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarni shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab 30 kun mobaynida bajarmagan taqdirda, Pudratchi bu haqda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Buyurtmachini yozma ravishda xabardor qilgan holda, shartnomaga oʻzgartirishlar kiritish yoki shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga egadir. Bundan Buyurtmachi pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq toʻlashdan ozod qilinmaydi.

VIII. Ishlarni bajarish

20. Buyurtmachi qurilish maydonida oʻz vakilini — Texnik auditorini tayinlaydi, u Buyurtmachining nomidan bajarilayotgan ishlar sifati ustidan texnik nazoratni amalga oshiradi, shuningdek Pudratchi tomonidan foydalaniladigan materiallar va asbob uskunalar shartnoma shartlariga va ish hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
‎21. Texnik auditor ishlar bajarilishining va shartnomaning butun davr mobaynida ishlarning barcha turlari bilan toʻsiqsiz tanishish huquqiga egadir.
‎22. Pudratchi Texnik auditor ishlash uchun joy bilan taʼminlaydi. Texnik auditor Pudratchi tomonidan oʻtkaziladigan qurilish maydonida ishlarni amalga oshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalarni hal kilish boʻyicha yigʻilishlarda muntazam ravishda qatnashadi.
‎23. Pudratchi ishlarni bajarish loyihasiga va mazkur shartnomaning VI-boʻlimda koʻrsatilgan muddatlar bilan muvofiqlashtirilgan oʻz rejasi va jadvaliga binoan obyektda ishlarni bajarishni mustaqil ravishda tashkil etadi.
‎24. Pudratchi obyektda ishlarni olib borish tartibini qurilishda Davlat nazorat inspeksiyasi bilan kelishadi va unga rioya etilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
‎25. Qurilish maydonida umumiy tartibni taʼminlash Pudratchining vazifasi hisoblanadi.
‎26. Buyurtmachi qurilish maydonini berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan bir vaqtda Pudratchiga ortiqcha tuproq va qurilish axlatini joylashtirish va yetishmayotgan tuproqni qazib olish uchun joy ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlarni beradi.
‎27. Buyurtmachi qurilish maydonini berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 3 kun muddatda qurilish maydonini belgilash boʻyicha ishlarni bajarish va obyektni bogʻlash (privyazka) qilish uchun Pudratchiga geodeziya nuqtalari, ularning koordinatlari va balandlik belgilarini taqdim etadi.
‎28. Pudratchi geodeziya nuqtalariga, liniyalar va darajalarga nisbatan obyektning toʻgʻri va zarur tarzda belgilanishi, shuningdek balandlik belgilari oʻlchamlari boʻlishi va ularning muvofiq�igi toʻgʻri joylashganligi uchun javob beradi.
‎Agar ishlarni bajarish jarayonida amalga oshirilgan va geodeziya ishlarida xatolar aniqlansa Pudratchi Buyurtmachi bilan kelishgan holda tegishli tuzatishlarni oʻz hisobidan kiritadi.
‎29. Pudratchi geodeziya boʻlish ishlarida oʻrnatiladigan koordinatlar va balandliklar, geodeziya belgilarning joylashi sxemalarini va jadvallarni saqlaydi, ishlarni bajarish davrida va ular tugallangandan keyin ularni dalolatnomani boʻyicha Buyurtmachiga beradi.
‎30. Qurilish maydonida ishlarni bajarish davrida kommunikatsiyalarni vaqtincha ulashni va ulash nuqtalarida yangidan qurilgan kommunikatsiyalarni ulashni Pudratchi amalga oshiradi.
‎31. Pudratchi oʻzi tomonidan qurilishda qoʻllaniladigan qurilish ma�eriallari, asbob-uskunalari va butlovchi buyumlar, konstruksiyalar va kommunikatsiya tizimlari sifati loyiha hujjatlarida koʻrsatilgan spetsifikatsiyalarga davlat standartlariga, texnik shartlarga muvofiq boʻlishini hamda ularning sifatini tasdiqlovchi tegishli sertifikatlarga, texnik pasportlarga yoki boshqa hujjatlarga ega boʻlishini kafolatlaydi.
‎32. Alohida berkitilgan konstruksiyalar va berkitilgan ishlar tayyor boʻlishiga qarab ularni qabul qilishni boshlashdan 2 kun oldin Pudratchi Buyurtmachini va qurilishda Davlat nazorati inspeksiyasini yozma ravishda xabardor qiladi.
‎33. Qabul qilinadigan konstruksiyalar va ishlarning tayyorligi Buyurtmachi va Pudratchi tomonidan masʼul konstruksiyalarni oraliq qabul qilish dalolatnomalari hamda ularning qurilishda Davlat nazorati inspeksiyasi bilan kelishgan shartlarida berkitiladigan ishlar tekshiruvi dalolatnomalari bilan tasdiqlanadi.
‎34. Pudratchi Buyurtmachining ishlarni bajarish daftariga kiritilgan yozma ruxsatnomasidan keyingina keyingi ishlarni bajarishga kirishadi.
‎35. Agar berkitiladigan ishlar Buyurtmachining tasdigʻisiz bajarilgan boʻlsa yoki u bu haqda xabardor qilinmagan boʻlsa, yoki kechikib xabardor qilingan boʻlsa, u holda uning talabi boʻyicha Pudratchi Buyurtmachining koʻrsatmasiga muvofiq berkitiladigan ishlarning istalgan qismini oʻz hisobidan ochishga, soʻngra esa uni tiklashga majburdir.
‎Pudratchi Buyurtmachining manfaatlarga jiddiy taʼsir qilmaydigan ish hujjatlaridan mayda chetga chiqishlarni Buyurtmachining roziligisiz amalga oshirsa, u agar bularning qurilish sifatiga taʼsir etmaganligini isoblatlasa javobgar hisoblanmaydi.
‎36. Agar Buyurtmachi Pudratchi va (yoki) uning subpudratchilari tomonidan ishlarning sifatsiz bajarilganligini aniqlasa u holda Pudratchi oʻz kuchlari bilan va qurilish qiymatini koʻpaytirmasdan ushbu ishlarni ularning zarur sifatini taʼminlash uchun kelshilgan muddatda qayta bajarishga majburdir, ushbu shartnoma 35 bandining ikkinchi xat boshida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
‎Agar Pudratchi sifatsiz bajarilgan ishlarni kelishilgan muddatda tuzata olmasa, Pudratchi ularni tuzatishning kechikishi oqibatida yetkazilgan zararlarni Buyurtmachiga toʻlaydi.
‎37. Pudratchi qurilish maydonini va unga tutash koʻcha polosasini, shu jumladan yoʻl uchastkalari va yoʻlaklarini supurib-sidiradi va ozoda saqlaydi, qurilish davrida maydonda qurilish axlatini Buyurtmachi tomonidan koʻrsatilgan joyga chiqarib tashlaydi.
‎38. Ishlar boshlangan paytdan boshlab ular tugallanguncha Pudratchi ishlarni bajarish daftarini yuritadi. Daftarda butun ishlarni borishi, Buyurtmachi va Pudratchining oʻzaro munosabatlarida ahamiyatga ega boʻlgan holatlar (ishlarning boshlanishi va tamom boʻlishi sanasi, materiallar, asbob-uskunalar berilishi, xizmatlar koʻrsatilishi sanasi, ishlarning qabul qilib olinishi oʻtkazilgan sinovlar, materiallar oʻz vaqtida yetkazib berilmasiligi bilan bogʻliq toʻxtab qolishlar, qurilish texnikasining ishdan chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek qurilishni tugallashni uzil-kesil muddatiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan barcha maʼlumotlar) aks ettiriladi.
‎Agar Buyurtmachi ishlarning borishi va sifatidan yoki Pudratchining qaydlaridan qoniqmasa, u holda ishlarni bajarish daftarida oʻz fikirini bayon qilad?.
‎Pudratchi daftarda Buyurtmachi tomonidan asosli ravishda koʻrsatilgan kamchiliklarni 3 kun muddatda bartaraf etish chora-tadbirlarini oʻz zimmasiga oladi.

IX. Ishlarini qoʻriqlash

39. Pudratchi ishlar boshlanishid�n qurilish tugallaguncha va qurilish tugallangan obyekt Buyurtmachi tomonidan qabul kilib olingunga qadar chetlari toʻsilgan qurilish maydoni hududidagi materiallar, asbob-uskunalar qurilish texnikasi va boshqa mol-mulk zarur darajada qoʻriqlanishini taʼminlaydi.
‎40. Tiklangan bino va inshootlar shuningdek materiallar, asbob-uskunalar va boshqa mol-mulklar obyekt qabul qilib olingandan keyin saqlanishi uchun Buyurtmachi javob beradi.

X. Yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlari

41. Agar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmasligi tabiat hodisalari va boshqa yengib boʻlmaydigan kuch holatlari natijasida kelib chiqsa va agar bu holatlar mazkur shartnomaning bajarilishiga bevosita taʼsir etsa, tomonlar bunday qisman yoki toʻliq bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.
‎Mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʻlmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtda mutanosib ravishda uzaytiriladi.
‎42. Agar yengib boʻlmaydigan kuch holatlari yoki ularning oqibatlari bir oyda koʻp vaqtda choʻzilsa, u holda Pudratchi va Buyurtmachi ishlarni davom ettirish yoki ularni konservatsiya qilish uchun qanday choralar koʻrilishini muhokama qiladilar.
‎43. Agar tomonlar ikki oy ichida kelisha olmasalar, u holda tomonlarning har biri shartnoma bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.

XI. Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish

44. Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish shartnomani imzolash sanasida amalda boʻlgan belgilangan tartibga muvofiq mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha majburiyatlar tomonlar tarafidan bajarilgandan keyin, shuningdek qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qab�l qilib olishning belgilangan qoidalariga binoan amalga oshiriladi.
‎45. Obyektni foydalanishga tayyorligi toʻgʻrisida Pudratchi yozma bildirishnomasini Buyurtmachi tomonidan olingan kundan boshlab ______ kun mobaynida qabul qilib olinadi.
‎46. Pudratchi qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish boshlanishidan besh kun oldin mazkur shartnomaning V boʻlimiga muvofiq Buyurtmachiga Buyurtmachi tomonidan belgilagan tarkibdagi ikki nusxa ijro hujjatlarini beradi. Pudratchi Buyurtmachiga ushbu hujjatlar toʻplamini amalda bajarilgan ishlarga toʻliq mos kelishini yozma ravishda tasdiqlashi kerak.
‎47. Qabul qilib olingan paytdan boshlab obyekt Buyurtmachining mulkiga aylanadi.

XII. Kafolatlar

48. Pudratchi:
‎— barcha ishlar toʻliq hajmda va mazkur shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda bajarishni;
‎— loyiha hujjatlari hamda qurilish meʼyorlari, qoidalari va texnik shartlarga muvofiq bajarilgan barcha ishlar sifatini;
‎— oʻzi tomonidan qurilish uchun qoʻllaniladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, konstruksiya va kommunikatsiya tizimlari sifatini, ularning loyiha hujjatlarida koʻrsatilgan sertifikatlarga, davlat standartlariga hamda texnik shartlariga muvofiqligini;
‎— ishlarni qabul qilish va obyektdan foydalanishning kafolatli davrida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni oʻz vaqtida bartaraf qilinishni;
‎obyektdan foydalanganda muhandislik tizimlari va uskunalarining foydalanish qoidalariga muvofiqligini kafolatlaydi.
‎49. Obyekt va unga kiradigan muhandislik tizimlari, asbob-uskunalar, materiallardan foydalanish va ishlarning kafolat muddati tomonlar qurilishi tugallangan obyektning qabul qilib olish toʻgʻrisidagi dalolatnomani imzolagan kundan boshlab kamida ___ oy etib belgilanadi. Obyekt tomining kafolat muddati kamida ____ oy etib belgilanadi.
‎50. Agar obyektdan foydalanishning kafolatli davrida aniqlanib, uni bartarf etilgunga qadar foydalanishni davom ettirishi imkonini bermaydigan nuqsonlar aniqlansa, u holda kafolat muddati nuqsonlarni bartaraf etish davriga uzaytiriladi. Nuqsonlar Pudratchi tomonidan uning oʻz hisobidan bartaraf etiladi.
‎Mavjud nuqsonlar va ularni bartaraf etish muddatlari Pudratchi va Buyurtmachining ikki tomonlama dalolatnomalarida qayd etiladi.
‎Agar Pudratchi bajarilgan ishlaridagi nuqsonlar va chala ishlarni, jumladan uskunalarning kamchiliklarini dalolatnomada koʻrsatilgan muddat ichida bartaraf etmasa, u holda Buyurtmachi mazkur shartnomaning VII-boʻlimida nazarda tutilgan kafolat summasini Pudratchidan ushlab qolish huquqiga ega.
‎51. Pudratchi nuqsonlar va chala ishlar koʻrsatilgan dalolatnomani tuzishdan yoki imzolashdan bosh torgan taqdirda, ularni tekshirib chiqish qurilishda Davlat nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi, bu tomonlarning ushbu masala boʻyicha xoʻjalik sudiga murojaat qilishini istisno etmaydi.

XIII. Shartnomani bekor qilish

52. Buyurtmachi:
‎— shartnoma kuchga kirgandan keyin qurilishning boshlanishi Buyurtmachiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra Pudratchi tomonidan bir oydan koʻp vaqtga kechiktirilganda;
‎— ishlarni tugallashning mazkur shartnomada belgilangan muddati Pudratchining aybi bilan bir oydan ortiq muddatga kechiktirilgan holda;
‎— pudratchi tomonidan ishlarni bajarish jadvaliga rioya etilmaganda;
‎— pudratchi tomonidan shartnoma shartlari qurilish meʼyorlari va qoidalari nazarda tutilgan ishlarning sifati pasayishiga olib keladiga� darajada buzilganda;
‎— qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar boʻyicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
‎53. Pudratchi:
‎— ishlarning bajarilishi Pudratchiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra Buyurtmachi tomonidan bir oydan ortiq muddatga toʻxtatib qoʻyilganda;
‎— buyurtmachi tomonidan moliyalashtirish shartlari bajarilmaganda;
‎— qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar boʻyicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huqu�iga ega.
‎54. Shartnoma bekor qilinganda Buyurtmachi va Pudratchining qoʻshma qaroriga koʻra tugallanmagan qurilish obyekti bir oy muddatda Buyurtmachiga topshiriladi, Buyurtmachi bajarilgan ishlar qiymatini Pudratchiga toʻlaydi.
‎55. Mazkur shartnomani bekor qilishga qaror qilgan tomon mazkur boʻlim qoidasiga muvofiq ikkinchi tomonga yozma bildirishnoma yuboradi.
‎56. Shartnoma bekor qilingan taqdirda aybdor tomon ikkinchi tomonga yetkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani toʻlaydi.
‎57. Shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida yoki mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

XIV. Tomonlarning mulkiy javobgarligi

58. Tomonlardan biri shartnoma majburiyatini bajarmasa yoki zarur darajada bajarilmagan taqdirda aybdor tomon:
‎— ikkinchi tomonga yetkazilgan zararni toʻlaydi;
‎— Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, boshqa qonun hujjatlarida hamda mazkur shartnomada nazarda tutilgan tartibda boshqacha javobgarlikka tortiladi.
‎59. Mazkur shartnomaga tegishli ilovalarda koʻrsatilgan oʻz majburiyatlariga rioya qilmaganligi, oʻz vaqtida moliyashtirmaganligi va shartnomada belgilangan boshqa majburiyatlarni buzganligi uchun Buyurtmachi Pudratchiga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyatining bajarilmagan qismining ___ % miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilmagan xizmatlar qiymatining ___ foizidan oshmasligi lozim.
‎Penya toʻlashni Buyurtmachini shartnoma shartlari buzilishi tufayli yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
‎60. Shartnomaga muvofiq bajarilgan ishlar hajmini tasdiqlashdan asossiz ravishda bosh tortilganligi uchun Buyurtmachi Pudratchiga oʻzi tasdiqlashi rad etgan yoki bosh tortgan summaning___ foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
‎61. Pudratchi obyektni oʻz vaqtida i�ga tushirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzganligi uchun Buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining ____ foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi obyekt shartnomaviy joriy qiymatining ____ foizidan oshmasligi lozim.
‎Buyurtmachi tomonidan topilgan nuqsonlar va kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmagani uchun Pudratchi buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun sifatsiz bajarilgan ishlar qiymatining ____ foiz miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning umumiy summasi sifatsiz bajarilgan ishlar qiymatining ____ foizidan oshmasligi kerak.
‎Penya toʻlash Pudratchini ishlarini bajarishning yoki xizmatlar koʻrsatishning kechikishi tufayli yetkazilgan zararlarni qoplashdan ozod etmaydi.
‎62. Agar bajarilgan ishlar sifati belgilangan standartlarga, qurilish meʼyorlari va qoidalariga, ishchi hujjatlariga muvofiq boʻlmasa u holda Buyurtmachi qurilishda Davlat nazorati inspeksiyasining xulosasi asosida obyektni qabul qilish va uning uchun haq toʻlashdan bosh tortish, shuningdek Pudratchidan sifati zarur darajada boʻlmagan ishlar qiymatining ___ foizi miqdorida undirish huquqiga ega.
‎63. Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun mazkur moddada nazarda tutilgan jazolardan tashqari shartnomani buzgan tomon tarafidan qilingan xarajatlarda, mol-mulkning yoʻqotilishi yoki shikastlanishida, shu jumladan boy berilgan foydada ifodalanadigan penya bilan qoplanmagan zararlarni qoplaydi.
‎64. Muddat oʻtkazib yuborilganligi yoki majburiyatlarning boshqacha tarzda zarur darajada bajarilmaganligi uchun penya toʻlash tomonlarni ushbu majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.

XV. Nizolarni hal etish tartibi

65. Shartnomani bajarishda va bekor qilishda shuningdek yetkazilgan zararlarni qoplashda paydo buladigan nizoli masalalarni tomonlar hal etolmasa ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi.

XVI. Alohida shartlar

66. Mazkur shartnoma imzolangandan keyin, mazkur shartnomaga tegishli boʻlgan tomonlar oʻrtasidagi barcha oldingi yozma va ogʻzaki bitimlar, yozishmalar, tomonlarning oʻzaro kelishuvlari oʻz kuchini yoʻqotadi.
‎67. Pudratchi qurilish obyektiga yoki uning alohida qismlariga tegishli ish hujjatlarini Buyurtmachining yozma ruxsatisiz, subpudratchilardan tashqari, biron-bir uchinchi tomonga sotish yoki berish huquqiga ega boʻlmaydi.
‎68. Mazkur shartnomaga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar, agar ular yozma shaklda rasmiylashtirilgan va tomonlar ularni imzolangan boʻlsa haqiqiy hisoblanadi.
‎69. Buyurtmachi bilan Pudratchi oʻrtasidagi mazkur shartnomadan kelib chiqmaydigan yangi majburiyatlar paydo boʻlishiga olib keladigan har qanday kelishuvni tomonlar mazkur shartnomaga qoʻshimchalar yoki oʻzgarishlar shaklida yozma ravishda tasdiqlashi kerak.
‎70. Agar Pudratchi shartnoma boʻyicha ishlar yakunlanganidan keyin qurilish maydonida oʻziga tegishli mol-mulkni qoldirsa, u holda Buyurtmachi Pudratchi qurilish maydonini ozod qilish sanasigacha bajargan ishlari uchun haq toʻlashni kechiktirishga haqlidir.
‎‎71. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha hollar uchun amaldagi qonun hujjatlari normalari qoʻllaniladi.
‎72. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ______ nusxada tuziladi.

XVII. Tomonlarning bank rekvizitlari va yuridik manzilari

Buyurtmachi:
‎____________________________________
‎____________________________________
‎Bank _______________________________.
‎H/R_________________________________.
‎MFO___________ INN_______________.

‎Rahbar: _____________________________

Pudratchi: ‎____________________________________ ‎____________________________________ ‎Bank _______________________________. ‎H/R_________________________________. ‎MFO___________ INN_______________.‎ ‎Rahbar: _____________________________

M.Oʻ. (imzo) M.Oʻ. (imzo)

Pudrat shartnomasiga ilova qilinadigan
‎hujjatlar roʻyxati:

1. Qurilish-montaj ishlarini bajarish jadvali.
‎2. Ishlarni (bosqichlarga boʻlgan holda) moliyalashtirish jadvali.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksini “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasiga muvofiq xoʻjalik shartnomalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish

‎Buyurtmachi rahbari:

‎Pudratchi rahbari

‎Yuridik xizmat koʻrsatuvchi:

‎tomonidan tuzilayotgan 20_____ yil “______________” _________-son shartnoma, umumiy summasi ________________
‎‎(_________________________________________) soʻm qilib belgilangan shartnoma loyihasi yuzasidan,


‎YuRIDIK XULOSASI

Men, ushbu shartnoma loyihasini amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksini “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida huquqiy ekspertiza qilib, ushbu qurilish Pudrat shartnomasini haqiqatdan ham davlat roʻyxatidan oʻtganligini va mazkur shartnomani imzolash huquqiga ega ekanligini va bankdagi rekvizitlar toʻgʻriligini, toʻlov qobiliyatiga ega ekanligini va shartnoma loyihasining qonunchilik hujjatlariga mos kelishliligini aniqladim.
‎Shu munosabat bilan ushbu shartnomani imzolasa boʻladi deb hisoblayman.

Huquqshunos (Buyurtmachi tashkilot):

___________________________________

M.Oʻ.
“_____” __________________ 20__ yil
Huquqshunos (Pudrat tashkilot):

___________________________________

M.Oʻ.
“_____” __________________ 20__ yil

4-ilovaning 1-jadvali

Obyektda bajariladigan qurilish-montaj ishlari

JADVALI

T/r

Ishlar turi

va nomi

Ishlar hajmi

Qiymati

20____ yil uchun qurilish qiymati

Ishlar

turi qiyma-tining jami

I-chorak

II-chorak

III-chorak

IV-chorak

Yanvar

Fevral

Mart

Aprel

May

Iyun

Iyul

Avgust

Sentyabr

Oktyabr

Noyabr

Dekabr

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

















Ishlarning nomi va turi
har bir aniq holda inshootning xususiyatlariga qarab aniqlashtiriladi.

1. Mazkur jadval shartnoma (kontrakt)ning ilovasi hisoblanadi va uning ajralmas qismi deb qaraladi.

2. Kelgusi yillardagi qurilish ishlari uchun ham shunday grafik tuziladi.


BUYuRTMAChI:

PUDRATChI:

Rahbar:

______________

Rahbar:

______________

M.Oʻ.

M.Oʻ.


4-ilovaning 2-jadvali

______________________________________________________________________________________

Ishlarni (bosqichlarga boʻlgan holda) boʻnak va joriy moliyalashtirishni hisobga olgan holdagi moliyalashtirish jadvali

Moliyalashtirish sharti

Qurilish yillari _______________ yil.

Oylar

Yanvar

Fevral

Mart

Aprel

May

Iyun

Iyul

Avgust

Sentyabr

Oktyabr

Noyabr

Dekabr

30 % bnak(avans) tlovi

95 % bajarilgan ishlar dalolatnomalariga asosan

5 % tlov kafolat muddati tugaganidan sng


Buyurtmachi:

Rahbar:

_____________

Pudratchi:

Rahbar:

_____________

M.Oʻ.

M.Oʻ.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 91-son qaroriga
2-ILOVA

NAMUNA

“TASDIQLANDI”
‎Buyurtmachi nomi:
‎______________________
‎F.I.O.

_______________________________________________________________________________________________________

(obyekt nomi)

TENDER HUJJATI

TENDER HUJJATINI IShLAB ChIQDI

___________________________

(tashkilot nomi)

2020-yil

MUNDARIJA

NAShRDA ChOP ETILADIGAN EʼLON MATNI
(ishtirokchilarga tender hujjati tarkibida taqdim etilmaydi)


‎‎TENDER HUJJATLARI

‎‎UMUMIY QISM

TENDERDA IShTIROK ETISh UChUN TAKLIFNOMA
‎TENDER IShTIROKChILARI UChUN YOʻRIQNOMA
‎TENDER TAKLIFLARINI TEXNIK BAHOLASh MEZONLARI
‎TENDER KOMISSIYASI TARKIBI
‎TENDER OʻTKAZISh ORQALI PUDRAT TAShKILOTLARINI ANIQLASh SXEMASI

‎TEXNIK QISM

‎‎FIZIK ISh HAJMLARI ROʻYXATI

‎TIJORAT QISM

‎BUYuRTMAChINING BOShLANGʻICh NARXI
‎QURILIShNI YAKUNLASh MUDDATI
‎MOLIYALAShTIRISh MANBASI
‎MOLIYALAShTIRISh ShARTLARI
‎ShARTNOMA VALYUTASI
‎ShARTNOMA LOYIHASI

NAMUNA

BARChA QURILISh TAShKILOTLARI DIQQATIGA!

_______________________________________________________________________________________________________

(Buyurtmachi tashkilot nomi)

TANLOV ELON QILADI

_______________________________________________________________________________________________________

Obyekt nomi ____________________________________________
‎Obyektning boshlangʻich narxi (QQS bilan) — ___________________ soʻm.
‎Ishlarni tugallash muddati —_______ kun.

‎Buyurtmachi: __________________________________________
‎(______________shahar ________________ koʻchasi ___-uy), tel (998___) ____________,

‎Moliyalashtirish manbasi: ________________________________.

• Tender ishtirokchilari ish (xizmat)larni bajarish uchun zarur boʻlgan mehnat resurslari va mutaxassislarning mavjudligiga, mutaxassislarning yetarli kasbiy va texnikaviy malakaga, moliyaviy imkoniyatlarga, shartnoma tuzish yuzasidan fuqarolik-muomala layoqati vakolatlariga ega va tajribali boʻlishlari shart.
‎• Takliflarni baholashda ishtirokchilarning tender takliflari qonun hujjatlariga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan import qiluvchilarning tovar (ish, xizmat)lari qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi qoʻshimcha ravishda hisobga olinadi.
‎• Ishtirokchi tenderda qatnashish toʻgʻrisidagi taklifi va tender hujjatlari boʻyicha soʻrovnomalar bilan tender tashkilotchisi ______________________ ga quyidagi manzil boʻyicha murojaat etishlari mumkin:
‎• _______________ shahar ____________ koʻchasi, _____-uy, tel. (998 __) ___________.
‎• Tasdiqlangan tender hujjatlari buyurtmachi tomonidan joylashtiriladigan davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalidan yuklab olishlari mumkin.
‎• Takliflar tender tashkilotchisi tomonidan yuqoridagi manzilda tender eʼlonida chop etilgan kuni va vaqtiga qadar qabul qilinadi.

Eʼlon _______________________________________ da berilgan.

Buyurtmachi tashkilot rahbari:

____________________________________

TENDERDA IShTIROK ETISh UChUN TAKLIFNOMA

________________________________________________________________ nomidan tenderdada ishtirok etishga tanlov ishtirokchilarini taklif etamiz va quyidagi obyekt boʻyicha tender taklifini taqdim etilishini soʻraymiz.
‎Obyekt nomi: _______________________________________________________________________________________
‎Obyektning boshlangʻich narxi (QQS bilan) — _______________ soʻm.
‎Ishlarni tugallash muddati — ______ kun.

Buyurtmachi: _____________________________________________________________
‎manzil:_________________________________________________________________

Obyektni moliyalashtirish manbasi:_______________________________________________________________________.
‎‎Taklif etilgan shartlar boʻyicha tenderda murojaat bilan mahalliy va xorijiy qurilish tashkilotlari (shuningdek, ikki yoki undan ortiq pudrat tashkilotlari birgalikda (konsorsium tashkil etish orqali)) ishtirok etishlari mumkin.
Tenderda ishtirok etishi uchun ishtirokchilarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
fuqarolik-muomala layoqati vakolatlari va shartnoma tuzish vakolati borligi;
‎tender predmeti qiymatining 20% miqdordagi aylanma mablagʻlari yoki koʻrsatilgan mablagʻlarni taqdim etish haqidagi bank kafolati mavjudligi;
‎doimiy xodimlari, jumladan muhandis-texnik xodimlariga ega boʻlishi;
‎ishlab turgan asosiy vositalari, shu jumladan ishlab chiqarish bazasi, mashina va mexanizmlar, kichik mexanizatsiya vositalariga ega boʻlishi;
‎oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganligi (koʻrsatkich 0,2 koeffitsiyentdan kam boʻlmagan);
‎toʻlovga qodirligi (koʻrsatkich 1,25 koeffitsiyentdan kam boʻlmagan);
‎tender obyektiga oʻxshash obyektlarda ishlaganlik tajribasi mavjudligi;
‎bajarilgan ishlar, shu jumladan oʻz kuchi bilan oldin bajarilgan ishlar hajmi haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish;
‎tuzilgan pudrat shartnomalariga muvofiq, qurilishning buyurtmachisi va foydalanish tashkilotlarining xulosalari bilan tasdiqlangan shaharsozlik, sanitariya normalari va qoidalari, belgilangan muddatlarga rioya qilish va bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifatini taʼminlanishi bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
‎ustav fondi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
‎Agar tenderni predmeti boʻlgan ish (xizmat)larni bajarish bilan bogʻliq faoliyat qonunchilikka binoan litsenziyalanishi zarur boʻlsa, tenderda ishtirok etish uchun belgilangan tartibga muvofiq tegishli litsenziyaga ega boʻlgan ishtirokchilarga ruxsat etiladi.
‎Quyidagi ishtirokchilarga tender jarayonlarida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi:
‎qayta tashkil etilish (b�linish, qoʻshilish), tugatish yoki bankrotlik arafasida turganlar;
‎mol-mulki musodaraga olinganlar, hamda muassislik kelishuv, moliyaviy ishtirok, xolding va boshqa shaklda ifodalangan bevosita tashkiliy-huquqiy yoki bir-biriga moliyaviy qaramligi mavjudlar.
‎Tender taklifini tayyorlash va taqdim etish uchun kerakli barcha hujjatlar tender ishtirokchilari uchun yoʻriqnomada aks ettirilgan.
‎Tender ishtirokchilari tanishib chiqish va tender taklifini tuzish maqsadida, tender predmetining loyiha hujjatlari, xususan, loyihaning grafik qismi (chizmalari)ni taqdim etilishi haqida tender tashkilotchisiga murojaat qilishga haqlidir.
‎Buyurtmachi yoki tender tashkilotchisi obyektning loyiha hujjatlarini, shuningdek uning grafik qismini (chizmalarning nusxasi yoki elektron varianti)ni tender ishtirokchilariga ularning birinchi talabidanoq taqdim etishga majbur.
‎Ishtirokchilar takliflari tashkilotchi tomonidan yuqoridagi manzilda ish kunlari soat 9-00 dan 18-00 gacha qabul qilinadi.
‎Tender tashkilotchisiga ofertalarni taqdim etishning oxirgi muddati — ofertalarni ochish kuni va vaqtigacha quyidagi manzilda: ____________________________________________________________________________________
‎Takliflarni topshirish tender ishtirokchisining tender hujjatlarida qoʻyilgan talablarni oʻrgangani va unda koʻrsatilgan ishlarni bajarish, ishlarning fizik hajmlari, material va konstruksiyalar hajmlari hamda boshqa shartlarga nisbatan, loyihani tugallashga taʼsir etishi mumkin boʻlgan savollar yoʻqligiga dalolat hisoblanadi.
‎Takliflarni ochish tender eʼlon qilingan sanadan boshlab 15 (oʻn besh) kundan keyin 20___ yil “_____” _____________ kuni soat “_____” da boʻlib oʻtadi.

Buyurtmachi tashkilot rahbari

____________________________________

Izoh: Dastlabki manzilli roʻyxat tasdiqlanib taqdim etilgandan soʻng, tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portaliga joylashtiriladi.

TENDER IShTIROKChILARIGA YOʻRIQNOMA

I. IShLARNING QISQAChA TAʼRIFI

1.1. Buyurtmachi — tender axborot jadvali (keyingi oʻrinlarda TAJ deb ataladi)da koʻrsatilgan obyekt boʻyicha ishlarni olib borishni moʻljallab, tender tashkilotchisi nomidan ish yuritib, TAJda koʻrsatilgan obyekt boʻyicha tender eʼlon qiladi.
‎1.2. Tenderning turi — ochiq tender, agar TAJda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa.
‎1.3. Ishlar tender hujjatlarining tijorat qismida joylashgan namunaviy pudrat shartnomasi talablariga binoan bajarilishi lozim.
‎1.4. Qurilish ishlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi shaharsozlik normalari va qoidalariga toʻla mos kelishini taʼminlash maqsadida, talab qilinadigan barcha ishchi kuchlari, qurilish materiallari, yoqilgʻi, jihozlar, umumiy va alohida xarakterdagi ish turlari, barcha zarur boʻlgan yoʻldosh va yordamchi ish va materiallar, ishtirokchilar faoliyatini muvofiqlashtirishni nazarda tutadi.
‎1.5. Tender hujjatlari belgilangan tartibda texnik iqtisodiy asoslar yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitob asosida ishlab chiqilsa va buyurtmachi obyektning keyingi bosqichlari ekspertizasini ishlab chiqish va oʻtkazishni pudratchiga topshirishni rejalashtirsa, bu haqda TAJda koʻrsatilishi lozim. Bunda ishlar maʼlumotini pudratchi oʻzining tender taklifining qiymatiga kiritishi kerak.

II. TENDER HUJJATLARINING MUNDARIJASI

2.1. Ushbu tender hujjatlari “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarorining talablariga binoan ishlab chiqilgan va umumiy, texnik va tijorat qismlaridan iborat.
‎2.2. Umumiy qism tender ishtirokchilariga taklif, shartnomaning umumiy talablari va mazkur yoʻriqnomani, shakl va ilovalar qoʻshilgan holda, oʻz ichiga oladi.
‎2.2.1. Shakllar roʻyxati:
1-shakl. Tender buyurtmasini taʼminlash kafolati.
2-shakl. Tender ishtirokchisi haqida umumiy maʼlumotlar.
3-shakl. Tender ishtirokchisining moliyaviy koʻrsatkichlari.
4-shakl. Tender ishtirokchisining ish haqi jamgʻarmasi va hodimlar oʻrtacha soni boʻyicha koʻrsatkichlari.
5-shakl. Bank kafilligi.
6-shakl. Tenderdagi obyektga oʻxshash obyektlarda oxirgi uch yillik ish tajribasi.
7-shakl. Tender ishtirokchisining ishlarni bajarishda foydalanadigan mashina va mexanizmlari roʻyxati.
8-shakl. Tender ishtirokchisining joriy davrdagi boshqa (pudrat shartnomalari) obyektlari.
9-shakl. Qurilish maydonchasini koʻzdan kechirganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
10-shakl. Hujjatlarni imzolash va tenderda qatnashish huquqini beruvchi ishonchnoma.
‎2.2.2. Ilovalar roʻyxati:
1-ilova. Loyihani bajarish buyurtmanomasi.
2-ilova. Obyektning qurilish ishlarini bajarish grafigi.
3-ilova. Obyekt qurilishini moliyalashtirish grafigi.
4-ilova. Obyektning jamlanma jadvali, obyektda bajariladigan ish hajmlari roʻyxati, obyekt qurilishining shartnomaviy narxini belgilashda ishlatilgan asosiy narx shakllantiruvchi komponentlarning narxlari.
‎2.3. Texnik qism:
‎buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan qiymati kiritilmagan fizik ish hajmlari roʻyxati;
‎(4-ilova asosida)
‎jihozlar, material va konstruksiyalar buyurtmasining toʻliq roʻyxatidan iborat.
Izoh: Loyihaning xususiyatiga qarab texnikaviy qism tarkibiga TAJga binoan boshqa hujjatlar ham kiritilishi mumkin.
‎2.4. Tijorat qismi:
‎qurilishning boshlangʻich narxi;
‎qurilishning muddati;
‎moliyalashtirish manbasi, shartlari hamda shartnoma loyihasidan iborat.

III. IShTIROKChILARINING TENDERDA IShTIROK ETISh ShARTLARI

3.1. Mazkur obyekt boʻyicha tenderda taklif etilgan shartlar boʻyicha ishtirok etish maqsadida murojaat etgan mahalliy va xorijiy qurilish tashkilotlari tenderning ishtirokchisi boʻlishi mumkin.
‎3.2. Ishtirokchi tenderda ishtirok etish uchun tender tashkilotchisiga murojaat etishi, mazkur yoʻriqnomaning VII bobi talablariga binoan tender taklifini taqdim etishi lozim.
‎3.3. Ishtirokchi oʻzining tender takliflarini tayyorlash va taqdim etish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni oʻz zimmasiga olishi kerak. Bunda buyurtmachi, tender tashkilotchisi va tender komissiyasi tender natijalaridan qatʼi nazar mazkur xarajatlar uchun javobgar boʻlmaydi.
‎3.4. Ishtirokchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar (takliflar) tender hujjatida koʻrsatilgan talablarga javob berishi kerak.

IV. TENDER HUJJATLARIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh

4.1. Buyurtmachi tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin tender hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Ish hajmlarni (xizmatlarni) oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda ushbu tenderda takliflar berish tugaydigan muddat tender hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilgan sanadan eʼtiboran kamida oʻn kunga uzaytirilishi kerak.
‎Shu bilan bir vaqtda, tender tashkilotchisi kiritilgan oʻzgartirishlar haqida tenderda ishtirok etish istagini bildirgan ishtirokchilarga bildirishnomalar yuboradi.
‎4.2. TAJda koʻrsatilgan muddat doirasida ishtirokchi yozma ravishda tender tashkilotchisiga tender hujjatlari boʻyicha tushuntirish va aniqlik kiritish maqsadida murojaat qilishga haqli.
‎4.3. Tender tashkilotchisi ishtirokchining soʻrovi boʻyicha tender hujjatlariga oid maʼlumot va materiallarga tushuncha berish bilan bogʻliq soʻrovlar mohiyati boʻyicha takliflarni topshirishning TAJda koʻrsatilgan muddatdan kechikmasdan yozma ravishda javob berishga, soʻrov manbasini koʻrsatmagan holda tenderda ishtirok etish istagini bildirgan ishtirokchilarga javoblarni joʻnatishga majbur.
‎4.4. Tender hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish ular buyurtmachi, tender tashkilotchisining shaxsiy tashabbusi bilan yoki tender ishtirokchisining soʻroviga javoban amalga oshirilganligidan qatʼiy nazar “Tender ishtirokchilariga xabarnoma” koʻrinishda rasmiylashtiriladi va tender hujjatlariga qoʻshimcha boʻlib qoladi. Shu koʻrinishda rasmiylashtirilmagan oʻzgartirishlar va koʻshimchalar kuchga ega boʻlmaydi. Buyurtmachi yoki tender tashkilotchisi tender ishtirokchil�ri noqonuniy kiritgan oʻzgartirish va qoʻshimcha uchun javobgar boʻlmaydilar.
‎4.5. Ishtirokchilar xabarnomani olgach uning ilova qilingan nusxasiga imzo chekib, darhol uni tashkilotchiga qaytarishlari kerak.
‎4.6. Tender ishtirokchilari uchun xabarnoma tuzishdan oldin ogʻzaki shaklda qilingan yoʻriqnomalar eʼtiroz uchun asos boʻla olmaydi.
‎4.7. Tender ishtirokchilariga oʻz takliflariga oʻzgartirishlar kiritish uchun zarur vaqt taqdim etish maqsadida tashkilotchi tender komissiyasi bilan kelishilgan holda mazkur yoʻriqnomaning XIII bobiga muvofiq takliflar taqdim etish muddatini uzaytirishi mumkin. Bunda tender ishtirokchilariga joʻnatiladigan xabarnomada ofertalar taqdim etish muddatini yangi oxirgi sanasi belgilanadi.

V. HUJJATLARNI OʻRGANISh

5.1. Tender ishtirokchilari tender va loyiha hujjatlarini oʻrganib chiqishlari kerak, tender ishtirokchilari tanishib chiqish maqsadida tender predmetining loyiha hujjatlari, xususan, loyihaning grafik qismi (chizmalari)ni buyurtmachi yoki tender tashkilotchisi tomonidan taqdim etilishi haqida murojaat kilishga haqlidirlar.
‎Shuningdek, buyurtmachi yoki tender tashkilotchisi loyiha hujjatlarini (chizmalarning asli nusxasi yoki elektron varianti)ni tender ishtirokchilariga ularning birinchi talabidanoq taqdim etishga majbur.
‎5.2. Tender ishtirokchilari ishlar olib boriladigan yer uchastkasini, mavjud bino va inshootlarni borib koʻrishlari, joyning oʻzida loyiha-smeta hujjatlarini oʻrganish natijasida, talab etilgan ishlarni olib borish uchun hal etilishi lozim boʻlgan muammolarning mazmun va mohiyati bilan tanishishlari, shuningdek ish muddati va uning qiymatiga taʼsir etishi mumkin boʻlgan boshqa masalalarni oʻrganishlari zarur.
‎5.3. Takliflarni topshirish tender ishtirokchisining yuqoridagilarni oʻrgangani va unda bajariladigan ish hajmlariga, material va konstruksiyalar hajmiga, boshqa shartlarga nisbatan, loyihani tugallashga taʼsir etishi mumkin boʻlgan savol yoʻqligiga dalolat hisoblanadi.

VI. TENDER TAKLIFINI TAYYORLASh

6.1. Tender ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan taklif, tenderga oid barcha xabarnomalar va hujjatlar, tender ishtirokchilari bilan buyurtmachi va tashkilotchi oʻrtasidagi maʼlumot almashuvlar TAJda koʻrsatilgan tilda olib borilishi lozim.
‎6.2. Tender ishtirokchisi tomonidan tayyorlangan tender taklifida, unga oid barcha xabarnomalar va hujjatlarda metr sistemasi oʻlchovidan foydalaniladi.
‎6.3. Ishtirokchi tender taklifini mazkur tender hujjatlari asosida tayyorlaydi. TAJda va tender hujjatlarining boshqa qismlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarda tafovut boʻlganida, ishtirokchi tender taklifini tayyorlashda TAJ maʼlumotlarini hisobga olishi lozim.
‎6.4. Ishtirokchi oʻz tender taklifining tarkibida faqat toʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etishi shart va maʼlumotlarning toʻgʻriligiga javobgardir.

VII. TENDER TAKLIFI TARKIBIDAGI HUJJATLAR

7.1. Tender takliflari, 7.7-bandda koʻrsatilgan hollardan tashqari, ikkita-birinchi va ikkinchi yigʻma jilddan iborat. Birinchi jildga kiruvchi hujjatlarda tender taklifi qiymatiga oid hech qanday axborotlar boʻlmasligi kerak. Taklifni tashkil etuvchi barcha narxlar, tariflar va yakuniy summalar faqat ikkinchi yigʻma jild hujjatlarida boʻlishi kerak.

7.2. Birinchi yigʻma jild tarkibidagi hujjatlar:

7.2.1. TAJda koʻrsatilgan summaga bank kafolatini (1-shakl) yoki ushbu summani buyurtmachining maxsus hisob raqamiga oʻtkazish topshiriqnomasining nusxasini taqdim qilish yoʻli bilan tenderda ishtirok etish buyurtmanomasini taʼminlash amalga oshiriladi. Tender buyurtmasini taʼminlash kafolati summasi obyekt boshlangʻich narxining 0,5 foizidan oshmasligi zarur. Tender buyurtmasini taʼminlash kafolatining amal qilish muddati TAJda koʻrsatiladi.
‎7.2.2. Tender ishtirokchisi haqida umumiy maʼlumotlar (2-shakl). Shaklni toʻldirishda mutaxassislar roʻyxati va ishchilar soni ishtirokchi tomonidan mustaqil koʻrsatiladi. Koʻrsatilgan xodimlarning haqiqatda mavjudligi, ularni ish staji va malakasini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilishi shart.
‎7.2.3. Tender ishtirokchisining oxirgi uch yildagi moliyaviy ahvoli (3-shakl). Shaklga ishtirokchi auditor kompaniyasining xulosasi yoki moliyaviy natijalar haqidagi hisobotlar (balans hisobotlar)ning nusxalarini ilova qilishga majbur.
‎7.2.3.1. Tender ishtirokchisining ish haqi jamgʻarmasi va hodimlar oʻrtacha soni boʻyicha koʻrsatkichlari (4-shakl). Shakl tashkilotning tegishli hisobot davri asosida toʻldirilib, tegishli soliq organlari tomonidan tasdiqlanadi. Agar TAJda boshqacha talablar koʻrsatilmagan boʻlsa, 4-shakldagi maʼlumotlar ming soʻmda keltiriladi.
‎7.2.4. Obyekt boshlangʻich narxining 20% miqdorida aylanma mablagʻlar mavjudligi haqidagi tijorat banki tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma yoki 20% miqdorida aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi tijorat bank kafilligi (5-shakl) (TAJni qarang).
‎7.2.4.1. Aylanma mablagʻlar obyekt boshlangʻich narxining 20% dan kam miqdorini tashkil etgan hollarda, ishtirokchi aylanma mablagʻlari mavjudligi haqidagi bank tasdiqlagan maʼlumotnomani va yetmayotgan summaga bank kafilligini taqdim etadi.
‎7.2.4.2. Agar TAJda boshqa holat koʻrsatilmagan boʻlsa, bank kaf�lligining amal qilish muddati yigʻma jildlar ochilgan kundan boshlab 90 kundan kam boʻlmasligi kerak.
‎7.2.4.3. Bank kafolati faqatgina kerakli limitlar va kredit resurslari bilan taʼminlangan yuqori turuvchi bank yoki kredit komitetining tasdigʻiga ega boʻlgan bank muassasasi tomonidan berilishi mumkin. Bunda bank kafilligida tasdiqlovchi hujjatning raqami, sanasi va yuqori turuvchi bank rahbarining familiyasi, ismi koʻrsatiladi.
‎7.2.5. Tender predmetiga oʻxshash obyektlarda oxirgi 3 yillik ish tajribasi (6-shakl). Ushbu jadvalda ishtirokchi tender predmetiga oʻxshash ishlarning asosiy turlarini koʻrsatib oʻtishi (kengaytirilgan holda ham mumkin) va ushbu ishlarning bajarilgan summasini koʻrsatishi kerak. Shaklda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdigʻi sifatida davlat qabul komissiyalarining dalolatnomalari (agar ishtirokchi yordamchi pudratchi sifatida boʻlgan boʻlsa hisob-faktura maʼlumotnomalari) ilova qilinadi.
‎7.2.6. Ishtirokchi ishlarni bajarishda foydalanadigan mashina va mexanizmlari roʻyxati (7-shakl). Agar TAJda boshqa holat koʻrsatilmagan boʻlsa, ijara va lizing asosidagi mashina va mexanizmlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Bunda ishtirokchi loyihani bajarish davrida haqiqiy boʻlgan lizing yoki ijara sharnomasining nusxasini ilova qilishi kerak.
‎7.2.7. Ishtirokchining tender oʻtkazilayotgan davrdagi joriy pudrat shartnomalari (obyektlari) boʻyicha maʼlumot. (8-shakl).
‎7.2.8. Qurilish maydonini koʻzdan kechirganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma (9-shakl).
‎7.2.9. Tender ishtirokchisiga berilgan, hujjatlarga imzo chekish va tenderda qatnashish huquqini beruvchi ishonchnoma (10-shakl). Tenderda ishtirokchining birinchi shaxsi (rahbari) hozir boʻlganda ushbu shakl toʻldirilmaydi.
‎7.2.10. Ishtirokchining davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarining nusxalari.
‎7.2.11. Litsenziyalar yoki ruxsatnomalar nusxasi, subpudratchining litsenziyasi va boshqa hujjatlari (ayrim hollarda), ruxsatnomalari nusxalari bilan birga, agar TAJda boshqa holat koʻrsatilmagan boʻlsa. Litsenziyalar va ruxsatnomalar nomi ham TAJda koʻrsatilgan.
‎7.2.12. Yuqorida soʻralgan shakllar va hujjatlarga ishtirokchi TAJda koʻrsatilgan tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilishi kerak.
7.3. 2-yigʻma jild tarkibidagi hujjatlar:
‎7.3.1. Loyihani bajarishga buyurtma (1-ilova).
‎7.3.2. Obyektning qurilish ishlarini bajarish grafigi (2-ilova).
‎7.3.3. Obyekt qurilishini moliyalashtirish grafigi (3-ilova).
‎7.3.4. Obyekt qurilishining shartnomaviy narxini belgilashda qoʻllanilgan:
‎— jamlanma jadval;
‎— obyektda bajariladigan ish hajmlari jadvali;
‎— obyektda ishlatiladigan qurilish materiallari (materiallar tasnifi va miqdori bilan) roʻyxatlari jadvali (4-ilova).
‎Bajariladigan ishlar hajmi jadvalini ishtirokchi oʻz taklifida har bir ish turi boʻyicha bir birlik ish hajmlari narxini resurslarni aks ettirmasdan taqdim qiladi.
‎Qurilish materiallari boʻyicha jadvalni toʻldirish yuzasidan 8.2 bandga qarang.
‎7.4. Buyurtmachi tenderda qatnashish buyurtmasi taʼminotini quyidagi holatlarda qayta�adi:
‎7.4.1. Tender gʻolibiga-shartnoma (kontrakt) imzolangandan keyin;
‎7.4.2. Boshqa ishtirokchilarga-tender gʻolibi bilan shartnoma (kontrakt) tuzilgandan soʻng, ammo ofertaning amal qilish muddatidan kechikmay;
‎7.4.3. Taklifni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tugagunga qadar takliflarini qaytarib olgan ishtirokchilarga.
‎7.5. Buyurtma taʼminotini qaytarish, bank amaliyotlarining xarajatlaridan tashqari, qaytarish asosi vujudga kelgan vaqtdan eʼtiboran 10 (oʻn) kun muddat mobaynida amalga oshiriladi.
‎7.6. Tenderda ishtirok etishga buyurtma taʼminoti quyidagi holatlarda qaytarilmaydi:
‎7.6.1. Taklifni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tugagandan keyin, unga oʻzgartirish kiritgan, tender taklifining amal qilish muddati va 7.4.2 bandda koʻrsatilgan muddatdan oldin qaytarib olgan oferentga;
‎7.6.2. Tender gʻolibi uning taklifi amal qilish davrida oʻz taklifini qaytarib olganda, yoki tender hujjatlarida belgilangan talablarda shartnoma tuzishdan bosh tortganda.
‎7.7. Dastlabki malaka tanlovi orqali tender oʻtkazilganda birinchi yigʻma jild hujjatlari malakaviy hujjatlar deb, ikkinchi yigʻma jild hujjatlari esa tender taklifi deb hisoblanadi.

VIII. TENDER TAKLIFI NARXI

8.1. Ishlarning qiymati 4-ilovada koʻrsatilgan obyektda bajariladigan ish hajmlari roʻyxatiga binoan taqdim etilishi kerak. Obyektda bajariladigan ish hajmlari roʻyxatida har qaysi oʻrin boʻyicha boʻsh joylar ishtirokchi taklif etayotgan baho koʻrsatilgan holda aniq toʻldirilgan boʻlishi lozim. Tender ishtirokchisi taklifining umumiy narxini aniqlashda oraliq summalar jamlanadi. Ishtirokchilar pudrat ishlari tenderda ishtirok etayotganda obyektning taklif etilayotgan qiymatini, qurilish-montaj ishlarining shartnomaviy baholardagi toʻgʻridan toʻgʻri qiymati sifatida boshqa xarajatlar va qoʻshimcha qiymat soligʻi (QQS)ni hisobga olgan holda belgilashlari kerak. Qurilish-montaj ishlarining toʻgʻridan toʻgʻri qiymatiga doimiy koeffitsent sifatida qoʻllaniladigan boshqa xarajatlar qiymatini ishtirokchi mustaqil ravishda belgilaydi va ishlar qiymatiga kiritadi. Bunda, ishtirokchi tashkilotlar taklif etayotgan narxni hisoblashda 1 va 4-ilovalar talablariga amal qilishi shart.
‎8.2. Ishtirokchi obyekt qurilishi (rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash)ning shartnomaviy narxini belgilashda qoʻllanilgan qurilish materiallarining narxlar va komponentlar jadvalini toʻldiradi. Bunda qurilish materiallari turini tender hujjatlarida F-5 shaklidagi (lokal resurs qaydnomasi) roʻyxatdan oladi va pudratchi tomonidan mustaqil tender predmetining texnik jihatlaridan kelib chiqib toʻldiradi.
‎Har bir aniq obyekt asosiy qurilish materiallari nomenklaturasi (rasmiy roʻyxati) obyekt qiymatining 100 % ini (loyihada nazarda tutilgan) tashkil etuvchi qurilish materiallarini hisobga olgan holda toʻldiriladi.
‎8.3. Oferent obyektda bajariladigan ish hajmlarining baholangan roʻyxatini va asosiy narx shakllantiruvchi komponentlarning narxlar jadvalini bosma koʻrinishda, xat dogʻlarisiz va tuzatishlarsiz taqdim etishi kerak.
‎8.4. Soʻz bilan yozilgan narx va raqam bilan koʻrsatilgan narx orasida tafovut boʻlsa, soʻz bilan koʻrsatilgan narx qabul qilinadi.
‎8.5. Hajm birligining qiymati va ishning umumiy hajmi summasi orasida tafovut boʻlsa hajm birligiga belgilangan narx qabul qilinadi.
‎8.6. Tenderda belgilangan qurilishning narxi va muddati oʻzgartirilmaydi, qonunchilik bilan belgilangan holatlar (buyurtmachi tomonidan ishlar hajmini oʻzgartirilishi, yengilmas kuch taʼsiri, qurilishning bir yildan ortiq davomiyligi) bundan mustasno.
‎8.7. Shartnoma narxini ikkinchi va keyingi yillarga muvofiqlashtirish asosiy narx shakllantiruvchi komponentlarning narxlari oʻzgarganda qonunchilikda belgilangan tartibda olib boriladi.

IX. TENDER TAKLIFINING AMAL QILISh DAVRI

9.1. Tender taklifining amal qilish davri tender takliflari ochilgan kundan boshlab 60 kundan kam boʻlmasligi kerak, agarda TAJda boshqa holat koʻrsatilmagan boʻlsa.
‎9.2. Alohida hollarda taklifning birlamchi amal qilish davri tugash vaqtigacha tender ta�kilotchisi tender ishtirokchilari bilan taklifning amal qilish muddatini uzaytirish haqida kelishishi mumkin, kelishuv yozma shaklda rasmiylashtirilgan holda.

X. TAKLIFLARNI BERISh ShAKLI

10.1. Tender ishtirokchisi taklifni tashkil etuvchi barcha hujjatlarning aslini va bitta nusxasini ularga “asli” va “nusxa” deb aniq belgi qoʻyib, taqdim etishi kerak. Ular orasida farqi boʻlgan taqdirda “asli”ga ustunlik beriladi.
‎10.2. Taklifning asli va nusxasi bosma yozuvda boʻlishi kerak. 2,3,4,4.1,6,7,8,9-shakllarning va 1,2,3,4-ilovalarning har bir beti savdo ishtirokchisi rahbari yoki vakolat berilgan shaxs tomonidan imzo chekilgan va tender ishtirokchisining muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. 10-shakl tender ishtirokchisining rahbari tomonidan imzolangan va uning muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
‎10.3. “Tender ishtirokchilariga xabarnoma”ga muvofiq zarur yozuvlar yoki tuzatishlar kiritilgan taklifning barcha betlari tender taklifi ostiga oʻz imzosini qoʻygan shaxs tomonidan tasdiqlanishi kerak.
‎10.4. Taklifda oʻzgartirishlar, satrlar orasiga kiritmalar va oʻchirishlar boʻlmasligi kerak. Tender tashkilotchisi xabarnomasiga muvofiq kiritilgan yoki tender ishtirokchisi yoʻl qoʻygan xatolarni tuzatish uchun zarur boʻlgan oʻzgartirishlar bundan mustasno. Mazkur tuzatishlar taklif ostiga oʻz imzosini chekkan shaxs tomonidan imzolanib, tasdiqlangan boʻlishi kerak.
‎10.5. Tender komissiyasi har qanday oʻzgartirishlar, chetga chiqishlar yoki muqobil takliflarni qabul qilish yoki rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Tender hujjatlari talablarini oshiruvchi oʻzgartirishlar, chetga chiqishlar, muqobil takliflar va boshqa omillar tender takliflarini baholashda eʼtiborga olinmaydi.

XI. TAKLIFNI KONVERTGA JOYLAShTIRISh VA BELGI QOʻYISh

11.1. Ishtirokchini imzo va muhr bilan tasdi�langan taklifi, ikkita bir-biriga solingan konvertlarga muhrlangan va mazkur yoʻriqnomaning 11.2, 11.3, 11.4-bandlariga muvofiq belgi qoʻyilgan holda savdo tashkilotchisiga taqdim etiladi (11.8 bandda koʻrsatilgan holatlardan tashqari). Konsorsium boʻyicha tenderda qatnashayotganda taklif barcha konsorsium sheriklar tomonidan imzo va muhr bilan tasdiqlanadi.
‎11.2. Tashqi konvertda 1-yigʻma jildga tegishli hujjatlar va ichki konvert joylashadi. Ichki konvertda esa 2-yigʻma jildga tegishli hujjatlar joylashadi.
‎11.3. Tashqi konvert quyidagicha belgilanadi:
‎— taklifni qabul qilish manzili koʻrsatiladi;
‎— ishtirokchini nomi;
‎— tender predmetining nomi;
‎— taklifni topshirish sanasi.
‎11.4. Ichki konvert quyidagicha belgilanadi:
‎— ishtirokchini nomi;
‎— tender predmetining nomi;
‎— “moliyaviy taklif” yozuvi.
‎11.5. Tender taklifini oʻzgartirish yoki uni hisobdan chiqarish haqidagi xabarnoma konvertda muhrlangan, ishtirokchining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan holda savdo tashkilotchisiga taqdim etiladi.
‎11.6. Oʻzgartirishlar kiritilgan konvertlar 11.3 va 11.4 bandlarga muvofiq “Oʻzgartirishlar” yozuvi bilan belgilanadi.
‎11.7. Taklifni hisobdan chiqarish haqidagi xabarnoma konvertida quyidagilar koʻrsatiladi:
‎— ishtirokchi nomi;
‎— tender predmetining nomi;
‎— “tender taklifini hisobdan chiqarish haqida xabarnoma” yozuvi.
‎— tender taklifini hisobdan chiqarish haqidagi xabarnomani berish sanasi.
‎11.8. Dastlabki malaka tanlovi orqali tender oʻtkazilganda birinchi va ikkinchi yigʻma jild hujjatlari alohida topshiriladi.
‎11.9. Tenderda konsorsium tashkil etish orqali qatnashayotgan barcha konsorsium sheriklarining nomi hamma konvertlarda koʻrsatib oʻtiladi.

XII. TENDER TAKLIFINI BERISh

12.1. Takliflar tender tashkilotchisiga TAJda koʻrsatilgan tartibda, oʻz muddatida va manzil boʻyicha taqdim etilishi kerak.
‎12.2. Dastlabki malaka tanlovi orqali tender oʻtkazilganda (mazkur yoʻriqnomaning 1.2 bandiga va TAJga qarang) dastlabki malakani oʻtkazish sanasi tayinlanadi (TAJga qarang).
‎12.3. Buyurtmachi tender komissiyasi bilan kelishgan holda taklif berish muddatini uzaytirishi mumkin. Bu haqida tender tashkilotchisi ishtirokchilarga xabarnomalar orqali bildiradi.
‎12.4. Oferta tender tashkilotchisiga taqdim etilgandan soʻng, u oferta qabul qilinganligini alohida qayd etish kitobida roʻyxatga oladi.
‎12.5. Buyurtmachi tomonidan loyiha hujjatlari tender ishtirokchisiga mazkur yoʻriqnomaning 5.3-bandi talablariga asosan taqdim etilmagan yoki rad qilingan hollarda tender ishtirokchisi tender taklifini topshirish muddatini uzaytirish haqida tender tashkilotchisiga murojaat qilishi mumkin.
‎12.6. Yuqoridagi bandda qayd etilgan holat roʻy bergan hollarda tender tashkilotchisi, buyurtmachi bilan kelishgan holda, ishtirokchi buyurtmachidan loyiha hujjatlarini olganligi haqidagi dalolatnomani qabul qilgan kundan boshlab, eng kamida 5 kun muddatga tender taklifini topshirish muddatini uzaytirishi mumkin.

XIII. TENDER TAKLIFINI OʻZGARTIRISh YOKI HISOBDAN ChIQARISh

13.1. Taklif berilganidan keyin ishtirokchi tender taklifiga oʻzgartirishlar kiritishi yoki uni hisobdan chiqarishi mumkin, shu shart bilanki, ushbu oʻzgartirishlar yoki taklifni hisobdan chiqarish xabari takliflarni berish muddati ichida yozma ravishda tender tashkilotchisiga taqdim etilgan boʻlsa.
‎13.2. Ishtirokchi kiritayotgan oʻzgartirishlar yoki taklifni hisobdan chiqarish haqidagi xabarnoma mazkur yoʻriqnomaning 11.5, 11.6, va 11.7-bandlariga binoan tayyorlangan, muhrlangan va belgi qoʻyilgan boʻlishi hamda 12.1-bandda koʻrsatilgan tender takliflarini berish muddati tugamasdan oldin yetkazib berilishi kerak.
‎13.3. Takliflar berish muddati tugagandan keyin takliflarga oʻzgartirishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.

XIV. TENDER TAKLIFLARINI OChISh VA BAHOLASh

14.1. Tender buyurtmachin�ng manzilida oʻtkaziladi, agarda TAJda boshqa holat koʻrsatilmagan boʻlsa.
‎14.2. Takliflar (1 va 2-yigʻma jildlar) solingan konvertlarni ochish qatnashish istagini bildirgan oferentlar yoki ularning vakolatli vakillari hozirligida TAJda koʻrsatilgan manzilda, eʼlon/taklifnoma yoki xabarnomada koʻrsatilgan kun va soatda oʻtkaziladi.
‎14.3. Oferentlarni hozir boʻlgan vakolatli vakillari oʻzlarining ishtiroki haqida guvohlik belgisi sifatida reyestrga oʻz imzolarini qoʻyishlari kerak.
‎14.4. Tender komissiyasi takliflarini hisobdan chiqarish haqida xabarnoma yoʻllagan oferentlarini eʼlon qiladi (agar boʻlsa).
‎14.5. Taklifni hisobdan chiqarish haqidagi xabarnomalar berilgan takliflar ochilmaydi. Tender hujjatlarida belgilangan muddatdan keyin tushgan ofertalar koʻrib chiqilmaydi. Takliflarni taqdim etish sanasi tender tashkilotchisining takliflarni olinganligi haqidagi pochta xabarnomasidagi belgi boʻyicha yoki tender tashkilotchisining takliflarni ishtirokchilarga berilgan sanasi haqidagi xabarnoma sanasi boʻyicha (takliflarni qoʻlda yetkazib bergan hollarda) aniqlanadi.
‎14.6. Yigʻma jildlar tarkibini oʻrganish va baholash, shuningdek tender gʻolibini aniqlash yopiq yigʻilishlarda amalga oshiriladi. Tender takliflarini oʻrganish va baholashga oid axborot oshkor qilinmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
‎14.7. Taqdim etilgan takliflarning ochilgunga qadar butligi uchun javobgarlik tender tashkilotchisi zimmasida boʻladi.
‎14.8. Agar TAJda boshqa holat koʻrsatilmagan boʻlsa, takliflarni baholash davri tender takliflari ochilgan kundan eʼtiboran uzogʻi bilan 30 kunni tashkil etadi.
‎14.9. Tender komissiyasi tashqi konvertni (1-yigʻma jild hujjatlarini) ochadi, takliflarni toʻgʻri toʻldirilganligi, imzolanganligi va umumiy holati yuzasidan oʻrganadi, oferentlar malakasini baholashni amalga oshiradi.
‎14.10. Malaka baholanganidan soʻng malakadan oʻtgan va 2 yigʻma jildni ochilishiga ruxsat olgan oferentlar eʼlon qilinadi. Tender komissiyasi 1-yigʻma jildlar tarkibini oʻrganish va baholash natijalari eʼlon qilinmasdan oldin ishtirokchilarning 2-yigʻma jildlarini ochishga xaqqi yoʻq.
‎14.11. Tender komissiyasi ichki konvertni (2-yigʻma jild hujjatlarini) ochadi, ularni oʻrganadi, baholashni oʻtkazadi, gʻolibni aniqlaydi yoki boshqa qarorlarni qabul qiladi.
‎14.12. Tender komissiyasining barcha qarorlari koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi, ovozlar teng boʻlganda komissiya raisining ovozi hal etuvchi hisoblanadi.
‎14.13. Malakani baholash va yakuniy baholash tender komissiyasi tasdiqlagan va ushbu yoʻriqnomaning ilovalarida koʻrsatilgan baholash mezonlariga binoan amalga oshiriladi.
‎14.14. Tender komissiyasi tomonidan oferentlar taqdim etgan maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlangan holda, tender komissiyasi ushbu tender taklifini rad qilishga haqli.
‎14.15. Tender komissiyasi tender hujjatlari talablaridan taklifdagi ahamiyatsiz farqlarni eʼtiborga olmaslikka haqli, agarda ular boshqa qatnashchilar reytingiga taʼsir qilmasa.
‎14.16. Tender komissiyasining har bir yigʻilishida bayonnoma yuritiladi.
‎14.17. Tenderga kiritilmagan yoki rad qilingan (diskvalifikatsiya qilingan) takliflar bayonnomalarda qayd etilib, ularni rad qilish yoki diskvalifikatsiya qilish sabablari koʻrsatiladi.
‎14.18. Tender komissiyasi tender takliflarini batafsil oʻrganish va baholash uchun baholash guruhlarini tuzishi mumkin. Baholash guruhlarining tarkibiga tender komissiyasi aʼzolari bilan birgalikda jalb qilingan ekspert va konsultantlar (tender komissiyasining qarori boʻyicha) kiritilishi mumkin. Jalb qilingan ekspert va konsultantlarning xizmatlari shartnoma asosida buyurmachi tomonidan toʻlanishi mumkin. Baholash guruhlarining aʼzolari tender komissiyasi aʼzolari kabi tenderni tashkillashtirish va oʻtkazishga doir qonunchilikka va mazkur tender hujjatlari talablariga rioya etish masʼuliyatini oʻz zimmalariga oladilar.

XV. TAKLIFLARNI TUShUNTIRISh

15.1. Tender komissiyasi takliflarni baholash va taqqoslash uchun taklifni tender komissiyasi majlisida koʻrib chiqish vaqtida oferentlardan takliflar mazmuniga tushunchalar berishni soʻrashi mumkin. Bunda taklifning mazmunini, shu jumladan narxi yoki bajarish muddatini oʻzgartiruvchi tushuntirishlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

XVI. TENDER IShTIROKChILARINING MALAKASINI BAHOLASh (TEXNIK BAHOLASh)

16.1. Oferentni talab qilinadigan malakaga mos kelishini hal etish uchun toʻldirilgan shakllar va ularga ilova qilingan, uning ofertasida taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlar oʻrganiladi.
‎16.2. Oferentlar takliflarini baholash ularni texnik jihatdan amalga oshirish yuzasidan TAJda koʻrsatilgan tender takliflarini baholash mezonlariga binoan baholanadi. Oʻrganish natijalari boʻyicha baholash guruhi aʼzolari tender takliflarining baholash varaqlarini toʻldirishadi (texnik baholash varagʻi TAJda alohida ilovalarda namunaviy jadvalda taqdim etiladi).
‎16.3. Agar TAJda boshqa holat koʻrsatilmagan boʻlsa, baholash varagʻi quyidagi shaklda toʻldiriladi:

TENDER TAKLIFLARINI BAHOLASh VARAGʻI
‎(TEXNIK BAHOLASh)

T/r

Parametrlar nomi

Shakl

Maksimal
‎ball

Oferentlari

1‎

2

3

4

5‎

6‎

7

1.

Tender buyurtmasini taʼminlash kafolati (1-shakl) yoki buyurtmachi belgilagan va tender komissiyasi tasdiqlagan miqdordagi pul mablagʻlarini (obyekt boshlangʻich qiymatining 0,5%gacha TAJda boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa) buyurtmachining maxsus hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan tenderda ishtirok etish buyurtmasini taʼminlash yoki toʻlov topshiriqnomasi nusxasi, TAJda boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa.

1-shakl

Izohga qarang

2‎.

Oferent haqida umumiy maʼlumotlar

2-shakl‎‎

19

3‎.

Oferent oxirgi uch yildagi moliyaviy ahvoli haqidagi hujjatlar, auditor kompaniyasining xulosasi yoki moliyaviy natijalar haqidagi hisobotlar (balans hisobotlar)ning nusxasi bilan)
‎Tender ishtirokchisining saloxiyati (jumladan, toʻlovga qodirligi va aylanma mablagʻlar bilan taʼminlanganligi) toʻgʻrisida maʼlumot

3-shakl

34

4‎.

Tender ishtirokchisining ish haqi jamgʻarmasi va hodimlar oʻrtacha soni boʻyicha koʻrsatkichlar (4-shakl)

4-shakl

5.‎

Kerakli aylanma mablagʻlarni (buyurtmachi belgilagan obyektning boshlangʻich qiymatidan 20% ga yetmayotgan) taqdim etish haqidagi bank kafilligi yoki oferentga xizmat kiluvchi bank tomonidan tasdiqlangan obyektning boshlangʻich qiymatining 20%dan kam boʻlmagan aylanma mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma

5-shakl

6‎.

Tenderdagi obyektga oʻxshash obyektlarda oxirgi 3 yillik ish tajribasi

6-shakl

25

7‎.

Ishlarni bajarishda foydalaniladigan oferentning mashina va mexanizmlari roʻyxati

7-shakl

20

8.‎

Oferent tender vaqtida ishtirok etayotgan va mazkur tenderning predmeti boʻlmish obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, taʼmirlash) davrida ishtirok etadigan shartnomalar (obyektlar) haqida maʼlumot

8-shakl

Izohga qarang

9‎.

Qurilish maydonini koʻrganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma

9-shakl

2

Jami ballar

100

Izohlar:
‎Oferent baholash yakunlariga koʻra 60 balldan kam ball toʻplasa (kelgusida — oʻtish ballari), tender komissiyasi aʼzolarining ovozi qarshi hisoblanib, texnik jihatdan malakasi yetarli emas deb hisoblanadi, agar TAJda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa.
‎Taklif quyidagi hollarda koʻrib chiqilmaydi va hujjatlarning 2-yigʻma jildi ochilmasdan oferentga qaytariladi:

— agar taklif tender komissiyasining ovoz berish natijalariga koʻra texnik malakasi yetarli emas deb topilsa;
‎— 1, 3, 4, 5 va 8 shakllar mavjud boʻlmasa yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan boʻlsa.
‎Agar shartnomani tuzish moʻljallanayotgan sana vaqtiga baholash mezonlariga binoan loyihani amalga oshirish uchun kerakli barcha mashina va mexanizmlar boshqa obyektlarda ishga jalb qilinadigan hollarda 7-shakl bahosi 0 ga tenglashtiriladi. Boshqa hollarda baholash interpolatsiya yoʻli bilan amalga oshiriladi.
‎2, 3, 6, 7, 9-shakllar mavjud boʻl�asa yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan boʻlsa, ularni bahosi 0 ga tengla�tiriladi.
‎Oferent tashkilotning rahbari boʻlmagan yoki 10-shaklda keltirilgan shakl boʻyicha ishonchnomaga ega boʻlmagan oferent vakili tenderda hozir boʻlishga va tender taklifini (ofertani) imzolashga haqli emas.
‎10-shakl mavjud boʻlmasa tender taklifi va kelgusida buyurtmachi va tender gʻolibi oʻrtasidagi pudrat shartnomasini faqat oferent tashkilotning rahbari imzolash huquqiga ega.

Baholash guruhi aʼzolari:

________

_________________________________________

____________

(imzosi)

(F.I.O.)

(sanasi)

16.4. Tender komissiyasi oferentdan uni malaka talablariga javob berishini tasdiqlovchi dalillarni rasmiy shaklda taqdim etishni talab qilishga haqli.
‎16.5. Zarur boʻlganda tender komissiyasi 1-yigʻma jild hujjatlarida keltirilgan maʼlumotlarni batafsil oʻrganish va toʻgʻriligini tekshirish uchun komissiya tarkibi va jalb etilgan mutaxassislardan iborat baholash guruhini tuzishga va keyinchalik komissiyaga tegishli xulosani kiritishga haqli.,
‎16.6. Baholash guruhi tuzilgan holatda tender komissiyasi aʼzosi baholash guruhining tavsiyalari asosida qaror qabul qilishga yoki tender takliflari baholash varagʻini mustaqil toʻldirishga haqli.
‎16.7. Tender komissiyasi oferentning intellektual mulkiga va tijorat siriga tajovuz qilishga xaqqi yoʻq.

XVII. MOLIYAVIY TAKLIFLARNI KOʻRIB ChIQISh, YAKUNIY BAHOLASh, TENDER GʻOLIBINI ANIQLASh

17.1. Moliyaviy takliflarni ochish va baholash tender komissiyasi tomonidan tender takliflarining birinchi yigʻma jildlarini tasdiqlash va ularni koʻrib chiqish natijalari eʼlon qilinganidan soʻng amalga oshiriladi.
‎17.2. Ikkinchi yigʻma jildlarni ochilishiga malaka tanlovidan muvaffaqiyatli oʻtgan oferentlarga ruxsat etiladi.
‎17.3. Ikkinchi yigʻma jildlarni ochilishi mazkur tender ishtirokchilari yoʻriqnomasining XIV bobi talablariga asosan amalga oshiriladi.
‎17.4. Tender komissiyasi ofertalarni butligini tekshiradi, 2-yigʻma jild hujjatlarini toʻgʻri toʻldirilganligi, imzolangani va umumiy holati yuzasidan oʻrganadi.
‎17.5. Agar tender komissiyasi tomonidan 2-yigʻma jilddagi taklif hujjatlarining birortasini tender hujjatlari talablariga javob bermasligi aniqlangan taqdirda oferentning taklifi rad etilib, uning mazmuni eʼlon qilinmasdan tenderdan chetlatiladi.
‎17.6. Tender komissiyasi ofertalari 17.5 bandning talablariga zid boʻlmagan oferentlarning 1-ilovada koʻrsatib oʻtilgan narxi va ishlarni yakunlash muddatlarini oʻqib eshittiradi.
‎17.7. Soʻngra takliflar arifmetik tekshiruvdan oʻtkazilib, oferta tarkibida keltirilgan obyektda bajariladigan ish hajmlari bilan tender hujjatlari tarkibida keltirilgan ish hajmlarini solishtirish amalga oshiriladi va tender takliflariga moliyaviy baho beriladi.
‎17.8. Arifmetik xatolar mazkur tender ishtirokchilari yoʻriqnomasining 8.4 va 8.5-bandlariga binoan tuzatiladi. 17.9. Zarur boʻlganda, tender komissiyasi 2-yigʻma jild hujjatlarida keltirilgan maʼlumotlarni, xususan hisob-kitoblarning iqtisodiy asoslanganligi, ish hajmlari tender hujjatlariga javob berishi va boshqa hollarni batafsil oʻrganish uchun komissiya aʼzolari va jalb etilgan mutaxassislardan iborat baholash guruhi tuzish huquqiga ega.
‎17.10. Agar TAJda boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, barcha moliyaviy takliflar Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida baholanadi (oʻtkaziladi).
‎17.11. Agar TAJda boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, oferentlarining takliflari quyida koʻrsatilgan tender takliflarining moliyaviy baholash mezonlariga binoan baholanadi:

TENDER TAKLIFLARI MOLIYAVIY QISMINI BAHOLASh MEZONLARI

T/r

Ilovalarni baholash parametrlarining nomi

Ballar miqdori

Oferentlar

I. Taklif etilayotgan narx. 1-ilova (35 ball)

1.‎

Buyurtmachining boshlangʻich narxi — 10 ball, taklif etilgan eng past narxi — 35 ball.
‎Takliflar boʻyicha boshlangʻich va eng pas� narxlar oʻrtasidagi ballar formula yordamida interpolatsiya bilan aniqlanadi* (izohga qarang). Oferentlarning buyurtmachi boshlangʻich narxidan yuqori takliflari rad etiladi.

10 — 35

II. Qurilishni yakunlashni taklif etilayotgan muddati. 1-ilova (5 ball)

1‎.

Ijro muddati tender hujjatlarida belgilanganga mos yoki kam.

5

2.‎

Tender hujjatlarida belgilangan ijro muddatidan ortgan har 10 kun uchun 1 ball olib tashlanadi, lekin 5 balldan ortiq emas.

1 — 5

III. Birinchi yigʻma jildni baholashdagi ballar miqdori.
‎Tender takliflarining baholash varagʻi (texnik baholash). (60 ball)

1‎.

Tender takliflarini texnik baholash yakuniga koʻra eng koʻp ball toʻplagan oferentga — 60 ball;
‎2-yigʻma jildlarni ochilishigacha kiritilgan va tender takliflarini texnik baholash yakuniga koʻra oʻtish bali bilan teng toʻplagan oferentga — 45 ball;
‎qolgan takliflar boʻyicha ballar interpolatsiya bilan aniqlanadi.

45 — 60

Izohlar:
‎a) oferent taklifi quyidagi xollarda rad etiladi (diskvalifikatsiya qilinadi):
‎— 1, 2, 3 va 4-ilovalardan birontasi, shuningdek 4-ilovadagi jamlanma jadval mavjud boʻlmasa yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan boʻlsa, taklif rad etiladi va hujjatlarning 2-yigʻma jildi mazmuni eʼlon qilinmasdan qaytariladi;
‎— ofertada koʻrsatilgan ishlar hajmi tender hujjatlarida koʻrsatilgan ishlar hajmiga toʻgʻri kelmasa;
‎b) malakali deb topilgan va preferensiyalarni qoʻshgan holda eng koʻp ball toʻplagan oferentning taklifi gʻolib deb hisoblanadi;
‎v) ballar tengligida taklif etilgan eng kam narxli taklif tanlanadi.
‎* Takliflar boʻyicha boshlangʻich va eng past narxlar oʻrtasidagi ballarni aniqlash interpolatsiya formulasi:
‎A= 10+((SSZ-SP)*25)/(SSZ-NPS)), bu erda
‎A — moliyaviy taklif uchun ballar miqdori;
‎10 — oferent narxi uchun berilgan, buyurtmachining boshlangʻich narxiga teng boʻlgan, ballar miqdori;
‎SSZ — (BBN) buyurtmachining boshlangʻich narxi;
‎SP — (TN) oferent narxi;
‎25 — moliyaviy taklif uchun berilgan eng koʻp va eng kam (35 — 10) ballar miqdorining farqi;
‎NPS — (ETN) eng kam taklif etilgan narx.
‎** Birinchi yigʻma jild takliflarining yakuniy baholari boʻyicha ballarni aniqlash interpolatsiya formulasi:
‎B= 45+((KB1P-PB)*15)/(NBKB1P-PB)), bu erda
‎B — birinchi yigʻma jild yakuniy bahosi boʻyicha ballar miqdori;
‎45 — oʻtish balliga tenglashtirilgan birinchi yigʻma jild ballari;
‎KB1P — (1PBM) oferentning birinchi yigʻma jild boʻyicha toʻplagan ballar miqdori;
‎PB — (OʻB) birinchi yigʻma jild boʻyicha oʻtish bali;
‎15 — eng koʻp va eng kam (60 — 45) ballar yakuni bahosi boʻyicha farqi;
‎NBKB1P — (1PYuBM) oferentning birinchi yigʻma jild boʻyicha toʻplagan yuqori ballar miqdori.

17.12. Agar TAJda boshqa maʼlumotlar keltirilmagan boʻlsa, oʻrganish natijalariga koʻra, baholash guruhi aʼzolari tender takliflarining quyidagi baholash yakuniy jadvalini toʻldirishadi:

TENDER TAKLIFLARINI BAHOLAShNING YAKUNIY JADVALI

T/r

‏Parametr nomi

‏Ilovalar

Maksimal ballar

Oferentlar

1‎.

Taklif etilayotgan narx (narx preferensiyalarini hisobga olgan holda)

1-ilova

35

2‎.

Qurilishni yakunlashni taklif etilayotgan muddati

1-ilova

5

3.‎

1-yigʻma jildni baholash boʻyicha ballar miqdori

Tender takliflarini baholash varagʻi (texnik baholash)

60

Jami ballar summasi:

100

Baholash guruhi aʼzolari:

________

____________________________________________

_____________

(imzosi)

(F.I.O.)

(sanasi)

XVIII. TENDER GʻOLIBINI EʼLON QILISh

18.1. Tender gʻolibini eʼlon qilish oferentlar ishtirokida oʻtkaziladi. Ishtirok etmagan oferentlar belgilangan tartibda xabardor qilinadi.
‎18.2. Taklifni qabul qilinganligi haqidagi qaror tender gʻolibiga tender tashkilotchisi tomonidan taklifni qabul qilinganligi haqidagi yozma xabarnoma bilan tender yakunlanganligidan besh kun oʻtmasdan xabar qilinadi.
‎18.3. Pudrat shartnomasini tender gʻolibiga berilgani yuzasidan tender komissiyasining qarori oxirgi hisoblanadi va muvaffaqiyat qozonmagan oferentlar bilan keyinchalik bu masala boʻyicha bahs va munozaralar oʻtkazilmaydi.
‎18.4. Tenderlarda muvaffaqiyat qozonmagan oferentlar sud instansiyalariga murojaat etish huquqiga ega. sud idoralari soʻroviga koʻra, tender komissiyasi raisi tender komissiyasining har bir ishtirokchisi va buyurtmachi koʻrsatilgan oferentlarni qatnashishdan chetlashtirish sabablarini batafsil tushuntirishni yozma ravishda taqdim etadilar.

XIX. ShARTNOMANI IMZOLASh, OBYEKT SUGʻURTASI

19.1. Agar TAJda boshqa holat koʻrsatilmagan boʻlsa, taklifni qabul qilish haqidagi xabarnoma olingan kundan boshlab 10 (oʻn) kun davomida gʻolib TAJda koʻrsatilgan shakl va summa boʻyicha pudrat shartnomasini imzolashi kerak, agarda belgilangan muddat boshqa sabablarga koʻra uzaytirilmayotgan boʻlsa.
‎19.2. Pudrat shartnomasi, qurilish pudrat tashkilotlarining mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda, tender hujjatlarida nazarda tutilgan talablar boʻyicha tuzilishi lozim va tomonlarning hech biri Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa tomon bilan kelishmagan holda oʻzgartirishlar kiritishga va boshqa shartlarni taklif etishga haqli emas (TAJga qarang).
‎19.3. Agar tender gʻolibi mazkur tender hujjatlarida nazarda tutilgan talablar boʻyicha shartnomani tuzishdan bosh tortsa, unda buyurtmachi, tender komissiyasi bilan birgalikda, ofertasi ikkinchi oʻrinni olgan oferentni tender gʻolibi deb topishi yoki takroriy tender oʻtkazishni tayinlashi mumkin.
‎19.4. Buyurtmachi gʻolibni roziligisiz, mazkur tender hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan talablar boʻyicha shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda, gʻolib xoʻjalik sudiga murojaat qilishga haqli.
‎19.5. Tender gʻolibi qurilish (rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash) sugʻurtasini qonunchilikda belgilangan tartibda taʼminlaydi.

XX. TENDER NATIJALARINI MUVOFIQLAShTIRISh, ShARTNOMAVIY MAJBURIYATLAR IJROSI MONITORINGI

20.1. Tender natijalari buyurtmachi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga maʼlumot kiritgandan soʻng tender yakunlangan hisoblanadi.
‎20.2. Buyurtmachi Qurilish vazirligi bilan kelishilgan kundan keyin besh kunlik muddat ichida ommaviy axborot vositalarida tender natijalari (predmeti, gʻolibi, shartnomaviy narxi va investitsion loyihani bajarish muddati) haqida eʼlon chop etadi.
‎20.3. Tender natijalariga koʻra erkin muomaladagi valyutada tuzilgan shartnoma belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
‎20.4. Buyurtmachi va Pudratchi (tender gʻolibi) har oyda tomonlarning tender talablarini bajarilishi haqidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markaziga belgilangan tartibda taqdim etishga majbur.

XXI. YAKUNIY QOIDALAR

21.1. Tender quyidagi hollarda boʻlib oʻtmagan deb eʼlon qilinadi, agar:
‎— ofertalarni berish muddatini yakunlanishiga uchtadan kam oferta kelib tushsa;
‎— agar takliflarni koʻrib chiqish natijasida tender komissiyasi barcha takliflarni rad etgan boʻlsa yoki faqat bitta taklif tender hujjatlari talablariga muvofiq kelsa:
‎— oferentlar taklif etgan narxlar tender predmetining boshlangʻich qiymatidan oshiq boʻlsa;
‎— tender komissiyasi tomonidan asoslangan boshqa holatlar yuzaga kelib, vakolatli organ bilan kelishilgan holda tender oʻtkazilmagan deb topilsa.
‎21.2. Tenderni boʻlib oʻtmagan deb eʼlon qilinishi tenderning biron-bir ishtirokchisi (tender komissiyasi, buyurtmachi, tashkilotchi, ishtirokchilar)ni mulkiy yoki boshqa javobgarlikka tortilishiga olib kelmaydi.
‎21.3. Agar tender boʻlib oʻtmagan deb topilsa, takroriy tender oʻtkaziladi. Bunda tender hujjatlari talablarini qayta koʻrishga ruxsat etiladi.

XXII. TENDER AXBOROT JADVALI

Ushbu boʻlim tender predmeti boʻyicha va tender hujjatlarning qoʻshimcha maʼlumot va talablari maxsus qoidalarini oʻz ichiga oladi.

T/r‎

Boʻlim nomi

Boʻlimga izohlar

1.‎

Buyurtmachi tashkilot nomi:

2.‎

Obyekt nomi:

3.‎

Tender tartib raqami:

4.‎

Tender turi:

5.‎

Tender hujjatlarini elektron shaklda yuklab olish manzillari:

6.‎

Tenderni oʻtkazish manzili, joyi va muddati:

7.‎

Tenderda ishtirok etish uchun bank kafolatining miqdori va shakli:

8.‎

Tender oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon chop etishga ruxsat etiladi:

9.‎

Tenderda ishtirok etishga quyidagi tanlov ishtirokchilariga ruxsat etiladi:

10.‎

Litsenziya talab etiladigan ish turlari (agar mavjud boʻlsa):

11.‎

Ishtirokchilarning tender hujjatlari boʻyicha tushuntirishlar olish muddati:

12.‎

Tendertakliflarini taqdim qilish muddatlari:

13.‎

Tender hujjatining tili:

14.‎

Tender taklifining amal qilish muddati:

15.‎

Tenderda ishtirok etish uchun talab qilinadigan aylanma mablagʻlari miqdori:

16.‎

Bank kafilligining amal qilish muddati:

17‎.

Tender predmetining obyektida ishlatiladigan oferentning mashina va mexanizmlari, asbob-uskunalari:

18.‎

Qoʻshimcha hujjatlar roʻyxati:

19.‎

Tender takliflarini qabul qilish vaqti va manzili:

20.‎

Tender takliflarini ochish manzili:

21.‎

Tender takliflarini baholash muddati:

22.‎

Ishtirokchilarning texnik va moliyaviy qismlarini ochilishiga ruxsat etiladigan ishtirokchilar:

23.‎

Buyurtmachining obyekt boʻyicha boshlangʻich narxi:

24.‎

Buyurtmachi tomonidan belgilangan qurilish muddati

25.‎

Moliyalashtirish manbai:

26.‎

Loyihani moliyalashtirish tartibi:

27.‎

Shartnoma tili:

28.‎

Shartnoma valyutasi:

1-ShAKL

TANLOV BUYuRTMASINI TAʼMINLASh KAFOLATI

______________________________________________________________________________________________________,

(oferent tashkilotning nomi)

kelgusida tender ishtirokchisi deb ataluvchi, _______________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________ tomonidan oʻtkazilayotgan

(buyurtmachi tashkilotning nomi)

_______________________________________________________________________________________________________

(tender predmetining nomi)

obyekti boʻyicha tenderda ishtirok etish uchun oʻz tender taklifini taqdim etganligini inobatga olib, ushbu bilan maʼlum qilinadiki, ____________________________________________________________________________________

(yuridik manzil)

manzili boʻyicha qayd etilgan ofisga ega, kelgusida “BANK” deb ataluvchi ______________________________________
‎____________________________________________________________________________________________ ning tender

(bank nomi)

ishtirokchisi oldida____________________________________________________________________________________

(raqamda va yozuv bilan summa va valyuta �uri koʻrsatilsin)

miqdordagi majburiyati mavjud boʻlib, u boʻyicha toʻlov koʻrsatilgan buyurtmachiga toʻlaligicha va oʻz vaqtida amalga oshiriladi.

Majburiyat bank tomonidan kafolatlangan.
‎Majburiyat shartlari:
‎Agar:
‎1) Ishtirokchi oʻz taklifini tender takliflarini qabu� qilish muddati tugagandan keyin qaytarib olsa;
‎2) Ishtirokchi uzining taklifi buyurtmachi tomonidan qabul qilingani haqida xabarnoma olib, ushbu taklifni amal qilish muddati davomida tender hujjatlarida kursatilgan talablar asosida pudrat shartnomasini tuzishdan bosh tortsa yoki tuzolmasa, bu hollarda bank buyurtmachiga, uni birinchi yozma talabidanoq, buyurtmachidan ushbu soʻrovni asoslantirishni talab etmasdan, yuqorida koʻrsatilgan summani quyidagi shartlar bilan toʻlash majburiyatini oladi:
‎a) Agar oʻz soʻrovida buyurtmachi ushbu summa unga tegishliligi koʻrsatilgan holatlarning ikkisidan biri yoki har biri yuzaga kelgani bilan bogʻliq ekanligini, yuzaga kelgan holat yoki holatlarni aniqlashtirgan holda, koʻrsatsa;
‎b) Buyurtmachi va pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma talablariga, obyekt qurilishini bajarish va yakunlashga toʻsqinlik qiluvchi ishlar hajmiga va mazmuniga oʻzgartirish kiritilmagan boʻlsa.
‎Ushbu kafolat tender taklifini ochish kunidan ____ kun davomida (“___” __________ 20__y.) kuchda qoladi va ushbu bilan bogʻliq har bir soʻrov yuqorida koʻrsatilgan muddat oʻtmasdan bankka berib yuboriladi.

‎Koʻrsatilgan bankning umumiy muhri bilan tasdiqlangan.

Boshqaruvchi (F.I.O)

Muhr oʻrni

Bosh hisobchi (F.I.O)

Izoh: ushbu Kafolat bosh bank tomonidan idora blankasida belgilangan tartibda taqdim etiladi.

2-ShAKL

TENDER IShTIROKChISI HAQIDA UMUMIY MAʼLUMOTLAR

Tender ishtirokchisining nomi ___________________________________________________________________________
‎Ishtirokchi rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi __________________________________________________
‎Manzili va telefon (faks) raqami ________________________________________________________________________
‎Yuridik maqomi ________________________________________________________________________________________
‎Tuzilgan sanasi (kim tomonidan, berilgan order yoki buyruq raqami) __________________________________________
‎Asosiy faoliyat turi (statistika idorasi kodi boʻyicha) ______________________________________________________

��
Rahbar va uning oʻrinbosarlari:

T/r‎

F.I.O.

Maʼlumoti (taʼlim muassasasi, mutaxassisligi, diplom raqami va berilgan sanasi)

Qurilishdagi ish tajribasi (yil)

Egallagan lavozimi‎‎

Egallagan lavozimida ish tajrbasi (yil)

1‎

2

3

4

5

6

Asosiy xodimlar (uchastka, boʻlim boshliqlari, ish yurituvchi, usta, ishlab chiqarish boʻlimi muhandislari va boshqalar)

T/r‎

F.I.O.

Maʼlumoti (taʼlim muassasasi, mutaxassisligi, diplom raqami va berilgan sanasi)

Qurilishda ish tajribasi (yil)

Uchastka (boʻlim) nomi, egallagan lavozimi

Egallagan lavozimida ish tajribasi (yil)

1‎

2

3

4

5

6

Doimiy ishchi xodimlar (ishchilar)

T/r‎

Mutaxassisliklar nomi

Jami soni, shu jumladan mutaxassisliklar va razryadlar boʻyicha

Ulardan (3-ustundan) malakasini tasdiqlovchi hujjati borlar

Ulardan (4-ustundan) qurilishda 10 yildan kam boʻlmagan ish tajribasi borlar

1‎

2

3

4

5

Jami
Shu jumladan:
Betonchilar _____ razryadli
Gʻisht teruvchilar ____ razryadli
Tom quruvchilar _____ razryadli
Payvandchilar _______ razryadli
Santexniklar _______ razryadli
Duradgorlar ______ razryadli
va boshqalar
Kadrlar boʻlimi boshligʻi: /imzo va muhr/
Tanlov ishtirokchisi rahbarining imzosi:
Tuzilgan sana: “_____” ____________ 20___ y.

Izoh: Tender ishtirokchisining keyingi 3 yildagi statistika hisobotlarining nusxalari hamda ishchi xodimlar uchun ushbu tashkilotda kamida 1 yillik doimiy ish faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlari taqdim etiladi.

3-ShAKL

TENDER IShTIROKChISINING MOLIYAVIY KOʻRSATKIChLARI

(Shaklga keyingi 3 yildagi moliyaviy natijalar va buxgalteriya balanslari
haqidagi hisobot ilova qilinadi)
‎____________________________________________________________________________________________________
‎(tanlov ishtirokchisining nomi)

AKTIVLAR

20__ y

20__ y

20__ y

PASSIVLAR

20__ y

20__ y

20__ y

Uzok muddatli aktivlar

Oʻz mablagʻlari manbai

Asosiy vositalar Ustav fondi
Shundan Ishlab chiqarish fondlari ‎‎ ‎‎ Taqsimlanmagan foyda
Qoldiq qiymat ‎‎

Majburiyatlar

Kapital quyilmalar ‎‎ Zaymlar
Tugallanmagan ishlab chiqarish ‎‎ Kreditor qarzdorlik

Joriy aktivlar

Shundan muddati oʻtgan qarzdorlik
Aylanma mablagʻlar Shundan budjetdan qarzdorlik
Ulardan ishlab chiqarish zaxiralari Shundan ish haqidan qarzdorlik‏
Debitor qarzdorlik
Shundan muddati oʻtgan qarzdorlik
Jami balans aktivi boʻyicha Jami balans passivi boʻyicha


‎MOLIYAVIY NATIJA

Nomi

20__ y

20__ y

20__ y

Nomi

20__ y

20__ y

20__ y

1. Realizatsiyadan olingan tushum

8. Sof foyda

‎‎

2. Realizatsiyadan olingan sof tushum

Shundan asosiy faoliyat boʻyicha

3. Realizatsiya kilingan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi

Umumxoʻjalik faoliyat boʻyicha

‎‎

4. Maʼmuriy xarajatlar

9. Asosiy faoliyatdan olingan foyda

5. Boshqa xarajatlar

10. Umumxoʻjalik faoliyatdan olingan foyda

6. Daromad soligʻi toʻlovigacha foyda

11. Zarar

7. Daromad soligʻi‏

shundan asosiy faoliyatdan

umumxoʻjalik faoliyatdan

Balans foydasi ________________________________________________________________________________________
Oxirgi 3 yilda bankrotlik yoki toʻlov qobiliyatsizligi yuzasidan sud ishi olib borilganmi? _________________

Tender ishtirokchisining saloxiyati (jumladan, toʻlovga qodirligi va aylanma mablagʻlar bilan taʼminlanganligi) toʻgʻrisida
maʼlumot

STIR

Qurilish tashkiloti toifasi

Tashkilot tomonidan oʻtgan yil (20___ yil) yakuni bilan taqdim etilgan buxgalteriya balansi (F-1) hisoboti

koʻrsatkichlari

Asosiy vositalar qoldiq (balans) qiymati F-1, 012-satri

Toʻlovga qodirlik yoki qoplash koeffitsiyenti (1,25)=9/(10-11)

buxgalteriya balansi (F-1) boʻyicha koʻrsatkichlar

Oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganliq koeffitsiyenti (020) =(13+14+15-16)/17

buxgalteriya balansi (F-1) boʻyicha koʻrsatkichlar

390-satr

770-satr

490-satr

480-satr

570-satr

580-satr

130-satr

390-satr

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13


Qoplash koeffitsiyenti (toʻlovga qodirlik) tashkilotning qisqa muddatli majburiyatlarining toʻlov imkoniyatlarini koʻrsatadi, u faqat debitorlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilish va tayyor mahsulotni qulay sotish shartlari bilangina emas, balki joriy (aylanma) aktivlarning boshqa elementlari bilan baholanadi. Koeffitsiyentning kamayishi tashkilotning imkoniyatlari pasayganligidan dalolat beradi.

Koeffitsiyent quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi:

Kpl =

Joriy (aylanma) aktivlar
‎‎____________________________________
‎Joriy majburiyatlar

=‎

A2
‎‎__________________________
‎P2 - DO

, bunda:

A2 — joriy (aylanma) aktivlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot, pul mablagʻlari, debitorlik qarzi va shu kabilar), balans aktivining II boʻlimi, 390-satr;
P2 — majburiyatlar, balans aktivining II boʻlimi, 770-satr;
DO — uzoq muddatli majburiyatlar (buxgalteriya balansining 490-satri).
‎Agar toʻlovga qodirlik koeffitsiyenti hisobot davri oxirida 1,25 dan past qiymatga ega boʻlsa, tashkilot ushbu koʻrsatkich boʻyicha toʻlovga qodir emas deb hisoblanadi.
‎Oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti tashkilotning moliyaviy barqarorligi uchun zarur boʻlgan uning oʻz aylanma mablagʻlari mavjudligini, tashkilot mulkdorlari va kreditorlar manfaatlarining nisbatini ifodalaydi.
‎Koeffitsiyent quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:

Kos =

(P1 + Dzk2)— A1
‎__________________________________________
‎A2

, bunda:

A1 — uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital quyilmalar va shu kabilar), balans aktivining I boʻlimi, 130-satr;
‎P1 — oʻz manbalari mablagʻlari (ustav kapitali, zaxira kapital, qoʻshilgan kapital, taqsimlanmagan foyda va shu kabilar), balans passivining I boʻlimining yakuni, 480-satr;
Dzk2 — uzoq muddatli aktivlarni sotib olishga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli qarzlar va kreditlar (buxgalteriya balansining 570 va 580-satrlaridan hisoblab chiqish yoʻli bilan).
‎Ushbu kasrning surati tashkilot oʻz mablagʻlarining qancha summasi aylanmaga yoʻnaltirilganligini, maxraj-barcha aylanma mablagʻlar summasini koʻrsatadi. Ushbu koeffitsiyentning eng kam qiymati — 0,2.
‎Agar hisobot davri oxirida oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti 0,2 dan kam qiymatga ega boʻlsa, u holda tashkilot ushbu koʻrsatkich boʻyicha oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanmagan deb hisoblanadi.

Rahbar _________________________________ Bosh hisobchi ____________________________
muhr
Sana: “____”____________________20____ y.

Izoh: Oferentning keyingi 3 yildagi moliyaviy ahvoli haqidagi hujjatlari tarkibida auditor kompaniyasinig ijobiy xulosasini taqdim etishi mumkin. Balans hisobotlarining nusxalari taqdim etilishi shart.

4-ShAKL

TENDER IShTIROKChISINING ISh HAQI JAMGʻARMASI VA HODIMLAR OʻRTAChA SONI BOʻYIChA KOʻRSATKIChLARI

Davr

STIR

Mahsulot (tovar va xizmat)larni realizatsiyasidan sof tushum (F-2, 010-satri), ming soʻmda

Ish haqi jamgʻarmasi, ming soʻmda

Xodimlarning oʻrtacha soni (har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan ish haqi hisoblangan xodim sonidan kelib chiqib)

1

2

3

4

5

x

x

x

x

Oʻtgan yil (20__ yil) yakuni boʻyicha

x

Joriy yil (20__ yil) oxirgi hisobot davri boʻyicha

x

Jami

x

shahar (tuman) davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi

_____________________

shahar (tuman) davlat soliq inspeksiyasi kameral nazorat boʻlimi boshligʻi

_____________________

5-ShAKL

BANK KAFILLIGI

_______________________________________________________________________________________________

(ishtirokchi tashkilotning nomi)

kelgusida tender ishtirokchisi deb ataluvchi, _______________________________________________________________
‎________________________‎_______________________________________________________ tomonidan utkazilayotgan

(buyurtmachi tashkilotning nomi)

_______________________________________________________________________________________________________

(tender predmetining nomi)‎

obyekt boʻyicha tenderda ishtirok etish uchun oʻz taklifini taqdim etganligini inobatga olib, ushbu bilan maʼlum qilinadiki, ___________________________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________

(bank manzili)

manzil boʻyicha qayd etilgan ofisga ega, kelgusida “Kafil” deb ataluvchi ______________________________________
‎______________________________________________________________________________ tender ishtirokchisi oldida

(bank nomi)

____________________________________________________________________________________________ miqdordagi

(raqamda va yozuv bilan summa va valyuta turi koʻrsatilsin)

majburiyatini qabul qiladi. Ushbu boʻyicha koʻrsatilgan toʻlov tender ishtirokchisiga u tender gʻoli�i deb topilganida hamda buyurtmachi va pudratchi oʻrtasida shartnoma imzolanganidan soʻng toʻlaligicha va oʻz vaqtida hech qanday qoʻshimcha shartlar va talablarsiz amalga oshiriladi.

Bank ushbu majburiyatga oʻz nomi bilan bogʻlangan.

‎‎Koʻrsatilgan bankning muhri bilan tasdiqlangan.

‎‎Ushbu kafolat buyurtmachi va pudratchi oʻrtasidagi shartnoma (kontrakt) imzolangan kundan boshlab __ kun davomida kuchda qoladi va ushbu bilan bogʻlik har bir soʻrov yuqorida koʻrsatilgan muddat oʻtmasdan bankka taqdim etilishi kerak.

Boshqaruvchi

_________________

____________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Muhr oʻrni
Bosh hisobchi _________________

____________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Sana “_____” __________________ 20__ y.

Izoh: ushbu berilgan kafillik bank muassasasining idora blankasida taqdim etiladi.

Bankning (tuman yoki viloyat boʻlimining) kafilligida yuqori turuvchi bank yoki kredit qoʻmitasi bilan kelishilgan (raqam…sana…rahbarning F.I.O.) bor limitlar va kredit resurslar tasdigʻi mavjudligini hisobga olish zarur.


6-ShAKL

TENDERDAGI OBYEKTGA OʻXShASh OBYEKTLARDA

OXIRGI UCh YILLIK ISh TAJRIBASI

______________________________________________________________________

(tender ishtirokchisining nomi)

Obyekt nomi, pudrat shartnomasi summasi,

ishlarning boshlanish va yakunlanish sanasi

Buyurtmachi nomi

Bajarilgan ishlar summasi

Shundan yillar boʻyicha

20__ y.

20__ y.

20__ y.




Jami:


Tashkilot rahbarining imzosi: ________________


Tuzilgan sanasi:________________20__ y.


Tasdiqlangan: _______________________________________

(bosh hisobchi imzosi)



Izoh: Maʼlumotlar ishtirokchi tomonidan har bir obyekt boʻyicha ishlar turi boʻyicha mustaqil toʻldiriladi va bajarilgan ishlar dalolatnomalarining nusxalari bilan tasdiqlanadi.


7-ShAKL

IShLARNI BAJARIShDA FOYDALANADIGAN TANLOV IShTIROKChISINING MAShINA VA MEXANIZMLARI ROʻYXATI

T/r

Nomi

Markasi

Soni

Ishlab chiqarilgan yili

Quvvati

Texnik holati

Balansida yoki ijarada

1

2

3

4

5

6

7

8

QURILISh TEXNIKALARI

1.

2.

3.

4.

5.

6.

Hammasi

KIChIK MEXANIZMLAR

1.

2.

3.

4.

5.

6.

Hammasi



Tashkilot rahbarining imzosi: ________________

Tuzilgan sanasi: “_____” __________20__ y.


Izohlar:

1. 8 ustunga qurilish texnikasining tanlov ishtirokchisi balansida ekanligi yoki ijaraga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot kiritiladi.

2. Ijara va lizing asosidagi texnika ijaraga olinganda ijaraga beruvchining kafolat xati, lizing sharnomasining nusxasi taqdim etiladi (shartnoma loyihani bajarish davri mobaynida haqiqiy boʻlishi kerak).



8-ShAKL

TANLOV IShTIROKChISINING JORIY DAVRDAGI BOShQA (PUDRAT ShARTNOMALARI) OBYEKTLARI

T/r

Buyurtmachi

nomi

Obyekt nomi

Shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar summasi

Shartnoma summasi, boshlanish va yakunlanish sanasi

Mavjud mashina va mexanizmlar nomi

Tenderning predmeti — loyihani bajarish vaqtida boshqa obyektlarga jalb etilgan mashina va mexanizmlar soni — (oylar boʻyicha)


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10






Tashkilot rahbarining imzosi: ________________

Tuzilgan sanasi:“_____” ___________20___ y.


Izohlar:

1. Bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi shart.

2. Obyektda bajarilishi lozim boʻlgan qurilish ishlari uchun kelgusida jalb etiladigan mashina va mexanizmlar soni koʻrsatiladi.



9-ShAKL

QURILISh MAYDONChASINI KOʻZDAN KEChIRGANLIGI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOTNOMA

Ushbu bilan tasdiqlanadiki, men ________________________________________________________________________ ,

(F.I.O., lavozimi.)

____________________________________________________________________________________________ tomonidan 20___yil __________da berilgan ishonchnomaga asosan quyidagilarni batafsil oʻrgandim:
‎a) tanlov hujjatlarini;
‎b) loyiha hujjatlarini.
‎Mazkur shartnomani sifatli, toʻla va oʻz vaqtida bajarilishiga, kelgusidagi ishlarning qiymatiga, hajmlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan turli sharoitlar va boshqa holatlar hamda qurilish maydoni bilan tanishdim. Ushbu holatlarning barchasi oʻz taklifimizda hisobga olingan.

Izoh: Ushbu shaklda obyektni oʻrganib chiqilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, kirish yoʻllari, muhandislik tarmoqlarining mavjudligi, mavjud bino va inshootlar va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boshqa masalalar qurilish genplani koʻrinishida taqdim etiladi.

Qatnashchining vakolatli vakili:

_____________________________

_____________________________

(F.I.O)

imzo

Buyurtmachining vakolatli vakili:

_____________________________

_____________________________

(F.I.O)

imzo

Tashkilot rahbarining imzosi: ________________
Tuzilgan sanasi: “_____” ___________ 20___ y.

10-ShAKL

HUJJATLARNI IMZOLASh VA TANLOVDA QATNAShISh HUQUQINI BERUVChI IShONChNOMA

Tashkilotning nomi ____________________________________________________________________________________.

Tashkilotning manzili __________________________________________________________________________________

Men, yuqoridagi Tanlov ishtirokchisi tashkilot rahbari, mazkur ishonchnoma bilan ______________________________
‎___________________________________________________________________________________ga ishtirokchi nomidan

(familiyasi, ismi, otasining ismi, egallagan lavozimi)

_______________________________________________________________________________________________ obyekti

(tender savdosi predmeti nomi)

boʻyicha tenderda qatnashish va ishtirokchi nomidan hujjatlarga imzo chekish vakolatini beraman. Bu erdagi barcha maʼlumotlar asliga toʻgʻri va haqiqiy boʻlib, biz bu erda qilingan har qanday notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar uchun fuqarolik va jinoiy tomondan javobgarmiz.

‎Yuqoridagilarga guvohlik berib, mazkur hujjatlarga oʻz imzolarimizni qoʻydik

______________________________________

____________________________

(ishonch bildiruvchining F.I.O.)

(imzo)

______________________________________

____________________________

(ishonch bildirilganning F.I.O.)

(imzo)

“____” __________ 20___ g.
Izoh: Tenderda ishtirokchining rahbari ishonchnomasiz ishtirok etadi.

1-ILOVA

_______________________________________________________________________________________________________

(buyurtmachi tashkilotning nomi)

LOYIHANI BAJARISh BUYuRTMANOMASI

_______________________________________________________________________________________________________

(obyekt nomi)

1. Biz, quyida imzo chekuvchilar, yuqorida aytilgan ishlarni bajarish maydonchasini koʻzdan kechirib, umumiy, texnik va tijorat qismlaridan iborat tender hujjatlarini oʻrganib, yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarga muvofiq

__________________________________________________________________________________________

(raqamda va yozuv bilan summa, qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan)

soʻmga aytilgan barcha ishlarni (qurilish ishlarining kamida 50 %ini oʻz kuchimiz bilan) bajarish va yakunlashni hamda ulardagi topilgan defektlarni belgilangan muddatda tuzatishni taklif etamiz.
‎2. Bizning taklifimiz qabul qilingan holda, buyurtmachidan ishga kirishish haqidagi yozma xabarnomani olgan kundan boshlab 10 (oʻn) kun ichida ishlarni bajarishga kirishish va ishlarni bajarishni boshlanishidan eʼtiboran ______________ kun mobaynida ularni yakunlash majburiyatini olamiz.
‎3. Bizning taklifimiz tender takliflari ochilgan kundan boshlab __________________________________________

(raqam va yozuv bilan)

kalendar kun mobaynida amal qiladi.

4. Shartnoma tuzilgunga qadar mazkur tender taklifi uning qabul qilinganligi haqidagi yozma xabarnoma bilan birga oramizdagi yuridik majburiyat hisoblanadi.
‎5. Taklif qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi Biz olgan xabarnoma, Bizni Siz bilan rasmiy shartnoma tuzishga majburiyat yuklashini va Biz uning ijrosini taʼminlashimizni tasdiqlaymiz.
‎6. Buyurtmachi va tender komissiyasi taqdim etilgan takliflardan eng past narx taklifini qabul qilishga majbur emasligiga rozilik bildiramiz.
‎7. Tender ishtirokchilariga joʻnatilgan ______-son xabarnomalar Biz tomondan hisobga olingan.
‎8. Qurilish jarayonida jalb qilingan ishchi xodimlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirib, ijtimoiy ximoyasi va texnik xavfsizligini taʼminlaymiz.
‎9. Buyurtmachi bilan oʻzaro hisob-kitoblarni tender komissiyasining majlislari bayonnomalari bilan tasdiqlangan va kelgusida oʻzgartirilmaydigan shartnomaviy narxda amalga oshirish majburiyatini olamiz.
‎10. Shartnoma majburiyatlarini bajarilishi haqidagi monitoring maʼlumotlarini Qurilish vazirligining viloyat tanlov savdolarini oʻtkazish konsalting markaziga, belgilangan shaklda, har oyning 2 sanasiga qadar, qurilishni olib borishni butun davri davomida taqdim etib borish kafolatini beramiz.

Tashkilot rahbarining imzosi: ________________
Tuzilgan sanasi: “_____” _____________ 20___ y.

2-ILOVA

OBYEKTNING QURILISh IShLARINI BAJARISh GRAFIGI
‎ __________________________________________________________________
‎(obyekt nomi)

T/r‎

Ishlar nomlanishi

Ishlarni boshlash sanasi

Ishlarni tugatish sanasi

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

Izoh: Qurilishning umumiy jadvalida ishlarni umumiy dasturi (obyektning xususiyatlari hisobga olingan holda) va ularni bajarish muddatlari koʻrsatiladi. Qurilishning umumiy jadvali pudratchining ishlarni va maʼlum uchastkalarni belgilangan muddatda yakunlash va qurilayotgan obyektda xavfsiz va uzluksiz ishlar olib borish majburiyatiga taʼsir koʻrsatmasligi kerak.

Tashkilot rahbarining imzosi: ________________
Tuzilgan sanasi: “_____” ___________ 20___ y.


3-ILOVA

OBYEKT QURILIShINI MOLIYALAShTIRISh GRAFIGI

__________________________________________________________________

(obyekt nomi)

bnak (avans) tlash va joriy moliyalashtirishni hisobga olgan holda

Moliyalashtirish shartlari

Qurilish yillari____________yil

Qurilish oylari

Yanvar

Fevral

Mart

Aprel

May

Iyun

Iyul

Avgust

Sentyabr

Oktyabr

Noyabr

Dekabr

___ % hajmdagi bnak

____ % hajmda joriy moliyalashtirish

5 % foydalanishning kafolatli muddati tugagach.


Kredit yoki oʻz mablagʻlaridan foydalanish — pudratchiga
havola.


Tashkilot
rahbarining imzosi: ________________

Tuzilgan sanasi: ________________20___ y.



4-
ILOVA

OBYEKTNING JAMLANMA JADVALI

_____________________________________________________________________________

(obyekt nomi)

_____________________________________________________________________________

(oferent nomi)

T/r

Xarajatlar nomi

Joriy narxlardagi qiymati

1.

Qurilish materiallari va konstruksiyalari

2.

Jihozlar

3.

Mashina va mexanizmlar

4.

Ish haqi

Jami (qoʻshilgan qiymat soligʻisiz)

Boshqa xarajatlar

Qoʻshilgan qiymat soligʻi

Jami qurilish-montaj ishlari qiymati


Izoh:
Mazkur jadval buyurtmachi va tenderning gʻolib tashkiloti oʻrtasida tuziladigan shartnoma uchun qoʻllaniladi.



OBYEKTDA BAJARILADIGAN ISh HAJMLARI

ROʻYXATI

T/r

Meʼyorlar raqami shifri

Ish turlari

lchov

birligi

Loyiha krsatkichlari boʻyicha ishlari miqdori

Qiymati

Birlikka

Jami



JAMI:


Izoh:
Mazkur jadvalda tanlov ishtirokchisi har bir ish turi boʻyicha bir birlik ish hajmlari uchun taklifida resurslarni aks ettirmasdan taqdim qiladi.



OBYEKT
QURILIShINING ShARTNOMAVIY NARXINI BELGILAShDA IShLATILGAN ASOSIY NARX ShAKLLANTIRUVChI KOMPONENTLARNING NARXLARI

T/r

Komponent nomi

lchov birligi

Loyiha krsatkichlari boʻyicha miqdori

Birlik uchun narx

Jami

1.

Mehnat (ish kuchi) xarajatlari

2.

Elektroenergiya

3.

Yoqili-moylash materiallari

4.

Metall

5.

Sement

6.

Qum

7.

Yigʻma temir-beton mahsulotlari

8.

Yogʻoch materiallari (pilomateriali)

9.

isht (i/ch zavodlar)

10.

Boshqamateriallar

11.

Tavakkalchilik koeffitsiyenti


Komp
onentlar soni chegaralanmaydi va pudratchi tomonidan tender predmetining texnik jihatlaridan kelib chiqib toʻldiriladi.

Bunda har bir aniq obyekt �oʻyicha komponentlar va asosiy qurilish materiallari nomenklaturasi obyekt qurilishi qiymatini 100% ini tashkil qiluvchi asosiy narx shakllantiruvchi komponentlarni hisobga olgan holda tanlanadi.


Tashkilot rahbari: ____________________

muhr oʻrni


Boshlangʻich bahosi 6000 BHMdan 25000 BHMgacha boʻlgan obyektlar boʻyicha tender takliflarini texnik
BAHOLASh MEZONLARI

T/r

Shakllarni baholash parametrining nomi.

Ballar miqdori

Oferentlar


I. Tenderda ishtirok etish buyurtmasini taʼminlash. 1-shakl

1.

Tenderda ishtirok etish buyurtmasi taʼminoti boʻlmaganda taklif koʻrib chiqilmaydi, va hujjatlarning 2-yigʻma jildi ochilmasdan oferentga qaytariladi.

II. Tender ishtirokchisi haqida umumiy maʼlumotlar. 2-shakl (19 ball)

1.

Ish staji 3 yildan kam boʻlmagan oliy maʼlumotli qurilish mutaxassisligiga ega boʻlishi rahbarlardan 2 kishi mavjudligi.

4

2.

Diplomli 3 yil ish stajiga ega 3 kishidan iborat injener-texnik xodimlarni mavjudligi. (uchastka boshliqlari, prorab va masterlar)

3

3.

Ishlab chiqarish-texnika boʻlimida 5 yil ish stajiga ega diplomli 2 ta mutaxassisni mavjudligi.

3

4.

Doimiy ravishda ishlovchi 3 yillik ish s�ajiga ega 20 malakaviy ishchilar mavjudligi.

3

5.

Xodimlarning yillik oʻrtacha soni 10 — 70 (ishchi xodimlarga hisoblangan ish haqi boʻyicha taqdim qilingan soliq hisobotlari asosida oxirgi jami 12 oyda hisoblangan ish haqi miqdori bilan tekshiriladi)

3

6.

Mexnatni muxofaza qilish va texnik xavfsizlik xodimlari 1 kishi ishchilar mavjudligi

3

III. Tender ishtirokchisining moliyaviy koʻrsatgichlari, saloxiyati (jumladan, toʻlovga qodirligi va aylanma mablagʻlar bilan taʼminlanganligi) toʻgʻrisida maʼlumot. 3, 4 va 5-shakllar. (34 ball) *

1.

Asosiy vositalarning qoldiqqiymati 200 mln. soʻm va undan koʻp

6

2.

Muddati oʻtgan kreditorlik qarzdorligi mavjud emasligi

6

3.

Oʻtgan yilda 50 mln.soʻm foydasi (soliq toʻlangunga qadar) mavjudligi

5

4.

Ish haqi jamgʻarmasi 50 mln. soʻm

4

5.

Toʻlovga qodirlik yoki qoplash koefitsiyenti 1,25 va undan koʻp

4

6.

Oʻz aylanma mablagʻlari bilantaʼminlanganlik koefitsiyenti 0,2 va undan koʻp

3

7.

Obyektning buyurtmachi belgilangan boshlangʻich narxining 20 %gacha miqdoridagi aylanma mablagʻlar mavjudligi (xizmat qiluvchi bank tomonidan tasdiqlangan aylanma mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida baxolanadi)

6

IV. Tenderdagi obyektga oʻxshash obyektlarda oxirgi 3 yillik ish tajribasi*.
6-shakl (25 ball)

1.

Tenderdagiga oʻxshash ishlarni oʻz kuchi bilan bajarish: yiliga N (N — Buyurtmachi boshlangʻich narxning 50%) va undan koʻp. (har bir yil 5 ball bilan baholanadi),

15

2.

Tenderdagiga oʻxshash profil boʻyichaoxirgi yili oʻz kuchi bilan bajarish (eng yuqori 10 ball), aynan:

yangi qurilish

rekonstruksiya

kapital taʼmirlash



10
8
5

V. Mashina va mexanizmlar roʻyxati, 7-shakl (20 ball)

1.

Loyihani bajarish uchun zarur boʻlgan Q** ta dan kam boʻlmaganoxirgi 15 yillikda ishlab chiqarilgan shaxsiy (yoki lizing shartnomasi asosida) qurilish mashina va mexanizmlarini mavjudligi (ijara shartnoma asosidagi qurilish texnikalarining ballari 50% kamaytiriladi)

15

2.

Loyihani bajarish uchun zarur boʻlgan 20 birlikdan kam boʻlmagan kichik mexanizatsiya vositalarini mavjudligi**

5

VI. Oferent tender vaqtida ishtirok etayotgan va mazkur tenderning predmeti boʻlmish obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, taʼmirlash) davrida ishtirok etadigan boshqa kontraktlar (obyektlar) haqida maʼlumot. 8-shakl.

1.

Tender predmeti — obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, taʼmirlash) davrida loyihan� bajarish uchun kerakli boʻlgan injener-texnik xodim (kamida 1-2 kishi) hamda mashina va mexanizmlarning boshqa obyektlarga jalb etilganligi baholash davrida inobatga olinadi — 2 va 6-shakllar

VII. Qurilish maydonini koʻrganlik va loyihani oʻrganganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma. 9-shakl (2 ball)

1.

Qurilish maydonini koʻrganligi va oʻrganib chiqilganligi

1

2.

Loyiha hujjatlarini oʻrganib chiqilganligi

1


Izohlar:

* Obyektlarni oʻz vaqtida foydalanishga topshirish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlari asossiz bir oydan ikki oygacha kechiktirilganda 50% ball olib tashlanadi, ikki oydan uch oygacha — ish tajribasi bahosi nolga tenglashtiriladi, uch oydan va undan koʻpga-tender komissiyasi oferent taklifini chetlashtirishga va 2-yigʻma jildni ochmasdan qaytarishga haqli.

** Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, taʼmirlash) uchun kerakli qurilish mashinalari va mexanizmlari soni va roʻyxati obyektning xususiyati, qurish (rekonstruksiya qilish, taʼmirlash) va yakunlash muddatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Mashina va mexanizmlar soni va roʻyxati tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Roʻyxat tender tashkilotchisi tomonidan 7-Shaklda, mashina va mexanizmlar soni tender takliflarining texnik baholash mezonlarida koʻrsatiladi. Tender takliflarini baholashda tenderning predmeti boʻlmish obyektni qurish davrida boshqa obyektlardagi ishlarga jalb etilmaganmashina va mexanizmlarhisobga olinadi.

Bunda, malakaviy koʻrsatkichlarni baholashda tender komissiyasi va ishchi guruhga ishtirokchilarni yuridik manzili, moddiy-texnika taʼminoti bazalarini joylashgan joyiga eʼtibor qaratish lozim.

Obyekt qurilishi (rekonstruksiya, taʼmirlash) uchun zarur boʻlgan roʻyxat va ishchi resurslar soni, ITX, qurilish mashina va mexanizmlari, kichik mexanizatsiyalar, sinov asob va uskunalarini aniqlashda qurilishni tashkil qilish loyihasi, xususiyati va obyekt qurilishini (rekonstruksiya, taʼmirlash) tugallash muddatlaridan hamda yoʻnalishlaridan (umumqurilish, yoʻl qurilish, melioratsiya va x.zo) kelib chiqiladi. Roʻyxat hamda zarur boʻlgan mashina va mexanizmlar soni tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Roʻyxat tender tashkilotchisi tomonidan 7-shaklda, mashina va mexanizmlar soni-tender takliflarini texnik baholash mezonlarida koʻrsatib oʻtiladi.

Boshlangʻich bahosi 25 000 BHMdan 100 000 BHMgacha boʻlgan obyektlar boʻyicha tender takliflarini texnik
BAHOLASh MEZONLARI

T/r

Shakllarni baholash parametrining nomi.

Ballar miqdori

Oferentlar


I. Tenderda ishtirok etish buyurtmasini taʼminlash. 1-shakl.

1.

Tenderda ishtirok etish buyurtmasi taʼminoti boʻlmaganda taklif krib chiqilmaydi, va hujjatlarning 2-yigʻma jildi ochilmasdan oferentga qaytariladi.

II. Tender ishtirokchisi haqida umumiy maʼlumotlar. 3 va 4-shakl (19 ball)

1.

Ish staji 5 yildan kam boʻlmagan oliy maʼlumotli qurilish mutaxassisligiga ega boʻlishi rahbarlardan 2 kishi mavjudligi.

3

2.

Diplomli 3 yil ish stajiga ega 5 kishidan iborat injener-texnik xodimlarni mavjudligi. (uchastka boshliqlari, prorab va masterlar)

3

3.

Ishlab chiqarish-texnika boʻlimida 5 yil ish stajiga ega diplomli 2 ta mutaxassisni mavjudligi.

3

4.

Doimiy ravishda ishlovchi 3 yillik ish stajiga ega 30 malakaviy ishchilar mavjudligi.

3

5.

Xodimlarning yillik oʻrtacha soni 200 (ishchi xodimlarga hisoblangan ish haqi boʻyicha taqdim qilingan soliq hisobotlari asosida oxirgi jami 12 oyda hisoblangan ish haqi miqdori bilan tekshiriladi)

3

6.

Mexnatni muxofaza qilish va texnik xavfsizlik xodimlari 3 kishi ishchilar mavjudligi

3

7.

Diplomli 3 yil ish stajiga ega Geodezistlar 1 kishi (ijara)

1

III. Tender ishtirokchisining moliyaviy koʻrsatgichlari, saloxiyati (jumladan, toʻlovga qodirligi va aylanma mablagʻlar bilan taʼminlanganligi) toʻgʻrisida maʼlumot. 3, 4 va 5-shakllar. (34 ball) *

1.

Asosiy vositalarning qoldiq qiymati 400 mln. soʻm va undan koʻp

6

2.

Muddati oʻtgan kreditorlik qarzdorligi mavjud emasligi

6

3.

Oʻtgan yilda 100 mln.soʻm foydasi (soliq toʻlangunga qadar) mavjudligi

5

4.

Ish haqi jamgʻarmasi 100 mln. soʻm

4

5.

Toʻlovga qodirligi (koefitsiyent 1,25 va undan koʻp)

4

6.

Oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganlik (koefitsiyent 0,2 va undan koʻp)

3

7.

Obyektning buyurtmachi belgilangan boshlangʻich narxining 20 % miqdoridagi aylanma mablagʻlar mavjudligi (xizmat qiluvchi bank tomonidan tasdiqlangan aylanma mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida baxolanadi)

6

IV. Tenderdagi obyektga oʻxshash obyektlarda oxirgi 3 yillik ish tajribasi*.
6-shakl
(25 ball)

1.

Tenderdagiga oʻxshash ishlarni oʻz kuchi bilan bajarish: yiliga N (N — Buyurtmachi boshlangʻich narxning 70%) va undan koʻp. (har bir yil 5 ball bilan baholanadi)

15

2.

Tenderdagiga oʻxshash profil boʻyichaoxirgi yili oʻz kuchi bilan bajarish (eng yuqori 10 ball), aynan:

yangi qurilish

rekonstruksiya

kapital taʼmirlash


10

8

5

V. Mashina va mexanizmlar roʻyxati, 7-shakl (20 ball)

1.

Loyihani bajarish uchun zarur boʻlgan Q** ta dan kam boʻlmaganoxirgi 15 yillikda ishlab chiqarilgan shaxsiy (yoki lizing shartnomasi asosida) qurilish mashina va mexanizmlarini mavjudligi (ijara shartnoma asosidagi qurilish texnikalarining ballari 50% kamaytiriladi)

15

2.

Loyihani bajarish uchun zarur boʻlgan 30 birlikdan kam boʻlmagan kichik mexanizatsiya vositalarini mavjudligi**

5

VI. Oferent tender vaqtida ishtirok etayotgan va mazkur tenderning predmeti blmish obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, taʼmirlash) davrida ishtirok etadigan boshqa kontraktlar (obyektlar) haqida maʼlumot. 8-shakl.

1.

Tender predmeti — obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, taʼmirlash) davrida loyihani bajarish uchun kerakli boʻlgan injener-texnik xodim (kamida 1-2 kishi) hamda mashina va mexanizmlarning boshqa obyektlarga jalb etilganligi baholash davrida inobatga olinadi — 2-va 6-shakl

VII. Qurilish maydonini koʻrganlik va loyihani oʻrganganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma. 9-shakl

1.

Qurilish maydonini koʻrganligi va oʻrganib chiqilganligi

1

2.

Loyiha hujjatlarini oʻrganib chiqilganligi

1


Izoh
lar:

* Obyektlarni oʻz vaqtida foydalanishga topshirish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlari asossiz bir oydan ikki oygacha kechiktirilganda 50% ball olib tashlanadi, ikki oydan uch oygacha — ish tajribasi bahosi nolga tenglashtiriladi, uch oydan va undan koʻpga-tender komissiyasi oferent taklifini chetlashtirishga va 2-yigʻma jildni ochmasdan qaytarishga haqli.

** Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, taʼmirlash) uchun kerakli qurilish mashinalari va mexanizmlari soni va roʻyxati obyektning xususiyati, qurish (rekonstruksiya qilish, taʼmirlash) va yakunlash muddatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Mashina va mexanizmlar soni va roʻyxati tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Roʻyxat tender tashkilotchisi tomonidan 7-Shaklda, mashina va mexanizmlar soni tender takliflarining texnik baholash mezonlarida krsatiladi. Tender takliflarini baholashda tenderning predmeti boʻlmish obyektni qurish davrida boshqa obyektlardagi ishlarga jalb etilmaganmashina va mexanizmlarhisobga olinadi.

Bunda, malakaviy koʻrsatkichlarni baholashda tender komissiyasi va ishchi guruhga ishtirokchilarni yuridik manzili, moddiy-texnika taʼminoti bazalarini joylashgan joyiga eʼtibor qaratish lozim.

Obyekt qurilishi (rekonstruksiya, taʼmirlash) uchun zarur boʻlgan roʻyxat va ishchi resurslar soni, ITX, qurilish mashina va mexanizmlari, kichik mexanizatsiyalar, sinov asob va uskunalarini aniqlashda qurilishni tashkil qilish loyihasi, xususiyati va obyekt qurilishini (rekonstruksiya, taʼmirlash) tugallash muddatlaridan hamda yoʻnalishlaridan (umumqurilish, yoʻl qurilish, melioratsiya va x.zo) kelib chiqiladi. Roʻyxat hamda zarur boʻlgan mashina va mexanizmlar soni tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Roʻyxat tender tashkilotchisi tomonidan 7-shaklda, mashina va mexanizmlar soni-tender takliflarini texnik baholash mezonlarida koʻrsatib oʻtiladi.

Boshlangʻich bahosi 100 000 BHM va undan ortiq boʻlgan obyektlar boʻyicha tender takliflarini texnik
BAHOLASh MEZONLARI

T/r

Shakllarni baholash parametrining nomi.

Ballar miqdori

Oferentlar


I. Tenderda ishtirok etish buyurtmasini taʼminlash. 1-shakl

1.

Tenderda ishtirok etish buyurtmasi taʼminoti boʻlmaganda taklif krib chiqilmaydi, va hujjatlarning 2-yigʻma jildi ochilmasdan oferentga qaytariladi.

II. Tender ishtirokchisi haqida umumiy maʼlumotlar.

3 va 4-shakl (19 ball)

1.

Ish staji 7 yildan kam boʻlmagan oliy maʼlumotli qurilish mutaxassisligiga ega boʻlishi rahbarlardan 2 kishi mavjudligi.

3

2.

Diplomli 3 yil ish stajiga ega 10 kishidan iborat injener-texnik xodimlarni mavjudligi. (uchastka boshliqlari, prorab va masterlar)

3

3.

Ishlab chiqarish-texnika boʻlimida 5 yil ish stajiga ega diplomli 3 ta mutaxassisni mavjudligi.

3

4.

Doimiy ravishda ishlovchi 3 yillik ish stajiga ega 40 malakaviy ishchilar mavjudligi.

3

5.

Xodimlarning yillik oʻrtacha soni (ishchi xodimlarga hisoblangan ish haqi boʻyicha taqdim qilingan soliq hisobotlari asosida oxirgi jami 12 oyda hisoblangan ish haqi miqdori bilan tekshiriladi)

3

Mexnatni muxofaza qilish va texnik xavfsizlik xodimlari 2 kishi ishchilar mavjudligi

3

Diplomli 3 yil ish stajiga ega Geodezistlar 1 kishi

1

III. Tender ishtirokchisining moliyaviy koʻrsatgichlari, saloxiyati (jumladan, toʻlovga qodirligi va aylanma mablagʻlar bilan taʼminlanganligi) toʻgʻrisida maʼlumot. 3, 4 va 5-shakllar. (34 ball) *

1.

Asosiy vositalarning qoldiqqiymati 600 mln. soʻm va undan koʻp

6

2.

Muddati oʻtgan kreditorlik qarzdorligi mavjud emasligi

6

3.

Oʻtgan yilda 300 mln. soʻm foydasi (soliq toʻlangunga qadar) mavjudligi

5

4.

Ish haqi jamgʻarmasi 300 mln. soʻm

4

5.

Toʻlovga qodirligi (koefitsiyent 1,25 va undan koʻp)

4

6.

Oʻz aylanma mablagʻlari bilantaʼminlanganlik (koefitsiyent 0,2 va undan koʻp)

3

7.

Obyektning buyurtmachi belgilangan boshlangʻich narxining 20 % miqdoridagi aylanma mablagʻlar mavjudlig� (xizmat qiluvchi bank tomonidan tasdiqlangan aylanma mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida baxolanadi)

6

IV. Tenderdagi obyektga oʻxshash obyektlarda oxirgi 3 yillik ish tajribasi*.
6-shakl
(25 ball)

1.

Tenderdagiga oʻxshash ishlarni oʻz kuchi bilan bajarish: yiliga N (N — Buyurtmachi boshlangʻich narxning 50%) va undan koʻp. (har bir yil 5 ball bilan baholanadi)

15

2.

Tenderdagiga oʻxshash profil boʻyichaoxirgi yili oʻz kuchi bilan bajarish (eng yuqori 10 ball), aynan:

- yangi qurilish

- rekonstruksiya

- kapital taʼmirlash



10

8

5

V. Mashina va mexanizmlar roʻyxati, 7-shakl (20 ball)

1.

Loyihani bajarish uchun zarur boʻlgan Q** ta dan kam boʻlmaganoxirgi 10 yillikda ishlab chiqarilgan shaxsiy (yoki lizing shartnomasi asosida) qurilish mashina va mexanizmlarini mavjudligi (ijara shartnoma asosidagi qurilish texnikalarining ballari 50% kamaytiriladi)

15

2.

Loyihani bajarish uchun zarur boʻlgan 30 birlikdan kam boʻlmagan kichik mexanizatsiya vositalarini mavjudligi**

5

VI. Oferent tender vaqtida ishtirok etayotgan va mazkur tenderning predmeti blmish obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, taʼmirlash) davrida ishtirok etadigan boshqa kontraktlar (obyektlar) haqida maʼlumot. 8-shakl

1.

Tender predmeti — obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, taʼmirlash) davrida loyihani bajarish uchun kerakli boʻlgan injener-texnik xodim (kamida 1-2 kishi) hamda mashina va mexanizmlarning boshqa obyektlarga jalb etilganligi baholash davrida inobatga olinadi — 2 va 6-shakllar

VII. Qurilish maydonini koʻrganlik va loyihani oʻrganganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma. 9-shakl. (2 ball)

1.

Qurilish maydonini koʻrganligi va oʻrganib chiqilganligi

1

2.

Loyiha hujjatlarini oʻrganib chiqilganligi

1


Izoh
lar:

* Obyektlarni oʻz vaqtida foydalanishga topshirish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlari asossiz bir oydan ikki oygacha kechiktirilganda 50% ball olib tashlanadi, ikki oydan uch oygacha — ish tajribasi bahosi nolga tenglashtiriladi, uch oydan va undan koʻpga-tender komissiyasi oferent taklifini chetlashtirishga va 2-yigʻma jildni ochmas?an qaytarishga haqli.

** Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, taʼmirlash) uchun kerakli qurilish mashinalari va mexanizmlari soni va roʻyxati obyektning xususiyati, qurish (rekonstruksiya qilish, taʼmirlash) va yakunlash muddatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Mashina va mexanizmlar soni va roʻyxati tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Roʻyxat tender tashkilotchisi tomonidan 7-shaklda, mashina va mexanizmlar soni tender takliflarining texnik baholash mezonlarida krsatiladi. Tender takliflarini baholashda tenderning predmeti boʻlmish obyektni qurish davrida boshqa obyektlardagi ishlarga jalb etilmagan mashina va mexanizmlar hisobga olinadi.

Bunda, malakaviy �oʻrsatkichlarni baholashda tender komissiyasi va ishchi guruhga ishtirokchilarni yuridik manzili, moddiy-texnika taʼminoti bazalarini joylashgan joyiga eʼtibor qaratish lozim.

Obyekt qurilishi (rekonstruksiya, taʼmirlash) uchun zarur boʻlgan roʻyxat va ishchi resurslar soni, ITX, qurilish mashina va mexanizmlari, kichik mexanizatsiyalar, sinov asob va uskunalarini aniqlashda qurilishni tashkil qilish loyihasi, xususiyati va obyekt qurilishini (rekonstruksiya, taʼmirlash) tugallash muddatlaridan hamda yoʻnalishlaridan (umumqurilish, yoʻl qurilish, melioratsiya va x.zo) kelib chiqiladi. Roʻyxat hamda zarur boʻlgan mashina va mexanizmlar soni tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Roʻyxat tender tashkilotchisi tomonidan 7-shaklda, mashina va mexanizmlar soni-tender takliflarini texnik baholash mezonlarida koʻrsatib oʻtiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha tender komissiyasining

TARKIBI

1. F.I.O.

Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, (Buyurtmachining yuqori organ rahbariyati) tender komissiyasiraisi;

2. F.I.O.

Buyurtmachi tashkilot rahbari, tender komissiyasi raisining oʻrinbosari;

3. F.I.O.

Hududiy investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi;

4. F.I.O.

Hududiy iqtisodiyot va sanoat vazirligi bosh boshqarmasi boshligʻi;

5. F.I.O.

Hududiy moliya boshqarmasi boshligʻi;

6. F.I.O.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hududiy boshqarmasi boshligʻi;

7. F.I.O

Davlat soliq xizmati hududiy boshqarmasi boshligʻi;

8. F.I.O.

Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi boshligʻi;

9. F.I.O.

Hududiy soha vakili (tegishli shahar (tuman) hokimining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari);

Komissiya kotibi

Hududiy qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazi va kapital qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov va tender hujjatlarini tayyorlash boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan tashkilot rahbari (ovoz berish huquqisiz)


Izohlar:

2020-yil manzilli dasturiga kiritilgan markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishi, rekonstruksiya va kapital taʼmirlash obyektlari uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash yuzasidan buyurtmachi boʻlgan vazirlik va idoralar tender komissiyalari tarkiblarini tasdiqlaydi.

Tender komissiyasi raisi yigʻilishlarda uzrli sabablarga koʻra ishtirok eta olmaganida uning vazifalarini tender komissiyasi raisining oʻrinbosari bajaradi;

Tender komissiyalari aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda tender komissiyasi tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxs yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxs kiritiladi;

Zarurat tugʻilganda tender komissiyalari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalaridan mutaxassislarni jalb qilish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha tender savdolarini tashkil etish va oʻtkazish

SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Amalga oshirish muddati


1-bosqich

(tendersavdolari oʻtkazishga tayyorgarlik)

Buyurtmachi,

Tender tashkilotchisi

Qurilishlarning dastlabki manzilli roʻyxatini belgilangan tartibda tasdiqlash.

Tender hujjatlarini ishlab chiqish.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali asosida

Tender komissiyasi

Tender komissiyasi reglamentini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1 kun


2-bosqich

(tender)

Buyurtmachi, Tender tashkilotchisi

Dastlabki manzilli roʻyxat tasdiqlangandan soʻng buyurtmachi davlat xaridlari boʻyicha maxsus portalda eʼlon berish.

Tenderda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlardan takliflarini qabul qilib olish.

15 kun

Tender komissiyasi

Tender ishtirokchilari takliflarini ochish, tender talablariga muvofiqligini tekshirish.

Tender natijalariga koʻra gʻolibni aniqlash.

5 kun


3-bosqich

(yakuniy bosqich)

Buyurtmachi, gʻolib tashkilot

Tender komissiyasi karoriga asosan buyurtmachi gʻolib tashkilot bilan belgilangan tartibda pudrat shartnomasini tuzish.

5kun

Buyurtmachi

Obyektlar uchun moliyalashtirishni ochish.

5 kun

TENDER
‎HUJJATINING
‎TEXNIK QISMI

‎________________________________________________________________________________________________‎--
‎(obyekt nomi)

2020-yil.

TENDER HUJJATLARINING TIJORAT QISMI

‎I. BUYuRTMAChINING BOShLANGʻICh NARXI

1.1. Buyurtmachining boshlangʻich narxi TAJda koʻrsatilgan.

II. BUYuRTMAChI BELGILAGAN QURILISh MUDDATI

2.1. Loyiha boʻyicha barcha ishlar TAJda koʻrsatilgan muddatdan kechiktirilmasdan yakunlanishi kerak.

III. MOLIYALAShTIRISh MANBAI

3.1. Obyektni moliyalashtirish TAJda koʻrsatilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.

IV. MOLIYALAShTIRISh ShARTLARI

4.1. Moliyalashtirish shartlari (agar TAJda boshqa holat aytilmagan boʻlsa): boʻnak (avans) — Tanlov natijalariga koʻra aniqlangan, qurilishning joriy yilidagi ishlar qiymatining 30 foizi (15+15)% mikdorida; joriy moliyalashtirish ajratilgan boʻnak, proporsional ushlab qolinishini hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida; qolgan 5 foizi — foydalanishning kafolatli muddati tugagach.
‎4.2. Keyingi yilga oʻtadigan obyektlar boʻyicha tender oʻtkazilganda, buyurtmachi tomonidan joriy yilda TAJda koʻrsatilgan miqdorda mablagʻ ajratish koʻzda tutilgan.
‎4.3. Toʻlovlar buyurtmachi tomonidan pudrat shartnomasi talablariga binoan amalga oshiriladi.
‎4.4. Obyekt boʻyicha pudrat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini shartnomaviy-huquqiy bazasi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga javob berishi kerak.

V. ShARTNOMA VALYUTA TURI

5.1. Agar TAJda boshqacha koʻzda tutilmagan boʻlsa, pudrat shartnomasining valyuta turi — oʻzbek soʻmida.

VI. ShARTNOMA LOYIHASI
‎(NAMUNAVIY PUDRAT ShARTNOMASI)

Pudrat shartnomasi

_____-son

20___ yil “____” ____________

Keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladigan _________________________________________________________
‎______________________________________________________________ nomidan Nizom asosida ish koʻruvchi direktor _____________________________________________ bir tomondan va keyingi oʻrinlarda “Pudratchi” deb yuritiladigan _________________________________________________________ nomidan Nizom asosida ish koʻruvchi ______________________________________________________________________________________________ikkinchi tomondan _______________________________________________________________________________ ga doir mazkur pudrat shartnomasini tuzdilar.


‎1. Taʼriflar

‎1. Mazkur shartnomada tariflar qoʻllaniladi:

“ijro hujjatlari”: — naturada bajarilgan ishlar yoki ishlarni bajarish uchun masʼul boʻlgan shaxslar tomonidan ularga kiritolgan oʻzgarishlarning ushbu ishchi chizmalar turkumi, sertifikatlar, texnik pasportlar va oʻrnatilgan asbob-uskunalarning sifatini va ishlarini bajarishda qoʻllanilgan materiallar, konstruksiya va detallarning sifatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, berkitiladigan ishlar tasdiqlanganligi toʻgʻrisida dalolatnomalar, ayrim masʼuliyatli konstruksiyalar oraliq davrda qabul qilinishi toʻgʻrisida dalolatnomalar, montaj qilingan asbob-uskunalarning yakka tartibdagi sinovi toʻgʻrisida dalolatnomalar, ishlarni bajarish daftarlari hamda qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar:
“qurilish maydoni”: Mazkur shartnoma (kontrakt) doirasida barcha ishlarni bajarish davrida dalolatnoma boʻyicha Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga berilgan yer uchastkasi. Obyektning qurilish maydoni chegarasini ajratib qoʻyiladi yoki bosh rejaga muvofiq belgilangan boshqa belgilar bilan belgilab qoʻyiladi.
“vaqtinchalik ishlar”: Pudratchi tomonidan qurilish maydonida oʻrnatiladigan va ishlar bajarish uchun zarur zarur boʻlgan har tipdagi vaqtinchalik binolar va inshootlar.
“berkitilgan ishlar”: — sifati va yakunligini keyingi ishlar bajarilgandan keyin aniqlash mumkin boʻlmagan keyinchalik bajariladigan ishlar va konstruksiyalar bilan berkitiladigan ishlar:
shartnomani narxini boʻlib chiqish: ishlarning har bir bosqichi yoki turlari qiymatining aniq belgilangan holda shartnoma boʻyicha obyektni umumiy qiymatini bosqichlarga taqsimlash.

‎II. Shartnoma mavzusi

2. Pudratchi mazkur shartnoma shartlariga muvofiq _________________________ishlarini bajarish majburiyatini oladi, Buyurtmachi esa Pudratchiga qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni qabul qilish va toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oladi.

‎III. Shartnoma boʻy�cha ishlar q??ymati

3. Mazkur shartnoma boʻyicha pudratchi tomonidan bajarilgan tender natijasida aniqlangan va tender komissiyasining qarori (20__ yil “_____” ____________dagi “_______/1,2,3” son bayonnoma) bilan tasdiqlangan ishlar qiymati barcha soliqlar, yigʻimlar va ajratmalarini oʻz ichiga olgan holda joriy narxlarda (_______________________________________________________________) soʻmni tashkil etadi.
‎qurilish qiymati va koʻpaytirishga yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holati sabab boʻlganda;
‎ishlar hajmi buyurtmachi tomonidan oʻzgartirilganda;
‎obyektning qurilishi bir yildan ortiqqa oʻzgartirilganda.
‎5. Qurilish muddati bir yildan ortiq boʻlganda ikkinchi yilga va keyingi yillarga shartnomaviy narxlarni aniqlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
‎6. Tegishli asoslar mavjud boʻlganda oʻzgarishlar Buyurtmachi bilan Pudratchi oʻrtasidagi shartnomaga qoʻshimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi.

IV. Pudratchining majburiyatlari

7. Mazkur shartnoma boʻyicha Pudratchi mazkur shartnomaning 2-boʻlimida nazarda tutilgan ishlarni bajarish uchun:
‎— barcha ishlarni mazkur shartnomada hamda unga “____” ilovaga muvofiq ishlarni bajarish jadvalida nazarda tutilgan hajmda va muddatlarda inshoot narxidagi ishlarni eng kamida 50%ni oʻzining kuchlari bilan bajarish hamda ishni Buyurtmachiga mazkur shartnoma shartlariga muvofiq topshirish;
‎— “____” ilovaga muvofiq qurilish maydoniga zarur qurilish materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va butlovchi buyumlar, qurilish texnikalarini yetkazib berish, ularni qabul qilish tushirish omborga joylash va saqlash;
‎— qurilish maydoni hududida vaqtinchalik inshootlar qurish;
‎— buyurtmachini Pudrat shartnomalari tuzilishi davomida subpudratchilar bilan shartnomalar tuzilishi, shartnoma mazmuni, subpudratchining nomi va manzili toʻgʻrisida xabardor qilish;
‎— qurilish tavakkalchiligini sugʻurta qilish.
‎Mazkur shartnoma boʻyicha obyektni foydalanishga qabul qilib olish toʻgʻrisidagi dalolatnomaga imzo chekilgandan boshlab bir oy muddatda qurilish maydonini oʻziga tegishli qurilish mashinalari, asbob-uskunalari, transport vositalari, anjomlar, priborlar, inventarlar, qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalar hamda vaqtinchalik binolardan boʻshatish;
‎qurilish maydonini qoʻriqlanishini taʼminlash;
‎qurilish jarayonida jalb qilingan ishchi xodimlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirib, ijtimoiy himoyasi va texnik xavfsizligini taʼminlash.
‎Mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha majburiyatlarni toʻliq hajmda bajarishni oʻz zimmasiga oladi.
‎8. Pudratchi mazkur shartnoma boʻyicha barcha ishlarning oʻz kuchlari bilan va subpudratchilar tomonidan (qurilish ishlarining 50 %dan koʻp boʻlmagan) zarur tarzda bajarilishi hamda obyektning foydalanishga topshirilishi uchun Buyurtmachi oldida toʻliq mulkiy javob beradi.

V. Buyurtmachining majburiyatlari

9. Mazkur shartnomani bajarish uchun buyurtmachi:
‎— mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda mazkur shartnomaga ilovaga muvofik ishlarni bajarish uchun yaroqli boʻlgan qurilish maydonini obyekt qurilishi va qurilish tugallanguncha boʻlgan davrda dalolatnoma boʻyicha Pudratchiga berish;
‎— ishlar bajarilishi ustidan doimiy qurilishda texnik nazorat va mazkur shartnomada qayd etilgan Pudratchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlar va boshqa funksiyalarga rioya etilishini nazorat qilish, Pudratchidan tugallangan ishlarni qabul qilib olishni taʼminlash;
‎— moliyalashtirish jadvaliga binoan pudratchiga 3 ilovaga muvofiq avans berish va joriy moliyalashtirishni amalga oshirish;
‎— mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab, bir oy davomida pudratchiga pudrat ishlarini qabul qilish uchun zarur boʻlgan ijro hujjatlari roʻyxatini taqdim etish;
‎— mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni toʻliq hajmda bajarish majburiyatini oladi.

VI. Ishlarni bajarish muddati

10. Shartnoma milliy valyuta (soʻmda) oʻzaro hisob-kitob qilinganda tomonlar uchun imzolangan paytdan boshlab:
‎keyinchalik EAV ga konvertatsiya qilgan holda milliy valyutada (soʻmda) oʻzaro hisob-kitob qilinganda shartnoma qonun hujjatlarga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin kuchga kiradi:
‎11. Pudratchi mazkur shartnomaga ilova qilinadigan moliyalashtirish jadvaliga muvofiq, birinchi avans toʻlovi tushgan kundan boshlab ishlarni bajarishga kirishadi.
‎12. Tender natijasi boʻyicha aniqlangan qurilishning davom etish vaqti ishlar boshlangan kundan eʼtiboran ______ni tashkil etadi.
‎13. Mazkur shartnoma boʻyicha ishlar, ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.

VII. Toʻlovlar va hisob-kitoblar

14. Buyurtmachi Pudratchiga shartnoma boʻyicha ishlar umumiy qiymatining ___% miqdorida, avans oʻtkazadi, bu_____________________________________________________________________________________________________(________________________________________________________________________________) soʻmni tashkil etadi.
‎15. Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga avans berish va joriy moliyalashtirish uchun moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallari asos hisoblanadi (3-ilova).
‎16. Joriy moliyalashtirish bajarilgan ishlar sifati tekshirilgandan keyin, berilgan avansni hisobga olgan holda, ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallariga muvofiq obyektning umumiy shartnomaviy joriy qiymatning ___% gacha doirasida amalga oshiriladi.
‎17. Obyektning shartnomaviy joriy qiymatning qolgan qismi Buyurtmachi va Pudratchi oʻrtasidagi uzil-kesil hisob-kitob qurilish tugallangandan keyin va obyekt qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingandan keyin yoki mazkur shartnomada belgilangan kafolat muddati (bir yil) tamom boʻlgandan keyin ishlar qiymatining 5% gacha miqdorida, amalga oshiriladi:
‎18. Pudratchi obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar mazkur shartnoma boʻyicha mulk huquqini oʻzida saqlab qoladi. Obyektning Buyurtmachiga topshirilgunga qadar, obyektning tasodifiy yoʻq qilinishi va shikastlanishi xavfi Pudratchining zimmasida boʻladi.
‎19. Buyurtmachi mazkur shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarni shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab 30 kun mobaynida bajarmagan taqdirda, Pudratchi bu haqda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Buyurtmachini yozma ravishda xabardor qilgan holda, shartnomaga oʻzgartirishlar kiritish yoki shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga egadir. Bundan Buyurtmachi pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq toʻlashdan ozod qilinmaydi.

VIII. Ishlarni bajarish

20. Buyurtmachi qurilish maydonida oʻz vakilini — Texnik auditorini tayinlaydi, u Buyurtmachining nomidan bajarilayotgan ishlar sifati ustidan texnik nazoratni amalga oshiradi, shuningdek Pudratchi tomonidan foydalaniladigan materiallar va asbob uskunalar shartnoma shartlariga va ish hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
‎21. Texnik auditor ishlar bajarilishining va shartnomaning butun davr mobaynida ishlarning barcha turlari bilan toʻsiqsiz tanishish huquqiga egadir.
‎22. Pudratchi Texnik auditor ishlash uchun joy bilan taʼminlaydi. Texnik auditor Pudratchi tomonidan oʻtkaziladigan qurilish maydonida ishlarni amalga oshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalarni hal kilish boʻyicha yigʻilishlarda muntazam ravishda qatnashadi.
‎23. Pudratchi ishlarni bajarish loyihasiga va mazkur shartnomaning VI-boʻlimda koʻrsatilgan muddatlar bilan muvofiqlashtirilgan oʻz rejasi va jadvaliga binoan obyektda ishlarni bajarishni mustaqil ravishda tashkil etadi.
‎24. Pudratchi obyektda ishlarni olib borish tartibini qurilishda Davlat nazorat inspeksiyasi bilan kelishadi va unga rioya etilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
‎25. Qurilish maydonida umumiy tartibni taʼminlash Pudratchining vazifasi hisoblanadi.
‎26. Buyurtmachi qurilish maydonini berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan bir vaqtda Pudratchiga ortiqcha tuproq va qurilish axlatini joylashtirish va yetishmayotgan tuproqni qazib olish uchun joy ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlarni beradi.
‎27. Buyurtmachi qurilish maydonini berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 3 kun muddatda qurilish maydonini belgilash boʻyicha ishlarni bajarish va obyektni bogʻlash (p�ivyazka) qilish uchun Pudratchiga geodeziya nuqtalari, ularning koordinatlari va balandlik belgilarini taqdim etadi.
‎28. Pudratchi geodeziya nuqtalariga, liniyalar va darajalarga nisbatan obyektning toʻgʻri va zarur tarzda belgilanishi, shuningdek bala��dlik belgilari oʻlchamlari boʻlishi va ularning muvofiqligi toʻgʻri joylashganligi uchun javob beradi.
‎Agar ishlarni bajarish jarayonida amalga oshirilgan va geodeziya ishlarida xatolar aniqlansa Pudratchi Buyurtmachi bilan kelishgan holda tegishli tuzatishlarni oʻz hisobidan kiritadi.
‎29. Pudratchi geodeziya boʻlish ishlarida oʻrnatiladigan koordinatlar va balandliklar, geodeziya belgilarning joylashi sxemalarini va jadvallarni saqlaydi, ishlarni bajarish davrida va ular tugallangandan keyin ularni dalolatnomani boʻyicha Buyurtmachiga beradi.
‎30. Qurilish maydonida ishlarni bajarish davrida kommunikatsiyalarni vaqtincha ulashni va ulash nuqtalarida yangidan qurilgan kommunikatsiyalarni ulashni Pudratchi amalga oshiradi.
‎31. Pudratchi oʻzi tomonidan qurilishda qoʻllaniladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalari va butlovchi buyumlar, konstruksiyalar va kommunikatsiya tizimlari sifati loyiha hujjatlarida koʻrsatilgan spetsifikatsiyalarga davlat standartlariga, texnik shartlarga muvofiq boʻlishini hamda ularning sifatini tasdiqlovchi tegishli sertifikatlarga, texnik pasportlarga yoki boshqa hujjatlarga ega boʻlishini kafolatlaydi.
‎32. Alohida berkitilgan konstruksiyalar va berkitilgan ishlar tayyor boʻlishiga qarab ularni qabul qilishni boshlashdan 2 kun oldin Pudratchi Buyurtmachini va qurilishda Davlat nazorati inspeksiyasini yozma ravishda xabardor qiladi.
‎33. Qabul qilinadigan konstruksiyalar va ishlarning tayyorligi Buyurtmachi va Pudratchi tomonidan masʼul konstruksiyalarni oraliq qabul qilish dalolatnomalari hamda ularning qurilishda Davlat nazorati inspeksiyasi bilan kelishgan shartlarida berkitiladigan ishlar tekshiruvi dalolatnomalari bilan tasdiqlanadi.
‎34. Pudratchi Buyurtmachining ishlarni bajarish daftariga kiritilgan yozma ruxsatnomasidan keyingina keyingi ishlarni bajarishga kirishadi.
‎35. Agar berkitiladigan ishlar Buyurtmachining tasdigʻisiz bajarilgan boʻlsa yoki u bu haqda xabardor qilinmagan boʻlsa, yoki kechikib xabardor qilingan boʻlsa, u holda uning talabi boʻyicha Pudratchi Buyurtmachining koʻrsatmasiga muvofiq berkitiladigan ishlarning istalgan qismini oʻz hisobidan ochishga, soʻngra esa uni tiklashga majburdir.
‎Pudratchi Buyurtmachining manfaatlarga jiddiy taʼsir qilmaydigan ish hujjatlaridan mayda chetga chiqishlarni Buyurtmachining roziligisiz amalga oshirsa, u agar bularning qurilish sifatiga taʼsir e�maganligini isoblatlasa javobgar hisoblanmaydi.
‎36. Agar Buyurtmachi Pudratchi va (yoki) uning subpudratchilari tomonidan ishlarning sifatsiz bajarilganligini aniqlasa u holda Pudratchi oʻz kuchlari bilan va qurilish qiymatini koʻpaytirmasdan ushbu ishlarni ularning zarur sifatini taʼminlash uchun kelshilgan muddatda qayta bajarishga majburdir, ushbu shartnoma 35 bandining ikkinchi xat boshida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
‎Agar Pudratchi sifatsiz bajarilgan ishlarni kelishilgan muddatda tuzata olmasa, Pudratchi ularni tuzatishning kechikishi oqibatida yetkazilgan zararlarni Buyurtmachiga toʻlaydi.
‎37. Pudratchi qurilish maydonini va unga tutash koʻcha polosasini, shu jumladan yoʻl uchastkalari va yoʻlaklarini supurib-sidiradi va ozoda saqlaydi, qurilish davrida maydonda qurilish axlatini Buyurtmachi tomonidan koʻrsatilgan joyga chiqarib tashlaydi.
‎38. Ishlar boshlangan paytdan boshlab ular tugallanguncha Pudratchi ishlarni bajarish daftarini yuritadi. Daftarda butun ishlarni borishi, Buyurtmachi va Pudratchining oʻzaro munosabatlarida ahamiyatga ega boʻlgan holatlar (ishlarning boshlanishi va tamom boʻlishi sanasi, materiallar, asbob-uskunalar berilishi, xizmatlar koʻrsatilishi sanasi, ishlarning qabul qilib olinishi oʻtkazilgan sinovlar, materiallar oʻz vaqtida yetkazib berilmasiligi bilan bogʻliq toʻxtab qolishlar, qurilish texnikasining ishdan chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek qurilishni tugallashni uzil-kesil muddatiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan barcha maʼlumotlar) aks ettiriladi.
‎Agar Buyurtmachi ishlarning borishi va sifatidan yoki Pudratchining qaydlaridan qoniqmasa, u holda ishlarni bajarish daftarida oʻz fikirini bayon qiladi.
‎Pudratchi daftarda Buyurtmachi tomonidan asosli ravishda koʻrsatilgan kamchiliklarni 3 kun muddatda bartaraf etish chora-tadbirlarini oʻz zimmasiga oladi.

IX. Ishlarini qoʻriqlash

39. Pudratchi ishlar boshlanishidan qurilish tugallaguncha va qurilish tugallangan obyekt Buyurtmachi tomonidan qabul kilib olingunga qadar chetlari toʻsilgan qurilish maydoni hududidagi materiallar, asbob-uskunalar qurilish texnikasi va boshqa mol-mulk zarur darajada qoʻriqlanishini taʼminlaydi.
‎40. Tiklangan bino va inshootlar shuningdek materiallar, asbob-uskunalar va boshqa mol-mulklar obyekt qabul qilib olingandan keyin saqlanishi uchun Buyurtmachi javob beradi.

X. Yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlari

41. Agar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmasligi tabiat hodisalari va boshqa yengib boʻlmaydigan kuch holatlari natijasida kelib chiqsa va agar bu holatlar mazkur shartnomaning bajarilishiga bevosita taʼsir etsa, tomonlar bunday qisman yoki toʻliq bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.
‎Mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʻlmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtda mutanosib ravishda uzaytiriladi.
‎42. Agar yengib boʻlmaydigan kuch holatlari yoki ularning oqibatlari bir oyda koʻp vaqtda choʻzilsa, u holda Pudratchi va Buyurtmachi ishlarni davom ettirish yoki ularni konservatsiya qilish uchun qanday choralar koʻrilishini muhokama qiladilar.
‎43. Agar tomonlar ikki oy ichida kelisha olmasalar, u holda tomonlarning har biri shartnoma bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.

XI. Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish

44. Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish shartnomani imzolash sanasida amalda boʻlgan belgilangan tartibga muvofiq mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha majburiyatlar tomonlar tarafidan bajarilgandan keyin, shuningdek qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilib olishning belgilangan qoidalariga binoan amalga oshiriladi.
‎45. Obyektni foydalanishga tayyorligi toʻgʻrisida Pudratchi yozma bildirishnomasini Buyurtmachi tomonidan olingan kundan boshlab ______ kun mobaynida qabul qilib olinadi.
‎46. Pudratchi qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish boshlanishidan besh kun oldin mazkur shartnomaning V boʻlimiga muvofiq Buyurtmachiga Buyurtmachi tomonidan belgilagan tarkibdagi ikki nusxa ijro hujjatlarini beradi. Pudratchi Buyurtmachiga ushbu hujjatlar toʻplamini amalda bajarilgan ishlarga toʻliq mos kelishini yozma ravishda tasdiqlashi kerak.
‎47. Qabul qilib olingan paytdan boshlab obyekt Buyurtmachining mulkiga aylanadi.

XII. Kafolatlar

48. Pudratchi:
‎— barcha ishlar toʻliq hajmda va mazkur shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda bajarishni;
‎— loyiha hujjatlari hamda qurilish meʼyorlari, qoidalari va texnik shartlarga muvofiq bajarilgan barcha ishlar sifatini;
‎— oʻzi tomonidan qurilish uchun qoʻllaniladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, konstruksiya va kommunikatsiya tizimlari sifatini, ularning loyiha hujjatlarida koʻrsatilgan sertifikatlarga, davlat standartlariga hamda texnik shartlariga muvofiqligini;
‎— ishlarni qabul qilish va obyektdan foydalanishning kafolatli davrida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni oʻz vaqtida bartaraf qilinishni;
‎obyektdan foydalanganda muhandislik tizimlari va uskunalarining foydalanish qoidalariga muvofiqligini kafolatlaydi.
‎49. Obyekt va unga kiradigan muhandislik tizimlari, asbob-uskunalar, materiallardan foydalanish va ishlarning kafolat muddati tomonlar qurilishi tugallangan obyektning qabul qilib olish toʻgʻrisidagi dalolatnomani imzolagan kundan boshlab kamida ___ oy etib belgilanadi. Obyekt tomining kafolat muddati kamida ____ oy etib belgilanadi.
‎50. Agar obyektdan foydalanishning kafolatli davrida aniqlanib, uni bartarf etilgunga qadar foydalanishni davom ettirishi imkonini bermaydigan nuqsonlar aniqlansa, u �olda kaf?�at muddati nuqsonlarni bartaraf etish davriga uzaytiriladi. Nuqsonlar Pudratchi tomonidan uning oʻz hisobidan bartaraf etiladi.
‎Mavjud nuqsonlar va ularni bartaraf etish muddatlari Pudratchi va Buyurtmachining ikki tomonlama dalolatnomalarida qayd etiladi.
‎Agar Pudratchi bajarilgan ishlaridagi nuqsonlar va chala ishlarni, jumladan uskunalarning kamchiliklarini dalolatnomada koʻrsatilgan muddat ichida bartaraf etmasa, u holda Buyurtmachi mazkur shartnomaning VII boʻlimida nazarda tutilgan kafolat summasini Pudratchidan ushlab qolish huquqiga ega.
‎51. Pudratchi nuqsonlar va chala ishlar koʻrsatilgan dalolatnomani tuzishdan yoki imzolashdan bosh torgan taqdirda, ularni tekshirib chiqish qurilishda Davlat nazorati inspeksiyasi tomo�idan amalga oshiriladi, bu tomonlarning ushbu masala boʻyicha xoʻjalik sudiga murojaat qilishini istisno etmaydi.

XIII. Shartnomani bekor qilish

52. Buyurtmachi:
‎— shartnoma kuchga kirgandan keyin qurilishning boshlanishi Buyurtmachiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra Pudratchi tomonidan bir oydan koʻp vaqtga kechiktirilganda;
‎— ishlarni tugallashning mazkur shartnomada belgilangan muddati Pudratchining aybi bilan bir oydan ortiq muddatga kechiktirilgan holda;
‎— pudratchi tomonidan ishlarni bajarish jadvaliga rioya etilmaganda;
‎— pudratchi tomonidan shartnoma shartlari qurilish meʼyorlari va qoidalari nazarda tutilgan ishlarning sifati pasayishiga olib keladigan darajada buzilganda;
‎— qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar boʻyicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
‎53. Pudratchi:
‎— ishlarning bajarilishi Pudratchiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra Buyurtmachi tomonidan bir oydan ortiq muddatga toʻxtatib qoʻyilganda;
‎— buyurtmachi tomonidan moliyalashtirish shartlari bajarilmaganda;
‎— qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar boʻyicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
‎54. Shartnoma bekor qilinganda Buyurtmachi va Pudratchining qoʻshma qaroriga koʻra tugallanmagan qurilish obyekti bir oy muddatda Buyurtmachiga topshiriladi, Buyurtmachi bajarilgan ishlar qiymatini Pudratchiga toʻlaydi.
‎55. Mazkur shartnomani bekor qilishga qaror qilgan tomon mazkur boʻlim qoidasiga muvofiq ikkinchi tomonga yozma bildirishnoma yuboradi.
‎56. Shartnoma bekor qilingan taqdirda aybdor tomon ikkinchi tomonga yetkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani toʻlaydi.
‎57. Shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida yoki mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

XIV. Tomonlarning mulkiy javobgarligi

58. Tomonlardan biri shartnoma majburiyatini bajarmasa yoki zarur darajada bajarilmagan taqdirda aybdor tomon:
‎— ikkinchi tomonga yetkazilgan zararni toʻlaydi;
‎— Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, boshqa qonun hujjatlarida hamda mazkur shartnomada nazarda tutilgan tartibda boshqacha javobgarlikka tortiladi.
‎59. Mazkur shartnomaga tegishli ilovalarda koʻrsatilgan oʻz majburiyatlariga rioya qilmaganligi, oʻz vaqtida moliyashtirmaganligi va shartnomada belgilangan boshqa majburiyatlarni buzganligi uchun Buyurtmachi Pudratchiga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyatining bajarilmagan qismining ___ % miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilmagan xizmatlar qiymatining ___ foizidan oshmasligi lozim.
‎Penya toʻlashni Buyurtmachini shartnoma shartlari buzilishi tufayli yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
‎60. Shartnomaga muvofiq bajarilgan ishlar hajmini tasdiqlashdan asossiz ravishda bosh tortilganligi uchun Buyurtmachi Pudratchiga oʻzi tasdiqlashi rad etgan yoki bosh tortgan summaning___ foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
‎61. Pudratchi obyektni oʻz vaqtida ishga tushirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzganligi uchun Buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining ____ foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi obyekt shartnomaviy joriy qiymatining ____ foizidan oshmasligi lozim.
‎Buyurtmachi tomonidan topilgan nuqsonlar va kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmagani uchun Pudratchi buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun sifatsiz bajarilgan ishlar qiymatining ____ foiz miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning umumiy summasi sifatsiz bajarilgan ishlar qiymatining ____ foizidan oshmasligi kerak.
‎Penya toʻlash Pudratchini ishlarini bajarishning yoki xizmatlar koʻrsatishning kechikishi tufayli yetkazilgan zararlarni qoplashdan ozod etmaydi.
‎62. Agar bajarilgan ishlar sifati belgilangan standartlarga, qurilish meʼyorlari va qoidalariga, ishchi hujjatlariga muvofiq boʻlmasa u holda Buyurtmachi qurilishda Davlat nazorati inspeksiyasining xulosasi asosida obyektni qabul qilish va uning uchun haq toʻlashdan bosh tortish, shuningdek Pudratchidan sifati zarur darajada boʻlmagan ishlar qiymatining ___ foizi miqdorida undirish huquqiga ega.
‎63. Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun mazkur moddada nazarda tutilgan jazolardan tashqari shartnomani buzgan tomon tarafidan qilingan xarajatlarda, mol-mulkning yoʻqotilishi yoki shikastlanishida, shu jumladan boy berilgan foydada ifodalanadigan penya bilan qoplanmagan zararlarni qoplaydi.
‎64. Muddat oʻtkazib yuborilganligi yoki majburiyatlarning boshqacha tarzda zarur darajada bajarilmaganligi uchun penya toʻlash tomonlarni ushbu majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.

XV. Nizolarni hal etish tartibi

65. Shartnomani bajarishda va bekor qilishda shuningdek yetkazilgan zararlarni qoplashda paydo buladigan nizoli masalalarni tomonlar hal etolmasa ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi.

XVI. Alohida shartlar

66. Mazkur shartnoma imzolangandan keyin, mazkur shartnomaga tegishli boʻlgan tomonlar oʻrtasidagi barcha oldingi yozma va ogʻzaki bitimlar, yozishmalar, tomonlarning oʻzaro kelishuvlari oʻz kuchini yoʻqotadi.
‎67. Pudratchi qurilish obyektiga yoki uning alohida qismlariga tegishli ish hujjatlarini Buyurtmachining yozma ruxsatisiz, subpudratchilardan tashqari, biron-bir uchinchi tomonga sotish yoki berish huquqiga ega boʻlmaydi.
‎68. Mazkur shartnomaga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar, agar ular yozma shaklda rasmiylashtirilgan va tomonlar ularni imzolangan boʻlsa haqiqiy hisoblanadi.
‎69. Buyurtmachi bilan Pudratchi oʻrtasidagi mazkur shartnomadan kelib chiqmaydigan yangi majburiyatlar paydo boʻlishiga olib keladigan har qanday kelishuvni tomonlar mazkur shartnomaga qoʻshimchalar yoki oʻzgarishlar shaklida yozma ravishda tasdiqlashi kerak.
‎70. Agar Pudratchi shartnoma boʻyicha ishlar yakunlanganidan keyin qurilish maydonida oʻziga tegishli mol-mulkni qoldirsa, u holda Buyurtmachi Pudratchi qurilish maydonini ozod qilish sanasigacha bajargan ishlari uchun haq toʻlashni kechiktirishga haqlidir.
‎71. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha hollar uchun amaldagi qonun hujjatlari normalari qoʻllaniladi.
‎72. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ______ nusxada tuziladi.

XVII. Tomonlarning bank rekvizitlari va yuridik manzilari

Buyurtmachi:
‎____________________________________
‎____________________________________
‎Bank _______________________________.
‎H/R_________________________________.
‎MFO___________ INN_______________.

‎Rahbar: _____________________________

Pudratchi: ‎____________________________________ ‎____________________________________ ‎Bank _______________________________. ‎H/R_________________________________. ‎MFO___________ INN_______________.‎ ‎Rahbar: _____________________________

M.Oʻ. (imzo) M.Oʻ. (imzo)

Pudrat shartnomasiga ilova qilinadigan
‎hujjatlar roʻyxati:

1. Qurilish-montaj ishlarini bajarish jadvali.
‎2. Ishlarni (bosqichlarga boʻlgan holda) moliyalashtirish jadvali.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksini “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasiga muvofiq xoʻjalik shartnomalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish

‎Buyurtmachi rahbari:

‎Pudratchi rahbari:

‎Yuridik xizmat koʻrsatuvchi:

‎tomonidan tuzilayotgan 20_____ yil “______________” _________-son shartnoma, umumiy summasi ________________
‎‎(_________________________________________) soʻm qilib belgilangan shartnoma loyihasi yuzasidan,


‎YuRIDIK XULOSASI

Men, ushbu shartnoma loyihasini amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksini “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida huquqiy ekspertiza qilib, ushbu qurilish Pudrat shartnomasini haqiqatdan ham davlat roʻyxatidan oʻtganligini va mazkur shartnomani imzolash huquqiga ega ekanligini va bankdagi rekvizitlar toʻgʻriligini, toʻlov qobiliyatiga ega ekanligini va shartnoma loyihasining qonunchilik hujjatlariga mos kelishliligini aniqladim.
‎Shu munosabat bilan ushbu shartnomani imzolasa boʻladi deb hisoblayman.

Huquqshunos (Buyurtmachi):

___________________________________

M.Oʻ.
“_____” __________________ 20__ yil
Pudratchi huquqshunosi:

___________________________________

M.Oʻ.
“_____” __________________ 20__ yil

4-ilovaning 1-jadvali

Obyektda bajariladigan qurilish-montaj ishlari

JADVALI

T/r

Ishlar turi

va nomi

Ishlar hajmi

Qiymati

20____ yil uchun qurilish qiymati

Ishlar

turi qiyma-tining jami

I-chorak

II-chorak

III-chorak

IV-chorak

Yanvar

Fevral

Mart

Aprel

May

Iyun

Iyul

Avgust

Sentyabr

Oktyabr

Noyabr

Dekabr

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

















Ishlarning nomi va turi har bir aniq holda inshootning xususiyatlariga qarab aniqlashtiriladi.

1. Mazkur jadval shartnoma (kontrakt)ning ilovasi hisoblanadi va uning ajralmas qismi deb qaraladi.

2. Kelgusi yillardagi qurilish ishlari uchun ham shunday grafik tuziladi.


BUYuRTMAChI:

PUDRATChI:

Rahbar:

______________

Rahbar:

______________

M.Oʻ.

M.Oʻ.


4-ilovaning 2-jadvali

______________________________________________________________________________________

Ishlarni (bosqichlarga boʻlgan holda) boʻnak va joriy moliyalashtirishni hisobga olgan holdagi moliyalashtirish jadvali

Moliyalashtirish sharti

Qurilish yillari _______________ yil.

Oylar

Yanvar

Fevral

Mart

Aprel

May

Iyun

Iyul

Avgust

Sentyabr

Oktyabr

Noyabr

Dekabr

30 % bnak(avans) tlovi

95 % bajarilgan ishlar dalolatnomalariga asosan

5 % tlov kafolat muddati tugaganidan sng


Buyurtmachi:

Rahbar:

_____________

Pudratchi:

Rahbar:

_____________

M.Oʻ.

M.Oʻ.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/91/0181-son)