1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasi faoliyatini samarali tashkil etish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat oʻq-gilzotekasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat oʻq-gilzotekasini moddiy-texnik taʼminlash chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining zarur jihozlar bilan taʼminlash boʻyicha buyurtmanomasi olingan kundan eʼtiboran olti oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat oʻq-gilzotekasini moddiy-texnik taʼminlash dasturida nazarda tutilgan moddiy-texnika vositalari yetkazib berilishini taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasi faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur xonalar ajratsin, ularni rekonstruksiya qilish, jihozlash va boshqa zarur shart-sharoitlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
4. Ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga binoan har yili ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga bosqichma-bosqich, Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar kreditlari va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Ushbu qarorning fuqaroviy va xizmat oʻqotar qurolini nazorat tartibida otish qismi 2020-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-yanvar,
13-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 13-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat oʻq-gilzotekasini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Davlat oʻq-gilzotekasini (keyigi oʻrinlarda Davlat oʻq-gilzotekasi deb ataladi) yuritish tartibini belgilaydi.
2. Davlat oʻq-gilzotekasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda Ichki ishlar vazirligi deb ataladi) tomonidan yuritiladi.
Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi (keyingi oʻrinlarda Ekspert-kriminalistika bosh markazi deb ataladi) Davlat oʻq-gilzotekasini yuritishni amalga oshiradi.
3. Quyidagilar Davlat oʻq-gilzotekasini yuritishning maqsadi hisoblanadi:
bir necha jinoyatlarni sodir etishda bitta yoki shu nusxadagi soyli stvolli oʻqotar qurol ishlatilganligi holatlarini aniqlash;
jinoyatni sodir etishda fuqaroviy va xizmat, aniqlangan, olingan yoki ixtiyoriy topshirilgan soyli stvolli oʻqotar quroldan foydalanilganligi holatini aniqlash.
4. Ushbu Nizom qoidalari jangovar oʻqotar qurollarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ballistik ekspertiza — ilmiy-asoslangan faktik maʼlumotlarni aniqlash maqsadida oʻqotar qurol, uning oʻq-dorilari va ularni ishlatish izlarini tadqiq qilish uchun oʻtkaziladigan ekspertiza turi;
identifikatsiya tadqiqoti — sud-ekspertiza muassasasining davlat sud eksperti amalga oshiradigan va ekspertizani oʻtkazish jarayonida maxsus bilimlarni qoʻllash asosida obyektning aynanliligini aniqlash;
kombinatsiyalangan ov quroli — stvoli soyli va silliq boʻlgan oʻqotar ov quroli;
kriminalistik oʻq-gilzoteka — hodisa joyini koʻzdan kechirishda olingan, soyli stvolli oʻqotar qurol izlari boʻlgan oʻq, gilza va patronlar maʼlumotlar bazasi;
qaydlov oʻq-gilzoteka — fuqaroviy va xizmat soyli stvolli oʻqotar quroldan nazorat tartibida otilgan oʻq va gilzalar maʼlumotlar bazasi;
nazorat oʻqlari va gilzalari — ushbu Nizom talablariga muvofiq soyli stvolli oʻqotar quroldan nazorat tartibida otilgan oʻq va gilzalar;
silliq stvolli oʻqotar qurol — soyli qismining uzunligi bir yuz qirq millimetrdan oshmaydigan oʻqotar qurol;
soyli stvoli almashtiriladigan yoki joylashtiriladigan silliq stvolli ov quroli — soyli stvolli oʻqotar quroldan otish uchun moʻljallangan patrondan otish imkonini beruvchi, almashtiriladigan yoki olib qoʻyiladigan (soyli stvol) moslamasi mavjud boʻlgan silliq stvolli oʻqotar qurol;
soyli stvolli oʻqotar qurol — oʻqqa aylanma harakat berish uchun stvol kanalining butun uzunligida burama kertiklari mavjud boʻlgan oʻqotar qurol;
oʻq va gilza klonlari (nusxalari) — oʻq va gilzalarning identifikatsiya qilish imkonini beruvchi mikroizlari aks etgan nusxalari;
fuqaroviy qurol — jismoniy shaxslarning ov va sport bilan shugʻullanishda, shuningdek, oʻzini oʻzi himoya qilish maqsadida foydalanishi uchun moʻljallangan soyli stvolli oʻqotar qurol;
xizmat quroli — fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini, mol-mulkni himoya qilishga, tabiatni va tabiiy resurslarni, qimmatbaho va xavfli yuklarni, maxsus xat-xabarlarni muhofaza qilishga doir qonunlar bilan yuklangan maxsus vazifalarni bajarish chogʻida yuridik shaxslarning xodimlari tomonidan, shuningdek, davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash maqsadida foydalanish uchun moʻljallangan oʻq otar soyli stvolli qurol;
ekspertlar — lavozim reglamenti (lavozim yoʻriqnomasi)ga muvofiq Davlat oʻq-gilzotekasini shakllantirish boʻyicha vazifalarni bajaradigan, fuqaroviy va xizmat qurolini nazorat tartibida otishni, Davlat oʻq-gilzotekasi boʻyicha tekshirishni amalga oshiradigan va avtomatlashtirilgan ballistik identifikatsiya tizimi yordamida hisobni yuritadigan ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalarining davlat sud ekspertlari.
6. Davlat oʻq-gilzotekasi maʼlumotlar bazasi kalibri 11,56 mm dan ortiq boʻlmagan soyli stvolli oʻqotar qurolning izlari boʻlgan oʻq, gilza va patronlardan shakllantiriladi.
7. Quyidagilar Davlat oʻq-gilzotekasida tekshirishdan oʻtkazilishi shart:
aniqlangan, olingan yoki ixtiyoriy topshirilgan soyli stvolli oʻqotar qurol;
soyli stvollari almashtiriladigan yoki joylashtiriladigan silliq stvolli ov quroli;
kombinatsiyalangan ov quroli;
hodisa joyini koʻzdan kechirishda olingan, soyli stvolli oʻqotar qurol izlari boʻlgan oʻq, gilza va patronlar;
fuqaroviy va xizmat, shuningdek, “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi yettinchi qismida nazarda tutilgan soyli stvolli jangovar oʻqotar qurolning alohida turlaridan nazorat tartibida otilgan oʻq va gilzalar.
8. Davlat oʻq-gilzotekasi boʻyicha quyidagilarning tekshirilishi majburiy hisoblanmaydi:
otish uchun moslashtirilmagan barcha turdagi soyli stvolli oʻquv oʻqotar quroli;
qoniqarli sifatdagi eksperimental otilgan oʻq va gilzalarni olish uchun singan (buzilgan) detallarni almashtirishni yoki mavjud boʻlmagan detallarni butlash imkoni boʻlmagan, shuningdek, qurolning iz hosil qiluvchi qism va detallari toʻliq zanglagan nosoz soyli stvolli oʻqotar qurol.
Soyli stvolli oʻqotar qurolni Davlat oʻq-gilzotekasi boʻyicha tekshirish uchun yaroqsizligi haqidagi xulosa Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan beriladi.
9. Davlat oʻq-gilzotekasi hisobi xorijiy davlatlar oʻq-gilzotekasi boʻyicha tekshirishlarni amalga oshirishni hisobga olgan holda umumdavlat darajasida yuritiladi.
Ekspert-kriminalistika bosh markazi xorijiy mamlakatlar vakolatli organlarining tegishli soʻrovlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq Davlat oʻq-gilzotekasi boʻyicha tekshirishlarni oʻtkazishi mumkin.
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarning soʻrovi asosida Ekspert-kriminalistika bosh markazi oʻq va gilzalarni xorijiy mamlakatlar oʻq-gilzotekasi boʻyicha tekshirishni tashkil etadi.
10. Davlat oʻq-gilzotekasi hisobini yuritish qoʻshimcha ravishda avtomatlashtirilgan ballistik identifikatsiya tizimi yordamida amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan ballistik identifikatsiya tizimidan foydalanish ushbu Nizomda belgilangan tartibda va avtomatlashtirilgan ballistik identifikatsiya tizimining foydalanish hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat oʻq-gilzotekasini yuritish tartibi
11. Davlat oʻq-gilzotekasi maʼlumotlar bazasi kriminalistik va qaydlov oʻq-gilzotekasi shakllarida yuritiladi.
12. Hodisa joyini koʻzdan kechirishda olingan soyli stvolli oʻqotar qurol izlari tushgan oʻq, gilza va patronlar kriminalistik oʻq-gilzotekaga hisobga qoʻyish uchun yuborilishi shart.
Kriminalistik oʻq-gilzotekasiga hisobga qoʻyilganda va u boʻyicha tekshirilganda yigʻim undirilmaydi.
13. Qaydlov oʻq-gilzotekasiga fuqaroviy va xizmat qurollari, soyli stvoli almashtiriladigan yoki joylashtiriladigan silliq stvolli ov quroli, kombinatsiyalangan ov quroli, shuningdek, “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi yettinchi qismida nazarda tutilgan kalibri 11,56 mmdan ortiq boʻlmagan soyli stvolli jangovar qurolning alohida turlari, nazorat tartibida otilgan oʻq va gilzalar hisobga qoʻyiladi.
Qaydlov oʻq-gilzotekasiga hisobga qoʻyish uchun otish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
14. Fuqaroviy va xizmat qurolining har biri nazorat tartibida otilganida bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.
Yigʻim summasi Ekspert-kriminalistika bosh markazining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
15. Toʻplangan mablagʻ Ekspert-kriminalistika bosh markazi va uning boʻlinmalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga, shu jumladan, kriminalistik laboratoriyalarning sarflash materiallari, uskunalari, jihozlarini sotib olishga, shuningdek, ushbu laboratoriyalarga biriktirilgan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga sarflanadi.
3-bob. Kriminalistik oʻq-gilzotekani yuritish tartibi
16. Soyli stvolli oʻqotar quroldan kelgusida kriminalistik oʻq-gilzotekasi boʻyicha tekshirish uchun otish tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarning ballistika ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaroriga asosan hududiy ekspert-kriminalistika boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Quroldan otish va uni kriminalistik oʻq-gilzotekasi boʻyicha tekshirish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrov asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
Hududiy ekspert-kriminalistika boʻlinmalarida otishning imkoni boʻlmaganida (tegishli oʻq-dorilarning yoʻqligi, qurol nusxasining nosozligi va biron-bir qism va detallarning yoʻqligi uchun nuqsonlarini tiklashning imkoni boʻlmaganida) qurol, ballistika ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, ushbu qurol yuzasidan avval oʻtkazilgan tadqiqot boʻyicha ekspert xulosasi (dalolatnoma) nusxasi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organ tomonidan Ekspert-kriminalistika bosh markaziga yuboriladi.
Ekspert-kriminalistika bosh markazining qurol kolleksiyasidagi detallardan, singan (buzilgan) detallar almashtirilganda yoki mavjud emaslari butlanganda, nosoz qurol otilib, tekshirish natijalari ekspert xulosasida aks ettiriladi.
Ekspert-kriminalistika bosh markazining qurol kolleksiyasida zarur detal yoʻqligida otish amalga oshirilmaydi va uch ish kuni mobaynida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organga qurol, ekspert xulosasi, otishning imkoni yoʻqligi sabablari haqida maʼlum qiladi.
Qurol va patronlarni ekspert-kriminalistika boʻlinmalariga yuborish va qaytarish tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(16-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17. Quroldan otilgan oʻq va gilzalar otilgan kundan boshlab uch ish kunida Davlat oʻq-gilzatekasiga qurolni otishni amalga oshirgan ekspert tomonidan yuboriladi.
18. Nazorat oʻq va gilzalar Davlat oʻq-gilzotekasiga tushgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni mobaynida tekshiriladi.
Taqdim etilgan nazorat oʻqlari va gilzalari koʻp miqdorda (oʻttiz donadan ortiq) boʻlgan taqdirda, tekshirishni amalga oshirish muddati Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshligʻi tomonidan oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
19. Tekshirish natijalari boʻyicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
20. Nazorat tartibida otilgan qurol otish va tadqiqot oʻtkazilgandan keyin xulosa va (yoki) maʼlumotnoma bilan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organiga tadqiqotga taqdim etilgan holatda qaytariladi.
21. Kriminalistik oʻq-gilzotekasi maʼlumotlari hodisa tafsiloti, ish raqami, qurol, patron, oʻq va gilzalarning olingan joyi va vaqti, xususiyati va miqdoriga koʻra tizimlashtiriladi.
Hisob qogʻoz va elektron shaklda yuritiladi. Qogʻozdagi va elektron manbalardagi yozuvlar oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda, qogʻoz manbalardagi yozuvlar ustuvor ahamiyatga ega boʻladi.
22. Davlat oʻq-gilzatekasi boʻyicha tekshirish jarayonlarida oʻq va gilzalarning klonlari (nusxalari) qoʻshimcha ravishda foydalanilishi mumkin.
23. Soyli stvolli oʻqotar quroldan, shuningdek, soyli stvollari almashtiriladigan yoki joylashtiriladigan ov silliq stvolli quroldan va kombinatsiyalangan ov qurolidan otishni amalga oshirish uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organ tomonidan tegishli oʻq-dorilar taqdim qilinmaganida, Ekspert-kriminalistika markazida mavjud boʻlgan oʻq-dorilardan foydalaniladi.
Ekspert-kriminalistika bosh markaziga taqdim etilgan quroldan otish uchun zarur boʻlgan oʻq-dorilar mavjud boʻlmaganda otish amalga oshirilmaydi. Taqdim etilgan qurol uch ish kuni mobaynida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organga otishning imkoni yoʻqligi sabablari maʼlum qilingan holda qaytariladi.
4-bob. Qaydlov gilzotekasini yuritish tartibi
24. Fuqaroviy va xizmat qurolidan nazorat tartibida otishni amalga oshiradigan ekspert-kriminalistika boʻlinmalari ushbu Nizomga 4-ilovadagi roʻyxatga muvofiq taqsimlanadi.
Fuqaroviy va xizmat qurolidan nazorat tartibida otishga qurolning egasi yoki yuridik shaxs vakilining murojaati ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi.
Fuqaroviy va xizmat qurolidan nazorat tartibida otish qurolning qonuniy egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganidan soʻng amalga oshiriladi.
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Toʻlov murojaat qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Toʻlov amalga oshirilmagan holatda ekspert-kriminalistika boʻlinmalari qurolning egasi yoki yuridik shaxs vakiliga nazorat tartibida otish bajarilmaganligi haqida xabar qilib, taqdim qilingan hujjatlar, qurol va patronlarni qaytaradi.
25. Jismoniy va yuridik shaxslarning soyli stvolli oʻqotar qurolini nazorat tartibida otishni oʻtkazish ushbu Nizomga 6-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
26. Fuqaroviy va xizmat qurolidan nazorat tartibida otish ushbu Nizomga 7-ilovada keltirilgan shakldagi dalolatnoma bilan uch nusxada rasmiylashtiradi.
Dalolatnomaning birinchi nusxasi hududiy ichki ishlar organiga — qurol egasining nazorat-kuzatuv yigʻma jildiga kiritish uchun, ikkinchi nusxasi — qurol va sarflanmagan patronlar bilan yuridik shaxsga yoki egasiga hamda uchinchi nusxasi esa nazorat oʻqlari va gilzalari bilan Davlat oʻq-gilzotekasiga yuboriladi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Dalolatnoma fuqaroviy va xizmat qurolidan nazorat tartibida otishni amalga oshirgan ekspert tomonidan tuziladi.
Fuqaroviy qurollar boʻyicha dalolatnomani berish bilan birga qurol egasining ov biletiga ekspert-kriminalistika boʻlinmalarining shtampi bosilib va ekspertning imzosi qoʻyilib, nazorat tartibida otilganligi tasdiqlanadi.
27. Qaydlov oʻq-gilzotekasidagi axborotlar qurolning turi, rusumi, kalibri, seriyasi, raqami, ishlab chiqarilgan yili, egasi, nazorat otish oʻtkazilgan sanasi va nazorat oʻq hamda gilza hisobga qoʻyilganligi, ularni hisobdan chiqarishning asosi va sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari tizimlashtirilgan holda hisobga qoʻyiladi.
Hisob qogʻoz va elektron shaklda yuritiladi. Qogʻozdagi va elektron manbalardagi yozuvlar oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda, qogʻoz manbalardagi yozuvlar ustuvor ahamiyatga ega boʻladi.
28. Fuqaroviy va xizmat qurolini nazorat tartibida otishni oʻtkazish uchun qurol egasi yoki yuridik shaxs vakili ekspert-kriminalistika boʻlinmasiga qurolning soyli stvoli kanalini otilgan oʻqlardagi izlarni oʻzgarishiga sabab boʻluvchi ifloslanishlardan va zavoddagi konservatsiyalash moyidan mexanik taʼsirga yoʻl qoʻymaydigan usulda tozalangan holda soz oʻqotar qurolini, shuningdek, har bir qurol nusxasiga besh dona, qoʻshimcha almashtiriladigan soyli stvol va oʻqdon mavjud boʻlganida ham besh dona patron, revolverlardan otishda esa barabanning har bir kamoriga ikkitadan patron taqdim etadi.
Ushbu talablar bajarilmaganda otish amalga oshirilmaydi, qurol va patronlarni qurol egasiga yoki yuridik shaxs vakiliga otishning imkoni yoʻqligi sabablari maʼlum qilingan xat bilan qaytaradi.
29. Nazorat tartibida otiladigan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning patronlari qurol egasi yoki yuridik shaxs vakili tomonidan nazorat otish oʻtkaziladigan ekspert-kriminalistika boʻlinmasiga mustaqil ravishda yetkaziladi.
30. Fuqaroviy va xizmat qurollari, soyli stvoli almashtiriladigan yoki joylashtiriladigan silliq stvolli ov quroli, kombinatsiyalangan ov quroli, shuningdek, “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi yettinchi qismida nazarda tutilgan kalibri 11,56 mmdan ortiq boʻlmagan soyli stvolli jangovar qurolning alohida turlaridan otish, qurolni otish uchun toʻlov amalga oshirilgandan boshlab 7 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
31. Jismoniy va yuridik shaxs otishni oʻtkazishni rad etishga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta taqdim etish huquqiga ega boʻladi.
5-bob. Quroldan otish tartibi
32. Quroldan otish qurol bilan muomala qilishning xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda identifikatsiyaviy tadqiqotlar uchun yaroqli boʻlgan oʻq va gilzalardagi izlarni olish imkonini beruvchi oʻqushlagichlar bilan maxsus jihozlangan ballistik laboratoriyalarda amalga oshiriladi.
33. Otish vaqtida begona shaxslarning, shu jumladan, qurol egasi yoki yuridik shaxs vakilining ishtiroki taqiqlanadi.
34. Davlat oʻq-gilzotekasiga hisobga qoʻyish va undan tekshirish uchun taqdim qilingan qurollarni otish tartibi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnoma asosida amalga oshiriladi.
6-bob. Hodisa joyidan olingan soyli stvolli oʻqotar qurolning izlari boʻlgan oʻq, gilza va patronlarni Davlat oʻq-gilzotekasiga taqdim etish tartibi
35. Hodisa joyidan olingan soyli stvolli oʻqotar qurolning izlari boʻlgan oʻq, gilza va patronlar uch ish kuni mobaynida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ballistika ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorga asosan Davlat oʻq-gilzotekasiga hisobga qoʻyish va u boʻyicha tekshirish uchun Ekspert-kriminalistika bosh markaziga yuboriladi.
Davlat oʻq-gilzotekasi hisobiga qoʻyish va u boʻyicha tekshirish ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrov asosida amalga oshiriladi.
Hodisa joyidan olingan soyli stvolli oʻqotar qurolning izlari boʻlgan oʻq, gilza va patronlar mustahkam polietilen paketlarga joylanadi, bunda har bir oʻq, gilza va patron quruq yumshoq qogʻozga yoki bintga oʻraladi.
Paket qogʻoz konvertga solinib, hodisa joyini koʻzdan kechirish ishtirokchilari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
36. Oʻq, gilza va patronlar Davlat oʻq-gilzotekasiga tushgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni mobaynida tekshiriladi.
Davlat oʻq-gilzotekasiga yuborilgan oʻq, gilza va patronlar koʻp miqdorda (oʻttiz donadan ortiq) boʻlganda tekshirishni amalga oshirish muddati Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshligʻi tomonidan oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
37. Davlat oʻq-gilzotekasi boʻyicha tekshirish natijalari yuzasidan Ekspert-kriminalistika bosh markazi eksperti tomonidan Davlat oʻq-gilzotekasi maʼlumotlar bazasi boʻyicha mos kelishlar bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosa va (yoki) ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maʼlumotnoma beriladi.
38. Davlat oʻq-gilzotekasidan soyli stvolli oʻqotar qurolning izlari boʻlgan oʻq, gilza va patronlar tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organning qarori yoki sudning ajrimi asosida zarur protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun vaqtincha olinishi mumkin, bunda soyli stvolli oʻqotar qurolning izlari boʻlgan oʻq, gilza va patronlar boʻlgan paket ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq shakldagi nazorat kartochkasi bilan almashtiriladi.
Vaqtincha olingan oʻq, gilza va patronlar zarur protsessual harakatlar yakunlanganidan soʻng oʻn ish kuni mobaynida Davlat oʻq-gilzotekasiga qaytarilishi shart.
39. Hodisa joyidan olingan soyli stvolli oʻqotar qurolning izlari boʻlgan oʻq, gilza va patronlarning Davlat oʻq-gilzotekasiga yuborilishi va tekshiruv natijalari boʻyicha hujjatlar tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organ tomonidan ish hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi.
40. Ichki ishlar vazirligi Interpol milliy markaziy byurosi yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi hodisa joylaridan olingan soyli stvolli oʻqotar qurolning izlari boʻlgan oʻq, gilza va patronlarning elektron yoki klon (nusxa) shakli Davlat oʻq-gilzotekasi boʻyicha tekshirish uchun qabul qilinishi mumkin.
7-bob. Soyli stvolli oʻqotar qurolning izlari boʻlgan oʻq, gilza va patronlarni saqlash tartibi
41. Hodisa joyidan olingan soyli stvolli oʻqotar qurolning izlari boʻlgan oʻq, gilza va patronlar oʻttiz yil davomida saqlanadi.
42. Fuqaroviy va xizmat qurolidan nazorat tartibida otilgan oʻq va gilzalar ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq uch yil davomida yoki qayta nazorat otish amalga oshirilgunga qadar saqlanadi.
Qurol egasi yoki yuridik shaxs vakili ushbu Nizomning 14-bandida belgilangan muddatda qayta otishni amalga oshirish uchun murojaat qilmaganida, Ekspert-kriminalistika bosh markazi hududiy ichki ishlar organiga 20 ish kunidan kech boʻlmagan muddatda qurol egasi, u hisobga olingan joy, qurol turi, rusumi, kalibri, seriyasi, raqami va ishlab chiqarilgan yili, shuningdek, quroldan qachon nazorat otishni amalga oshirish lozimligi toʻgʻrisidagi maʼlumot koʻrsatilgan bildirish xati yuboradi.
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
43. Soyli stvolli oʻqotar qurolning izlari boʻlgan oʻq, gilza va patronlar Davlat oʻq-gilzotekasida saqlanadi.
44. Qayta nazorat otish oʻtkazilishi munosabati bilan nazorat oʻq va gilzalar almashtirilganida qaydlov oʻq-gilzotekasini roʻyxatga olish jurnaliga tegishli belgi qoʻyiladi.
45. Hodisa joylaridan olingan soyli stvolli oʻqotar qurolning izlari boʻlgan oʻq, gilza va patronlarni saqlash muddati oʻtganida, shuningdek, qayta nazorat otish munosabati bilan nazorat oʻq va gilzalar almashtirilganida, ular Ekspert-kriminalistika bosh markazining uch nafardan kam boʻlmagan tarkibdagi komissiyasi tomonidan ushbu Nizomga 11-ilovaga muvofiq shakldagi otilgan oʻq va gilzani hisobdan chiqarish dalolatnomasini rasmiylashtirish bilan hisobdan chiqariladi.
Komissiya tarkibi Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshligʻining farmoyishi bilan tasdiqlanadi.
46. Hisobdan chiqarilgan oʻq va gilzalar Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
47. Fuqaroviy va xizmat qurolini, shuningdek, “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi yettinchi qismida koʻzda tutilgan soyli stvolli jangovar qurolning alohida turlarini oʻz vaqtida nazorat tartibida otishga rioya qilish ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
48. Otilgan oʻq va gilzalarni Davlat oʻq-gilzotekasiga yetkazish belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat feldegerlik xizmati orqali yoki qoʻlda vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Qurol va patronlarni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat feldegerlik xizmati va pochta orqali joʻnatish taqiqlanadi.
49. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar soyli stvolli oʻqotar qurolni qoʻllash bilan bogʻliq jinoyatlar fosh etilishi holatlari toʻgʻrisida besh ish kuni mobaynida Ekspert-kriminalistika bosh markazini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
50. Fuqaroviy va xizmat quroli hisobdan chiqarilganda (yoʻq qilish, sotish, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga oʻtkazish va h.k.) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi nazorat-litsenziyalash faoliyati boʻlimi qurolni hisobdan chiqarish sabablarini, fuqaro yoki yuridik shaxs haqidagi maʼlumotlarni, har bir qurol nusxasi turi, rusumi, kalibri, seriyasi, raqami va ishlab chiqarilgan yilini koʻrsatgan holda bu haqda Ekspert-kriminalistika bosh markazini besh ish kuni mobaynida yozma ravishda xabardor qiladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
51. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Qaydlov oʻq-gilzotekasiga hisobga qoʻyish uchun otish
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan qurol
Ichki ishlar organlarida qurolni roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin
2.
Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qurol
Uch yilda bir marotaba, qurolni realizatsiya qilish holatida esa — ichki ishlar organlarida qurolni qayta roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin
3.
Mukofot quroli
Ichki ishlar organlarida qurolni roʻyxatdan va qayta roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin
4.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli
Ichki ishlar organlarida qurolni roʻyxatdan va qayta roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin
5.
Fuqaroviy va xizmat quroli hamda ularning oʻq-dorilari realizatsiyasini amalga oshiradigan yuridik shaxslar tomonidan olib kirilgan qurol
Realizatsiya qilishdan oldin
6.
Yuridik shaxslar egaligida boʻlgan qurol
Uch yilda bir marotaba, qurolni realizatsiya qilish holatida esa — ichki ishlar organlarida qurolni qayta roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin
7.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ov bilan shugʻullanish uchun vaqtinchalik kirganida ularga tegishli boʻlgan qurollar
Tashishga ruxsatnomani rasmiylashtirish va roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin
8.
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan qurollar taʼmirlanganda yoki oʻzgartirish kiritilganda (agar urib-qoʻyib yuboruvchi mexanizm, patrondon va stvol kanaliga taʼsir qilsa)
Realizatsiya qilish yoki egasiga berishdan oldin
9.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilish uchun moʻljallangan, yuridik shaxslarning qurol ishlab chiqaruvchi korxonalarida tayyorlangan qurollar
Realizatsiya qilishdan oldin
Izoh. Qaydlov oʻq-gilzotekasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandida koʻrsatilgan oʻqotar qurollarning oʻq va gilzalari nazorat tartibida otilib hisobga qoʻyiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
ShAKL
___________________________
(IIO EKB nomlanishi)
boshligʻi __________________________
(unvoni)
__________________________ga
(F.I.O.)
Quroldan otish va uni kriminalistik oʻq-gilzotekadan tekshirish uchun
SOʻROVNOMA
Jinoyat ishini tergov qilish davomida ________(tergovga qadar tekshiruv, tintuv va h.k.) _____________
(ish raqami)
__________________________________________________________________________ holati boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
ShAKL
__________________________________
(boʻlinmaning nomlanishi)
boshligʻi ___________________________________
_________________________________ga
(boʻlinma rahbarining F.I.O. koʻrsatiladi)
Kriminalistik oʻq-gilzoteka maʼlumotlar bazasidan tekshirish natijalari haqida
MAʼLUMOTNOMA
Siz yuborgan qurol (yoki nazorat tartibida otilgan oʻqotar qurolning ____ dona oʻq va gilzalari)_____________________________________________________________________________________
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi nazorat-litsenziyalash faoliyati boʻlimida, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar organlarida hisobda turuvchi fuqaroviy qurolni otish, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazida amalga oshirilishi mumkin.
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
ShAKL
__________________________________
(IIO EKB nomlanishi)
boshligʻiga _________________________________
________________________________dan
(qurol egasining yoki yuridik shaxs rahbarining F.I.O. (mavjud boʻlganda) koʻrsatiladi)
__________________________________
(manzili)
__________________________________
(qurol egasining yoki yuridik shaxs vakilining telefon raqami)
Fuqaroviy va xizmat qurolini nazorat tartibida otishni amalga oshirish uchun
ARIZA
Sizdan ______ ta oʻqotar quroldan nazorat tartibida otishni amalga oshirishni soʻrayman.
1. Fuqaroviy va xizmat soyli stvolli oʻqotar quroldan nazorat tartibida otish dalolatnomasini olish uchun qurol va uning patronlarini, zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Bevosita (jismoniy shaxslar uchun) yoki ishonchli vakil (yuridik shaxslar uchun) orqali hujjatlarni, qurol va uning patronlarini ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika boʻlinmalariga taqdim etadi.
1. Hujjatlarni koʻrib chiqib hamda qurol va uning oʻq-dorilarini koʻzdan kechirib, quroldan otishni amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qiladi yoki otishning imkoni boʻlmaganligi sabablari maʼlum qilingan xat bilan materiallarni ijrosiz qaytaradi.
2. Hujjatlar, qurol va uning oʻq-dorilarini roʻyxat boʻyichaqabul qilib, hujjatlarni qabul qilish sanasi, qurol va uning oʻq-dorilari turi, raqami va miqdori toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan nusxasini ariza beruvchiga yuboradi (topshiradi).
3. Ariza beruvchiga yigʻimni toʻlash uchun kvitansiya beradi.
Hujjatlar, qurol
va uning patronlari qabul qilingan kunda
3-bosqich
Ariza beruvchi
Quroldan otish boʻyicha toʻlovni amalga oshiradi
Murojaat etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida
4-bosqich
Ekspert-kriminalistika boʻlinmalari
Toʻlov amalga oshirilmagan holatda ekspert-kriminalistika boʻlinmalari qurolning egasi yoki yuridik shaxs vakiliga nazorat tartibida otish bajarilmaganligi haqida xabar qilib, taqdim qilingan hujjatlar, qurol va patronlarni qaytaradi.
Murojaat etilgan kundan boshlab uch ish kunida
5-bosqich
Ariza beruvchi
Otish amalga oshirilishi rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, ariza beruvchi hujjatlarni qayta topshirishi mumkin.
Otishni oʻtkazishni rad etishga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilganda
6-bosqich
Ekspert-kriminalistika boʻlinmalari
1. Ekspert nazorat oʻq va gilzalarni olib quroldan otishni amalga oshiradi.
2. Quroldan otishni amalga oshirgan ekspert quroldan otish dalolatnomasini rasmiylashtiradi.
3. Dalolatnomaning birinchi nusxasi hududiy ichki ishlar organiga egasining nazorat-kuzatuv yigʻmajildiga kiritish uchun yuboriladi.
Ikkinchi nusxasi qurol va sarflanmagan patronlar bilan yuridik shaxsga yoki egasiga beriladi.
Uchinchi nusxasi nazorat oʻqlari va gilzalar bilan Davlat oʻq-gilzotekasiga yuboriladi.
4. Dalolatnomani berish bilan bir vaqtda ov biletiga ekspert-kriminalistika boʻlinmalarining shtampi bosilib va ekspertning imzosi qoʻyilib, fuqaroviy quroldan nazorat tartibida otilganligi tasdiqlanadi.
Quroldan otish boʻyicha toʻlovni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
ShAKL
“TASDIQLAYMAN”
___________________________
(lavozimi, unvoni),
___________________________
(vakolatli mansabdor shaxsning F.I.O.)
___________________________
M.Oʻ.
Fuqaroviy va xizmat soyli stvolli oʻqotar quroldan nazorat tartibida otishning
_______-son DALOLATNOMASI
20_____yil ___________
Ushbu dalolatnoma shu haqdaki, komissiya tomonidan hisobda, sanoqda (egalikda mavjud) boʻlgan _______ta oʻqotar quroldan nazorat tartibida otilganligi haqida tuzildi.
__________________________________________(familiyasi, ismi, otasining ismi)
Boshliq:
________________(imzo)
__________________________________________(familiyasi, ismi, otasining ismi)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
ShAKL
___________________________
(IIO EKB nomlanishi)
boshligʻi __________________________
(unvoni)
_________________________ ga
(F.I.O.)
Hodisa joyidan olingan soyli stvolli oʻqotar qurolning izlari boʻlgan oʻq, gilza va patronlarni Davlat oʻq-gilzotekasiga hisobga qoʻyish va undan tekshirish uchun SOʻROVNOMA
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish (surishtiruv, dastlabki tergov) _________________________,
(ish raqami)
_____________________________ holati boʻyicha _____________________________________
Sizdan hodisa joyidan (murdadan, fuqaro F.I.O.ning tanasidan va h.k.) olingan soyli stvolli oʻqotar qurolning izi boʻlgan _________________ oʻq, (gilza, patron) Oʻzbekiston Respublikasining
(obyekt soni)
Davlat oʻq-gilzotekasi boʻyicha hisobga qoʻyilishini va tekshirilishini soʻrayman.
Boshliq ___________________________________________________
(boʻlinma, lavozimi, unvoni (mavjud boʻlganda), imzo, F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
ShAKL
___________________________
(boʻlinmaning nomlanishi)
boshligʻi __________________________
__________________________ga
(boʻlinma rahbarining F.I.O. koʻrsatiladi)
Hodisa joyidan olingan soyli stvolli oʻqotar qurolning izlari boʻlgan oʻq, gilza va patronlarni Davlat oʻq-gilzotekasiga hisobga qoʻyilganligi va undan tekshirilganligi haqida
hodisa joyidan olinib yuborilgan soyli stvolli oʻqotar qurolning izi boʻlgan oʻq (gilza, patron) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasi boʻyicha tekshirildi.
Davlat oʻq-gilzotekas� maʼlumotlar bazasi boʻyicha ____________________________________________
Qabul qildim_________________________________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
ShAKL
“TASDIQLAYMAN”
___________________________
(lavozimi, unvoni),
___________________________
(vakolatli mansabdor shaxsning F.I.O.)
___________________________
M.Oʻ.
Otilgan oʻq va gilzani Davlat oʻq-gilzotekasidan hisobdan chiqarishning _______-son DALOLATNOMASI 20 ___yil _____________
Ushbu dalolatnoma soyli stvolli oʻqotar quroldan nazorat tartibida otish natijasida olingan oʻqlar va gilzalar hisobdan chiqarilganligi va yoʻq qilish uchun ______________________________________ga berilganligi haqida tuzildi.
I. Ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalarining normativ-huquqiy va metodik bazasini takomillashtirish
1.
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish davomida aniqlangan, olingan va ixtiyoriy topshirilgan oʻqotar qurollar va oʻq-dorilarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasiga hisobga qoʻyish uchun yuborish va qaytarish tart�bini belgilab beruvchi idoralararo yoʻriqnomani ishlab chiqish.
Idoraviy hujjat
2020-yil fevral
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov),
Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov),
Oliy sud
(K. Kamilov),
Milliy gvardiya
(B. Tashmatov)
2.
Ichki ishlar organlarining mavjud shtat birligidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasini shakllantirish boʻyicha umumiy soni 32 ta xodimdan iborat qoʻshimcha ekspert lavozimini joriy etishni nazarda tutuvchi ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalari shtat taqsimotiga oʻzgartirish kiritish.
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi
Bir oy muddatda
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
II. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasi faoliyati sifati va ishonchliligini oshirish hamda innovatsion ishlanmalarni joriy etish
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasi laboratoriyasini ISO/IEC 17025 “Tadqiqot va kalibrovka laboratoriyalarining vakolatliliga qoʻyiladigan umumiy talablar” xalqaro standarti boʻyicha akkreditatsiya qilish masalasini koʻrib chiqish.
Chora-tadbirlar rejasi
Reja boʻyicha
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasini shakllantirish boʻyicha kiritilayotgan ekspertlar lavozimlarini qoʻyilgan topshiriqlarni samarali bajarishga layoqatli, psixologik barqaror, yuqori maʼnaviy-irodali va maʼnaviy sifatlarga, zarur bilimlar va koʻnikmalarga ega boʻlgan, kasbiy tayyorlangan xodimlar bilan jamlash boʻyicha choralarini koʻrish.
Chora-tadbirlar rejasi
Reja boʻyicha
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
5.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasini shakllantirish boʻyicha ekspert lavozimiga tayinlangan hududiy ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalari xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti bazasida oʻqitish.
Chora-tadbirlar
rejasi
Reja boʻyicha
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
6.
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar hamda sud xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasiga obyektlarni yigʻish, saqlash va taqdim qilish usullari toʻgʻrisida hududiy seminarlar oʻtkazish.
Chora-tadbirlar
rejasi
Reja boʻyicha
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
III. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish
7.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasini qoʻshimcha apparat-dasturiy komplekslar, texnik jihozlar bilan taʼminlashga, shuningdek, Davlat oʻq-gilzotekasining faoliyatini samarali tashkil etish uchun xonalarni rekonstruksiya qilishga texnik topshiriqni va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash.
Chora-tadbirlar
rejasi
Bir oy muddatda
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
8.
Xonalar ajratish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan tayyorlangan texnik topshiriq va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq rekonstruksiya qilish va maxsus mebel, tashkiliy texnika vazamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil fevral
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
9.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻq-gilzotekasi tizimi bazasi maʼlumotlariga ruxsat etilmagan murojaat va ulanishlardan, shuningdek, axborotlar chiqib ketishidan himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Tasdiqlangan reja-grafikka asosan
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
10.
Jismoniy va yuridik shaxslarning ichki ishlar organlariga quroldan otish uchun murojaat qilish tartibini tushuntirish boʻyicha televideniye va boshqa OAVlarida chiqishlar va maxsus videoroliklarni tayyorlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil mart
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
IV. Oʻq-gilzotekasi va qurol nazorati faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
11.
Ichki ishlar vazirligi ekspertlari xorijiy mamlakatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarining oʻq-gilzotekalari bilan koʻrgazmali tanishishini tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Tasdiqlangan reja-grafikka asosan
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
12.
Yetakchi sud-ekspertiza, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik bitimlari tuzish, qoʻshma dasturlarni amalga oshirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Tasdiqlangan reja-grafikka asosan
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
13.
IIV ekspertlari xorijiy davlatlarning sud-ekspertiza muassasalarida stajirovka oʻtashini, shuningdek, qurol nazoratining dolzarb masalalari boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, forum, seminar, kurs, treninglarda muntazam ishtirok etishini tashkil qilish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Tasdiqlangan reja-grafikka asosan
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
Izoh.
1. Huquqiy munosabatlarning predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqib tadbirlarni amalga oshirish shakllari oʻzgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.
2. Ikki va undan koʻp bandlar birlashtirilganda, ijro muddati sifatida birlashayotgan bandlar uchun koʻrsatilgan eng kechki muddat belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 13-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat oʻq-gilzotekasini moddiy-texnik taʼminlash chora-tadbirlari
Integratsiya qilingan ballistik identifikatsiya tizimi yoki uning analogi
dona
3
AQSh dollari
120 000
360 000
Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi (M. Ibodullayev),
Ichki ishlar vazirligi
(P. Bobojonov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov)
Jami
360 000
INVENTAR
2.
Oʻqotar qurolning nazorat oʻq va gilzalarini saqlash uchun 3000 ta katakli metall javon
dona
5
soʻm
18 200 000
91 000 000
Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi (M. Ibodullayev),
Ichki ishlar vazirligi
(P. Bobojonov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov)
3.
Uzun stvolli oʻqotar qurolni saqlash uchun 20 dona qurolga taglik va joyli (lojement) devorining qalinligi 3 mm kam boʻlmagan metall javon
dona
10
soʻm
10 320 000
103 200 000
4.
Qisqa stvolli oʻqotar qurolni saqlash uchun 80 dona qurolga taglik va joyli (lojement) devorining qalinligi 3 mm kam boʻlmagan metall javon
dona
5
soʻm
11 560 000
57 800 000
5.
Oʻqotar qurolning oʻq-dorilarni saqlash uchun devorining qalinligi 3 mm kam boʻlmagan metall javon
dona
3
soʻm
3 580 000
10 740 000
Jami
262 740 000
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 09/20/13/0035-son, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)