Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.05.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 295-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining ilmiy-ekspert kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-avgustdagi OʻRQ-560-son Qonuniga muvofiq, shuningdek, moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-dekabr,
1021-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1021-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 30-martdagi 265-son qarorida:
a) 4-ilovaning 11-bandi “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya beradi”;
b) 5-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengashi
TARKIBI

1.

Akilova Kamola Boltaboyevna

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining oʻrinbosari — Madaniy meros departamenti boshligʻi, kengash raisi*

2.

Nazilov Doda Avazovich

Toshkent arxitektura-qurilish institutining Arxitektura tarixi va nazariyasi kafedrasi professori, arxitektura fanlari doktori, kengash raisi oʻrinbosari

3.

Yusupova Mavlyuda Amindjanovna

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik institutining Arxitektura boʻlimi mudiri, arxitektura fanlari doktori, professor, Sharq davlatlari xalqaro arxitektura akademiyasining muxbir aʼzosi

4.

Sulaymanov Rustam Xamidovich

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Arxeologiya kafedrasi professori, tarix fanlari doktori, arxeolog

5.

Salimov Orif Musilimovich

Toshkent arxitektura-qurilish institutining Arxitektura tarixi va nazariyasi kafedrasi professori, arxitektura fanlari doktori

6.

Matchonov Baxodir Gaibbayevich

Toshkent arxitektura-qurilish institutining Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi kafedrasi mudiri

7.

Ziyayev Abdumannop Abdurahimovich

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik institutining Arxitektura boʻlimi yetakchi ilmiy xodimi, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent, Sharq davlatlari xalqaro arxitektura akademiyasining muxbir aʼzosi

8.

Zairov Shuhrat Shokirovich

“Arx-dizan san`nati” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh meʼmori, arxitektura yodgorliklari boʻyicha meʼmor

9.

Dosmetova Zuxra Shavkatovna

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Badiiy kulol va meʼmoriy yodgorliklar bezagini taʼmirlash kafedrasi dotsenti, arxitektura fanlari nomzodi, rassom-restavrator

10.

Oʻlmasov Akmaljon Fozilovich

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik institutining katta ilmiy xodimi, arxitektura fanlari boʻyicha falsafa fanlari doktori (PhD)

11.

Turdiyev Abdurazzoq Abduraximovich

Toshkent arxitektura-qurilish institutining Arxitektura tarixi va nazariyasi kafedrasi katta oʻqituvchisi

* Kengash raisi lavozimiga koʻra kengash tarkibiga kiradi. U boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, uning oʻrniga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
Izoh. Istisno tariqasida, zarurat paydo boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga tegishli buyruq bilan kengash tarkibiga ular sonining 4 nafariga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1021/4179-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son,26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)