1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.03 Tabiat bogʻlari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xorazm milliy tabiat bogʻini tashkil qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, Amudaryo deltasida tabiiy toʻqay resurslarini muhofaza qilish, ularni qayta tiklash hamda Xorazm viloyatidagi choʻl ekotizimlarini saqlash va viloyatda ekoturizmni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorazm viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi) Xorazm viloyatining Urganch, Xonqa, Xiva, Yangibozor va Hazorasp tumanlari hududlarida davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida umumiy maydoni 21687,5 gektar boʻlgan Xorazm milliy tabiat bogʻini (keyingi oʻrinlarda tabiat bogʻi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
Xorazm milliy tabiat bogʻiga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalarining maydoni 1-ilovaga muvofiq;
Xorazm milliy tabiat bogʻining qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari 2-ilovaga muvofiq;
Xorazm milliy tabiat bogʻi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
tabiat bogʻi Davlat ekologiya qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi;
tabiat bogʻi faoliyatini moliyalashtirish Xorazm viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari, Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yilga moʻljallangan investitsiya va infratuzilma loyihalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yildagi 3-fevraldagi PQ-3507-son qaroriga asosan tabiat bogʻi hududidagi qurilishi tugallangan 4-ilovaga muvofiq bino va inshootlar tabiat bogʻiga operativ boshqaruv huquqi asosida berilsin.
5. Davlat ekologiya qoʻmitasi ikki oy muddatda:
tabiat bogʻining nizomi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
tabiat bogʻi shtatlar jadvali tasdiqlanishini va u malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
6. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisiga tabiat bogʻining ijro etuvchi apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida tabiat bogʻi shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, rekreatsion va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlaridan olingan mablagʻlar hisobiga qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Xorazm viloyati hokimligi ikki oy muddatda:
tabiat bogʻi bilan birgalikda ushbu qarorga 4-ilovada nazarda tutilgan bino va inshootlar topshirilishi va qabul qilib olinishini;
tabiat bogʻiga ajratilgan yer uchastkalarida joylashgan infratuzilma obyektlarining keyinchalik tegishliligi va ulardan foydalanish masalalari hal etilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda tabiat bogʻi uchun ajratilgan yer uchastkalari hujjatlari rasmiylashtirilishini;
Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda tabiat bogʻining qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadida hamda boshqa tarzda foydalanish zonalari chegaralari belgilanishini taʼminlasin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-dekabr,
1000-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-dekabrdagi 1000-son qaroriga 1-ILOVA
Xorazm milliy tabiat bogʻiga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalarining
maydoni
Tumanlar nomi
Oldingi yerdan foydalanganlar
Beriladigan yer uchastkalari maydoni (ga)
Berilayotgan yerlarning toifalari
Urganch
Xoʻjalik jamiyatlari yerlari
12,5
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar
Fermer xoʻjaliklari yerlari
41,6
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va r�kreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar
Zaxira yerlar
143,4
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar
Tuman boʻyicha jami:
197,5
Hazorasp
Zaxira yerlar
19538,8
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar
Tuman boʻyicha jami:
19538,8
Xiva
Zaxira yerlar
1163,0
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar
Tuman boʻyicha jami:
1163,0
Xonqa
Zaxira yerlar
45,0
Suv fondi yerlari
Tuman boʻyicha jami:
45,0
Yangibozor
Fermer xoʻjaliklari yerlari
522,4
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar
Zaxira yerlar
103,3
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar
Xorazm ovchilar va baliqchilar sport jamiyati yerlari
117,5
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar
Tuman boʻyicha jami
743,2
Jami:
21687,5
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-dekabrdagi 1000-son qaroriga 2-ILOVA
Xorazm milliy tabiat bogʻining qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari
ROʻYXATI
T/r
Tumanlar nomi
Qoʻriqxona zonasi
(ga)
Rekreatsiya zonasi
(ga)
Xoʻjalik maqsadida foydalanish zonasi (ga)
1.
Urganch
-
145,0
52,5
2.
Hazorasp
5538,8
7500,0
6500,0
3.
Xiva
-
863,0
300,0
4.
Xonqa
-
30,0
15,0
5.
Yangibozor
-
643,2
100,0
Jami
5538,8
9181,2
6967,5
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-dekabrdagi 1000-son qaroriga 3-ILOVA
Xorazm milliy tabiat bogʻi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan soni — 37,5 nafar,
shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 30,5 nafar,
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar — 7 nafar.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-dekabrdagi 1000-son qaroriga 4-ILOVA
Xorazm milliy tabiat bogʻiga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladigan bino va inshootlar
ROʻYXATI
T/r
Obyektning nomi
Joylashgan eri
Soni
Maydoni
1.
Xorazm milliy tabiat bogʻining maʼmuriy binosi (2 qavatli bino)
Urganch tumani Tajriba stansiyasi mahallasi Zilol koʻchasi
1 ta
297 m2
2.
Nazorat posti
Urganch tumani Cholish shaharchasi (Amudaryo sohilida joylashgan)
3 ta
har biri 76 m2
3.
Nazorat posti
Yangibozor tumani Chubolonchi qishlogʻi
2 ta
76 m2 va 110 m2
4.
Nazorat posti
Yangibozor tumani Boshqirshix qishlogʻi
2 ta
har biri 76 m2
5.
Nazorat posti
Xiva tumani Chinobod qishlogʻi
1 ta
110 m2
6.
Nazorat posti
Hazorasp tumani Sarimoy qishlogʻi
1 ta
110 m2
7.
Noyob hayvonlarni koʻpaytirishga moʻljallangan pitomnik kompleksi (maʼmuriy bino, 2 ta shiypon, 3,5 ga volyer)
Yangibozor tumani Boshqirshix qishlogʻi (Amudaryo sohilida joylashgan)
1 ta
umumiy maydoni 35 ga
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 09/19/1000/4158-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)