Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.02.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli ““Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish boʻyicha huquqiy eksperiment (keyingi oʻrinlarda huquqiy eksperiment deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi;
huquqiy eksperiment 2021-yil 1-martga qadar amalga oshiriladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
2. Quyidagilar:
Sirdaryo viloyatida doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik maʼmuriy reglament 1-ilovaga muvofiq;
Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, huquqiy eksperimentni amalga oshirish davrida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari va boshqa shaharsozlik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
4. Sirdaryo viloyatida aholi oʻrtasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borishda ishtirok etadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari vakillarining 3-ilovaga muvofiq roʻyxati shakllantirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) bir hafta muddatda Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning “YERNUSUSIYLASNTIRISN” avtomatlashtirilgan axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT deb ataladi) ishlab chiqish ishlarini yakunlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
har oyda hisobot oyidan keyingi oyning beshinchi kuniga qadar elektron onlayn-auksionga qoʻyiladigan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarining kartografik shakldagi umumlashtirilgan roʻyxatini “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali (keyingi oʻrinlarda “YERELEKTRON” ATT deb ataladi) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etish choralarini koʻrsin;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Markaz bilan birgalikda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olishni taʼminlaydigan axborot tizimining davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlanadigan davlat bojlari va yigʻimlar miqdorlarini hisobga olishning yagona billing tizimi xamda “YERHUSUSIYLASNTIRISN” AAT bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
2020-yil 1-yanvarga qadar “YERELEKTRON” AAT Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimi maʼlumotlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Sirdaryo viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT orqali amalga oshiriladi;
Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi huzuridagi Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida yer uchastkasiga boʻlgan xususiy mulk huquqini roʻyxatga olish va xususiylashtirilgan yer uchastkalarining maydoni va chegaralarini belgilash ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
8. Belgilansinki, davlat xizmatlari markazlari tomonidan Sirdaryo viloyatidagi borish qiyin boʻlgan tumanlarda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar davlat xizmatlarini mobil shaklda joylarga chiqqan xolda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Sirdaryo viloyati tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarida davlat xizmatlarini sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish uchun ularni yetarli miqdorda avtotransport vositalari, asbob-uskunalar, inventar, hujjatlar va boshqa mol-mulk bilan taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrsin.
9. Sirdaryo viloyati hokimligi AT “Xalq banki” bilan birgalikda huquqiy eksperimentni oʻtkazish davrida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan yigʻimlarni mazkur binolarda qabul qilish imkoniyatini yaratish choralarini koʻrsin.
10. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari O.B. Rustamovga — huquqiy eksperimentni davom ettirish jarayonida masʼul tashkilotlarning faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek huquqiy eksperimentning tizimli monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori X.S. Toʻraxoʻjayevga — elektron onlayn-auksionga qoʻyilishi moʻljallangan boʻsh turgan yer uchastkalari boʻyicha hujjatlar sifatli tayyorlanishi va yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi oʻz vaqtida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi;
Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Gʻ. Mirzayevga — huquqiy eksperimentni amalga oshirish doirasida hududiy tashkilotlar faoliyati samarali tashkil etilishi va safarbar qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi oʻtkazilgan huquqiy eksperiment natijalari toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan axborotni qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqidagi takliflar bilan birgalikda 2020-yil 5-fevralga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Gʻ. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-dekabr,
963-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-dekabrdagi 963-son qaroriga
1-ILOVA
Sirdaryo viloyatida doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olish tartibi toʻgʻrisida
vaqtinchalik maʼmuriy reglament
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament Sirdaryo viloyatida jismoniy va yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini (keyingi oʻrinlarda yer uchastkasi deb ataladi) xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali koʻrsatiladi.
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymati — xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining ushbu Reglament talablariga muvofiq belgilanadigan qiymati;
ariza beruvchi — oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yoki ushbu shaxs tomonidan xususiylashtirilayotgan binolar va inshootlar, ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari joylashgan yer uchastkalariga, shuningdek ularga tutash boʻlgan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur oʻlchamlardagi yer uchastkalariga nisbatan ariza bergan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs yoki oʻziga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalariga nisbatan ariza bergan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan jismoniy shaxs;
yer uchastkasi — qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan yer uchastkasi;
“YERNUSUSIYLASNTIRISN” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT deb ataladi) — ushbu tizimga ulangan vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish, koʻrib chiqish va kelishish ishlarini amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
yer uchastkasini xususiylashtirish — ommaviy mulk boʻlgan yer uchastkasini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar mulkiga oʻtkazish. Bunda yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlishi lozim;
4. Jismoniy va yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar va tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT orqali amalga oshiriladi.
6. Ushbu Reglament qoidalari koʻp kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari va koʻp kvartirali uylar egallagan yer uchastkalariga nisbatan, tatbiq etilmaydi.
2-bob. Yer uchastkasini xususiylashtirishda davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
7. Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ariza beruvchilar yer uchastkasi joylashgan tegishli hududidagi Davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelgan xolda murojaat qiladilar yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadilar.
8. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilganda esa ariza beruvchining oʻzi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakllarda ariza toʻldiradi.
Agar xususiylashtiriladigan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyekti ulushli yoki birgalikdagi mulk boʻlsa, ariza barcha ishtirokchilarning (mulkdorlarning) fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan kelishuviga binoan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan belgilangan tartibda ushbu Reglament talablari asosida beriladi.
9. Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT tomonidan avtomatik tarzda Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestrida:
ariza beruvchi tomonidan xususiylashtirilayotgan yer uchastkasiga nisbatan doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi;
xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;
xususiylashtirilayotgan yer uchastkasiga nisbatan tugallanmagan sud jarayonlarining mavjudligi tekshiriladi.
10. Agar rad etish uchun ushbu Reglamentning 9-bandida qayd etilgan asoslar boʻlmaganda ariza avtomatik ravishda kelgusida koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi.
11. Ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigim undiriladi. YIDXP orqali davlat xizmatlari koʻrsatishga murojaat qilinganda yigʻim toʻlov amalga oshiriladigan kunda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi miqdorida undiriladi.
Arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigim va xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati toʻlanganligi tasdigʻi “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun toʻlanadigan davlat bojlari va yigʻimlarini hisobga olishning Yagona billing tizimidan (keyingi oʻrinlarda Yagona billing tizimi deb ataladi) olingan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar xususiylashtirilayotgan yer uchastkasi joylashgan hududdagi tumanlar (shaharlar)ning tegishli mahalliy budjet hisobvaragʻlariga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan pul mablagʻlari xususiylashtirilayotgan yer uchastkasi joylashgan hududdagi tumanlar (shaharlar)ning tegishli mahalliy budjeti hisobvaragʻlariga oʻtkaziladi.
13. Ushbu Reglamentning 9-bandida koʻrsatilgan asoslar mavjudligi, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim toʻlanmaganligi davlat xizmatlarini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning arizasi koʻrib chiqilmaydi. Bunda davlat xizmatlari koʻrsatish uchun ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
15. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari ariza toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni tuman (shahar) qurilish boʻlimiga yuboradi;
YIDXP orqali murojaat qilinganda ariza avtomatik ravishda tuman (shahar) qurilish boʻlimiga yuboriladi.
16. Tuman (shahar) qurilish boʻlimi ikki ish kuni mobaynida arizani bevosita toʻsqinlik qiladigan aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari va boshqa shaharsozlik hujjatlari mavjudligi yuzasidan koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tegishli maʼlumotlarni “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AATga taqdim etadi.
Tuman (shahar) qurilish boʻlimi maʼlumotlari vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
17. Tuman (shahar) qurilish boʻlimi maʼlumotlari asosida “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT yer uchastkasini xususiylashtirish yoki xususiylashtirishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani tayyorlaydi, keyinchalik uni Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Ijobiy xulosada ushbu Reglamentning 18-bandiga muvofiq yer uchastkasi sotib olish qiymati koʻrsatiladi.
Salbiy xulosa tuman (shahar) qurilish boʻlimining maʼlumotlari asosida qabul qilinadi va yer uchastkasini xususiylashtirishning imkoni mavjud emasligi toʻgʻrisidagi asosli sabablar qonun hujjatlarining aniq normalariga havola qilingan holda koʻrsatiladi.
18. Ijobiy xulosa qabul qilinganida Yagona billing tizimi “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT maʼlumotlari asosida:
yer uchastkasini sotib olish qiymati;
ushbu tizimni texnik qoʻllab-quvvatlashga va xususiylashtirilgan yer uchastkasi uchun sotib olish summasini oʻtkazish boʻyicha ishlar qiymati;
yer uchastkasiga mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali (keyingi oʻrinlarda filial deb ataladi) ishlari qiymati uchun haq toʻlashga hisobvaragʻlarini shakllantiradi hamda toʻlangan mablagʻlar hisobini yuritadi.
19. Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati vaqt davriyligiga qarab oʻzgaradi va yer uchastkasining maydoni va tashki omillarning taʼsirini inobatga olib, murojaat turiga qarab aniq bir sanada milliy valyutada quyidagi formula orqali aniqlanadi:
a) yuridik shaxslar uchun:
S = Kyur × S × K;
b) jismoniy shaxslar uchun:
S = Kjis × S × K;
bunda:
S — xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati (soʻmda);
Kyur, Kjis — yuridik va jismoniy shaxslar uchun sotib olish qiymatini aniqlashda oʻsha kunda belgilangan yer soligʻi stavkasining 50 baravari (1 kvadrat metr uchun soʻmda);
S — xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining maydoni (kvadrat metrda);
K — ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq xususiylashtirilayotgan yer uchastkalarni sotib olish qiymatini shakllantirish koeffitsiyenti.
20. “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AATni texnik koʻllab-quvvatlash ishlarining haqi xususiylashtirilayotgan yer uchastkalarini sotib olish qiymatining 3 foizini tashkil etadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymatini Yagona billing tizimi orqali qabul qilish xizmatlari qiymati xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymatining 1 foizini tashkil etadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatiga olish boʻyicha filialning xizmatlari qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi hamda Sirdaryo viloyati yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
21. Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymatini Yagona billing tizimi tomonidan ushbu Reglamentning 19 va 20-bandlarida koʻrsatilgan ish va xizmatlar uchun toʻlovlarga hisobvaraqalar shakllantirilganidan soʻng ariza beruvchiga toʻlovlar uchun hisobvaraqalar elektron xabarnomasi Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboriladi.
22. Xususiylashtirilayotgan yer uchastkalarining sotib olish qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasining gʻazna hisobvaragʻiga toʻliq oʻtkaziladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
23. Ariza beruvchi ijobiy xulosa va toʻlov hisobvaraqalarini olgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida tijorat banklarining kassalari yoki elektron toʻlov tizimlari orqali ushbu Reglamentning 19 va 20-bandlarida xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati hamda koʻrsatilgan ishlar va xizmatlar xarajatlarining bir martalik toʻliq toʻlovini amalga oshirishi zarur.
Agar ariza beruvchi ushbu bandda nazarda tutilgan toʻlovlarni toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirmasa, “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT avtomatik ravishda xususiylashtirishni rad etish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi va ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboradi.
24. Ariza beruvchi yer uchastkasini xususiylashtirish rad etilgan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamasdan bir marta qayta murojaat etish huquqiga ega.
25. Ariza beruvchi xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati hamda koʻrsatilgan ishlar va xizmatlar xarajatlarining toʻliq toʻlovini amalga oshirganidan soʻng “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT avtomatik ravishda ushbu Reglamentga 5-ilovadagi shaklga muvofiq yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini (keyingi oʻrinlarda Davlat orderi deb ataladi) belgilangan tartibda rasmiylashtiradi va Sirdaryo viloyatining tegishli tuman (shahar) hokimiga imzolash uchun yuboradi.
Tuman (shahar) xokimi “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT orqali olingan Davlat orderini oʻsha kunning oʻzida elektron raqamli imzo qoʻyadi.
26. Filial Davlat orderi Sirdaryo viloyatining tegishli tuman (shahar) xokimi tomonidan imzolangan soʻng ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasiga mulk huquqini davlat roʻyxatiga oladi va Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirmani Davlat orderi bilan birga YIDXP orqali ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
Davlat orderi taqdim etilganligi uchun davlat boji undirilmaydi.
27. Davlat xizmatlari markazi Davlat orderi va Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirma olinganidan soʻng bir soat mobaynida ularni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali xabardor qiladi.
Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha QR-kod (matrik shtrix-kod) qoʻyilgan elektron hujjatlar asliga tenglashtiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
28. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmasi va Davlat xizmatlari markazlari, shu jumladan, YIDXP orqali, ushbu Reglamentning talablari ijrosi yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini doimiy ravishda nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
29. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
30. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
31. Ushbu Reglament faqat Sirdaryo viloyati hududida 2021-yil 1-martga qadar amal qiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Sirdaryo viloyatida doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik maʼmuriy reglamentga
1-ILOVA
Jismoniy va yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali yer uchastkasini xususiylashtirishga ariza taqdim etadi.

Uz xohishiga koʻra

“YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT

Ariza bilan taqdim etilgan maʼlumotlarni toʻgʻriligini tekshiradi.

Avtomatik ravishda

Ariza beruvchi

Rad etish uchun asos boʻlmaganda arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanadi.

Oʻsha kunning oʻzida

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Ariza tuman (shahar) qurilish boʻlimi tomonidan koʻrib chiqilishi uchun “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AATga yuboriladi.

1 soatda (avtomatik ravishda YIDXP orqali)

3-bosqich

Tuman (shahar) qurilish boʻlimi

1. Yer uchastkalarini xususiylashtirish aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari va boshqa shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.

2. Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tegishli maʼlumotlarni “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AATga kiritadi.

2 ish kunida

4-bosqich

“YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT

Ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yoʻnaltiriladigan xulosani shakllantiradi.

Salbiy xulosa berilganida u ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboriladi.

Avtomatik ravishda

Yagona billing tizimi

Ijobiy xulosa qabul qilinganida “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AATni maʼlumotlari asosida yer uchastkasining sotib olish qiymati hamda koʻrsatilgan ishlar va xizmatlar xarajatlarining toʻlovini amalga oshirish uchun hisobvaraqlarini ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazlari yoki YIXDP orqali yuboradi.

Avtomatik ravishda

5-bosqich

Ariza beruvchi

Yer uchastkasining sotib olish qiymati xamda koʻrsatilgan ishlar va xizmatlar xarajatlarining toʻlovini amalga oshiradi.

10 ish kunida

6-bosqich

“YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT

Yer uchastkasining sotib olish qiymati hamda koʻrsatilgan ishlar va xizmatlar xarajatlari oʻz vaqtida va toʻliq toʻlangan taqdirda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.

Avtomatik ravishda

Yer uchastkasining sotib olish qiymati hamda koʻrsatilgan ishlar va xizmatlar xarajatlari oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanmagan taqdirda xususiylashtirishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani tayyorlaydi va uni ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboradi.

7-bosqich

Tuman (shahar) hokimi

Yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderiga elektron raqamli imzo qoʻyadi.

Oʻsha kunning oʻzida

8-bosqich

Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali

Yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderi tegishli tuman (shahar) hokimi tomonidan imzolangandan soʻng yer uchastkasiga mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirmani Davlat orderi bilan birga YIDXP orqali ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.

2 ish kunida

9-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderi va Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirma toʻgʻrisida ariza beruvchini xabardor qiladi.

1 soatda (avtomatik ravishda YIDXP orqali)

Sirdaryo viloyatida doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik maʼmuriy reglamentga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxsga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yoki ushbu shaxs tomonidan xususiylashtirilayotgan binolar va inshootlar, ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari joylashgan yer uchastkalarini, shuningdek ularga tutash boʻlgan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur oʻlchamlardagi yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha
ARIZA

(sana)

(raqam)

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

1. Yuridik shaxsning nomi

2. Tashkiliy-huquqiy shakli

3. Joylashgan eri (pochta manzili)

4. Telefon raqami

5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

6. STIR

II. Xususiylashtiriladigan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumot:

1. Yer uchastkasining manzili

2. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlar (nomi, sanasi, raqami)

3. Yer uchastkasining maydoni (m2)

4. Yer uchastkasining kadastr raqami

5. Yer uchastkasi boʻyicha cheklovlar (mavjud boʻlsa)

III. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Yuridik shaxsning tegishli boshqaruvi organining yer uchastkasini sotib olish toʻgʻrisidagi qarori (agar bu ariza beruvchi — yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq zarur boʻlsa);

2. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (ariza beruvchining vakili murojaat qilgan hollarda).

Sirdaryo viloyatida doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik maʼmuriy reglamentga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan jismoniy shaxsga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkasini xususiylashtirish boʻyicha
ARIZA

(sana)

(raqam)

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Ariza beruvchining F.I.O.

2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

3. Yashash manzili

4. Telefon raqami

5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

6. STIR

II. Xususiylashtiriladigan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumot:

1. Yer uchastkasining manzili

2. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlar (nomi, sanasi, raqami)

3. Yer uchastkasining maydoni (m2)

4. Yer uchastkasining kadastr raqami

5. Yer uchastkasi boʻyicha cheklovlar (mavjud boʻlsa)

III. Ilova qilinadigan hujjat:

Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (ariza beruvchining vakili murojaat qilgan taqdirda)

Sirdaryo viloyatida doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik maʼmuriy reglamentga
4-ILOVA
Xususiylashtirilayotgan yer uchastkalarini sotib olish qiymatini shakllantirish
koeffitsiyent

Yer uchastkasining maydoniga qarab (K):

Yer uchastkasining maydoni, sotix

Narxlarni shakllantirish koeffitsiyentlari

4 sotixgacha (4 sotix ham)

1,0

4 sotixdan 5 sotixgacha (5 sotix ham)

1,03

5 sotixdan 6 sotixgacha (6 sotix ham)

1,06

6 sotixdan 7 sotixgacha (7 sotix ham)

1,09

7 sotixdan 8 sotixgacha (8 sotix ham)

1,12

8 sotixdan yuqori

1,15

Sirdaryo viloyatida doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik maʼmuriy reglamentga
5-ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri



‎ER UChASTKASIGA MULK
‎HUQUQINI BERUVChI DAVLAT ORDERI


‎(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi fonida
‎oltin rangli bosma harflar bilan yoziladi)




‎__________________________________________________________________________________da yashovchi

‎yashash manzili (joylashgan eri, pochta manzili)

‎‎__________________________________________________________________________________________ga
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎(jismoniy shaxsning F.I.O., yuridik shaxsning nomi)

‎‎________________________________________shahri, _______________________________________tumani,
‎____________________________________________________ koʻchasi, _____________________________-uy,

‎manzili boʻyicha joylashgan:

___________________________________________________________________________________________‎‎
‎‎(yer uchastkasining boshqa xususiyatlari)

____________________________________________________________________________________qiymati
‎(qiymat raqamlarda va soʻzlarda ifodalanadi)

‎‎maydoni ________ m kv. boʻlgan yer uchastkasi mulk huquqi bilan beriladi.
‎‎Order berilgan sana_________________________________________________________

‎Sirdaryo viloyati _________________ tumani (shahri) hokimi‎
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-dekabrdagi 963-son qaroriga
2-ILOVA
Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINChALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Sirdaryo viloyatida “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda jismoniy shaxslar deb ataladi) — yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda yuridik shaxslar deb ataladi) — tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda kuyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
auksion ishtirokchisi — auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanoma bergan va unda ishtirok etishga ruxsat etilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
vakolatli tashkilotlar — Sirdaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Sirdaryo viloyati davlat inspeksiyasi;
yer uchastkasining boshlangʻich narxi — yer uchastkasining bozor qiymatiga teng qilib belgilanadigan narxi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi — qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan yer uchastkasi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkasi (keyingi oʻrinlarda yer uchastkasi deb ataladi) — binolar va inshootlar joylashmagan, hech qanday majburiyatlar yoki taqiqlar oʻrnatilmagan va ommaviy mulk boʻlgan yer uchastkasi;
muhandislik-kommunikatsion tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar — “Suvoqova” DUK, “Suvsoz” DUK tuman (shahar) filiali, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tuman (shahar) energiya bilan taʼminlash korxonasi, “Hududgaztaʼminot” AJning tuman (shahar) gaz bilan taʼminlash korxonasi;
shaxsiy kabinet — www.e-auksion.uz veb-saytining faqat unda roʻyxatga olingan ishtirokchi kira oladigan alohida boʻlimi boʻlib, u orqali ishtirokchi shaxsiy hisobvaragʻining holati va statistik axborot haqidagi maʼlumotlardan, buyurtmaga oid tafsilotlar va boshqa shaxsiy axborotdan foydalanish huquqiga ega boʻladi;
elektron onlayn-auksion (keyingi oʻrinlarda auksion deb ataladi) — auksion shaklida elektron savdolar oʻtkazish usuli, unda lotlar butunjahon Internet tarmogʻida “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali potensial xaridorlarning undan teng foydalanishi huquqi asosida amalga oshiriladi.
elektron savdo maydonchasi operatori (keyingi oʻrinlarda operator deb ataladi) — “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida auksionlarni tashkil etish va oʻtkazishni amalga oshirish vakolati berilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
3. Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Auksionlar ochiq shaklda oʻtkaziladi. Yopiq auksionlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5. Auksion orqali xususiylashtirish taklif etilayotgan yer uchastkalari roʻyxati va yer uchastkalarini tanlash materiallari Sirdaryo viloyati Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali (keyingi oʻrinlarda filial deb ataladi) tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning takliflari inobatga olingan holda tayyorlanadi.
6. Yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni kelishish va (yoki) ular boʻyicha xulosa berish vakolatli tashkilotlar tomonidan filialning taqdimnomasiga asosan “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
Ushbu Nizom bilan belgilangan muddatlarda yer uchastkalarini tanlash materiallari kelishilmagan yoki ular boʻyicha xulosa taqdim etilmagan taqdirda, yer uchastkalarini tanlash materiallari kelishilgan va ular boʻyicha xulosalar ijobiy deb hisoblanadi.
Bunda yer uchastkalarini tanlash boʻyicha materiallar oʻz vaqtida kelishilishi va xulosalar berilishi, shuningdek, oʻz vaqtida koʻrib chiqilmaganligi uchun vakolatli tashkilotlar rahbarlari shaxsan javob beradilar.
Yer uchastkalarini sotishga qoʻyish ushbu Nizomga muvofiq yer uchastkasini tanlash materiallari vakolatli tashkilotlar bilan kelishilishiga qarab har bir yer uchastkasi boʻyicha auksionga alohida qoʻyiladi.
2-bob. Auksionga qoʻyish uchun yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash tartibi
1-§. “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotlar bilan yer uchastkalari roʻyxatini shakllantirish va kelishish tartibi
7. Filiallar yerlarni xatlovdan oʻtkazish natijalariga koʻra yuridik va jismoniy shaxslarning takliflarini inobatga olgan holda yer uchastkalari roʻyxatini tuzadi va har oyning birinchi kuniga kadar “YERELEKTRON” AAT orqali tuman (shahar) qurilish boʻlimiga xulosa olish uchun yuboradi.
8. Yer uchastkalari roʻyxatiga quyidagilar ilova qilinadi:
yer uchastkasining maydoni (gektarda), yer fondi toifasi va boshqa zarur maʼlumotlar;
yer uchastkasining topografik kartada amaldagi joylashishi rejasi (koordinatli nuqtalari bilan), WGS84 koordinat tizimida M 1:500 dan M 1:1000 cha boʻlgan kattalikda yer uchastkalarining chegaralari va manzillari (aholi punkti va koʻchalar, koʻcha boʻlmaganda esa mavjud obyektdan metr hisobidagi masofa) koʻrsatiladi;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema;
yer uchastkasining kamida ikki tomondan oʻrab turgan obyektlar bilan hajmi 5 megabaytdan koʻp boʻlmagan fotosurati.
Har bir yer uchastkasiga yagona raqam beriladi.
9. Ushbu Nizomning 8-bandida qayd etilgan barcha materiallar mavjud boʻlmasa yoki ular tegishli sifatda (boshqa kattalikda, noaniq tasvirda) taqdim etilmagan boʻlsa, tuman (shahar) qurilish boʻlimi filialga kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan tegishli yer uchastkasiga oid materiallarni bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklarni koʻrsatgan holda qayta tayyorlash uchun elektron shaklda qaytaradi.
10. Filial bir ish kuni mobaynida tuman (shahar) qurilish boʻlimi tomonidan koʻrsatilgan barcha kamchiliklarni bartaraf etib, hujjatlarni tuman (shahar) qurilish boʻlimiga takroran yuboradi.
11. Tuman (shahar) qurilish boʻlimi roʻyxatni qabul qilgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarining talablari asosida har bir yer uchastkasi boʻyicha xulosa tayyorlaydi.
Xulosa ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin.
Ijobiy xulosada yer uchastkasini xususiylashtirish imkoniyatining mavjudligi va koʻrsatiladi va yer uchastkasi mulkdoriga shaharsozlik normalari qoidalarga rioya etish boʻyicha talablar, ushbu yer uchastkasida qurilishi taqiqlanmagan yoki taqiqlangan obyektlar turlari haqidagi maʼlumotlar bayon qilinadi.
Salbiy xulosada qonun hujjatlari aniq normalariga havola qilgan holda yer uchastkasini auksionga qoʻyish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi.
Salbiy xulosa berilganda filial, agar yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni qayta ishlash imkoniyati boʻlsa, bir ish kunida ushbu materiallarni qayta ishlaydi va xulosani olish uchun tuman (shahar) qurilish boʻlimiga qayta yuboradi.
12. Tuman (shahar) qurilish boʻlimi ijobiy xulosa taqdim etgan taqdirda:
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun moʻljallangan yer uchastkalari boʻyicha materiallar roʻyxati ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan vakolatli organlarga kelishish va xulosa taqdim etish uchun avtomatik tarzda yuboriladi;
tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun moʻljallangan yer uchastkalari boʻyicha materiallar roʻyxati muhandislik-kommunikatsion tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish uchun avtomatik tarzda yuboriladi.
13. Muhandislik-kommunikatsion tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar roʻyxatni va unga ilova qilingan materiallarni qabul qilganidan soʻng ikki ish kunida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni tuman (shahar) qurilish boʻlimiga elektron shaklda taqdim etadi.
14. Tuman (shahar) qurilish boʻlimi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olganidan keyin bir ish kunida arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini (keyingi oʻrinlarda ART deb ataladi) ishlab chiqadi va uni roʻyxatdagi har bir yer uchastkasi boʻyicha alohida elektron fayl sifatida biriktiradi.
15. ART ishlab chiqilgandan va biriktirilgandan soʻng yer uchastkalarini tanlash boʻyicha materiallar avtomatik ravishda kuyidagi vakolatli organlarga:
a) xulosa olish uchun — Sirdaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga;
b) kelishish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Sirdaryo viloyati davlat inspeksiyasiga avtomatik tarzda yuboriladi.
16. Sirdaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi yer uchastkasi boʻyicha materiallar tushgan kundan eʼtiboran bir ish kunida tegishli xulosalarni beradi.
Xulosa ijobiy yoki salbiy shaklda tayyorlanadi. Salbiy xulosada qonunchilikning aniq normalariga havola qilgan holda yer uchastkasini xususiylashtirish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi.
Salbiy xulosa berilganda filial yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni qayta ishlash imkoniyati mavjud boʻlsa, bir ish kunida yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni qayta tayyorlaydi va ularni qayta kelishishni taʼminlaydi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Sirdaryo viloyati davlat inspeksiyasi qabul qilingan qaror boʻyicha “YERELEKTRON” AATda tegishli belgi qoʻygan holda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, uchastkalarni tanlash materiallari bilan birgalikda roʻyxatni kelishadi.
Kelishuv hech qanday eslatma va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Kelishish rad etilganda qonunchilikning aniq normalariga havola qilingan holda yer uchastkasini xususiylashtirish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi.
2-§. Yer uchastkalarini auksionga qoʻyish tartibi
18. Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining ijobiy xulosasi olingandan va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Sirdaryo viloyati davlat inspeksiyasi bilan kelishilgandan soʻng besh ish kuni mobaynida:
a) filial “YERELEKTRON” AATda auksionga qoʻyilayotgan yer uchastkasining boshlangʻich narxini belgilaydi;
b) yer uchastkasi shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyati uchun qoʻyilganda tuman (shahar) hokimligi Sirdaryo viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi bilan kelishgan holda yer uchastkasi mulkdoriga yuklangan investitsiya majburiyatlarini belgilaydi.
19. Auksionda sotish uchun qoʻyilgan yer uchastkasining boshlangʻich narxi filial tomonidan ushbu Nizomning 72-bandiga muvofiq aniqlanadigan bozor qiymatiga teng qiymatda belgilanadi.
20. Yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallar xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining boshlangʻich narxi va uning investitsiya majburiyatlari aniqlanganidan soʻng avtomatik ravishda kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) yuboriladi va bir ish kuni mobaynida:
Jamgʻarma yer uchastkalarini tanlash materiallarining roʻyxatini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi;
Vazirlik yangi shaharlar, ishlab chiqarish zonalari va uy-joy massivlari qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalarini aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari va shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi boʻyicha kelishadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
21. Yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallar Jamgʻarma va Agentlik bilan kelishilganidan soʻng yer uchastkasi boʻyicha qoʻshimcha qarorlar qabul qilinmagan holda “YERELEKTRON” AAT orqali avtomatik tarzda auksionga qoʻyiladi.
22. Auksionga qoʻyiladigan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi minimal majburiy maʼlumotlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi zarur:
yer uchastkasi toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot, shu jumladan, uning yagona raqami, maydoni (gektarda), qurilishi taqiqlangan yoki taqiqlanmagan obyektlar turi, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasiga ulanganligi, yer uchastkasi kiradigan yer fondi toifasi va boshqalar;
yer uchastkasini joylashtirish rejasi, yer uchastkasining chegaralari va manzili (aholi punkti va koʻcha, koʻcha mavjud boʻlmagan taqdirda mavjud obyektdan uzoqlikdagi masofa metrda) koʻrsatiladi;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema;
yer uchastkasining kamida ikki tomondan oʻrab turgan obyektlar bilan fotosurati;
ART va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar (yer uchastkasi shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyati uchun qoʻyilgan taqdirda);
yer uchastkasining boshlangʻich narxi.
23. Filial yer uchastkasi auksionga qoʻyilishi bilan bir vaqtda:
yer uchastkalari auksionga qoʻyilishi haqidagi maʼlumotlarni ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda “YERELEKTRON” AAT orqali Sirdaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga yuboradi.
Sirdaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi jismoniy va yuridik shaxslarning auksionda ishtirok etishiga doir choralarni koʻradi, shu jumladan, filialdan olingan hujjatlar va axborotni auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanoma joylashtiriladigan butunjahon Internet portal manziliga havola qilgan holda oʻz rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda joylashtiradi.
3-bob. Auksion tashkil etish va oʻtkazish tartibi
1-§. Auksionni tashkil etish va oʻtkazishning umumiy shartlari
24. Yer uchastkalarining auksiondagi savdosi faqat elektron shaklda “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida oʻtkaziladi.
Auksion butunjahon Internet tarmogʻi orqali ularda ishtirok etish imkonini beradigan va buyurtmanomalarni qabul qilish hamda gʻoliblarni aniqlash jarayonlariga aralashish imkoniyatini istisno qiluvchi maxsus dasturiy mahsulotdan foydalangan holda oʻtkaziladi.
25. Auksionlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabar va lot haqidagi axborot ular boshlanishidan oldin 15 kalendar kundan kechikmay operatorning veb-portalida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining veb-saytida joylashtiriladi.
Auksionlarda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron buyurtmanomani taqdim etish va zakalat kiritish orqali ishtirok etiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
26. Auksion narxlarni oshirish prinsipi asosida oʻtkaziladi.
27. Yer uchastkalari uning boshlangʻich narxi asosida auksionga qoʻyiladi.
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda elektron auksion oʻtkazilmagan deb eʼtirof etilgan taqdirda, yer uchastkasining boshlangʻich narxini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2-§. Auksionni oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnomani joylashtirish
28. Operator belgilangan talablarga muvofiq yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qabul qilganidan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oʻz veb-portalida auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani joylashtiradi.
29. Tegishli lot boʻyicha auksion boshlangach veb-portalida avtomatik tarzda auksion boshlanganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma qoʻyiladi.
30. Xabarnoma quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi zarur:
a) auksion oʻtkaziladigan sana, jumladan, uning boshlanish va tugash vaqti;
b) lot raqami va nomi;
v) auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish sanasi va tugash vaqti;
g) auksion obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumot, yaʼni:
yer uchastkasining yagona raqami;
yer uchastkasini joylashtirish rejasiga muvofiq chegara va manzil koʻrsatilgan holda yer uchastkasining maydoni (gektarda) va joylashgan joyi;
muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasiga ulanish imkoniyatining mavjudligi;
ART va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha texnik shartlar;
yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;
agar yer uchastkasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun joylashtirilgan boʻlsa, investitsiya majburiyatlari, shu jumladan, sotib olingan yer uchastkasida bino va inshootlarni qurish muddatlari;
d) yer uchastkasining boshlangʻich narxi;
e) boshlangʻich narxdan foiz koʻrinishida va qatʼiy summada ifodalangan bosqich bahosi;
j) zakalat pulining boshlangʻich narxidan foiz koʻrinishida va qatʼiy summada ifodalangan miqdori, zakalat puli oʻtkazilishi lozim boʻlgan operatorning bank hisobvaragʻi rekvizitlari.
31. Operatorning veb-portalida barcha xohlovchilarga xabarnoma va lot boʻyicha batafsil maʼlumot berilishi, shuningdek, ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bilan erkin tanishish imkoniyati taʼminlanishi lozim.
Shuningdek, operatorning veb-portalida elektron auksionni oʻtkazish qoidalari bilan tanishish imkoniyati taʼminlanadi.
Operator aholini ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek, boshqa usullarda elektron auksionlarda ishtirok etish tartibi haqida tanishtirib boradi.
3-§. Auksionda ishtirok etish shartlari
32. Auksionda qatnashish uchun buyurtmachi operatorning veb-portalida roʻyxatdan oʻtadi va avtomatik tarzda ishtirokchining shaxsiy kabineti va shaxsiy hisobvaragʻi ochilib, unda kiritilgan zakalat summalari, lotning toʻliq qiymati toʻlanganligi, shuningdek, qaytariladigan mablagʻlarning hisobi yuritiladi.
33. Elektron auksionda ishtirok etishga buyurtmanomalar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab operatorning veb-portalida avtomatik tarzda qabul qilinadi va auksion oʻtkaziladigan kundan bir kun oldin (soat 24.00 da) yakunlanadi.
Qabul qilish uchun belgilangan muddat oʻtgandan keyin tushgan buyurtmanomalar qabul qilinmaydi.
34. Buyurtmanomalar elektron shaklda beriladi va ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
35. Elektron auksionda ishtirok etish uchun zakalat miqdori yer uchastkasi boshlangʻich narxining 5 foizi miqdorida belgilanadi va operatorning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
36. Buyurtmachi auksionda ishtirok etish buyurtmanomasini oʻzgartirish yoki bekor qilish boʻyicha xabarnomani buyurtmanoma qabul qilish muddatidan kechiktirmay operatorning veb-portali orqali operatorga yuborishga haqli. Bu holda zakalat avtomatik tarzda auksionda qatnashuvchining shaxsiy hisobvaragʻiga qaytariladi.
37. Ishtirok etish uchun buyurtmanoma qabul qilinganidan keyin u avtomatik tarzda operator tomonidan quyidagi talablarga rioya etilganligi yuzasidan tekshiriladi:
buyurtmanoma belgilangan talablarga muvofiq toʻldirilganligi va uning haqiqiyligi (shu jumladan, amal qilishi toʻxtatilishi, bekor qilinishi) elektron raqamli imzoning buyurtmanoma bergan shaxsga tegishliligi;
zakalat puli operator hisobvaragʻiga tushganligi;
buyurtmanoma xabarnomada koʻrsatilgan uni berish muddati tugaguniga qadar berilishi.
Tekshirish natijalari va qabul qilingan qaror haqida buyurtmachiga zudlik bilan xabar qilinadi.
38. Buyurtmanoma talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda, operator zudlik bilan buyurtmachiga auksionda ishtirok etishiga ruxsat beradi, shuningdek, elektron pochta orqali buyurtmachini auksion ishtirokchisi maqomini olganligi haqida qoʻshimcha ravishda xabardor qiladi.
Auksion ishtirokchilariga auksionda ishtirok etishda foydalanish uchun shaxsiy auksion tartib raqamlari beriladi.
39. Buyurtmanoma talablarga muvofiq boʻlmaganda, operator zudlik bilan buyurtmachining auksionda ishtirok etish uchun berilgan buyurtmanomasini rad etadi va bu haqda unga elektron shaklda rad etish sabablarini koʻrsatgan holda xabarnoma yuboradi.
Buyurtmachi kamchiliklarni bartaraf etganidan soʻng xabarnomada koʻrsatilgan buyurtmanoma qabul qilish muddati tamom boʻlishigacha auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomani takroran berishga haqli.
40. Operator buyurtmanomalar va ularga ilova qilingan hujjatlarning saqlanishini, shuningdek, ular sir tutilishini taʼminlaydi.
Buyurtmanomalarni qabul qilish davrida, shuningdek, auksion oʻtkazilayotganda operatorning veb-portalida auksion ishtirokchilari haqidagi maʼlumotlar (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, yuridik shaxsning nomi va pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, ishtirokchini aniqlash imkonini beradigan boshqa maʼlumotlar) aks ettirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
41. Operator auksionni tashkil qilish xizmatlari uchun yer uchastkasi sotilgan taqdirda yer uchastkasi auksionga qoʻyilgan kunda belgilangan ikki bazaviy hisoblash miqdorida mukofot oladi.
4-§. Auksionni oʻtkazish tartibi
42. Auksion operatorning veb-portalidagi xabarnomada koʻrsatilgan kunda va vaqtda boshlanadi.
43. Auksion ikki va undan ortiq ishtirokchi boʻlganda oʻtkaziladi.
44. Auksion ish kuni mobaynida soat 9.00 dan soat 18.00 gacha oʻtkaziladi.
45. Auksion bosqichi auksion obyektining boshlangʻich narxining besh foizini tashkil etadi.
46. Auksion uning ishtirokchilaridan lotni boshlangʻich narxdan bitta bosqichga oshirilgan narxda sotib olish boʻyicha taklifni tasdiqlashni soʻrashdan boshlanadi.
47. Agar taklif berilganidan keyin 10 minutda auksion ishtirokchilaridan biri belgilangan bosqichga oshirilgan lot narxini tasdiqlasa, keyingi taklifni tasdiqlash uchun vaqt yana 10 minutga uzaytiriladi.
48. Agar tasdiqlangan oxirgi taklifdan soʻng 10 daqiqa davomida keyingi oshirilgan lot narxi boʻyicha taklif auksion ishtirokchilarining birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, auksion uning natijalari haqidagi bayonnoma avtomatik tarzda shakllantirilgan xolda yakunlanadi. Lot narxi boʻyicha taklifni oxirgi boʻlib tasdiqlagan ishtirokchi auksion gʻolibi deb topiladi.
49. Auksion ishtirokchilariga navbatdagi stavkani dastlab belgilangan bosqichning 5, 10 yoki 20 baravari miqdorda mustaqil belgilash imkoniyati beriladi.
50. Agar lot narxini oshirish boʻyicha taklifni oxirgi boʻlib tasdiqlagan auksion ishtirokchisi buni auksionni oʻtkazish vaqti yakunlanishiga oʻn minutdan kam qolganda amalga oshirgan boʻlsa, auksionni oʻtkazish vaqti oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab keyingi oʻn minutga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif elektron onlayn-auksionni oʻtkazish vaqtini oʻn minutdan uzaytirib boradi. Biroq, bunda elektron onlayn auksionni oʻtkazish vaqti 3 soatdan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va auksion soat 21.00 qadar yakunlanishi lozim. Lot narxi boʻyicha oxirgi taklifni soat 21.00 ga qadar bildirgan ishtirokchi auksion gʻolibi deb topiladi.
51. Auksionni oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan yagona elektron savdo maydonchasida texnik uzilish sodir boʻlgan hollarda auksion oʻtkazish sanasi va vaqti haqida auksion ishtirokchilariga xabar berilgan holda auksion texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi kunda davom ettiriladi.
52. Auksion yakunlangandan soʻng operatorning veb-portalida avtomatik tarzda quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
lotning boshlangʻich narxi;
oxirgi va oxirgidan oldin tasdiqlangan takliflar (oxirgi va oxirgidan oldingi bosqichlarni hisobga olgan holda auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan takliflar boʻyicha shakllangan narxlar);
auksion gʻolibining hamda oxirgidan oldin taklifni tasdiqlagan ishtirokchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomi.
53. Auksion quyidagi hollarda oʻtkazilmagan deb hisoblanadi:
auksionda ishtirok etish uchun uning birorta ham ishtirokchisi qoʻyilmagan boʻlsa, shu jumladan, unda ishtirok etish uchun bironta buyurtmanoma tushmagan boʻlsa;
auksion ishtirokchilaridan hech biri yer uchastkasini auksion jarayonida taklif etilgan narxda sotib olish istagini bildirmasa;
auksion gʻolibi yer uchastkasini sotib olish taklif etilgan oxiridan oldingi taklifni bildirgan ishtirokchi uning toʻliq qiymatini belgilangan muddatda toʻliq toʻlamasa.
54. Auksion oʻtkazilmagan deb hisoblanganda operatorning veb-portalida bu haqda uning sabablari, shuningdek, lotning boshlangʻich narxi koʻrsatilgan maʼlumot aks ettiriladi.
55. Auksion oʻtkazilmagan deb hisoblanganda yer uchastkasi ushbu Nizomda belgilangan tartibda takroran auksionga qoʻyiladi.
5-§. Hisob-kitob qilish va auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibi
56. Auksion gʻolibi auksion yakunlangan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay auksion obyektining qiymatini toʻliq toʻlashi kerak.
Bunda ushbu lot boʻyicha toʻlangan zakalat puli yer uchastkasi qiymatidan ayirib tashlanadi.
57. Auksion natijalariga koʻra auksion gʻolibi besh ish kunida auksion obyekti qiymatini toʻliq toʻlamasa, u holda operator keyingi kalendar kundan kechiktirmay oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga elektron shaklda u auksion davomida taklif etgan lotning narxida auksion obyektining qiymatini besh ish kunida toʻlashni taklif qiladi.
Oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisi besh ish kuni mobaynida auksion lotining qiymatini toʻliq toʻlagan taqdirda, u auksion gʻolibi deb topiladi va unga ushbu Nizomning 59-bandida belgilangan tartibda auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Auksion ishtirokchisi besh ish kunida auksion lotini sotib olish istagi yoʻqligi toʻgʻrisida operatorni xabardor qilsa yoki ushbu muddatda uning qiymatini toʻliq toʻlamasa, u auksion lotini sotib olishdan bosh tortgan deb hisoblanadi.
58. Auksion shartlarini buzgan, shu jumladan, auksion lotining narxini toʻliq toʻlamagan yoki sotib olishdan bosh tortgan auksion qatnashchilari auksionning nohalol ishtirokchilari deb hisoblanadi.
Olti oy mobaynida ikki marta auksionning nohalol ishtirokchilari deb eʼtirof etilgan shaxslar keyingi kalendar yil davomida auksionda ishtirok etishga qoʻyilmaydi.
Auksionning nohalol ishtirokchilari hisobi operator tomonidan yuritiladi.
59. Auksion gʻolibi lot qiymatini toʻliq toʻlagandan soʻng operator keyingi ish kunidan kechiktirmasdan auksion natijalari boʻyicha bayonnomani QR-kod (matrik shtrixli — kod) qoʻyilgan maxsus blankada rasmiylashtiradi va uni elektron shaklda auksion gʻolibining shaxsiy kabinetiga va “YERELEKTRON” AATga yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini (keyingi oʻrinlarda Davlat orderi deb ataladi) tayyorlash uchun yuboradi.
Yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilgan taqdirda, bayonnoma “YERELEKTRON” AAT orqali investitsiya majburiyatlarini bajarish tarmoq jadvalini tayyorlash uchun tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi.
60. Auksion natijalari haqidagi bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega boʻlib, yer uchastkasiga mulk huquqini gʻolib nomiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Auksion natijalari haqidagi bayonnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
a) auksion oʻtkazilgan sana;
b) auksion gʻolibi;
v) auksion obyekti, shu jumladan:
yer uchastkasining yagona raqami, maydoni va joylashgan joyi;
muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasidan foydalanish imkoniyati;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar;
yer uchastkasini sotib olish narxi;
agar yer uchastkasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun sotib olingan boʻlsa, investitsiya majburiyatlari, shu jumladan, sotib olingan yer uchastkasida bino va inshootlar qurish muddatlari.
61. Yer uchastkasi sotilishidan tushgan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
ikki bazaviy hisoblash miqdori — operatorning bank hisobvaragʻiga;
toʻrt bazaviy hisoblash miqdori — tegishli tuman (shahar) qurilish boʻlimining bank hisobvaragʻiga;
ushbu Nizomning 62-bandida nazarda tutilgan miqdor — Sirdaryo viloyati Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining bank hisobvaragʻiga, shundan 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʻarmasi maxsus gʻaznachilik hisobvaragʻiga (4001);
(61-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
uch bazaviy hisoblash miqdori — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi huzuridagi Geodeziya va kartografiya milliy markazining bank hisobvaragʻiga;
(61-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasining gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(61-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
62. Filialning yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash, shu jumladan, yer uchastkasining topografik xaritasini tayyorlash hamda yer uchastkasi chegaralarini naturada belgilash ishlarining qiymati yer uchastkasi maydoni uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
0,01 ga gacha — ikki bazaviy hisoblash miqdorida;
0,01 ga dan 0,06 ga gacha — uch bazaviy hisoblash miqdorida;
0,06 ga dan 0,1 ga gacha — toʻrt bazaviy hisoblash miqdorida;
0,1 ga va undan yuqori — besh bazaviy hisoblash miqdorida.
63. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha filial ishlarining qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablaridan kelib chiqib aniqlanadi va yer uchastkalarini auksion orqali sotishdan tushgan mablagʻlar hisobiga qoplanadi.
6-§. Zakalatni qaytarish tartibi va shartlari
64. Auksion yakunlanganidan yoki oʻtkazilmagan deb topilganidan soʻng zakalat:
oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga — auksion yakunlangan kundan boshlab oʻn ikki ish kunida;
boshqa ishtirokchilarga — auksion yakunlangan yoki oʻtkazilmagan deb topilgan kundan boshlab uch ish kunida ularning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkazish yoʻli bilan qaytariladi.
Zakalat auksion ishtirokchisining arizasiga asosan aynan shu lot boʻyicha keyingi auksionda qatnashish uchun operatorning bank hisobvaragʻida qoldirilishi mumkin.
65. Zakalat auksion gʻolibi ishtirokchilariga qaytarilmaydi va u yer uchastkasi qiymatiga qoʻshib hisoblanadi.
66. Agar auksion gʻolibi lotning qiymatini belgilangan muddatda toʻliq toʻlamagan taqdirda, zakalat unga qaytarilmaydi va operator tasarrufida qoladi.
4-bob. Davlat orderini rasmiylashtirish va yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
67. “YERELEKTRON” AAT auksion natijalari boʻyicha bayonnomani olganidan soʻng avtomatik tarzda ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini rasmiylashtiradi va uni imzolash uchun tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
68. Tuman (shahar) hokimi “YERELEKTRON” AAT tomonidan tayyorlangan Davlat orderini olganidan soʻng bir ish kunida elektron raqamli imzo qoʻyadi.
69. Yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilganda tuman (shahar) hokimligi operatordan auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma olingan vaqtdan boshlab besh ish kunida Sirdaryo viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi bilan kelishgan holda investitsiya majburiyatlarini bajarish tarmoq jadvalini ishlab chiqadi va filialga yuboradi.
70. Tuman (shahar) hokimi tomonidan Davlat orderi imzolagandan, yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻlovi toʻliq toʻlangandan va investitsiya majburiyatlarini bajarish tarmoq jadvali toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olinganidan soʻng ikki ish kunida filial:
yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilganda investitsiya majburiyatlari boʻyicha yozuvni koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga va ular bilan tuzilgan bitimlarga kiritadi;
auksion gʻolibiga Davlat orderini, yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan mulk huquqlarining davlat reyestridan koʻchirmani va investitsiya majburiyatlarini bajarish tarmoq jadvalini (yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilgan taqdirda) belgilangan tartibda taqdim etadi.
Davlat orderi berilgani uchun davlat boji undirilmaydi.
71. Yer uchastkasi boʻyicha investitsiya majburiyatlari bajarilishi monitoringi Sirdaryo viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi tomonidan har chorakda amalga oshiriladi.
Sirdaryo viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi tomonidan monitoring natijalari boʻyicha investitsiya majburiyatlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Sirdaryo viloyati hokimligiga yuboriladi.
Yer uchastkasining mulkdori tomonidan investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilgan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi tomonidan bir ish kunida filialga yer uchastkasidan investitsiya majburiyatlari boʻyicha cheklovlarni olib tashlash boʻyicha xabarnoma yuboriladi.
Yer uchastkasining mulkdori auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomada koʻrsatilgan investitsiya majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, mulkdor tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarish masalasi sud tartibida koʻrib chiqiladi.
5-bob. Auksionga qoʻyilgan yer uchastkasining boshlangʻich narxini aniqlash tartibi
72. Yer uchastkasining boshlangʻich narxi vaqtga bogʻliq holda oʻzgaradi va aniq bir sanaga, yer uchastkasining joylashuvi va maydoni inobatga olingan holda milliy valyuta — soʻmda quyidagi formula orqali aniqlanadi:
a) tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari uchun:
S = Kyur × S × K +Rk— + Rs + Ra + Ri + Rr;
b) yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilayotgan yer uchastkalari uchun:
S = Kjis × S × k +Rk + Rs+ Ra + Rn+ Rr,
bunda:
S — xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining boshlangʻich narxi (soʻm);
Kyur, Kjis — bozor qiymatini belgilash sanasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun tegishlicha belgilangan yer soligʻi stavkasining 50 baravari (1 kvadrat metr uchun soʻmda);
S — xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining maydoni (kvadrat metrda);
K — ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq elektron onlayn-auksionga qoʻyilgan yer uchastkasining boshlangʻich narxini aniqlash uchun narxni shakllantiruvchi koeffitsiyent;
Rk — yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni tayyorlash ishlari qiymati (soʻm);
Rs — ARTni tayyorlash ishlari qiymati (soʻm);
Ra — operator xizmatlari qiymati (soʻm);
Rn — Oʻzbekiston Respublikasi geoaxborot tizimiga xususiylashtirilgan yer uchastkasi chegaralarini kiritganlik uchun ishlar qiymati (soʻm);
Rr — yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha filialning ishlari qiymati (soʻm).
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
73. Yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilganda, yer uchastkalarini, shu jumladan, unda qurilgan bino va inshootlarni investitsiya majburiyatlari bajarilguniga qadar sotish, ayirboshlash, garovga qoʻyish, yuridik shaxslarning ustav fondlariga kiritish yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
74. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
75. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
76. Ushbu Nizom Sirdaryo viloyati hududida 2021-yil 1-martga qadar amal qiladi.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

“YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda amalga oshirish tartib taomili

1-bosqich

Yuridik na jismoniy shaxslar

“YERELEKTRON” AATga boʻsh yer uchastkalarini auksionga qoʻyish boʻyicha oʻz takliflarini yuboradi.

Oʻz xohishiga kura

Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali

Jismoniy va yuridik shaxslarning takliflari asosida boʻsh yer uchastkalarining roʻyxatini shakllantiradi hamda xulosani olish uchun tuman (shahar) qurilish boʻlimiga yuboradi.

xar oyning 1-kuniga kadar

2-bosqich

Tuman (shahar) qurilish boʻlimi

1. Har bir yer uchastkasi boʻyicha xulosa tayyorlaydi,

2. Ijobiy xulosa boʻlganda:

yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun moʻljallangan yer uchastkalarini tanlash uchun materiallar roʻyxatini avtomatik ravishda tasdiqlash va vakolatli tashkilotlar tomonidan xulosa berish uchun yuboradi;

tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun moʻljallangan yer uchastkalari boʻyicha materiallar roʻyxati muhandislik-kommunikatsion tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga yuboradi.

2 ish kunida

3-bosqich

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar (“Suvoqova” DUKning, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning, “Hududgaztaʼminot” AJning tuman (shahar) korxonalari)

Tuman (shahar) qurilish boʻlimiga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni topshiradi.

1 ish kunida

4-bosqich

Tuman (shahar) qurilish boʻlimi

ARTni ishlab chiqadi za avtomatik ravishda roʻyxatni va unga biriktirilgan materiallarni xulosa olish uchun Sirdaryo viloyati ekologiya va tabiatni muhofaza qilish boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kunida

5-bosqich

Vakolatli tashkilotlar (Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Sirdaryo viloyati davlat inspeksiyasi)

Yer uchastkasi boʻyicha kelishuvni amalga oshiradi yoki tegishli xulosalar beradi.

1 ish kunida

6-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Agarda yer uchastkasi shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auksionga qoʻyilgan taqdirda, Sirdaryo viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi bilan kelishgan holda investitsiya majburiyatlarini belgilaydi.

5 ish kunida

Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali

Yer uchastkasini auksionga qoʻyish uchun zarur boʻlgan materiallarning tayyorlanishini, shu jumladan, boshlangʻich narxi belgilanishini taʼminlaydi.

7-bosqich

Urbanizatsiya jamgʻarmasi

Yer uchastkalarini tanlash materiallarining roʻyxatini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

1 ish kunida

Urbanizatsiya agentligi

Yangi shaharlar, ishlab chiqarish zonalari va uy-joy massivlarini qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalarini aholi punktlarining bosh rejalari va shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi boʻyicha kelishadi.

8-bosqich

“YERELEKTRON” AAT

Yer uchastkasi auksionga qoʻyilish�ni taʼminlaydi.

Avtomatik ravishda

“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali elektron shaklda amalga oshiriladigan jarayonlar

9-bosqich

Operator

Auksion toʻgʻrisidagi xabarnomani oʻz veb-portaliga joylashtiradi.

1 ish kunida

10-bosqich

Yuridik va jismoniy shaxslar

Auksionda qatnashish uchun elektron ariza topshiradi va zakalatni kiritib auksionda qatnashish uchun ruxsat oladi.

Auksion boshlanishidan 15 kun oldin

11-bosqich

Auksion ishtirokchilari

Auksionda ishtirok etadi va narx boʻyicha takliflarini taqdim etadi va tasdiqlaydi.

9:00 dan 18:00 gacha 1 kunda

12-bosqich

Operator

Auksion gʻolibini aniqlaydi va uning shaxsiy kabinetiga lot qiymatini toʻliq toʻlash lozimligi toʻgʻrisida talabnoma yuboradi.

1 ish kunida

13-bosqich

Auksion gʻolibi

Lot qiymatini toʻlaydi.

5 ish kuni mobaynida

14-bosqich

Operator

1. Elektron onlayn-auksion natijalari toʻgʻrisida bayonnomani tuzadi va gʻolibning shaxsiy kabinetiga va “YERELEKTRON” AATga yuboradi. Yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilganda bayonnomani “YERELEKTRON” AAT orqali tuman (shahar) hokimligiga xam yuboriladi.

2. Auksion natijalari toʻgʻrisidagi xabarnomani joylashtiradi.

1 ish kunida

Tartib-taomillar “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda amalga oshiriladi

15-bosqich

“YERELEKTRON” AAT

Davlat orderini rasmiylashtiradi va uni imzolash uchun tu'man (shahar) hokimligiga yuboradi.

Avtomatik ravishda

16-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Davlat orderiga elektron raqamli imzosini qoʻyadi.

1 ish kunida

Yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilganda Sirdaryo viloyati investitsiya va tashki savdo boshqarmasi bilan kelishgan xolda tarmoq jadvalini tuzadi va filialga yuboradi.

5 ish kunida

17-bosqich

Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali

1. Yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.

2. Yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilganda investitsiya majburiya�lari boʻyicha yozuvni koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat reyestriga va ular bilan bitimlarga kiritadi.

3. Davlat orderini, yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirmani va investitsiya majburiyatlarini bajarish tarmoq jadvalini (agar yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilgan boʻlsa) auksion gʻolibiga beradi.

2 ish kunida

Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri



‎ER UChASTKASIGA MULK
‎HUQUQINI BERUVChI DAVLAT ORDERI


‎(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi fonida
‎oltin rangli bosma harflar bilan yoziladi)




‎________________________________________________________________________da yashovchi (joylashgan)

‎yashash joyi (pochta manzili)

‎‎__________________________________________________________________________________________ga
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎(jismoniy shaxsning F.I.O., yuridik shaxsning nomi)

‎‎________________________________________shahri, _______________________________________tumani,
‎____________________________________________________ koʻchasi, _____________________________-uy,

‎manzili boʻyicha joylashgan:

___________________________________________________________________________________________‎‎
‎‎(yer uchastkasining raqami, yer uchastkasining boshqa xususiyatlari)

____________________________________________________________________________________qiymati
‎(qiymat raqamlarda va soʻzlarda ifodalanadi)

‎‎maydoni ________ m kv. boʻlgan yer uchastkasi mulk huquqi bilan beriladi.
‎‎Order berilgan sana_________________________________________________________

‎Sirdaryo viloyati _________________ tumani (shahri) hokimi‎
Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA
Elektron onlayn-auksionga qoʻyilgan yer uchastkasining boshlangʻich narxini aniqlash uchun narxni shakllantiruvchi
koeffitsiyent

Yer uchastkasining maydoniga qarab (K):

Yer uchastkasining maydoni, sotix

Narxlarni shakllantirish koeffitsiyentlari

4 sotixgacha (4 sotix ham)

1,0

4 sotixdan 5 sotixgacha (5 sotix ham)

1,03

5 sotixdan 6 sotixgacha (6 sotix ham)

1,06

6 sotixdan 7 sotixgacha (7 sotix ham)

1,09

7 sotixdan 8 sotixgacha (8 sotix ham)

1,12

8 sotixdan yuqori

1,15

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-dekabrdagi 963-son qaroriga
3-ILOVA
Sirdaryo viloyatida aholi oʻrtasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borishda ishtirok etadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari vakillarining
ROʻYXATI*

Tajiyev Baxadir Sadullayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi

Pardayev Azamat Kenjaboyevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Iminov Odiljon Karimovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Umaraliyev Akmaljon Akbaraliyevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Qulmatov Sherzod Dustmuratovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi aʼzosi

Mirzayev Gʻofurjon Gʻaniyevich

Sirdaryo viloyati hokimi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi

Sotiboldiyev Ulugbek Norxojayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi

* vakillar roʻyxatiga kiritilganlar boshqa ishga oʻtgan hollarda, uning oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan taqdim etilgan vakillar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 09/19/963/4104-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)