Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qarori bilan tasdiqlangan Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Geodeziya va kartografiya faoliyatini soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 119-modda) bilan tasdiqlangan Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-noyabr,
927-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 927-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qarori bilan tasdiqlangan Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 8-bandning uchinchi xatboshidagi “uch yil” soʻzlari “ikki yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 23-banddagi “uch kun” soʻzlari “bir kun” soʻzlari bilan almashtirilsin.
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. 2-ilovaning “Bajarish muddatlari” ustuni “5-bosqich” pozitsiyasidagi “3 kun davomida” soʻzlari “1 kun davomida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/927/4051-son)