O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
2018-2019-yillar mobaynida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, hunarmandchilik, kasanachilik va tadbirkorlik faoliyatining boshqa sohalarida bandligini ta’minlash orqali ularning qo‘shimcha va barqaror daromad manbalari shakllanishiga shart-sharoitlar yaratish borasida dasturiy chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida aholining, ayniqsa chekka hududlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ma’lum bir miqdorda iqtisodiy holati yaxshilanishiga ko‘mak bo‘ldi.
Shu bilan birga, kichik biznes, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlar va yosh avlod tashabbuslari bo‘yicha dasturlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat ishtirokidagi tijorat banklarining ish uslublarini tubdan yaxshilash va bank xizmatlarining ommabopligini oshirish orqali aholining keng qatlamlari, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik subyektlari bilan to‘laqonli sherikchilik munosabatlarini o‘rnatish talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-5780-son Farmonida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish hamda kichik biznes, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlar va yosh avlod tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi dasturlarda davlat resurslaridan oqilona foydalanish, ularning maqsadliligini ta’minlash va samaradorligini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5242-son, 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-son va 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son farmonlari, 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3680-son, 2018-yil 7-iyundagi “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3777-son, 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3856-son va 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4231-son qarorlari bilan respublikada kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, aholining o‘zini o‘zi band qilishni rivojlantirish, ayollar uchun imkoniyatlarni oshirish va yosh avlodni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari (keyingi o‘rinlarda — Dasturlar) amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Dasturlar doirasidagi loyihalarni kreditlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha, 2022-yil 1-yanvardan boshlab yillik 14 foiz stavkada ustuvor ravishda AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB (keyingi o‘rinlarda — vakolatli banklar) orqali amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalari, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘armalar) va boshqa jamg‘armalar hisobidan kichik biznes, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlar va yosh avlod tashabbuslariga vakolatli banklar tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berishga ruxsat etiladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dasturlarni moliyalashtirish uchun resurslar ajratadigan O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Jamg‘armalar resurslarining 2020 — 2022-yillarda so‘ndiriladigan qismi har oyda vakolatli banklarga Dasturlar doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi, bunda resurslar bo‘yicha foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foiz past qilib, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa yillik 10 foiz stavkada belgilanadi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
3. Quyidagilar:
Dasturlar doirasidagi loyihalarni 2020-yilda markazlashgan resurslar hisobidan moliyalashtirishning maqsadli parametrlari 1-ilovaga;
2020-yilda vakolatli banklar tomonidan Dasturlar doirasidagi loyihalarni kreditlashning maqsadli parametrlari 2, 2a, 2b, 2v-ilovalarga;
Davlat dasturlari doirasida ajratilgan kredit liniyalarni 2020 — 2022-yillarda qaytarish prognozi 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
4. Vakolatli banklar kuzatuv kengashlari ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
barcha hududlarda “bank xizmatlari ofislari”ning keng tarmog‘ini yaratish, bunda zarur hollarda, mavjud filiallar tarmog‘i tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish;
axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali yangi bank xizmatlari hamda “modulli” kreditlash asosida yangi kredit turlarini faol joriy qilish;
kichik biznes va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi dolzarb moliyaviy muammolarni hal qilish qismi bo‘yicha hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari bilan hamkorlik qilish;
banklar Kengashlari tarkibiga banklarning boshqaruvi tomonidan taqdim etilgan axborot va takliflarni amaliy bahs va munozara qilishga qodir mustaqil a’zolarni saylash orqali korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy qilish va samaradorligini oshirish;
korrupsiyani bartaraf etishga qaratilgan manfaatlar to‘qnashuvining oldini oluvchi va tartibga soluvchi siyosatni amalga oshirish, tijorat banklarining boshqaruv a’zolari va xodimlari tomonidan rioya etilishi majburiy bo‘lgan axloqiy qoidalarni takomillashtirish;
bank ichki monitoring tizimini joriy qilish orqali banklarning “mijozga yo‘naltirilganlik” ish uslubini yanada kuchaytirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf qilish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 2019-yil 1-noyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmoni doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun AT Xalq banki ustav kapitalini 250 milliard so‘mga, “Mikrokreditbank” ATB ustav kapitalini 170 milliard so‘mga va “Agrobank” ATB ustav kapitalini 290 milliard so‘mga oshirish uchun mablag‘lar ajratsin.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari bilan birgalikda ajratilgan resurslar doirasida vakolatli banklar moliyalashtiradigan yoshlar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar ro‘yxatini shakllantirsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda har bir tuman kesimida Dasturlar doirasida ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi va kreditning qaytarilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-oktabr,
PQ-4498-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4498-son qaroriga
1-ILOVA
Dasturlar doirasidagi loyihalarni 2020-yilda markazlashgan resurslar hisobidan moliyalashtirishning
maqsadli parametrlari

mlrd so‘m

T/r

Ijtimoiy dasturlar nomlanishi

2020-yilda yo‘naltiriladigan mablag‘lar

shu jumladan:

avval berilgan kreditlarning so‘ndirilishi hisobidan

Davlat budjeti hisobidan

O‘zbekiston Tiklanish
va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan

JAMI:

3 982,1

2 940,8

971,3*

470,0

1.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi

2 418,0

2 418,0

2.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari
va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi

75,4

75,4

3.

Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi

589,3

119,3

470
(50 mln doll.)

4.

Mahalliy hokimliklar huzuridagi jamg‘armalarning dasturlari

26,1

26,1

5.

Bandlikka ko‘maklashish dasturi

313,6

38,1

375,5

6.

Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash dasturi

161,2

72,4

188,8

7.

“Yoshlar — kelajagimiz” dasturi

398,5

191,5

407,0

* Ushbu mablag‘larning 41% teng qismi tegishli Jamg‘armalarning ustavida belgilangan maqsadlarga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4498-son qaroriga
2-ILOVA
2020-yilda AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB tomonidan Dasturlar doirasidagi loyihalarni kreditlashning
maqsadli parametrlari

mlrd so‘m

T/r

Hudud nomi

Jami

shu jumladan:

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi

Fermer, dehqon xo‘jaliklari
va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi

Hunarmand
chilikni rivojlan
tirish dasturi

Mahalliy hokimliklar huzuridagi jamg‘armalarning dasturlari

Bandlikka ko‘maklashish dasturi

Xotin-qizlarni
va oilani qo‘llab-quvvatlash dasturi

“Yoshlar — kelajagimiz” dasturi

JAMI:

3 982,1

2 418,0

75,4

589,3

26,1

313,6

161,2

398,5

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

437,3

291,6

8,2

34,5

0,2

18,4

9,4

75,0

2.

Andijon viloyati

352,6

212,0

4,7

55,3

3,7

29,4

15,1

32,3

3.

Buxoro viloyati

217,8

129,8

4,5

33,9

2,5

18,0

9,3

19,7

4.

Jizzax viloyati

186,4

110,5

6,3

28,9

0,7

15,4

7,9

16,8

5.

Qashqadaryo viloyati

364,3

214,2

10,3

55,8

6,4

29,7

15,3

32,6

6.

Navoiy viloyati

190,1

113,2

3,8

29,6

2,5

15,7

8,1

17,2

7.

Namangan viloyati

349,6

210,2

5,5

54,8

2,9

29,2

15,0

32,0

8.

Samarqand viloyati

406,7

244,3

8,4

63,7

1,8

33,9

17,4

37,2

9.

Surxondaryo viloyati

276,0

166,0

5,6

43,3

0,8

23,0

11,8

25,3

10.

Sirdaryo viloyati

149,9

90,0

3,0

23,6

0,6

12,5

6,4

13,6

11.

Toshkent viloyati

323,2

197,2

2,7

51,4

0,5

27,4

14,1

30,0

12.

Farg‘ona viloyati

400,0

241,8

6,3

63,0

1,4

33,5

17,2

36,8

13.

Xorazm viloyati

200,3

118,5

6,0

31,0

1,9

16,5

8,5

18,0

14.

Toshkent shahri

128,0

78,6

20,6

0,2

11,0

5,6

11,9

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4498-son qaroriga
2a-ILOVA
2020-yilda AT Xalq banki tomonidan Dasturlar doirasidagi loyihalarni kreditlashning
maqsadli parametri

mlrd so‘m

T/r

Hudud nomi

Jami

shu jumladan:

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi

Fermer, dehqon xo‘jaliklari
va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi

Hunarmand
chilikni rivojlan
tirish dasturi

Mahalliy hokimliklar huzuridagi jamg‘armalarning dasturlari

Bandlikka ko‘maklashish dasturi

Xotin-qizlarni
va oilani qo‘llab-quvvatlash dasturi

“Yoshlar — kelajagimiz” dasturi

JAMI:

1 352,8

967,2

30,2

235,7

10,4

65,4

4,5

39,4

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

132,4

106,6

5,4

13,8

0,2

3,8

0,3

2,3

2.

Andijon viloyati

120,3

85,8

2,2

22,1

6,1

0,4

3,7

3.

Buxoro viloyati

75,8

52,6

1,9

13,6

1,6

3,8

0,3

2,3

4.

Jizzax viloyati

65,0

44,7

2,8

11,6

0,5

3,2

0,2

1,9

5.

Qashqadaryo viloyati

127,0

86,7

3,7

22,3

4,0

6,2

0,4

3,7

6.

Navoiy viloyati

65,7

45,8

0,7

11,8

1,8

3,3

0,2

2,0

7.

Namangan viloyati

118,6

85,1

1,4

21,9

6,1

0,4

3,7

8.

Samarqand viloyati

139,7

98,9

2,8

25,5

0,7

7,1

0,5

4,3

9.

Surxondaryo viloyati

94,8

67,2

1,8

17,3

0,4

4,8

0,3

2,9

10.

Sirdaryo viloyati

51,7

36,5

1,3

9,4

0,2

2,6

0,2

1,6

11.

Toshkent viloyati

111,5

79,8

1,2

20,6

0,4

5,7

0,4

3,4

12.

Farg‘ona viloyati

138,2

97,8

3,5

25,2

7,0

0,5

4,2

13.

Xorazm viloyati

68,2

48,0

1,5

12,4

0,6

3,4

0,2

2,1

14.

Toshkent shahri

43,9

31,8

8,2

2,3

0,2

1,4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4498-son qaroriga
2b-ILOVA
2020-yilda “Mikrokreditbank” ATB tomonidan Dasturlar doirasidagi loyihalarni kreditlashning
maqsadli parametri

mlrd so‘m

T/r

Hudud nomi

Jami

shu jumladan:

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi

Fermer, dehqon xo‘jaliklari
va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi

Hunarmand
chilikni rivojlan
tirish dasturi

Mahalliy hokimliklar huzuridagi jamg‘armalarning dasturlari

Bandlikka ko‘maklashish dasturi

Xotin-qizlarni
va oilani qo‘llab-quvvatlash dasturi

“Yoshlar — kelajagimiz” dasturi

JAMI:

876,4

483,6

15,1

117,9

5,2

82,7

52,2

119,7

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

127,9

78,3

2,0

6,9

4,8

3,1

32,8

2.

Andijon viloyati

73,2

40,4

0,4

11,1

7,8

4,9

8,7

3.

Buxoro viloyati

45,8

24,7

0,8

6,8

0,4

4,8

3,0

5,3

4.

Jizzax viloyati

39,1

21,0

1,2

5,8

4,1

2,6

4,5

5.

Qashqadaryo viloyati

78,2

40,8

3,4

11,2

1,2

7,8

4,9

8,8

6.

Navoiy viloyati

40,2

21,5

0,8

5,9

0,5

4,2

2,6

4,6

7.

Namangan viloyati

75,1

40,1

0,9

11,0

2,0

7,7

4,9

8,6

8.

Samarqand viloyati

85,7

46,6

1,6

12,7

0,2

8,9

5,6

10,0

9.

Surxondaryo viloyati

57,8

31,6

0,6

8,7

0,2

6,1

3,8

6,8

10.

Sirdaryo viloyati

31,9

17,1

1,1

4,7

3,3

2,1

3,6

11.

Toshkent viloyati

68,3

37,6

0,6

10,3

7,2

4,6

8,1

12.

Farg‘ona viloyati

83,9

46,1

0,8

12,6

8,8

5,6

9,9

13.

Xorazm viloyati

42,3

22,6

0,9

6,2

0,7

4,3

2,7

4,8

14.

Toshkent shahri

26,9

14,9

4,1

2,9

1,8

3,2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4498-son qaroriga
2v-ILOVA
2020-yilda “Agrobank” ATB tomonidan Dasturlar doirasidagi loyihalarni kreditlashning
maqsadli parametri

mlrd so‘m

T/r

Hudud nomi

Jami

shu jumladan:

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi

Fermer, dehqon xo‘jaliklari
va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi

Hunarmand
chilikni rivojlan
tirish dasturi

Mahalliy hokimliklar huzuridagi jamg‘armalarning dasturlari

Bandlikka ko‘maklashish dasturi

Xotin-qizlarni
va oilani qo‘llab-quvvatlash dasturi

“Yoshlar — kelajagimiz” dasturi

JAMI:

1 752,8

967,2

30,2

235,7

10,4

165,4

104,5

239,4

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

176,9

106,6

0,8

13,8

9,7

6,1

39,9

2.

Andijon viloyati

159,0

85,8

2,2

22,1

3,7

15,5

9,8

19,9

3.

Buxoro viloyati

96,2

52,6

1,9

13,6

0,5

9,5

6,0

12,2

4.

Jizzax viloyati

82,3

44,7

2,3

11,6

0,1

8,1

5,1

10,3

5.

Qashqadaryo viloyati

159,1

86,7

3,2

22,3

1,2

15,7

9,9

20,1

6.

Navoiy viloyati

84,2

45,8

2,3

11,8

0,1

8,3

5,2

10,6

7.

Namangan viloyati

155,9

85,1

3,1

21,9

0,9

15,4

9,7

19,7

8.

Samarqand viloyati

181,4

98,9

4,0

25,5

0,9

17,9

11,3

23,0

9.

Surxondaryo viloyati

123,4

67,2

3,3

17,3

0,2

12,2

7,7

15,6

10.

Sirdaryo viloyati

66,2

36,5

0,7

9,4

0,4

6,6

4,2

8,4

11.

Toshkent viloyati

143,5

79,8

0,9

20,6

0,1

14,4

9,1

18,5

12.

Farg‘ona viloyati

177,9

97,8

1,9

25,2

1,4

17,7

11,2

22,7

13.

Xorazm viloyati

89,8

48,0

3,6

12,4

0,5

8,7

5,5

11,1

14.

Toshkent shahri

57,1

31,8

8,2

0,2

5,8

3,7

7,4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4498-son qaroriga
3-ILOVA
Davlat dasturlari doirasida ajratilgan kredit liniyalarni 2020 — 2022-yillarda qaytarish
prognozi

mlrd so‘m

T/r

Tijorat banki nomlanishi

Jami

2020-yilda qaytadigan resurs

shu jumladan:

2021-yilda qaytadigan resurs

2022-yilda qaytadigan resurs

I chorakda

II chorakda

III chorakda

IV chorakda

JAMI:

2 248,7*

1 019,3

249,2

258,3

259,2

252,5

748,4

481,1

1.

Milliy bank

507,8

282,9

67,3

70,6

73,4

71,7

93,7

131,2

2.

Asaka bank

217,5

95,7

21,4

25,0

24,9

24,5

89,2

32,5

3.

O‘zsanoatqurilishbank

206,3

96,1

24,6

25,1

24,0

22,4

81,1

29,1

4.

Ipoteka bank

283,7

118,4

29,6

30,0

29,7

29,0

103,8

61,5

5.

Qishloq qurilish bank

372,7

147,2

36,1

37,5

36,7

36,9

143,5

82,0

6.

Aloqa bank

12,2

6,8

1,9

1,7

1,6

1,6

5,3

0,1

7.

Turon bank

18,9

9,6

2,4

2,4

2,4

2,4

8,9

0,4

8.

Hamkorbank

214,3

89,8

22,3

22,4

22,7

22,4

77,4

47,2

9.

Ipak yo‘li banki

103,1

36,0

9,1

8,7

9,1

9,0

40,1

27,1

10.

Trast bank

77,0

20,4

4,5

5,5

5,5

4,9

32,1

24,5

11.

Kapitalbank

55,1

23,28

5,8

6,00

6,06

5,41

18,80

13,02

12.

Aziya alyans bank

42,7

20,6

5,4

5,4

5,3

4,6

16,5

5,5

13.

Infin bank

73,5

35,9

8,7

9,1

9,1

9,0

16,3

21,4

14.

Universal bank

19,1

8,6

2,1

2,2

2,2

2,2

7,7

2,8

15.

Oriyent Finans bank

4,2

2,2

0,6

0,6

0,6

0,5

1,5

0,5

16.

Madad Invest bank

6,1

3,8

0,9

0,9

0,9

0,9

1,8

0,6

17.

Savdogar bank

20,5

13,1

4,3

2,9

2,9

3,0

7,1

0,4

18.

Davr-bank

13,9

8,8

2,2

2,3

2,3

2,1

3,5

1,6

* Resurslarni qaytarish oyma-oy amalga oshiriladi, belgilangan parametrlardan ziyod qaytarish ruxsat etiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 07/19/4498/3963-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)