Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatda aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yaxshilash, shu maqsadda grantlar, texnik koʻmak va boshqa tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini (keyingi oʻrinlarda — grantlar) faol jalb etish, Oʻzbekiston Respublikasiga begʻaraz yordam berayotgan xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy hukumat hamda nohukumat tashkilotlari, chet el kompaniyalari, tashkilotlari va jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda — donorlar) bilan yaqin sheriklik munosabatlari oʻrnatish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, donorlar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish, tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini amalga oshirish monitoringi, shuningdek, ularning maqsadli koʻrsatkichlariga erishishni nazorat qilish tizimining yetarli darajada emasligi jalb etilayotgan grantlarning hajmlarini oshirish va ulardan samarali foydalanish imkonini bermayapti.
Tashqi begʻaraz koʻmakni jalb qilish va oʻzlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, sohada olib borilayotgan ishlarning milliy manfaatlar va ustuvorliklar bilan uygʻunligini taʼminlash, grantlar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish, monitoring qilish va hisobga olishning yagona tizimini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasining donorlar bilan hamkorlik qilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Quyidagilar grantlardan samarali foydalanish kompleks tizimini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
grantlar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni birgalikda amalga oshirish va natijadorligini baholash, aniq sohalarning ixtisoslashuvini hisobga olgan holda ushbu sektorlardagi tartib-taomillarni uygʻunlashtirish va saʼy-harakatlarni birlashtirish masalalari yuzasidan donorlar bilan doimiy muloqotning barqaror platformasini shakllantirish;
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy sohaga grantlarni jalb etish boʻyicha mavjud imkoniyatlar va ishga solinmagan imkoniyatlardan foydalanish, donorlik salohiyatiga ega boʻlgan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va oʻzaro yaqin aloqalar oʻrnatish;
tegishli iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishda jalb etilayotgan grantlarning mamlakat manfaatlari va milliy ustuvorliklar bilan uygʻunligini taʼminlash;
grantlarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil qilish uchun davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari hamda mansabdor shaxslarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish, grantlardan maqsadsiz foydalanishning oldini olish boʻyicha davlat moliya nazorati organlarining profilaktika ishlarini kuchaytirish;
grantlar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning muddatlariga rioya qilish va kutilayotgan amaliy natijalarga erishish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda parlamentning hamda fuqarolik jamiyati institutlari rolini, shuningdek, fuqarolarning ishtirokini kengaytirish;
jalb etilayotgan grantlarni muvofiqlashtirish boʻyicha yagona axborot tizimini tashkil qilish, tashqi begʻaraz koʻmak yoʻnalishlarini va qoʻllanish sohalarini tahlil qilish usullarini avtomatlashtirgan holda, ushbu loyihalarni elektron hisobga olish va hisobini yuritish uchun shart-sharoitlar yaratish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) grantlar hisobidan moliyalashtirish taklif etilayotgan loyiha tashabbuslarini ishlab chiqish, dastlabki saralash va kelishish jarayonlarini muvofiqlashtirish, tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini hisobga olish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilishni taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasining donorlar bilan hamkorligini rivojlantirish va samaradorligini oshirish borasida takliflar ishlab chiqish boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyatida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi markaziy apparatining 4 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga Tashqi begʻaraz koʻmak (grantlar)ni jalb etish va donorlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish masalalari boʻlimi tashkil etilsin.
Tashqi begʻaraz koʻmak (grantlar)ni jalb etish va donorlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish masalalari boʻlimining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
grantlarni jalb qilish boʻyicha vazirlik, idora, mahalliy hokimlik va elchixonalarning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
grantlarni jalb etishni yangi tizim asosida tashkil etish va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
yangi tizim asosida grantlar bilan ishlash boʻyicha vazirlik, idora va elchixonalar tomonidan muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga (KPI) rioya etilishini monitoring qilish va bu borada taʼsirchan nazoratni taʼminlash.
Boʻlimning faoliyati Bosh vazirning investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalariga masʼul oʻrinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PF-77-sonli Farmoniga asosan kiritilgan)
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi oʻrinlarda — loyiha tashabbuskorlari) bir loyiha boʻyicha qiymati 50 ming AQSH dollari va undan koʻproq boʻlgan grantlarni Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish va donorlar bilan hamkorlik qilish dasturlariga (keyingi oʻrinlarda — Dasturlar) kiritgan holda jalb etadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda)
Dasturlar 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish davlat dasturlarini, 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarni, Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish dasturlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarini hisobga olgan holda Vazirlik tomonidan shakllantiriladi;
Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari bilan birgalikda tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli xorijiy donorlarni jalb etishda Vazirlik, loyiha tashabbuskorlari, tarmoqlar va hududlarga yordam beradi;
loyiha tashabbuskorlari oʻzlariga taalluqli qismida tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarining oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, ularning Dasturlarga kiritilishi uchun taqdim etilishi, loyiha hujjatlari sifatli tayyorlanishi, shuningdek, grantlar toʻliq hajmda va oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi uchun barcha tadbirlarning soʻzsiz va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda loyiha tashabbuskorlari tomonidan grantlarni jalb etish toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarni (majburiy toʻlovlarni toʻlash, ruxsatnoma beruvchi tartib-taomillardan oʻtish, tovarlarni tashish, kuzatish va saqlash, uskunalarni montaj qilish, sozlash, yigʻish, oʻrnatish hamda loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar) qoplash uchun mablagʻlarni nazarda tutadi va ularning oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlaydi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti grantlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish yuzasidan tizimli choralarni koʻradi;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari va idoralar tomonidan tadbirkorlikka oid barcha tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini amalga oshirishda Savdo-sanoat palatasi loyiha hamkori sifatida jalb qilinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 17-maydagi PF-73-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2023-y., 06/23/73/0284-son)
4. Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Komissiyasining texnik koʻmagini muvofiqlashtirish byurosini (keyingi oʻrinlarda — OʻzByuroKES) tugatish va uning huquqlari, majburiyatlari, shtat birliklari va mulki (bino va inshootlari)ni Vazirlikka topshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
5. Vazirlikning markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv xodimlarining soni 11 nafardan iborat boʻlgan Tashqi begʻaraz koʻmakni muvofiqlashtirish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) tashkil etilsin.
Belgilansinki, Departamentning shtat birliklari OʻzByuroKESning 7 dona shtat birligi hamda Vazirlikning umumiy shtatlar soni hisobiga shakllantiriladi.
6. Quyidagilar:
Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish va donorlar bilan hamkorlik qilish dasturlarini shakllantirish, tasdiqlash va amalga oshirish sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
2019-2020-yillarda donorlar bilan ishlab chiqiladigan ustuvor tashqi begʻaraz koʻmak loyihalari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik, Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Roʻyxatga kiritilgan tashqi begʻaraz koʻmak loyihalari boʻyicha hujjatlarni yakuniy kelishish, maʼqullash va rasmiylashtirish boʻyicha zarur tartib-taomillar bajarilishini taʼminlasin;
donorlar bilan tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini moliyalashtirish va amalga oshirish bilan bogʻliq barcha muammoli masalalarni hal etish boʻyicha ishlarni faollashtirsin.
7. Vazirlik 2020-yil 1-avgustga qadar, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini elektron tarzda kelishish, monitoring qilish va hisobga olish” axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — Axborot tizimi) ishlab chiqsin va joriy etsin:
Dasturlarni shakllantirish, kelishish va hisobga olish jarayonlarini raqamlashtirish;
tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarining muddatlariga rioya etilishi va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi ustidan monitoringni amalga oshirish;
hamma uchun ishonarli va ochiq boʻlgan, jalb qilingan va oʻzlashtirilgan grantlarning hajmi va yoʻnalishlari, donorlarning mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan joriy loyihalarni amalga oshirishning borishi toʻgʻrisidagi hamda grantlar bilan bogʻliq boshqa barcha maʼlumotlarni shakllantirish;
loyiha tashabbuskorlariga tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini jalb etish va samarali amalga oshirish, loyihalarning pasportlarini va loyiha hujjatlarini sifatli tayyorlash masalalari boʻyicha, shuningdek, donorlarga esa grantlarni ajratish geografiyasi va yoʻnalishlari toʻgʻrisida onlayn-maslahatlar berish.
Vazirlik 2020-yil 1-fevralga qadar Axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilishni moliyalashtirish uchun grantlar jalb etilishini taʼminlasin.
8. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
loyiha tashabbuskorlari bir loyiha boʻyicha qiymati 50 ming AQSH dollaridan oshmaydigan grantlarni mustaqil ravishda jalb etadi va donorlar bilan muzokaralarni olib boradi, bunda grantlar jalb etilishini nazarda tutuvchi bitimlarning nusxalari Vazirlikka majburiy tartibda yuboriladi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda)
davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kelib tushgan donorlarning loyiha tashabbuslari nusxalari ularning koʻrib chiqilishi ustidan monitoringni amalga oshirish uchun nusxalar kelib tushgan kundan boshlab bir kun ichida Vazirlikka majburiy tartibda yuboriladi;
2021-yil 1-yanvardan boshlab Dasturlarni kelishish, shakllantirish va tasdiqlash Axborot tizimi orqali faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.
9. 2019-yil 1-dekabrdan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasiga donorlar delegatsiyalari tashriflarini va ularning rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlarini tashkil etish, shuningdek, respublika hududlariga safarlar tashkil qilish masalalari boʻyicha soʻrovlarni Tashqi ishlar vazirligiga oldindan yuborish muddati 30 ish kunidan 15 ish kunigacha qisqartiriladi;
grant oluvchilar tomonidan bank hisobvaraqlaridan koʻchirmalarni, shuningdek, texnik koʻmak mablagʻlari toʻgʻrisida axborot va idoraviy hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligiga taqdim etish majburiyati bekor qilinadi;
grant oluvchilar har chorakda (hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan) Vazirlikka olingan va oʻzlashtirilgan grantlar hamda amalga oshirilayotgan tashqi begʻaraz koʻmak loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Vazirlik tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha taqdim etadi;
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlaganlik hamda tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishganlik uchun grantlarni jalb etish va oʻzlashtirishda bevosita ishtirok etgan xodimlarga nisbatan tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, grantlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mehnatga haq toʻlash minimal miqdorining oʻn besh baravarigacha, ammo oʻzlashtirilgan grant summasining ikki foizidan oshmaydigan miqdorda bir yoʻla mukofotlash tarzidagi ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash huquqi beriladi;
loyiha tashabbuskorlariga grantlarni jalb etish toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni budjetdan tashqari jamgʻarmalar, mahalliy budjetlar daromadlarining prognoz koʻrsatkichlarini orttirib bajarilgan qismidan boʻshagan qoldiqlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplash huquqi beriladi.
10. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Vazirlik yoki loyiha tashabbuskorlari — budjet tashkilotlarining buyurtmanomalariga koʻra Dasturlarga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik yigʻimlarini va amaldagi xarajatlarni qoplash hisobiga yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini oʻrnatilgan tartibda taʼminlaydi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik yoki loyiha tashabbuskorlari — budjet tashkilotlarining buyurtmanomalariga koʻra Dasturlarga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislar uchun davlat boji undirilmagan holda koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular yashab turgan joyda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini oʻrnatilgan tartibda taʼminlaydi;
(10-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Dasturlarga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida xarid qilingan transport vositalari majburiy toʻlovlar va yigʻimlar undirilmagan holda roʻyxatga olinishini taʼminlaydi, avtomototransport vositasini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma va davlatning roʻyxatga olish raqam belgilari uchun toʻlovlar bundan mustasno.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Dasturlarga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida kirib kelayotgan dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnikaga nisbatan davlat reyestriga kiritmasdan va oʻrnatilgan yigʻimlarni undirmagan holda dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnikani bir martalik davlat roʻyxatiga olinishini va roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berilishini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan dori vositalarini roʻyxatga olish natijalarini tan olish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
12. Belgilansinki, ushbu Farmon bilan nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi, basharti donorlar bilan bitimlarda oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini amalga oshirishga qoʻshadigan hissasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tashqi begʻaraz koʻmak (grantlar)ni jalb etish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil qilinsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda)
donorlar bilan doimiy muloqot platformasini shakllantirish, tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini moliyalashtirish va amalga oshirish bilan bogʻliq muammoli masalalarni hal etishda yordam koʻrsatish;
Oʻzbekiston Respublikasining donorlar bilan hamkorligining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini amalga oshirish uchun hamkorlik geografiyasini kengaytirish va moliyalashtirishning yangi salohiyatli manbalarini izlash boʻyicha tizimli ishlar olib borish;
tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini kelishish va ishlab chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish va mexanizmlarini takomillashtirish, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
har oy davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining grantlarni jalb qilish va ularning hajmlarini koʻpaytirish, donorlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha qilingan ishlar toʻgʻrisida, shuningdek, har olti oyda — Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarining tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi xodimlarining hisobotlarini tinglash.
14. Vazirlik:
a) ikki oy muddatda jalb qilinayotgan grantlarning samaradorligini baholash boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribani, shu jumladan Vazirlik mutaxassislarining xorijiy mamlakatlarga safarini tashkil qilgan holda oʻrgansin va amaliyotga joriy etilishini taʼminlasin;
b) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, donorlar vakillarini va malakali xorijiy mutaxassislarni mazkur jarayonga faol jalb etgan holda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining xodimlari orasida grantlarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish masalalari boʻyicha muntazam asosda seminarlar va treninglar oʻtkazsin;
v) quyidagilar:
grantlar jalb qilish va oʻzlashtirish sohasidagi malakali mutaxassislar, shuningdek, tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini amalga oshirish doirasida tayyorgarlik, qayta tayyorgarlikdan oʻtgan va malaka oshirgan shaxslar;
tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini amalga oshirish doirasida oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalari, ularning yakunlari boʻyicha tuzilgan hisobotlar, maʼruzalar, maʼlumot va tahliliy materiallar hamda boshqalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini qonunchilikka muvofiq shakllantirsin va doimiy asosda yangilab borsin;
g) tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini amalga oshirish yakunlari boʻyicha qoʻlga kiritilgan ijobiy tajribani iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning tegishli tarmoqlarida keng tatbiq etilishini taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 5-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
17. Vazirlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi, shu jumladan grantlar hisobiga moliyalashtirish taklif etilayotgan ustuvor va istiqbolli loyihalarni tanlab olish mezonlarini, shuningdek, Dasturlarni shakllantirishda Vazirlik va loyiha tashabbuskorlari oʻrtasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklarni hal qilish mexanizmlarini nazarda tutuvchi nizomni;
gumanitar yordam olish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish jarayonini soddalashtirish va muddatini qisqartirish hamda “gumanitar yordam” tushunchasini qayta koʻrib chiqish choralarini koʻrgan holda Gumanitar yordam yuklarini qabul qilish, hisobga olish, manzilli taqsimlash va maqsadli foydalanish ustidan nazorat olib borish hamda gumanitar loyihalarni monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning yangi tahririni;
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gʻulomov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-oktabr,
PF-5848-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-son Farmoniga
1-ILOVA
Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish va donorlar bilan hamkorlik qilish dasturlarini shakllantirish, tasdiqlash va amalga oshirish
sxemasi
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

Masʼullar

1-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini (keyingi oʻrinlarda — loyiha tashabbuskorlari) xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari, xorijiy kompaniyalar, tashkilotlar va jamgʻarmalar (keyingi oʻrinlarda — donorlar) tomonidan amalga oshirilishi taklif etilayotgan tashqi begʻaraz koʻmak loyihalari, hajmlari va yoʻnalishlari toʻgʻrisida xabardor qilish.

Donorlar tomonidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan istiqbolli va ustuvor loyihalarning pasport namunalarini va ularni toʻldirish yoʻriqnomalarini ishlab chiqish va loyiha tashabbuskorlariga yuborish.

Loyiha tashabbuskorlari xodimlari oʻrtasida grantlar, texnik koʻmaklar va boshqa tashqi begʻaraz koʻmak vositalari (keyingi oʻrinlarda — grantlar)ni jalb etish va ulardan samarali foydalanish masalalari boʻyicha seminarlar va treninglar oʻtkazish hamda mazkur jarayonga donorlar vakillari va malakali xorijiy mutaxassislarni faol jalb etish.

1-fevralga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va va savdo vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)

2-bosqich

2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi, 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar, Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari, tarmoqni va hududlarni rivojlantirish dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini inobatga olgan holda donorlar tomonidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan istiqbolli va ustuvor loyihalarning tarmoqlarga oid hamda hududiy roʻyxatlarini tuzish.

Donorlar tomonidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan istiqbolli va ustuvor loyihalar roʻyxatlari va pasportlarini ularning ustuvorligini koʻrsatgan holda Vazirlikka taqdim etish.

Loyihalarning ustuvorligi loyiha tashabbuskorlari tomonidan ularga tegishli tartib raqamlari berish orqali koʻrsatiladi.

1-martga qadar

Loyiha tashabbuskorlari

3-bosqich

Taqdim etilgan takliflarni yigʻish va donorlar tomonidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan, shu jumladan loyihalarning nomlanishi va ularning qisqacha tavsifi, loyihalarning dastlabki qiymati va moliyalashtirish manbalarini nazarda tutuvchi istiqbolli va ustuvor loyihalarning dastlabki yigʻma roʻyxatini shakllantirish.

Donorlar tomonidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan istiqbolli va ustuvor loyihalarning yigʻma roʻyxatini kelishish uchun tegishli vazirliklar va idoralarga yuborish.

1-aprelga qadar

Vazirlik

4-bosqich

Donorlar tomonidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan istiqbolli va ustuvor loyihalarning yigʻma roʻyxatini kelishish.

10-aprelga qadar

Manfaatdor vazirliklar
va idoralar

5-bosqich

Donorlar tomonidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan istiqbolli va ustuvor loyihalar roʻyxatini oʻz ichiga olgan Tashqi begʻaraz koʻmak vositalarini jalb etish dasturini tasdiqlash va uni Vazirlikning rasmiy veb-saytida joylashtirish.

15-aprelga qadar

Vazirlik

6-bosqich

Donorlar bilan Tashqi begʻaraz koʻmak vositalarini jalb etish dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar ajratish imkoniyatini koʻrib chiqish.

Doimiy asosda

Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari, loyiha tashabbuskorlari

7-bosqich

Donorlar tomonidan maʼqullangan loyihalar asosida donorlar bilan hamkorlik qilish dasturlarini (keyingi oʻrinlarda — Hamkorlik dasturlari) ishlab chiqish va tasdiqlash.

Hamkorlik dasturlarida donorlar bilan hamkorlik qilishning asosiy yoʻnalishlari, shuningdek, har bir tashqi begʻaraz koʻmak loyihasining nomlanishi, qisqacha tavsifi, maqsadli koʻrsatkichlari, vazifalari, oluvchilari, donorlar, hajmi va moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarining roʻyxati belgilanadi.

Belgilangan muddatlarda

Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

8-bosqich

Hamkorlik dasturlarini Vazirlikning rasmiy veb-saytida joylashtirish.

Hamkorlik dasturlari tasdiqlangan kundan boshlab besh kun muddatda

Vazirlik

9-bosqich

Hamkorlik dasturlarining parametrlarini aniqlash va ularga zarur oʻzgartirishlar kiritish.

Zarur hollarda

Vazirlik

10-bosqich*

Grantlarni jalb etishni nazarda tutuvchi bitimlar loyihalarini ekspertlar darajasida ishlab chiqish va kelishish.

Kiritilgan kundan boshlab besh kun muddatda

Vakolatli vazirliklar va idoralar

11-bosqich*

Grantlarni jalb etishni nazarda tutuvchi bitimlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.

Kiritilgan kundan boshlab besh kun muddatda

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi

12-bosqich*

Muzokaralar olib borish va grantlarni jalb etishni nazarda tutuvchi bitimlarni imzolash toʻgʻrisidagi qarorlarni kelishish.

Kiritilgan kundan boshlab bir hafta muddatda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

13-bosqich*

Muzokaralar olib borish va grantlarni jalb etishni nazarda tutuvchi bitimlarni imzolash vakolatlari toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish.

Qaror kelishilgan kundan boshlab uch kun muddatda

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

14-bosqich

Tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini moliyalashtirish va amalga oshirish boʻyicha muzokaralar olib borish va bitimlar imzolash.

Belgilangan muddatlarda

Vazirlik, loyiha tashabbuskorlari

15-bosqich

Tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini amalga oshirish.

Loyiha tashabbuskorlari tomonidan olingan va oʻzlashtirilgan grantlar hamda amalga oshirilayotgan tashqi begʻaraz koʻmak loyihalari toʻgʻrisida Vazirlikka maʼlumotlar taqdim etish.

Belgilangan muddatlarda

Loyiha tashabbuskorlari

16-bosqich

Tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarining oʻz vaqtida va tegishli darajada bajarilishi monitoringini amalga oshirish.

Doimiy asosda

Vazirlik

17-bosqich

Tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini nihoyasiga yetkazish, ularning samaradorligini va 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarga, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari, tegishli tarmoq va hududlarni rivojlantirish dasturlari parametrlariga erishish jarayoniga boʻlgan taʼsirini baholash.

Loyihalar xususiyatidan kelib chiqqan holda

Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Xalqaro shartnomalar toifasiga kiradigan bitimlarga nisbatan qoʻllaniladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-son Farmoniga
2-ILOVA
2019-2020-yillarda donorlar bilan ishlab chiqiladigan ustuvor tashqi begʻaraz koʻmak loyihalari
ROʻYXATI

T/r

Loyihaning nomlanishi

Donor

Oluvchilar

Dastlabki summa
(mln AQSH dollari)

1.

Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi markaziy fitosanitariya laboratoriyasini modernizatsiya qilish.

Xitoy Xalq Respublikasi

Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi

2,9

2.

Bolalar va kattalar viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini magnit-rezonans tomograflari bilan jihozlash (1-faza).

Sogʻliqni saqlash vazirligi

10,9

3.

Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlari tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

21,5

4.

Sirdaryo viloyatida tugallangan ishlab chiqarish sikliga ega integratsiyalashgan agrosanoat klasterini yaratish.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi

30

5.

“Oʻzstandart” agentligining yangi sinov bazalarini yaratish hamda mutaxassislarini oʻqitish.

“Oʻzstandart” agentligi

8,1

6.

Belgilangan 20 MVt quvvatga ega shamol parki qurilishi.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

28

7.

Toshkent va Nukusda kasb-hunar taʼlimi markazi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

12

8.

Oqava suvlari uchun tozalash stansiyasi va kanalizatsiya tarmoqlari qurish.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

14

Xitoy Xalq Respublikasi bilan amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati:

127,4

1.

Tuproqning shoʻrlanishini kamaytirish uchun yopiq mikrodrenaj tizimlarini joriy etish.

DJAYKA (Yaponiya)

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi

5

2.

Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast jamgʻarmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash. Orolboʻyi hududida ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

4

3.

“Oʻzbek-Yaponiya markazi (5-faza)” loyihasini amalga oshirish.

Oʻzbek-Yaponiya markazi

4

4.

Elektr energetika tarmogʻida investitsiyalar sohasidagi imkoniyatni oshirish uchun potensial koʻmaklashish maqsadida oʻzaro hamkorlik.

Energetika vazirligi

0,5

5.

Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari boʻyicha mutaxassisni jalb etish va moliyaviy hisobot xalqaro standartlari sohasida salohiyatni oshirish uchun koʻmaklashish.

Energetika vazirligi

0,5

6.

Bugʻ-gaz qurilmalaridan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarni oʻqitish dasturi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

0,5

7.

80 ming gektar maydondagi Orol dengizining qurib qolgan tubida ihota daraxtzorlari yaratish.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

6

8.

Oʻzbekiston nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlarining salohiyatini yaxshilash (tibbiyot va reabilitatsiya uskunalarini yetkazib berish).

Sogʻliqni saqlash vazirligi

7,5

DJAYKA (Yaponiya) bilan amalga oshirilayotgan loyihalar umumiy qiymati:

28

1.

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarni boshqarish jarayoniga axborot tizimlarini joriy etish.

KOIKA

(Janubiy Koreya)

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi

4,9

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

0,4

3.

Bojxona xizmati salohiyatini rivojlantirish va infratuzilmasini modernizatsiya qilish.

Davlat bojxona qoʻmitasi

2,9

4.

“Mirzo Ulugbek Innovation Center” axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash Innovatsiya markazi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish.

“Mirzo Ulugbek Innovation Center” axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash Innovatsiya markazi

10

5.

Karantin xizmati infratuzilmasini takomillashtirish, konsultativ xizmatlari koʻrsatish va uning salohiyatini oshirish.

Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi

2,7

6.

Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish.

Davlat xizmatlari agentligi

8

7.

Oʻzbekistonda biznes-inkubatorlar tashkil etish va tadbirkorlikning oʻsishini ragʻbatlantirish.

Savdo-sanoat palatasi

6

8.

Oʻzbekistonda Kimyo texnologiyalari markazi (UzCCT) ilmiy-tadqiqot va loyiha institutini tashkil etish.

“Oʻzkimyosanoat” AJ

7

9.

Urganchda kasb-hunar taʼlimi markazi va Toshkent kasb-hunar taʼlimi markazida Milliy malaka tizimini tashkil etish.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

15

10.

Koreya tajribasi asosida yer resurslari toʻgʻrisidagi koʻp maqsadli maʼlumotlar bazasini yaratish uchun texnik qoʻllab-quvvatlash.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi

17

KOIKA (Janubiy Koreya) bilan amalga oshiriladigan loyihalar umumiy qiymati:

73,9

1.

Oʻzbekistonni budjet tomonidan qoʻllab-quvvatlash.

Yevropa Ittifoqi Komissiyasi

Moliya vazirligi

40

2.

Oʻzbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish koʻnikmalarini rivojlantirish.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

15

3.

Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi jarayonlariga koʻmaklashish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirliklar va idoralar

5

4.

Budjetni qoʻllab-quvvatlash, davlatning moliyalash tizimini baholash, loyihalarni oʻrta muddatli baholash va boshqalar boʻyicha dasturlar tayyorlash.

Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2,5

Yevropa Ittifoqi Komissiyasi bilan amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati:

62,5

1.

Markaziy Osiyo mintaqasida mayda shoxli chorva mol yetishtirilishini barqaror rivojlantirish.

BMTning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti

(FAO)

Vyeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

0,7

2.

Kavsh qaytaruvchi hayvonlarni yetishtirishga nisbatan siyosatni tahlil qilish hamda iqlim oʻzgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda Markaziy Osiyoning ayrim mamlakatlarida maʼlumotlar olish imkoniyatlarini baholash.

Vyeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

0,2

3.

Oʻzbekistonda ipak sanoatini barqaror rivojlantirish va mayda fermerlar daromadlarini oshirish boʻyicha Investitsiya-sheriklik forumi.

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

0,1

4.

Gʻarbiy Bolqon, Kavkaz va Markaziy Osiyoda chuchuk suv akvakulturasi va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini baholash.

Vyeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

1,5

5.

Markaziy Osiyoda baliq xoʻjaligi va akvakultura barqaror boshqarish manfaatlarida salohiyat yaratish.

Vyeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

1

6.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida oziq-ovqat yoʻqotilishi va chiqindilarni qisqartirish.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

0,5

7.

Parij bitimiga muvofiq Oʻzbekistonning belgilangan milliy hissasini amalga oshirish va monitoring qilish shaffofligini oshirish uchun Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi va yerdan foydalanish sektorlarida salohiyatni mustahkamlash.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

1,3

8.

Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqalarida bugʻdoyning zang kasalliklariga qarshi kurashish va chidamli navlar seleksiyasi sohasida mintaqaviy hamkorlik va milliy salohiyatni mustahkamlash.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

1,1

9.

Kelajak avlodlar uchun aqlli qishloq xoʻjaligi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

4,5

10.

Oʻzbekistonning qurgʻoqchil tumanlarida oʻrmondan barqaror foydalanish.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

4,3

11.

Oʻzbekiston Respublikasida yangi yerlarni oʻzlashtirish Milliy konsepsiyasini amalga oshirish.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi

40

12.

Tanazzulga uchragan oʻrmonlarni va boshqa yerlarni qayta tiklash.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2

13.

“Hech kimni ortda qoldirmaylik” dasturi: Turkiya va Markaziy Osiyodagi qishloq ayollarining huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularni yanada keng jalb etish orqali iqtisodiy oʻsish uchun imkoniyatlardan foydalanish.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi

0,9

14.

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining Oziq-ovqat xavfsizligini muvofiqlashtirish markazining loyiha tashkilotidan barqaror tashkilotga aylantirilishini qoʻllab-quvvatlash.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

0,5

15.

2030-yilgacha BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlari salohiyatini oshirib borish.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

0,1

16.

Baliqchilikda akvakultura va qoʻshilgan qiymat zanjiri sektori uchun milliy sharh va strategiya.

Vyeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

0,3

17.

Oʻzbekistonda raqamli qishloq xoʻjaligining transformatsiyasini texnik-iqtisodiy asoslantirish.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

0,1

18.

Oʻzbekistonda asalarichilikni barqaror rivojlantirish.

Vyeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

0,4

FAO bilan amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati:

59,5

1.

Afgʻoniston Islom Respublikasidan xodimlar ishtirokida Termiz shahrida tibbiy taʼlim va malaka oshirish dasturlarini modernizatsiya qilish.

GITS, “KfV” Germaniya rivojlanish banki

Sogʻliqni saqlash vazirligi

17,5

2.

Zamonaviy terapevtik va tashxis maqsadlarida yuqori texnologiyalardan foydalanish samaradorligini taʼminlash.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2

3.

Oʻzbekistonda kasb-hunar taʼlimi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

5

4.

Sogʻliqni saqlash sektorida raqamli islohotlarni qoʻllab-quvvatlash — bogʻliq boʻlgan choralar.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

1,5

5.

Oʻzbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

5,5

6.

Oʻzbek sifat infratuzilmasini isloh qilishga va Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun sifatni taʼminlash boʻyicha xizmatlarni rivojlantirishga koʻmaklashish.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

1,3

7.

Texnik koʻmaklashish liniyasi boʻyicha tadqiqotlar va mutaxassislar jamgʻarmasi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

1

8.

Markaziy Osiyoda kasb-hunar taʼlimi — oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida tizimli yondashuvlarga koʻmaklashish.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

aniqlanmoqda

GITS va “KfV” Germaniya rivojlanish banki bilan amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati:

33,8

1.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasida moliyaviy boshqarishni mustahkamlash (2-faza).

Osiyo taraqqiyot banki

Moliya vazirligi

0,1

2.

Rivojlanish boʻyicha statistika maʼlumotlari (2-faza).

Davlat statistika qoʻmitasi

1

OTB bilan amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati:

1,1

1.

Sirdaryo viloyatining suv taʼminoti (loyihani uzaytirish).

Shveysariya Konfederatsiyasi

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

1

Shveysariya bilan amalga oshiriladigan loyihaning umumiy qiymati:

1

1.

Taʼlimni boshqarish axborot tizimini yaratish (EMIS — Educational Management Information System).

Eksimbank
(Janubiy Koreya)

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

0,32

Eksimbank (Janubiy Koreya) bilan amalga oshiriladigan loyihaning umumiy qiymati:

0,32

1.

Xalqaro politsion oʻquv dasturlari (7 kursdan iborat malaka oshirish mashgʻulotlarini tashkil etish).

TIKA (Turkiya)

Ichki ishlar vazirligi

aniqlanmoqda

2.

Davlat muassasalari xodimlari uchun tajriba almashish dasturlarini tashkil etish.

Manfaatdor vazirlik
va idoralar

aniqlanmoqda

3.

Turkiyada tajriba almashish boʻyicha dasturlarni tashkil etish.

Manfaatdor vazirlik va idoralar

aniqlanmoqda

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

aniqlanmoqda

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish dasturlarini tashkil etish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

aniqlanmoqda

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish.

Moliya vazirligi

aniqlanmoqda

7.

3D modellashtirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

aniqlanmoqda

8.

Ona va bola sogʻligʻini saqlash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

aniqlanmoqda

9.

Oʻzbek-turk salomatlik haftaliklarini tashkil etish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

aniqlanmoqda

10.

“Oʻzstandart” agentligi xodimlari uchun malaka oshirish va oʻquv dasturlarini tashkil etish.

“Oʻzstandart” agentligi

aniqlanmoqda

11.

2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirish doirasida ikkita chora-tadbirni qoʻllab-quvvatlash.

Manfaatdor vazirlik
va idoralar

aniqlanmoqda

12.

Oʻzbekistonning organik mahsulotlarini brendlashga yoʻnaltirilgan faoliyatni qoʻllab-quvvatlash.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

aniqlanmoqda

13.

Turizm va mehmon kutish sohasida turk taʼlim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

aniqlanmoqda

14.

Orol dengizi hududida saksovul ekish loyihasini qoʻllab-quvvatlash.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

aniqlanmoqda

15.

Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida aholi daromadlarini oshirishga yoʻnaltirilgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

aniqlanmoqda

16.

Kichik va oʻrta tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan dasturlarni amalga oshirishda koʻmaklashish.

Savdo-sanoat palatasi

aniqlanmoqda

17.

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan dasturlarni amalga oshirishda (xushboʻy oʻsimliklar va organik urugʻlarni yetishtirish) koʻmaklashish.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

aniqlanmoqda

18.

“Tadbirkor ayol” uyushmasining Buxoro filiali yangi binosini jihozlash.

“Tadbirkor ayol” uyushmasi

aniqlanmoqda

19.

“Tadbirkor ayol” uyushmasi qoshidagi toʻqimachilik sexini uskunalar bilan jihozlash.

“Tadbirkor ayol” uyushmasi

aniqlanmoqda

20.

“Tadbirkor ayol” uyushmasi qoshidagi toʻqimachilik sexini jihozlash.

“Tadbirkor ayol” uyushmasi

aniqlanmoqda

21.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi muassasalaridan birini uskunalar bilan jihozlash.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

aniqlanmoqda

22.

Orol dengizi hududida qurgʻoqchilikning oldini olish maqsadida koʻchatxonalar yaratish.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

aniqlanmoqda

23.

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti qoshida studiya tashkil etish.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

aniqlanmoqda

24.

Turizmni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

aniqlanmoqda

25.

Xiva shahridagi Nurulloboy madrasasini restavratsiya qilish.

Madaniyat vazirligi

aniqlanmoqda

26.

Imom Moturudiy maqbarasida qoʻshimcha binolarni qurish.

Madaniyat vazirligi

aniqlanmoqda

TIKA (Turkiya) bilan amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati:

1.

Oʻzbekistonda moslashuvning oʻrta va uzoq muddatli rejalashtirilishini olgʻa surish uchun sektorlarga tayangan milliy moslashuv rejasi.

Yashil iqlim jamgʻarmasi

(YAIJ)

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

1,67

2.

Oʻzbekistonning Yashil iqlim jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilishiga tayyor turishini oshirish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi

0,6

Yashil iqlim jamgʻarmasi (YAIJ) bilan amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati:

2,27

1.

Oʻzbekistonda iqlim maʼlumotlarini saqlash (2-faza).

Koreya meteorologiya administratsiyasi (KMA)

va Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT)

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi

0,45

KMA va JMT bilan amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati:

0,45

1.

Oʻzbekiston Respublikasida Atrof-muhitni monitoring qilish tizimi yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasini yaratish.

Yaponiya Hukumati

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

6

Yaponiya Hukumati bilan amalga oshiriladigan loyihaning umumiy qiymati:

6

1.

Orolboʻyida suv-botqoq, koʻl va qayir ekotizimlarini yaratish va ulardan barqaror foydalanish.

Global ekologiya jamgʻarmasi

(GEJ)

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

4

Global ekologiya jamgʻarmasi bilan amalga oshiriladigan loyihaning umumiy qiymati:

4

Barcha loyihalarning umumiy qiymati:

400,2

Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-son Farmoniga
3-ILOVA
Tashqi begʻaraz koʻmak (grantlar)ni jalb etish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning
TARKIBI

1.

J.A. Xodjayea

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi

2.

A.A. Paygamov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamenti rahbari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari

3.

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari

4.

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

5.

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

6.

T.Yu. Rapiqov

Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati mudiri

7.

M.M. Nosirov

Markaziy bank departament direktori oʻrinbosari

8.

N.B. Nurmatov

Tashqi ishlar vazirligi Ijro apparati boʻlim boshligʻi

9.

Lavozimi boʻyicha

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament rahbari

10.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari-Qoraqalpogʻiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari — viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmalari boshliqlari

11.

Kelishuv asosida

Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast jamgʻarmasi vakili

12.

Kelishuv asosida

xorijiy donorlar vakillari

13.

Lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasi Tashqi begʻaraz koʻmak (grantlar)ni jalb etish va donorlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish masalalari boʻlimi boshligʻi, Muvofiqlashtiruvchi kengash masʼul kotibi

Izoh. Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-son Farmoniga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-3751-son Farmoniga 2-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“SOSTAV
Soveta po upravleniyu Fondom rekonstruksii i razvitiya Respubliki Uzbekistan

Aripov A.N.

Premyer-ministr Respubliki Uzbekistan, predsedatel Soveta

Gulyamov R.A.

sovetnik Prezidenta Respubliki Uzbekistan, zamestitel predsedatelya Soveta

Kuchkarov D.A.

zamestitel Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan — ministr finansov Respubliki Uzbekistan

Xodjayev B.A.

ministr ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan

Umurzakov S.U.

ministr investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan

Ishmetov T.A.

perviy zamestitel ministra finansov Respubliki Uzbekistan

Primechaniye. Pri perexode chlenov Soveta po upravleniyu Fondom na druguyu rabotu v yego sostav vklyuchayutsya litsa, vnov naznachennie na eti doljnosti libo na kotorix vozlojeno vipolneniye sootvetstvuyushix funksiy”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5643-son Farmonida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, xorijiy, birinchi navbatda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishni muvofiqlashtirish, xalqaro moliya institutlari (boshqaruv ofislari) va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, shuningdek, tashqi savdo, xalqaro iqtisodiy hamkorlik, respublikaga tashqi begʻaraz koʻmak (grantlar, texnik koʻmak, maqsadli begʻaraz yordam) mablagʻlarini jalb qilish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va muvofiqlashtirish uchun masʼul vakolatli davlat organi hisoblanadi”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlat organlari va tashkilotlarining respublikaga tashqi begʻaraz koʻmak (grantlar, texnik koʻmak, maqsadli begʻaraz yordam) mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, ularning maqsadli foydalanilishini hisobga olish va monitoring qilish”;
beshinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-594-son qarori 2-bandining oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi gumanitar yordamning toʻliq hamda tizimli hisobini yuritish”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2847-son qaroriga 7-ilovaning rus tilidagi matni 9-bandi 6-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6) v oblasti upravleniya gumanitarnoy pomoshi:
formiruyet sovmestno s zainteresovannimi ministerstvami i vedomstvami yedinuyu bazu dannix gumanitarnoy pomoshi dlya finansirovaniya prioritetnix proyektov i meropriyatiy;
razrabativayet deystvenniy mexanizm koordinatsii formirovaniya zayavok i vklyucheniya gumanitarnoy pomoshi v yedinuyu bazu dannix;
formiruyet i regulyarno obnovlyayet sovmestno s Ministerstvom investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan bazi dannix donorskix organizatsiy, predostavlyayushix gumanitarnuyu pomosh;
koordiniruyet privlecheniye v respubliku i svoyevremennoye oformleniye i napravleniye zayavok na polucheniye gumanitarnoy pomoshi, a takje osushestvlyayet uchet, monitoring i kontrol za ix selevim ispolzovaniyem;
razrabativayet i utverjdayet v ustanovlennom poryadke formi otchetnosti po gumanitarnoy pomoshi;
osushestvlyayet sbor informatsii o gumanitarnoy pomoshi, postupayushix v respubliku, yeye analiz i obobsheniye, podgotovku sootvetstvuyushix analiticheskix i spravochnix materialov;
osushestvlyayet podgotovku analiticheskix materialov i proyektov otchetov o postuplenii i xode osvoyeniya gumanitarnoy pomoshi, privlekayemix v Respubliku Uzbekistan, dlya posleduyushego vneseniya na sistemnoy osnove v Pravitelstvo Respubliki Uzbekistan;
okazivayet zainteresovannim ministerstvam i vedomstvam prakticheskuyu pomosh pri oformlenii gumanitarnoy pomoshi, predostavlyayemoy Respublike Uzbekistan”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4135-son qarorida:
a) 2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlik, Vazirlik huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi va Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 1541 nafar, shu jumladan Vazirlikning markaziy apparati boshqaruv xodimlari — 283 nafar etib belgilansin”;
“XMI va XHMT bilan ishlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi 10” blokidagi “10” raqami “6” raqami bilan almashtirilsin;
“XMI va XHMT bilan ishlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi 6” blokidan keyin “Tashqi begʻaraz koʻmakni muvofiqlashtirish departamenti 11” bloki bilan toʻldirilsin;
izohdagi “1534 nafar” va “276 nafar” soʻzlari tegishincha “1541 nafar” va “283 nafar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-son Farmoniga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni)” Farmoniga 1-ilovaning 32-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish departamentini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-1005-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 10-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-1055-son qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2019-y., 06/19/5848/3901-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2023-y., 06/23/73/0284-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)