Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga narkologik yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-dekabrdagi PQ-4075-son qaroriga muvofiq, shuningdek, narkologik kasalliklarning oldini olish, ularga tashhis qoʻyish va ularni davolashni yanada takomillashtirish, narkologiya xizmatining moddiy-texnik bazasini va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, narkologiya muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar aholiga narkologik yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
narkologiya xizmatini boshqarishning samarali vertikal integratsiyalashgan tashkiliy tuzilmasini tashkil etish;
narkologiya xizmatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
bino va inshoatlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash, narkologiya muassasalarini tibbiyot asbob-uskunalari va inventar bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) orqali narkologiya xizmatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
narkologiya xizmatini malakali kadrlar bilan taʼminlash, shu jumladan narkolog-shifokorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, profilaktika qilish, tashhis qoʻyish va davolashning zamonaviy metodikalari hamda texnologiyalarini joriy etish, ushbu yoʻnalishda ilmiy tadqiqotlar olib borish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika narkologiya markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari etib belgilansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 448-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2023-y., 09/23/448/0680-son)
narkologik kasalliklarning oldini olish, ularga tashhis qoʻyish va ularni davolashni tashkil etish tizimini takomillashtirish, narkologiya xizmati muassasalarining faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish;
narkologik kasalliklarning oldini olish, ularga tashhis qoʻyish va ularni davolashning, psixoaktiv moddalarga qaram boʻlib qolgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning zamonaviy metodikalari va texnologiyalarini ishlab chiqish hamda joriy etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish;
ushbu sohada faoliyat olib borayotgan xalqaro tashkilotlar, yetakchi xorijiy markazlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
birgalikda ilmiy-tadqiqot va taʼlim loyihalarini bajarish, shifokor kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, birgalikda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun chet ellik professorlarni ilmiy faoliyatga, shuningdek, xalqaro grantlarni jalb qilish;
joriy narkologik vaziyatga eʼtibor qaratish boʻyicha oʻz vaqtida munosib choralar koʻrish uchun takliflar ishlab chiqish maqsadida sherik tashkilotlar, shu jumladan xorijiy yirik tashkilotlar bilan xamkorlikda narkologik kasalliklar tarqalishini, psixoaktiv moddalar isteʼmol qilish modellari oʻzgarishini baholashga qaratilgan davriy tadqiqotlar oʻtkazish.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika narkologiya markazining huquqiy vorisi hisoblanadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Respublika narkologiya dispanseri, viloyatlar va Toshkent shahar narkologiya dispanserlari Markazning tashkiliy-uslubiy hududiy boʻlinmalari hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar, faoliyat ixtisosligi boʻyicha ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan daromadlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar narkologiya muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Quyidagilar:
2019 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi narkologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq;
2020 — 2022-yillarda narkologiya xizmati muassasalarining bino va inshoatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashning asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
2020 — 2022-yillarda narkologiya muassasalarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlashning (qoʻshimcha jihozlashning) asosiy parametrlari 3-ilovaga muvofiq;
narkologik bemorlarni majburiy davolash uchun narkologiya dispanserlari oʻrinlar fondining quvvati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq jamoat joylarida mast holatda boʻlgan shaxslar, agar ularga tibbiy yordam koʻrsatish zarur boʻlgan holatlarda (alkogoldan ogʻir zaharlanish holatlari bundan mustasno), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Respublika narkologiya dispanseri, viloyatlar va Toshkent shahar narkologiya dispanserlari huzuridagi tibbiy yordam koʻrsatish punktlariga olib kelinishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Toshkent shahar narkologiya dispanseri qoshida mast holatda boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish punktini bir oy muddatda tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Belgilab qoʻyilsinki, narkologiya muassasalari binolari va inshoatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, shuningdek, ularni tibbiyot uskunalari, ixtisoslashgan mebel va inventar bilan jihozlash har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida nazarda tutiladigan mablagʻlar, shuningdek, xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligiga narkologiya muassasalarining binolari va inshoatlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash, shuningdek, ularni tibbiyot uskunalari bilan jihozlashga oid asoslantirilgan hisob-kitoblar hamda manzilli roʻyxatlari har yili 1-iyulgacha boʻlgan muddatda taqdim etilishini taʼminlasin;
ushbu qarorda belgilangan vazifalar va yoʻnalishlarni hisobga olgan holda, “Sogʻliqni saqlash” tarmogʻi boʻyicha har yili nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari doirasida Markazning yangilangan tashkiliy-shtat tuzilmasini hamda taʼsis hujjatlarini bir oy muddatda tasdiqlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 3-oktabr,
842-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 842-son qaroriga

1-ILOVA

2019 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi narkologiya xizmatini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari dasturi
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddatlari

Summa‎

Moliyalashtirish manbalari ‎

Masʼul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Narkologiya xizmatining zamonaviy tuzilmasi, vazifalari va ehtiyojlariga muvofiq narkologiya muassasalarining yangi shtat normativlarini tasdiqlash.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil 1-yanvar

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

2.

Alkogolga qaram boʻlgan shaxslar uchun cheklov oʻrnatilgan kasbiy faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2020-yil 1-fevral

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, ‎Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi

3.

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida ichki ishlar organlarida narkologik bemorlarni majburiy davolash va profilaktik kuzatishni taʼminlash boʻyicha axborot almashish va ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilish uchun normativ-huquqiy baza yaratish.

Sogʻliqni saqlash vaziri va ichki ishlar vazirining qoʻshma buyrugʻi

2020-yil 1-fevral

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV

4.

Majburiy davolash uchun ixtisoslashgan davolash-profilaktika muassasalarida alkogolizmga, giyohvandlik yoki toksikomaniyaga yoʻliqqan shaxslarga ixtisoslashgan narkologik yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2020-yil 1-fevral

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

5.

BMTning Giyohvand moddalar va jinoyat boʻyicha boshqarmasi / Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan taklif etilgan Xalqaro standartlar asosida giyohvandlikka qaramlikni davolash boʻyicha xizmatlar uchun milliy sifat standartlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2020-yil 1-mart

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

6.

Ilgʻor xorijiy texnologiyalarni hisobga olgan holda, narkologik bemorlarga tashhis qoʻyish, ularni davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish standartlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi

2020-yil 1-may

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

II. Narkologik kasalliklarning oldini olish, ularga erta tashhis qoʻyish, ularni davolash hamda narkologik bemorlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini takomillashtirish

7.

Psixoaktiv moddalarni notibbiy maqsadda isteʼmol qilish “xavf guruhi”ni erta aniqlash va profilaktik ishlarning samarali usullarini joriy etish, narkologiya muassasalarining sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini muassasalari, taʼlim muassasalari, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalla faollari bilan oʻquv seminarlarini oʻtkazish orqali hamkorlik qilish mexanizmini takomillashtirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2020-yil 1-may

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Mahalla” fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

8.

Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, aholini psixoaktiv moddalarning yangi turlari tarqalganidan va ularni isteʼmol qilishning salbiy oqibatlaridan keng xabardor qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, MTRK, “Mahalla” fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi‎

9.

Psixoaktiv moddalarga qaram boʻlgan va ogʻir ruhiy va somatik asoratlarni boshidan oʻtkazayotgan bemorlar uchun intensiv terapiya palatalarini tashkil etish orqali shoshilinch narkologik yordam tizimini rivojlantirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

10.

Yoshi katta narkologik bemorlarni, shuningdek ogʻir kasalliklarga chalingan narkologik bemorlarni somatik kasalliklarga chalingan narkologik bemorlarni majburiy davolash uchun maxsus boʻlimlar tashkil etish orqali majburiy davolash tizimini rivojlantirish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil 1-mart

Budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

11.

Narkologik bemorlarni davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishning yuqori texnologik usullarini joriy etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

12.

Narkologik bemorlarga ijtimoiy-ruhiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2022-yillar

Budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

III. Narkologiya xizmatining yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlanganligini yaxshilash, narkologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish

13.

Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti kafedralari bazasida birlamchi ixtisoslik sikllarida magistraturada, klinik ordinaturada narkologiya, tibbiy psixologiya va psixoterapiya sohasida mutaxassislar tayyorlash.

Tashkiliy tadbirlar

Doimiy ravishda

Muassasalarning budjetdan ajratilgan mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

14.

Toshkent shahar narkologiya dispanseri bazasida hududiy narkologiya muassasalarining ijtimoiy xodimlarini oʻqitish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar

Budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

15.

Narkologik kasalliklarning oldini olish, ularga tashhis qoʻyish va ularni davolashning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha narkologiya sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Chora-tadbirlar dasturi

2019 — 2021-yillar

Budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida, xalqaro tashkilotlar mablagʻlari hisobidan

Sogʻliqni sa�lash vazirligi

IV. Narkologiya muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

16.

Narkologiya muassasalari binolarida taʼmirlash-qurilish ishlarini olib borish va ularni rekonstruksiya qilish. ‎

Tashkiliy tadbirlar

2020 — 2022-yillar

147 mlrd. soʻm

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, ‎viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Narkologiya muassasalarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash). ‎

Tashkiliy tadbirlar

2020 — 2021-yillar

1,5 mln. AQSh dollari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, ‎viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

V. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish

18.

Xorijiy mamlakatlarning yetakchi klinikalarida “Narkologiya”, “Tibbiy psixologiya va psixoterapiya” mutaxassisliklari boʻyicha malaka oshirish kurslarida shifokorlarni oʻqitish. ‎

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar

Ijrochilar mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

19.

Xalqaro tashkilotlar va yetakchi ilmiy markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda psixoaktiv moddalarga qaramlik muammolari boʻyicha birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.

Tashkiliy tadbirlar

2020 — 2021-yillar

Ijrochilar mablagʻlari ‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi

20.

Narkologiya muassasalari xodimlari uchun zamonaviy davolash-reabilitatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xalqaro tashkilotlar koʻmagida treninglar tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar

Ijrochilar mablagʻlari, partnerov

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 842-son qaroriga

2-ILOVA

2020 — 2022-yillarda narkologiya xizmati muassasalarining binolari va inshoatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashning
ASOSIY PARAMETRLARI

T/r

Obyekt nomi (quvvati)

Qiymati

(mlrd soʻm)

Foydalanishga topshirish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Qurilish obyektlari

1.

Samarqand viloyati narkologiya dispanserining statsionarini qurish (ixtiyoriy davolash uchun 140 ta oʻringa moʻljallangan statsionar va majburiy davolash uchun 100 ta oʻringa moʻljallangan statsionar).

12,0

2020 — 2022-yillarga tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi

2.

Toshkent shahar narkologiya dispanserining yangi korpusini qurish

(ixtiyoriy davolash uchun 30 ta oʻringa moʻljallangan statsionar, sutkada

70 ta ekspertiza oʻtkazishga moʻljallangan ekspert boʻlimi).

12,0

2020 — 2022-yillarga tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi

3.

Majburiy davolash u�un Toshkent shahar narkologiya kasalxonasining yangi binosini qurish (90 ta oʻringa moʻljallangan statsionar).

10,0

Oʻzbekiston Respublikasining

2020 — 2022-yillarga moʻljallangan tasdiqlanadigan investitsiya dasturi mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi

4.

Surxondaryo viloyati narkologiya dispanserining yangi korpusini qurish

(100 ta oʻringa moʻljallangan statsionar, sutkada 30 ta tashrifga moʻljallangan ambulatoriya).

13,0

(2019-yil — 7,0)

2020 — 2022-yillarga tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

5.

Shargun shahrida Surxondaryo viloyati narkologiya dispanserining majburiy davolash uchun yangi korpusini qurish, unga majburiy davolash uchun mustaqil shifoxona maqomini berish (100 ta oʻringa moʻljallangan statsionar).

8,5

2020 — 2022-yillarga tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

6.

Jizzax viloyati narkologiya dispanserining alohida korpusini qurish

(40 ta tashrifga moʻljallangan dispanser boʻlimi).

4,0

2020 — 2022-yillarga tasdiqlanadigan Oʻzbekist�n Respublikasi Investitsiya dasturi mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Jizzax viloyati hokimligi

7.

Namangan viloyati narkologiya dispanserining yangi alohida korpusini qurish (majburiy davolash uchun 60 ta oʻringa moʻljallangan statsionar

(50 ta mavjud + 10 ta qoʻshimcha oʻrin)).

4,52

2020 — 2022-yillarga tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Namangan viloyati hokimligi

8.

Xorazm viloyati narkologiya dispanserining yangi binosini qurish (ixtiyoriy davolash uchun 40 ta oʻringa moʻljallangan statsionar va majburiy davolash uchun 50 ta oʻringa moʻljallangan statsionar, sutkada

75 ta tashrifga moʻljallangan ambulatoriya).

15,0

2020 — 2022-yillarga tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

Jami: 8 ta obyekt (710 oʻrin).

79,02

II. Rekonstruksiya qilish obyektlari

9.

Andijon viloyatining narkologiya dispanserini tashkil etish boʻyicha rekonstruksiya qilish uchun bino ajratish (ixtiyoriy davolash uchun 80 ta oʻringa moʻljallangan statsionar va majburiy davolash uchun 40 ta oʻringa moʻljallangan statsionar, sutkada 50 ta tashrifga moʻljallangan ambulatoriya).

20,0

2020 — 2022-yillarga tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Andijon viloyati hokimligi

10.

Taxiatosh shahridagi Respublika narkologiya dispanserini (QR) rekonstruksiya qilish (100 ta oʻringa moʻljallangan statsionar va sutkada 75 ta tashrifga moʻljallangan ambulatoriya).

10,0

2020 — 2022 �illarga tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

11.

Toshkent viloyati narkologiya dispanserini (Angren shahri) Nurafshon shahriga koʻchirish, buning uchun tegishli bino ajratish va uni rekonstruksiya qilish (ixtiyoriy davolash uchun 30 ta oʻringa moʻljallangan statsionar va majburiy davolash uchun 50 ta oʻrin, sutkada 30 ta tashrifga moʻljallangan ambulatoriya).

14,0

2020 — 2022-yillarga tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

Jami: 3 ta obyekt (300 oʻrin).

44,0

III. Kapital taʼmirlash obyektlari

12.

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (90 ta oʻringa moʻljallangan statsionar va 6 oʻrinli reanimatsiya boʻlimi).

14,0

2020 — 2022-yillarga tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

13.

Qashqadaryo viloyati narkologiya dispanseri (ixtiyoriy davolash uchun 110

ta oʻringa moʻljallangan statsionar va majburiy davolash uchun 40 ta oʻrin, sutkada 72 ta tashrifga moʻljallangan ambulatoriya).

9,0

2020 — 2022-yillarga tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

14.

Toshkent shahar narkologiya dispanseri (60 ta oʻringa moʻljallangan (ambulatoriya va statsionar boʻlim hamda 6 oʻrinli reanimatsiya bloki, toʻsiq oʻrnatish, isitish tizimini taʼmirlash).

0,7

2020 — 2022-yillarga tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dastur� mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Toshkent shahar hokimligi

Jami kapital taʼmirlash: 3 ta obyekt (312 ta oʻrin).

23,7

Izohlar:
1. Ushbu qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash obyektlaridagi ishlar 2020 — 2022-yillarga tasdiqlanadigan Investitsiya dasturi mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
2. Ishlar narxi boshlangʻich narxdir, qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashning yakuniy narxi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish ekspertizadan oʻtkazish hamda tender savdolari yakunlari boʻyicha aniqlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 842-son qaroriga

3-ILOVA

2020 — 2022-yillarda narkologiya muassasalarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlashning (qoʻshimcha jihozlashning)
ASOSIY PARAMETRLARI

T/r

Hududlar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

17

18

19

20

Bakterial filtrli jarrohlik elektrtortgichi

Kardiosinxronlangan defibrillyator

Elektrokardiograf

Karavot oldidagi stolcha va tumbaga ega funksional karavot

Qonning klinik analizatori

Qonning biokiyoviy analizatori

Chiqarilgan nafasda alkogolni aniqlaydigan qurilma

Ultratovushli diagnostik tibbiy apparat (skaner)

Rentgen apparati

“Amplipuls” apparati

Ultrayuqori chastotali terapiya uchun apparat

Elektruyqu uchun apparat

Galvanizatsiya va dorili elektroforez uchun apparat

Mahalliy darsonvalizatsiya apparati

Magnitoterapiya uchun apparat

Gemodinamikaning asosiy koʻrsatkichlarini oʻrganish uchun apparatura

Oʻpkani sunʼiy ventilatsiya qilish uchun apparat

Distillyator

Dasturiy taʼminotga va printyerga ega shaxsiy kompyuter

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1

1

1

2

-

1

1

1

1

1

-

1

1

1

1

-

-

1

10

2.

Andijon viloyati

1

1

2

2

1

1

2

1

1

1

1

1

1

1

1

-

-

1

8

3.

Buxoro viloyati

-

1

1

-

-

-

1

1

1

1

1

1

1

1

1

-

-

1

3

4.

Jizzax viloyati

1

1

1

-

1

1

1

-

1

1

1

1

-

1

1

-

-

1

7

5.

Qashqadaryo viloyati

1

1

1

-

1

1

1

1

1

1

-

1

-

1

-

-

1

2

6.

Navoiy viloyati

1

1

1

2

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

-

-

1

4

7.

Namangan viloyati

-

1

1

-

1

-

1

-

1

1

-

-

-

-

1

-

-

-

3

8.

Samarqand viloyati

-

-

1

2

2

-

1

-

1

1

1

1

1

1

1

-

-

-

4

9.

Surxondaryo viloyati

1

1

2

2

2

-

1

1

1

1

-

1

-

1

1

-

-

1

3

10.

Sirdaryo viloyati

1

-

1

2

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

-

-

1

5

11.

Toshkent viloyati

1

1

1

2

1

1

2

1

1

1

1

1

1

1

1

-

-

-

6

12.

Fargʻona viloyati

1

2

2

2

2

1

4

1

2

2

1

2

1

1

1

-

-

2

12

13.

Xorazm viloyati

-

1

1

-

-

1

2

1

1

1

-

1

-

1

1

-

-

1

6

14.

Majburiy davolash uchun Toshkent shahar narkologiya shifoxonasi

-

-

1

-

1

1

-

-

-

-

1

1

1

1

1

-

-

-

4

15.

Toshkent shahar narkologiya dispanseri

-

-

1

6

-

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

10

16.

Respublika narkologiya markazi

-

1

-

6

1

-

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

4

JAMI:

3

13

18

28

15

11

21

12

16

16

11

16

11

14

15

2

2

13

91

Birlik narxi ming AQSh dollarida

4,0

6,0

4,0

5,0

15,0

4,0

5,0

18,0

16,0

1,07

3,125

0,7

1,9

0,3

7,5

18,0

20,0

0,8

0,5

JAMI:

qiymat AQSh dollarida

36,0

78,0

72,0

140,0

225,0

44,0

105,0

216,0

259,2

17,12

34.4

11,2

20,9

4,2

112,5

36,0

40,0

10,4

45,5

Asbob-uskunalarning umumiy qiymati 1 507, 42 ming AQSh dollarini tashkil etadi

Izoh. Tibbiyot uskunalari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) parametrlari narkologiya muassasalarida mavjud zamonaviy tibbiyot uskunalarini hisobga olgan holda hisoblab chiqilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 842-son qaroriga

4-ILOVA

Narkologik bemorlarni majburiy davolash uchun narkologiya dispanserlari oʻrinlar fondining quvvati

T/r

Hududlar

Majburiy davolash uchun narkologik oʻrinlarning zarur soni

Oʻrinlarning mavjud soni

Qoʻshimcha tashkil etish talab etiladigan oʻrinlar*

Amalga oshirish muddatlari

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

90

70

20

2019 — 2022-yillar

2.

Andijon viloyati

60

40

20

2019 — 2022-yillar

3.

Buxoro viloyati

92

72

20

2019 — 2022-yillar

4.

Jizzax viloyati

40

30

10

2019 — 2022-yillar

5.

Qashqadaryo viloyati

100

40

60

2019 — 2022-yillar

6.

Navoiy viloyati

50

50

-

2019 — 2022-yillar

7.

Namangan viloyati

50

50

-

2019 — 2022-yillar

8.

Samarqand viloyati

100

100

-

2019 — 2022-yillar

9.

Surxondaryo viloyati

100

100

-

2019 — 2022-yillar

10.

Sirdaryo viloyati

30

15

15

2019 — 2022-yillar

11.

Toshkent viloyati

65

50

15

2019 — 2022-yillar

12.

Fargʻona viloyati

160

80

80

2019 — 2022-yillar

13.

Xorazm viloyati

80

50

30

2019 — 2022-yillar

14.

Toshkent shahri

90

60

30

2019 — 2022-yillar

Jami:

1107

807

300

* Sogʻliqni saqlash muassasalarida mavjud boʻlgan umumiy oʻrinlar fondi doirasida shakllantiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 842-son qaroriga

5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Surunkali alkogolizm va giyohvandlik kasaliga chalingan bemorlarni davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida” 1999-yil 24-avgustdagi 401-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2016-yil 4-yanvardagi OʻRQ-399-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 6-apreldagi 185-son qaroriga 4-ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, № 4-son, 40-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 09/19/842/3868-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.09.2023-y., 09/23/448/0680-son)