|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.05.1993
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BOSHOQLI EKINLAR DONINING XARID NARXLARINI OSHIRISH TOʻFRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 257-sonli “Paxta xom ashyosi, chorva va sut, meva-sabzavot mahsulotlari ayrim turlarining xarid narxlarini oshirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikada boshoqli ekinlar donini yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish, shuningdek, jamoa va davlat xoʻjaliklari, ijara jamoalari va fermer xoʻjaliklarining oshgan ulgurji narxlar boʻyicha moddiy-texnika resurslari sotib olish xarajatlarini qisman qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan, boshoqli ekinlar donining cheklangan xarid narxlarini ilovaga muvofiq oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddat ichida yangi xarid narxlarining preyskurantini chiqarsin hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 28-may,
250-son
DONNING CHEKLANGAN XARID NARXLARI
| | (1 tonnasi uchun soʻmlarda) |
| Bugʻdoy | 8000 |
| Arpa | 6400 |
| Suli | 6400 |
| Javdar | 7660 |
| Guruch | 11000 |