1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishning muqobil shakllarini tanlash, oila institutini mustahkamlash hamda ijtimoiy yetimlikning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish shakllari boʻyicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
2019 — 2023-yillarda “Mehribonlik” uylarini noinstitutsionallashtirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga qabul qilayotgan nomzodlarni (fuqarolarni) tanlash, kuzatib borish hamda nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
2019-yil 1-noyabrdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uyi tashkil etish orqali qabul qilayotgan nomzod fuqarolarni (keyingi oʻrinlarda tutingan ota-onalar deb ataladi) tayyorlash maqsadida “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarida Tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari (keyingi oʻrinlarda Tayyorlov kurslari deb ataladi) tashkil etiladi;
tutingan ota-onalarga Tayyorlov kurslarini tugatganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi;
Tayyorlov kurslari mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun tegishli tarmoq vazirliklari, idoralar va tashkilotlarning ijtimoiy ishlar sohasida tutingan ota-onalarni maslahat yordami, ijtimoiy, huquqiy, psixologik-pedagogik, tibbiy jihatdan kompleks qoʻllab-quvvatlashni taʼminlovchi mutaxassislari hamda davlat tarbiya muassasalarining ijtimoiy-psixologik-pedagogik koʻmaklashuv xizmati xodimlari jalb etiladi;
tutingan ota-onalarning Tayyorlov kurslarida oʻqishi bepul tashkil etiladi;
Tayyorlov kurslarining faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
2020-yil 1-yanvardan boshlab tutingan ota-onalar Tayyorlov kurslarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi hujjati mavjud boʻlgan fuqarolar orasidan tanlanadi;
2020-yil 1-yanvarga qadar bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olgan va oilaviy bolalar uylarining tarbiyachi ota-onalaridan tayyorlov kurslarini yakunlaganlik toʻgʻrisidagi hujjat talab etilmaydi.
3. Quyidagilar tayyorlov kurslarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
tutingan ota-onalarning bolalar psixologiyasi va pedagogikasi sohasidagi bilim va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish;
tutingan ota-onalarni yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik asoslari bilan tanishtirish;
tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirish;
tutingan ota-onalarni yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalash, parvarish qilish, sogʻligʻini muhofaza qilish, uning ijtimoiylashuvi, taʼlimi va har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratish bilan bogʻliq ota-onalik salohiyatini shakllantirish;
tutingan ota-onalarning bolani oilaga qabul qilishga tayyorlik darajasini aniklash, bolani oilaga qabul qilish shaklini tanlashga yordam berish, shuningdek, bolani tarbiyalash va rivojlanishi bilan shugʻullanish jarayonida duch kelishi mumkin boʻlgan muammo va qiyinchiliklarni anglashga koʻmaklashish, ularning bolalar psixologiyasi va pedagogikasi sohasidagi bilim va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish.
4. Tutingan ota-onalarni tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2019-yil 1-noyabrdan boshlab amalga kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan birgalikda 2019-yil 1-oktabrga qadar:
Tayyorlov kurslarining mashgʻulotlari dasturini ishlab chiqsin;
Tayyorlov kurslari oʻqituvchilari uchun trening mashgʻulotlari oʻtkazilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarni tanlashda ularga qoʻyiladigan talablarga har tomonlama mos boʻlgan nomzodlarni (shaxslarni) tanlash hamda hisobga olish, shuningdek, nomzodlarni topish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish choralarini koʻrsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorning amalga oshirilishi uchun zarur mablagʻlarni 2019-yilda “Taʼlim” sohasi uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida ajratsin, 2020-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida har yili nazarda tutsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
824-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 824-son qaroriga 1-ILOVA
I. Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimi tahlili hamda tizimda axborot texnologiyalarini joriy etish
1.
Vasiylik va homiylik organining ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishga oid faoliyatini oʻrganish.
2019-yil
noyabr
Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi,
Bosh prokuratura
-
1. Oʻrganish natijalari yuzasidan tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash.
2. Bolalarni ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlishining asosiy sabablarini aniqlash va ularni joylashtirish shaklini tanlashda qonuniy toʻgʻri qaror qabul qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
3. Ijtimoiy xavfli sharoitda qolgan bolani himoya qilish, bolani oilada qoldirish va oilani krizis davrini yengib oʻtishida tezkor yordam koʻrsatish va erta aralashuvdagi toʻsiqlarni aniqlash.
4. Vasiylik va homiylik organi mutaxassisining ish vaqti va bajaradigan ish yuklamasini hamda faoliyat samaradorligiga erishishdagi muammolarni tahlil qilish.
2.
Oila va bolalarga ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar faoliyatini oʻrganish.
2019-yil
noyabr
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
-
1. Oila va bolalarga ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar faoliyatini atroflicha oʻrganish.
2. Oʻrganish yakunlari boʻyicha aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ijtimoiy-huquqiy va psixologik-pedagogik xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash.
3. Zaruratga koʻra, oila va bolalarga ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarda ijtimoiy-huquqiy va psixologik-pedagogik xizmat turlarini joriy etish va kengaytirish.
3.
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun tashkil etilgan Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari faoliyatini oʻrganish.
2019-yil noyabr
Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Sen yolgʻiz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamgʻarmasi
-
1. Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari faoliyatini oʻrganish boʻyicha tahliliy maʼlumot tayyorlash.
2. Oilaga qaytariladigan yoki tutingan oilaga joylashtiriladigan bolalar roʻyxatini shakllantirish.
3. Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari moddiy-texnik sharoitlari hamda kadrlar salohiyatini tahlil qilish.
4. Tarbiyalanuvchilarni oilaga qaytarishda ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatadigan tashkilotlar faoliyatini oʻrganish.
5. Faoliyati bosqichma-bosqich oʻzgartiriladigan yoki tugatiladigan Bolalar uylari va “Mehribonlik” uylarini aniqlash.
6. Bolalarning oilada va Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchasida ijtimoiy himoyasi uchun ajratiladigan mablagʻlarni iqtisodiy tahlil qilish.
7. Oʻrganish va tahlil qilish natijalari boʻyicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
4.
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bo?a?ar uchun davlat tarbiya muassasalari faoliyatini maqbullashtirish (optimallashtirish) sohasidagi xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish.
2019-yil dekabr
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
“Sen yolgʻiz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamgʻarmasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, YUNISEF bolalar jamgʻarmasi
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi
Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari
1. Yevropa davlatlarining noinstitutsionallashtirish, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun davlat muassasalari faoliyatini optimallashtirish sohasidagi tajribalarini oʻrganish.
2. Oʻrganish yakunlari natijasida tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash va respublikada faoliyat olib borayotgan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun davlat muassasalari faoliyatini optimallashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish.
5.
Vasiylik va xomiylik organi hisobida turgan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisida yagona elektron bazani yaratish va shakllantirish tartibini ishlab chiqish.
2020-yil avgust
Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
Davlat statistika qoʻmitasi
Xalq taʼlimi huzuridagi Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari,
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar
1. Vasiylik va homiylik organlari faoliyatida maʼlumotlar bazasining elektron dasturi taʼminotini ishlab chiqish.
2. Vasiylik va homiylik organlari xodimlarini zamonaviy kompyuter va internet resurslari bilan taʼminlash hamda mutaxassislarni elektron dasturdan foydalanish boʻyicha kasbiy salohiyatini oshirish.
3. Vasiylik va homiylik organlari hisobida turgan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisida shakllantirilgan va yangilanadigan yagona maʼlumotlar bazasini yaratish.
6.
Bolani oilaga tarbiyaga (patronat) vasiylik yoki homiylik, farzandlikka olish, Oilaviy bolalar uyining tarbiyalovchi ota-onasi boʻlish istagini bildirgan fuqarolar haqidagi yagona maʼlumotlar bazasini yaratish.
2021-yil aprel
Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari,
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar
1. Bolani oilaga tarbiyaga olish istagini bildirgan fuqarolarning yagona maʼlumotlari bazasini yaratish va uni muntazam ravishda yuritib borish.
2. Vasiylik va homiylik organlarining yagona maʼlumotlar bazasidan keng omma foydalanishiga erishish.
3. Vasiylik va homiylik organlarining shaffof ishlashini taʼminlash, korrupsiya va suiisteʼmol qilish holatlarining oldini olish.
II. Ijtimoiy yetimlikning oldini olish sohasidagi dolzarb masalalar va “Mehribonlik” uylarini noinstitutsionallashtirish dasturining mohiyatini aholi va jamoatchilik oʻrtasida keng targʻib qilish
7.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari hamda bolalar taqdirini hal etishda ishtirok etuvchi organlar vakillari bilan “Mehribonlik” uylarini noinstitutsionallashtirish dasturining mohiyatini keng targʻib qilish, bolalarning oilaviy muhitda yashashini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazish.
2019-yil noyabr
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Sen yolgʻiz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamgʻarmasi,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Bosh prokuratura, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
-
1. Mahalliy davl?t hokimiyati organlari rahbarlarini noinstitutsionallashtirish dasturidan koʻzlangan maqsad hamda bu sohadagi xorijiy davlatlar tajribasi bilan tanishtirish.
2. Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun davlat muassasalari hamda vasiylik va homiylik organlarida olib borilgan tadqiqot natijalari bilan tanishtirish.
3. Har bir tuman, shahar va viloyat hokimliklarida “Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimida noinstitutsionallashtirish dasturini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar”ni ishlab chiqish orqali kam taʼminlangan oilalar bolalarini Bolalar uylari, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalariga joylashtirilishining oldini olish ishlarini kuchaytirish.
4. Noinstitutsionallashtirish oʻtkazilishi zarurligi jamoatchilik tomonidan tan olinishiga erishish maqsadida bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimida faoliyat yurituvchi soha mutaxassislarining xabardorlik darajasini oshirish.
8.
Bolaning oilaviy muhitda yashash va rivojlanishga boʻlgan huquqi, oila qadriyatlari, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarga yordam koʻrsatishning zaruriyati hamda bunday yordam shakllarini yorituvchi ijtimoiy reklama yaratish va taqdim etish.
2019-yil oktabrdan boshlab
muntazam ravishda
MTRK, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
Respublika budjeti mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari
1. Qiyin hayotiy vaziyatga tushgan oilalar muammolari, oilaviy inqirozni bartaraf etishda davlat organlari va jamoatchilikni faollashtirish.
2. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun muassasa tarbiyalanuvchilarining orzu va armonlari, institutsionalizatsiyaning salbiy oqibatlari haqida keng jamoatchilik xabardorligini oshirish.
9.
Ota-ona mehri va gʻamxoʻrligidan mahrum boʻlgan bolalar muammolari, ota-onalarning oʻz majburiyatlarini bajarishdagi masʼuliyatsizligi oqibatlari, ota-ona nazorati, mehri va gʻamxoʻrligidan mahrum boʻlgan bolalarga vasiylik belgilashning muhimligi, ularni joylashtirishning muqobil shakllari haqida telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar tayyorlash.
muntazam ravishda
Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, MTRK, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi
Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari,
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar
1. Ota-onalarning farzand tarbiyasi, taʼminoti va parvarishidagi masʼuliyatini oshirish.
2. Bolalarning oilaviy muhitga boʻlgan huquqini taʼminlash, ularni joylashtirishning muqobil shakllari toʻgʻrisida keng jamoatchilik xabardorligini oshirish.
3. Ijtimoiy koʻrsatuv yoki eshittirishlar ichida “Bolaning begonasi boʻlmaydi” ruknini yuritish.
III. Bolaning ota-onasidan ajratilishi va oilaviy muammolarning bartaraf etilishiga yoʻnaltirilgan faoliyatni kuchaytirish
10.
Yangi tugʻilgan boladan voz kechmoqchi boʻlgan ayollar bilan profilaktika ishlariga yoʻnaltirilgan ijtimoiy va psixologik kuzatuv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Mazkur dasturlar ijrosini taʼminlash.
2019-yil noyabr
muntazam ravishda
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Sen yolgʻiz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamgʻarmasi,
Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi,Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi
Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari,
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari
1. Tugʻruq komplekslari, perinatal markazlari qoshidagi “Onalar maktablari” faoliyatida farzandidan voz kechuvchi onalar bilan ishlash dasturlarini joriy etish.
2. Tugʻruq komplekslari, perinatal markazlarida seminar treninglar tashkil etish yoʻli orqali masʼul mutaxassislarni farzandidan voz kechuvchi onalar bilan ishlashning psixologik-pedagogik, ijtimoiy-huquqiy texnologiyalariga oʻrgatish.
3. Tibbiyot muassasalarida onalarning yangi tugʻilgan bolalardan voz kechishining oldini olishga qa??tilgan psixologik-pedagog?k, i??imoiy-huquqiy choralar koʻrish.
4. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan ayollarga ijtimoiy yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini kuchaytirish.
11.
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan farzandlari bor oilalarga joylardagi oilaviy poliklinika, ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari sharoitlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida erta tibbiy-psixologik, pedagogik, maʼnaviy, huquqiy yordam koʻrsatilishini kuchaytirish.
Patronaj tashrif davomida,
muntazam ravishda
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” fondi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti
-
1. Bolalar nogironligining oldini olish ishlarini kuchaytirish.
2. Ijtimoiy yetimlikning, yaʼni ota-onalar tomonidan bolalarni yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun taʼlim-tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish muassasalariga joylashtirilishining oldini olish choralarini koʻrish.
3. Rivojlanishida nuqsoni boʻlgan chaqaloqlari bor oilalarga muntazam kompleks (psixologik-pedagogik, tibbiy-ijtimoiy, huquqiy va b.) yordam koʻrsatishni tashkil qilish.
4. Rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bola tarbiyalayotgan oilalarga bolada jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun moddiy koʻmak koʻrsatish ishlarini kuchaytirish.
12.
Anʼanaviy oila qadriyatlari, oila munosabatlari, ota-ona majburiyatining anglanilishi, bolaning oilada yashashga boʻlgan huquqini taʼminlash va ijtimoiy yetimlikni oldini olish (bartaraf etish)ga qaratilgan tadbirlar oʻtkazish.
Har chorakda kamida bir marotaba
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, “Sen yolgʻiz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamgʻarmasi
-
1. Aholi va yoshlar orasida oila qadriyatlari, sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy yetimlikning oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari, uchrashuvlar, savol-javoblar, leksiyalar orqali tashviqot ishlarini olib borish.
2. Yoshlar va yosh oilalar oʻrtasida masʼuliyatni oshirish, ijtimoiy yetimlikning oldini olish.
13.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bolalarga xizmat koʻrsatish masalalari bilan shugʻullanuvchi xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash.
reja asosida
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi
Respublika budjeti mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari
1. Oliy taʼlim muassasalari tizimida ijtimoiy xodimlarni tayyorlash ishlarini kengaytirish.
2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bolalarga ijtimoiy xizmatlarni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat tashkilot, muassasalar mutaxassislarini “Ijtimoiy ish” boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish.
IV. Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga joylashtirishning muqobil shakllarini rivojlantirish
14.
Oilaga tarbiyaga olingan (patronat), vasiylik yoki homiylikka, farzandlikka olingan, Oilaviy bolalar uylari va boshqa yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun davlat muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar sifatini baholashning minimal standartlarini ishlab chiqish.
2019-yil noyabr
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, SOS Bolalar mahallalari assotsiatsiyasi, YUNISEF bolalar jamgʻarmasi, Vatandosh jamgʻarmasi
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi
Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari,
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari
1. “Tutingan oilalarda tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar sifatini baholashning minimal standartlari” va “Yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun muassasalardagi minimal majburiy standartlar” uslubiy yoʻriqnomani ishlab chiqish.
2. Mazkur yoʻriqnoma asosida Vasiylik va homiylik organlari hamda yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun taʼlim-tarbiya va davolash-sogʻlomlashtirish muassasalari faoliyatini tashkil qilish.
3. Tutingan oilalar va davlat muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning taʼlim-tarbiyasi, rivojlanishi, taʼminoti sifati samaradorligini oshirish.
15.
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquqlarini himoya qilish va oilaga joylashtirishning muqobil shakllarini tatbiq etish yuzasidan vasiylik va homiylik organlari mutaxassislari uchun uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish.
2019-yil noyabr
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bosh prokuratura, YUNISEF bolalar jamgʻarmasi, “Sen yolgʻiz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamgʻarmasi
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi
Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari
1. Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahhrum boʻlgan bolalarning huquqlarini himoya qilishda vasiylik va homiylik organlari faoliyatini uslubiy taʼminlash.
2. Vasiylik va homiylik belgilanishiga muhtoj bolalarni oilaga joylashtirishning muqobil shakllarini rivojlantirish.
16.
Tutingan oila va bolaning ijtimoiy va psixologik moslashuvini taʼminlash maqsadida ijtimoiy, psixologik-pedagogik kuzatib borish mexanizmi — dasturini ishlab chiqish.
2019-yil noyabr
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, YUNISEF bolalar jamgʻarmasi, Vatandosh jamgʻarmasi
Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari
1. Bolalarni tutingan oilaga moslashuvi boʻyicha kompleks ijtimoiy, psixologik-pedagogik va konsultativ xizmatlar koʻrsatish mexanizmini tartibga solish.
2. Bolalarning tutingan oilalardan muassasalarga qaytishining oldini olish choralarini kuchaytirish.
17.
Vasiylik va homiylik organlari mutaxassislari va ijtimoiy xodimlar uchun ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga joylashtirishning muqobil shakllarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻquv seminarlarini tashkil etish.
Reja asosida
Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, YUNISEF bolalar jamgʻarmasi, “Sen yolgʻiz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamargʻasi
-
Bolalarni oilaga joylashtirishning muqobil shakllarini rivojlantirishda vasiylik va homiylik organlari mutaxassislari va ijtimoiy xodimlarning kasbiy mahorati (salohiyati)ni oshirish.
18.
Kasbiy salohiyatli tutingan (foster) oilalarni tashkil etish boʻyicha chet el tajribasini tahlil qilish va oʻrganish.
2019-yil dekabr
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, YUNISEF bolalar jamgʻarmasi, Vatandosh jamgʻarmasi
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi
Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari,
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari
1. Kasbiy salohiyatli tutingan (foster) oilalarni tashkil etish boʻyicha chet el tajribasini tahlil qilish va oʻrganish maqsadida manfaatdor vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat Ishchi guruhini tashkil etish.
2. Ishchi guruh tomonidan kasbiy salohiyatli tutingan (foster) oilalar masalasiga taalluqli AQSh va Yevropa davlatlarining tajribasini joyiga borib oʻrganishni tashkil etish.
3. Ishchi guruhning xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlar uchun tegishli mablagʻlar ajratish.
4. Oʻrganish yakunlari boʻyicha Oʻzbekistonda yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishning oilaviy shakllarining turlarini kengaytirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar belgilash.
19.
Kasbiy salohiyatli tutingan (foster) oilalar tajribasini pilot tarzida joriy qilish.
2020-yil mart oyidan boshlab
Muntazam ravishda
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, Adliya vazirligi, YUNISEF bolalar jamgʻarmasi, Vatandosh jamgʻarmasi
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi
Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun faoliyati tugatilayotgan taʼlim-tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish muassasalari tarbiyachilaridan kasbiy salohiyatli tutingan (foster) tarbiyachilar sifatida foydalanishni yoʻlga qoʻyish.
V. Institutsional muassasalar tarbiyalanuvchilarining oilaviy muhitda reyintegratsiyalashuvi
20.
“Bolalar uylari”, “Bolalar shaharchalari”, “Mehribonlik” uylari, “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tizimidagi muassasalar tarbiyalanuvchilarini qondosh oilalariga qaytarish yoki tutingan oilalarga joylashtirishga yoʻnaltirilgan ishlarni faollashtirish.
2019-yil noyabrdan
boshlab muntazam ravishda
Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti,
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Respublika budjeti mablagʻlari
1. Institutsional muassasalar tarbiyalanuvchilarining oilaviy muhitga reyintegratsiyalashuvi boʻyicha ilmiy-uslubiy bazani mustahkamlash.
2. Ijtimoiy xodimlarga, pedagog-tarbiyalanuvchilarga, psixologlarga ota-onalar bilan ishlash, ota-onalarni izlash, qarindoshlik munosabatlarini tiklash, hissiy bogʻlanganlik hissini shakllantirish, ota-onaning bolani oilaga qaytarib olishga tayyorlash, bolalarni oilaviy hayotda yashashga tayyorlash kabi ijtimoiy ish koʻnikmalarini oʻrgatish.
3. Bolani oilaga qaytarish/joylashtirishda oilaning imkoniyatlarini va mahalliy resurslarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash.
4. Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani oilaga qabul qilishi mumkin boʻlgan oilalarni tanlash, ularni ijtimoiy, psixologik-pedagogik jihatdan tayyorlash.
5. Ota-onalar masʼuliyatini oshirish, ota-ona va bolalar munosabatlarini tiklash va bolalarni ota-onasiga qaytarish ishlarini faollashtirish.
21.
Oila muhitiga berilgan (reyintegratsiyalangan) bolalarning moslashish, rivojlanish darajasini ijtimoiy-psixologik jihatdan oʻrganish.
Har 6 oyda bir marotaba
Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti
-
1. Bolaning qondosh oilasiga qayta moslashish yoki oila oʻrnini bosuvchi tutingan oilada muvaffaqiyatli moslashish darajasini aniqlash.
2. Oila oʻrnini bosuvchi tutingan oilalarning ijtimoiy, psixologik-pedagogik kuzatuvini tashkil qilish.
VI. Institutsional muassasalarni tugatish va qayta tashkil etish
22.
Oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy yetimlikning oldini olish, shuningdek, “Mehribonlik” uylarini bosqichma-bosqich kam komplektli Bolalar shaharchalariga hamda muassasalarning boshqa muqobil shakllariga oʻtkazish.
2020 — 2023-yillar
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Sen yolgʻiz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamgʻarmasi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Respublika ?yudjeti mablagʻlari,
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar,
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari
1. Institutsional muassasalarga kelib tushayotgan bolalar sonini qisqartirish.
2. “Mehribonlik” uylarini tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib maqbullashtirish.
3. Respublika boʻyicha “Mehribonlik” uylarini bosqichma-bosqich kam komplektli Bolalar shaharchalariga aylantirish: 2020-yilda 2 ta; 2021-yilda 4 ta; 2022-yilda 6 ta; 2023-yilda 7 ta.
4. Faoliyati tugatilgan muassasa pedagog xodimlari tarkibidan yoki vasiylik va homiylik organida bolani oilaga tarbiyalashga qabul qilish istagini bildirgan shaxslar orasidan kasbiy salohiyatli tutingan oilalarning tashkil etilishini yoʻlga qoʻyish.
23.
Institutsional muassasalarni kunduzgi tashrif markazlari, krizis markazlari, oila va bolalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari, moslashuv markazlari, oilaga joylashtirish xizmatlari, dam olish markazlari sifatida qayta tashkil etish ishlarini rejali bajarish.
2022-yil iyul
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi,
“Sen yolgʻiz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamgʻarmasi, Bosh prokuratura,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Respublika budjeti mablagʻlari,
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar,
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari
1. Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun faoliyati modernizatsiyalashtirilgan taʼlim-tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish muassasalarida koʻrsatilishi mumkin boʻlgan yangi xizmatlarni rejalashtirish.
2. Institutsional muassasalarni bosqichma-bosqich ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi krizis markazlari, oila va bolalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari, moslashuv markazlari, oilaga joylashtirish xizmatlari, dam olish markazlariga aylantirish (oʻzgartirish).
24.
Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ish bilan taʼminlash yuzasidan tegishli choralar koʻrish.
2020 — 2023-yillar
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Respublika budjeti mablagʻlari,
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar
1. Tugatilayotgan muassasalar xodimlarini kasbga qayta tayyorlash va ishga joylashtirish masalalarini hal qilish.
2. Yangi tipda tashkil etilgan muassasalarda bolalar va oilalar bilan ishlashda kasbiy tajribaga ega mahoratli xodimlarni ish bilan taʼminlash.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 824-son qaroriga 2-ILOVA
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga qabul qilayotgan nomzodlarni (fuqarolarni) tanlash, kuzatib borish hamda nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni (keyingi oʻrinlarda bola deb ataladi) tarbiyalash uchun oilaga qabul qilayotgan (vasiylikka, homiylikka, oilaga tarbiyaga (patronat), oilaviy bolalar uyiga olayotgan) nomzod fuqarolarni (keyingi oʻrinlarda nomzodlar deb ataladi) tanlash, kuzatib borish hamda nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Nomzodlarni tanlash, kuzatib borish hamda nazorat qilish vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vasiylik va homiylik organi aholi oʻrtasida bolani oilaga joylashtirishning ustuvorligi, ular uchun nomzodlarni topish boʻyicha ommaviy targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi, bolalarni oilaga qabul qilishning shakllari, tartibi haqida fuqarolarni xabardor qiladi.
2-bob. Nomzodlarni tanlash
3. Bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlar ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq tanladi.
4. Bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlar oʻzining yashash joyi boʻyicha vasiylik va homiylik organiga amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq talab etiladigan hujjatlarni taqdim etiladilar.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uylarini tashkil qilayotgan ota-onalar belgilangan hujjatlardan tashqari tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarida (keyingi oʻrinlarda tayyorlov kurslari deb ataladi) oʻqiganligi haqidagi sertifikatni ham taqdim etadilar.
5. Vasiylik va homiylik organi bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlardan ariza hamda tegishli hujjatlarni qabul qilgan kundan boshlab yetti kun mobaynida ularning turmush va taʼminot sharoitlarini oʻrganib chiqadi hamda bu haqda tegishli dalolatnoma tuzadi.
Nomzodlarning turmush va taʼminot sharoitlari oʻrganilayotganda vasiylik va homiylik organi turar joyning maishiy-xoʻjalik sharoitlarini, ariza beruvchining sogʻligʻini, shaxsiy fazilatlari va bolani oilaga olishga undagan sabablarni, ularning bolani tarbiyalash boʻyicha qobiliyatlarini, oilada yashovchilarning bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilinishiga nisbatan munosabatini oʻrganadi.
Nogironligi boʻlgan bola oilaga tarbiyalash uchun qabul qilinayotganda dalolatnomada bolaning yashashi uchun zarur shart-sharoitlar mavjudligi aks ettirilishi lozim.
6. Vasiylik va homiylik organi oʻrganish yakunlari boʻyicha uch ish kuni mobaynida bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarni nomzod boʻla olishi mumkinligi (mumkin emasligi) toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.
Bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarni nomzod boʻla olishi mumkinligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlashga quyidagilar asos hisoblanadi:
taqdim qilingan hujjatlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi;
tayyorlov kurslarida oʻqiganligini tasdiqlovchi sertifikatning mavjudligi (bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uylarini tashkil qilayotgan ota-onalar uchun);
bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarning bolani tarbiyalashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiyatlarini bajara olish imkoniyatlari;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
nomzodlarning psixologik holati va bola tarbiyalashda yetarlicha koʻnikmalari mavjudligi;
bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarning bolaga huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik va tibbiy yordam koʻrsatish borasida bilim va koʻnikmaga egaligi.
7. Vasiylik va homiylik organi bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarni tanlash jarayonida, zaruratga koʻra, quyidagi manfaatdor va ishga aloqador shaxslarni jalb etishi mumkin:
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
tayyorlov kurslari ekspertlari;
yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan davlat tarbiya muassasa mutaxassislari;
bolaning qarindoshlari.
3-bob. Bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uylarini tashkil qilayotgan ota-onalarni tayyorlash
8. Bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uylarini tashkil qilayotgan ota-onalar tayyorlov kurslarida belgilangan tartibda tayyorgarlikdan oʻtadilar.
9. Bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uylarini tashkil qilayotgan ota-onalarni tayyorlashda quyidagilar nazarda tutiladi:
nomzodlarning bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilishga tayyorlash, bolaning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular uchun qulay sharoitlarni yaratish bilan bogʻliq salohiyatlarini shakllantirish;
nomzodlarning bolani oilaga qabul qilishga tayyorlik darajasini aniqlash, bolani oilaga qabul qilgach, ularni tarbiyalash va rivojlanishi bilan shugʻullanish jarayonida duch kelishi mumkin boʻlgan muammo va qiyinchiliklarni anglashga koʻmaklashish, bolalar psixologiyasi sohasidagi bilim va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish;
bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik asoslari, tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirish, davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy yordam turlaridan xabardorlik darajasini oshirish.
10. Tayyorlov kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan bolani tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzodlarga tegishli sertifikat beriladi.
11. Sertifikat nomzodlarni tutingan ota-onalar boʻla olishi haqidagi xulosa berilishi va hisobga qoʻyilishi uchun asos boʻladi.
4-bob. Tutingan ota-onalarni kuzatib borish hamda nazorat qilish
12. Bolalarni vasiylikka, homiylikka, oilaga tarbiyaga (patronat) hamda oilaviy bolalar uyiga olgan fuqarolarga (keyingi oʻrinlarda tutingan ota-onalar deb ataladi) tarbiyalash uchun berilgan bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, uning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat qilish bolaning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organi tomonidan olib boriladi.
13. Tutingan ota-onalarning faoliyatini kuzatish, ular tomonidan oʻz majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish bolaning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organi tomonidan rejali va rejadan tashqari shaklda amalga oshiriladi.
14. Tutingan ota-onalarni rejali kuzatish va nazorat qilish tutingan ota-onalarning xonadoniga tashrif buyurgan holda quyidagicha amalga oshiriladi:
bola oilaga berilgandan soʻng dastlabki uch oy davomida bir marotaba;
bola oilaga berilgandan soʻng har yili kamida ikki marotaba.
15. Tutingan ota-onalarni rejadan tashqari kuzatish va nazorat qilish vasiylik va homiylik organlari tomonidan istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin.
16. Vasiylik va homiylik organi tutingan ota-onalarni rejali va rejadan tashqari kuzatish va nazorat qilishda quyidagilarni jalb qilishi mumkin:
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillarini;
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
tayyorlov kurslari ekspertlarini;
yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan davlat tarbiya muassasa mutaxassislarini;
bolaning qarindoshlari va boshqalarni.
17. Rejali va rejadan tashqari kuzatish va nazorat qilishda quyidagi holatlarga alohida eʼtibor qaratiladi:
bolaning yashashi uchun sharoitlar mavjudligi;
xonadonning maishiy-xoʻjalik sharoitlari;
bolaning oila muhitiga va oila aʼzolarining bola xulqi va xarakteriga moslashganligi;
bolaning tarbiyasi, taʼlimi, aqliy rivojlanishi, sogʻligʻi, tashqi koʻrinishi, gigiyenaga rioya qilinishi, xulqi, emotsional hamda jismoniy rivojlanishi;
bolaning alohida qiziqish va qobiliyatlarining qoʻllab-quvvatlanishi;
oila aʼzolarining oʻzaro munosabatlari va boshqalar.
Bolaning mulkiy va nomulkiy huquqlari taʼminlanganligiga alohida eʼtibor qaratiladi.
18. Kuzatish va nazorat qilish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan Oilada tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni baholashning minimal standartlari asosida amalga oshiriladi.
19. Kuzatish va nazorat qilish natijalari boʻyicha vasiylik va homiylik organi tomonidan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishi toʻgʻrisida kompleks baholashga asoslangan hisobot aks ettirilgan dalolatnoma tuziladi.
20. Kuzatish va nazorat qilish davomida bolaning tarbiyasi yoki rivojlanishi, huquqlari taʼminlanishi bilan bogʻliq muammo yoki kamchiliklar aniqlangan taqdirda, vasiylik va homiylik organi tegishli davlat va nodavlat tashkilotlarini jalb qilgan holda, muammoni bartaraf etishga qaratilgan maslahat, psixologik-pedagogik, ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa ijtimoiy xizmatlar tashkil etilishini taʼminlaydi.
21. Tutingan ota-onalar tomonidan oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki bolaning huquq va qonuniy manfaatlari taʼminlanmaganligi bilan bogʻliq dalillar aniqlangan taqdirda, vasiylik va homiylik organi oʻrganish dalolatnomasida quyidagilarni aks ettiradi:
bolaning yashashi va rivojlanishi uchun zarur boʻlgan sharoitni yaxshilash hamda majburiyatlarni bajarish yuzasidan koʻrsatma va tavsiyalar;
tutingan ota-onalarga yuklatilgan majburiyatlarni yetarli darajada bajarilmaganligi yoki umuman bajarilmaganligi sababli ularni javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar (zarurat boʻlganda).
22. Tutingan ota-onalar tomonidan harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga zid ravishda amalga oshirilayotgan taqdirda yoxud uning harakatlari bolaning sogʻligʻi, jismoniy, psixologik, ahloqiy rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazayotgan boʻlsa, shuningdek, nazoratli tekshiruv mobaynida aniqlangan kamchiliklarni bolani oiladan ajratib olmay hal qilib boʻlmasligi maʼlum boʻlganda, vasiylik va homiylik organi tekshiruv oʻtkazilgandan soʻng uch kun ichida:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tutingan ota-onalarni belgilangan majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirish hamda bolani oiladan olish haqida qaror qabul qiladi;
bolani vaqtincha joylashtirish choralarini koʻradi;
bolani boshqa tutingan ota-onalarga berish yoki yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasalarga joylashtirish choralarini koʻradi.
23. Yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan tutingan ota-onalar qaramogʻidagi bolani tarbiyalash, parvarishini taʼminlash bilan bogʻliq majburiyatlarini yetarli darajada bajarmayotganligi yoxud bola huquq va qonuniy manfaatlarining buzilishi haqidagi murojaatlar kelib tushgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi rejadan tashqari nazoratni amalga oshiradi.
24. Bolaning yashash manzili oʻzgarganda yangi manzil joylashgan hududdagi vasiylik va homiylik organi bolaga tegishli shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini qabul qilgan kunidan 7 kun ichida rejadan tashqari nazoratni amalga oshirishi shart.
25. Oʻrganish dalolatnomasi nazoratli tekshiruv amalga oshirilgan kundan boshlab 5 kun ichida rasmiylashtiriladi, oʻrganishda ishtirok etgan tomonlar hamda vasiylik va homiylik organi tomonidan imzolanadi va tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Dalolatnoma kamida ikki nusxada rasmiylashtiriladi, bitta nusxasi vasiylik va homiylik organida, ikkinchisi tutingan ota-onada hamda boshqa vakolatli shaxslarda saqlanadi.
26. Oʻrganish dalolatnomasi qatʼiy nazoratdagi hujjat boʻlib, bolaning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildida saqlanadi.
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga qabul qilayotgan nomzodlarni (fuqarolarni) tanlash, kuzatib borish hamda nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga qabul qilayotgan nomzodlarni (fuqarolarni) tanlash
Aholi oʻrtasida bolani oilaga joylashtirishning ustuvorligi, ular uchun nomzod vasiy va homiylarni izlash boʻyicha ommaviy targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish. Bolalarni oilaga qabul qilishning shakllari, tartibi haqida fuqarolarni xabardor qiladi.
Muntazam
2-bosqich
Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish istagini bildirgan fuqarolar
Oʻzining yashash joyi boʻyicha vasiylik va homiylik organiga bolani oilaga tarbiyaga olish uchun nomzod sifatida hisobga olinishini soʻrab ariza bilan murojaat qiladi.
Xohishiga qarab
3-bosqich
Vasiylik va homiylik organi
1. Bolani tarbiyalash uchun oilasiga qabul qilish istagini bildirgan fuqarolardan ularning turmush va taʼminot sharoitlarini oʻrganib chiqadi hamda bu haqda tegishli dalolatnoma tuzadi.
2. Oʻrganish yakunlari boʻyicha bolani tarbiyalash uchun oilasiga qabul qilish istagini bildirgan fuqaroning nomzod boʻla olishi mumkinligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.
Ariza qabul qilingan kundan boshlab yetti kun mobaynida
Uch kun mobaynida
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 824-son qaroriga 3-ILOVA
Tutingan ota-onalarni tayyorlash toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni (keyingi oʻrinlarda bola deb ataladi) oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uyi tashkil qilayotgan fuqarolarni (keyingi oʻrinlarda tutingan ota-onalar deb ataladi) tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Tayyorlov kurslari yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun davlat tarbiya muassasasi (keyingi oʻrinlarda davlat tarbiya muassasa deb ataladi) negizida tashkil etiladi.
Tayyorlov kurslari oila va bolalarga xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan ham tashkil etilishi mumkin.
Tayyorlov kurslarining faoliyati vasiylik va homiylik organlari tomonidan nazorat qilinadi.
2-bob. Tayyorlov kurslarining maqsadi va vazifalari
3. Tayyorlov kurslarining asosiy maqsadi:
bolalarni joylashtirishning muqobil shakllarini tanlashda tutingan ota-onalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
oilalardagi maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sogʻlomlashtirish boʻyicha tutingan ota-onalarning kasbiy bilimlari, qobiliyatlari va koʻnikmalarini oshirish;
oila institutini mustahkamlash hamda ijtimoiy yetimlikning oldini olish tizimini takomillashtirish.
4. Quyidagilar tayyorlov kurslarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
tutingan ota-onalarning bolalar psixologiyasi va pedagogikasi sohasidagi bilim va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish;
tutingan ota-onalarni bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik asoslari bilan tanishtirish;
tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirish;
tutingan ota-onalarni bolalarni tarbiyalash, parvarish qilish, sogʻligʻini muhofaza qilish, uning ijtimoiy moslashuvi, taʼlimi va har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratish bilan bogʻliq ota-onalik salohiyatlarini shakllantirish;
tutingan ota-onalarning bolani oilaga qabul qilishga tayyorlik darajasini aniqlash, bolani oilaga qabul qilish shaklini tanlashga yordam berish, shuningdek, bolani tarbiyalash va rivojlanishi bilan shugʻullanish jarayonida duch kelishi mumkin boʻlgan muammo va qiyinchiliklarni anglashga koʻmaklashish.
3-bob. Tayyorlov kurslarini tashkil etish tartibi
5. Tayyorlov kurslari tashkil etilayotgan tuman (shahar) hokimligi tayyorlov kurslarining muassisi boʻladi.
Tayyorlov kurslari muassisning qarori asosida tashkil etiladi.
Nodavlat tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar nodavlat tayyorlov kurslarining muassisi boʻlishi mumkin.
Nodavlat tayyorlov kurslari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda tayyorlov kurslari tashkil etilayotgan tuman (shahar) hokimligi bilan kelishgan holda tashkil etiladi.
6. Tayyorlov kurslarining ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va muassasalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat organlarini tugatish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti.
7. Tayyorlov kurslarining faoliyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va davlat tarbiya muassasasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
8. Davlat tarbiya muassasasida tashkil etilgan tayyorlov kurslari faoliyatiga ushbu muassasa direktorining ijtimoiy himoya boʻyicha oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
9. Tayyorlov kurslarida guruhlar bolalarni oilaga qabul qilish istagini bildirgan nomzod fuqarolar (keyingi oʻrinlarda tinglovchi deb ataladi) hisobidan shakllantiriladi.
10. Tinglovchilar tayyorlov kurslarida bepul oʻqitiladi.
11. Tinglovchilar tayyorlov kurslarida oʻqish uchun kurs tashkil etilgan davlat tarbiya muassasasi direktori nomiga ariza bilan murojaat etadilar.
Ariza uch ish kunida davlat tarbiya muassasasi direktori tomonidan koʻrib chiqiladi va tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Ariza bilan murojaat etgan nomzod fuqarolar alohida jurnalda roʻyxatga olinadi. Ushbu jurnal raqamlanadi, tikiladi, jurnalning soʻnggi sahifasida jurnalning sahifalari soni tasdiqlanib, yuqori turuvchi tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.
Tayyorlov kurslarida oʻqishning boshlanishi toʻgʻrisida guruh shakllantirilishiga qarab tinglovchilar oldindan ogohlantiriladi.
12. Tayyorlov kurslarida oʻqish maxsus oʻquv reja va dasturga muvofiq tashkil etiladi. Oʻquv reja va dastur oilaga oid davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari asosida takomillashtirilib boriladi.
13. Tayyorlov kurslarida tinglovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti bilan kelishilgan va tasdiqlangan 72 soatlik oʻquv dasturi boʻyicha bir oy davomida ishdan ajralmagan holda oʻqitiladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oʻquv yuklamasining eng koʻp hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
4-bob. Tayyorlov kurslari tashkilotchilarining asosiy vazifalari
14. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
tayyorlov kurslari faoliyatiga oʻquv-metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda tayyorlov kurslari boʻyicha oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularning yangilanib borishini taʼminlaydi;
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
tayyorlov kurslarini takomillashtirib boradi;
tayyorlov kurslariga oʻqitishning zamonaviy shakl va usullarini, ilgʻor pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalarini joriy etadi;
tayyorlov kurslarida oʻqitish jarayoni monitoringini olib boradi.
15. Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar:
ijtimoiy-huquqiy, psixologik-pedagogik, tibbiy masalalar boʻyicha maʼruzalar bilan ishtirok etishlari uchun tegishli mutaxassislarni tayyorlov kurslarining oʻquv mashgʻulotlariga jalb etadi;
tayyorlov kurslariga yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar muammolaridan xabardor, bola taʼlim-tarbiyasi, sogʻligʻi, qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilish sohasidagi salohiyatli va tajribali (yurist, pedagog, psixologlar, tibbiyot mutaxassislari va boshqalar) xodimlarni kurs oʻqituvchisi sifatida jalb qiladi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan hamkorlikda:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
tayyorlov kurslarining oʻquv-metodik asoslarini ishlab chiqish va takomillashtirishga muntazam ravishda koʻmaklashadi;
markaz mutaxassislarini tayyorlov kurslarida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun jalb etadi;
tayyorlov kurslari oʻqituvchilarining yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar bilan ishlash masalalari yuzasidan malakasini oshirishini tashkil etishda amaliy va uslubiy yordam koʻrsatadi.
5-bob. Tayyorlov kurslarining oʻquv jarayonini tashkil etish va tinglovchilar bilimini baholash
17. Tayyorlov kurslari oʻquv reja va dasturlarini hisobga olgan holda, tinglovchilarni sifatli oʻqitish uchun moddiy-texnik baza hamda mutaxassislar tarkibi mavjud boʻlgan holda tashkil etiladi.
18. Tayyorlov kurslarida oʻquv mashgʻulotlari davlat tarbiya muassasa xodimlari hamda tayyorlov kursiga jalb etilgan mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
Zarur hollarda, tayyorlov kurslariga xorijiy mutaxassislar, shuningdek, bolani tarbiyalash boʻyicha ijobiy tajribaga ega boʻlgan tutingan ota-onalar koʻngilli ravishda jalb etilishi mumkin.
19. Mashgʻulotlari interfaol tarzda olib boriladigan tayyorlov kurslarida oʻquv mashgʻulotlari maʼruza, seminar, amaliy mashgʻulot, koʻchma mashgʻulot, tajriba almashish shakllarida olib boriladi.
Tegishli axborot-metodik va tashkiliy-texnik baza mavjud boʻlgan taqdirda tayyorlov kurslari masofadan oʻqitish usullari qoʻllanilgan holda tashkil etilishi mumkin.
20. Auditoriyada oʻtkaziladigan barcha mashgʻulotlar turlari 80 daqiqa davom etadi, oʻquv mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
21. Tayyorlov kurslaridagi oʻquv jarayoni guruhlarning toʻldirilishiga bogʻliq holda tinglovchilar soni, qoidaga koʻra, kamida 5 va koʻpi bilan 22 kishini tashkil etgan akademik guruhlarda tashkil etiladi.
Tashkil etilgan guruhlar tinglovchilarining davomati va oʻzlashtirishini qayd etadigan guruh jurnali yuritiladi. Ushbu jurnal raqamlanadi, tikiladi, jurnalning soʻnggi sahifasida jurnalning sahifalari soni tasdiqlanib, davlat tarbiya muassasasi rahbari tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.
Tutingan ota-onalar uchun tayyorlov kurslari kamida uch oyda bir marotaba tashkil etiladi.
22. Uzrli sabablar bilan oʻqishni davom ettira olmaydigan tinglovchilar oʻz arizasiga koʻra tinglovchilar safidan chiqariladi. Uzrsiz sabablar bilan 30 soatdan koʻp hajmda mashgʻulotlarda qatnashmaganlik uchun kurslarning tinglovchilari davlat tarbiya muassasasi direktori buyrugʻi bilan tinglovchilar safidan chiqariladi.
23. Tayyorlov kurslarida mashgʻulotlar olib borish uchun oʻqituvchilarni tanlashda bola va oilalar, jumladan, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar bilan ishlash tajribasiga hamda katta yoshdagilarni oʻqitish koʻnikmasiga ega boʻlgan mutaxassislar va xodimlarga ustunlik huquqi beriladi.
24. Tayyorlov kurslarida tinglovchilarning bilimi suhbat asosida baholanadi.
Tinglovchilarni baholashni tashkil etish va oʻtkazish uchun davlat tarbiya muassasasi tomonidan tegishli sohalarning ilgʻor mutaxassislari orasidan kamida 3 — 5 kishidan iborat komissiya shakllantiriladi.
25. Baholash jarayonida uzrli sabab bilan ishtirok etmagan tinglovchilar navbatdagi guruh tinglovchilari bilan birgalikda ishtirok etishlari mumkin.
26. Tayyorlov kurslarini tomomlagan tinglovchilarga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sertifikat beriladi.
27. Tutingan ota-onalarni tayyorlash kursidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddati 3 yil qilib belgilanadi.
28. Amal qilish muddati tugagan sertifikat egalari tayyorlov kurslaridan qayta oʻtishlari talab etiladi.
6-bob. Tayyorlov kurslari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash
29. Tayyorlov kurslarida oʻquv mashgʻulotlari olib borgan davlat tarbiya muassasasi xodimlarining mehnatiga qoʻshimcha haq toʻlanmaydi.
30. Tayyorlov kurslariga jalb etilgan oʻquv mashgʻulotlarini olib boruvchi mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash amaldagi oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda ish haqi miqdori umumtaʼlim maktablarining oliy malaka toifali boshlangʻich va yuqori sinflari oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshi miqdoriga tenglashtiriladi.
31. Koʻngilli ravishda tayyorlov kurslariga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar va tutingan ota-onalarga ish haqi toʻlanmaydi.
32. Tayyorlov kurslarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni, shu jumladan oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishga jalb etiladigan mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash, kurslar tinglovchilari uchun oʻquv, tarqatma materiallar va kanselyariya anjomlarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish mablagʻlari kurslar tashkil etilgan davlat tarbiya muassasalarining tegishli moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
33. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tutingan ota-onalarni tayyorlash toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Tutingan ota-onalarni tayyorlash kursidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi SERTIFIKAT
Tutingan ota-onalarni tayyorlash kursidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning TAVSIFI
Tutingan ota-onalarni tayyorlash kursidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikat A4 formatli oq qogʻozdagi varaqda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning yuqori qismi markazida lotin yozuvi bilan davlat tilida “SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi qisqartmasi — TK va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qogʻozlar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/824/3835-son; 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)