

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4479442" id="onLBC-4479442">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6878"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4479442" id="onLS-4479442">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4480566" id="-4480566">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4480568" id="-4480568">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4480569" id="-4480569">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4480573" id="-4480573"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480576" id="-4480576">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-maydagi PF-5721-son <a href="/ru/acts/-4344351">Farmoniga</a> muvofiq va kelgusida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish, foydalanish va ularning muomalasi sohasida davlat siyosatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480577" id="-4480577">1. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480580" id="-4480580">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining tashkiliy tuzilmasi <a href="/ru/acts/-4479442#-4480668">1-ilovaga </a>muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480583" id="-4480583">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining boshqaruv xodimlarining umumiy soni 24 kishidan iborat boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi <a href="/ru/acts/-4479442#-4480689">1a-ilovaga </a>muvofiq; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480587" id="-4480587">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining hududiy filiallari namunaviy tuzilmasi <a href="/ru/acts/-4479442#-4480766">1b-ilovaga </a>muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480588" id="-4480588">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/ru/acts/-4479442#-4480816">2-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480590" id="-4480590">2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat asillik darajasini belgilash palatasini (keyingi oʻrinlarda Davlat asillik darajasini belgilash palatasi deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufiga berish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni tugallasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480592" id="-4480592">3. Belgilansinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480594" id="-4480594">Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining tasdiqnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480597" id="-4480597">boshliq maqomiga, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480599" id="-4480599">boshliqning Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar oʻrinbosari boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480601" id="-4480601">4. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat asillik darajasini belgilash palatasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480604" id="-4480604">Quyidagilar Jamgʻarmani shakllantirish manbalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480606" id="-4480606">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar yoki tarkibida ular mavjud boʻlgan buyumlar muomalasi qoidalari buzilganligi uchun undiriladigan jarimalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480608" id="-4480608">asillik darajasi toʻlovlaridan tushadigan pul mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480610" id="-4480610">arizalar koʻrib chiqilganligi va guvohnomalar berilganligi, yigʻimlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480613" id="-4480613">litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi arizalar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻimlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480615" id="-4480615">Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480618" id="-4480618">qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480620" id="-4480620">5. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagilarda foydalaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480625" id="-4480625">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi va uning hududiy filiallarini saqlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan, ularning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, mukofotlar, ijtimoiy toʻlovlar toʻlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480627" id="-4480627">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatiga xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni jalb etish, shuningdek, uning xodimlarining malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni moliyalashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480629" id="-4480629">ilmiy-texnik va ilmiy-metodik adabiyotlar (shu jumladan, davriy nashrlar, broshyuralar, bukletlar, kitoblar, toʻplamlar va boshqa axborot-maʼrifiy materiallar)ni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyati sohasida videoroliklar va taqdimot materiallari bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480631" id="-4480631">ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatiga doir ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan normativ hujjatlar ishlab chiqilishini moliyalashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480633" id="-4480633">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tadbirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480636" id="-4480636">6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480638" id="-4480638">2019-yilda Davlat asillik darajasini belgilash palatasini saqlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplash uchun budjetdan zarur boʻlgan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin, 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida zarur mablagʻlar nazarda tutilishini taʼminlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480641" id="-4480641">Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga ikkita yengil, shu jumladan, bitta biriktirilgan va bitta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480644" id="-4480644">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi filiallari hududiy moliya organlarining tegishli binolarida joylashtirilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480647" id="-4480647">7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4480649" id="-4480649">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4480651" id="-4480651">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4480653" id="-4480653">2019-yil 16-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4480666" id="-4480666">677-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4480668" id="-4480668"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4480672" id="-4480672">Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 677-son <a href="/ru/acts/-4479442">qaroriga</a> <br />1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4480677" id="-4480677">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4480679" id="-4480679">TASHKILIY TUZILMASI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4480682" id="-4480682"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-4480685" id="-4480685"><img src="/ru/files/4480740" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4480689" id="-4480689"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4480690" id="-4480690">Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 677-son <a href="/ru/acts/4479442">qaroriga</a> <br />1a-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4480691" id="-4480691">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining markaziy apparati </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4480693" id="-4480693">TUZILMASI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4480694" id="-4480694"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-4480696" id="-4480696"><img src="/ru/files/4480714" /></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-4480697" id="-4480697">Xodimlarning umumiy soni — 47 birlik, ulardan:</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-4480698" id="-4480698">boshqaruv xodimlari — 24 birlik;</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-4480699" id="-4480699">ishlab chiqarish xodimlari — 23 birlik.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-4480700" id="-4480700">Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarning soni qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4480766" id="-4480766"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4480772" id="-4480772">Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 677-son <a href="/ru/acts/4479442">qaroriga</a> <br />1b-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4480796" id="-4480796">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining hududiy filiali </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4480798" id="-4480798">TUZILMASI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4480800" id="-4480800"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-4480802" id="-4480802"><img src="/ru/files/4480812" /></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-4480805" id="-4480805">* Probirer (toifalar boʻyicha) ishlab chiqarish xodimi hisoblanadi.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-4480807" id="-4480807">Cheklangan soni — 3 nafar. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4480816" id="-4480816"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4480817" id="-4480817">Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 677-son <a href="/ru/acts/4479442">qaroriga</a> <br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4480820" id="-4480820">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4480822" id="-4480822">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4480823" id="-4480823"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4480824" id="-4480824">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480826" id="-4480826">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining (keyingi oʻrinlarda Davlat asillik darajasini belgilash palatasi deb ataladi) maqomi, vazifalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480827" id="-4480827">2. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan faoliyat koʻrsatishni tartibga solish, shuningdek, asillik darajasi nazorati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etuvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480828" id="-4480828">3. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi<a href="/ru/acts/-20596"> Konstitutsiyasi </a>va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480829" id="-4480829">4. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga kiradi va oʻz faoliyatida unga hisobot beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480830" id="-4480830">5. Davlat asillik darajasini belgilash palatasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan bajarilishi majburiydir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480832" id="-4480832">6. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga va bank hisobvaraqlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shuningdek, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi nomi yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan blankalariga egadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480833" id="-4480833">7. Davlat asillik darajasini belgilash palatasining rasmiy nomi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480834" id="-4480834">a) davlat tilida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480835" id="-4480835">toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480836" id="-4480836">qisqartirilgan nomi — Davlat asillik darajasini belgilash palatasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480838" id="-4480838">b) ingliz tilida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480840" id="-4480840">toʻliq nomi — State Assay office under the Ministry of Finance Republic of Uzbekistan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480841" id="-4480841">qisqartirilgan nomi — State assay office.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480842" id="-4480842">v) rus tilida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480843" id="-4480843">toʻliq nomi — Gosudarstvennaya probirnaya palata pri Ministerstve finansov Respubliki Uzbekistan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480844" id="-4480844">qisqartirilgan nomi — Gosudarstvennaya probirnaya palata.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480845" id="-4480845">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi joylashgan joy (pochta manzili):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480846" id="-4480846">100000 Toshkent, Yunusobod tumani, Zarafshon koʻchasi, 4.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480847" id="-4480847">8. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi binosi tegishlicha qoʻriqlanishi zarur boʻlgan oʻta muhim obyektlar toifasiga kiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480848" id="-4480848">Obyektda kirib-chiqish va ichki rejim, shuningdek, obyektni qoʻriqlash bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan maxsus nizom bilan tartibga solinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4480849" id="-4480849">2-bob. Davlat asillik darajasini belgilash palatasining tashkiliy tuzilmasi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480850" id="-4480850">9. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tizimiga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480851" id="-4480851">markaziy apparat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480852" id="-4480852">hududiy filiallar kiradi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4480853" id="-4480853">3-bob. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi va hududiy filiallarning vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480854" id="-4480854">10. Quyidagilar Davlat asillik darajasini belgilash palatasining asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480855" id="-4480855">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda ishtirok etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480856" id="-4480856">mineral xom ashyodan qimmatbaho metallarni texnologik jarayonlarda, qayta ishlashda kompleks maksimal ajratib olish, ishlab chiqarish, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan oqilona va tejamli foydalanish, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni sotib olish va sotish ustidan nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480857" id="-4480857">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat sohasida qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480858" id="-4480858">sotishga moʻljallangan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarining asillik darajasini aniqlash va ularga Oʻzbekiston Respublikasi davlat tamgʻalari qoʻyilishini taʼminlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480859" id="-4480859">11. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480860" id="-4480860"><em>a) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480861" id="-4480861">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat sohasida texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480862" id="-4480862">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, foydalanish, ularning hisobini olib borish va saqlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va nazorat qilishni taʼminlash masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa organlar bilan hamkorlik qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480863" id="-4480863">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi tizimi rivojlangan mamlakatlarning normativ-huquqiy hujjatlarini oʻrganadi va tahlil qiladi, davlat asillik darajasi nazoratini tashkil etish sohasida ilgʻor xalqaro tajribani joriy etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480864" id="-4480864">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga standartlar, texnik shartlar ishlab chiqilishida ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480865" id="-4480865"><em>b) texnologik jarayonlarda qayta ishlashda mineral xom ashyodan qimmatbaho metallarni kompleks maksimal chiqarib olish, ishlab chiqarish, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan oqilona va tejamli foydalanish, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni sotib olish va sotish ustidan nazorat qilish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480866" id="-4480866">affinaj tashkilotlarda qimmatbaho metallarni qayta ishlash, ishlab chiqarish, hisobga olish va saqlash, texnologik doiralarda kompleks maksimal chiqarib olish ustidan doimiy davlat nazoratini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480868" id="-4480868">sanoat tashkilotlarining tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan ikkilamchi xom ashyosini respublikada va chet elda qayta ishlash uchun olib chiqishga tayyorlashda qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etadi, ularning asillik darajasini aniqlash va tahlil qilishda, qayta ishlovchining tashkilotida qimmatbaho metallar chiqarib olinishida, ulardan texnologik buyumlar tayyorlanishida, ular keyinchalik respublikaga yetkazib berilishi uchun qabul qilinishi, test sinovdan oʻtkazilishida ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480869" id="-4480869">oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ijro etishi majburiy boʻlgan normativ va yoʻriqnoma hujjatlarni kelishadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480871" id="-4480871">asillik laboratoriyalari va boshqa laboratoriyalar tomonidan amalga oshiriladigan namunalarda qimmatbaho metallar mavjudligi toʻgʻri aniqlanishi ustidan nazorat qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480872" id="-4480872"><em>v) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat sohasida qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480873" id="-4480873">qonun hujjatlariga muvofiq qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shuningdek, ulardan tayyorlangan buyumlar muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar tomonidan majburiy talablarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480875" id="-4480875">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan operatsiyalar sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish ustidan nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480876" id="-4480876">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, ular tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotishga qoʻyiladigan buyumlarning asillik va tamgʻalash boʻyicha qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini joyning oʻziga chiqib oʻrganadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480877" id="-4480877">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalarini beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480878" id="-4480878">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari ishlab chiqarishga litsenziyalar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480881" id="-4480881"><em>g) sotishga moʻljallangan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarining asillik darajasini aniqlash va ularga Oʻzbekiston Respublikasi davlat tamgʻalari qoʻyilishini taʼminlash sohasida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480882" id="-4480882">zargarlik buyumlari texnik jihatdan tartibga solish sohasida belgilangan normativ hujjatlarga muvofiq boʻlganda tamgʻalashni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480883" id="-4480883">texnik ekspertizani amalga oshiradi va qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardagi har xil materiallar, buyumlarni tahlil qiladi, shuningdek, qimmatbaho toshlar diagnostikasini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480884" id="-4480884">Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻalarining izlari ekspertizasini oʻtkazadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480886" id="-4480886">qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarning asillik va tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni amalga oshirganlik, shuningdek, boshqa xizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan asillik darajasi toʻlovlarini undiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480887" id="-4480887">yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning buyurtmanomalari boʻyicha asillik darajasi reaktivlari tayyorlanishini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480888" id="-4480888">12. Sotish uchun moʻljallangan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarining asillik darajasini belgilash va Oʻzbekiston Respublikasi davlat tamgʻalari bilan tamgʻalashni taʼminlash hududiy filiallarning asosiy vazifalari hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480889" id="-4480889">13. Hududiy filiallar ularga yuklangan asosiy vazifaga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480890" id="-4480890">zargarlik buyumlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi belgilangan normativ hujjatlarga muvofiq boʻlganda ularni tamgʻalaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480891" id="-4480891">qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni amalga oshirganlik, shuningdek, boshqa xizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan asillik darajasi toʻlovlarini undiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4480892" id="-4480892">4-bob. Davlat asillik darajasini belgilash palatasining huquqlari va javobgarligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480893" id="-4480893">14. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480894" id="-4480894">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Davlat asillik darajasini belgilash palatasining vazifalari va funksiyalarini bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish yoki ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarurligi toʻgʻrisida takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480895" id="-4480895">oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480896" id="-4480896">zarurat boʻlganda oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotni davlat statistika organlaridan tekin olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480898" id="-4480898">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi masalalari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish va oʻrganish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7158783" id="-7158783">Qarang: “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-5595448">Qonun</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480899" id="-4480899">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlariga asillik darajasining oʻrnatilgan belgisi namunasi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati ustidan nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480900" id="-4480900">Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga yuklangan vazifalarni bajarishda tekshirishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan texnik vositalar va aloqa vositalarini oʻzi bilan birga olib kirib, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi buyrugʻidan koʻchirmani tekshirishlar reja-jadvalini taqdim etib, xizmat guvohnomasini koʻrsatib korxonalarga belgilangan tartibda toʻsiqsiz kirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480902" id="-4480902">tekshirish davomida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash qoidalari buzilishi aniqlangan tekshirish materiallarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud, huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlariga berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480903" id="-4480903">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa vazirliklar va idoralarga idoraviy mansub nazorat qiluvchi tashkilotlar, muzeylar, harbiy qismlar, tuzilmalar, boʻlinmalar, tashkilotlardan tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalasiga, ularning parchalari va chiqindilarini toʻplash va qayta ishlovchi tashkilotlarga topshirilishiga tegishli normativ-texnik, buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlar, shuningdek, tekshirish jarayonida yuzaga keladigan masalalar boʻyicha tushuntirishlar berilishini va maʼlumotnomalar taqdim etilishini talab qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480905" id="-4480905">mansabdor shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga aniqlangan kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni belgilangan tartibda berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480906" id="-4480906">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar yoki tarkibida ular mavjud boʻlgan buyumlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, ulardan foydalanish hamda ularning parchalari va chiqindilarini toʻplash va davlat fondiga topshirishda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni yoki tarkibida ular mavjud boʻlgan buyumlarni olish, sarflash, hisobga olish, saqlash tartibi va qoidalari buzilganligi uchun mansabdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy javobgarlikka tortish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480907" id="-4480907">yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaxslariga — rezidentlariga va norezidentlariga shartnoma shartlarida pulli xizmatlar koʻrsatish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480909" id="-4480909">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat asillik darajasini belgilash palatasi mol-mulkini hududiy filiallarga va Davlat asillik darajasini belgilash palatasi hududida qoʻriqlashni amalga oshiruvchi tashkilotlarga bepul foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480910" id="-4480910">Davlat asillik darajasini belgilash palatasining hududiy filiallari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480912" id="-4480912">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480913" id="-4480913">15. Quyidagilar Davlat asillik darajasini belgilash palatasining mutlaq huquqi hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480914" id="-4480914">qimmatbaho metallarning hakamlik tahlillarini bajarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480916" id="-4480916">affinaj tashkilotlarning doimiy davlat nazoratini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480917" id="-4480917">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlariga Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻalarini qoʻyish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480918" id="-4480918">Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻalari izlarini ekspertizadan oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480919" id="-4480919">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalari berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480920" id="-4480920">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari ishlab chiqarishga litsenziyalar berish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480921" id="-4480921">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajalari tamgʻalarining yagona saqlovchisi va foydalanuvchisi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480922" id="-4480922">16. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480923" id="-4480923">Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat sohasida davlat siyosati amalda roʻyobga chiqarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480924" id="-4480924">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari, shuningdek, oʻz vakolatlari doirasida Davlat asillik darajasini belgilash palatasi doirasida qabul qilinadigan qarorlar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480927" id="-4480927">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va tegishli sohada hududlarning muammoli masalalari hal etilishi uchun javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4480929" id="-4480929">5-bob. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatini tashkil etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480931" id="-4480931">17. Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480933" id="-4480933">Boshliq maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480935" id="-4480935">boshliqning Davlat asillik darajasini belgilash palatasin boshligʻining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar oʻrinbosari boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480937" id="-4480937">18. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻi boʻlmagan davrda uning vakolatlari uning oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480939" id="-4480939">19. Boshliq Davlat asillik darajasini belgilash palatasi ishi tashkil etilishini va uning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilinishini taʼminlaydi, shuningdek, faoliyatning sifati va pirovard natijalari uchun javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480943" id="-4480943">20. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4480945" id="-4480945">6-bob. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi rahbarlarining funksional vazifalari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480946" id="-4480946">21. Quyidagilar Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480948" id="-4480948">Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/ru/acts/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480949" id="-4480949">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatiga rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480950" id="-4480950">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va tadbirlar ijro etilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480952" id="-4480952">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi xodimlarining vakolatlarini va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480954" id="-4480954">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi va uning hududiy filiallari faoliyatini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480956" id="-4480956">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilinishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480959" id="-4480959">kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaxirasini yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480963" id="-4480963">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasi oshirilishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480964" id="-4480964">xodimlarni malaka oshirishga va xalqaro seminarlarda ishtirok etish uchun yuborish, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha aholi va biznes vakillari orasida sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480967" id="-4480967">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat sohasiga tegishli masalalarni yoritish va muhokama qilish uchun davra suhbatlari tashkil etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480969" id="-4480969">qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga oʻz vaqtida taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480971" id="-4480971">Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini, shuningdek, ular belgilangan muddatlarda kelishilishini (qiza qoʻyilishini) taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480973" id="-4480973">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlari qonun hujjatlari talablariga muvofiq tashkil etilishi, xizmat safarlariga ajratilgan mablagʻlarning asoslanganligini, maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480977" id="-4480977">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga oʻz oʻrinbosarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, uning egallab turgan lavozimda bundan buyon boʻlishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, uning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480983" id="-4480983">xodimlarning Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq <a href="/ru/acts/-2911869#-2911923">namunaviy qoidalari </a>asosida tasdiqlangan Davlat asillik darajasini belgilash palatasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480984" id="-4480984">qonun hujjatlariga muvofiq Davlat asillik darajasini belgilash palatasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480986" id="-4480986">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi va uning hududiy filiallari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480989" id="-4480989">“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi<a href="/ru/acts/-3336169"> Qonunida </a>belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilishni muntazam ravishda amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480991" id="-4480991">davlat sirlariga va maxfiy axborotga tegishli axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish va taʼminlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480993" id="-4480993">22. Quyidagilar Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻi oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480995" id="-4480995">Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/ru/acts/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4480999" id="-4480999">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻining qarorlari, buyruqlari va topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli ijro etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481000" id="-4481000">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻi vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini ijro etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481004" id="-4481004">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi markaziy apparati va uning hududiy filiallari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481006" id="-4481006">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi va uning hududiy filiallari faoliyatini soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish, xodimlarning hisobotlarini muntazam ravishda eshitish va shaxsiy javobgarligini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481007" id="-4481007">boshliq tomonidan tasdiqlangan Davlat asillik darajasini belgilash palatasi va uning hududiy filiallari har choraklik rejalarini koʻrib chiqish, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilinishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481009" id="-4481009">Davlat asillik darajasini belgilash palatasining markaziy apparatida va uning hududiy filiallarida lavozimlar klassifikatoriga muvofiq kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻiga takliflar taqdim etish, kadrlar zaxirasini shakllantirishda ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481011" id="-4481011">faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga oʻz vaqtida taqdim etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481012" id="-4481012">takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har taraflama koʻrib chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481014" id="-4481014">xizmat safarlarini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlariga ajratiladigan sarf-xarajatlarning asoslanganligini, maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481015" id="-4481015">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi markaziy apparati va uning hududiy filiallari xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlar boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481017" id="-4481017">faoliyat sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻiga kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481019" id="-4481019">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻiga Davlat asillik darajasini belgilash palatasi markaziy apparati va uning hududiy filiallari xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda bundan buyon boʻlishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish, funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4481020" id="-4481020">7-bob. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi rahbarlarining javobgarligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481022" id="-4481022">23. Asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481024" id="-4481024">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi oldiga qoʻyilgan masalalar va vazifalar bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481026" id="-4481026">ushbu Nizomning <a href="/ru/acts/-4479442#-4480922">16-bandida </a>nazarda tutilgan Davlat asillik darajasini belgilash palatasining javobgarligi sohalari boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481027" id="-4481027">ushbu Nizomning<a href="/ru/acts/-4479442#-4480946"> 21-bandida </a>koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481033" id="-4481033">24. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻining oʻrinbosari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481035" id="-4481035">Davlat asillik darajasini belgilash palatasi va uning hududiy filiallari oldiga qoʻyilgan masalalar va funksiyalarning bajarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481041" id="-4481041">ushbu Nizomning<a href="/ru/acts/-4479442#-4480922"> 16-bandida </a>nazarda tutilgan Davlat asillik darajasini belgilash palatasining javobgarligi sohalari boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481045" id="-4481045">ushbu Nizomning <a href="/ru/acts/-4479442#-4480993">22-bandida </a>koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4481051" id="-4481051">8-bob. Davlat asillik darajasini belgilash palatasini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga xaq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481053" id="-4481053">25. Quyidagilar Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481055" id="-4481055">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481057" id="-4481057">xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari va kreditlari (qarzlari);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481059" id="-4481059">Davlat asillik darajasini belgilash palatasining budjetdan tashqari rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481061" id="-4481061">qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481064" id="-4481064">26. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481065" id="-4481065">27. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish va idora qilish Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻi tomonidan Jamgʻarmaning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481067" id="-4481067">28. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481070" id="-4481070">Jamgʻarmaning mablagʻlarini ushbu Nizomga va Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq boshqaradi va Jamgʻarma mablagʻlarini idora qiladi va ular maqsadli sarflanishi uchun javob beradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481074" id="-4481074">qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʻarma mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan shartnomalar tuzadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481077" id="-4481077">Jamgʻarma oldin berilgan mablagʻlari boʻyicha, shu jumladan, shartnoma shartlarini qayta tuzish, uzaytirish va oʻzgarishi boʻyicha qaror qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481078" id="-4481078">Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari hisobi yuritilishini taʼminlaydi, Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi monitoringini olib boradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481082" id="-4481082">29. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481084" id="-4481084">30. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyatining topshirigʻiga muvofiq Davlat asillik darajasini belgilash palatasi xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar belgilanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481085" id="-4481085">31. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi xodimlarning lavozim maoshlariga oylik mukofotlar, ustamalar va qoʻshimcha ragʻbatlantiruvchi tusdagi qoʻshimcha haqlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481088" id="-4481088">Ayrim tashabbuskor va yuqori malakali xodimlarga Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga belgilangan tartibda lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4481090" id="-4481090">9-bob. Davlat asillik darajasini belgilash palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oldida hisobot berishi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481093" id="-4481093">32. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi oʻz faoliyati haqida muntazam ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oldida hisobot beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481096" id="-4481096">Davlat asillik darajasini belgilash palatasining hisobot berishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4481097" id="-4481097">10-bob. Yakunlovchi qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4481099" id="-4481099">33. Davlat asillik darajasini belgilash palatasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4480572" id="-4480572">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/677/3598-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
