Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2019-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga urugʻlik kartoshka yetkazib berish va ichki isteʼmol bozorini ijtimoiy muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli toʻldirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Respublikada kartoshkachilik sohasini yanada rivojlantirish, kartoshkaning hosildor navlari urugʻ fondini yaxshilash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “2019-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida” 2019-yil 29-martdagi 259-son qaroriga muvofiq asosiy va gʻalladan boʻshaydigan maydonlarga urugʻlik va isteʼmol kartoshkasini ekishga jalb etilgan qishloq xoʻjaligi korxonalari, dehqon va fermer xoʻjaliklarini sifatli urugʻlik kartoshka bilan taʼminlash va ichki bozorga ijtimoiy muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini kafolatli yetkazib berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Kartoshka yetishtiruvchilar” uyushmasi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklarining 2019-yil hosili uchun “Kartoshka yetishtiruvchilar” uyushmasining (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb ataladi) “Boʻstonliq kartoshkachilik markazi” MChJ tomonidan yetkazib beriladigan hamda chetdan keltiriladigan urugʻlik kartoshka hajmlari toʻgʻrisidagi takliflari 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
2. Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari:
bir hafta muddatda “Boʻstonliq kartoshkachilik markazi” MChJ tomonidan zaxirada saqlanayotgan va chetdan keltiriladigan urugʻlik kartoshka hajmlarini tumanlar kesimida joylashtirsin;
10 kun muddatda “Boʻstonliq kartoshkachilik markazi” MChJ tomonidan zaxirada saqlanayotgan va boshqa xoʻjalik subyektlari tomonidan chetdan keltiriladigan urugʻlik kartoshka hajmlarini Vazirlar Mahkamasining “2019-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida” 2018-yil 29-martdagi 259-son qarori doirasida kartoshka ekishga jalb etilgan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan shartnomalar asosida xarid qilishda amaliy yordam koʻrsatsin.
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi:
10 kun muddatda “Boʻstonliq kartoshkachilik markazi” MChJ tomonidan zaxiraga jamgʻarilgan urugʻlik kartoshkani imtiyozli tariflarda (bir kilogramm urugʻlik kartoshka uchun 5 soʻm miqdorida) sertifikatlanishini taʼminlasin;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2019-yil hosili uchun chetdan keltirilgan urugʻlik kartoshkaning sifatini nazoratga olsin, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar tomonidan muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlgan urugʻlikning ekilishini taʼminlasin;
chetdan keltirilgan “elita” klassidagi kartoshka urugʻidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar tomonidan 2020-yil hosili uchun ekilgan yerlarni aprobatsiyadan oʻtkazilishi va sifatli urugʻlik kartoshkaga muvofiqlik sertifikati berilishini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yil hosili uchun kartoshka ekadigan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga urugʻlik kartoshka xarid qilish uchun 136 mlrd.soʻmni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona gʻazna hisobvaragʻida jamlangan vaqtincha boʻsh mablagʻlar hisobidan, istisno tariqasida, tijorat banklariga 2019-yilning 1-iyuliga qadar yillik 8 foiz stavkada bir yil muddatga depozitga joylashtirsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-iyuldagi 594-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2019-y., 09/19/594/3441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklariga 2019-yil hosili uchun kartoshka ekadigan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga yillik 10 foiz stavkada kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-iyuldagi 594-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2019-y., 09/19/594/3441-son)
5. Belgilansinki, 2019-yil hosili uchun urugʻlik va isteʼmol kartoshkasi ekishga jalb etilgan fermer xoʻjaliklariga ajratiladigan kreditlar boʻyicha hisoblanadigan foiz stavkasining 50 foizi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati chetdan keltirilayotgan urugʻlik kartoshkaning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga oʻz vaqtida va sifatli yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida tadbirlarga jalb etilgan xoʻjalik subyektlariga imtiyozli (50%) tariflarda temir yoʻl xizmatlari koʻrsatish choralarini koʻrsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Uyushma, Moliya vazirligi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2019-yil 1-oktabrga qadar 2020-yil hosili uchun zaxira qilinadigan urugʻlik kartoshka hajmlari va moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Uyushma va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda fermer xoʻjaliklariga kartoshka navlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, oʻtkaziladigan agrotexnik tadbirlar yuzasidan amaliy seminarlarni tashkil etsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar qiritilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-iyun,
462-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-iyundagi 462-son qaroriga
1-ILOVA
2019-yil hosili uchun “Kartoshka yetishtiruvchilar” uyushmasining “Boʻstonliq kartoshkachilik markazi” MChJ tomonidan yetkazib beriladigan hamda chetdan keltiriladigan urugʻlik kartoshka
HAJMLARI

Hududlar

Jami yetkazib beriladigan urugʻlik kartoshka hajmi, tonna

shundan:

“Boʻstonliq kartoshkachilik markazi” MChJ tomonidan yetkazib beriladigan urugʻlik hajmi, tonna

import hisobidan

urugʻlik kartoshka yetkazib
beruvchi xoʻjalik
subyektlari nomi

yetkazib beriladigan urugʻlik hajmi, tonna

Andijon viloyati

1100

400

“Kashtan elit agrofirmasi” MChJ

700

Jizzax viloyati

800

500

“Agrover” MChJ

300

Qashqadaryo viloyati

1000

“Lavr Farm” MChJ

1000

Namangan viloyati

1500

300

“Agrover” MChJ

200

“Bananza Trade Export” MChJ

1000

Samarqand viloyati

15595

2100

“Olmazor Agro tayyorlov savdo” MChJ

2000

“Yang Fortuna Logistika” MChJ

3000

“Bananza Trade Export” MChJ

1500

“Agromax Export Impex” MChJ

1500

“Jizzax kartoshkachilik
markazi” MChJ

500

“Lavr Farm” MChJ

1000

“Atlant International” MChJ

1000

“GMG Agro Trading” MChJ

1000

“Agro Gold Premium” MChJ

500

“Agrover” MChJ

500

“Kashtan elit agrofirmasi” MChJ

995

Toshkent viloyati

6000

6000

-

-

Fargʻona viloyati

1500

“Agromax Export Impex” MChJ

1500

Sirdaryo viloyati

900

“Atlant International” MChJ

900

Jami:

28395

9300

19095

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-iyundagi 462-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1100-F-son farmoyishining 2-bandi uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
qish va bahor mavsumi zaxirasi uchun chetdan isteʼmol kartoshkasi va guruch mahsulotlarini keltirish maqsadida tijorat banklariga 70,0 mlrd. soʻmni yillik 8 foiz stavkada 2019-yil 27-dekabrgacha boʻlgan muddatga qaytarish sharti bilan joylashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 829-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 09/19/462/3240-son, 17.07.2019-y., 09/19/594/3441-son, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son)