Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qarori ijrosi yuzasidan, shuningdek, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlaridagi moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ularning atrofidagi tarixiy muhit bilan birga asrash va ulardan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida tegishlicha “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalari tashkil etilganligi maʼlamot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
“Sarmishsoy” davlat muzey-qoʻriqxonasi — Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali sifatida;
“Shahrisabz” davlat muzey-qoʻriqxonasi — Qashqadaryo viloyati Amir Temur nomidagi Shahrisabz shahar Moddiy madaniyat tarixi muzeyi negizida;
“Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi — Surxondaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi negizida;
“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi — Fargʻona viloyatidagi Qoʻqon madaniyati tarixi davlat muzeyi negizida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2021-y., 09/21/119/0190-son)
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
“Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tizimidagi davlat muassasalari hisoblanadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
“Shahrisabz”, “Termiz”, “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalari tegishli ravishda Qashqadaryo viloyati Amir Temur nomidagi Shahrisabz shahar Moddiy madaniyat tarixi muzeyi, Surxondaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi, Qoʻqon madaniyati tarixi davlat muzeyining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalari faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda tegishlicha “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalarining yuqori malakali, tashabbuskor, muzeylar hamda madaniy meros masalalari boʻyicha zarur bilim va amaliy tajribaga ega kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
6. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-may,
443-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2021-y., 09/21/119/0190-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-maydagi 443-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2a-ilovada (2017 — 2027-yillarda qayta tashkil etiladigan davlat muzeylari roʻyxati):
a) 12-pozitsiyaning “Qayta tashkil etiladigan muzeyning nomi” ustunidagi “Surxondaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi” soʻzlari “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 17-pozitsiyaning “Qayta tashkil etiladigan muzeyning nomi” ustunidagi “Qoʻqon madaniyati tarixi davlat muzeyi” soʻzlari “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 18 va 19-pozitsiyalarning “Qayta tashkil etiladigan muzeyning nomi” ustunidagi “Qoʻqon madaniyati tarixi davlat muzeyining” soʻzlari “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 3-ilovada (2018 — 2027-yillarda davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning manzilli dasturi):
a) “Rekonstruksiya” boʻlimi 6-pozitsiyasining “Muzeylar nomi” ustunidagi “Surxondaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi” soʻzlari “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “Mukammal taʼmirlash” boʻlimida:
26-pozitsiyaning “Muzeylar nomi” ustunidagi “Amir Temur nomidagi Shahrisabz shahar Moddiy madaniyat tarixi muzeyi” soʻzlari “Shahrisabz” davlat muzey-qoʻriqxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
44-pozitsiyaning “Muzeylar nomi” ustunidagi “Qoʻqon tarixi va madaniyati muzeyi” soʻzlari “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
45-pozitsiyaning “Muzeylar nomi” ustunidagi “Qoʻqon tarixi va madaniyati muzeyining Qoʻqon adabiyoti muzeyi filiali” soʻzlari “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining Gʻafur Gʻulom nomidagi Qoʻqon adabiyoti muzeyi filiali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 47 — 49-pozitsiyalarning “Muzeylar nomi” ustunidagi “Qoʻqon tarixi va madaniyati muzeyining” soʻzlari “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 4-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylari, ularning filial va boʻlimlari roʻyxati) quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylari, ularning filial va boʻlimlari
ROʻYXATI

T/r

Muzey nomi

Joylashgan hudud

Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan muzeylar

1.

Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi

Toshkent shahri

2.

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi

Toshkent shahri

3.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi

Toshkent shahri

4.

Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi

Toshkent shahri

5.

Olimpiya shon-shuhrat muzeyi

Toshkent shahri

6.

Davlat geologiya muzeyi

Toshkent shahri

7.

Qurolli kuchlar tarixi davlat muzeyi

Toshkent shahri

8.

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

Toshkent shahri

9.

Sogʻliqni saqlash muzey

Toshkent shahri

10.

Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi

Toshkent shahri

11.

Xalqaro madaniyat karvon saroyi

Toshkent shahri

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan muzeylar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Nukus shahri

Muynoq Ekologiya muzeyi

Muynoq tumani

Ellikqalʼa tumani arxeologiya va tarix muzeyi

Ellikqalʼa tumani

2.

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi

Nukus shahri

3.

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari:

Andijon shahri

Adabiyot va sanʼat boʻlimi

Andijon shahri

Bobur yodgorligi boʻlimi

Andijon shahri

Paxtaobod tuman tarixi muzeyi

Paxtaobod tumani

Tasviriy sanʼat boʻlimi

Andijon shahri

Choʻlpon yodgorligi boʻlimi

Andijon shahri

4.

“Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari:

Buxoro shahri

Abu Ali ibn Sino memorial muzeyi

Peshkoʻ tuman

“Ark” viloyat oʻlkashunoslik muzeyi

Buxoro shahri

Boy savdogar xonadoni uy-muzeyi

Buxoro shahri

Buxoro adabiyoti tarixi muzeyi

Buxoro shahri

Buxoro kulolchilik va varaxsha tarixi koʻrgazmasi

Buxoro shahri

Buxoro suv taʼminoti muzeyi

Buxoro shahri

Buxoro tarixi muzeyi*

Buxoro shahri

Buxoro tasviriy sanʼat muzeyi

Buxoro shahri

Buxoroda huquq va qonunchilik tarixi muzeyi

Buxoro shahri

Gilamboflik muzeyi

Buxoro shahri

Yogʻoch oʻymakorligi koʻrgazmasi

Buxoro shahri

Imom al-Buxoriy xotira muzeyi

Buxoro shahri

Kadimiy Poykent shaharchasi tarixi muzeyi

Qoraqoʻl tumani

Moxi-Xossa amaliy bezak sanʼati muzeyi

Buxoro shahri

Mutal Burxonov uy muzeyi*

Buxoro shahri

Naqshbandiya tariqati muzeyi

Kogon tumani

Romitan tuman tarixi muzeyi

Romitan tuman

Temirchilik hunari tarixi muzeyi

Buxoro shahri

Xattotlik tarixi muzeyi

Buxoro shahri

5.

Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Sh.Rashidov tumani

Zomin tumani tarixi muzeyi

Zomin tumani

Xamid Olimjon va Zulfiya muzeyi

Jizzax shahri

Sharof Rashidov yodgorlik muzeyi

Jizzax shahri

6.

Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Qarshi shahri

7.

“Shahrisabz” davlat muzey-qoʻriqxonasi va uning filiali:

Shahrisabz tumani

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi “Maqom muzeyi”

Shahrisabz shahri

8.

Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Karmana tumani

Karmana tuman Qosim Shayx majmua muzeyi

Karmana tumani

Qiziltepa tuman tarixi muzeyi

Qiziltepa tumani

Nurota tuman tabiiy-meʼmoriy majmua muzeyi

Nurota tumani

“Sarmishsoy” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Navbahor tumani

9.

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Namangan shahri

Kosonsoy tumani tarixi muzeyi

Kosonsoy tumani

“Mugʻtepa” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish majmuasi

Kosonsoy tumani

10.

“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari:

Samarqand shahri

Ishtixon tuman tarixi muzeyi

Ishtixon shahri

Kattaqoʻrgʻon shahar tarixi muzeyi

Kattaqoʻrgʻon shahri

Mirzo Ulugʻbek muzeyi-majmuasi

Samarqand shahri

Paxtachi tuman tarixi muzeyi

Paxtachi tumani

Sadriddin Ayniy yodgorlik uy-muzeyi

Samarqand shahri

Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi

Samarqand shahri

Samarqand shahar tarixi “Afrosiyob” muzeyi

Samarqand shahri

Oʻzbekiston Madaniyati tarixi davlat muzeyi

Samarqand shahri

Ergash Jumanbulbul oʻgʻli yodgorligi muzeyi*

Qoʻshrabot tumani

11.

“Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Termiz shahri

12.

Termiz arxeologiya muzeyi

Termiz shahri

13.

Sirdaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Guliston shahri

14.

Toshkent viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi*

Nurafshon shahri

15.

Toshkent viloyati Angren shahar tarixi muzeyi

Angren shahri

16.

Toshkent viloyati Chirchiq shahar tarixi muzeyi

Chirchiq shahri

17.

Yangiyoʻl shahar Usmon Yusupov memorial uy-muzeyi

Yangiyoʻl shahri

18.

Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Fargʻona shahri

Margʻilon shahar tarix muzeyi

Margʻilon shahri

Uvaysiy uy-muzeyi

Margʻilon shahri

Erkin Vohidov uy-muzeyi*

Oltiariq tumani

19.

“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning quyidagi filiallari:

Qoʻqon shahri

Amaliy sanʼat muzeyi

Qoʻqon shahri

Buyuk allomalar muzeyi

Qoʻqon shahri

Gʻafur Gʻulom nomidagi Qoʻqon adabiyot muzeyi

Qoʻqon shahri

Muqimiy xujra muzeyi

Qoʻqon shahri

Xamza uy-muzeyi

Qoʻqon shahri

20.

“Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari:

Xiva shahri

Amaliy sanʼat boʻlimi

Xiva shahri

Ilmiy-maʼrifiy boʻlim

Xiva shahri

Qadimgi Xorazm madaniyati boʻlimi

Xiva shahri

Qadimgi Xorazm tarixi boʻlimi

Xiva shahri

Tabiat boʻlimi

Xiva shahri

Madrasa tarixi boʻlimi

Xiva shahri

Tasviriy sanʼat tarixi boʻlimi

Xiva shahri

Xalq taʼlimi tarixi boʻlimi

Xiva shahri

Xiva xonligi tarixi boʻlimi

Xiva shahri

Xorazm musiqa tarixi boʻlimi

Xiva shahri

“Oʻzbekiston–ozod va obod Vatan!” mustaqillik ekspozitsiyasi

Xiva shahri

Hunarmandchilik tarixi boʻlimi

Xiva shahri

21.

Oʻzbekiston zamonaviy sanʼati muzeyi va uning quyidagi filiallari:

Urganch shahri

“Xorazm tarixi va madaniyati” muzeyi*

Urganch shahri

Komiljon Otaniyozov uy-muzeyi

Urganch shahri

Urganch shahar tarixi muzeyi

Urganch shahri

22.

Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi

Toshkent shahri

23.

Madaniyat va sanʼat koʻrgazmasi

Toshkent shahri

24.

Abdulla Qahhor uy-muzeyi

Toshkent shahri

25.

Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi

Toshkent shahri

26.

Kamoliddin Behzod memorial bogʻ-muzeyi

Toshkent shahri

27.

Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi

Toshkent shahri

28.

Oybek uy-muzeyi

Toshkent shahri

29.

Sergey Borodin uy-muzeyi

Toshkent shahri

30.

Sergey Yesenin muzeyi

Toshkent shahri

31.

Tamaraxonim uy-muzeyi

Toshkent shahri

32.

Oʻzbekiston kino sanʼati tarixi muzeyi

Toshkent shahri

33.

Oʻrol Tansiqboyev uy-muzeyi

Toshkent shahri

34.

Yunus Rajabiy uy-muzeyi

Toshkent shahri

* Tashkil qilingandan soʻng budjetdan mablagʻ ajratiladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 09/19/443/3214-son; 04.03.2021-y., 09/21/119/0190-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)