Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yoʻnaltirilgan tizimli choralar koʻrildi.
Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini taʼminlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada oʻstirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash hamda korrupsiya koʻrinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish boʻyicha yangi tizimli choralar koʻrilishini taqozo qilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obroʻ-eʼtiborini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
1. 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar Davlat dasturining har bir bandi boʻyicha maqsadlarga erishishda samaradorlik indikatorlarini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi bilan kelishib olsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari boʻyicha qoʻmitalar tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Idoralararo komissiya ikki oy muddatda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha namunaviy tadbirlarning idoraviy dasturini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari boʻyicha qoʻmitalariga muhokama qilish va kelishish uchun kiritsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarini tashkil etish tavsiya qilinsin, ularning zimmasiga:
joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini kompleks oʻrganish;
joylarda korrupsiya koʻrinishlari namoyon boʻlishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari boʻyicha qoʻmitalariga ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritgan holda muntazam ravishda axborot berib borish funksiyalari yuklansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
a) korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari oʻrta muddatli istiqbolda quyidagilardan iborat:
sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish shart-sharoitlarini istisno etish;
davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga koʻtarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, ragʻbatlantirish choralari hamda korrupsiyaning oldini olish boshqa mexanizmlarining aniq roʻyxatini belgilash;
davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning ish haqi yetarli darajada boʻlishini taʼminlash, shuningdek, davlat xizmatini oʻtashda manfaatlar toʻqnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish;
davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish;
fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining chinakam erkinligini taʼminlash va ularni korrupsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, oʻtkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish;
b) idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish, ularning hisobdorligi va faoliyatining ochiqligi mexanizmlarini joriy etish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar toʻqnashuvining oldi olinishini taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish orqali tegishli sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yoʻqotish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi.
5. Belgilansinki:
a) 2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat organlari zimmaga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlarini vaqti-vaqti bilan majburiy baholab boradi, uning yakunlari boʻyicha:
korrupsiya xavf-xatariga eng koʻp duch keladigan davlat xizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning roʻyxatini shakllantiradi;
idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari ijrosining har choraklik monitoringini amalga oshiradi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga tushirish choralarini koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi (keyingi oʻrinlarda — Milliy kengash) bilan kelishgan holda har yilgi idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlarini tasdiqlaydi;
(5-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)
Oldingi tahrirga qarang.
har yili Milliy kengashga tegishli organlar va tashkilotlar faoliyatida, shu jumladan, qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish orqali korrupsiya xavf-xatarlariga barham berish boʻyicha takliflarni kiritadi;
(5-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)
b) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari korrupsiya xavf-xatarlarini oʻz vaqtida aniqlamaganliklari va tegishli baho bermaganliklari, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etish holatlariga yoʻl qoʻyganliklari yuzasidan shaxsan javobgar boʻladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda:
yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy taʼlim berish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va 2019-yil 1-sentabrdan boshlab tatbiq etsin;
umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzular yanada kuchaytirilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda, shu jumladan texnik infratuzilmani va zarur dasturiy taʼminotni yaratishga oid zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda muayyan toifadagi davlat xizmatchilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy kengash (T.K. Narbayeva):
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)
2019-yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchilik va yetakchi ekspertlarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy taʼlim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishni tashkil etsin, 2020-yil 1-apreldan boshlab loyihani boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy etsin;
har yili 1-aprelga qadar tegishli sohalarda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yakunlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar Davlat dasturining ijro etilishi holati toʻgʻrisida har chorakda Milliy kengashga axborot kiritilishini taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)
10. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda — Maxsus komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
11. Quyidagilar maxsus komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
korrupsiyaga qarshi kurashishga yoʻnaltirilgan jamoatchilik nazoratining amaliy choralarini va qoʻllanilayotgan huquqiy mexanizmlarning joriy holatini tahlil qilish;
korrupsiyaga va boshqa jinoyatlarga qarshi tizimli kurashish sohasida huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, shu jumladan ichki idoraviy nazoratni amalga oshiradigan boʻlinmalar faoliyatini tanqidiy oʻrganish;
korrupsiyaga qarshi kurashish va mazkur sohada idoralararo hamkorlik qilish, shuningdek, korrupsiya koʻrinishlarini sodir etish sabab va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanilayotgan mexanizmlarni tubdan qayta koʻrib chiqish;
korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum eʼtirof etilgan xalqaro standartlar va chet el ijobiy tajribasini oʻrganish.
12. Maxsus komissiya (Z.Sh. Nizomiddinov):
a) bir hafta muddatda oʻrganishning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha ishchi guruhlarning tarkiblarini hamda ularning ish rejalarini tasdiqlasin, shuningdek, ishchi guruhlarning samarali faoliyatini tashkil etsin;
b) 2019-yil 1-sentabrga qadar:
huquqni muhofaza qilish organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini, shu jumladan umum eʼtirof etilgan xalqaro standartlar va chet el ijobiy tajribasini inobatga olgan holda ushbu faoliyatni tashkil etish va mazkur yoʻnalishdagi funksiyalarini optimallashtirishda yagona yondashuvlarni joriy etish orqali tubdan takomillashtirish boʻyicha takliflarni;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini samarali qoʻllashga yoʻnaltirilgan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar boʻyicha “Yoʻl xaritasi” loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldidagi hisobdorligi tartibini takomillashtirish;
qarorlar qabul qilish jarayonida fuqarolar ishtirokining shaffof va samarali usullarini joriy etish.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda davlat organlari, shu jumladan mahalliy organlar tomonidan rasmiy veb-saytlar va “ishonch telefonlari”dan ular faoliyatining ochiqligini va axborot olish imkoniyatini taʼminlash vositasi sifatida foydalanishlari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirsin;
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, ushbu Farmonning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari va internet-resurslarda, shu jumladan chet el ommaviy axborot vositalarida keng koʻlamdagi axborot-targʻibot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlarini doimiy asosda amalga oshirib, ularda taniqli olimlar, davlat organlari rahbarlari hamda jamoatchilik vakillarining chiqishlarini nazarda tutsin hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha brifinglar, internet-konferensiyalar, televizion koʻrsatuvlarda ularning ishtirok etishlarini taʼminlasin;
mazkur yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hisobot berib borsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
15. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-may,
PF-5729-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-son Farmoniga
1-ILOVA
2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish
DAVLAT DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish

1.

Korrupsiyaning xavf-xatarlarini tahlil qilish asosida, aholining keng qatlamlarini xabardor qilish va ong-bilimlarini oshirishda maqsadli tadbirlarni amalga oshirish, xususan:

mavzuli audio-, videoroliklar, bannerlar, plakatlar va innovatsion axborot-targʻibot materiallaridan foydalangan holda fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat, korrupsiyaga qarshi kurashishning aniq xulqni shakllantirishga qaratilgan, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida kampaniyalarni oʻtkazish;

soʻrovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish targʻiboti va taʼlimi boʻyicha chora-tadbirlar natijalari va taʼsirini muntazam ravishda baholash;

ushbu sohada keyingi chora-tadbirlarni amalga oshirishda baholash natijalaridan foydalanish.

Chora-tadbirlar rejasi

Alohida reja-jadval asosida, 2019-yil 1-iyulgacha tasdiqlash

Idoralararo komissiya, Adliya vazirligi (R. Davletov), IIV (P. Bobojonov),

Bosh prokuratura huzuridagi Departament (D. Raximov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), vazirlik va idoralar

2.

Alohida maqsadli guruhlarning (davlat xizmatchilari, tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va boshqalar) korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi va tizimi haqida huquqiy bilimi va xabardorligini oshirish yuzasidan ahamiyatga ega boʻlgan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan quyidagilar orqali:

korrupsiya omillarini aniqlash, korrupsiya xavf-xatarlarini boshqarish va ularni minimallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish borasida vazirlik va idoralar vakillari uchun davriy taʼlim berish tizimini joriy etish;

davlat organlari faoliyatining xususiyatlarini inobatga olgan holda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va hal qilish borasida amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish;

korrupsiyaga qarshi kurashish va kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish masalalari boʻyicha maxsus oʻquv-metodik va boshqa adabiyotlarni yaratish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil 15-iyulgacha

Idoralararo komissiya, vazirlik va idoralar

3.

Yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik nuqtai nazarini shakllantiradigan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan:

korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida ijtimoiy tadbirlarga yoshlarni keng jalb qilish (klublar, toʻgaraklar, forum va boshqalar);

oliy oʻquv yurtlari va yoshlarning boshqa vakillari hisobidan koʻngillilar guruhlarini shakllantirish;

yoshlar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Alohida reja-jadval asosida, 2019-yil 1-iyulgacha tasdiqlash

Idoralararo komissiya, Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev), Oliy taʼlim vazirligi (I. Madjidov), XTV (Sh. Shermatov),TDYU (E. Kanyazov), IIV Akademiyasi (B. Matlyubov), Bojxona instituti (V. Ergashev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), MTRK (A. Xadjayev)

4.

Taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlariga korrupsiyaga qarshi kurashish maxsus kurslarini kiritish, shu jumladan:

jamiyatda korrupsiyaning mavjud boʻlgan xavf-xatarlari asosida, oʻquv materiallarini tayyorlash uchun yagona metodologik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

barcha taʼlim muassasalari, shu qatorda davlat xizmatchilari, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha taʼlim berishga masʼul shaxslarning malakasini va kasbiy tayyorgarligini oshirish boʻyicha muassasalarda taalluqli dasturlarni joriy etish;

jurnalistlarni tayyorlash oʻquv dasturlariga “Korrupsiyaga qarshi jurnalist tergovi” fanini kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil
1-avgustgacha

Oliy taʼlim vazirligi (I. Madjidov), XTV (Sh. Shermatov), Bosh prokuratura Akademiyasi (E. Kolenko), Sudyalar oliy kengashi qoshidagi Sudyalar oliy maktabi (X. Isoqov), TDYU (E. Kanyazov), IIV Akademiyasi (B. Matlyubov), Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti (M. Rustambayev)

5.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, tadqiqiy va ekspert salohiyatini kuchaytirish borasida chora-tadbirlar qabul qilish, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashishda chora-tadbirlarni amalga oshirishga masʼul boʻlgan shaxslarning bilimlarini va kasbiy mahoratini muntazam ravishda oshirish;

mazkur sohada sertifikat olgan ekspertlarning milliy jamoasini bosqichma-bosqich shakllantirish;

ilmiy-metodik materiallarni ishlab chiqishga xorijiy ekspertlar va maslahatchilarni jalb etish;

korrupsiyaga qarshi kurashish mavzuida magistratura yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv dasturlarini joriy etish;

milliy ekspertlarni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro akademiyasi (KQKXA) va boshqa xalqaro taʼlim muassasalarida oʻqitish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 1-iyulgacha

Bosh prokuratura (O. Murodov), IIV (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy taʼlim vazirligi (I. Madjidov), TIV (A. Kamilov)

6.

Davlat organlari va tashkilotlarning masʼul xodimlari tomonidan ishga qabul qilinganidan soʻng hamda muayyan vaqt oʻtganidan soʻng, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini majburiy ravishda oʻtash tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil 1-sentabrdan

Bosh prokuratura (O. Murodov), Oliy taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov), DBA (X. Azizov), JIDU (M. Bakoyev), TDYU (E. Kanyazov), vazirlik va idoralar

7.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida, quyidagilarni nazarda tutadigan tadqiqotlarni tashkil qilish, jumladan:

sodir etilayotgan korrupsiyaga oid jinoyatlarning oʻziga xos sxemasini oʻrganish asosida korrupsiyaning tipologiyasini tuzish;

korrupsiyaga moyil boʻlgan sohalarni aniqlash asosida tarmoqlar kesimida korrupsiyaga oid xaritalarni tuzish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining shart-sharoitlari va sabablarini oʻrganish, shuningdek ularni bartaraf etish takliflarini ishlab chiqish;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholash;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida taʼlim va tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlariga, shu jumladan, xalqaro tashkilotlardan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha grantlar jalb qilish orqali koʻmaklashish;

korrupsiya darajasi, korrupsiyani idrok etish va shaxsiy tajribasi, shuningdek, davlat hokimiyati institutlariga ishonch va korrupsiyaga qarshi choralarning taʼsiri darajasini baholash ma�sadida jamoatchilik fikrini oʻrganish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-aprelgacha

Idoralararo komissiya, “Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva), FJShMQMI (R. Kamilov), “Rivojlanish strategiyasi” markazi (E. Tulyakov), Bosh prokuratura Akademiyasi (E. Kolenko) TDYU (E. Kanyazov), IIV Akademiyasi (B. Matlyubov), Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti (M. Rustambayev), JIDU (M. Bakoyev), vazirlik va idoralar

8.

Idoralararo komissiyasining rasmiy veb-sayti asosida xalqaro standartlarga muvofiq zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan portalni yaratish, shu jumladan:

korrupsiyaga qarshi tadbirlar haqida hisobot va maʼlumotlar;

korrupsiyaning tarqalishi va idrok etilishi haqida ijtimoiy va ilmiy tadqiqotlar natijalari;

normativ-huquqiy hujjatlarning loyihasi boʻyicha korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari toʻgʻrisida maʼlumot;

korrupsiya jinoyatlari, ularning tergov va sudda koʻrilishi natijalari boʻyicha statistik maʼlumotlar;

maʼlumot, metodik va axborot materiallari;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni muhokama qilish uchun jamoatchilik bilan qayta aloqa mexanizmlari, shuningdek jamoatchilik fikrini soʻrov qilish natijalari.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 1-noyabrgacha

Idoralararo komissiya, LBMA (D. Li), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy sud (K. Kamilov), SSP (A. Ikramov)

9.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida, shu jumladan xalqaro ekspertlar ishtirokida seminarlar, “davra suhbatlari” va konferensiyalar oʻtkazishni nazarda tutadigan xalqaro mezonlar va ilgʻor chet el tajribalarini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-aprelgacha

Idoralararo komissiya

10.

Quyidagilar yordamida, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqish va bajarish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarini yanada jalb qilishda maqsadli tadbirlarini amalga oshirish:

davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlar va qayta aloqani mustahkamlash mexanizmlarini kuchaytirish;

ijtimoiy sheriklik doirasida davlat organlari, shuningdek, jamoat kengashlari faoliyatiga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etishning shaffof va obyektiv mezonlariga asoslangan mexanizmlarni belgilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-aprelgacha

Idoralararo komissiya, Adliya vazirligi (R. Davletov), FJShMQMI (R. Kamilov), “Rivojlanish strategiyasi” markazi (E. Tulyakov), OʻzNNTMA (I. Nasriyev), vazirlik va idoralar

II. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish

11.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi, “Davlat moliyaviy nazorati toʻgʻris�da”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:

budjet jarayonining har bir bosqichida tashqi va ichki moliyaviy nazorat hamda auditning vazifalari va maqsadini bir-biridan ajratish;

nizom jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan tashkilotlarda davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish;

moliyaviy, shu jumladan, korrupsiyaga oid jinoyatlarni oʻz vaqtida aniqlash.

Qonun loyihasi

2019-yil 1-sentabrgacha

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Hisob palatasi (O. Rustamov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), LBMA (D. Li), Bosh prokuratura (O. Murodov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Xaydarov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (A. Nazirov)

12.

Idoralar faoliyatining moliyaviy natijalarini ochib beradigan, ichki hamda tashqi audit sohasini belgilash yoʻli orqali amalga oshirilayotgan nazoratning samarasi haqidagi maʼlumotlar, shu jumladan ichki nazorat va ichki audit xizmati xodimlarining huquqiy maqomi va vakolatini belgilaydigan, davlat boshqaruvi tizimi rivojlanishi, prognozlash va strategik rejalashtirishga oid xufiyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi choralarni oshkor etishni taʼminlaydigan mexanizmlarni joriy etishni nazarda tutadigan “Davlat ichki nazorati va ichki auditi toʻgʻrisida”gi qonun loyiha�ini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2019-yil 1-sentabrgacha

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Hisob palatasi (O. Rustamov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Bosh prokuratura (O. Murodov), LBMA (D. Li), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Xaydarov), Bosh prokuratura huzuridagi Departament (D. Raximov)

13.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash yuzasidan normativ-huquqiy va tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni takomillashtirish, shu jumladan quyidagi yoʻllar bilan:

maʼlumotlardan erkin foydalanish huquqiga oid qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan oʻrganish;

fuqarolarning maʼlumotlardan erkin foydalanish yuzasidan oʻz huquq va majburiyatlari haqida xabardorliklarini oshirish;

davlat organlari tomonidan axborotni nashr qilish uchun yagona elektron tizimni joriy etish.

Qonun loyihasi

2019-yil 1-sentabrgacha

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha jamoatchilik kengashi (I. Abdullayev)

14.

Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:

barcha davlat xaridlari subyektlarini bosqichma-bosqich qamrab olish boʻyicha choralar koʻrish;

xarid (ISO 20400) va korrupsiyaga qarshi kurashish (ISO 37001) standartlari boʻyicha kompaniyalarni sertifikatlashtirish tizimini joriy etish;

davlat xaridlari sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilash;

affillangan shaxslarning xaridlarda qatnashishlariga cheklovlar belgilash;

barcha davlat tenderlarini qamrab olish uchun mahsulot yetkazib beruvchilarning hamma foydalana oladigan yagona reyestrini yuritish;

davlat xaridlari boʻyicha axborotning oshkoraligi va erkinligini oshirish;

xarid jarayonida byurokratik va subyektiv omillarni minimallashtirish;

natijalarni statistik tahlil qilish, shuningdek, xarid tartibining barcha zarur parametrlari boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini tashkil qilish.

Qonun loyihasi

2019-yil 1-noyabrgacha

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), vazirlik va idoralar

15.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalaridan foydalanish orqali sudyalarni ochiq, oshkora tanlash va tayinlash mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan:

tanlov natijalarini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining veb-saytida eʼlon qilish;

sudyalar aniq ifoda etilgan oshkora mezon va tartiblar asosida baholanishini taʼminlash.

Qonun loyihasi

2019-yil 1-dekabrgacha

Sudyalar oliy kengashi (U. Mingboyev), Oliy sud (K. Kamilov)

16.

Sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni qabul qilish, shu jumladan:

sudyalar malaka hayʼatlari kotiblarining rolini oshirish, shu jumladan ularga korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish vazifasini yuklash;

sudyalar malaka hayʼatlari kotiblarining Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalar daxlsizligini taʼminlash boʻyicha Sud inspeksiyasi bilan samarali hamkorlik qilish, shuningdek, ularning Kengashga hisobdorligi mexanizmlarini yaratish;

sudyalar va sud xodimlari oʻrtasida profilaktik va tushuntirish ishlarini muntazam ravishda olib borish;

odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashish faktlari boʻyicha sudyalarning Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Sud inspeksiyasiga anonim tarzda murojaat qilish tartibini joriy etish;

korrupsiyaning kelib chiqish sabablarini tizimli va chuqur tahlil qilishni va ularning oldini olishni taʼminlash.

Qoʻshma qaror loyihasi

2019-yil15-iyungacha

Sudyalar oliy kengashi (U. Mingboyev), Oliy sud (K. Kamilov)

17.

“Prokuratura organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish, shu jumladan:

prokuratura organlari va muassasalarida xizmat qilish uchun institutsional mexanizmlarni mustahkamlash;

kadrlarni shaffof tanlovlar asosida saralab olishning mutlaqo yangi mexanizmini joriy etish;

manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish va bartaraf qilish.

Qonun loyihasi

2019-yil 1-dekabrgacha

Bosh prokuratura (O. Murodov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

18.

Korrupsiya va soliq tavakkalchiligini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutgan holda, oʻrta muddatli va uzoq muddatli davrda soliq xizmatini strategik boshqarish mexanizmlarini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil 1-dekabrgacha

DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Bosh prokuratura (O. Murodov)

19.

Quyidagi choralarni amalga oshirish orqali korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament nazorati samaradorligini oshirish, bunda:

qonun hujjatlarini tahlil qilish, ularda korrupsiyaga sharoit yaratadigan qoida va normalarni aniqlash;

barcha darajadagi davlat organlari rahbarlarining maʼlumotlarini eshitish;

davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyotini tizimli ravishda oʻrganish;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan idoraviy choralar samaradorligini baholash;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari Kengashlari qoʻshma qarori loyihasi

2019-yil 1-oktabrgacha

Oliy Majlis palatalari —
kelishish asosida (N. Ismailov, N. Yoʻldashev)

20.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha idoraviy tizimlar samaradorligini oshirish, shu jumladan:

korrupsiyaga koʻproq moyil boʻlgan sohalarni aniqlash;

xizmat vazifalarini bajarishda xodimlarning manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish va ularni hal qilish masalalarini lozim darajada tartibga solish, shuningdek, ushbu majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlikni oshirish;

davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha idoraviy koordinatorlarning oʻzaro hamkorligi;

barcha darajadagi davlat organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, shuningdek, ularning sodir etilishi sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

idoraviy chora-tadbirlarni amalga oshirish ustidan ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish.

Idoraviy hujjatlar

2019-yil 1-noyabrgacha

Idoralararo komissiya, Bosh prokuratura (O. Murodov), Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar

21.

Ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish, jumladan:

korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” (compliance control) tizimini joriy etish va uning samaradorligini monitoring qilish;

korrupsiyaga qarshi kurashish tegishli korrupsion standarti (ISO 37001)ga muvofiq sertifikatlashtirish tartibini oʻrnatish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1 aprelgacha

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Xaydarov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (A. Nazirov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov)

22.

Korrupsiyaga qarshi maxsus tadbirlarni xususiy sektorga joriy etishga faol koʻmaklashish, unda quyidagilarni nazarda tutuvchi choralarni koʻrish:

ichki nazorat choralari va tartib-taomillarini kuchaytirish;

davlat xaridlarida ishtirok etish boʻyicha qatʼiy axloq qoidalarini taʼminlash;

biznesning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi jamoaviy tadbirlarini ragʻbatlantirish.

Oʻzbekiston biznesining Korrupsiyaga qarshi kurashish xartiyasining loyihasi

2019-yil 1-oktabrgacha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Kosimov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

III. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, imkoniyat yaratuvchi sabablar, shart-sharoitlar va oqibatlarini bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlash

23.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida davlat organlariga axborot berish mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan:

fuqarolarga korrupsiya faktlari toʻgʻrisida davlat organlarini xabardor qilish imkonini beruvchi mobil va boshqa ilovalarni ishlab chiqish;

korrupsiya faktlari haqida anonim xabarlarni oʻrganish imkoniyatlari.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 1-dekabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), LBMA (D. Li), Idoralararo komissiya

24.

Davlat organlari bilan jamoatchilik oʻrtasidagi munosabatlar sifatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ishonch telefonlari va Call-markazlari (“tezkor aloqa liniyalari”) ish samaradorligi monitoringini taʼminlash, uning natijalarini muntazam nashr etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-aprelgacha

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), LBMA (D. Li), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Bosh prokuratura (O. Murodov), vazirlik va idoralar

25.

Korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlar haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.

Qonun loyihasi

2020-yil 1-sentabrgacha

Oliy sud (K. Kamilov), Bosh prokuratura (O. Murodov), IIV (P. Bobojonov)

26.

Tadbirkorlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan:

tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashganligi, noqonuniy harakatlar qilganligi, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklashga yoki ularni toʻxtatishga sabab boʻlgan asossiz
va noqonuniy harakatlar (harakatsizlik) uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish;

tadbirkorlarning qonuniy manfaatlari va huquqlarini yanada himoya qilish masalalarida jamoatchilik nazorati mexanizmlari joriy etilishini taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil 1-oktabrgacha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Qosimov), Adliya vazirligi (R. Davleto�), SSP (A. Ikramov)

27.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarini va sudyalarni tayyorlash boʻyicha amaliy choralarni quyidagilar orqali takomillashtirish:

korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy vositalari va usullaridan foydalanish;

korrupsiya jinoyatlarini aniqlash, tergov qilish va sudda koʻrib chiqish;

murakkab moliyaviy jinoyatlarni tergov qilish, jinoiy daromadlarni legallashtirish sohasidagi ishlarni samarali surishtirish;

malaka oshirish jarayoniga xalqaro tashkilotlar va xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar (oʻquv dasturlari, modullar, masofaviy kurslarni ishlab chiqish, treninglar, “davra suhbatlari” va boshqalarni tashkillashtirish)

2019-yil 1-noyabrgacha

Bosh prokuratura Akademiyasi (E. Kolenko), Sudyalar oliy kengashi qoshidagi Sudyalar oliy maktabi (X. Isoqov), TDYU (E. Kanyazov), IIV Akademiyasi (B. Matlyubov)

28.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yangi xavf-xatar va tahdidlarni hisobga olgan holda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning texnik jihozlanishini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020-yil 1-iyulgacha

Bosh prokuratura (O. Murodov), IIV (P. Bobojonov), DXX (A. Azizov), DBQ (M. Azimov), DSQ (B. Musayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

IV. Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlik

29.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida meʼyoriy va tashkiliy-amaliy bazani takomillashtirish jarayoniga xalqaro tashkilotlar (BMT NJQKB, BMTTD, IHTT, EXHT, ShHT, EOG va boshqalar)ni jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 1-dekabrgacha

TIV (A. Kamilov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Adliya vazirligi (R. Davletov), IIV (P. Bobojonov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov)

30.

IHTTning tavsiyalarini bajarish boʻyicha har tomonlama va samarali choralar koʻrish.

IHTTning tavsiyalarini bajarish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”

2019-yil 1-iyulgacha

Idoralararo komissiya

31.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi monitoringi 2-bosqichiga tayyorgarlik koʻrish va tegishli tashkiliy choralarni qabul qilish

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 1-dekabrgacha

Bosh prokuratura (O. Murodov), Adliya vazirligi (R. Davletov), TIV (A. Kamilov)

32.

Korrupsiyaga qarshi kurashishga bagʻishlangan xalqaro forumni oʻtkazish va unda ushbu sohadagi yetuk xorijiy mutaxassislarni jalb qilish masalasini koʻrib chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 15-dekabrgacha

Bosh prokuratura (O. Murodov), IIV (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), TIV (A. Kamilov)

33.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining auditorlik xalqaro tashkilotlari oliy organlari (INTOSAI, ASOSAI i ECOSAI)ga qoʻshilishi va xorijiy davlatlarning yuqori darajadagi auditorlik organlari va yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatishi boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 1-dekabrgacha

Hisob palatasi (O. Rustamov), TIV (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

34.

Xorijiy ommaviy axborot vositalarida davlat va jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi prinsipial pozitsiyasi toʻgʻrisida xorijiy davlatlar, investorlar va fuqarolarning tushunchasini yaxshilashga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublikamiz tomonidan qabul qilingan choralar toʻgʻrisida maxsus materiallar yoritilishini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-yanvargacha

TIV (A. Kamilov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Adliya vazirligi (R. Davletov), IIV (P. Bobojonov)

35.

Quyidagi xalqaro shartnomalarga qoʻshilish masalasini koʻrib chiqish:

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni aniqlash, olib qoʻyish va musodara qilish hamda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Yevropa Kengashi Konvensiyasi (Varshava sh., 2005-yil 16-may);

Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi MDHning Kishinev konvensiyasi (Kishinyov sh., 2002-yil 7-oktabr).

Tahliliy materiallar

2019-yil 1-iyulgacha

Bosh prokuratura (O. Murodov), TIV (A. Kamilov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-son Farmoniga
3-ILOVA
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha maxsus komissiya
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Z.Sh. Nizomiddinov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Komissiya rahbari

2.

V.V. Maxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi

3.

B.M. Mavlonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari

31

A.E. Burxanov

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori

4.

A.A. Azizov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi

5.

U.K. Mingboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi

6.

K.F. Kamilov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi

7.

N.T. Yoʻldoshev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori‎

8.

B.A. Shayakubov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

9.

N.M. Rustambekov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari

10.

R.K. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

11.

P.R. Bobojonov

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

12.

M.B. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

13.

B.A. Musayev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Izoh. Maxsus komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 06/19/5729/3199-son, 20.07.2019-y., 06/19/5769/3450-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)