Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATISH TIZIMI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmatni boshqarish tizimini yanada isloh qilish toʻgʻrisida” 2000-yil 19-dekabrdagi PF-2791-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
2. “Oʻzkommunxizmat” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda, belgilangan tartibda:
xoʻjalik hisobidagi “Boshsuvoqova” bosh boshqarmasi va Xoʻjalik hisobidagi kommunal obyektlarni kapital qurish bosh boshqarmasi bazasida Mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish bosh direksiyasini tashkil etsin;
6-ilovaga* muvofiq korxonalar va tashkilotlarni qayta tashkil etsin, yangi tashkil etilgan korxonalarni Mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish bosh direksiyasi tarkibiga kiritsin;
* 6-ilova berilmaydi.
xoʻjalik hisobidagi “Boshkommungaz” bosh boshqarmasini “Boshkommungaz” korxonasiga, uning tarkibiy boʻlinmalarini esa yuridik shaxs maqomi bilan shuʼba korxonalarga aylantirsin;
idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, kommunal maqsadlardagi barcha gaz quvurlari tarmoqlarining “Boshkommungaz” korxonasining shuʼba korxonalari balansiga bepul berilishini tashkil qilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
“Oʻzkommunxizmat” agentligi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda — Hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekgazqurilish” (Qarshi shahri), “Quvataʼmirlashmexanika” va “Qoʻqon ishlab chiqarish kombinati” aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyati tegishli ravishda Qashqadaryo va Fargʻona viloyati hokimliklari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligini qayta tashkil etish boʻyicha maxsus komissiya, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi belgilangan tartibda ikki oy muddatda:
tugatiladigan “Oʻzkommunissiqlikenergiyataʼmirlash” boshqarmasining hamda “Kommunalchi” tajriba-eksperimental korxonasining mol-mulki bazasida “Oʻzkommunissiqliktaʼmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatini tashkil etsinlar;
“Oʻzkommunmashtaʼminot” ishlab chiqarish birlashmasini ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirsinlar;
7-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini belgilangan tartibda tanlov asosida ishonchli boshqaruvga bersinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Agentlik tarkibiga kiruvchi davlat korxonalari va tashkilotlari rahbarlari Agentlik Bosh direktori tomonidan, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tayinlanadilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari va tashkilotlariga hamda Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmasiga rahbarlik qilish, tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining kommunal xizmat koʻrsatishni rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi boshqaruv apparatlarining taʼminoti ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning har oydagi ajratmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 414-modda)
8. “Oʻzkommunxizmat” agentligining belgilangan tartibda oʻz vakolatlari doirasida chiqargan normativ hujjatlarining barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy ekanligi belgilab qoʻyilsin.
9. “Oʻzkommunxizmat” agentligi Toshkent shahar, Niyozbek yoʻli koʻchasi, 1-uyga joylashtirilsin.
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Oʻzkommunxizmat” agentligini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 21-dekabr,
493-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmasining namunaviy tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv apparati
tuzilmasi
Tuman (shahar) kommunal-foydalanish boshqarmasining namunaviy tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv apparati
TUZILMASI
Aksiyalarining davlat paketlari ishonchli boshqaruvga beriladigan aksiyadorlik jamiyatlari
ROʻYXATI
1. “Angrengazmash” OAJ, Angren sh.
2. “Fargʻona gaz apparatlari zavodi” OAJ, Fargʻona sh.
3. “Gazavtomatika” OAJ, Toshkent sh.
4. “Kommunalchi” OAJ, Samarqand sh.
5. “Kommunalsozlovchi” OAJ, Toshkent sh.
6. “Oʻzbekgazsuvqurilish” OAJ, Toshkent sh.
7. “Oʻzkommunmashtaʼminot” OAJ, Toshkent sh.
8. “Oʻzkommunissiqliktaʼmir” OAJ, Toshkent sh.
9. “Oʻzbekgazqurilish” OAJ, Qarshi sh.
10. “Quvataʼmirlashmexanika” OAJ, Quva sh.
11. “Qoʻqon ishlab chiqarish kombinati” OAJ, Qoʻqon sh.
Izoh. 1—8-tartib raqamlaridagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlarini ishonchli boshqaruvga berish “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan, 9—11-tartib raqamlaridagi aksiyadorlik jamiyatlariniki tegishli ravishda Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlari hokimliklari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Mazkur izohga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 8-oktabrdagi 347-son “Iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va ularning tarkibini oʻzgartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan. Izohning rus tilidagi matniga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 19-son, 148-modda; 2003-y., 19-son, 179-modda; 2004-y., 10-son, 115-modda; 42-son, 446-modda; 2005-y., 19-20-son, 143-modda; 2006-y., 41-son, 414-modda)