Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Madaniyat markazlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, madaniyat markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Madaniyat markazi toʻgʻrisida namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilash tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish choralarini koʻrsin;
madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini aniq baholash tizimini joriy etish maqsadida onlayn elektron dasturiy taʼminot bazasini ishlab chiqsin va uning 2020-yil 1-yanvardan boshlab tatbiq etilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Belgilansinki, ushbu qaror 2019-yil 1-apreldan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-mart,
264-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 264-son qaroriga
1-ILOVA
Madaniyat markazlari toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom madaniyat markazlarining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) maqsadi va vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat muassasasi boʻlib, aholining madaniy ehtiyojlarini oʻrganish hamda maʼnaviy-maʼrifiy va koʻngilochar xususiyatga ega boʻlgan turli madaniy xizmatlar koʻrsatish, havaskorlik, badiiy ijod va amaliy sanʼat bilan shugʻullanuvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uning asosiy faoliyati hisoblanadi.
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Namunaviy nizomga (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi), shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, uning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachilik boʻlinmasida shaxsiy gʻazna hisob raqami, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhri, shtampi, blankalari boʻladi.
5. Tumanlar va shaharlar markazlarining har birida bittadan markaziy madaniyat markazlari, qishloq va shaharchalarda aholi soni 7 ming nafar va undan ortiq boʻlganda Markazlar tashkil etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tegishli ravishda respublika va viloyat boʻysunuvidagi Markazlar tashkil etiladi, ularga shtatlar meʼyorlari, xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish shartlari boʻyicha tuman (shahar) markaziy madaniyat markazlarining shtatlar meʼyorlari, xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
2-bob. Markazning asosiy maqsadi va vazifalari
6. Markazning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, aholiga madaniy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish va boʻsh vaqtlarining mazmunli oʻtishini taʼminlash, ijodiy jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va anʼanalarini oʻzida mujassam etgan namunali dasturlarni shakllantirish, xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik sanʼatini saqlab qolish va rivojlantirish, turli xil toʻgaraklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari, badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
aholiga madaniy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish va boʻsh vaqtlarining mazmunli oʻtishini taʼminlash, ijodiy jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va anʼanalarni oʻzida mujassam etgan namunali dasturlarini shakllantirish;
xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik sanʼatini saqlab qolish va rivojlantirish, badiiy va amaliy ijodiy jamoalar, havaskorlik guruhlari tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijodiy jarayonni tizimli ravishda boyitib borish;
bolalarni toʻgaraklarga jalb etish, xorijiy tillarni oʻrganish va “nutq madaniyati” boʻyicha kurslar tashkil etish, xalq ijodiyotining barcha janr va yoʻnalishlari, havaskorlik sanʼati va nomoddiy madaniy merosni keng targʻib qilish hamda ularni asl holicha kelajak avlodga yetkazish;
adabiyot hamda sanʼat arboblari va professional ijodiy guruhlar bilan maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar tashkil etib, ular ishtirokida aholi, xususan, yoshlar bilan bevosita badiiy uchrashuvlar va davra suhbatlari oʻtkazish;
tanlovlar, xalq ijodiyoti va tomosha sanʼatining tuman (shahar) festivallarini oʻtkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ijodkor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash;
ommaviy bayram, tomosha va xalq sayillarini tashkillashtirish, ijtimoiy-madaniy sohada yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha ularga pulli xizmatlar koʻrsatish;
turli xil toʻgaraklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari, badiiy havaskorlik jamoalarini (keyingi oʻrinlarda Markaz tuzilmalari deb ataladi) ilovaga muvofiq yoʻnalishlarda tashkil etish.
3-bob. Markazning huquq va majburiyatlari
8. Markaz:
madaniyat va sanʼat sohasida davlat dasturlarini hamda boshqa maqsadli dasturlarni amalga oshirishda qatnashish;
belgilangan tartibda chet davlatlardagi ijodiy birlashmalar va uyushmalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda xalqaro faoliyatda ishtirok etish huquqiga ega.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
9. Markazlar quyidagilarga majbur:
mehnatga haq toʻlashni tashkil etish, texnika xavfsizligi, xodimlarni ijtimoiy taʼminlash va aniq tarzda ijtimoiy muhofaza qilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarni amalga oshirish;
xodimlar va Markaz tuzilmalari qatnashchilarining, shuningdek, mijozlarning huquqlarini himoya qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan, Markaz faoliyati koʻrsatkichlarini aniqlash va nazorat qilish uchun asos hisoblangan talablarga muvofiq ish jurnallarini yuritish;
Markazning mol-mulkidan maqsadli va samarali foydalanish;
oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni amalga oshirish.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
10. Markazlarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi yuzasidan Markaz rahbari shaxsan javob beradi.
4-bob. Markazni boshqarish va unga rahbarlik qilish
11. Markaz oʻzi bevosita boʻysinadigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi hamda tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan direktor tomonidan boshqariladi.
12. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻysunuvidagi Markazlar direktorlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi rahbarlari tomonidan;
tuman va shahar boʻysunuvidagi Markazlar direktorlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari rahbarlari tomonidan;
qishloq va shaharchalar boʻysunuvidagi Markazlar direktorlari — tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
13. Markaz ustavi oʻzi bevosita boʻysinadigan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi boshliqlari, tuman (shahar) madaniyat boʻlimi mudirlari oʻz boʻysunuvidagi Markazlar faoliyatining qonun hujjatlariga, ushbu Nizom talablariga hamda Markaz ustavida qayd etilgan maqsad va vazifalarga muvofiqligini nazorat qiladi.
15. Markaz faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish Markaz direktori tomonidan amalga oshiriladi. Markaz direktori bilan mehnat shartnomasini (kontraktni) Markaz oʻzi bevosita boʻysinadigan tashkilot rahbari tuzadi.
16. Markaz direktori Markaz ustaviga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida Markaz nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, Markaz xodimlari uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi hamda Markaz faoliyati uchun javob beradi.
17. Markazlarda jamoatchilik asosida badiiy kengash, metodik kengash va shu kabi boshqa maslahat organlari tashkil etilishi mumkin.
18. Tuman va shahar Markazlari qishloq va shaharchalardagi Markazlarga quyidagicha metodik yordam koʻrsatadi:
oʻzining xizmat koʻrsatish chegarasiga kiradigan tuman (shahar) markazida va aholi punktlarida yashovchilar oʻrtasida turli ommaviy, madaniy-maʼrifiy va tarbiyaviy targʻibot ishlarini tashkil etishda metodik hamda amaliy yordam koʻrsatish;
aholining, ayniqsa yoshlarning ehtiyojidan kelib chiqib Markaz tuzilmalari hamda Markaz tomonidan koʻrsatiladigan boshqa xizmatlarni tashkil etish yuzasidan metodik qoʻllanmalar va yangi repertuar toʻplamlar bilan taʼminlash;
qishloq va shaharchalarda joylardagi Markazlar bilan birgalikda nomoddiy madaniy meros obyektlarini saqlash, targʻib qilish bilan bogʻliq boʻlgan har yilgi tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
5-bob. Markaz direktorining huquq va majburiyatlari
19. Direktor oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining buyruq hamda koʻrsatmalariga, shuningdek, ushbu Nizomga asosan olib boradi.
20. Direktor Markaz faoliyatiga yakkaboshchilik asosida rahbarlik qiladi hamda Markazga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
21. Direktor Markaz oʻzi bevosita boʻysinadigan tashkilot rahbariga quyidagi tartibda bevosita boʻysinadi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Markazlari direktorlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga;
tuman (shahar), qishloq va shaharchalar Markazlari direktorlari — tuman (shahar) madaniyat boʻlimlariga.
22. Direktorning huquqlari quyidagilardan iborat:
Markazni yuksak, namunali faoliyati orqali davlat, jamoat tashkilotlari va muassasalarga tanitish;
mehnat qonunchiligiga asosan xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, shuningdek, alohida holatlarda ularga nisbatan tegishli choralar koʻrish va ragʻbatlantirish;
Markaz faoliyatini yaxshilash borasida tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritish;
Markazning moliyaviy va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, tegishli tartibda oʻz faoliyati doirasida shartnomalar tuzish;
Markaz binosi, shuningdek, tadbir oʻtkazilishi moʻljallangan boshqa obyektlar foydalanishga yaroqsiz, avariya holatida boʻlsa, tegishli idoralar va mutasaddilarni ogohlantirgan holda ishni toʻxtatish, tadbirni boshqa joyga koʻchirish;
Markaz xodimlari mehnatini toʻgʻri tashkil etish, vazifalarni samarali taqsimlash, jamoada tarbiyaviy ishlarni keng yoʻlga qoʻyish va sogʻlom maʼnaviy muhitni barpo etish;
Markaz ishini rejalashtirish, hisobga olib borish, hujjatlarni toʻplash, hisobotlarni tayyorlash va topshirish, aholiga pulli xizmat koʻrsatish rejasini oʻz vaqtida va toʻgʻri yoʻnalish asosida amalga oshirish.
23. Direktor:
oʻziga yuklangan lavozim majburiyatlarining toʻlaqonli bajarilishi uchun javob beradi;
oʻz mehnat faoliyati davomida Markazning ichki tartib-qoidalari va nizomlariga qatʼiy rioya qiladi.
6-bob. Markaz huzuridagi maslahat organlarini (badiiy va metodik kengashni) tashkil etish
24. Markazlarda tuziladigan jamoatchilik kengashlari tarkibi Markaz oʻzi bevosita boʻysinadigan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
25. Markazda faoliyat turlaridan kelib chiqqan holda jamoatchilik asosida badiiy va metodik kengashlar tuziladi.
26. Jamoatchilik asosida tuziladigan:
badiiy kengash — Markaz tomonidan tashkil etiladigan va oʻtkaziladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlar, teatrlashtirilgan konsert-tomoshalari dasturlarini, “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” unvoniga ega badiiy havaskorlik jamoalarining repertuar rejalarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
metodik kengash — Markaz tuzilmalarining oʻquv-reja va dasturlarini koʻrib chiqish va tasdiqlash, Markazning faoliyatidan kelib chiqib, yangi toʻgarak va jamoalarni tashkil etish boʻyicha qarorlar qabul qilish hamda uning faoliyatini yanada yaxshilash borasidagi masalalarni muhokama etib, tegishli xulosalarni Markaz direktoriga kiritadi.
7-bob. Markazlar faoliyatini moliyalashtirish
27. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Markaz tomonidan mazkur Namunaviy nizomda belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqib, pulli asosda tashkil etiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlar, toʻgaraklar, turli xizmatlar va boshqalar hisobidan olinadigan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
28. Markazlarda tashkil etilgan pulli toʻgaraklardan tushadigan mablagʻlarning 50 foizi ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, qolgan 50 foizi toʻgarak rahbarlarining ish haqiga hamda ularni ragʻbatlantirishga sarflanadi.
8-bob. Hisob va hisobotni tashkil etish
29. Markazlarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha hisob-kitobi va hisoboti tuman (shahar) madaniyat boʻlimlarining markaziy buxgalteriyasi tomonidan budjet muassasalari uchun belgilangan tartibda yuritiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida boʻysunuvidagi Markazlarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha hisob-kitobi va hisoboti oʻzining buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
9-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
30. Markazlar mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida tashkil etiladi va tugatiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 206-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 09/21/206/0324-son)
Madaniyat markazlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
ILOVA
Madaniyat markazlarida tashkil etiladigan toʻgaraklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari va badiiy havaskorlik jamoalarining
YOʻNALISHLARI

T/r

Yoʻnalishlar

Toʻgaraklar

1.

Ashula va raqs toʻgaragi

2.

Xoreografiya, raqs toʻgaragi

3.

Drama toʻgaragi

4.

Vokal-cholgʻu toʻgaragi

5.

Rubob toʻgaragi

6.

Gʻijjak toʻgaragi

7.

Yevropa zarbli cholgʻulari (zarblilar majmuasi) toʻgaragi

8.

Urma zarbli cholgʻular (doira, nogʻora va boshqalar) toʻgaragi

9.

Tanbur toʻgaragi

10.

Dutorchilar toʻgaragi

11.

Karnay va surnay toʻgaragi

12.

Xor, vokal va akademik toʻgaragi

13.

Akkordeon toʻgaragi

14.

Klassik gitara (akustik gitara) toʻgaragi

15.

Filarmoniya (tarkibiga asosan)

16.

Makrame va toʻqish toʻgaragi

17.

Kiyimni bichish va tikish (kashta) toʻgaragi

18.

Pazandachilik toʻgaragi

19.

Xalq cholgʻulari ustaxonasi toʻgaragi

20.

Oʻymakorlik (yogʻoch va ganch oʻymakorligi) toʻgaragi

21.

Zargarlik toʻgaragi

22.

Naqqoshlik toʻgaragi

23.

Kulolchilik toʻgaragi

24.

Lapar, alla, oʻlan va aytishuv, baxshi, xalfa ijrochiligi toʻgaragi

25.

Maqomchilar toʻgaragi

26.

Koʻhna cholgʻular ijrochiligi toʻgaragi

27.

Askiya toʻgaragi

28.

Folklor qoʻshiqlari ijrochiligi toʻgaragi

29.

Katta ashula toʻgaragi

30.

Shaxmat-shashka toʻgaragi

31.

Stol tennisi toʻgaragi

32.

Sogʻlomlashtirish gimnastikasi toʻgaragi

33.

Badiiy gimnastika toʻgaragi

Studiyalar

34.

Dizayn studiyasi

35.

Teatr studiyasi (badiiy oʻqish, drama)

36.

“Zamonaviy raqs” studiyasi

37.

Ovoz yozish studiyasi

38.

Xalq amaliy sanʼati studiyasi

39.

Tasviriy sanʼat studiyasi

40.

Qoʻgʻirchoqsozlik studiyasi

41.

Internet va axborot almashuv texnologiyalarini oʻrganish studiyasi

42.

Foto-video studiyasi

Kurslar

43.

“Nutq madaniyati” kursi

44.

Rus tilini oʻrganish kursi

45.

Ingliz tilini oʻrganish kursi

46.

Nemis tilini oʻrganish kursi

47.

Fransuz tilini oʻrganish kursi

48.

Koreys tilini oʻrganish kursi

Qiziquvchilar klublari

49.

“Quvnoqlar va zukkolar” klubi

50.

“Zakovat” klubi

51.

“Oʻzbegim oʻgʻlonlari” klubi

52.

“Qoʻli gul ayollar” klubi

53.

“Oila — muhabbat qasri” klubi

54.

Tarix-oʻlkashunoslik klubi

55.

Tabiat-ekologiya klubi

56.

Kolleksiya toʻplashga qiziquvchilar klubi

Badiiy havaskorlik jamoalari

57.

Teatr jamoasi

58.

Xalq cholgʻulari jamoasi (orkestr)

59.

Raqs jamoasi

60.

Estrada jamoasi

61.

Xor, vokal va maqom jamoalari

62.

Ashula va raqs jamoalari, folklor-etnografik jamoalar

63.

Sirk jamoalari

Izoh. Toʻgaraklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari va badiiy havaskorlik jamoalari madaniyat markazlarining moddiy-texnika bazasi va aholi ehtiyojidan kelib chiqib tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 264-son qaroriga
2-ILOVA
Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari tartibini belgilaydi.
2. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash oshkoralik, adolatlilik va shaffoflik tamoyillari asosida oʻtkaziladi.
3. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari bir yillik davr mobaynida madaniyat markazlari faoliyatining muhim koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oladi.
4. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash natijasiga koʻra madaniyat markazlarining reytingi shakllantiriladi.
2-bob. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari
5. Quyidagilar Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari hisoblanadi:
yil davomida madaniyat markazlarida muntazam faoliyat olib borayotgan toʻgaraklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari, badiiy havaskorlik jamoalari (keyingi oʻrinlarda Markaz tuzilmalari deb ataladi) soni;
madaniyat markazlarining umumiy xarajatlarida budjetdan tashqari mablagʻlarining ulushi (homiylik xayriyalaridan tashqari);
madaniyat markazlari tomonidan yil davomida oʻtkazilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar soni hamda ularning ahamiyatliligi;
madaniyat markazlari tomonidan yil davomida erishilgan ijobiy natijalar (markazda faoliyat koʻrsatayotgan markaz tuzilmalari tomonidan xalqaro va respublika tanlovlarida, festivallarda qoʻlga kiritilgan yuqori oʻrinlar va boshqalar) soni;
madaniyat markazlari asosiy vositalarining saqlanish holati.
3-bob. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha hududiy ishchi guruhlarni tashkil etish
6. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha hududiy ishchi guruhlar har yilning 1-oktabriga qadar 1-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantiriladi.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining buyrugʻiga asosan hududiy ishchi guruh tarkibiga Madaniyat vazirligining tegishli boshqarmasining hamda respublika tashkilotlarining rahbar va xodimlari kiritilishi mumkin.
7. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash ishchi guruh tomonidan hududdagi madaniyat markazlarida soʻnggi 12 oy davomida amalga oshirilgan ishlarni har yilning 1-noyabriga qadar ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari koʻrsatkichlari asosida baholanadi.
8. Ishchi guruhga taqdim etiladigan hujjatlar va madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari koʻrsatkichlarining toʻgʻriligi boʻyicha madaniyat markazi direktorlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
9. Ishchi guruh tomonidan madaniyat markazlari faoliyatiga oid zarur maʼlumotlar tegishli tashkilotlardan soʻrovnomalar berish orqali olinishi mumkin.
4-bob. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash shartlari
10. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarida keltirilgan har bir koʻrsatkichlar boʻyicha baholash amalga oshiriladi.
11. Ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilgan madaniyat markazlari faoliyati natijalari ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
12. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash natijalari uch nusxada tayyorlanib, bir nusxasi madaniyat markaziga, ikkinchi nusxasi hududiy madaniyat boshqarmalariga hamda uchinchi nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etiladi.
13. Ishchi guruh tomonidan madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash natijalari mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq reytingi tuziladi.
14. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligi mezonlari 100 ballik reyting tizimi asosida baholanadi. Bunda:
86 — 100 ball toʻplagan madaniyat markazlari faoliyati “aʼlo”;
71 — 85 ball toʻplagan madaniyat markazlari faoliyati “yaxshi”;
50 — 70 ball toʻplagan madaniyat markazlari faoliyati “qoniqarli”;
50 balldan past reyting toʻplagan madaniyat markazlari faoliyati “qoniqarsiz” deb hisoblanadi.
15. Eng yuqori ball toʻplagan madaniyat markazlari “Namunali madaniyat markazi” deb topiladi.
16. Madaniyat markazi faoliyati “qoniqarsiz” deb baholansa, ushbu madaniyat markazining direktori va tegishli xodimlariga belgilangan tartibda intizomiy choralar koʻrilib, olti oy muddatda budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moddiy ragʻbatlantirishdan chetlashtiriladi. Ushbu holat, ketma-ket ikkinchi marotaba takrorlansa, mazkur madaniyat markazi direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 300-moddasi.
Shuningdek, tuman (shahar) miqyosida 30 foiz madaniyat markazlari faoliyati “qoniqarsiz” deb baholansa, tuman (shahar) madaniyat boʻlimi mudiri bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
17. Ishchi guruh samarasiz faoliyat koʻrsatayotgan madaniyat markazlari yuzasidan ular faoliyatini tugatish yoki davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taklif kiritish huquqiga ega.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan samarasiz faoliyat koʻrsatayotgan madaniyat markazlari faoliyatini tugatish yoki davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berishga doir takliflarni umumlashtirib, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
5-bob. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash natijalari boʻyicha ragʻbatlantirish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash natijalariga koʻra ragʻbatlantirish yoki zarur choralar koʻrishni ishchi guruhning yakuniy xulosasiga asosan amalga oshiradi.
Bunda, ishchi guruhning yakuniy xulosasi asosida tuzilgan bayonnoma hamda barcha oʻrganilgan hujjatlar (maʼlumotlar) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan umumlashtiriladi.
20. Baholash natijalari boʻyicha “Namunali madaniyat markazi” deb hisoblangan madaniyat markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan har yili 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etiladi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi har bir hududdan bittadan eng yuqori ball toʻplagan “Namunali madaniyat markazi” deb hisoblangan madaniyat markazini har yili yanvar oyining birinchi oʻn kunligida oʻtkaziladigan madaniyat sohasining yil yakunlariga bagʻishlangan tadbir doirasida ragʻbatlantiradi.
22. “Namunali madaniyat markazi” deb hisoblangan madaniyat markazlari:
“Namunali madaniyat markazi” statuetkasi va diplom;
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida pul mukofoti (pul mukofoti markazning rahbar va mutaxassislari oʻrtasida teng taqsimlanadi);
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
rahbarlari “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadilar.
23. “Namunali madaniyat markazi” deb hisoblangan madaniyat markazlarini ragʻbatlantirish (taqdirlash) bilan bogʻliq barcha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
24. Hududda “Namunali madaniyat markazi” deb hisoblangan madaniyat markazidan keyingi 2, 3, 4-oʻrinlarni egallagan madaniyat markazlari (faoliyati “aʼlo” deb baholanganlar orasidan) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan barcha “Namunali madaniyat markazi” deb hisoblangan madaniyat markazlari binosining peshlavhasiga “Namunali madaniyat markazi” degan yozuv joylashtiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
25. Faoliyati “qoniqarli” va “qoniqarsiz” deb baholangan madaniyat markazlari rahbar va xodimlarining ish samaradorligini oshirish va faoliyatini yaxshilash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi bilan birgalikda tegishli zarur chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
26. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha hududiy ishchi guruhlarning namunaviy
TARKIBI*

lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, hududiy ishchi guruh rahbari

lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi boshligʻi

lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari

lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari

lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari

lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimining boshligʻi

lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari

lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari

lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining rahbari

lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vazirining oʻrinbosari, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, hududiy ishchi guruh kotibi

* zarurat boʻlganda, hududiy ishchi guruh tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tegishli boshqarmasining hamda respublika tashkilotlarining rahbar va xodimlari kiritilishi mumkin.
Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarining
KOʻRSATKICHLARI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar

markaziy madaniyat markazlari

Tuman va shahar markaziy madaniyat markazlari

Qishloq va shaharchalar madaniyat markazlari

Umumiy ball

mezon koʻrsatkichi

beriladigan ball

mezon koʻrsatkichi

beriladigan ball

mezon koʻrsatkichi

beriladigan ball

Yil davomida muntazam ishlayotgan markaz tuzilmalari (toʻgaraklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari, badiiy havaskorlik jamoalari) soni

15 tadan kam

0

10 tadan kam

0

5 tadan kam

0

0 — 20

15-16 ta

5

10-11 ta

5

5-6 ta

5

17-18 ta

10

12-13 ta

10

7-8 ta

10

19-20 ta

15

14-15 ta

15

9-10 ta

15

20 tadan koʻp

20

15 tadan koʻp

20

10 tadan koʻp

20

Umumiy xarajatlarida budjetdan tashqari mablagʻlarining ulushi (homiylik xayriyalaridan tashqari), foizda

30 foizdan kam

0

20 foizdan kam

0

15 foizdan kam

0

0 — 20

30 — 33 foiz

5

20 — 23 foiz

5

15 — 17 foiz

5

34 — 36 foiz

10

24 — 26 foiz

10

18-19 foiz

10

37 — 40 foiz

15

27 — 30 foiz

15

20 — 22 foiz

15

40 foizdan koʻp

20

30 foizdan koʻp

20

22 foizdan koʻp

20

Yil davomida oʻtkazilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar soni

200 tadan kam

0

150 tadan kam

0

100 tadan kam

0

0 — 20

200 — 210 ta

5

150 — 160 ta

5

100 — 110 ta

5

220 — 230 ta

10

170 — 180 ta

10

120 — 130 ta

10

240 — 250 ta

15

190 — 200 ta

15

140 — 150 ta

15

250 tadan koʻp

20

200 tadan koʻp

20

150 tadan koʻp

20

Yil davomida erishilgan yutuq va ijobiy natijalar (markazda faoliyat koʻrsatayotgan markaz tuzilmalari tomonidan xalqaro va respublika tanlovlarida, festivallarda qoʻlga kiritilgan yuqori oʻrinlar va boshqalar) soni

20 tadan kam

0

15 tadan kam

0

10 tadan kam

0

0 — 20

21-22 ta

5

16-17 ta

5

11-12 ta

5

23-24 ta

10

18-19 ta

10

13-14 ta

10

25 ta

15

20 ta

15

15 ta

15

25 tadan koʻp

20

20 tadan koʻp

20

15 tadan koʻp

20

Asosiy vositalarning saqlanish holati

“qoniqarsiz” (yaroqsiz)

0

“qoniqarsiz” (yaroqsiz)

0

“qoniqarsiz” (yaroqsiz)

0

0 — 20

“qoniqarsiz” (yaroqli)

5

“qoniqarsiz” (yaroqli)

5

“qoniqarsiz” (yaroqli)

5

“qoniqarli”

10

“qoniqarli”

10

“qoniqarli”

10

“yaxshi”

15

“yaxshi”

15

“yaxshi”

15

“aʼlo”

20

“aʼlo”

20

“aʼlo”

20

Jami ballar:

0 — 100

Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎Madaniyat markazi faoliyatining samaradorligini baholash
‎NATIJALARI

‎‎Baholanayotgan madaniyat markazi boʻyicha umumiy maʼlumot
‎Madaniyat markazining nomi:______________________________________________
‎Madaniyat markazi direktorining F.I.O.:_____________________________________
‎Madaniyat markazi xizmat koʻrsatadigan aholi soni _____ kishi, shundan, yoshlar ______ kishi, xotin-qizlar _____ kishi

‎T/r‎‎‎

Baholash mezonlari

‎‎‎Umumiy ball

1.‎

Yil davomida muntazam ishlayotgan markaz tuzilmalari (toʻgaraklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari, badiiy havaskorlik jamoalari) soni. ‎‎

0 — 20‎‎

2.‎

Umumiy xarajatlarida budjetdan tashqari mablagʻlarining ulushi (homiylik mablagʻlaridan tashqari)‎‎

0 — 20‎‎

3.‎

Yil davomida oʻtkazilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar soni.‎‎

0 — 20‎‎

4.‎

Yil davomida erishilgan yutuq va ijobiy natijalar (markazda faoliyat koʻrsatayotgan markaz tuzilmalari tomonidan xalqaro va respublika tanlovlarida, festivallarda qoʻlga kiritilgan yuqori oʻrinlar va boshqalar) soni.‎‎

0 — 20‎‎

5.‎

Asosiy vositalarning saqlanish holati.‎‎

0 — 20‎‎

Jami:‎‎

0 — 100‎‎

‎‎Ishchi guruh aʼzolari imzosi:
Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

‎‎“Tasdiqlayman” _____________________________
‎(ishchi guruh rahbari) _______________________ ____________

‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)

‎‎20___yil “____”__________

‎‎____________________ tumanidagi madaniyat markazlari
‎ REYTINGI

T/r‎

Madaniyat markazi nomi

Baholash natijasida toʻplangan ball‎‎

Madaniyat markazi faoliyatining
‎bahosi (“aʼlo”, “yaxshi”, “qoniqarli”,
‎“qoniqarsiz”) ‎‎

86 — 100 ball toʻplagan‎‎

1.‎

‎‎ ‎‎

“aʼlo”‎‎

‎‎71 — 85 ball toʻplagan

2.‎

‎‎ ‎‎

“yaxshi”‎‎

‎‎50 — 70 ball toʻplagan

3.‎

‎‎ ‎‎

“qoniqarli”‎‎

‎‎

4.‎

‎‎

50 balldan past‎‎

“qoniqarsiz”‎‎

‎‎Ishchi guruh aʼzolari imzosi:
Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Madaniyat markazlari faoliyatining samaradorligini baholash
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan ishlar

Bajarish muddati


1-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hududiy ishchi guruhlarni tasdiqlash

har yilning
1-oktabriga qadar


2-bosqich

Hududiy ishchi guruhlar

Madaniyat markazlarini joylarga borib oʻrganish

har yilning
1-noyabriga qadar


3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi

Hududiy ishchi guruhlarning yakuniy xulosasi asosida barcha

oʻrganilgan hujjatlar (maʼlumotlar)ni umumlashtirish va

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat
vazirligiga taqdim etish

har yilning
1-dekabriga qadar


4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

“Namunali madaniyat markazi” deb hisoblangan madaniyat

markazlarini ragʻbatlantirish

har yili yanvar oyining birinchi
oʻn kunligida

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 264-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son qarori)” 2017-yil 11-maydagi 270-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 66-modda) 1-ilova 47-bandining “b” kichik bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/264/2857-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, 14.04.2021-y., 09/21/206/0324-son)