Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.04.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmonini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-mart,
245-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 245-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi/Hukumat deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalari, funksiyalari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Vazirlar Mahkamasining apparati (keyingi oʻrinlarda apparat deb ataladi) oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining reglamentlariga, Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Apparat Hukumat faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va bayonnoma jihatdan taʼminlaydi, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan “yoʻl xaritalari”, jadvallar, harakatlar dasturlari, amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
4. Apparat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir deb ataladi) rahbarligida amalga oshiradi.
5. Apparat unga yuklangan vazifalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining apparatlari, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
6. Apparat yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, gʻaznachilik shaxsiy va bank hisob raqamlariga ega boʻladi.
7. Apparatning rasmiy nomi:
davlat tilida — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati;
rus tilida — apparat Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan;
ingliz tilida — The Office of the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan.
8. Apparat joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, Hukumat uyi, 5.
2-bob. Apparatning asosiy vazifalari va funksiyalari
9. Quyidagilar apparatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan Hukumatning vakolatlari amalga oshirilishini taʼminlash;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilishni, makroiqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasining, tarkibiy va institutsional qayta oʻzgartirishlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosining tizimli monitoringi olib borilishini taʼminlash;
makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishni, hududlarni kompleks rivojlantirishni, tadbirkorlikni keng rivojlantirish, aholi bandligi va hayoti darajasini izchil oshishini taʼminlaydigan eng muhim ustuvor vazifalar boʻyicha takliflar ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;
markaziy iqtisodiyot idoralari va ularning hududiy boʻlinmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda davlat dasturlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlarida iqtisodiy, ijtimoiy va maʼmuriy islohotlarning amalga oshirilishining tizimli tahlilini tashkil etish;
iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish, davlat va hududiy rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi ustidan monitoring tizimini yaratish;
mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan va uning iqtisodiy xavfsizligidan kelib chiqib, respublikaning xorijiy davlatlar, davlatlarning mintaqaviy birlashmalari, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va respublikaning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan tashqi iqtisodiy hamkorligi boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini, shuningdek, qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qoʻllanilishini monitoring qilish jarayonining ajralmas qismi sifatida ularning tartibga solish taʼsirini baholashning kompleks tizimi amal qilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan majlislar bayonnomalari, oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”), shuningdek, rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari amalga oshirilishi ijrosi ustidan tizimli va taʼsirchan nazoratni taʼminlash;
yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali va natijali ijro etilishida Hukumat aʼzolari, ijro etuvchi hokimiyat boshqa organlari rahbarlari, barcha darajalardagi hokimlarning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida, shu jumladan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida mustaqilligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarida (keyingi oʻrinlarda Asosiy mezonlar deb ataladi) koʻrsatilgan maqsadli vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirishning yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini oshirish;
hududlarni, eng avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda orqada qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini samarali hal etish boʻyicha davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlash;
davlatning iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki tartibi va darajasini aniq reglamentlash orqali iqtisodiyot tarmoqlariga maʼmuriy taʼsir koʻrsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, “xufyona iqtisodiyot”ning oldini olish, pasaytirish va tizimli qarshi kurashish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish;
ijro intizomining yuqori darajada boʻlishini taʼminlash, koʻp sonli yigʻilishlar, ortiqcha yozishmalar va samarasiz xizmat safarlari amaliyotiga chek qoʻyish chora-tadbirlarini koʻrish;
ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini mavjud muammolarning sabablari va sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish boʻyicha takliflar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish;
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻgʻin boshqaruv xodimlari sonini ixchamlashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, Hukumat tuzilmasiga kiruvchi idoralar, shuningdek, xoʻjalik boshqaruvi organlarini yanada ixchamlashtirish va faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi takliflar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish;
apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, berilgan topshiriqlar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishi samaradorligi, shuningdek, tegishli faoliyat sohalaridagi erishilgan natijalar uchun shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislarining professional darajasini oshirishni taʼminlash.
Apparatning ustuvor vazifalari har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqqan holda ham belgilanadi.
Apparat unga yuklangan vazifalarni oʻzining tarkibiy boʻlinmalari orqali hal etadi.
10. Apparat oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari boʻyicha tegishli tahliliy maʼlumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish talab qilinadigan masalalarni har tomonlama ishlab chiqadi;
Vazirlar Mahkamasi faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va bayonnoma jihatidan taʼminlaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqilishi talab etiladigan normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va boshqa hujjatlar loyihalari Hukumatga kiritilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining reglamentlari talablari bajarilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan va Hukumat tomonidan qabul qilinadigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasini, shuningdek, tartibga solish taʼsirini baholashni amalga oshiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan yigʻilishlar bayonnomalari, oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”) bajarilishi ustidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini taʼminlash yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
muammoli masalalarni hal qilish va iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini, shuningdek, respublika hududlarini dinamik rivojlantirishning istiqboldagi vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq (oldini oluvchi) chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va Bosh vazirning maslahatchilariga, Bosh vazirning oʻrinbosarlariga va Bosh vazirga taqdim etadi;
ijro intizomi darajasini oshirish, koʻp sonli yigʻilishlar amaliyotiga, ortiqcha yozishmalar va samarasiz xizmat safarlariga barham berish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
iqtisodiy va ijtimoiy sohaning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi boʻyicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tegishli tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari ishtirokidagi yigʻilishlar va boshqa tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasining komissiyalari, kengashlari va boshqa idoralararo kollegial organlari ishini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturlarini tayyorlaydi va amalga oshirilishini taʼminlaydi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shuningdek, ularni muhokama qilishda va (yalpi) majlislarda qabul qilishda ishtirok etadi;
nomzodlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish va maʼqullash jarayonida Bosh vazirning oʻrinbosarlari, vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlarning Vazirlar Mahkamasi harakatlar dasturi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan istiqbolga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar va vazifalarga erishish borasida huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejalari bilan bogʻliq materiallar tayyorlanishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga davlat dasturi bajarilishi toʻgʻrisida keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Bosh vazir va Hukumat aʼzolarining har choraklik hisobotlari bilan bogʻliq materiallar tayyorlanishini taʼminlaydi;
jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoʻllangan murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq koʻrib chiqadi;
maxfiylik tartibotini, davlat siri boʻlgan maʼlumotlar hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning himoya qilinishini taʼminlaydi;
jamoatchilikning Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilinishini tashkil etadi;
Apparat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi
3-bob. Apparatning huquqlari va javobgarligi
11. Apparat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlardan zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlarini tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan va boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni puxta ishlab chiqishni talab qilish;
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi reglamentlarining talablari buzilgan holda kelib tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda apparatga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlarini vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi monitoringini amalga oshirish.
Apparat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
12. Apparat:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va oʻz vaqtida tayyorlanishi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida iqtisodiy islohotlarning borishi ustidan tizimli monitoring olib borilishi, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqilishi va qaror qabul qilinishi talab qilinadigan muammoli masalalar sabablari oʻz vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishi tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi, shuningdek, asoslangan xulosalar tayyorlanishi;
Hukumat tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarni ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish sifati, shuningdek, kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalarini hamda qabul qilingan Hukumat qarorlarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishlar bayonnomalari, oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”), shuningdek, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi taʼminlanishi uchun javob beradi.
4-bob. Apparatning tuzilmasi
13. Apparatning tuzilmasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) apparat boshqaruvchisi, uning oʻrinbosarlari va Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili;
b) apparatning tarkibiy boʻlinmalari:
Bosh vazirning kotibiyati;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Bosh vazirning protokol xizmati;
Bosh vazirning matbuot xizmati;
Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi;
Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari;
Bosh vazir maslahatchilarining departamentlari;
Apparat boshqaruvchisi, uning oʻrinbosarlari kotibiyatlari;
Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili kotibiyati;
Yuridik taʼminlash boshqarmasi;
Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi;
Umumiy boʻlim;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi;
Nazorat va ijro intizomi boʻlimi;
Birinchi boʻlim;
Kadrlar boʻlimi.
Apparatning tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
(13-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
14. Apparatning tarkibiy boʻlinmalari oʻz faoliyatida boʻysunadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga:
Bosh vazirning kotibiyati;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Bosh vazirning protokol xizmati;
Bosh vazirning matbuot xizmati;
Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning kotibiyati;
Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi.
(14-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
b) Bosh vazirning oʻrinbosarlari va Bosh vazirning maslahatchilariga — Bosh vazirning oʻrinbosarlari va Bosh vazirning maslahatchilari kotibiyatlari;
v) apparat boshqaruvchisiga:
apparat boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari kotibiyatlari;
Yuridik taʼminlash boshqarmasi;
Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi;
Umumiy boʻlim;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi;
Nazorat va ijro intizomi boʻlimi;
Birinchi boʻlim;
Kadrlar boʻlimi.
15. Apparat tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan, ularning xodimlarining funksional vazifalari esa, tegishli ravishda, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, apparat boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
16. Apparat tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning kotibiyati faoliyati bir vaqtning oʻzida apparat boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
5-bob. Apparat faoliyatini tashkil etish
1-§. Apparat faoliyatini tashkil etishning umumiy masalalari
17. Apparat faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining reglamentlariga, Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga va uning Rayosati qarorlariga, ushbu Nizomga, Apparatda ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlariga, apparat boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi, tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalari, ularning rahbarlari va bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
18. Bosh vazirning maslahatchilari ularning vakolatiga kiritilgan tegishli yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Bosh vazirga takliflarning puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishini va tayyorlanishini taʼminlaydi, shuningdek, ularga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Bosh vazir maslahatchilari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.
19. Apparat boshqaruvchisi:
apparat faoliyatini tashkil etadi hamda apparatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va sifatli tayyorlashni tashkil etish masalalarida Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari bilan yaqindan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Bosh vazirga: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalari; imzolash uchun — Hukumat hujjatlari loyihalari toʻgʻrisida axborot beradi;
Bosh vazir tomonidan imzolangan Hukumat hujjatlariga viza qoʻyadi va ularning chiqarilishini tashkil qiladi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini har tomonlama ekspertizadan oʻtkazish, tahliliy materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini chuqur va sifatli tayyorlash maqsadida apparat tarkibiy boʻlinmalarining faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqilishi talab etiladigan boshqa hujjatlar loyihalarini Hukumatga kiritishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining reglamentlarida belgilangan talablarga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
ijro intizomini mustahkamlash va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan majlislar bayonnomalari hamda oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilinishi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari ijrosini tashkil etish boʻyicha Bosh vazir nomidan tayyorlangan topshiriqlar (rezolyutsiyalar), Bosh vazir oʻrinbosarlari nomiga kelib tushgan topshiriqlarni ijro etish boʻyicha ularning nomidan tayyorlanadigan topshiriqlar (rezolyutsiyalar) loyihalarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari ijrosini tashkil etish boʻyicha Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlangan rejalar-jadvallar loyihalarini kelishadi;
apparatning oʻziga bevosita boʻysunuvchi tarkibiy boʻlinmalari faoliyatiga rahbarlik qiladi, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari kotibiyatlari va departamentlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va apparatning boshqa tarkibiy boʻlinmalari ishini muvofiqlashtiradi;
(19-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Bosh vazirning oʻrinbosarlari va maslahatchilari bilan birgalikda kotibiyat va departament mudirlari, kotibiyat va departament mudirlarining oʻrinbosarlari, departament boshliqlarining oʻrinbosarlari, apparatning tegishli tarkibiy boʻlinmalari bosh mutaxassislari lavozimlariga kadrlarni tanlaydi.
(19-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va intizomiy jazo qoʻllash toʻgʻrisida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi.
Apparat boshqaruvchisi Hukumatning hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
20. Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari har tomonlama huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislari kun tartibi va materiallari shakllantirilishini taʼminlaydi;
apparatning tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda hududlarda Vazirlar Mahkamasining mavzuli sayyor majlislari tayyorlanishi va oʻtkazilishini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Bosh vazir va Hukumat aʼzolarining har choraklik hisobotlari bilan bogʻliq materiallar tayyorlanishini taʼminlaydi;
Asosiy mezonlarda koʻrsatilgan maqsadli vazifalar ijrosi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida har chorakda koʻrib chiqilishini tashkil etish chora-tadbirlarini koʻradi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining Asosiy mezonlarda koʻrsatilgan maqsadli vazifalarning bajarilishi va ularga erishilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitishni tashkil etish boʻyicha apparat tarkibiy boʻlinmalari ishini muvofiqlashtiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishida koʻmaklashadi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tayyorlanishi, kelishilishi va Vazirlar Mahkamasiga sifatli kiritilishining tizimli asosda tanqidiy tahlilini tashkil etadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilariga, apparat boshqaruvchisiga huquqiy masalalar boʻyicha maslahat berilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihalari muhokama qilinishi yuzasidan apparat tarkibiy boʻlinmalari ishini muvofiqlashtiradi;
Yuridik taʼminlash boshqarmasi, Umumiy boʻlim, Nazorat va ijro intizomi boʻlimi, Birinchi boʻlim ishini muvofiqlashtiradi;
(20-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari va mutaxassislarini ragʻbatlantirish hamda intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari Hukumat hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
21. Apparat boshqaruvchisining ijro intizomini mustahkamlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari:
apparat xodimlarini iqtisodiy oʻqitish rejalarining tayyorlanishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislarining hisobotlari jadvallari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlaydi;
ijro intizomini mustahkamlash masalalari boʻyicha seminarlar tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida Bosh vazirning oʻrinbosarlari, vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlarni koʻrib chiqishga tayyorlashni tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlari va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq apparat tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomi talablariga rioya qilish chora-tadbirlarini koʻradi;
apparatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining reglamentlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;
apparatda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va apparat boshqaruvchisiga kiritadi hamda chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan majlislar bayonnomalari, oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”), davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi toʻgʻrisida tahliliy materiallar tayyorlanishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq apparatning tarkibiy boʻlinmalarida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda ijro intizomi holatini maqsadli oʻrganishni tashkil etadi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda ijro intizomining holati toʻgʻrisida materiallar tayyorlanishini taʼminlaydi;
apparatda kadrlarni tanlash, kelishish, tayinlash va attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini belgilangan tartibda tashkil etadi;
Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi va Kadrlar boʻlimi ishini muvofiqlashtiradi;
(21-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari va mutaxassislarini ragʻbatlantirish hamda intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Apparat boshqaruvchisining ijro intizomini mustahkamlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari Hukumat hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
22. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida koʻrib chiqiladigan qonun loyihalarini, boshqa hujjatlarni tayyorlash borasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarining, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro hokimiyati organlarining yaqin hamkorligini taʼminlaydi, Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan qonun ijodkorligi faoliyatidagi hamkorligini tashkil etadi, shuningdek, Oliy Majlis palatalari tomonidan parlament nazoratini amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasi vakillarining ishtirok etishiga koʻmaklashadi.
Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakilining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan belgilanadi.
23. Apparat tarkibiy boʻlinmalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.
2-§. Apparat ishini rejalashtirish va tashkil etish
24. Apparatning ishi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlaridan kelib chiqadigan vazifalar asosida shakllantirilgan Vazirlar Mahkamasining, kotibiyatlar, departamentlar va apparat tarkibiy boʻlinmalarining yarim yillik ish rejalariga, shuningdek, apparat xodimlarining shaxsiy ish rejalariga muvofiq tashkil etiladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
25. Vazirlar Mahkamasining ish rejasi quyidagi talablardan kelib chiqib shakllantiriladi:
iqtisodiyot tarmoqlarida, sohalarida va ijtimoiy sohada, shuningdek, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi holatini tanqidiy va tizimli tahlil qilish;
islohotlar jarayonlariga toʻsqinlik qilayotgan sabablar va muammolarni tizimli tahlil qilish;
muammoli masalalarni hal etish va istiqbolli vazifalarni amalga oshirish boʻyicha chuqur ishlab chiqilgan va asoslantirilgan takliflarni tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini monitoring qilish.
26. Apparat tarkibiy boʻlinmalarining ish rejalari Vazirlar Mahkamasining Ish rejasi asosida ishlab chiqiladi va tegishli ravishda Bosh vazirning oʻrinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchilari, apparat boshqaruvchisi yoki apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
27. Apparat tarkibiy boʻlinmalarining xodimlari shaxsiy ish rejalarini apparat tarkibiy boʻlinmalarining tasdiqlangan ish rejalari asosida tuzadilar.
Xodimlarning shaxsiy ish rejalari apparatning tegishli tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
3-§. Ish yuritish
28. Vazirlar Mahkamasi apparatiga kelib tushgan, shu jumladan, davlat sirlarini tashkil qiluvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan xat-xabarlar tegishli ravishda apparatning Umumiy boʻlimida yoki Birinchi boʻlimida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Xat-xabarlarni roʻyxatdan oʻtkazmasdan turib qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
29. Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan, hal etilishi Bosh vazir vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha Bosh vazirga uning Kotibiyati mudiri, zarurat boʻlganda, Bosh vazir oʻrinbosarlari, Bosh vazir maslahatchilari va apparat boshqaruvchisi tomonidan axborot beriladi.
30. Apparatga kelib tushgan xat-xabarlarni hisobga olish va ularning oʻtishi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
4-§. Ijro intizomini taʼminlash
32. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan majlislar bayonnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari, uning Rayosati qarorlari ijrosini va amalga oshirilishi ustidan nazoratni tashkil qilish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
33. Hujjatlar bilan ishlash va apparat tarkibiy boʻlinmalari hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomi holatini oʻrganish ushbu Nizomga 3 va 4-ilovalarga muvofiq sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi.
34. Nazorat va ijro intizomi boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Hukumat hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarining bayonnoma topshiriqlari bajarilishining monitoringi tizimli asosda olib boriladi.
5-§. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish
35. Apparatda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 7-maydagi 341-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Apparatda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini tashkil etish Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi tomonidan taʼminlanadi.
36. Apparatga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boʻyicha ishlarning monitoringi va tahlili ushbu Nizomga 5 va 6-ilovalarga muvofiq sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi.
37. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimining apparatning boshqa tarkibiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish yoʻli bilan taʼminlanadi.
6-§. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini moliyaviy, iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va tartibga solish taʼsirini baholash
38. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini moliyaviy, iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining reglamentlariga muvofiq, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani puxta oʻrgangan holda amalga oshiriladi.
39. Apparatda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazish birinchi bosqichda — tegishli tarkibiy boʻlinma tomonidan, ikkinchi bosqichda — Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
40. Apparatda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi Yuridik taʼminlash boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi va normativ-huquqiy hujjat loyihasining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, ularga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, qonunchilik texnikasi qoidalariga, shuningdek, havolaki normalar qoʻllanilishining asoslanganligi va maqsadga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
41. Apparatda loyihalarning tartibga solish taʼsirini baholash normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish doirasida Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan tartibda tegishli xulosa berilgan holda ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
7-§. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini tayyorlash
42. Qonun loyihalarini tayyorlash, koʻrib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
43. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalarini tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarini tayyorlash, kiritish, koʻrib chiqish, imzolash va eʼlon qilish ushbu Nizomga 9 va 10-ilovalarga muvofiq sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi.
44. Bosh vazir (Vazirlar Mahkamasi majlislari) tomonidan maʼqullangan (viza qoʻyilgan) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalari koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari (individual hujjatlardan tashqari) loyihalari kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining reglamentlariga muvofiq kiritiladi.
45. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilishi talab qilinmaydigan hujjatlari Bosh vazir tomonidan imzolanadi
46. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari ular kelib tushgan kundan boshlab bir kun muddatda keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga kiritiladi.
Apparat boshqaruvchisi kelishilgan loyihani koʻrib chiqadi va u toʻgʻrisida Bosh vazirga axborot beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan Vazirlar Mahkamasi hujjatlari Bosh vazir tomonidan imzolanadi.
Vazirlar Mahkamasi hujjati loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan fikr-mulohazalar bildirilgan taqdirda loyiha uch kun muddatda qayta ishlanishi va keyinchalik belgilangan tartibda axborot berilishi kerak.
47. Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlislarida muhokama qilish davomida mulohazalar bildirilgan, qoʻshimcha yoki oʻzgartirishlar kiritilgan Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari, agar boshqacha muddatlar belgilanmagan boʻlsa, ikki kun muddatda apparatning tegishli tarkibiy boʻlinmalar yoki tashkil etilgan komissiyalar (ishchi organlar) tomonidan qayta ishlanadi, Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishiladi hamda belgilangan tartibda axborot berish uchun taqdim etiladi.
8-§. Vazirlar Mahkamasi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarini tayyorlash
48. Vazirlar Mahkamasi majlislari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasi majlislarida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri raislik qiladi.
49. Vazirlar Mahkamasi majlislarida “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan masalalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga va Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarorlariga muvofiq boshqa masalalar koʻrib chiqiladi.
50. Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqish uchun masalalarni tayyorlashni davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakillarini jalb etgan holda Bosh vazirning oʻrinbosari yoki Bosh vazirning maslahatchisi, apparat boshqaruvchisi, apparat boshqaruvchisining oʻrinbosarlari rahbarligida Rahbariyatning topshirigʻiga asosan majlisining mazmun qismini tayyorlash uchun masʼul boʻlgan tegishli apparat tarkibiy boʻlinmasi amalga oshiradi. Zarur hollarda masalalarni tayyorlashni Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar amalga oshiradi.
51. Vazirlar Mahkamasining majlisida ishtirok etadigan mansabdor shaxslarning roʻyxatlari Bosh vazir va apparat boshqaruvchisi bilan kelishilgan holda shakllantiriladi.
Mansabdor shaxslarning Vazirlar Mahkamasi majlisida ishtiroki apparatning tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan taʼminlanadi.
52. Vazirlar Mahkamasi majlisida zarurat boʻlganda Konstitutsiyaviy sud raisi, Bosh prokuror, Oliy sud raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati qoʻmitalarining raislari taklif etilishi mumkin. Boshqa mansabdor shaxslar majlisga faqat ularga daxldor masalalar boʻyicha taklif etiladilar.
53. Zarurat boʻlganda, Bosh vazir tomonidan aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Hukumatning mavzuli sayyor majlislari oʻtkazilishi mumkin.
Hukumatning mavzuli sayyor majlislarini oʻtkazish tartibi Bosh vazir tomonidan belgilanadi.
54. Vazirlar Mahkamasining doimiy ishlaydigan organi sifatidagi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislari har haftada Bosh vazir tomonidan oʻtkaziladi.
Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga Bosh vazir, Bosh vazirning oʻrinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchilari, vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi kiradi.
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi kun tartibi loyihasini shakllantirish va Bosh vazir bilan kelishish apparat boshqaruvchisi tomonidan taʼminlanadi.
Bosh vazir kotibiyati Vazirlar Mahkamasi Rayosatining ishchi organi hisoblanadi.
55. Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining ijrosini tashkil etish masalalari va Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalar kiritiladi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq faqat Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar bundan mustasno.
56. Bosh vazir va uning oʻrinbosarlari raisligidagi yigʻilishlarni tayyorlash va oʻtkazish, oʻtkazilgan yigʻilishlar yakunlari boʻyicha bayonnoma qarorlarini tayyorlash va imzolash tartibi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
57. Bosh vazirning oʻrinbosarlari huzurida yigʻilishlarni tashkil etish va oʻtkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9-§. Apparatda kadrlarni tanlash, kelishish, tayinlash va attestatsiyadan oʻtkazish
58. Apparatning tarkibiy boʻlinmalarida tegishli lavozimlarga nomzodlarni tanlash, qoida tariqasida, xodimlarning amaldagi tarkibi, tasdiqlangan kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari markaziy apparatlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari orasidan amalga oshiriladi.
Tegishli lavozimlarga nomzodlarni tanlash va tavsiya etishda, qoidaga tariqasida, kamida uch nafar mutaxassisning nomzodlari taqdim etiladi.
59. Nomzodlarni bir vaqtning oʻzida Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari, Bosh vazirning maslahatchisi va apparat boshqaruvchisi bilan dastlabki kelishish nomzodga maʼlumotnoma-obyektivka va tarkibiy boʻlinma rahbarining yozma tavsiyanomasi taqdim etilgan holda apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
60. Tavsiya etiladigan nomzodlarning hujjatlari ilova qilingan holda kelishish yakunlari boʻyicha apparat boshqaruvchisi tomonidan Bosh vazirga axborot beriladi. Bosh vazir tomonidan maʼqullangan taqdirda hujjatlar belgilangan tartibda oʻrganish uchun Kadrlar boʻlimiga va Birinchi boʻlimga beriladi.
61. Oʻrganish natijalari boʻyicha tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan Kadrlar boʻlimi bilan birgalikda tavsiya qilingan nomzodlarga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha zarur hujjatlarni tayyorlash taʼminlanadi.
62. Tayyorlangan hujjatlar asosida, zarurat boʻlganda, bajariladigan funksional vazifalar mavzusi boʻyicha tavsiya etiladigan nomzodlar tomonidan axborot (maʼlumotnoma) tayyorlangan holda tegishli Bosh vazir oʻrinbosari yoki Bosh vazir maslahatchisi va apparat boshqaruvchisi tavsiya etilgan nomzodlar bilan suhbat oʻtkazadi.
63. Suhbat yakunlari boʻyicha Bosh vazir nomiga tegishli Bosh vazir oʻrinbosari yoki Bosh vazir maslahatchisi va apparat boshqaruvchisining apparatning tarkibiy boʻlinmasida tegishli lavozimga nomzodni tavsiya qilish toʻgʻrisida belgilangan shakl boʻyicha qoʻshma taqdimnomasi kiritiladi.
64. Taqdimnomani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Bosh vazir tomonidan maʼqullangan taqdirda tavsiya etiladigan nomzodlar Vazirlar Mahkamasi Rayosatida kelishilishi lozim.
65. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha tavsiya qilinadigan nomzodlar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida:
maʼqullanganda — xodimni tayinlash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori yoki farmoyishi imzolanadi;
rad etilganda — materiallar Kadrlar boʻlimiga qaytariladi.
66. Apparatda kadrlarni tanlash, kelishish, tayinlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga, Kadrlar boʻlimi mudiriga va Birinchi boʻlim mudiriga yuklanadi.
67. Bosh vazir maslahatchilari va Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
68. Apparat boshqaruvchisining oʻrinbosarlari, kotibiyat va departament mudirlari, ularning oʻrinbosarlari, departament boshliqlarining oʻrinbosarlari, boshqarma boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, boʻlim mudirlari, ularning oʻrinbosarlari, shuʼba mudirlari, xizmatlar mudirlari (matbuot kotibi) belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
69. Bosh mutaxassislar, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari yordamchilari belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
70. Inspektorlar va boshqa texnik xodimlar belgilangan tartibda apparat boshqaruvchisining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
71. Mamlakatni rivojlantirishning zamonaviy bosqichida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar talablaridan kelib chiqib, apparatning masʼul xodimlarini ularning egallab turgan lavozimiga munosibligini baholash yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10-§. Apparat xodimlarini stajirovkadan oʻtkazish va malakasini oshirish
72. Apparatda kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun mutaxassislarni stajirovkadan oʻtkazish tartibi apparat boshqaruvchisining buyrugʻi bilan belgilanadi.
73. Apparatda stajirovkaga jalb etish uchun tarkibiy boʻlinmalar apparatning tarkibiy boʻlinmalariga biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning masʼul xodimlaridan orasidan nomzodlar roʻyxatini shakllantiradi. Nomzodlarning shakllantirilgan roʻyxati boʻyicha apparat boshqaruvchisiga axborot beriladi va u bilan kelishiladi.
74. Shakllantirilgan roʻyxatlar asosida stajirovkaning aniq muddati koʻrsatilgan holda stajirovkalarni oʻtkazish jadvali tasdiqlanadi.
75. Mutaxassislarni stajirovkadan oʻtkazish quyidagi tadbirlarni bajarish orqali amalga oshiriladi:
mutaxassislarni apparatda ishni tashkil etish asoslari bilan tanishtirish;
mutaxassislarni hujjatlarning tegishli loyihalarini, shu jumladan, Bosh vazirning, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislari koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan axborot-tahliliy materiallar tayyorlash ishiga, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga jalb etish;
mutaxassislarni xizmat safarlariga chiqqan holda apparat xodimlari bilan birgalikda vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini maqsadli oʻrganish ishiga jalb qilish.
76. Apparat xodimlarining malakasini oshirish mavzuli seminarlar, kurslar, “davra suhbatlari” oʻtkazish, iqtisodiy oʻqitishni tashkil etish va apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va xodimlarining maʼruzalarini eshitish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
77. Apparat xodimlarini iqtisodiy oʻqitishni tashkil etish va ularning maʼruzalarini eshitish apparat boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadigan yarim yillik jadvallar asosida amalga oshiriladi.
11-§. Apparat xodimlarining xizmat safarlarini tashkil etish
78. Apparat xodimlarining chet elga xizmat safarlarini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
79. Xizmat safarlari Vazirlar Mahkamasi, tarkibiy boʻlinmaning ish rejalariga va apparat har bir xodimining individual (shaxsiy) ish rejasiga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari asosida tashkil etiladi.
80. Xizmat safarlari:
Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosarlari, apparat boshqaruvchisining xizmat safarlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti;
Bosh vazir maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili, apparat boshqaruvchisining oʻrinbosarlari, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari, apparat masʼul xodimlarining xizmat safarlari — Bosh vazir bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
81. Xizmat safariga yuborishda belgilangan joy (davlat, xalqaro tashkilot, nodavlat tuzilma yoki boshqa tashkilot), xizmat safarining maqsadi, xizmat safarida boʻlish vaqti, uchrashuvlar va muzokaralar rejasi, hal etilishi yoki oʻrganilishi kerak boʻlgan masalalar roʻyxati, xizmat safarining maqsadlari va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda belgilangan tartibda reja-topshiriq tayyorlanadi.
Xizmat safarining reja-topshirigʻi apparat tarkibiy boʻlinmasining tegishli rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
82. Xizmat safarlariga yuborilayotgan apparat xodimlari:
tasdiqlangan reja-topshiriq zarur tarzda bajarilishini taʼminlashga;
Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlari himoya qilinishi va ilgari surilishini taʼminlashga;
Oʻzbekiston Respublikasini munosib ifodalashga;
rasmiy va norasmiy tadbirlar oʻtkazilishi davomida umum qabul qilingan xulq-atvor (odob-axloq) qoidalariga rioya qilishga;
oʻzi boʻlib turgan mamlakatning qonunchiligiga rioya qilishga;
xizmat safarining maqsad va vazifalari samarali amalga oshirilishini taʼminlashga;
milliy manfaatlardan kelib chiqib tadbirlarning maqsad va vazifalariga erishish uchun xizmat safarida boʻlgan vaqtdan samarali foydalanishga majburdir.
83. Apparat xodimlari xizmat safari yakunlari boʻyicha uning natijalari toʻgʻrisida tegishli rahbarga shaxsan axborot beradilar va bajarilgan ishlar toʻgʻrisida yozma hisobot taqdim etadilar.
Xizmat safarlari yakunlari boʻyicha yozma hisobotlar apparatning tegishli tarkibiy boʻlinmasida saqlanadi.
12-§. Apparatni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, shuningdek, apparat xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari
84. Apparat xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining biriktirilgan kontingenti uchun belgilangan tartibda va hajmlarda kafolatlangan tibbiy va sanator-sogʻlomlashtirish yordamidan foydalanadilar.
85. Apparat xodimlari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddatli xizmatlari, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun qoʻshimcha toʻlov va ustamalar saqlab qolinadi.
Apparat xodimlari avvalgi ish joyi boʻyicha xodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya choralaridan, apparatda amalda boʻlgan mehnat sharoitlarini hisobga olgan va lavozim maoshi hamda boshqa toʻlovlar miqdori saqlangan holda foydalanadi.
Apparatda ishlangan davri harbiy va maxsus unvonlarni (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik darajalar va boshqalarni) olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
Apparatda ish faoliyati davrida harbiy va maxsus unvonlar berish oldingi ish joyi boʻyicha koʻzda tutilgan tartibda tegishli harbiy va maxsus unvonlar berish uchun zarur boʻlgan muddatlar oʻtgandan soʻng amalga oshiriladi.
86. Apparat xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
13-§. Apparat xodimlarining javobgarligi
87. Apparat xodimlari oʻz xizmat vazifalarini bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga soʻzsiz va ogʻishmay rioya qilishlari kerak.
88. Apparat xodimlari:
“Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz faoliyatining asosiy mezoni sifatida amalga oshirilishini taʼminlashga;
oʻz faoliyatini tanqidiy tahlil, qatʼiy intizom, shaxsiy javobgarlik asosida tashkil etishga;
oʻz funksional majburiyatlarini vijdonan, yuqori professional darajada bajarishga;
ijro intizomiga soʻzsiz rioya qilishga, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har tomonlama va sifatli ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlashga;
ish yuritishda va hujjatlar bilan ishlashda madaniyatning yuksak saviyasini namoyon qilishga;
professional darajasi va ishchanlik fazilatlarini doimo oshirib borishga majburdir.
89. Apparat xodimlarining aybli xatti-harakatlari (harakatsizligi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarorining 8-bandida va Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 10-maydagi 264-son qarorida belgilangan tartibda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi boʻyicha oʻtkazilgan maqsadli oʻrganilishi natijalari boʻyicha amalga oshiriladigan ijro intizomini tizimli va tanqidiy tahlil qilish asosida belgilanadi.
90. Ushbu Nizomga 11-ilovada keltirilgan sodir etilgan aybli xatti-harakatlari (harakatsizligi) uchun apparat xodimlariga nisbatan ushbu Nizomga 12-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi.
Aybli xatti-harakatlarni (harakatsizlik) sodir etgan mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash ushbu Nizomga 13-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
91. Apparat xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi taklif:
unga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida taklif kiritilgan xodimdan yozma tushuntirish talab qilinishini;
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari oʻz vaqtida bajarilishi taʼminlanmaganligi, ijro va nazoratni tashkil etishning past darajasi tahlil qilinishini oʻz ichiga oladigan xizmat tekshiruvlari natijalari asosida chiqariladi.
92. Intizomiy jazo choralari Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan tartibda va muddatlarda qoʻllaniladi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
93. Apparatni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Apparatga kelib tushgan xat-xabarlarni hisobga olish va ularning oʻtishi
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Umumiy boʻlim

Birinchi boʻlim

1. Kelib tushgan xat-xabarlarni koʻrib chiqish va roʻyxatdan oʻtkazish.

2. Hisobga olish kartochkalarini ikki nusxada rasmiylashtirish.

Tushgan kunida

2-bosqich

Umumiy boʻlim

Birinchi boʻlim

Xat-xabarlarni Bosh vazir, uning oʻrinbosari va maslahatchilari kotibiyatlariga, apparatning tarkibiy boʻlinmalariga yuborish.

Tushgan kunida

3-bosqich

Apparatning tarkibiy boʻlinmalari

1. Xat-xabarlarni koʻrib chiqish.

2. Ijro etish muddatlarini belgilagan holda rezolyutsiyalarni tayyorlash.

Hujjat Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan taqdirda — yuboruvchiga qaytarish.

3. Rahbariyatga axborot berish va hujjatlarni puxta ishlash uchun inspektorlarga berish.

Belgilangan muddatlarda

4-bosqich

Inspektor

Xat-xabarlarni roʻyxatdan oʻtkazish, zarurat boʻlganda koʻpaytirish, apparatning tegishli tarkibiy boʻlinmalariga yuborish.

Bir soat mobaynida

5-bosqich

Mutaxassis

1. Masalani oʻrganish, aniq choralarni (tadbirlarni) belgilash, manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillarini jalb etgan holda muhokama qilish.

2. Topshiriqlar ijrosini tashkil etish.

3. Oʻz vaqtida ijro etilishi uchun shaxsiy masʼuliyat choralarini koʻrish.

Belgilangan muddatlarda

6-bosqich

Mutaxassis

Topshiriqlar ijrosi natijalari boʻyicha rahbariyatga maʼlumot (axborot) tayyorlash (zarurat boʻlganda oluvchining javobi loyihasi bilan).

Belgilangan muddatlarda

7-bosqich

Apparatning tarkibiy boʻlinmalari

Nazoratdagi topshiriqlar bajarilishini tizimli tahlil qilish va Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatini xabardor qilish.

Har kuni, har oyda, har chorakda

8-bosqich

Inspektor

1. Nazoratdan chiqarish.

2. Ishlar nomenklaturasiga muvofiq hujjatlarni shakllantirish

Belgilangan muddatlarda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan majlislar bayonnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining qarorlari va topshiriqlari ijrosini va amalga oshirilishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Bosh vazir kotibiyati

Hujjatni imzolangan topshiriq (fishka) va 1-nazorat kartochkasi bilan birgalikda Nazorat va ijro intizomi boʻlimiga berish (1 va 3-kartotekalar).

Topshiriq (fishka) imzolangandan keyin 30 daqiqa mobaynida

Umumiy boʻlim

Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va majlislari bayonnomalarini, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayonnomalarini Nazorat va ijro intizomi boʻlimiga berish (2-kartoteka).

Hujjat olingandan soʻng

2-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri

Hujjatlar, topshiriqlar va nazorat bandlarini ijro intizomining elektron tizimida roʻyxatdan oʻtkazish.

Hujjat olingan paytdan boshlab bir soat mobaynida

3-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi xodimlari

1-son nazorat kartotekalarini rasmiylashtirish.

Hujjat olingan paytdan boshlab bir soat mobaynida

4-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi xodimlari

Hujjatni topshiriq (fishka) va 1-son nazorat kartotekasini ijrosini tashkil etish uchun Bosh vazirning oʻrinbosarlari yordamchilariga, apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga imzo chektirgan holda berish.

Hujjat olingan paytdan boshlab bir soat mobaynida

5-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi xodimlari

Nazorat hujjatlarining ijrochilari bilan birgalikda ijro etilmagan nazorat hujjatlari va 1, 2 va 3-son kartotekalar bajarilishini tahlil qilish va tahliliy materiallar tayyorlash.

Har kuni

6-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri

Ijro etilmagan nazorat hujjatlari va 1, 2 va 3-son kartotekalar bajarilishi holatini mutaxassislar va kotibiyatlar mudirlari ishtirokida Apparat boshqaruvchisi huzurida muhokama qilishni tashkil etish.

Har hafta

(chorshanba kunida)

7-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri

Ijro etilmagan nazorat hujjatlari va 1, 2 va 3-son kartotekalar bajarilishi holatini kotibiyatlar mudirlari ishtirokida Apparat boshqaruvchisi huzurida muhokama qilishni tashkil etish.

Har hafta

(juma kunida)

8-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi

Ijro etilmagan nazorat hujjatlari va 1, 2 va 3-son kartotekalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Rayosatining navbatdagi majlisida muhokama qilish uchun tahliliy materiallar tayyorlash.

Har hafta dushanba kuni

9-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri

Apparat tarkibiy boʻlinmalari mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida 1, 2 va 3-son kartotekalarning ijro etilmagan nazorat topshiriqlarini nazoratdan olish.

Tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishiga koʻra

10-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi xodimlari

Keyingi oyda ijro etilishi kerak boʻlgan nazorat hujjatlari va 1, 2 va 3-son kartotekalar topshiriqlari toʻgʻrisida axborot tayyorlash va apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga taqdim etish.

Har oyning 25-sanasida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudirining oʻrinbosari

Apparatning tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holati boʻyicha oldin oʻtkazilgan oʻrganishlarni tahlil qilish.

Dekabr, iyun

2-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri

Hujjatlar bilan ishlashni va ijro intizomining holatini maqsadli oʻrganish boʻyicha tadbirlarni Nazorat va ijro intizomi boʻlimi ish rejasiga kiritish.

Dekabr, iyun

3-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudirining oʻrinbosari

Apparat tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlashni va ijro intizomining holatini oʻrganish boʻyicha materiallarni (ishchi guruh tarkibi, soʻrovnoma, jadval va shu kabilarni) tayyorlash.

Ish rejasiga muvofiq

4-bosqich

Nazorat �a ijro intizomi boʻlimi mudiri

Tayyorlangan materiallarni Apparat boshqaruvchisi bilan kelishish.

Ish rejasiga muvofiq

5-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi xodimlari

Apparatning tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini oʻrganish, ushbu sohada ishlarni muvofiqlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda zarur yordam koʻrsatish.

Ish rejasiga muvofiq

6-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri

Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini oʻrganish yakunlari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlash va bu haqda Bosh vazirni, Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilarini, Apparat boshqaruvchisini va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarini xabardor qilish.

3 kun mobaynida

7-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudirining oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Apparat boshqaruvchisining topshiriqlarini apparat tarkibiy boʻlinmalariga yetkazish.

Bir kun mobaynida

8-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi xodimlari

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Apparat boshqaruvchisining topshiriqlari bajarilishi monitoringini olib borish.

Har kuni

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini oʻrganish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudirining oʻrinbosari

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holati boʻyicha oldin oʻtkazilgan oʻrganishlarni tahlil qilish.

Dekabr, iyun

2-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri

Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini maqsadli oʻrganish boʻyicha tadbirlarni Nazorat va ijro intizomi boʻlimining ish rejasiga kiritish.

Dekabr, iyun

3-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudirining oʻrinbosari

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini oʻrganish holati boʻyicha materiallar tayyorlash (ishchi guruh tarkibi, soʻrovnoma, jadvallar va shu kabilar).

Ish rejasiga muvofiq

4-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri

Tayyorlangan materiallarni Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari yoki maslahatchisi bilan kelishish.

Ish rejasiga muvofiq

5-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudirining oʻrinbosari

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlashni va ijro intizomining holatini oʻrganish.

Ish rejasiga muvofiq

6-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudirining oʻrinbosari

Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini oʻrganish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida koʻrib chiqish uchun tahliliy materiallarni tayyorlash.

Keyingi oyning 10-kunigacha har chorakda

7-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudirining oʻrinbosari

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayonnomasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.

Keyingi oyning 15-kunigacha har chorakda

8-bosqich

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi xodimlari

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining tasdiqlangan bayonnomasi bajarilishi holati monitoringini amalga oshirish.

Har kuni

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini oʻrganish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi

Apparat tarkibiy boʻlinmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishning holatini oʻrganish boʻyicha tadbirlarni Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimining (keyingi oʻrinlarda — Boʻlim) ish rejasiga kiritish boʻyicha takliflar taqdim etish.

Boʻlimning ish rejasi tasdiqlanguniga qadar

2-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi

Tarkibiy boʻlinmalarning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha faoliyatini oʻrganish yuzasidan tegishli soʻrovnoma va tahliliy jadvallarni ishlab chiqish.

Boʻlimning ish rejasiga muvofiq

3-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, tegishli tarkibiy boʻlinmalar

Apparat tarkibiy boʻlinmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish holatini oʻrganish va uning natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnomalar tayyorlash.

Boʻlimning ish rejasiga muvofiq

4-bosqich

Apparat rahbariyati, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi

Tahliliy maʼlumotnomalarni koʻrib chiqish uchun Apparat rahbariyatiga taqdim qilish, tegishli tarkibiy boʻlinmalarning ijro etishi uchun rahbariyatning topshiriqlarini tayyorlash.

Bir hafta muddatda

Apparat rahbariyati tavsiya qilgan hollarda, murojaatlarda koʻrsatilgan masalalarni Vazirlar Mahkamasining Rayosat majlisida yoki selektor yigʻilishida koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish.

Har chorakda

5-bosqich

Tarkibiy boʻlinmalar

Tarkibiy boʻlinmalarda apparat rahbariyatining topshiriqlarini mutaxassislar ishtirokida muhokama qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash natijadorligini oshirish boʻyicha tegishli tadbirlar rejalarini qabul qilish.

Topshiriqda koʻrsatilgan muddatlarda

6-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi

Qabul qilingan tadbirlar rejalarining apparat tarkibiy boʻlinmalaridagi ijrosi holati ustidan nazorat qilish.

Tadbirlar rejalarida koʻrsatilgan muddatlarda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini oʻrganish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish holatini kompleks va maqsadli oʻrganish boʻyicha tadbirlarni Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimining (keyingi oʻrinlarda — Boʻlim) ish rejasiga kiritish uchun takliflar taqdim etish.

Boʻlimning ish rejasi tasdiqlanguniga qadar

2-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha faoliyatini oʻrganish yuzasidan tegishli soʻrovnoma va tahliliy jadvallarni ishlab chiqish.

Boʻlimning ish rejasiga muvofiq

3-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning mur�jaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari

Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlarini koʻrib chiqish holatini oʻrganish hamda:

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida, hududiy boʻlinmalarida va idoraviy mansub tashkilotlarida;

viloyat, shahar va tuman hokimliklarida, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalarida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tegishli tahliliy maʼlumotnomalarni tayyorlash.

Boʻlimning ish rejasiga muvofiq

4-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari

1. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha faoliyatini oʻrganish natijalarini Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida yoki selektor yigʻilishida muhokama qilish.

Har chorakda

2. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi yoki selektor yigʻilishi bayonnomasini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni muhokama qilish va natijadorligini oshirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun yuborish.

Uch kun muddatda

5-bosqich

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisi yoki selektor yigʻilishi bayonnomasini tegishli tadbirlar rejasini qabul qilish uchun muhokama qilish.

Bayonnomada koʻrsatilgan muddatlarda

6-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, Apparat tarkibiy boʻlinmalari

Qabul qilingan tadbirlar rejasining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

Bayonnomada va tadbirlar rejalarida koʻrsatilgan muddatlarda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Ishlab chiqiladigan va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda tartibga solish taʼsirini baholash

1-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot — ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) tayyorlash.

2. Loyihaning tartibga solish taʼsirini dastlabki tarzda baholash.

3. Loyihani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud tashabbus tartibida

2-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot — ishlab chiquvchi




Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

1. Loyihani tegishliligi boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2. Loyihani vazirlik va idoralarning eʼtirozlari, shuningdek Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan mulohazalarni inobatga olgan holda puxta ishlash.

3. Loyihani zarur materiallarni ilova qilgan holda tartibga solish taʼsirini baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritish.

4. Loyihani koʻrib chiqish va unga viza qoʻyish, loyihaga fikr-mulohazalar va takliflar mavjud boʻlgan taqdirda — xulosa tayyorlash.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud loyiha tayyorlanishiga koʻra

3-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot — ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Loyiha boʻyicha hujjatlar toʻplamini shakllantirish.

2. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud loyiha tayyorlanishiga koʻra

4-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi

1. Loyihani puxta ishlash uchun masʼul ijrochini belgilash.

2. Loyihani milliy va davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorligi va undagi masalalarning oʻzaro bogʻliqligi nuqtai nazaridan ekspertlik ishlashini amalga oshirish.

3. Loyihani tartibga solish taʼsirini baholash uchun Yuridik taʼminlash boshqarmasiga kiritish.

Loyiha tushgandan keyin darhol

Loyiha boʻyicha ekspertlik ishlashidan soʻng

5-bosqich

Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi

1. Loyihaning tartibga solish taʼsirini baholashni amalga oshirish.

2. Loyihani apparatning tegishli tarkibiy boʻlinmasi bilan birgalikda puxta ishlash.

3. Loyihani qabul qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlash.

3 kun mobaynida (loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish doirasida)

6-bosqich

Apparatning tarkibiy boʻlinmasi

1. Loyihani tegishlilik boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.

2. Loyihani kelishish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy masalalar boʻyicha oʻrinbosariga kiritish.

Tartibga solish taʼsirini baholash oʻtkazilganidan soʻng darhol

2. Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin tartibga solish taʼsirini baholash

1-bosqich

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

1. Normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan soʻng olti oy oʻtgach u boʻyicha tartibga solish taʼsirini baholashni oʻtkazish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2. Takliflarni koʻrib chiqish uchun apparat rahbariyatiga kiritish.

3. Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha tadbirlarni Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga kiritish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud tashabbus tartibida

2-bosqich

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

1. Tartibga solish taʼsiri baholanishi lozim boʻlgan masalalarni shakllantirish.

Bir kun muddatda

2. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari, vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etish.

Ikki kun muddatda

3. Masʼul vazirlik va idoralarga baholash oʻtkazilishi haqida bildirishnoma yuborish.

Baholash oʻtkazilishidan 10 kun oldin

3-bosqich

Ishchi guruh

1. Normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi va natijadorligini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish maqsadida rejalashtirilayotgan tadbir toʻgʻrisidagi axborotni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirish.

Belgilangan muddatlarda

2. Normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi va natijadorligini, zarur hollarda, joyiga chiqqan holda tahlil qilish.

10 kun muddatda

3. Normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatga tuzatishlar kiritish yoxud hujjatni yoki uning tarkibiy qismini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni oʻz ichiga oladigan xulosa tayyorlash.

Baholashdan keyin bir kun muddatda

4-bosqich

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

1. Tartibga solish taʼsirini baholash yakunlari boʻyicha xulosani puxta ishlash.

1 kun muddatda

2. Xulosani tegishli materiallarni ilova qilgan holda keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berish uchun apparat boshqaruvchisiga kiritish.

Hujjat ishlab chiqilgandan soʻng darhol

3. Zarur hollarda tartibga solish taʼsirini baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.

Koʻrsatmaga asosan

4. Normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash natijalari boʻyicha maʼlumotlar bazasini yuritish.

Doimiy

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Qonun loyihalarini tayyorlash, koʻrib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot — ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Qonun loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) tayyorlash.

2. Loyihani ekspertizadan oʻtkazish.

3. Loyihani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokamadan oʻtkazish uchun joylashtirish.

4. Loyihaga ishlab chiquvchining rahbari tomonidan viza qoʻyish va uni kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga yuborish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud tashabbus tartibida

Loyiha tayyorlanishiga koʻra

2-bosqich

Manfaatdor vazirlik va idoralar

1. Loyihani birinchi rahbar (istisno hollarda — birinchi oʻrinbosari) darajasida koʻrib chiqish va viza qoʻyish.

2. Eʼtiroz va takliflar mavjud boʻlgan taqdirda — tegishli xatni tayyorlash.

7 kun muddatda

3-bosqich

Ishlab chiquvchi

Loyihani zarur materiallarni ilova qilgan holda huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga yuborish.

Vazirliklar va idoralar bilan kelishilgandan soʻng

4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.

2. Huquqiy ekspertiza natijalariga koʻra, loyihaga viza qoʻyish va uni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etish.

10 kun muddatda

5-bosqich

Ishlab chiquv�i Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Loyiha boʻyicha hujjatlar toʻplamini shakllantirish.

2. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Loyiha kelishilgandan soʻng darhol

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

1-bosqich

Umumiy boʻlim

Birinchi boʻlim

Kiritilgan loyihani roʻyxatdan oʻtkazish va uni loyihani puxta ishlash uchun masʼul boʻl�an tarkibiy boʻlinmaga (keyingi oʻrinlarda — tarkibiy boʻlinma) berish.

Loyiha kelib tushganidan soʻng darhol

2-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

1. Loyihani puxta ishlash uchun masʼul ijrochini belgilash.

2. Loyihani milliy va davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorligi va undagi masalalarning oʻzaro bogʻliqligi nuqtai nazaridan ekspertlik ishlashini amalga oshirish.

3. Loyiha Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga rioya qilinmasdan kiritilgan taqdirda — loyihani belgilangan tartibda qaytarish.

Loyiha tushgandan keyin darhol

2 kunlik muddatdan kechikmay

3-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

1. Loyiha boʻyicha tegishli Bosh vazir oʻrinbosariga yoki Bosh vazir maslahatchisiga axborot berish.

2. Loyihani moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash.

3. Yakuniy ishlangan loyihani tarkibiy boʻlinma rahbarining vizasi bilan Yuridik taʼminlash boshqarmasiga kiritish.

1 kun mobaynida

Loyiha moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng

4-bosqich

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, unga viza qoʻyish yoxud eʼtiroz va takliflarni taqdim etish.

2. Loyihani tarkibiy boʻlinma bilan birgalikda puxta ishlash va unga viza qoʻyish.

3. Zarur hollarda mavjud kelishmovchiliklar boʻyicha xulosa tayyorlash.

3 kun muddatda

 

5-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

1. Loyihani tegishlilik boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.

2. Loyiha boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy masalalar boʻyicha oʻrinbosariga axborot berish.

Huquqiy ekspertiza oʻtkazilgandan soʻng darhol

6-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari

1. Loyihani uni ishlab chiqish uchun asos boʻlgan topshiriq qamrab olinishi, qabul qilishning maqsadga muvofiqligi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligi, tahliliy materiallar tayyorlanganligi hamda manfaatdor idoralar va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilganligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmagan yoki ular bartaraf etilgan taqdirda loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra

7-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

1. Loyihani koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish, zarur hollarda, loyihaga Bosh vazir tomonidan viza qoʻyish.

4. Loyihani koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish toʻgʻrisidagi kuzatuv xatini imzolash.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra

8-bosqich

Umumiy boʻlim

Birinchi boʻlim

1. Loyihani zarur hujjatlarni ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti �dministratsiyasiga kelishish uchun yuborilgan loyihalarning hisobini yuritish.

Loyiha kelib tushgan kun darhol

Doimiy

9-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

1. Loyihani koʻrib chiqish. Zarur hollarda loyiha boʻyicha Rahbariyatga axborot berish.

2. Vazirlar Mahkamasiga:

a) loyiha kelishilganligi toʻgʻrisida;

b) eʼtiroz yoki takliflar mavjud boʻlganda — ular toʻgʻrisida xat yuborish.

Belgilangan muddatlarda

10-bosqich

Umumiy boʻlim

Birinchi boʻlim

1. Loyihani kelishilgandan soʻng roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish.

2. Loyihani tarkibiy boʻlinmaga berish.

Loyiha tushgan kunda darhol

11-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

1. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasining Rayosatida koʻrib chiqishiga kiritish uchun loyihani va hujjatlar toʻplamini tayyorlash.

2. Loyiha va hujjatlar toʻplami boʻyicha apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga axborot berish.

3. Loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining eʼtirozlari mavjud boʻlgan taqdirda — puxta ishlash va eʼtirozlarni bartaraf etishni, zarurat boʻlganda ishlab chiquvchi va Yuridik taʼminlash boshqarmasi bilan birgalikda, tashkil etish.

3 kun mobaynida

12-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari

1. Loyihani koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmaganda yoki ular bartaraf etilgan taqdirda — loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra

13-bosqich

Appar�t boshqaruvchisi

1. Loyihani va hujjatlar toʻplamini koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish hamda loyihani Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida koʻrib chiqish masalasini kelishish.

4. Bosh vazir rozilik bergan taqdirda — loyihani koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi masalani Vazirlar Mahkamasi Rayosatining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra

14-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi Vakolatli vakili

1. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi kun tartibiga kiritilgan loyiha boʻyicha materiallarni tarqatish.

2. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilish uchun loyiha boʻyicha zarur materiallarni tayyorlash.

1 kun muddatda

15-bosqich

Vazirlar Mahkamasi Rayosati

Loyihani koʻrib chiqish va uning natijasi boʻyicha loyihani maʼqullash yoxud qoʻshimcha ravishda puxta ishlab chiqish uchun qaytarish.

Har hafta

(qoidaga koʻra, dushanba kuni)

16-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili

1. Loyiha maʼqullangan taqdirda — uni Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish uchun tayyorlash.

2. Loyiha boʻyicha materiallar yuzasidan Bosh vazirga axborot berish.

Qonun loyihasi Rayosat majlisida maʼqullangan kun

17-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

Loyiha boʻyicha materiallarni imzolash uchun Bosh vazirga kiritish.

Qonun loyihasi Rayosat majlisida maʼqullangan kun

18-bosqich

Bosh vazir

Loyihani Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish uchun kuzatuv xatini imzolash.

Qonun loyihasi Rayosat majlisida maʼqullangan kun

19-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili

Loyihaning:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, komissiyalari, fraksiyalarida va majlisida;

Oliy Majlis Senatining qoʻmitalari, komissiyalarida va yalpi majlisida himoya qilinishini taʼminlash.

Belgilangan muddatlarda

Izoh. Belgilangan tartibda kiritilgan Vazirlar Mahkamasining hujjatini Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlash, agar boshqacha muddat belgilanmagan boʻlsa, u kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida amalga oshiriladi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muddatni uzaytirishga faqat Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisining qarori boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalarini tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot — ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjati loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) tayyorlash.

2. Loyihani ekspertizadan oʻtkazish.

3. Loyihani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokamadan oʻtkazish uchun joylashtirish.

4. Loyihaga ishlab chiquvchining rahbari (istisno hollarda — birinchi oʻrinbosari) tomonidan viza qoʻyish va uni kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga yuborish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud tashabbus tartibida

Loyiha tayyorlanishiga koʻra

2-bosqich

Manfaatdor vazirlik va idoralar

1. Loyihani birinchi rahbar (istisno hollarda — birinchi oʻrinbosari) darajasida koʻrib chiqish va viza qoʻyish.

2. Eʼtiroz va takliflar mavjud boʻlgan taqdirda — tegishli xatni tayyorlash.

1 kun mobaynida

3-bosqich

Ishlab chiquvchi

Loyihani zarur materiallarni ilova qilgan holda huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga yuborish.

Vazirlik va idoralar bilan kelishilgandan soʻng

4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.

2. Huquqiy ekspertiza natijalariga koʻra, loyihaga viza qoʻyish va uni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etish.

1 kun mobaynida

5-bosqich

Ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Loyiha boʻyicha hujjatlar toʻplamini shakllantirish.

2. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Loyiha kelishilgandan soʻng darhol

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

1-bosqich

Umumiy boʻlim

Birinchi boʻlim

Kiritilgan loyihani roʻyxatdan oʻtkazish va uni loyihani puxta ishlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmaga (keyingi oʻrinlarda — tarkibiy boʻlinma) berish.

Loyiha kelib tushganidan soʻng darhol

2-bosqich

Tar�ibiy boʻlinma

1. Loyihani puxta ishlash uchun masʼul ijrochini belgilash.

2. Loyihani milliy va davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorligi va undagi masalalarning oʻzaro bogʻliqligi nuqtai nazaridan ekspertlik ishlashini amalga oshirish.

3. Loyiha Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga rioya qilinmasdan kiritilgan taqdirda — loyihani belgilangan tartibda qaytarish.

Loyiha kelib tushganidan soʻng darhol

2 kunlik muddatdan kechikmay

3-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

1. Loyiha boʻyicha tegishli Bosh vazir oʻrinbosariga yoki Bosh vazir maslahatchisiga axborot berish.

2. Loyihani moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash.

3. Yakuniy ishlangan loyihani tarkibiy boʻlinma rahbarining vizasi bilan Yuridik taʼminlash boshqarmasiga kiritish.

1 kun mobaynida

Loyiha moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng

4-bosqich

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, unga viza qoʻyish yoxud eʼtiroz va takliflarni taqdim etish.

2. Loyihani tarkibiy boʻlinma bilan birgalikda puxta ishlash va unga viza qoʻyish.

3. Zarur hollarda mavjud kelishmovchiliklar boʻyicha xulosa tayyorlash.

3 kun muddatda

5-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

1. Loyihani tegishlilik boʻyich� Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.

2. Loyiha boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy masalalar boʻyicha oʻrinbosariga axborot berish.

Huquqiy ekspertiza oʻtkazilgandan soʻng darhol

6-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari

1. Loyihani uni ishlab chiqish uchun asos boʻlgan topshiriq qamrab olinishi, qabul qilishning maqsadga muvofiqligi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligi, tahliliy materiallar tayyorlanganligi hamda manfaatdor idoralar va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilganligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmagan yoki ular bartaraf etilgan taqdirda loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra

7-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

1. Loyihani koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish, zarur hollarda, loyihaga Bosh vazir tomonidan viza qoʻyish.

4. Loyihani koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish toʻgʻrisidagi kuzatuv xatini imzolash.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra

8-bosqich

Umumiy boʻlim

Birinchi boʻlim

1. Loyihani zarur hujjatlarni ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborilgan loyihalarning hisobini yuritish.

Loyiha kelib tushgan kun darhol

Doimiy

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarini tayyorlash, kiritish, koʻrib chiqish, kelishish, imzolash va eʼlon qilish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1-bosqich

Davlat organi ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Vazirlar Mahkamasining hujjati loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) tayyorlash.

2. Loyihani ekspertizadan oʻtkazish.

3. Loyihani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokamadan oʻtkazish uchun joylashtirish.

4. Loyihaga ishlab chiquvchining rahbari tomonidan viza qoʻyish va uni kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga yuborish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud tashabbus tartibida

Loyiha tayyorlanishiga koʻra

2-bosqich

Manfaatdor vazirlik va idoralar

1. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini birinchi rahbar (istisno hollarda — birinchi oʻrinbosari) darajasida koʻrib chiqish va viza qoʻyish.

2. Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini birinchi rahbar (istisno hollarda — birinchi oʻrinbosari) darajasida koʻrib chiqish va viza qoʻyish.

3. Eʼtiroz va takliflar mavjud boʻlgan taqdirda — tegishli xatni tayyorlash.

3 kun mobaynida


2 kun mobaynida

3-bosqich

Ishlab chiquvchi

Loyihani �arur materiallarni ilova qilgan holda huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga yuborish.

Vazirlik va idoralar bilan kelishilgandan soʻng

4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.

2. Huquqiy ekspertiza natijalariga koʻra, loyihaga viza qoʻyish va uni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etish.

10 kun mobaynida

5-bo�qich

Ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Loyiha boʻyicha hujjatlar toʻplamini shakllantirish.

2. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Loyiha kelishilgandan soʻng darhol

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

1-bosqich

Umumiy boʻlim Birinchi boʻlim

Kiritilgan loyihani roʻyxatdan oʻtkazish va uni loyihani puxta ishlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmaga (keyingi oʻrinlarda — tarkibiy boʻlinma) berish.

Loyiha tushgandan soʻng darhol

2-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

1. Loyihani puxta ishlash uchun masʼul ijrochini belgilash.

2. Loyihani milliy va davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorligi va undagi masalalarning oʻzaro bogʻliqligi nuqtai nazaridan ekspertlik ishlashini amalga oshirish.

3. Loyiha Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga rioya qilinmasdan kiritilgan taqdirda — loyihani belgilangan tartibda qaytarish.

Loyiha tushgandan soʻng darhol


2 kunlik muddatdan kechikmay

3-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

1. Loyiha boʻyicha tegishli Bosh vazir oʻrinbosariga yoki Bosh vazir maslahatchisiga axborot berish.

2. Loyihani moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash.

3. Yakuniy ishlangan loyihani tarkibiy boʻlinma rahbarining vizasi bilan Yuridik taʼminlash boshqarmasiga kiritish.

1 kun mobaynida

Loyiha moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng

4-bosqich

Yuridik taʼminlash boshqarmasi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, unga viza qoʻyish yoxud eʼtiroz va takliflarni taqdim etish.

2. Loyihani tarkibiy boʻlinma bilan birgalikda puxta ishlash va unga viza qoʻyish.

3. Zarurat hollarda mavjud kelishmo�chiliklar boʻyicha xulosa tayyorlash.

3 kun mobaynida

5-bosqich

Tarkibiy boʻlinmalar

1. Loyihani tegishlilik boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.

2. Loyiha boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy masalalar boʻyicha oʻrinbosariga axborot berish.

Huquqiy ekspertizadan soʻng darhol

6-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari

1. Loyihani uni ishlab chiqish uchun asos boʻlgan topshiriq qamrab olinishi, qabul qilishning maqsadga muvofiqligi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligi, tahliliy materiallar tayyorlanganligi hamda manfaatdor idoralar va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilganligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmagan yoki ular bartaraf etilgan taqdirda — loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra

7-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

1. Loyihani koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish, zarur hollarda, loyihaga Bosh vazir tomonidan viza qoʻyish.

4. Loyihani koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish toʻgʻrisidagi kuzatuv xatini imzolash.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra

8-bosqich

Umumiy boʻlimBirinchi boʻlim

1. Loyihani zarur hujjatlarni ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborilgan loyihalar hisobini yuritish.

Loyiha kelib tushgan kun darhol

Doimiy

9-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

1. Loyihani koʻrib chiqish. Zarur hollarda loyiha boʻyicha Rahbariyatga axborot berish.

2. Vazirlar Mahkamasiga:

a) loyiha kelishilganligi toʻgʻrisida;

b) eʼtiroz yoki takliflar mavjud boʻlganda — ular toʻgʻrisida xat yuborish.

Belgilangan muddatlarda

10-bosqich

Umumiy boʻlim

Birinchi boʻlim

1. Loyihani roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish.

2. Loyihani tarkibiy boʻlinmaga berish.

Loyiha tushgandan keyin darhol

11-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

1. Loyihani axborot berish uchun tayyorlash.

2. Loyiha boʻyicha apparat boshqaruvchisining huquqiy masalalar boʻyichaoʻrinbosariga axborot berish.

3. Loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining eʼtirozlari mavjud boʻlgan taqdirda — puxta ishlash va eʼtirozlarni bartaraf etishni, zarurat boʻlganda ishlab chiquvchi va Yuridik taʼminlash boshqarmasi bilan birgalikda, tashkil etish.

1 kun mobaynida

12-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari

1. Loyihani koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmaganda yoki ular bartaraf etilgan taqdirda — loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra

13-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

1. Loyihani koʻrib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. Eʼtirozlar boʻlmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish.

4. Loyihani Bosh vazirga imzolash uchun kiritish.

Loyiha taqdim etilishiga koʻra

14-bosqich

Bosh vazir

Vazirlar Mahkamasi hujjatini imzolash.

Loyiha kiritilishiga koʻra

15-bosqich

Tarkibiy boʻlinma

Umumiy boʻlim, Birinchi boʻlim

1. Imzolangan Vazirlar Mahkamasining hujjatini roʻyxatdan oʻtkazish.

2. Umumiy boʻlim muhri bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining hujjatini davlat organlari va boshqa tashkilotlarga joʻnatish. Zaruratga koʻra Vazirlar Mahkamasining hujjatiga uning eʼlon qilinishini cheklaydigan grif qoʻyish.

3. Vazirlar Mahkamasining hujjatini rasmiy manbalarda eʼlon qilish, shu jumladan, imzolangan hujjatni Adliya vazirligiga yuborish.

Hujjat imzolangan kunda

Izoh. Belgilangan tartibda kiritilgan Vazirlar Mahkamasining hujjatini Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlash, agar boshqacha muddat belgilanmagan boʻlsa, u kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida amalga oshiriladi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muddatni uzaytirishga faqat Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisining qarori boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
Sodir etilganligi uchun intizomiy jazo choralari qoʻllaniladigan Apparat xodimlarining aybli harakati (harakatsizligi)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilishiga quyidagilar tegishlidir:
I. Hujjatlar loyihalarini tayyorlashda:
muddatlarning buzilishi, yozma va ogʻzaki topshiriqlar, qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari sifatsiz yoki toʻliq boʻlmagan hajmda bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sifatsiz tayyorlangan va qonun hujjatlariga zid boʻlgan hujjat loyihasini kiritish;
Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari tomonidan hujjatlar loyihalarini kelishish muddatlari buzilishi (kelishish muddatlari asossiz ravishda orqaga surilishi) yoki qonun hujjatlariga zid boʻlgan hujjat loyihasi kelishilishi;
Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari tomonidan hujjat loyihasi sifatsiz iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi hamda asoslanmagan xulosalar va takliflar berilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hujjatlar loyihalarini kiritish muddatlarining buzilishi (kiritish muddatlari asossiz ravishda orqaga surilishi);
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari tomonidan hujjat loyihasini koʻrib chiqishda tayyorlash muddatlari va koʻrib chiqish muddatlari buzilishi;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari tomonidan hujjat loyihasi sifatsiz iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi, asoslanmagan xulosalar, takliflar berilishi va kelishishning asoslanmagan orqaga surilishi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi tomonidan hujjat loyihasi vazirlikka va idoraga (loyiha tashabbuskoriga) asossiz qaytarilishi yoki uni qaytarish muddatining buzilishi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan sifatsiz tayyorlangan hujjat loyihasini qaytarmaslik yoki qaytarishning belgilangan muddati buzilishi;
II. Qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari amalga oshirilishi ustidan ijro va nazoratni tashkil etishda:
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari amalga oshirilishi ustidan ijro va nazoratni tashkil etishning past sifati;
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari talablari bajarilmasligi yoki oʻz vaqtida bajarilmasligi;
xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatining asosiy iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlari pasayishiga yoʻl qoʻyilishi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlari tizimli va muntazam ravishda buzilishi, shuningdek, ularni koʻrib chiqishdagi rasmiyatchilik.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA
Aybli harakatga (harakatsizlikka) yoʻl qoʻyilganligi uchun mansabdor shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan intizomiy jazo choralari turlari
1. Yoʻl qoʻyilgan aybli harakat (harakatsizlik) uchun mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo choralarining quyidagi turlari qoʻllanilishi mumkin:
hayfsan;
lavozim maoshining ellik foizi miqdorida jarima;
mehnat shartnomasini toʻxtatish (lavozimdan ozod qilish).
2. Mansabdor shaxsga nisbatan jarima tarzidagi intizomiy jazo choralarini qoʻllashda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:
hujjatlar loyihalarini kelishishning muddatlari buzilganligi uchun (kelishish muddatlari asossiz orqaga surilganligi) — lavozim maoshining 10 foizigacha miqdorda jarima;
hujjatlar loyihalarining past sifati va qonun hujjatlariga nomuvofiqligi, shuningdek, sifatsiz iqtisodiy-moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganligi, asoslanmagan xulosalar va takliflar berilganligi uchun — lavozim maoshining 20 foizigacha miqdorda jarima;
hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddatlari buzilganligi uchun (kiritish muddatlarining asossiz orqaga surilishi) — lavozim maoshining 10 foizigacha miqdorda jarima;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan hujjat loyihasini koʻrib chiqishga tayyorlash muddatlari va koʻrib chiqish muddatlari buzilganligi, sifatsiz iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganligi, asoslanmagan xulosalar berilganligi va kelishish muddatlari asossiz ravishda orqaga surilganligi uchun — lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda jarima;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi tomonidan hujjatning loyihasi vazirlik va idoraga (loyiha tashabbuskoriga) asossiz qaytarilganligi yoki qaytarish muddatlari buzilganligi uchun — lavozim maoshining 20 foizgacha miqdorda jarima;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan sifatsiz tayyorlangan hujjat loyihasi qaytarilmaganligi yoki qaytarishning belgilangan muddati buzilganligi uchun — lavozim maoshining 10 foizigacha miqdorda jarima;
qonun hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining topshiriqlari ijrosi tashkil etilishi va amalga oshirilishi ustidan nazorat qilishning past sifati uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha miqdorda jarima;
qonun hujjatlari talablari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining topshiriqlari bajarilmaganligi yoki oʻz vaqtida bajarilmaganligi uchun — lavozim maoshining 50 foizigacha jarima solinadi yoki shaxsning egallab turgan lavozimda boʻlishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida taklif kiritiladi;
xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatining asosiy iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlari pasayishiga yoʻl qoʻyilganligi uchun — lavozim maoshining 20 foizigacha miqdorda jarima;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlari tizimli va muntazam ravishda buzilishi, shuningdek, ularni koʻrib chiqishdagi rasmiyatchilik — lavozim maoshining 20 foizigacha miqdorda jarima.
Jarimaning umumiy summasi bir oyda lavozim maoshining ellik foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi nizomga
13-ILOVA
Aybli harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash
SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

Aybli harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazish muddati.

Hujjat loyihasi kiritilgandan keyin 2 kun ichida

2-bosqich

Apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

Bosh vazirning tegishli oʻrinbosariga, Bosh vazirning maslahatchisiga, apparat boshqaruvchisiga mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash taklifini kiritish.

Xizmat surishtiruvi tugallangandan keyin bir kun muddatda

3-bosqich

Bosh vazirning oʻrinbosarlari,
Bosh vazirning maslahatchilari, apparat boshqaruvchisi

Bosh vazirga mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritish.

Takliflar kiritilgandan keyin bir kun muddatda

4-bosqich

Bosh vazir

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritish.

2. Bosh vazir tomonidan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilinishi.

Rahbariyatning xohishiga koʻra

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 245-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 2-maydagi 81-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-martdagi 74-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son, 22-modda) ilovaning 11-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarori)” 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 305-modda) ilovaning 4-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili lavozimini joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 28-sentabrdagi PQ-3294-son qarori)” 2018-yil 30-yanvardagi 67-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 24-modda) ilovaning 2-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/245/2834-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)