|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.09.2024
|
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrugʻi
Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 25-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1382-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 12-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3521, 20.06.2024-y.) asosan 2024-yil 22 sentyabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2004-yil 3-iyundagi 83-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1382, 2004-yil 2-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 26-son,312-modda) bilan tasdiqlangan Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. RAMATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-mart,
3-son
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2019-yil 7-martdagi 3-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 7-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “muhrlari (shtamplari)” degan soʻzlar “shtamplari” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 16-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va muhri” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 34-banddan “va muhrlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 40-bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kun, yil, deklaratsiyaning tartib raqami va tamgʻaning tartib raqami yoziladi;”.
5. 47-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) 26-“Yuk joʻnatuvchining imzosi” ustunida yukni joʻnatuvchi oʻzi tomonidan yoʻl varaqasi toʻgʻri toʻldirilganligini tasdiqlab imzo chekadi.”.
6. 4-ilovaning 26-ustunidan va 6-ilovaning 25-ustunidan “va muhri” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/1382-1/2811-son)