Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Xalq cholgʻulari ijrochilari”, Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” va Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish toʻgʻrisida
Yosh isteʼdod egalarining qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish borasida keng koʻlamli ishlarni doimiy qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, xalqimizning maʼnaviy merosini asrab-avaylash hamda milliy madaniyatni keng targʻib etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qaroriga muvofiq “Xalq cholgʻulari ijrochilari”, Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari”, Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovlarini anʼanaviy tarzda oʻtkazish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Xalq cholgʻulari ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq;
Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. “Xalq cholgʻulari ijrochilari”, Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari”, Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovlarini (keyingi oʻrinlarda tanlovlar deb ataladi) tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning quyidagi manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Bunda, tanlovlar sovrindorlariga toʻlanadigan pul mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha masʼul etib belgilansin.
5. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga binoan tanlovlarning maxsus logotiplari va sovrindorlar uchun statuetkalar eskizlari loyihalarini tayyorlasin.
6. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur tanlovlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼrifat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-mart,
237-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martdagi 237-son qaroriga
1-ILOVA
“Xalq cholgʻulari ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Xalq cholgʻulari ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini (keyingi oʻrinlarda tanlov deb ataladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Tanlov ijro dasturi asosida mazkur Nizomga ilovadagi sxema boʻyicha oʻtkaziladi.
3. Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tanlov boshlanishidan kamida uch oy oldin tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga besh kun muddatda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati kelib tushgandan keyin uch kun muddatda ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi akademik litseylar, oliy taʼlim muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, badiiy va ijodiy jamoalarga yetkaziladi.
4. Tanlov dasturi tasdiqlangandan soʻng unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5. Tanlov 2019-yildan boshlab har ikki yilda bir marta iyun oyida Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
6. Tanlovni oʻtkazishning aniq sanasi va muddati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi hamda ushbu tanlov boshlanishidan uch oy oldin ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha masʼul hisoblanadi.
2-bob. Tanlovning maqsadi
8. Tanlovning maqsadi quyidagilardan iborat:
xalq cholgʻularida ijrochilik sanʼatini yanada yuksaltirish, mohir ijrochilarni kashf etish;
xalq cholgʻulari ijrochilarining mahorati, isteʼdodi va qobiliyatini namoyon etish, ularning ijrochilik koʻnikmalarini yanada rivojlantirish;
xalq cholgʻulari ijrochiligini yuksak darajaga koʻtarish, milliy sanʼatimizni dunyo sahnalariga olib chiqish, iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirish hamda ularning ijodini keng targʻib qilish;
xalq cholgʻulari ijro imkoniyatlarini oshirish va ularning oʻziga xos xususiyatlari bilan ommani tanishtirish.
3-bob. Tanlovda ishtirok etish shartlari
9. Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi akademik litseylar oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalarining talabalari, oʻqituvchilari, bolalar musiqa va sanʼat maktablarining oʻqituvchilari, badiiy va ijodiy jamoalarning sozandalari ishtirok etishi mumkin.
10. Tanlovda 17 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan xalq cholgʻulari ijrochilari ishtirok etishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Tanlovda ishtirok etishni istagan ijrochilar tanlov boshlanishidan oʻttiz kun oldin Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
tanlovda ishtirok etish uchun maʼlumotnoma (rezyume);
oʻqish yoki ish joyidan berilgan ijodiy tavsifnoma;
tanlovda ishtirok etish uchun ijro dasturi.
Ijrochilarning pasporti (identifikatsiyalovchi ID-kartasi), maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlari, oʻqish va ish joyidan maʼlumotlar, fotosurati “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
12. Belgilangan muddatdan kech taqdim etiladigan hujjatlar qabul qilinmaydi.
4-bob. Tanlovni oʻtkazish shartlari
13. Ishtirokchilarning tanlov davomidagi tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ijro etish navbati belgilangan tartibda qurʼa tashlash orqali aniqlanadi va ushbu tartib tanlov yakuniga qadar saqlab qolinadi.
14. Asarlar yoddan ijro etiladi.
15. Tanlov quyidagi 7 (yetti) yoʻnalish (nominatsiya) boʻyicha oʻtkaziladi:
nay, qoʻshnay, bayan, akkordeon;
chang, doira — ksilofon;
rubob — prima, qashqar rubobi;
afgʻon rubobi, dutor bas;
dutor (dutor prima), tanbur;
gʻijjak, gʻijjak alt;
gʻijjak qobuz bas, gʻijjak qobuz kontrabas.
5-bob. Tanlov ishtirokchilarini baholash va gʻoliblarni taqdirlash
16. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrugʻi bilan madaniyat va sanʼat sohasidagi 9 — 11 nafar yetakchi mutaxassislardan iborat hakamlar hayʼati tarkibi, uning ish yoʻriqnomasi tasdiqlanadi.
17. Tanlov uch bosqichdan iborat boʻladi.
18. Tanlovning barcha bosqichlarida ishtirokchilarning ijro mahorati hakamlar hayʼatining har bir aʼzosi tomonidan alohida tarzda 25 ballik tizim boʻyicha baholanadi.
19. Tanlovning 1-bosqichida umumiy ball natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchilarning 40 foizi 2-bosqichga, shuningdek, tanlovning 2-bosqichida ham umumiy ball natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchilarning 40 foizi hakamlar hayʼati qaroriga asosan tanlovning yakuniy bosqichiga oʻtkaziladi.
20. Tanlovning yakuniy bosqichida asarlar orkestr joʻrligida ijro etiladi.
21. Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchilarga qoʻyilgan ballar teng boʻlib qolganda, hakamlar hayʼati raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
22. Tanlovda eng koʻp umumiy ball toʻplagan ishtirokchilar orasidan hakamlar hayʼati qaroriga asosan har bir yoʻnalish (nominatsiya) boʻyicha tanlovning 1, 2, 3-oʻrin sovrindorlari aniqlanadi.
23. Ishtirokchilarni baholashda hakamlar hayʼati mustaqildir.
24. Tanlovning yakuniy natijalari hakamlar hayʼatining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
25. Ishtirokchilar hakamlar hayʼati qarori yuzasidan tanlovning har bir bosqichi yakuni boʻyicha bir kun muddatda hakamlar hayʼati raisi nomiga apellyatsiya shikoyati (ariza) berishlari mumkin. Apellyatsiya shikoyati belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi, bir kun muddatda koʻrib chiqilib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va oʻsha kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
26. Tanlov gʻoliblari har bir yoʻnalish boʻyicha diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
1-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobari miqdorida pul mablagʻlari;
2-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari miqdorida pul mablagʻlari;
3-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida pul mablagʻlari.
(26-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
27. Tanlov gʻoliblari boʻlgan oʻquvchi va talabalarning oʻqituvchi va joʻrnavoz (konsertmeyster)lari maxsus diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
28. Tanlovning yakuniy bosqichi ishtirokchilariga “Xalq cholgʻulari ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovi ishtirokchisi sertifikati beriladi.
6-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazishni moliyalashtirish
29. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(29-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Bunda, tanlovlar sovrindorlariga toʻlanadigan pul mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
30. Tanlov ishtirokchilarining tanlov oʻtkazilishi belgilangan hududga kelib-ketish, mehmonxona va ovqatlanish xarajatlari ularni tanlovda ishtirok etish uchun yuborayotgan tashkilot hamda muassasalar tomonidan yoki homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
31. Tanlovni oʻtkazish jarayonlari boʻyicha kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
“Xalq cholgʻulari ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
“Xalq cholgʻulari ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan ishlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxatini tasdiqlash

tanlov boshlanishidan
3 oy oldin

2-bosqich

Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga yetkazish

tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati tasdiqlangandan soʻng 5 kun muddatda

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi

Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxatini ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi akademik litseylar, oliy taʼlim muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, badiiy va ijodiy jamoalarga yetkazish

tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati kelib tushgandan keyin 3 kun muddatda

4-bosqich

Tanlov oʻtkaziladigan sana va muddatni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish

tanlovdan
3 oy oldin

5-bosqich

Tanlov ishtirokchilari

Hujjatlarni taqdim etish

tanlov boshlanishidan
30 kun oldin

6-bosqich

Tanlovni Toshkent shahrida 3 bosqichda oʻtkazish

tanlov oʻtkaziladigan yilning iyun oyida

7-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlov gʻoliblarini taqdirlash

tanlov yakuni boʻyicha

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martdagi 237-son qaroriga
2-ILOVA
Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini (keyingi oʻrinlarda tanlov deb ataladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Tanlov ijro dasturi asosida mazkur Nizomga ilovadagi sxema boʻyicha oʻtkaziladi.
3. Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tanlov boshlanishidan kamida uch oy oldin tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga besh kun muddatda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati kelib tushgandan keyin uch kun muddatda ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi akademik litseylar, oliy taʼlim muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, badiiy va ijodiy jamoalarga yetkaziladi.
4. Tanlov dasturi tasdiqlangandan soʻng unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5. Tanlov 2019-yildan boshlab har ikki yilda bir marta oktabr oyida oʻtkaziladi.
6. Tanlov ikki bosqichdan iborat boʻladi. Tanlovning 1-bosqichi tanlov oʻtkaziladigan yilning sentabr oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar miqyosida, yakuniy bosqichi tanlov oʻtkaziladigan yilning oktabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.
7. Tanlovni oʻtkazishning aniq sanasi va muddati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi hamda ushbu tanlov boshlanishidan uch oy oldin ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha masʼul hisoblanadi.
2-bob. Tanlovning maqsadi
9. Tanlovning maqsadi quyidagilardan iborat:
milliy raqs sanʼatini yanada rivojlantirish, uni yuksak darajaga koʻtarish va dunyo sahnalariga olib chiqish;
isteʼdodli milliy raqs ijrochilarini va baletmeysterlarni kashf etish, ularni ragʻbatlantirish va ijodini keng targʻib qilish;
yoshlar orasida oʻzbek milliy raqs sanʼatiga qiziqishni oshirish;
“Ustoz-shogird” anʼanasini tiklash va rivojlantirish asosida milliy raqs ijrochilari uchun zamonaviy raqs maktablarini yaratish.
3-bob. Tanlovda ishtirok etish shartlari.
10. Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi akademik litseylar oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalarining talabalari, oʻqituvchilari, bolalar musiqa va sanʼat maktablarining oʻqituvchilari, badiiy va ijodiy jamoalarning raqqosalari hamda erkin ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.
11. Tanlovda 17 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan raqqosalar ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tanlovda ishtirok etishni istagan ijrochilar tanlov boshlanishidan oʻttiz kun oldin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
tanlovda ishtirok etish uchun maʼlumotnoma (rezyume);
oʻqish yoki ish joyidan berilgan ijodiy tavsifnoma va maʼlumotnoma;
tanlovda ishtirok etish uchun ijro dasturi (asar va musiqa nomi, sahna libosi muallifi va baletmeysterning familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatgan holda).
Ijrochilarning pasporti (identifikatsiyalovchi ID-kartasi), maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlari, oʻqish va ish joyidan maʼlumotlar, fotosurati “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
13. Belgilangan muddatdan kech taqdim etiladigan hujjatlar qabul qilinmaydi.
4-bob. Tanlovni oʻtkazish shartlari
14. Ishtirokchilarning tanlov davomidagi tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ijro etish navbati belgilangan tartibda qurʼa tashlash orqali aniqlanadi va ushbu tartib tanlov yakuniga qadar saqlab qolinadi.
15. Tanlov milliy raqs ijrochiligi yoʻnalishi boʻyicha oʻtkaziladi.
16. Tanlov ishtirokchilarining ijro dasturi yakka ijro tarzida namoyish etiladi.
5-bob. Tanlov ishtirokchilarini baholash va gʻoliblarni taqdirlash
17. Tanlovning 1-bosqichini oʻtkazish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vaziri, viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan 5 — 7 nafar yetakchi mutaxassislardan iborat hakamlar hayʼati tarkibi tasdiqlanadi. Ushbu tarkibga kiritish uchun respublikadan 1-2 nafar soha mutaxassislari joylarga jalb etiladi.
Bunda, respublikadan hududlarga jalb etiladigan hakamlarning kelib-ketish, mehmonxona va ovqatlanish xarajatlari belgilangan tartibda ularning asosiy ish joyidan qoplanadi.
Tanlovning yakuniy bosqichini oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrugʻi bilan madaniyat va sanʼat sohasidagi 5 — 7 nafar yetakchi mutaxassislardan iborat hakamlar hayʼati tarkibi tasdiqlanadi.
18. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha hakamlar hayʼatining ish yoʻriqnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
19. Tanlovning barcha bosqichlarida ishtirokchilarning ijro mahoratlari hakamlar hayʼatining har bir aʼzosi tomonidan alohida tarzda 25 ballik tizim boʻyicha baholanadi.
20. Hududlarda oʻtkaziladigan tanlovning 1-bosqichi natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan uch nafar ishtirokchi hakamlar hayʼatining qaroriga asosan tanlovning yakuniy bosqichiga tavsiya etiladi va ularning hujjatlari tanlov oʻtadigan yilning 1-oktabriga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etiladi.
21. Tanlovning yakuniy bosqichida eng koʻp ball toʻplagan ishtirokchilar orasidan hakamlar hayʼati qaroriga asosan tanlovning 1, 2, 3-oʻrin sovrindorlari aniqlanadi.
22. Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchilarga qoʻyilgan ballar teng boʻlib qolganda, hakamlar hayʼati raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
23. Ishtirokchilarni baholashda hakamlar hayʼati mustaqildir.
24. Tanlovning yakuniy natijalari hakamlar hayʼatining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
25. Ishtirokchilar hakamlar hayʼati qarori yuzasidan tanlovning har bir bosqichi yakuni boʻyicha bir kun muddatda hakamlar hayʼati raisi nomiga apellyatsiya shikoyati (ariza) berishlari mumkin. Apellyatsiya shikoyati belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi, bir kun muddatda koʻrib chiqilib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va oʻsha kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
26. Tanlov gʻoliblari har bir yoʻnalish boʻyicha diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
1-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobari miqdorida pul mablagʻlari;
2-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari miqdorida pul mablagʻlari;
3-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida pul mablagʻlari.
(26-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
27. Tanlov gʻoliblari boʻlgan oʻquvchi va talabalarning baletmeysterlari (ustoz, oʻqituvchi) va joʻrnavozlari, maxsus musiqa muallifi hamda libos rassomlari faxriy yorliq yoki esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
28. Tanlovning yakuniy bosqichi ishtirokchilariga Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovi ishtirokchisi sertifikati beriladi.
6-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazishni moliyalashtirish
29. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(29-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Bunda, tanlovlar sovrindorlariga toʻlanadigan pul mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
30. Tanlov ishtirokchilarining tanlov oʻtkazilishi belgilangan hududga kelib-ketish, mehmonxona va ovqatlanish xarajatlari ularni tanlovda ishtirok etish uchun yuborayotgan tashkilot hamda muassasalar tomonidan yoki homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
31. Tanlovni oʻtkazish jarayonlari boʻyicha kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan ishlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxatini tasdiqlash

tanlov boshlanishidan
3 oy oldin

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga yetkazish

tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati tasdiqlangandan soʻng 5 kun muddatda

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi

Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxatini ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi akademik litseylar, oliy taʼlim muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, badiiy va ijodiy jamoalarga yetkazish

tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati kelib tushgandan keyin 3 kun muddatda

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlov oʻtkaziladigan sana va muddatni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish

tanlovdan
3 oy oldin

5-bosqich

Tanlov ishtirokchilari

Hujjatlarni taqdim etish

tanlov boshlanishidan
30 kun oldin

6-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi

Tanlovning 1-bosqichini oʻtkazish

tanlov oʻtkaziladigan yilning sentabr oyida

7-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlovning yakuniy bosqichini oʻtkazish

tanlov oʻtkaziladigan yilning oktabr oyida

8-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlov gʻoliblarini taqdirlash

tanlov yakuni boʻyicha

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martdagi 237-son qaroriga
3-ILOVA
Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini (keyingi oʻrinlarda tanlov deb ataladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Tanlov ijro dasturi asosida mazkur Nizomga ilovadagi sxema boʻyicha oʻtkaziladi.
3. Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tanlov boshlanishidan kamida uch oy oldin tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga besh kun muddatda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati kelib tushgandan keyin uch kun muddatda ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi akademik litseylar, oliy taʼlim muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, badiiy va ijodiy jamoalarga yetkaziladi.
4. Tanlov dasturi tasdiqlangandan soʻng unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5. Tanlov 2020-yildan boshlab har ikki yilda bir marta aprel oyida Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
6. Tanlovni oʻtkazishning aniq sanasi va muddati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi hamda ushbu tanlov boshlanishidan uch oy oldin ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha masʼul hisoblanadi.
2-bob. Tanlovning maqsadi
8. Tanlovning maqsadi quyidagilardan iborat:
oʻzbek musiqa ijrochiligi madaniyatini yanada yuksak darajaga koʻtarish, milliy maqom sanʼatini dunyo sahnalariga olib chiqish, iqtidorli yoshlarni kashf etish, ragʻbatlantirish va ularning ijodini targʻib etish;
yosh maqom ijrochilarining isteʼdodi va ijodiy qobiliyatini namoyon etish, ularning ijrochilik koʻnikmalarini yanada rivojlantirish;
yoshlar orasida maqom sanʼatiga boʻlgan qiziqishni oshirish.
3-bob. Tanlovda ishtirok etish shartlari
9. Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi akademik litseylar oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalarining talabalari, oʻqituvchilari, bolalar musiqa va sanʼat maktablarining oʻqituvchilari, badiiy va ijodiy jamoalarning sozandalari va xonandalari ishtirok etishi mumkin.
10. Tanlovda 17 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan xalq cholgʻulari ijrochilari va maqom xonandalari ishtirok etishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Tanlovda ishtirok etishni istagan ijrochilar tanlov boshlanishidan oʻttiz kun oldin Oʻzbek milliy maqom sanʼati markaziga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
tanlovda ishtirok etish uchun maʼlumotnoma (rezyume);
oʻqish yoki ish joyidan berilgan ijodiy tavsifnoma va maʼlumotnoma;
tanlovda ishtirok etish uchun ijro dasturi.
Ijrochilarning pasporti (identifikatsiyalovchi ID-kartasi), maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlari, oʻqish va ish joyidan maʼlumotlar, fotosurati “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
12. Belgilangan muddatdan kech taqdim etiladigan hujjatlar qabul qilinmaydi.
4-bob. Tanlovni oʻtkazish shartlari
13. Ishtirokchilarning tanlov davomidagi tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ijro etish navbati belgilangan tartibda qurʼa tashlash orqali aniqlanadi va ushbu tartib tanlov yakuniga qadar saqlab qolinadi.
14. Asarlar yoddan ijro etiladi.
15. Tanlov quyidagi 9 (toʻqqiz) yoʻnalish (nominatsiya) boʻyicha oʻtkaziladi:
maqom xonandaligi — erkak ovoz;
maqom xonandaligi — ayol ovoz;
nay, qoʻshnay, surnay ijrochiligi;
chang, qonun ijrochiligi;
qashqar rubobi, ud ijrochiligi;
dutor, tanbur, sato ijrochiligi;
gʻijjak ijrochiligi;
doira, nogʻora ijrochiligi;
maqom ansambli.
5-bob. Tanlov ishtirokchilarini baholash va gʻoliblarni taqdirlash
16. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrugʻi bilan 9 — 11 nafar yetakchi mutaxassislardan iborat hakamlar hayʼati tarkibi, uning ish yoʻriqnomasi tasdiqlanadi.
17. Tanlov uch bosqichdan iborat boʻladi.
18. Tanlovning barcha bosqichlarida ishtirokchilarning ijro mahorati hakamlar hayʼatining har bir aʼzosi tomonidan alohida tarzda 25 ballik tizim boʻyicha baholanadi.
19. Tanlovning 1-bosqichida umumiy ball natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchilarning 40 foizi 2-bosqichga, shuningdek, tanlovning 2-bosqichida ham umumiy ball natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchilarning 40 foizi hakamlar hayʼati qaroriga asosan tanlovning yakuniy bosqichiga oʻtkaziladi.
20. Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchilarga qoʻyilgan ballar teng boʻlib qolganda, hakamlar hayʼati raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
21. Tanlovda eng koʻp umumiy ball toʻplagan ishtirokchilar orasidan hakamlar hayʼati qaroriga asosan har bir yoʻnalish (nominatsiya) boʻyicha tanlovning 1, 2, 3-oʻrin sovrindorlari aniqlanadi.
22. Ishtirokchilarni baholashda hakamlar hayʼati mustaqildir.
23. Tanlovning yakuniy natijalari hakamlar hayʼatining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
24. Ishtirokchilar hakamlar hayʼati qarori yuzasidan tanlovning har bir bosqichi yakuni boʻyicha bir kun muddatda hakamlar hayʼati raisi nomiga apellyatsiya shikoyati (ariza) berishlari mumkin. Apellyatsiya shikoyati belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi, bir kun muddatda koʻrib chiqilib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va oʻsha kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
25. Tanlov gʻoliblari har bir yoʻnalish boʻyicha diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
a) maqom xonandaligi va anʼanaviy cholgʻu ijrochiligi boʻyicha (8 ta yoʻnalish):
Oldingi tahrirga qarang.
1-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobari miqdorida pul mablagʻlari;
2-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari miqdorida pul mablagʻlari;
3-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida pul mablagʻlari.
(25-band “a” kichik bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
b) maqom ansambli boʻyicha (1 ta yoʻnalish):
Oldingi tahrirga qarang.
1-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 70 barobari miqdorida pul mablagʻlari;
2-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 60 barobari miqdorida pul mablagʻlari;
3-oʻrin — bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida pul mablagʻlari.
(25-band “a” kichik bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
26. Tanlov gʻoliblari boʻlgan oʻquvchi va talabalarning badiiy rahbari (ustoz, oʻqituvchi) hamda joʻrnavozlari maxsus diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
27. Tanlovning yakuniy bosqichi ishtirokchilariga Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari tanlovi ishtirokchisi” sertifikati beriladi.
6-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazishni moliyalashtirish
28. Tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(28-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Bunda, tanlovlar sovrindorlariga toʻlanadigan pul mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
29. Tanlov ishtirokchilarining tanlov oʻtkazilishi belgilangan hududga kelib-ketish, mehmonxona va ovqatlanish xarajatlari ularni tanlovda ishtirok etish uchun yuborayotgan tashkilot hamda muassasalar tomonidan yoki homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
30. Tanlovni oʻtkazish jarayonlari boʻyicha kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan ishlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxatini tasdiqlash

tanlov boshlanishidan
3 oy oldin

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga yetkazish

tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati tasdiqlangandan soʻng 5 kun muddatda

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi

Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxatini ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi akademik litseylar, oliy taʼlim muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, badiiy va ijodiy jamoalarga yetkazish

tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar roʻyxati kelib tushgandan keyin 3 kun muddatda

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlov oʻtkaziladigan sana va muddatni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish

tanlovdan
3 oy oldin

5-bosqich

Tanlov ishtirokchilari

Hujjatlarni taqdim etish

tanlov boshlanishidan
30 kun oldin

6-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlovni Toshkent shahrida 3 bosqichda oʻtkazish

tanlov oʻtkaziladigan yilning aprel oyida

7-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Tanlov gʻoliblarini taqdirlash

tanlov yakuni boʻyicha

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 09/19/237/2803-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)