|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.09.2020
|
Oʻzbekiston respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash”ga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2025-4]
Mazkur buyruq Oʻzbekistan Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2020-yil 1-maydagi 01/11-15/62-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3239, 04.06.2020-y.) asosan 2020-yil 5-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2009-yil 6-oktabrdagi 01/19-18/20-son qarori (roʻyxat raqami 2025, 2009-yil 28-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 44-son, 474-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor N. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-fevral,
01/10-10/51-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 27-fevraldagi 01/10-10/51-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash”ga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 21-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“buyurtmachi yoki uning vakilidan olingan dastlabki maʼlumotlardan, shuningdek baholovchi tomonidan buxgalteriya, birlamchi va statistik hisob maʼlumotlaridan olingan, baholash obyekti rahbari (balans saqlovchi, emitent) imzosi bilan tasdiqlangan maʼlumotlardan;”.
2. 24-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Buyurtmachi yoki uning vakili taqdim etgan axborot (shu jumladan maʼlumotnomalar, jadvallar, buxgalteriya balanslari), shuningdek baholovchining oʻzi bevosita yiqqan axborot shu axborotni taqdim etgan tashkilot rahbari tomonidan imzolangan holdagina ishonchli deb hisoblanadi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/2025-4/2736-son)