Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.12.2021
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
TARBIYALASh (PATRONAT) UChUN OILALARGA BERILADIGAN YETIM BOLALARNI KIYIM-BOSh, POYABZAL BILAN TA’MINLASh HAMDA BOLANI O‘Z TARBIYASIGA OLGAN TUTINGAN OTA-ONALARGA HAR OYLIK NAFAQA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 18-noyabrda 1189-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashning 2002-2003-yillarda mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 33-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan ta’minlash hamda bolani o‘z tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
3. Qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamizda qoldiramiz.
Xalq ta’limi vaziri R. JO‘RAYEV
Toshkent sh.,
2002-yil 21-oktabr,
87-son
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2002-yil 21-oktabr,
121-son
O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligi va
Moliya vazirligining
2002-yil 21-oktabrdagi
87, 121-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan ta’minlash hamda bolani o‘z tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-son “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-yil, 2-son, 22-modda) muvofiq ishlab chiqilgan.
1. Yetim bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 171-son qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida Nizom” ga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-yil, 4-son, 18-modda) amalga oshiriladi.
2. Tutingan ota-onalar oilaga tarbiyaga olingan bolani joriy yil uchun zarur bo‘lgan kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash maqsadida bola oilaga tarbiyaga olingan kundan boshlab bir hafta muddat ichida, keyingi yil uchun esa, joriy yilning 15-dekabrigacha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tuzilgan buyurtmani (bundan buyon matnda buyurtma deb yuritiladi) tegishli xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlariga beradi. Buyurtmada bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi, jinsi, mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan norma va ro‘yxatga asosan kelgusi mavsumlarni hisobga olgan holda zarur bo‘lgan barcha kiyim-bosh va poyabzal (ularning turi (nomi), soni, o‘lchami) va ularning bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda o‘rtacha narxi to‘liq ko‘rsatiladi.
Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari joriy yil uchun taqdim etilgan buyurtmalarni qabul qilib olgan kundan boshlab uch kun ichida, keyingi yil uchun taqdim etilgan buyurtmalarni esa, joriy yilning 25-dekabrigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga (bundan buyon matnda xalq ta’limi boshqarmalari deb yuritiladi) topshirishi lozim.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 21-mh, 84-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1189-1, 14.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 532-modda)
3. Kiyim-bosh va poyabzal uchun qilinadigan xarajatlar miqdori xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari taqdim etgan buyurtmaga muvofiq xalq ta’limi boshqarmalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari bilan kelishilgan hisob-kitoblari asosida belgilanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 21-mh, 84-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1189-1, 14.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 532-modda)
4. Bolalarga beriladigan kiyim-bosh va poyabzal uchun zarur mablag‘ bolaning qaysi tarbiya yoki davolash muassasalari yoxud aholini ijtimoiy himoyalash muassasalardan olinishidan qat’i nazar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli qarorlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan ajratiladi va xalq ta’limi boshqarmalari orqali beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 21-mh, 84-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1189-1, 14.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 532-modda)
5. Oilaga tarbiyaga olingan bola uchun kiyim-bosh va poyabzal sotib olishga ajratilgan mablag‘lar tutingan ota-onalarga naqd pul shaklida yoki ularning bank plastik kartasiga pul o‘tkazish yo‘li bilan beriladi.
Tarbiyalash uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarga kiyim-bosh va poyabzal sotib olish uchun ajratilgan mablag‘lardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 21-mh, 84-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1189-1, 14.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 532-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 21-mh, 84-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1189-1, 14.10.2015-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 532-modda)
7. Tarbiyaga olingan bolaga zarur kiyim-bosh va poyabzal sotib olish uchun ajratilgan mablag‘lar tutingan ota-onalarga ular tomondan taqdim etilgan buyurtmaga asosan bola tarbiyaga olingan kundan boshlab bir oy muddat ichida beriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 21-mh, 84-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1189-1, 14.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 532-modda)
8. Tutingan ota-onalar oilaga tarbiyaga olingan bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal bo‘yicha hisobotni mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda tayyorlaydi va uni har yilning 10-yanvarigacha xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlariga taqdim etadi. Bunda hisobotga kiyim-bosh va poyabzalni sotib olganligini tasdiqlovchi hujjatlar (kassa cheki yoxud tovarga haq to‘langanligini tasdiqlaydigan chekka tenglashtirilgan hujjat) ilova qilinadi.
Hisobotlar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tasdiqlanib, tegishli xalq ta’limi boshqarmalariga yuboriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 21-mh, 84-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1189-1, 14.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 532-modda)
9. Davlatga qarashli bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan bola tarbiyalash (patronat) uchun oilaga berilganda muassasaning xarajatlar smetasi shu vaqtdan boshlab, ushbu bolaga sarflanadigan xarajatlar miqdorida qisqartiriladi.
10. Bolaning qaysi tarbiya yoki davolash muassasalari yoxud aholini ijtimoiy himoyalash muassasalardan olinishidan qat’i nazar, tutingan ota-onalarga o‘z tarbiyasiga olgan har bir bola uchun eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida har oylik nafaqa to‘lanadi. Mazkur xarajatlar uchun sarflanishi ko‘zda tutilgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori asosida xalq ta’limi boshqarmalari orqali beriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 21-mh, 84-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1189-1, 14.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 532-modda)
11. Tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa to‘lash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash xarajatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg‘armalaridan budjet tizimi budjetlari xarajatlar tasnifining tegishli moddasi bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlanadi va buxgalteriya hisobida ham shu modda bo‘yicha aks ettiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 21-mh, 84-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1189-1, 14.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 532-modda)
12. Xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan har oyning 10-sanasigacha tutingan ota-onalarga oylik nafaqalar naqd pul shaklida yoki ularning bank plastik kartasiga pul o‘tkazish yo‘li bilan beriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 21-mh, 84-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1189-1, 14.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 532-modda)
13. Bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal xarajatlari hisoboti, shuningdek, tutingan ota-onalarga har oylik nafaqalar berilgani haqidagi hisobotlar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda mablag‘larni ajratgan tegishli moliya organlariga topshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 21-mh, 84-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1189-1, 14.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 532-modda)
14. Kiyim-bosh va poyabzal xarajatlari hamda tutingan ota-onalarga har oylik nafaqalar uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha javobgarlik xalq ta’limi boshqarmalari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 21-mh, 84-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1189-1, 14.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 532-modda)
15. Bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri taqsimlanishi hamda sarflanishini nazorat qilish ushbu xarajatlarni moliyalashtiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari zimmasiga yuklatiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 21-mh, 84-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1189-1, 14.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 532-modda)
16. Ushbu Nizomning matni belgilangan tartibda xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarida, shuningdek tarbiya va davolash muassasalari hamda aholini ijtimoiy himoyalash muassasalarida barchaga ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
Bolani oilaga tarbiyaga olayotgan tutingan ota-onalar bilan shartnoma tuzilayotganda ularga mazkur Nizom talablari tushuntirilishi shart.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 21-mh, 84-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1189-1, 14.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 532-modda)
17. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari bilan kelishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2002-yil 21-oktabr
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2002-yil 21-oktabr
Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga
berilgan yetim bolalarni kiyim-bosh
va poyabzal bilan ta’minlash hamda
bolani o‘z tarbiyasiga olgan tutingan
ota-onalarga har oylik nafaqa to‘lash
tartibi to‘g‘risida Nizomga
1-ILOVA

‎‎‎‎‎‎Oilaga tarbiyaga olingan bolaga kiyim-bosh va poyabzal olish uchun ‎‎
‎BUYuRTMA
‎ ‎

‎‎____________________________________
‎(oilaga tarbiyaga olingan bolaning F.I.O.)
‎____________________________________
‎(bolaning yoshi)
‎____________________________________
‎(bolaning jinsi)

T/r‎

‎‎Kiyim-bosh va poyabzalning nomi

‎‎Soni (dona, juft, komplekt)‎

Kiyim-bosh va poyabzalning o‘lchami‎‎

Kiyim-bosh va poyabzalning o‘rtacha narxi

1.‎

2.‎

3.‎

‎‎Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi mudiri

‎‎__________________________________
‎(F.I.O.)
‎____________________
‎(imzo)

__________________________________
‎(tutingan ota (ona)ning F.I.O.)
‎__________________________________
‎___________________

M.O‘.‎

‎‎(imzo)

‎‎20____ yil “___” _________________

‎‎20___ yil “___” ________________

‎‎Manzil: _______________________________
‎______________________________________
‎______________________________________
‎______________________________________
‎‎Manzil: ______________________________ ‎_____________________________________ ‎_____________________________________ ‎_____________________________________
‎Bank nomi:____________________________
‎Hisobvaraq raqami:____________________
‎____________________________________
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 21-mh, 84-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1189-1, 14.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 532-modda)
Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga
berilgan yetim bolalarni kiyim-bosh
va poyabzal bilan ta’minlash hamda
bolani o‘z tarbiyasiga olgan tutingan
ota-onalarga har oylik nafaqa to‘lash
tartibi to‘g‘risida Nizomga
2-ILOVA
Oilaga tarbiyaga olingan bolaga kiyim-bosh va poyabzal berish
NORMASI VA RO‘YXATI

T/r

Kiyim-bosh va poyabzalning turi (nomi)

O‘lchov birligi

3 yoshgacha bo‘lgan har bir bolaga

Maktabgacha yoshdagi har bir bolaga (3 6 (7) yosh)

Maktab yoshidagi har bir bolaga (6 (7) 17 yosh)

soni

foydalanish muddati (yil)

soni

foydalanish muddati (yil)

soni

foydalanish muddati (yil)

1.

Kurtka-kombinezon

Dona

1

2

2.

Kurtka

Dona

1

2

1

2

3.

Palto

Dona

1

2

4.

O‘g‘il bolalar kostyumi

Dona

1

2

1

2

1

2

5.

Maktab formasi (o‘g‘il bola uchun qora shim, oq ko‘ylak, qiz bola uchun kofta va yubka)

Komplekt

1

1

6.

O‘g‘il bolalar ko‘ylagi

Dona

2

1

2

1

2

1

7.

Qiz bolalar ko‘ylagi (shoyi va ip gazlama bluzka)

Dona

2

1

2

1

2

1

8.

Qiz bolalar xalati

Dona

1

1

1

1

9.

Sviter (Djemper)

Dona

1

2

1

2

10.

Yozgi bayram k�ylagi

Dona

1

1

1

1

11.

Qishki bosh kiyim

Dona

1

1

1

1

1

12.

Qiz bolalar trikosi

Dona

1

1

1

1

13.

Kolgotka

Dona

2

1

2

1

2

1

14.

Ichki kiyim to‘plami ( o‘g‘il va qiz bolalar uchun)

Dona

2

1

2

1

2

1

15.

Sport kostyumi

Komplekt

1

1

1

1

16.

Keda yoki krossovka

Juft

1

1

17.

Paypoq, golf

Juft

2

1

2

1

18.

Tufli, sandalet

Juft

1

1

1

1

19.

Tapochka

Juft

1

1

1

1

1

1

20.

Etik yoki botinka

Juft

1

1

1

1

1

1

21.

Qiz bolalar uchun siynaband

Dona

1

1

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 21-mh, 84-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1189-1, 14.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 532-modda)
Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga
berilgan yetim bolalarni kiyim-bosh
va poyabzal bilan ta’minlash hamda
bolani o‘z tarbiyasiga olgan tutingan
ota-onalarga har oylik nafaqa to‘lash
tartibi to‘g‘risida Nizomga
3-ILOVA

‎‎“T A S D I Q L A Y M A N”
‎__________________________________
‎__________________________________
‎(xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi mudirining F.I.O.)
‎______________________
‎(imzo)
‎20__ yil “___” ________

‎‎Oilaga tarbiyaga olingan bola uchun 20___ yilda sotib olingan
‎kiyim-bosh va poyabzal bo‘yicha
‎HISOBOT

‎‎Men, ________________________________________, 20___ yil “____” ______________da

‎‎(tutingan ota (ona)ning F.I.O.)

‎‎________________________________________________________________ bilan tuzilgan

‎‎(vasiylik va homiylik organining nomi)

‎‎____-sonli shartnomaga asosan voyaga yetmagan ____________________________________ ni

‎‎‎‎(oilaga tarbiyaga olingan bolaning F.I.O.)

‎‎oilaga tarbiyaga olganman.
‎‎Hisobot davrida tarbiyamda bo‘lgan ___________________________________________ uchun

‎‎(oilaga tarbiyaga olingan bolaning F.I.O.)

‎‎quyidagi kiyim-bosh va poyabzallarni sotib oldim.

T/r‎

Kiyim-bosh va poyabzalning turi (nomi)‎

Soni
‎(dona, juft, komplekt) ‎‎

Olingan kiyim-bosh va poyabzalning narxi (so‘m) ‎‎

1.‎

2.‎

3.‎

‎‎Kiyim-bosh va poyabzal sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (kassa cheki yoxud tovarga haq to‘langanligini tasdiqlaydigan chekka tenglashtirilgan hujjatlar)ni ilova qilinmoqda.

‎‎________________________________
‎(tutingan ota (ona)ning F.I.O.)

‎‎____________
‎(imzo)

‎‎____________
‎(sana)

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 21-mh, 84-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1189-1, 14.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 41-son, 532-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 22-son; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 41-son, 532-modda)