

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4168220" id="onLBC-4168220">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6891"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4168220" id="onLS-4168220">[<b>TSZ:</b><div id="LS3739"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Sanoat]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4168272" id="-4168272">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4168274" id="-4168274">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4168275" id="-4168275">Kon-metallurgiya tarmogʻi korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4168277" id="-4168277"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169147" id="-4169147">Respublikada togʻ-kon va qayta ishlash korxonalari quvvatlarini oshirish maqsadida mineral-xom ashyo bazasidan foydalanish va qayta ishlash samaradorligini oshirish, investitsiyalarni faol jalb etish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169150" id="-4169150">Kon-metallurgiya tarmogʻining yirik korxonalari — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK (keyingi oʻrinlarda — “Navoiy KMK” DK), “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (keyingi oʻrinlarda — “Olmaliq KMK” AJ) va “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJda strategik turdagi mahsulotlar, jumladan oltin, kumush, mis, rux va poʻlat prokati kabi mahsulotlar, shuningdek 20 dan ortiq turdagi boshqa sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169154" id="-4169154">Soʻnggi ikki yil davomida kon-metallurgiya tarmogʻining yirik korxonalarini jadal rivojlantirish, modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan uzoq muddatli dasturlar qabul qilindi. 2026-yilgacha “Navoiy KMK” DKda mahsulot ishlab chiqarish hajmini 30 foizga, “Olmaliq KMK” AJga 2,9 mlrd. AQSH dollari miqdorida investitsiyalar jalb etish va 2023-yilgacha mis ishlab chiqarish hajmini 28 foizga, rux ishlab chiqarish hajmini 75 foizga oshirish koʻzda tutilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169158" id="-4169158">Shu bilan birga, kon-metallurgiya tarmogʻining yirik korxonalaridagi mavjud boshqaruv tuzilmasi, foydali qazilmalar zaxiralarining hisobini yuritish va baholash uslublari, moliyaviy hisobotlarning eskirgan shakllari ishlab chiqarishning oʻsishiga va investitsiyaviy jozibadorlikning oshishiga toʻsqinlik qilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169162" id="-4169162">Kon-metallurgiya tarmogʻining yirik korxonalari raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish maqsadida investitsiyalarni jalb etishga qoʻshimcha sharoitlar yaratish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha <a href="/ru/acts/-3107036#-3109146">Harakatlar strategiyasida </a>belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4169165" id="onLBC-4169165">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6751"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot;</span></div><div id="LBC6849"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169165" id="-4169165">1. Belgilansinki, kon-metallurgiya tarmogʻining yirik korxonalari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169168" id="-4169168">a) 2019-yil yakunidan boshlab:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169171" id="-4169171">moliyaviy hisobotlarni majburiy tartibda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida tuzadi va xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb etgan holda mustaqil tashqi auditni oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169174" id="-4169174">aktivlarni sotish rentabelligi, aktiv va majburiyatlarning aylanishi, shuningdek xalqaro fond birjalari va moliya institutlari talablariga asosan belgilanadigan boshqa koʻrsatkichlar darajasi boʻyicha minimal talablarni amaliyotga joriy qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169177" id="-4169177">b) 2020-yil yakunidan boshlab:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169180" id="-4169180">Hisob va hisobot boʻyicha xalqaro standartlar (ISAR) prinsiplari va talablari asosida korporativ oshkoralikni tatbiq etadi; </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4169183" id="onLBC-4169183">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6163"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek,  07.29.00.00 ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169183" id="-4169183">Global tashabbuskorlik hisobotiga (GRI) muvofiq hisobotlarni, shu jumladan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik masalalar boʻyicha chop etadi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4760207" id="edi-4760207"><a href="/ru/acts/-4168220?ONDATE=18.01.2019 00#-4169186">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4760207" id="-4760207"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4760213" id="-4760213">2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Navoiy KMK” DK negizida qimmatbaho metallar qazib chiqarish va qayta ishlash boʻyicha aksiyadorlik jamiyatini, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etilmagan va asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan aktivlardan samarali va oqilona foydalanish uchun davlat muassasasini tashkil qilish, keyinchalik “Navoiy KMK” DKni uran va noyob metallar qazib chiqarish va qayta ishlash boʻyicha davlat korxonasi etib oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4760226" id="-4760226">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-sonli <a href="/ru/acts/-4755119?ONDATE=06.03.2020 00#-4756486">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169189" id="-4169189">3. Kon-metallurgiya tarmogʻini isloh qilish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) <a href="/ru/acts/-4168220#-4169288">ilovaga</a> muvofiq tarkibda tashkil etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169192" id="-4169192">Quyidagilar Respublika komissiyasining (A.N. Aripov) asosiy vazifalari etib belgilansin:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4169195" id="onLBC-4169195">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6157"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;</span></div><div id="LBC6144"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169195" id="-4169195">a) 2019-yil 1-martga qadar “Navoiy KMK” DKni qayta tashkil etish va korporativ boshqarishning zamonaviy usullarini tatbiq etish, shuningdek mazkur qarorda nazarda tutilgan talablarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash; </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4169196" id="onLBC-4169196">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6116"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;</span></div><div id="LBC6885"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169196" id="-4169196">b) kon-metallurgiya tarmogʻining yirik korxonalarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirishning uzoq muddatli dasturlarini jadal amalga oshirish boʻyicha vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish; </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4169199" id="onLBC-4169199">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC22722"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;</span></div><div id="LBC7057"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169199" id="-4169199">v) 2019-yil 1-mayga qadar kon-metallurgiya tarmogʻining yirik korxonalariga berilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qayta koʻrib chiqish va unifikatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash; </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4169202" id="onLBC-4169202">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6157"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;</span></div><div id="LBC6695"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari;</span></div><div id="LBC6746"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;</span></div><div id="LBC6891"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169202" id="-4169202">g) 2019-yil 1-iyulga qadar xalqaro moliya institutlari va konsalting tashkilotlarini jalb etgan holda quyidagilarning aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond bozorlarida ommaviy ravishda birlamchi va ikkilamchi joylashtirish orqali investorlarni jalb etishni nazarda tutuvchi Kon-metallurgiya tarmogʻining yirik korxonalarini isloh qilish va rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169206" id="-4169206">“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ — 2022-yilda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169209" id="-4169209">“Olmaliq KMK” AJ — 2023-yilda;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4760240" id="edi-4760240"><a href="/ru/acts/-4168220?ONDATE=18.01.2019 00#-4169211">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4760240" id="-4760240"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4760245" id="-4760245">“Navoiy KMK” DK negizida tashkil qilinayotgan qimmatbaho metallarni qazib chiqarish va qayta ishlash boʻyicha aksiyadorlik jamiyati — 2023-yilda. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4760260" id="-4760260">(3-band “g” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-sonli <a href="/ru/acts/-4755119?ONDATE=06.03.2020 00#-4756488">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4169215" id="onLBC-4169215">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6281"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.23.00 Mol-mulkni ishonchli boshqarish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169215" id="-4169215">d) 2019-yil 1-dekabrga qadar “Navoiy KMK” DKni qayta tashkil etish bilan bogʻliq jarayonlarni yakunlash hamda yangi tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatidagi davlat ulushini professional boshqaruv kompaniyalariga tanlov asosida ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha taklif kiritish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169218" id="-4169218">Respublika komissiyasi aʼzolariga mazkur qarorda belgilangan tadbirlarning samarali bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169221" id="-4169221">4. “Navoiy KMK” DK Kuzatuv kengashi:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4169226" id="onLBC-4169226">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6119"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169226" id="-4169226">a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan birgalikda:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4169229" id="onLBC-4169229">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6119"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;</span></div><div id="LBC6163"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek,  07.29.00.00 ga qarang);</span></div><div id="LBC9516"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.06.00 Inventarizatsiya qilish va qayta baholash, qayta baholash, hisobdan chiqarish;</span></div><div id="LBC6893"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169229" id="-4169229">bir oy muddatda xalqaro maslahatchi va ekspertlarni jalb etgan holda “Navoiy KMK” DK mulklarini inventarizatsiya qilish boʻyicha komissiya va “Navoiy KMK” DK tizimiga kiruvchi alohida tarkibiy boʻlinmalar boʻyicha ishchi guruhlarni shakllantirsin, ularning vazifalari sifatida “Navoiy KMK” DKning barcha aktiv va majburiyatlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish, shuningdek “Navoiy KMK” DK Kuzatuv kengashiga va Agentlikka 2019-yil 1-mayga qadar muddatda ishchi guruhlarning oraliq hisobotlarini hamda 2019-yil 1-iyulga qadar ishchi guruhlar va komissiyaning yakuniy hisobotini taqdim etishni belgilasin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169232" id="-4169232">inventarizatsiya yakunlari boʻyicha ikki oy muddatda xalqaro amaliyotda umumeʼtirof etilgan uslublar asosida “Navoiy KMK” DKning ishlab chiqarish va boshqa aktivlari qiymatini baholash, shuningdek “Navoiy KMK” DK mehnat jamoasi yashashi uchun zarur sharoitlar yaratilishini va ularga xizmat koʻrsatilishini taʼminlagan holda ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etmaydigan infratuzilma, ijtimoiy va boshqa ixtisoslashmagan obyektlarni xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish va ixtisoslashgan davlat tashkilotlariga topshirish orqali ulardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar kiritsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169235" id="-4169235">b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-martga qadar xalqaro maslahatchi va ekspertlarni jalb qilgan holda “Navoiy KMK” DKning balansida boʻlgan va zaxiralari Qidiruv natijalari, mineral resurslar va ruda zaxiralari hisoboti Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlariga muvofiq qayta baholanadigan konlar roʻyxatini tasdiqlasin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169238" id="-4169238">v) 2019-yil 1-mayga qadar “Navoiy KMK” DKning Kuzatuv kengashi tarkibiga yetarli tajriba va malakaga ega boʻlgan mutaxassislarni jalb etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4169240" id="onLBC-4169240">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6119"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;</span></div><div id="LBC7285"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169240" id="-4169240">5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda kon-metallurgiya tarmogʻi yirik korxonalarining rejim-maxfiy boʻlimlari xodimlarining shtat birliklarini optimallashtirishni nazarda tutuvchi ishlab chiqariladigan va sotiladigan oltin hajmlari koʻrsatkichlari bilan bogʻliq maxfiylik rejimini bekor qilish choralarini koʻrsin. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4169241" id="onLBC-4169241">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6117"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;</span></div><div id="LBC6690"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169241" id="-4169241">6. Belgilansinki, kon-metallurgiya tarmogʻi yirik korxonalarining oddiy aksiyalari boʻyicha dividendlarni hisoblash Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda belgilanadigan miqdorlarda har chorakda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169243" id="-4169243">7. Agentlik:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4169244" id="onLBC-4169244">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6119"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;</span></div><div id="LBC6235"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;</span></div><div id="LBC6281"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.23.00 Mol-mulkni ishonchli boshqarish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169244" id="-4169244">a) zarur boʻlganda, mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, kon-metallurgiya sohasidagi yirik korxonalarning davlat ulushini ishonchli boshqarish boʻyicha investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar bilan avval tuzilgan shartnomalarning qayta koʻrib chiqilishini hamda qayta rasmiylashtirilishini taʼminlasin; </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4169245" id="onLBC-4169245">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6055"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169245" id="-4169245">b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169246" id="-4169246">ikki oy muddatda qonun hujjatlariga portlovchi moddalarni hamda ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va asbob-uskunalarni ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanadigan davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish imkoniyatini koʻzda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4169247" id="onLBC-4169247">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6067"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169247" id="-4169247">2019-yil 30-avgustga qadar xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini kiritsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6936342" id="-6936342">Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-6401697">Qonuni</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169248" id="-4169248">8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4169249" id="-4169249">9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4169250" id="-4169250">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4169252" id="-4169252">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4169254" id="-4169254">2019-yil 17-yanvar,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4169255" id="-4169255">PQ-4124-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4169288" id="-4169288"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4169289" id="-4169289">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4124-son <a href="/ru/acts/-4168220">qaroriga</a> <br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4169291" id="-4169291">Kon-metallurgiya tarmogʻini isloh qilish boʻyicha Respublika komissiyasi</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4169294" id="-4169294">TARKIBI</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5045005" id="edi-5045005"><a href="/ru/acts/-4168220?ONDATE=18.01.2019 00#-4169297">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5045005" id="-5045005"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5045006" id="-5045006"><table style="BORDER-COLLAPSE: collapse; BACKGROUND: white" border="0" cellspacing="0" cellpadding="0" width="100%">
<tbody>
<tr style="PAGE-BREAK-INSIDE: avoid">
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="12%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">A.N. Aripov </span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="2%">
<p style="MARGIN: 0cm 0cm 8pt"><span>—</span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="84%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; MARGIN: 0cm 0cm 0pt 1.5pt"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri </span><i><span style="FONT-SIZE: 12pt">Komissiya raisi</span></i></p></td></tr>
<tr style="PAGE-BREAK-INSIDE: avoid">
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="12%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">J.A. Qoʻchqorov </span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="2%">
<p style="MARGIN: 0cm 0cm 8pt"><span>—</span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="84%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; MARGIN: 0cm 0cm 0pt 1.5pt"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri, <i>Komissiya raisining oʻrinbosari</i></span></p></td></tr>
<tr style="PAGE-BREAK-INSIDE: avoid">
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="12%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">B.M. Mavlonov </span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="2%">
<p style="MARGIN: 0cm 0cm 8pt"><span>—</span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="84%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; MARGIN: 0cm 0cm 0pt 1.5pt"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari </span></p></td></tr>
<tr style="PAGE-BREAK-INSIDE: avoid">
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="12%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">G.K. Saidova </span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="2%">
<p style="MARGIN: 0cm 0cm 8pt"><span>—</span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="84%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; MARGIN: 0cm 0cm 0pt 1.5pt"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari</span></p></td></tr>
<tr style="PAGE-BREAK-INSIDE: avoid">
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="12%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">B.A. Xodjayev </span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="2%">
<p style="MARGIN: 0cm 0cm 8pt"><span>—</span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="84%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; MARGIN: 0cm 0cm 0pt 1.5pt"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri </span></p></td></tr>
<tr style="PAGE-BREAK-INSIDE: avoid">
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="12%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">B.F. Islamov </span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="2%">
<p style="MARGIN: 0cm 0cm 8pt"><span>—</span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="84%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; MARGIN: 0cm 0cm 0pt 1.5pt"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi</span></p></td></tr>
<tr style="PAGE-BREAK-INSIDE: avoid">
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="12%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">B.A. Musayev </span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="2%">
<p style="MARGIN: 0cm 0cm 8pt"><span>—</span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="84%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; MARGIN: 0cm 0cm 0pt 1.5pt"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi</span></p></td></tr>
<tr style="PAGE-BREAK-INSIDE: avoid">
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="12%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">A.X. Abdullayev </span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="2%">
<p style="MARGIN: 0cm 0cm 8pt"><span>—</span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="84%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; MARGIN: 0cm 0cm 0pt 1.5pt"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi </span></p></td></tr>
<tr style="PAGE-BREAK-INSIDE: avoid">
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="12%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">M.Sh. Istamov </span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="2%">
<p style="MARGIN: 0cm 0cm 8pt"><span>—</span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="84%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; MARGIN: 0cm 0cm 0pt 1.5pt"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari </span></p></td></tr>
<tr style="PAGE-BREAK-INSIDE: avoid">
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="12%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">N.S. Joʻrayev </span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="2%">
<p style="MARGIN: 0cm 0cm 8pt"><span>—</span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="84%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; MARGIN: 0cm 0cm 0pt 1.5pt"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori</span></p></td></tr>
<tr style="PAGE-BREAK-INSIDE: avoid">
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="12%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Sh.A. Vafayev </span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="2%">
<p style="MARGIN: 0cm 0cm 8pt"><span>—</span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="84%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; MARGIN: 0cm 0cm 0pt 1.5pt"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori </span></p></td></tr>
<tr style="PAGE-BREAK-INSIDE: avoid">
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="12%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">K.S. Sanakulov </span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="2%">
<p style="MARGIN: 0cm 0cm 8pt"><span>—</span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="84%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; MARGIN: 0cm 0cm 0pt 1.5pt"><span style="FONT-SIZE: 12pt">“Navoiy KMK” DK bosh direktori </span></p></td></tr>
<tr style="PAGE-BREAK-INSIDE: avoid">
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="12%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; MARGIN: 0cm 0cm 0pt 1.5pt"><span style="FONT-SIZE: 12pt">A. Xursanov </span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="2%">
<p style="MARGIN: 0cm 0cm 8pt"><span>—</span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="84%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; MARGIN: 0cm 0cm 0pt 1.5pt"><span style="FONT-SIZE: 12pt">“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi </span></p></td></tr>
<tr style="PAGE-BREAK-INSIDE: avoid">
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="12%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">T.T. Azamatov </span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="2%">
<p style="MARGIN: 0cm 0cm 8pt"><span>—</span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="84%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; MARGIN: 0cm 0cm 0pt 1.5pt"><span style="FONT-SIZE: 12pt">“Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi v.b.</span></p></td></tr>
<tr style="PAGE-BREAK-INSIDE: avoid">
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="12%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">B.B. Sidikov </span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="2%">
<p style="MARGIN: 0cm 0cm 8pt"><span>—</span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #ece9d8; BORDER-LEFT: #ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #ece9d8; BORDER-RIGHT: #ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="84%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; MARGIN: 0cm 0cm 0pt 1.5pt"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamenti mudiri, <i>Komissiya masʼul kotibi</i></span></p></td></tr></tbody></table></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-5045012" id="-5045012">Izoh. Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5045016" id="-5045016">(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli <a href="/ru/acts/-5019106?ONDATE=28.09.2020 00#-5022004">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4168276" id="-4168276">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 07/19/4124/2499-son; 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
