Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mehnatga haq toʻlash tizimini yanada takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ijtimoiy va uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilashning samarali mexanizmlarini yaratish maqsadida:
1. Tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut deb yuritiladi) xodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlari Yagona tarif setkasi boʻyicha 1-ilovaga muvofiq;
Institutdagi mehnat stajini hisobga olgan holda uzoq muddat xizmat qilganlik uchun Institut xodimlarining lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlar miqdorlari 2-ilovaga muvofiq.
Belgilansin:
Institut xodimlari (yordamchi xodimlar bundan mustasno):
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari davlat xizmatchilariga nazarda tutilgan lavozim maoshlariga 40 foiz ustama (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti);
qonunchilikda belgilangan ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalarni hisoblashda lavozim maoshlariga qoʻshilgan alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshlariga 15 foiz ustama.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish Maxsus jamgʻarmasi Institutning mehnatga haq toʻlash yillik jamgʻarmasining 25 foizi miqdorida shakllantiriladi;
Yagona tarif setkasi boʻyicha tasdiqlangan mehnatga haq toʻlash razryadlariga muvofiq Institut xodimlarining lavozim maoshlari belgilanganda tarif koeffitsiyenti ikki baravar darajada qoʻllaniladi;
Oʻz vazifalarini vijdonan bajargan, shuningdek, oʻta muhim va masʼuliyatli ishni vijdonan bajargan institut xodimlarini mukofotlash uchun yiliga uch oylik ish haqi jamgʻarmasi miqdorida pul mablagʻlari ajratiladi;
Institut shtat birliklari toʻliq butlanmaganligi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlar Institut xodimlarini ularga mukofotlar toʻlash tarzida moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilishi mumkin;
oylik ish haqi jamgʻarmasi miqdoridagi mablagʻlar yiliga institut xodimlariga moddiy yordam koʻrsatish uchun ajratiladi;
Falsafa fanlari nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D)ilmiy darajasiga (yoki xorijiy davlatlarning boshqa tenglashtirilgan ilmiy darajalariga) ega boʻlgan institut xodimlariga har oyda lavozim ish haqqining 30 foizi miqdorida ustamalar, fan doktori (yoki xorijiy davlatlarning boshqa tenglashtirilgan ilmiy darajalari) ilmiy darajasiga ega boʻlganlarga har oyda lavozim ish haqining 35 foizi miqdorida ustamalar ajratiladi.
3. Institut xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31 oktabrdagi “Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va davlat soliq xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 312-sonli qarori amal qilinishi taʼminlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ijtimoiy soha uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan budjet mablagʻlarini ajratadi va 2019-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ularni nazarda tutadi.
5. Institut Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqadigan qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-iyul,
PQ-3850-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PQ-3850-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti xodimlariga yagona tarif rejasi boʻyicha haq toʻlash
RAZRYADLARI
| Lavozimlar nomlari | Tarif razryadi | |
Direktor | 21 | |
Direktorning birinchi Oʻrinbosari | 21 | |
Direktorning oʻrinbosari | 20 | |
Direktor maslahatchisi — departament boshligʻi | 20 | |
Markaz rahbari | 19 | |
Kafedra mudiri | 18 | |
| Bosh ilmiy xodim | 17 | |
| Bosh buxgalter | 17 | |
Yetakchi ilmiy xodim | 16 | |
Kadrlar boʻyicha bosh inspektor | 16 | |
Yurist | 16 | |
Rejim va maxfiylik boʻyicha katta inspektor | 15 | |
Rejalashtiruvchi iqtisodchi | 14 | |
| Kutubxona mudiri | 14 | |
Kadrlar boʻyicha katta inspektor | 13 | |
| Kanselariya boʻyicha mudir | 13 | |
| Yetakchi mutaxassis | 13 | |
| Buxgalter kassir | 12 | |
| Xaydovchi | 4 |
Norasmiy tarjima. 1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martadagi PQ-4228-sonli qarori tahririda. Rasmiy matnni rus tilida qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PQ-3850-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti xodimlarining uzoq muddat xizmat qilganlik uchun lavozim maoshiga qoʻshimcha toʻlovlar
MIQDORLARI
T/r | SMTIdagi umumiy ish staji | Lavozim maoshiga qoʻshimcha toʻlovlar miqdorlari (foizlarda) |
1. | 2 dan 5 yilgacha | 10 |
2. | 5 dan 10 yilgacha | 20 |
3. | 10 dan 15 yilgacha | 30 |
4. | 15 dan 20 yilgacha | 40 |
5. | 20 dan 25 yilgacha | 50 |
6. | 25 yildan ziyod | 60 |