1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-sonli “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻtgan davrda mamlakatning sud-huquq sohasida chinakam mustaqil sud hokimiyatini shakllantirish va uning nufuzini oshirish, sudlar faoliyatida odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha qonuniylikni taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, sud-huquq sohasida kadrlar tayyorlashning amaldagi tizimi tahlili professional va yetuk sudyalik korpusini shakllantirish uchun zarur yuqori standartlarni joriy etishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan qator muammolar mavjudligini koʻrsatdi, xususan:
birinchidan, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlashning amaldagi tartibi samarasi past boʻlib, koʻp resurs sarflashni talab etadi, bu sud kadrlarining malakali zaxirasini shakllantirishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
ikkinchidan, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishning amaldagi oʻquv rejalari va dasturlari, shuningdek bu boradagi ishlarni tashkil etishga doir yondashuvlar oʻquv jarayonining huquqni qoʻllash amaliyoti bilan bogʻliqligini lozim darajada taʼminlamayapti va zamonaviy talablarga javob bermayapti;
uchinchidan, sudyalikka nomzodlarning stajirovkasini ularni asosiy ish joyidan ajralmagan holda tashkil etishning samarasiz tizimi ular tomonidan zarur amaliy koʻnikmalarni egallashni ragʻbatlantirmayapti;
toʻrtinchidan, eskirgan oʻquv-uslubiy baza va ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda oʻquv jarayonining huquqni qoʻllash amaliyoti bilan uzviy bogʻliq emasligi tinglovchilarda qarorlar qabul qilishda ijodiy yondashuvsiz “qolipli fikrlash”ning shakllanishiga olib kelmoqda.
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni hisobga olgan holda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimining asosiy vazifalari etib belgilansin:
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishning yagona tizimini tashkil etish;
sudyalik lavozimlariga nomzodlarda nazariy bilimlar, kasbiy etika, psixologiya, ishchanlik muloqoti va vaqtni boshqarish koʻnikmalari, muzokaralar olib borish taktikasi, axborot bilan ishlash texnologiyasi, huquq normalariga sharh berish va qoʻllashni rivojlantirish;
sudyalik lavozimlariga nomzodlar stajirovka oʻtashining sifat jihatdan yangi tizimini tashkil etish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot faoliyati va oʻquv jarayoni bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlash;
ish yuritish va tanqidiy tahlil qilish, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda asoslangan qarorlar qabul qilish koʻnikmalarini rivojlantiradigan interfaol oʻqitish uslublarini taʼlim jarayoniga joriy etish;
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni qonunchilikdagi dolzarb yangiliklar, mamlakatimiz va xorijdagi huquqni qoʻllash amaliyoti hamda norma ijodkorligi faoliyati holati va tendensiyalari bilan tanishtirish.
2. 2019-yil 10-yanvardan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:
sudyalik faoliyatini amalga oshirish va sudlar ishini tashkil etish, kasbiy etika, ishchanlik muloqoti va vaqtni boshqarish koʻnikmalarini oʻqitishga, sud kadrlarining ilmiy-tahliliy va kreativ salohiyatini shakllantirishga qaratilgan, grant asosida sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslarida bir yillik magistratura taʼlim dasturi boʻyicha amalga oshiriladigan sudyalik lavozimlarini egallash uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
kasbiy bilimlarni chuqurlashtirish va sud maʼmuriyatchiligini yuritish koʻnikmalarini egallashga, shuningdek ish va boshqaruvni tashkil etishning innovatsion shakl va uslublarini oʻzlashtirishga qaratilgan, davomiyligi ikki oy boʻlgan, rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada boʻlgan sudyalarni qayta tayyorlash;
qonunchilikdagi yangiliklarning mazmun va mohiyatini yetkazishga, kasbiy, jumladan huquq normalarini sharhlash va qoʻllash masalalariga doir koʻnikma va qobiliyatlarni takomillashtirishga qaratilgan, davomiyligi ikki haftadan kam boʻlmagan, sudyalar va sudlar apparati xodimlari malakasini oshirish.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni qabul qilish 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab faqat sudyalik lavozimi zaxirasida boʻlgan shaxslar orasidan tanlov asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda belgilanadigan kvotalar boʻyicha amalga oshiriladi;
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaxslar asosiy ish joyi boʻyicha lavozimidan ozod qilinadi, biroq ularning egallagan lavozimi butun oʻqish davri mobaynida saqlanadi;
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslari tinglovchilariga sudya yordamchisining bir oylik mehnatiga haq toʻlash fondi miqdorida stipendiya toʻlanadi;
sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining buyurtmasi asosida amalga oshiriladi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga oʻqish davomida asosiy ish joyi boʻyicha egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
sudyalik lavozimlariga 2020-yil 1-sentabrdan boshlab faqat sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslarida oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslar tayinlanadi;
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslarida oʻqish dasturini bajarmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallashni rad etgan tinglovchilar oʻqish davrida olingan stipendiya summasini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga toʻliq miqdorda qoplab beradi.
Sudyalarni dastlabki muddatga tayinlashning amaldagi tartibi 2019/2020 oʻquv yili tugagunga qadar saqlab qolinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oliy sudi va Adliya vazirligining:
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab)ni tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazining 12 ta shtat birligini Oliy maktabga oʻtkazish haqidagi takliflari maʼqullansin.
Belgilansinki, Oliy maktab sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi davlat taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oliy maktab Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Oliy maktabga Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Oliy maktab direktori mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, tibbiy va transport taʼminoti shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosariga, Oliy maktab direktorining oʻrinbosarlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-apreldagi PF-6206-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2021-y., 06/21/6206/0339-son)
Oliy maktab professor-oʻqituvchilar tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari uchun, Oliy maktabning boshqa xodimlariga — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi;
Oliy maktabning maxsus unvonlar va mansab darajalariga ega boʻlgan xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun belgilangan tartibda maxsus unvonlar va mansab darajalari beriladi, koʻp yillik xizmatlari uchun ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanadi, ushbu shaxslarning Oliy maktabda ishlagan davri maxsus unvonlar va mansab darajalarini olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisiga Oliy maktab xodimlariga maxsus unvonlar va mansab darajalari berish huquqi beriladi;
Oliy maktabda ishga jalb qilingan va malaka darajalariga ega boʻlgan sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarda sudya maqomi, barcha ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar, imtiyozlar hamda tibbiy taʼminot sharoitlari saqlab qolinadi;
sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslar orasidan ishga qabul qilingan xodimlarning Oliy maktabda ishlagan vaqti sudyalik stajiga qoʻshiladi.
7. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining ustavi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining professor-oʻqituvchilar tarkibi va boshqaruv xodimlari cheklangan soni 36 kishidan iborat tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining shtat jadvali 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining samarali faoliyatini taʼminlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oliy maktab direktoriga Oliy maktabning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlar belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Oliy sudi zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vazifalarni bajarish bilan bir qatorda quyidagi ustuvor masalalarda Oliy maktabni har tomonlama rivojlantirishga koʻmaklashish yuklansin:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalarini (dasturlarini) ishlab chiqish, zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish;
Oliy maktab tinglovchilari stajirovka oʻtashi uchun zarur sharoitlarni yaratish;
ilmiy ishlanmalar natijalarini qonun ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotiga joriy etish;
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish;
Oliy maktab faoliyatini taʼminlash va rivojlantirish uchun budjetdan tashqari mablagʻlar, xayriya badallarini jalb etish.
9. Oliy maktabda budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, ilmiy, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Maxsus jamgʻarma) ularning mehnatiga haq toʻlash fondining 50 foizigacha miqdorda tashkil etilsin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek Oliy maktab xodimlariga har oylik ustamalar belgilash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda Oliy maktab kengashi tomonidan belgilanadi.
10. Quyidagilar Oliy maktab faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oliy maktab tomonidan shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy ishlar, taʼlim va boshqa xizmatlardan tushadigan tushumlar;
xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
11. Oliy maktabga sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, advokatlar, ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari, vazirliklar, idoralar mutaxassislari va boshqa mutaxassislarni oʻrindoshlik tartibda yoki mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida pedagogik faoliyatni amalga oshirishga jalb etish huquqi berilsin.
Jalb etiladigan mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan belgilanadi.
12. Sudyalar oliy kengashi va Oliy maktab uch oy muddatda:
Oliy maktabga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, xususan, unda tinglovchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarini bilish koʻnikmalari mavjudligi zaruriy talab ekanligi nazarda tutilsin;
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish nizomini, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda Oliy maktabni oʻqitishning zamonaviy shakl va uslublarini qoʻllash koʻnikmalariga, amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan, birinchi navbatda, qayta tashkil etilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi xodimlari va Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi oʻtkazilgan shtat birliklaridagi xodimlar orasidan malakali kadrlar bilan toʻldirsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy maktab va Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha 2019-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlariga mazkur qarordan kelib chiqib, tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga:
oʻqituvchilar va tinglovchilarning yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda malaka oshirish kurslarini oʻtishi, stajirovka oʻtashi va oʻqishida Oliy maktabga koʻmaklashsin;
Oliy maktabning buyurtmalari boʻyicha Oliy maktabning oʻquv va ilmiy jarayonida ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarga konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy maktabning buyurtmalari boʻyicha Oliy maktabning oʻquv va ilmiy jarayonida ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarga davlat boji undirmasdan belgilangan tartibda koʻp martalik kirish vizalarini rasmiylashtirish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek ularni vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish va vaqtinchalik roʻyxatda turish muddatini uzaytirishni taʼminlab borsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha Oliy maktabning oʻquv xonalari, kafedralari, axborot-resurs markazi va boshqa binolarini zamonaviy uskunalar, aloqa va telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlashni, shuningdek Oliy maktabni mamlakatimizda va xorijda chop etilgan sud-huquq masalalariga oid oʻquv, ilmiy va uslubiy adabiyot va davriy nashrlar bilan taʼminlashni nazarda tutadigan tegishli qarorni qabul qilsin.
17. Oliy maktab Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Choʻponota koʻchasi, 6-uyda joylashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi oʻzgartirilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazining mulkini, jumladan avtotransport vositalarini Oliy maktab balansiga begʻaraz oʻtkazsin.
19. Oliy maktabga toʻrtta yengil avtotransport vositasi va bitta avtobusni saqlash uchun limit belgilansin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2903-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-yanvar,
PQ-4096-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi PQ-4096-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab) sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish uchun masʼul boʻlgan davlat taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
2. Oliy maktab oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda ushbu Ustavga amal qiladi.
3. Oliy maktab yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligida shaxsiy hisob raqamlariga, tijorat banklarida milliy va xorijiy valyutalardagi bank hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, shtamplar, emblema, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa atributlar va rekvizitlarga egadir.
4. Oliy maktabning rasmiy nomi:
davlat tilida: Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi;
rus tilida: Visshaya shkola sudey pri Visshem sudeyskom sovete Respubliki Uzbekistan;
ingliz tilida: Supreme School of Judges under the Supreme Judicial Council of the Republic of Uzbekistan.
5. Oliy maktabning pochta manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Choʻponota koʻchasi, 6-uy.
2-bob. Oliy maktabning maqsadlari va vazifalari
6. Bugungi kun talablarini hisobga olgan holda malakali sudyalar va sudlar apparati xodimlarini tayyorlash hamda odil sudlovning yuqori darajasiga erishish Oliy maktabning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
7. Quyidagilar Oliy maktabning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ular malakasini oshirishning yagona tizimini tashkil etish;
ish yuritish va tanqidiy tahlil qilish, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda asoslantirilgan qarorlar qabul qilish koʻnikmalarini rivojlantiradigan interfaol oʻqitish usullarini taʼlim jarayoniga joriy etish;
tinglovchilarda yurisprudensiya, kasbiy etika, psixologiya, ishga oid muloqot, vaqtni boshqarish, muzokaralar olib borish usullari, axborotlar bilan ishlash texnologiyalari, huquq normalarini sharhlash va qoʻllashga doir nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish;
muntazam ravishda sud va huquqni muhofaza qilish faoliyati, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotining dolzarb masalalarini muhokama qilish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish;
tinglovchilarni qonun hujjatlariga kiritilgan dolzarb oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar, milliy va xorijdagi huquqni qoʻllash amaliyoti holati va tendensiyalari, shuningdek norma ijodkorligi faoliyati sohasidagi tajriba bilan tanishtirish;
sud-huquq tizimini takomillashtirish, qonunchilikni rivojlantirish va yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishning dolzarb masalalari boʻyicha chuqur fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
sud sohasida oliy malakali ilmiy ishlab chiqarish (amaliy) kadrlarini tayyorlash, shuningdek sud-huquq faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash;
sud-huquq sohasidagi qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish, sud amaliyoti va statistikasini oʻrganish va umumlashtirish, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
tajriba almashish, taʼlim jarayoni sifatini oshirish boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirish maqsadida sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shugʻullanuvchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan samarali idoralararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
muntazam ilmiy tadqiqotlarni, normativ-huquqiy, metodik va tahliliy axborotlar almashishni yoʻlga qoʻyish, taʼlim va ilmiy jarayonga xorijiy mutaxassislarni jalb etish, pedagogik, ilmiy xodimlar va tinglovchilarning stajirovkasini tashkil etish maqsadida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
3-bob. Oliy maktabning huquqlari va javobgarligi
8. Oliy maktab oʻz maqsadlariga erishish va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi huquqlarga ega:
sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan zarur statistik maʼlumotlar, axborot-tahliliy materiallar, sud amaliyoti va huquqni qoʻllash faoliyatiga doir umumlashmalarni olish;
sudlardan sud amaliyotini umumlashtirish maqsadida hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan sud ishlarini soʻrab olish;
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan hamkorlik qilish;
zarur hollarda, ekspertlik, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va maslahat olish uchun davlat organlari, ilmiy va boshqa tashkilotlarning xodimlarini, olimlar, mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish;
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, sud amaliyoti va huquqni qoʻllash faoliyatining dolzarb muammolari boʻyicha davriy, ilmiy-nazariy va amaliy nashrlarni chop etish;
mahalliy va xorijiy olim va ekspertlar, sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va advokatlarni jalb etgan holda tematik, jumladan xalqaro forumlar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari tashkil etish;
pedagogik faoliyatni amalga oshirish, oʻquv-uslubiy ishlar olib borish, ilmiy tadqiqotlar va maslahatlashuvlar oʻtkazish uchun xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
Oliy maktabga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moddiy-texnik vositalar va zarur uskunalarni xarid qilish, ijaraga olish.
Oliy maktab qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
9. Oliy maktab taʼlim jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyatini xalqaro standartlar asosida, oʻqitishning zamonaviy shakllari, pedagogik, innovatsion, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda samarali tashkil etish uchun javobgardir.
4-bob. Oliy maktabning tuzilmasi va boshqaruv organlari
10. Oliy maktab faoliyatini tashkil etishning asosiy masalalarini koʻrib chiqish uchun Oliy maktab direktori boshqaradigan Kengash tashkil etiladi. Kengash tarkibiga direktor oʻrinbosarlari, kafedra mudirlari, boshqa tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari, taʼlim va yuridik sohalardagi yetakchi olimlar va mutaxassislar, shuningdek Kengash kotibi kiradi.
Kengashning asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar, oʻquv rejalari va dasturlari, tinglovchilar bilimini baholash tartiblari, shuningdek malaka talablarini tasdiqlash;
professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatining meʼyorini belgilash;
magistratura tinglovchilari tomonidan stajirovka oʻtash tartibini belgilash;
magistratura tinglovchilarini davlat attestatsiyasidan oʻtkazish tartibi hamda magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilishga doir talablarni belgilash;
Oliy maktab ichki tartib qoidalari va axloq qoidalarini tasdiqlash;
Oliy maktab tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini tinglash;
“Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Oliy maktabning faxriy doktori” unvoni bilan taqdirlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishgan holda Boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, ilmiy, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibini, shuningdek ushbu mablagʻlar hisobidan Oliy maktab xodimlariga oylik ustamalar belgilash mezonlarini tasdiqlash.
11. Kengash qarori Oliy maktab direktori va Kengash kotibi tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
12. Oliy maktabga Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi va u bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi aʼzosi hisoblanadi.
Oliy maktab direktori mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, tibbiy va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
13. Oliy maktab direktor oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Oliy maktab direktor oʻrinbosarlari mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, tibbiy va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
14. Oliy maktab direktori:
Oliy maktab faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Oliy maktabga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi, mazkur Ustavga rioya etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi, Oliy maktabning xodimlari oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini belgilaydi;
barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shuningdek xorijda Oliy maktabning manfaatlarini ifodalaydi;
Oliy maktabning barcha xodimlari va tinglovchilari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
Oliy maktab xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
tegishli tashkilotlarning xodimlarini va mutaxassislarni pedagogik faoliyatga jalb etish boʻyicha shartnomalar va kontraktlarni tuzadi;
Oliy maktabning moliyaviy masalalarini hal etadi;
oʻz vakolatlari doirasida Oliy maktabning mol-mulki va mablagʻlarini tasarruf etadi;
Oliy maktab nomidan shartnomalar tuzadi, shunday shartnomalar tuzish uchun ishonchnomalar beradi;
oʻquv jarayonini kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy oʻqitish shakllari asosida tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi bilan kelishgan holda Oliy maktabda qisqa muddatli va boshqa kurslarni tashkil etadi;
shtatlar jadvalini va Oliy maktabning taʼminoti uchun xarajatlar smetasini tasdiqlaydi, Oliy maktab tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
(14-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
Oliy maktab Kengashi ishiga rahbarlik qiladi;
ilmiy-taʼlim muassasalar kengashlari majlislarida ishtirok etadi.
Oliy maktab direktori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
5-bob. Taʼlim jarayonini, Oliy maktabning oʻquv-metodik va ilmiy faoliyatini tashkil etish
15. Oliy maktab taʼlim jarayonini sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiradi.
16. Sudyalik lavozimlarini egallash uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tinglovchilarni sudyalik faoliyatini amalga oshirish va sudlar ishini tashkil etish koʻnikmalariga oʻrgatishga, sudyalik kadrlarining ilmiy-tahliliy va kreativ salohiyatini shakllantirishga qaratilgan. Kadrlarni tayyorlash davlat grantlari asosida bir yillik magistratura taʼlim dasturi boʻyicha davlat namunasidagi diplom bergan holda amalga oshiriladi.
17. Rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada boʻlgan sudyalarni qayta tayyorlash kasbiy bilimlarni chuqurlashtirish va sud maʼmuriyatchiligini yuritish koʻnikmalarini egallashga, shuningdek ishni va boshqaruvni tashkil etishning innovatsion shakl va usullarini oʻzlashtirishga qaratilgan. Qayta tayyorlash kurslarining davomiyligi ikki oyni tashkil etib, tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
18. Sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish qonunchilikdagi soʻngi yangiliklarning mazmun-mohiyatini yetkazishga, kasbiy, jumladan huquq normalarini sharhlash va qoʻllash masalalariga doir koʻnikma va qobiliyatlarni takomillashtirishga qaratilgan. Malaka oshirish kurslarining davomiyligi kamida ikki haftani tashkil etib, tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
19. Sudyalik lavozimlarini egallashga yuqori malakali kadrlarni tayyorlash uchun Oliy maktab magistraturasiga qabul faqat sudyalik lavozimlari zaxirasida boʻlgan shaxslar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
20. Oliy maktabga qabul qilish, oʻqitishni tashkil etish va oʻtkazish tartibi Magistraturaga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada boʻlgan sudyalarni qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi nizom hamda Sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish kurslari toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
21. Sudyalar, advokatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, vazirlik va idoralarning mutaxassislari va boshqa mutaxassislar pedagogik faoliyatga oʻrindoshlik tartibida yoki mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida yoxud oʻrnini toʻldirish asosida xizmat koʻrsatish shartnomasiga muvofiq jalb etilishi mumkin.
Xorijiy mamlakatlarning olimlari, mutaxassislari va ekspertlari Oliy maktabga oʻquv, metodik va ilmiy ishlar olib borish uchun shartnoma (kontrakt) asosida xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari, shuningdek Oliy maktabning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan jalb etilishi mumkin.
22. Ilmiy-tadqiqot ishlari, qoida tariqasida, shu jumladan xorijiy va xalqaro grantlar yoki xoʻjalik shartnomalari asosida oʻtkaziladi. Shartnoma asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishdan olingan mablagʻlar tegishli xarajatlar qoplangandan soʻng Oliy maktab moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarni ragʻbatlantirish yoki oʻziga yuklangan boshqa vazifalarni hal etishga yoʻnaltiriladi.
23. Taʼlim jarayoni oʻqitishning zamonaviy shakl va usullarini, ilgʻor pedagogik, innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
24. Sudyalar, shuningdek sudlar apparati xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
6-bob. Oliy maktabning tinglovchilari
25. Oliy maktab magistraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda belgilanadigan kvotalari boʻyicha sudyalik lavozimlari zaxirasida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Oʻqishga qabul qilish tinglovchi tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng Oliy maktab direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
26. Oliy maktab magistraturasi tinglovchilariga sudya yordamchisining bir oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida stipendiya toʻlanadi.
Oliy maktab magistraturasiga qabul qilingan shaxslar asosiy ish joyi boʻyicha lavozimidan ozod etiladi, biroq ularning egallagan lavozimi butun oʻqish davri mobaynida saqlanadi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining asosiy ish joyi boʻyicha egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi oʻqish davrida saqlanadi.
27. Oliy maktab tinglovchilari oʻquv rejasida (dasturida) nazarda tutilgan topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarishga, Oliy maktabning Ustavi, ichki tartib-qoidalari va axloq qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.
28. Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslarida oʻquv dasturini bajarmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallashni rad etgan tinglovchilar oʻqish davrida olingan stipendiya summasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻliq miqdorda qoplab beradi.
7-bob. Professor-oʻqituvchilar tarkibi va boshqa xodimlar
29. Oliy maktabda boshqaruv, professor-oʻqituvchilar tarkibi, ilmiy, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlari nazarda tutiladi.
Xodimlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek ularning oʻzaro munosabatlari mehnat qonunchiligi, jamoaviy shartnoma, mehnat shartnomalari va mazkur Ustav bilan tartibga solinadi.
30. Professor-oʻqituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent va oʻqituvchi lavozimlari kiradi.
31. Boshqaruv, professor-oʻqituvchilar tarkibi, ilmiy, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning huquq va majburiyatlari Oliy maktabning ichki tartib-qoidalari va axloq qoidalarida, shuningdek lavozim yoʻriqnomalari bilan belgilanadi.
32. Oliy maktab xodimlarining mansab maoshlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi xodimlarining tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari.
33. Oliy maktabning maxsus unvonlar va mansab darajalariga ega xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun belgilangan tartibda maxsus unvonlar va mansab darajalari beriladi, koʻp yillik xizmat uchun ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanadi, ushbu shaxslarning Oliy maktabda ishlagan davri esa maxsus unvonlar va mansab darajalarini olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisiga Oliy maktab xodimlariga maxsus unvonlar va mansab darajalari berish huquqi taqdim etiladi.
Oliy maktabga ishga jalb qilingan va malaka darajalariga ega boʻlgan sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarda sudyalik maqomi, barcha ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar, imtiyozlar va tibbiy taʼminot sharoitlari saqlab qolinadi.
Sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslar orasidan ishga qabul qilingan xodimlarning Oliy maktabda ishlagan vaqti sudyalik stajiga qoʻshiladi.
Oliy maktab professor-oʻqituvchilari tarkibiga — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari uchun, Oliy maktabning boshqa xodimlariga esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
34. Oliy maktab mehnatga soatbay haq toʻlash shartlari asosida mashgʻulotlar oʻtkazishga jalb etiladigan ayrim yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar va tajribali amaliyotchi mutaxassislarga oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun soatbay haq toʻlash miqdorini Oliy maktabning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan 100 foizga ortiq miqdorda belgilash huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 10-apreldagi 3-2019, 19-qq va 15-2019-qq-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari.
8-bob. Oliy maktabning xalqaro hamkorligi
35. Oliy maktab sud-huquq sohasida xorijdagi taʼlim, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
36. Xalqaro hamkorlik, jumladan Oliy maktab tinglovchilari, oʻqituvchilari va boshqa xodimlarining xorijiy mamlakatlar taʼlim va tadqiqot muassasalarida stajirovka oʻtashi, shuningdek xorijiy mamlakatlar fuqarolarining Oliy maktabda oʻqishi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Oliy maktabning xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari bilan shartnomalari asosida, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar tomonidan milliy taʼlim tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga koʻmaklashish maqsadida ajratiladigan grantlarga muvofiq amalga oshiriladi.
37. Oliy maktab Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oliy maktab tinglovchilari va xodimlarining xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarida stajirovka oʻtashini tashkil etadi.
9-bob. Oliy maktabning moliya-xoʻjalik faoliyati
38. Asosiy fondlar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqalar), moliyaviy mablagʻlar hamda budjet, budjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan sotib olinadigan turli moddiy qimmatliklar Oliy maktabning mol-mulkini tashkil etadi. Oliy maktab mol-mulkining qiymati uning balansida aks ettiriladi.
39. Oliy maktab oʻziga biriktirilgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
40. Oliy maktab faoliyati quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oliy maktab tomonidan shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy ishlar, taʼlim va boshqa xizmatlarni sotishdan tushadigan tushumlar;
xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
41. Oliy maktab:
Oliy maktabda oʻqitishga jalb etiladigan chet ellik olimlar, oʻqituvchilar va mutaxassislar mehnatiga haq toʻlashni shartnomalarga muvofiq belgilanadigan miqdorlarda xorijiy valyutada amalga oshirish;
Boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, ilmiy, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlarining 50 foizigacha miqdorini xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish;
xorijiy olimlar, oʻqituvchilar va mutaxassislar uchun ikki tomonga aviachiptalar sotib olish (uzoq muddatli shartnomalar boʻlganda, bir yilda koʻpi bilan ikki marta) xarajatlarini milliy valyutada toʻlab berish;
xorijiy olimlar, oʻqituvchilar va mutaxassislarning yashash xarajatlarini milliy valyutada toʻlab berish;
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, budjet mablagʻlari hisobidan sud faoliyatining dolzarb masalalari boʻyicha ilmiy jurnal chop etish;
zarur asbob-uskunalar va boshqa moddiy resurslarni xarid qilish, ijaraga olish;
oʻziga tegishli mol-mulkka, jumladan intellektual va boshqa turdagi mulkka, daromadlarga belgilangan tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
42. Oliy maktabda Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi (mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi) bilan bir qatorda, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan xodimlar mehnatiga haq toʻlash fondining 50 foizigacha miqdorida Boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, ilmiy, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi tashkil etiladi.
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son)
43. Oliy maktab mablagʻlarini shakllantirish va sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
44. Oliy maktab belgilangan tartibda oʻz faoliyati natijalarining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisobotini yuritadi.
10-bob. Yakuniy qoidalar
45. Mazkur Ustavga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, Oliy maktabni qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
46. Mazkur Ustav talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi PQ-4096-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining
TUZILMASI
Shtat birliklarining umumiy cheklangan soni (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarni hisobga olmagan holda) — 36 birlik, shu jumladan, professor-oʻqituvchilar tarkibi — 10 birlik, boshqaruv xodimlar — 26 birlik.
Izoh: texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarning soni oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrnatilgan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi PQ-4096-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi xodimlari mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI
Lavozim nomi
Mehnatga haq toʻlash razryadlari
direktor
20
direktor oʻrinbosari
19
kafedra mudiri, kafedra professori
18
kafedra dotsenti
17
kafedra oʻqituvchisi
16
bosh buxgalter
16
boʻlim boshligʻi
16
bosh mutaxassis
14
yuriskonsult
14
yetakchi mutaxassis
13
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi PQ-4096-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining
SHTAT JADVALI
Lavozimlar nomi
Shtat birligi soni
Direktor
1
Oʻquv-metodik ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari
1
Ilmiy va axborot-tahliliy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari
1
Oʻquv-metodik boʻlim
3
Boʻlim boshligʻi
1
Bosh mutaxassis
1
Yetakchi mutaxassis
1
Fuqarolik huquqi kafedrasi
2
Kafedra mudiri
1
Kafedra oʻqituvchisi (professor, dotsent)
1
Iqtisodiy huquq kafedrasi
2
Kafedra mudiri
1
Kafedra oʻqituvchisi (professor, dotsent)
1
Jinoyat huquqi kafedrasi
2
Kafedra mudiri
1
Kafedra oʻqituvchisi (professor, dotsent)
1
Maʼmuriy huquq kafedrasi
2
Kafedra mudiri
1
Kafedra oʻqituvchisi (professor, dotsent)
1
Kasbiy koʻnikmalar kafedrasi
2
Kafedra mudiri
1
Kafedra oʻqituvchisi (professor, dotsent)
1
Sud amaliyoti muammolarini oʻrganish markazi
9
Markaz boshligʻi
1
Bosh mutaxassis
4
Yetakchi mutaxassis
4
Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish boʻlimi
1
Bosh mutaxassis
1
Axborot-resurs markazi
1
Bosh mutaxassis
1
Xalqaro hamkorlik boʻlimi
1
Bosh mutaxassis
1
Kadrlar boʻlimi
1
Bosh mutaxassis
1
Axborot-texnikaviy taʼminot va masofaviy oʻqitish boʻlimi
2
Boʻlim boshligʻi
1
Bosh mutaxassis
1
Buxgalteriya
2
Bosh buxgalter
1
Bosh mutaxassis
1
Devonxona va arxiv
2
Devonxona mudiri
1
Arxiv mudiri
1
Yuriskonsult
1
Jami
36
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi PQ-4096-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining samarali faoliyatini taʼminlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha
“Yoʻl xaritasi”
T/r
Tadbirlar nomi
Amalga oshirish shakli
Ijro muddatlari
Moliyalashtirish manbalari
Masʼul ijrochilar
I. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab) faoliyatining tashkiliy asoslarini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar
1.
Tashkiliy masalalarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qoʻshma yigʻilishini oʻtkazish.
Kengash qarori
2019-yil 10-yanvargacha
—
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud
2.
Oliy maktabni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
Roʻyxatdan
oʻtganligi haqida guvohnoma
2019-yil
20-yanvargacha
—
Oliy maktab
3.
Oliy maktabni, birinchi navbatda qayta tashkil etilayotgan Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi xodimlari va Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazining oʻtkazilgan shtat birliklari orasidan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil 1-martgacha
—
Oliy maktab,
Oliy sud
4.
Oliy maktabning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, mansab yoʻriqnomalarini tasdiqlash.
Oliy maktab direktorining buyrugʻi
2019-yil 1-fevralgacha
—
Oliy maktab
II. Oliy maktabning oʻquv-metodik jarayonini tashkil etish
5.
Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash:
Oliy maktab magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish toʻgʻrisida nizom;
sudyalar va sudlar apparatlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari toʻgʻrisidagi nizom;
magistratura, sudyalar va sudlar apparatlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining oʻquv rejalari va dasturlari, shuningdek malakaviy talablar;
professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatini meʼyorlashtirish tartibi;
magistratura, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining bilimini baholash, magistratura tinglovchilarining stajirovka oʻtashi, magistratura tinglovchilarini davlat attestatsiyasidan oʻtkazish tartiblari hamda magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilishga doir talablar.
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil 1-martgacha
—
Oliy maktab,
Sudyalar oliy kengashi,
Oliy sud, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
6.
Oliy maktabning oʻquv rejalari (dasturlari)ga kiritilgan fanlar boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar va oʻquv-metodik materiallarni tayyorlash va nashr qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Dastur loyihasi
2019-yil 1-martgacha
—
Oliy maktab, Oliy sud, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
7.
Oliy maktab faoliyatiga zamonaviy innovatsion oʻqitish tizimini joriy etish, unda, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:
sudyalar va sudlar apparatlari xodimlarini videokonferensaloqa va boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda masofaviy (elektron) oʻqitish;
oʻqitishda imitatsion modellashtirish (dalillarni joyida koʻzdan kechirish, sud majlislari zallari)dan foydalanish.
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil 1-avgustgacha
Davlat budjeti mablagʻlari
Oliy sud,
Oliy maktab,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
AKT vazirligi
8.
Oliy maktabning Axborot-resurs markazini zamonaviy oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan jihozlash, shu jumladan mahalliy va xorijiy huquqiy va axborot-tahliliy nashrlarga muntazam obuna boʻlishni taʼminlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil 1-fevralgacha
Davlat budjeti mablagʻlari
Oliy maktab, Oliy sud,
Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Moliya vazirligi
III. Oliy maktabning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish
9.
Odil sudlovni amalga oshirishning dolzarb muammolari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni, shu jumladan milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda amalga oshirish dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Chora-tadbirlar dasturi
2019-yil 1-fevralgacha
—
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Oliy maktab, Oliy sud,
Sudyalar oliy kengashi
10.
Ilmiy-amaliy huquqiy nashrni tashkil etish va roʻyxatdan oʻtkazish, uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan yurisprudensiya sohasida asosiy ilmiy-amaliy natijalarni nashr qilish uchun tavsiya qilinadigan ilmiy nashrlar roʻyxatiga kiritish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2019-yil 1-fevralgacha
Davlat budjeti mablagʻlari
Oliy maktab,
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oliy sud,
Oliy attestatsiya komissiyasi
11.
Oliy maktabning yetakchi ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy, huquqiy muassasalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlar bilan memorandumlar, oʻzaro hamkorlik kelishuvlarini tuzish, qoʻshma dasturlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi xalqaro hamkorligini rivojlantirish.
Kompleks chora-tadbirlar dasturi
2019-yil 1-martgacha
Xorijiy va xalqaro tashkilotlar grantlari hamda Oliy maktabning budjetdan tashqari mablagʻlari
Oliy maktab, Oliy sud,
Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
IV. Oliy maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash
12.
Oliy maktabning binosini oʻz ichiga oladigan “Odil sudlov saroyi” majmuasini qurishga texnik topshiriqni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
Texnik topshiriq loyihasi
alohida
grafikka muvofiq
Kapital qoʻyilmalar limiti
Oliy sud, Qurilish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi
13.
Ajratilgan maʼmuriy binoni taʼmirlash va tayyorlash.
Texnik topshiriq loyihasi
alohida
grafikka muvofiq
Kapital qoʻyilmalar limiti
Qurilish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Oliy maktab
14.
Oliy maktabning oʻquv jarayonini va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan videokonferensaloqa va masofaviy taʼlim usullaridan foydalangan holda “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga ulash.
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil 1-aprelgacha
Davlat budjeti mablagʻlari
AKT vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi,
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Moliya vazirligi
15.
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga doimiy va uzluksiz ravishda kirishni tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2019-yil 1-fevralgacha,
doimiy ravishda
Davlat budjeti mablagʻlari
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Moliya vazirligi,
Oliy maktab
16.
Oliy maktabning imitatsion sud majlislarini oʻtkazish zalini, dalillarni joyida koʻzdan kechirish joyini vaziyatli mashgʻulotlar oʻtkazish uchun zarur boʻlgan oʻqitishning zamonaviy innovatsion vositalari bilan jihozlash.
Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi
alohida grafikka muvofiq
Davlat budjeti mablagʻlari
Sudyalar oliy kengashi,
Oliy sud, IIV, AKT vazirligi
17.
Masofaviy (elektron) taʼlimni tashkil etish va videokonferensiyalarni oʻtkazish uchun uskunalarni xarid qilish va oʻrnatish, shuningdek konferensaloqadan foydalangan holda masofaviy taʼlim, onlayn testlar va soʻrovlarni oʻtkazish tizimini joriy etishning metodik va texnik parametrlarini, shuningdek tegishli dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi
alohida grafikka muvofiq
Davlat budjeti mablagʻlari
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, AKT vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
18.
Oliy maktabning Axborot-resurs markazini zamonaviy texnika, zarur jihozlar va qoʻshimcha vositalar bilan jihozlash.
Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi
Oliy maktabning buyurtmasiga asosan
Davlat budjeti mablagʻlari
AKT vazirligi, Oliy maktab,
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi,
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi,
Moliya vazirligi
19.
Xorijiy tajriba va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish uchun zarur boʻlgan, xususan, “West Law”, “Lexis Nexis” va boshqa xalqaro huquqiy-maʼlumot tizimining dasturiy mahsulotlarini (maʼlumotlar bazalarini) xarid qilish va kelgusida yangilab borish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil 1-avgustgacha,
doimiy ravishda
Davlat budjeti mablagʻlari
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Moliya vazirligi
20.
Oliy maktabga “Oʻzbektelekom” AK bilan tender (tanlov) oʻtkazmasdan shartnoma tuzish va uni keyingi muddatlarga mustaqil uzaytirish huquqini berish orqali Oliy maktabni yuqori tezlikdagi Internet (soniyasiga 30 megabitdan kam boʻlmagan, unlimited) tarmogʻiga ulashni, shuningdek ichki lokal tarmoqni tashkil etishni taʼminlash.
Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil 1-martgacha,
doimiy ravishda
Davlat budjeti mablagʻlari
AKT vazirligi,
Oliy maktab,
Moliya vazirligi
21.
Oliy maktabning rasmiy Internet saytini va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yaratish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil 1-martgacha
Davlat budjeti mablagʻlari
Oliy maktab, AKT vazirligi, Moliya vazirligi
22.
Oliy maktab buyurtmalariga asosan xizmat va maxsus avtotransport vositalari uchun zarur hajmdagi avtobenzin va dizel yoqilgʻisini belgilangan tartibda ajratilishi va xarid qilinishi orqali Oliy maktabning avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich yangilash.
Kompleks chora-tadbirlar
2019-yil 15-yanvargacha
Davlat budjeti mablagʻlari
Oliy maktab, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
“Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi PQ-4096-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlash toʻgʻrisida”gi PQ-2951-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazining direktori” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3240-son qarorida:
a) 4-bandi ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) direktori” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab) direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “Markaz” soʻzi “Oliy maktab” soʻzlari bilan almashtirilsin.